O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi, “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq buyuraman:
O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-son buyrug‘iga
1-ILOVA
1-ILOVA
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi va “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi hududida telekommunikatsiya operatorlari, provayderlari, dilerlari va eshittiruvchilar bilan foydalanuvchilar o‘rtasida shartnoma (kelishuv) asosida taqdim etiladigan telefon aloqasi, taksofonlardan telefon aloqasi, qo‘riqlash signalizatsiyasi apparaturasini o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, axborot-ma’lumot, telegraf, ma’lumotlar uzatish tarmog‘i, Internet, jamoat foydalanish joylarida Internet tarmog‘idan simsiz foydalana olish, mobil aloqa, milliy va xalqaro rouming, tijorat asosidagi kabelli, efir, interaktiv, IPTV (IP-televideniye), OTT (Over the Top) va on-line televideniye xizmatlarini tashkil qilish, shuningdek, ulardan foydalanish, xizmatlarni ko‘rsatish tartibi, shartlari hamda subyektlarning javobgarligi, huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
idoraviy telekommunikatsiya tarmoqlari tomonidan telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyaning ajratilgan aloqa tarmoqlarida, shuningdek, ichki ishlab chiqarish va texnologik vazifadagi aloqa tarmoqlarida telegraf xizmatlarini ko‘rsatishga, Global harakatdagi shaxsiy yo‘ldosh aloqa tarmoqlarida rouming xizmatlarini ko‘rsatishga;
dasturlarni cheklanmagan tomoshabinlarga bepul asosda erkin tomosha qilish uchun tarqatuvchi efir televideniye tarmoqlariga;
bir tashkilot, (muassasa yoki korxona), shu jumladan, ta’lim muassasasining binolari yoki hududlari bilan cheklangan kabel, efir televideniyesi tarmoqlariga;
alohida telekommunikatsiya tarmoqlariga taalluqli bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi, mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibotni qo‘riqlash ehtiyojlari uchun foydalaniladigan televideniye va videokuzatuv tarmoqlariga;
jismoniy shaxslarning shaxsiy mulki bo‘lgan va individual qabul qilishni va efir teleradioeshittirish dasturlari (shaxsiy ehtiyojlari uchun) tarqatilishini ta’minlaydigan kabel, efir televideniyesi tarmoqlariga.
abonent — telekommunikatsiyalar operatori yoki provayderi bilan tuzilgan shartnomaga asosan telekommunikatsiyalar xizmatlaridan bevosita foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
abonent qurilmasi — abonent mulki bo‘lgan yoki unga vaqtincha egalik qilish va foydalanishga berilgan telekommunikatsiyalar tarmoqlari bilan o‘zaro bog‘lanadigan, telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan yoki qabul qilinadigan signallarni hosil qilish, o‘zgartirish, qayta ishlash uchun mo‘ljallangan texnik vosita;
abonent liniyasi — telekommunikatsiya liniyasining operator yoki provayder telekommunikatsiya tarmog‘ining kirish nuqtasidan abonent rozetkasigacha yoki u mavjud bo‘lmaganda abonent qurilmasigacha bo‘lgan qismi;
abonent raqami — telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishi uchun shartnomaning amal qilish davrida abonentga operator (provayder) tomonidan ajratiladigan raqam;
abonent raqamining ko‘chib o‘tishi — mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi asosida donor tomonidan abonentga ajratilgan abonent raqamini boshqa mobil aloqa operatori (retsipiyent) bilan yangi shartnoma tuzishda saqlash va undan foydalanish uchun amalga oshiriladigan tashkiliy-texnik tadbirlar majmui;
abonent tarmog‘i — turar joy yoki jamoat binosi maydoni chegarasida xizmat ko‘rsatiladigan abonentning texnik vositalari, qurilmalari va kabel liniyalari majmui;
avtoinformator — chaqirayotgan abonentga oldindan yozib olingan nutqli xabar orqali axborot taqdim etuvchi mantiqiy qurilma;
avtomatik rouming — mobil aloqa tarmog‘ining abonentiga dastlabki arizasiz operatorlar o‘rtasida rouming to‘g‘risida shartnoma tuzilganligi sharti bilan boshqa mobil aloqa operatorining qamrov hududida kiruvchi va chiquvchi aloqaga ega bo‘lish imkonini beradigan rouming xizmati;
avtomatik telefon stansiyasi (bundan buyon matnda ATS deb yuritiladi) — telefon bog‘lanishlarning va uzilishlarning avtomatik ravishda o‘rnatilishini ta’minlovchi telefon stansiya;
avtomatik xizmat ko‘rsatish tizimi — telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi tomonidan chaqirilayotgan abonent raqamini mustaqil terish yo‘li bilan operator-telefonist yordamisiz o‘rnatiladigan telefon bog‘lanish usuli;
ATS ta’sir zonasi — telefon stansiyasi yoki podstansiyadan kabel (havo) liniyalari yoki radio foydalana olish vositalari orqali telefonlashtirilishi mumkin bo‘lgan hudud;
autentifikatsiya — ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan identifikatsiyalash ma’lumotlarining haqiqiyligini aniqlash;
axborot-ma’lumot xizmati — foydalanuvchilarga, ularning tashabbusiga ko‘ra, og‘zaki (tovushli), chat yoki vizual so‘rov shaklida ifodalangan axborotni (bir telefon bog‘lanish chegarasida) taqdim etuvchi xizmat;
