O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi PF-5566-son “Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2018-yil 14-avgustdagi 220-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3073, 2018-yil 29-sentabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2018-y., 10/18/3073/1977-son) bilan tasdiqlangan Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalarning ichki tartib qoidalarining 46-bandidagi “Axborot markazlari” degan so‘zlar “Tezkor-ma’lumotlar boshqarma (bo‘lim)lari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.