07.09.2020 yildagi 541-son
Hujjat 07.09.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, atrof muhitga ta’sirni baholash yuzasidan davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir muhim qarorlarni qabul qilishda shaffoflikni ta’minlash uchun jamoatchilikni keng jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
“Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq mo‘ljallanayotgan, rejalashtirilayotgan yoki amalda faoliyat ko‘rsatayotgan atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishi yuqori va o‘rtacha darajada xavfli bo‘lgan faoliyat turlarining atrof muhitga va aholi sog‘lig‘iga uzluksiz salbiy ta’sir ko‘rsatishini muhokama qilish uchun jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazishni amalga joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
v) 2020-yil 1-dekabrdan boshlab, ushbu qarorga 3-ilovaga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan I va II toifalarga mansub bo‘lgan mo‘ljallanayotgan va rejalashtirilayotgan faoliyat turlari bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari o‘tkazilishini tashkil etsin;
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq majburiy davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun taqdim etiladigan materiallarni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish tartib-taomillarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomning 4-bandida qayd etilgan davlat ekologik ekspertizasi obyektlarini davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I, II va III toifalariga mansub faoliyat turlari obyektlarining hujjatlari ushbu Nizomning 24 yoki 25-bandi talablari javob bermasa, bu kamchiliklar to‘g‘risida buyurtmachi darhol elektron pochta yoki telefon aloqasi orqali xabardor qilinadi.
Buyurtmachi ushbu Nizomning 24 yoki 25-bandiga muvofiq ekologik ekspertiza xulosasini olish maqsadida taqdim etgan hujjatlar va ma’lumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Buyurtmachi tomonidan ushbu Nizomning 24 va 25-bandlarida belgilangan talablarga mos ravishda hujjatlar taqdim etilgan bo‘lsa-da, ularni o‘rganish davomida ekspert tomonidan hisob-kitoblar, shuningdek, foydalaniladigan texnika, texnologiya, tabiiy resurslar, materiallar, xomashyo, yonilg‘i mahsulotlari hamda ularning atrof muhitga ta’siri tahlili noto‘g‘ri amalga oshirilganligi aniqlangan taqdirda buyurtmachiga uning taqdim etgan materiallari va ekologik normativlar loyihalari asoslangan xulosa bilan qayta ishlashga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Buyurtmachi

Mo‘ljallangan, rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati materiallarini Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalariga Internet jahon axborot tarmog‘idaorqali taqdim qiladi.

zarur bo‘lganda


2-bosqich

Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari

Taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 24-bandiga muvofiqligi va atrof muhitga ta’sir bo‘yicha toifa to‘g‘ri aniqlanganligi yuzasidan ko‘rib chiqadi hamda ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:

hujjatlar muvofiq bo‘lganda — to‘lovni amalga oshirish mumkinligini tasdiqlab beradi;

hujjatlar muvofiq bo‘lmagan taqdirda — qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqda buyurtmachini xabardor qiladi.

1 ish kunida


3-bosqich

Buyurtmachi

Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun ushbu Nizomning 58-bandida belgilangan to‘lovni amalga oshiradi.

5 kun ichida


4-bosqich

Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari

1. Davlat ekologik ekspertizasi ekspertlari tomonidan taqdim etilgan loyihalar ko‘rib chiqilib, ularning natijasi ijobiy bo‘lganida davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi tayyorlanadi va buyurtmachining shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.

2. Ko‘rib chiqish natijasida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etgan holda loyihani qayta ishlab chiqish haqida javob tayyorlanib, buyurtmachining shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.

I toifa — 20 kun

II toifa — 15 kun

III toifa — 10 kun

IV toifa — 5 kun


5-bosqich

Buyurtmachi

Loyihadagi kamchiliklarni bartaraf etib, tegishli hujjatlarni elektron shaklda to‘lovsiz qayta taqdim qiladi.

60 kun ichida


6-bosqich

Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari

Davlat ekologik ekspertizasi ekspertlari tomonidan qayta taqdim etilgan loyihalar ko‘rib chiqilib, ularning natijasida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:

davlat ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasi tayyorlanadi va buyurtmachining shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi;

loyihani rad etish haqida davlat ekologik ekspertiza xulosasi tayyorlanadi va buyurtmachining shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.

I toifa — 10 kun

II toifa — 7 kun

III toifa — 5 kun

IV toifa — 3 kun

Keyingi tahrirga qarang.
14. Jamoatchilik eshituvi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Buyurtmachi

Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlari obyektlari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarining texnik xususiyati bo‘lmagan rezyume shaklida ilova qilingan jamoatchilik eshituvini o‘tkazish yuzasidan arizani Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organlariga taqdim qiladi.

Jamoatchilik eshituvi o‘tkazilishidan kamida 30 kun oldin


2-bosqich

Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organlari

Arizani qabul qiladi, jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazish zarur ekanligini aniqlagan taqdirda tegishli jamoatchilik eshituvlari tashkilotchisi (tuman (shahar) hokimliklari)ga jamoatchilik eshituvini tashkil etish uchun jo‘natadi.

2 ish kunida


3-bosqich

Jamoatchilik eshituvi tashkilotchisi (tuman (shahar) hokimligi)

1. Buyurtmachi bilan jamoatchilik eshituvini o‘tkazish joyi va vaqtini belgilaydi.

2. Buyurtmachi va Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlariga jamoatchilik eshituvini o‘tkazish joyi va vaqti haqida xabarnomani jo‘natadi. Jamoatchilik eshituvini o‘tkazish vaqti va joyi haqidagi ma’lumotni o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.

1 ish kunida

2 ish kunida


4-bosqich

Buyurtmachi

Jamoatchilik eshituvi o‘tkazilishi haqidagi e’lonni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi, shuningdek, o‘z ixtiyoriga ko‘ra xabardor qilishning boshqa usullaridan foydalanadi.

Jamoatchilik eshituvi o‘tkazilishidan kamida 20 kun oldin


5-bosqich

Jamoat eshituvi tashkilotchisi

(tuman (shahar) hokimligi)

1. Jamoatchilik eshituvini tashkil etadi, o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomasini rasmiylashtiradi va uning nusxasini buyurtmachiga taqdim qiladi.

2. O‘tkazilgan jamoatchilik eshituvi to‘g‘risidagi ma’lumot bilan bayonnomaning bir nusxasini Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organiga jo‘natadi.

5 ish kunida

2 ish kunida