birlamchi operator — birlamchi ravishda raqamlash resursi ajratilgan, bu resursdan abonentga abonent raqami birinchi marta ko‘chirilgan mobil aloqa operatori yoki provayder;
buyurtma xizmat ko‘rsatish tizimi — oldindan buyurtma bergan holda operator-telefonist yordamida aloqa o‘rnatilishi;
dilerning xizmat ko‘rsatish punkti — diler tomonidan tashkil qilinadigan va foydalaniladigan xizmat ko‘rsatish punkti;
domen nomi — axborot resursiga yoki axborot tizimiga berilgan, ularni Internet tarmog‘ida identifikatsiyalash uchun xizmat qiladigan noyob nom;
domen nomlari tizimi — Internet tarmog‘ida domen nomlarini berish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan foydalanish tartibi;
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (bundan buyon matnda JShShIR deb yuritiladi) — JShShIRni aniqlash tartibiga muvofiq jismoniy shaxsning pasporti bo‘yicha aniqlash mumkin bo‘lgan va 14 raqamdan iborat shaxsiy identifikatsiya raqami;
darhol xizmat ko‘rsatish tizimi — abonentdan buyurtmani qabul qilgandan keyin operator-telefonist yordamida zudlik bilan telefon bog‘lanishning o‘rnatilishi;
identifikatsiyalash — mavjud ma’lumotlar asosida ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanuvchining shaxsini aniqlash;
yirik avariya — ma’lum bir administrativ hududda telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etishning to‘xtalishiga olib keladigan avariya holati;
Internet tarmog‘i — yagona adres va nomlar makonidan foydalaniladigan, shlyuzlar yordamida birlashtirilgan, yagona TSR/IP protokoliga muvofiq ishlaydigan ko‘plab tarmoqlardan iborat global xalqaro tarmoq;
Internet xizmatlaridan foydalanuvchi — Internet xizmatlarining iste’molchisi hisoblangan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Internetdan jamoat bo‘lib foydalanish punkti — kerakli texnik vositalar bilan jihozlangan, foydalanuvchilarning Internet tarmog‘idan jamoa bo‘lib foydalanish xizmatlari ko‘rsatiladigan joy;
Internet-provayder — tijorat asosida Internet tarmog‘idan foydalana olish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
kabelli, efir, interaktiv, IPTV (IP-televideniye), OTT (Over the Top) va on-line televideniye televideniyesi (bundan buyon matna eshittiruvchi deb yuritiladi) — erkin tomosha qilish mumkin bo‘lmagan kabelli televideniye kanallaridan foydalangan holda teledasturlar va boshqa telekommunikatsiya xabarlarini muayyan hududda ishlab chiqarish, shakllantirish va tarqatishni ta’minlaydigan taqsimlash va tashkiliy-boshqaruv jarayoni bilan shug‘ullanadigan subyekt;
konferens-aloqa — uchta va undan ortiq abonentga bir vaqtda telefon orqali muloqot qilish imkonini beruvchi xizmat;
ko‘chib o‘tgan raqamlar markazlashtirilgan bazasi — mobil aloqa tarmoqlarida ko‘chib o‘tgan abonent raqamlari ma’lumotlar bazasini boshqarish uchun apparat-dasturiy komplek;
ko‘chirilgan raqamlar markazlashtirilgan bazasi (bundan buyon matnda KRMB deb yuritiladi) — mobil aloqa tarmoqlarida ko‘chirilgan abonent raqamlari to‘g‘risidagi axborotni, shu jumladan, ushbu nizomda belgilanadigan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi apparat-dasturiy kompleks;
KRMB operatori — KRMB shakllantirilishi, ishlashi, texnik kuzatilishi va rivojlanishini ta’minlaydigan, uning resurslaridan foydalanishni taqdim etadigan tashkilot;
ko‘chirilgan raqamlarning lokal bazasi — chaqiruv yoki boshqa xabarlarni ko‘chirilgan raqamga to‘g‘ri marshrutlash uchun mobil aloqa operatori tomonidan undan real vaqtda foydalaniladigan, bu operatorda bo‘lgan ko‘chirilgan raqamlar markazlashtirilgan bazasining nusxasi;
ko‘chirilgan raqamlarning lokal bazasini KRMB bilan sinxronlash — muayyan davriylik bilan amalga oshiriladigan, ko‘chirilgan raqamlar markazlashtirilgan bazasidagi axborotning ko‘chirilgan raqamlar lokal bazasiga nusxasini ko‘chirish jarayoni;
qisqa matnli xabar (SMS) (bundan buyon matnda SMS deb yuritiladi) — qiska xabarlar markazi orqali mobil aloqa abonentlariga qiska matnli xabarlarni uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan xizmat;
litsenziya — yuridik shaxsga litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan, litsenziya talablari va shartlariga so‘zsiz rioya etgan holda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq);
litsenziyaning amal qilish zonasi — litsenziya shartnomasida ko‘rsatilgan va operator (provayder) telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan hudud;
marshrut raqami (routing number, RN) — mobil telekommunikatsiya tarmog‘ining ko‘chirilgan abonent raqamiga chaqiruvlarni amalga oshirish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida foydalaniladigan manzilli axborot;
mahalliy operator — O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy va yuridik shaxslarga mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi aloqa operatori (provayderi);
mahalliy telefon aloqasi — bitta aholi punkti yoki ma’muriy hudud doirasida joylashgan foydalanuvchilar o‘rtasidagi telefon bog‘lanishi;
ma’lumot xizmati — foydalanuvchiga telekommunikatsiya xizmatlari operatori yoki provayderi tomonidan ko‘rsatiladigan telekommunikatsiya xizmatlari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etuvchi xizmat;
ma’lumotlar uzatish — ma’lumotlarni keyingi qayta ishlash uchun telekommunikatsiyalar vositalari yordamida signallar ko‘rinishida bir punktdan boshqa punktga ko‘chirish;
ma’lumotlar uzatish tarmog‘i — ma’lumotlar uzatilishini ta’minlash maqsadida ma’lum nuqtalar o‘rtasida telekommunikatsiyalarni tashkil etish uchun tuzilgan telekommunikatsiyalar uzellari va kanallarining majmui;
ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlari — operatorning (provayderning) ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali signallar va axborotning boshqa turlarini qabul qilish, uzatish va qayta ishlash bo‘yicha faoliyati mahsuli;
ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanuvchi — ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlarining iste’molchisi hisoblangan yuridik yoki jismoniy shaxs;
“mexanik” rouming — rouming xizmatini ko‘rsatish, bunda Roumer-abonent rouming davrida xizmat ko‘rsatuvchi operatordan boshqa abonent raqamini oladi va mahalliy operatorga tegishli bo‘lgan o‘zining uyali raqami bo‘yicha kiruvchi chaqiruvlarni qabul qilish imkoniga ega bo‘lmaydi;
mobil aloqa operatorlari o‘rtasida rouming to‘g‘risidagi shartnoma — rouming xizmatini ishlab chiqarish va undan potensial mobil aloqa abonenti tomonidan foydalanish to‘g‘risida kelishayotgan tomonlarning majburiyatlari va huquqlari to‘g‘risida, tomonlarning o‘zaro javobgarlik choralari to‘g‘risidagi yuridik hujjat;
mobil aloqa tarmog‘i — abonentlarga mobil aloqa (ovoz, ma’lumotlar uzatish va boshqalar) xizmatlarini ko‘rsatuvchi texnik vositalar (kommutatsion va radiouskuna, abonent qurilmalari, ulovchi liniyalar, inshootlar va h.k.) majmui. Mobil aloqa tarmoqlariga uyali, trank, lokal-trank, radial-zona tarmoqlari kiradi;
mobil aloqa tarmog‘i operatori (provayderi)ning dileri (bundan buyon matnda diler deb yuritiladi) — operator (provayder) nomidan abonentlarga xizmat ko‘rsatish uchun operator (provayder) bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxs (bundan buyon matnda dilerlik shartnomasi deb yuritiladi). Diler bir yoki bir nechta operatorlarning (provayderlarning) manfaatlarini ifodalashi mumkin;
mualliflik shartnomasi — muallifning mulkiy huquqlarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risida muallif yoki uning vorisi tomonidan tuziladigan shartnoma;
operator (provayderning) ishlash zonasi — telekommunikatsiya operatori (provayderi) telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatadigan hudud;
operator (provayder)-donor (bundan buyon matnda donor deb yuritiladi) — telekommunikatsiyalar tarmog‘idan abonent raqami ko‘chiriladigan mobil aloqa operatori (provayderi);
operatorning (provayderning) xizmat ko‘rsatish punkti — operator (provayder) tomonidan tashkil qilinadigan va foydalaniladigan xizmat ko‘rsatish punkti;
operator (provayder)-retsipiyent (bundan buyon matnda retsipiyent deb yuritiladi) — telekommunikatsiyalar tarmog‘iga abonent raqami ko‘chiriladigan mobil aloqa operatori (provayderi);
“plastik” rouming — “mexanik” roumingning bir turi bo‘lib, bunda abonent mahalliy operator bilan oldindan xizmat ko‘rsatuvchi operator hududiga borishi to‘g‘risida kelishib oladi va u orqali xizmat ko‘rsatuvchi operatorga tegishli bo‘lgan boshqa abonent raqamini oladi hamda mahalliy operatorga tegishli bo‘lgan o‘zining uyali aloqa raqamiga kiradigan chaqiruvlarni yangi raqamga qayta yo‘naltiradi (manzillaydi);
televideniye tarmog‘ida retranslatsiya qilish — televideniye dasturlari, radiodasturlar signallari va telekommunikatsiyaning boshqa xabarlari qabul qilinishini, ularning qayta o‘zgartirilishi va dasturlar tarkibini o‘zgartirmasdan to‘liq hajmda abonentlarga uzatilishini ta’minlaydigan kabelli, efir, interaktiv, IPTV (IP-televideniye), OTT (Over the Top) va on-line televideniye tarmog‘ining asosiy ishlash rejimi;
televideniye tarmog‘ida translatsiya qilish — televideniye dasturlari, radiodasturlar signallari va telekommunikatsiyaning boshqa xabarlari eshittirish tashkilotiga taalluqli studiya uskunasidan bevosita qabul qilinishini, ularning keyinchalik qayta o‘zgartirilishi va dasturlar tarkibini o‘zgartirmasdan to‘liq hajmda abonentlarga tarqatilishini (uzatilishini) ta’minlaydigan televideniye tarmog‘ining ishlash rejimi;
televideniye tarmoqlari — erkin tomosha qilish mumkin bo‘lmagan kabelli, efir, IPTV (IP-televideniye), OTT (Over the Top) va on-line televideniye kanallari orqali har qanday axborotni tarqatish va yetkazib berishni ta’minlaydigan telekommunikatsiya vositalarining majmui;
televideniye xizmatlari — eshittiruvchi (operator, provayder) bilan tuzilgan shartnoma asosida abonentlarga taqdim etiluvchi kabelli, efir, IPTV (IP-televideniye), OTT (Over the Top) va on-line televideniye xizmatlari;
roumer-abonent — xizmat ko‘rsatuvchi operatorning (provayderning) mobil aloqa xizmatlaridan foydalanuvchi mahalliy mobil aloqa operatorining abonenti;
roumer-tashrif buyuruvchi — mahalliy operator tarmog‘i xizmatlaridan foydalanuvchi operator — rouming-sherikning abonenti;
rouming — bitta mobil aloqa operatori abonentining bitta davlat doirasida (milliy rouming) yoki boshqa mamlakatda (xalqaro rouming) bo‘lgan boshqa mobil aloqa operatorining xizmat ko‘rsatish zonasida bo‘lganda boshqa mobil aloqa operatorining tarmog‘idan foydalana olishini ta’minlovchi xizmat;
rouming xizmatini ko‘rsatuvchi operator — rouming to‘g‘risidagi shartnoma asosida o‘z tarmog‘ining imkoniyatlaridan foydalanib boshqa mobil aloqa operatorining (provayderining) abonentlariga mobil aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi mobil aloqa operatori (provayderi) (rouming-sherik/xizmat ko‘rsatuvchi operator (provayder));
taksofon — telefon aloqani o‘rnatish, foydalanuvchilarga so‘zlashuvlar va qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan, foydalanuvchilar bilan naqd pul va naqd pulsiz to‘lov vositalari (maxsus jeton, to‘lov kartasi) yordamida darhol hisob-kitob qilish qurilmasidan iborat bo‘lgan, shu jumladan, so‘zlashuv punktlarida o‘rnatiladigan oxirgi abonent telefon qurilmasi;
tarif rejasi — operator (provayder) tomonidan abonentlarga yoki abonentlarning ma’lum guruhiga yoki ma’lum cheklangan hududda bir yoki bir nechta xizmatlaridan foydalanishni taqdim etadigan narxlar va texnik ma’lumotlar majmui;
tarifikatsiya birligi — operator (provayder) tomonidan belgilangan tarifikatsiya tizimiga bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatiladigan xizmatning to‘lanadigan birligi;
telekommunikatsiya operatori (bundan buyon matnda operator deb yuritiladi) — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida telekommunikatsiya (telefon aloqasi, ma’lumotlar uzatish, mobil aloqa, televideniye) tarmog‘iga ega bo‘lgan, uning qurilishi, ishlashi, rivojlanishini ta’minlovchi va litsenziyaga asosan tegishli telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
telekommunikatsiya xizmatlari — operatorning (provayderning) signallar hamda boshqa axborot turlarini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali qabul qilish, uzatish, qayta ishlashga doir faoliyati mahsuli;
telekommunikatsiya xizmatlari provayderi (bundan buyon matnda provayder deb yuritiladi) — foydalanuvchilarga operatorlar tarmog‘i orqali tijorat asosida telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
telekommunikatsiyalar tarmog‘i — ovoz, ma’lumot, rasm, video va boshqa shakldagi signallarni uzatish va qabul qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui;
telematik xizmatlar — telekommunikatsiyalar tarmog‘i orqali axborot uzatilishini amalga oshiruvchi, ammo telefon aloqa, telegraf aloqa xizmati yoki ma’lumotlar uzatish xizmati hisoblanmaydigan telexizmatlar (faksimil, komfaks, xabarlarni qayta ishlash, videotekst va boshqalar);
telefon aloqasi xizmatlari — operatorning (provayderning) so‘zlashuvlar va qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etishga doir faoliyati mahsuli;
telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi — telefon aloqasi xizmatlarining iste’molchisi hisoblanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs;
telefon bog‘lanish — ikkita telefon apparati yoki chetki qurilmalar o‘rtasida aloqaning o‘rnatilishi;
telefon tarmog‘i — aholi, muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning telefon aloqasi xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlovchi ATS, kommutatsiya uzellari, liniyalari, kanallari, oxirgi (terminal) uskunalarining jami;
texnik qarshi harakat qilish kompleksi — O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida xalqaro ovozli trafikni o‘tkazishda qonunchilik talablari buzilganligi holatlarini aniqlash va ular to‘g‘risida ma’lumotlarni olish jarayonlarini avtomatlashtirish hamda xalqaro ovozli trafikni o‘tkazish tartibining buzilishlariga qarshi harakat qilish tizimi;
tizim hosil qiluvchi rouming-sherik — o‘z ixtiyorida xalqaro avtomatik roumingni ta’minlovchi moddiy-texnik va dasturiy ta’minot kompleksi bo‘lgan, ma’lumotlar uzatish kanallari va signalizatsiya kanallari tarmog‘i mavjud bo‘lgan yuridik shaxs;
to‘lov kartasi — kodlangan ma’lumotni saqlaydigan, tarmoq foydalanuvchisini identifikatsiya qilish va chaqiruvni initsiatsiya qilish imkoniyatini beruvchi to‘lov vositasi;
universal xizmatlar — umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali barcha foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan belgilangan sifatdagi majburiy xizmatlar to‘plami (foydalanuvchilarning bu tarmoqdan foydalanishini ta’minlash, mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari, telegrammalar jo‘natish va boshqalar);
o‘zini-o‘zi obro‘sizlantirgan diler — ishi davomida qonun hujjatlari, ushbu Qoidalar, dilerlik shartnomasi talablarining qo‘pol ravishda buzilishiga yo‘l qo‘ygan va ular asosida dilerlik shartnomasi bekor qilingan va diler sertifikati chaqirib olingan diler;
Keyingi tahrirga qarang.
foydalanuvchi — telekommunikatsiyalar xizmatlarining iste’molchisi hisoblangan yuridik yoki jismoniy shaxs;
xalqaro telefon aloqasi — O‘zbekiston Respublikasi hududidagi telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi va boshqa davlat hududidagi telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi o‘rtasida telefon aloqasi orqali bog‘lanish;
xato ko‘chirish — abonent talabnomasisiz mobil aloqa operatorlari (provayderlari) tomonidan abonent raqamining ko‘chirilishi (“inson omili” keltirib chiqargan xato sababli, ya’ni texnik tizimlar bilan o‘zaro ishlaganda xodimlarning noto‘g‘ri xatti-harakatlari sababli abonentning talabnomasida ko‘rsatilgan raqamdan boshqa raqamning ko‘chirilishi);
xizmat ko‘rsatish zonasi — operator (provayder) litsenziya shartnomasi asosida telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladigan va normativ-huquqiy hujjatlar bilan o‘rnatilgan shartlarga javob beradigan xizmatlar sifatini ta’minlash uchun texnik imkoniyatlarga ega bo‘lgan hudud;
xizmat ko‘rsatish punkti — abonentlar axborot-ma’lumot xizmatlarini olishlari, mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomalarini tuzishlari va xizmatlarning boshqa turlarini olishlari mumkin bo‘lgan statsionar savdo nuqtasi va (yoki) xizmat ko‘rsatish nuqtasi;
xizmatlarga abonent to‘lov tizimi — abonentning ma’lum (hisob-kitob qilinadigan) vaqt davri (oy, chorak, yil va b.) uchun to‘lovlari summasi haqiqatda olingan xizmatlar hajmiga bog‘liq bo‘lmagan doimiy miqdor hisoblanadigan xizmatlarga haq to‘lash tizimi;
xizmatlarga haq to‘lashning vaqtbay tizimi — ma’lum (hisob-kitob qilinadigan) vaqt davri uchun abonent to‘lovlari summasi axborotni uzatish va boshqa telefon aloqasi xizmatlarini olish uchun telefon tarmog‘i liniyalari va inshootlaridan foydalanilgan vaqtga bog‘liq bo‘lgan xizmatlarga haq to‘lash tizimi;
xosting xizmatlari — Internet tarmog‘ida doimiy bo‘ladigan serverda axborotni joylashtirish uchun texnik resurslarni taqdim etish xizmati;
barcha chaqiruvlar uchun so‘rov (All Call Query) (bundan buyon matnda All Call Query deb yuritiladi) — mobil telekommunikatsiya tarmog‘ining ko‘chirilgan abonent raqamlariga trafikni o‘tkazish uchun chaqiruvlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri marshrutlash metodi, bunda chaqiruv tashabbuskorining tarmog‘i ko‘chirilgan raqam to‘g‘risida axborot olish va chaqiruvni belgilangan joyiga keyinchalik marshrutlash uchun ko‘chirilgan raqamlarning operatsion ma’lumotlar bazasiga so‘rovni amalga oshiradi;
eSIM — abonent qurilmasining virtual identifikatsiya moduli, uning yordamida abonent qurilmasini identifikatsiya qilish, uning mobil aloqa tarmog‘idan foydalana olishi, shuningdek, abonent raqamidan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish ta’minlanadi;
GSM-shlyuz — mobil aloqa tarmoqlari va telekommunikatsiyalarning boshqa tarmoqlari o‘rtasida trafikni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan apparat-dasturiy vosita;
IMEI kodi (International Mobile Equipment Identifier) yoki xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodi (bundan buyon matnda IMEI-kod deb yuritiladi) — 15 raqamdan iborat bo‘lgan va GSMA tomonidan ajratiladigan, shuningdek, tarmoqda GSM/UMTS/LTE standartlarida ishlovchi mobil aloqa abonent qurilmasini identifikatsiyalovchi raqam;
IP-adres — TCP/IP texnologiyalari bilan boshqariladigan ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida kompyuterlar yoki uzellarni identifikatsiyalaydigan noyob adres;
IP-televideniye (IPTV) — televideniye, video, audio, matn, grafika va shu kabi boshqa ma’lumotlar, IP protokoli asosidagi tarmoqlar ta’minlanadigan, sifat, xavfsizlik, interaktivlik va ishonchlilikning talab qilinadigan darajasini ta’minlash maqsadida boshqariladigan multimedia xizmatlari;
IP-telefoniya — IP texnologiyasi asosida paketlar kommutatsiyalanadigan ma’lumotlar uzatish tarmoqlari orqali nutqli axborot, jumladan, mahalliy va xalqaro aloqani ayirboshlash xizmati;
IP-shlyuz — IP tarmoqlar va telekommunikatsiyalarning boshqa tarmoqlari o‘rtasida trafikni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan apparat-dasturiy vosita;
MSISDN (Mobile Station Integrated Services Digital Network) — GSM/UMTS standartlarida aloqa uchun xizmatlari integratsiyalashgan raqamli tarmoq mobil abonentining raqami (masalan: +998 XX-XXX-XX-XX);
progressiv marshrutlash (Onward Routing) (bundan buyon matnda Onward Routing deb yuritiladi) — mobil telekommunikatsiyalar tarmog‘ining ko‘chirilgan abonent raqamlariga trafikni o‘tkazish uchun chaqiruvlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmagan marshrutlash metodi, bunda chaqiruv tashabbuskorining tarmog‘i donor tarmog‘iga so‘rovni amalga oshiradi, donor esa, o‘z navbatida, ko‘chirilgan raqam to‘g‘risida axborot olish va chaqiruvni belgilangan joyiga keyinchalik marshrutlash uchun ko‘chirilgan raqamlarning operatsion ma’lumotlar bazasiga so‘rovni amalga oshiradi;
SIM/RUIM-karta (bundan buyon matnda SIM karta deb yuritiladi) — ichiga mikrosxema o‘rnatilgan, olinuvchi identifikatsiya moduli, uning yordamida abonent qurilmasini identifikatsiya qilish, uning mobil aloqa tarmog‘idan foydalana olishi, shuningdek, abonent raqamidan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish ta’minlanadi;
SMS-shlyuz — mobil telefondan foydalanmasdan SMS xabarlar jo‘natish va olish imkonini beradigan apparat-dasturiy vosita;
Wi-Fi xizmati tashkilotchisi — ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanish uchun Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha o‘zlarining chetki uskunalaridan, mijozlar yoki tashrif buyuruvchilar hisoblanadigan tor doiradagi foydalanuvchilarga uskunadan foydalanishni taqdim etadigan ma’lumotlar uzatish tarmog‘i operatori yoki ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlari provayderi yoxud abonent – yuridik shaxs;
Wi-Fi xizmatlari — ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanish uchun Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha chetki uskunalarga foydalanuvchilarning cheklangan doirasiga uskunadan foydalanishni taqdim etish.
4. Telekommunikatsiya xizmatlari qonun hujjatlari va ushbu Qoidalarga muvofiq operator yoki provayder hamda abonent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri (yoxud jismoniy shaxslar uchun diler orqali) yozma yoki elektron shaklda tuziladigan ommaviy shartnoma asosida taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Operator (provayder) O‘zbekiston Respublikasi hududida telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni abonentlarga yoki iste’molchilarga davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda taqdim etilishini ta’minlaydi.
5. Tomonlarning shartnoma bo‘yicha huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlarida va ushbu Qoidalarda belgilangan hollardagina boshqa shaxslarga berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyati o‘rnatilgan tartibda olingan litsenziya asosida hamda operator (provayder) va litsenziya beruvchi organ o‘rtasida tuzilgan litsenziya shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Favqulodda vaziyatlar (harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yong‘inlar, epidemiyalar va boshqalar)da telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan, Internetdan jamoat bo‘lib foydalanish punktlaridan ustuvor foydalanish hamda markazlashtirilgan boshqarish, shuningdek, ularning ishlashini cheklash yoki to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
8. Eshittiruvchi, operator va provayderlar tomonidan favqulodda vaziyatlarda telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanish paytida ularga yetkazilgan zararlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
9. Telekommunikatsiya xizmatlari qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan imtiyozlar va afzalliklarni hisobga olib barcha abonentlar uchun xizmat ko‘rsatishning bir xil sharoitlarini ta’minlagan holda ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Telekommunikatsiya tarmog‘iga muvofiqlik sertifikatiga ega abonent qurilmalari (telefon apparatlari, raqamni avtomatik aniqlash funksiyalariga ega telefon apparatlari, ma’lumotlar uzatish va telematik xizmatlar uskunalari (telefaks, teleteks, videoteks va boshqalar), radiotelefon aloqa vositalari, avtojavobbergichlar, signalizatsiya qurilmalari) ulanadi.
11. Abonent qurilmasi abonentlar tomonidan o‘z hisoblaridan sotib olinishi va ularning mulki hisoblanishi yoki telekommunikatsiya operatori (provayderi, dileri, eshittiruvchi) tomonidan shartnoma shartlariga muvofiq berilishi mumkin, bunda abonent qurilmasi telekommunikatsiya operatori/provayderining mulki hisoblanadi va shartnomada belgilangan tartibda abonent ushbu qurilma uchun moddiy javobgar bo‘ladi.
12. Mobil aloqa tarmog‘i abonent qurilmasi IMEI-kodi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Operator (provayder) abonentlarning umumiy foydalanish tarmog‘idan uzluksiz foydalana olishini ta’minlashga majbur.
14. Foydalanuvchilar bilan bevosita o‘zaro ishlaydigan operatorning tarkibiy bo‘linmalari (operator, provayder, diler) tomonidan tashkil qilingan abonent bo‘limlari va rivojlanish sexlari, telefon stansiyalarining abonent uchastkalari, so‘zlashuv punktlari va jamoa bo‘lib foydalanish punktlari, ta’mirlash byurosi, ma’lumot xizmatlari, servis xizmatlari, telekommunikatsiya xizmatlariga haq to‘lash punktlari)ning ish rejimlari operator (provayder, diler) tomonidan belgilanadi.
15. Operator, provayder, diler va eshittiruvchilari tomonidan ma’lumot xizmatlari tashkil qilinishi kerak, bunda foydalanuvchilarga quyidagilar to‘g‘risida bepul ma’lumot beriladi:
d) mobil aloqa xizmatlariga tariflar va ularni almashtirish imkoniyatlari (mobil aloqa xizmatlari uchun);
j) telekommunikatsiya operatori (uning filiallari), provayderi, dileri joylashgan joyi va ish rejimi;
z) abonent shaxsiy hisob raqamining holati (hisobdagi pul mablag‘larining qoldig‘i, imtiyozli daqiqalar qoldig‘i, hisobot davridagi ma’lumotlar, to‘lash uchun hisobni taqdim etish);
i) operatorning mobil aloqa tarmog‘ining xizmat ko‘rsatish zonasi to‘g‘risida axborot (mobil aloqa xizmatlari uchun);
k) telekommunikatsiyalar sohasida foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilishga mas’ul organning ishonch telefon raqamlari;
l) abonentdan texnik nosozliklar, SIM-karta yoki abonent qurilmasi yo‘qolganligi (SIM-kartadan foydalanish ko‘zda tutilmagan mobil aloqa standartlari uchun), abonentning shaxsiy ma’lumotlari o‘zgarganligi to‘g‘risidagi axborotni qabul qilish;
m) mobil aloqa tarmoqlarida abonent qurilmasidan foydalanish imkoniyati (mobil aloqa xizmatlari uchun);
n) mobil aloqa tarmoqlarining operatorlari to‘g‘risida — rouming xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha sheriklar (mobil aloqa xizmatlari uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
Bepul axborot-ma’lumot xizmatlarining ro‘yxati operator, provayder, diler va eshittiruvchilar tomonidan mustaqil ravishda kengaytirilishi mumkin.
16. Axborot-ma’lumot xabarlari bevosita operator-telefonist orqali yoki avtoinformator yordamida, veb-sayt, mobil ilova, ijtimoiy tarmoqlar orqali berilishi mumkin.
17. Operator va provayderlar telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatiladigan telefon so‘zlashuvlari va boshqa xabarlar, shuningdek, ularga taalluqli bo‘lgan barcha ma’lumotlarning sir tutilishini ta’minlashi shart.
18. Telefon so‘zlashuvlarini eshitish, telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatilayotgan xabarlar bilan tanishish, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar olishga, shuningdek, so‘zlashuvlar va xabarlar sirlariga doir boshqa cheklanishlarga faqat qonun bilan belgilangan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
19. Operator, provayder va dilerlar xizmat majburiyatlarini bajarishlari davomida ularga ma’lum bo‘lgan abonentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni abonentning roziligisiz uchinchi shaxslarga berish yoki tarqatishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
b) abonent-yuridik shaxs xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari, abonent manzili yoki oxirgi terminal uskuna o‘rnatiladigan manzili, abonentni va uning oxirgi terminal uskunasini aynan identifikatsiyalash imkonini beradigan taxallusi, abonent raqamlari va boshqa ma’lumotlar.
20. Operator va provayderlar tomonidan yaratilgan va abonentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazalari konfidensial tusdagi hujjatlar sifatida himoyalanishi kerak.
21. Abonentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan bu abonentlarning roziligisiz axborot-ma’lumot xizmat ko‘rsatilishi uchun foydalanish mumkin emas.
22. Foydalanuvchilar axborot resurslaridan foydalana olish uchun teng huquqlarga ega bo‘lib, ular so‘rayotgan axborotni olish uchun bu resurslarning egalari oldida asoslashga majbur emaslar, bundan qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklangan axborot mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
23. O‘zbekiston Respublikasi hududida xabarlarni uzatish texnologik jarayonlarida yagona hisob-kitob va hisobot berish vaqti — mahalliy vaqt o‘rnatiladi.
24. Axborotni uzatish xalqaro texnologik jarayonlarida hisob-kitob va hisobot berish vaqti davlatlararo kelishuvlar va shartnomalarga muvofiq belgilanadi.
25. Telegraf xizmatlarini ko‘rsatayotganda iste’molchi va aloqa korxonasi o‘rtasidagi munosabatlar kvitansiya yoki nazorat-kassa mashinasining cheki bilan yoki shartnoma bilan hujjatlashtiriladi.
26. Taksofonlar ko‘chalarda, maydonlarda, bozorlarda, aloqa bo‘limlarida, aeroportlarda, vokzallarda, metro bekatlarida, avtobus bekatlarida, do‘konlarda, ta’lim muassasalarida, shahar jamoat transporti bekatlarida, tibbiyot va davolash muassasalarida, maxsus jihozlangan so‘zlashuv punktlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining bino va inshootlarida hamda boshqa joylarda kelishuv asosida o‘rnatilishi mumkin. Taksofonlar alohida turuvchi hamda ixcham holatda joylashtirilgan bo‘lishi mumkin.
27. O‘rnatilgan taksofonlar texnik talablarga, standartlarga, sanitariya va gigiyena, yong‘inga qarshi norma va qoidalariga mos kelishi kerak.
a) taksofondan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma, taksofonlarni ekspluatatsiya qiluvchi operator yoki provayder to‘g‘risida axborot (nomi, manzili, telefon raqamlari);
v) ma’lumot ko‘rinishidagi axborot (favqulodda tezkor xizmatlar hamda taksofonlarni ta’mirlash xizmatining telefon raqamlari, yaqin atrofda joylashgan taksofonning manzili va boshqalar);
29. Operator tomonidan taksofonlarga telefon raqamlari ajratilgan hollarda, shunday taksofonlardan kiruvchi chaqiruvlarni qabul qilib olish uchun foydalanish mumkin.
30. Internetdan jamoat bo‘lib foydalanish punktining ish rejimi jamoat foydalanish joyining internet-provayderi tomonidan belgilanadi.
31. Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda operator, provayder, diler va eshittiruvchilarning o‘zaro munosabatlari qonun hujjatlariga muvofiq ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bilan tartibga solinadi.
32. Telekommunikatsiya tarmoqlarida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota spektridan foydalanish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Telekommunikatsiya tarmoqlarida foydalaniladigan va majburiy sertifikatlanishi kerak bo‘lgan telekommunikatsiyaning texnik vositalari muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Televideniye xizmatlari operator va provayderlari televideniye dasturlarining mazmunini tahrir qilish, o‘zgartirish va to‘ldirishga haqli emas.
36. Operator, provayder, diler va eshittiruvchilar telekommunikatsiya tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlashda:
Keyingi tahrirga qarang.
odamlarning dengizdagi, erdagi, havodagi, kosmik fazodagi xavfsizligiga, O‘zbekiston Respublikasida mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibotni saqlash sohasidagi kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlar o‘tkazishga doir barcha xabarlarga, shuningdek, yirik avariyalar, falokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlar to‘g‘risidagi xabarlarga mutlaq ustuvorlik berishi;
texnik vositalardan O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat qilish, urush va zo‘ravonlikni, shafqatsizlikni, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib etish, davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan o‘zga sirni oshkor etish, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa xatti-harakatlarni sodir qilish maqsadida foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan choralarni ko‘rishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Eshittiruvchilar, operatorlar va provayderlar televideniye tarmoqlarida aholini favqulodda vaziyatlar xavfidan xabardor qilishni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan vositalar o‘rnatilishini va ulardan foydalanishni ta’minlashlari shart.
38. Eshittiruvchilar, operatorlar va provayderlarning televideniye tarmoqlari va texnik binolari qo‘riqlash, himoyalash va xavfsiz faoliyatini ta’minlash bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarga javob berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Internet-kafelarda voyaga yetmaganlarning ota-onasidan biri yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs hamrohisiz tungi vaqt (soat 22:00 dan 6:00 gacha) Internet tarmog‘idan foydalanish uchun jamoat foydalanish joylarida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda videokuzatuv kameralarini qo‘llab (video yozuvni 90 kun saqlagan holda), tashrif buyuruvchilar xavfsizligi choralari ko‘rilishi kerak.
40. Operator va provayderlar har bir abonentga, shu jumladan, abonentning shaxsiy hisob raqamida mablag‘lar bo‘lmagan holda, tegishli xizmatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan yagona raqamlarni abonent tomonidan terish yordamida favqulodda tezkor xizmatlarni bepul va kecha-kunduz davomida chaqirish imkoniyatini ta’minlashi kerak. Favqulodda tezkor xizmatlarga quyidagilar kiradi:
41. Abonent shartnomasi bekor qilinganidan so‘ng, operator (provayder) ma’lumotlar bazasidan abonentlarning shaxsiy ma’lumotlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Operator (provayder) tomonidan ko‘rsatiladigan telefon aloqasi xizmatlari universal va qo‘shimcha xizmatlarga bo‘linadi.
43. Universal telekommunikatsiya xizmatlari ro‘yxati hamda ushbu xizmatlarga tariflar Telekommunikatsiya xizmatlariga tariflarini shakllantirish va tartibga solish to‘g‘risida nizomga (ro‘yxat raqami 959, 2000-yil 18-avgust) muvofiq belgilanadi.
44. Foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan telefon aloqasi xizmatlari ro‘yxati operatorga (provayderga) tegishli litsenziya hamda telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarining texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilanadi.
45. Operator (provayder) tomonidan qo‘shimcha va bepul telefon aloqasi xizmatlari ko‘rsatilishi mumkin.
a) telefon apparatlari va boshqa abonent qurilmalarini qayta o‘rnatish, qayta ulash (ulash sxemasini o‘zgartirish);
g) ma’lumot-axborot xizmatlari, bundan ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan ma’lumotnomalarni berish qo‘shimcha xizmatlari mustasno;
d) ma’lumotlar uzatish xizmatlari va telematik xizmatlardan (elektron pochta, faksimil xabarlarni uzatish xizmati, axborot resurslaridan foydalana olish xizmati va h.k.) foydalanish imkoniyati;
j) chaqirilayotgan abonentda raqamni avtomatik aniqlash funksiyalariga ega telefon apparati bo‘lganda mahalliy telekommunikatsiya tarmog‘ining chaqirayotgan abonent raqamini aniqlash, shuningdek, abonent talabiga ko‘ra hisob tafsilotlarini berish;
k) boshqa hududdan (aholi punktidan) chaqirilayotgan abonentning telefon raqami to‘g‘risidagi ma’lumot berish;
Telefon aloqa tarmog‘idan foydalanishni taqdim etish xizmatining narxiga kommutatsiya stansiyasidan abonentning telefon rozetkasigacha abonent liniyalarining tashkil etilishi hisobga olingan stansiya va liniya uskunasining narxi kiradi.
Telefon tarmog‘idan foydalanishning taqdim etilishi to‘lovida oxirgi taqsimlash qurilmasidan telefon rozetkasigacha bo‘lgan shahar telefon tarmog‘ida uzunligi 20 m dan ko‘p bo‘lmagan va qishloq telefon tarmog‘ida uzunligi 40 m dan ko‘p bo‘lmagan abonent liniyasining narxi hisobga olinadi.
v) chaqirilayotgan mamlakat va chaqirilayotgan aholi punktining xalqaro kodi to‘g‘risida ma’lumot berish;
e) xalqaro telefon bog‘lanishni buyurtma qilish uchun buyurtma berish xizmatlarini chaqirish indekslari to‘g‘risida ma’lumot berish.
47. Ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan qo‘shimcha telefon aloqasi xizmatlari ro‘yxati (bepul yoki pullik) qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda operator va provayderga tegishli bo‘lgan telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarining texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib o‘zgartirilishi yoki to‘ldirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanish avtomatik xizmat ko‘rsatish tizimi, buyurtma xizmat ko‘rsatish tizimi va darhol xizmat ko‘rsatish tizimi bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
50. Operator va provayder avtomatik aloqa yo‘nalishlarining borligi, shaharlar kodlari to‘g‘risida va avtomatik telefon aloqasidan foydalanish tartibi to‘g‘risida foydalanuvchilarni xabardor qilishga majbur (OAV, ma’lumot-axborot xizmatlari, Internet tarmog‘i orqali, so‘zlashuv punktlarida).
51. Buyurtma xizmat ko‘rsatish tizimida chaqirayotgan shaxsga buyurtmani qabul qilish vaqtida shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanishga berilgan buyurtmani bajarish muddati xabar qilinishi kerak.
Buyurtma chaqirayotgan shaxsning ixtiyoriga ko‘ra yoki buyurtmaning amal qilish muddati tugashi bilan bekor qilinishi mumkin.
52. Buyurtma bo‘yicha shaharlararo telefon bog‘lanish taqdim etilishi kerak bo‘lgan vaqt operator (provayder) tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi, ammo buyurtma qabul qilingan paytdan boshlab yoki chaqirayotgan shaxs tomonidan so‘zlashuv uchun belgilangan vaqtdan boshlab bir soatdan oshmasligi kerak. Ko‘rsatilgan vaqt tugashi bilan chaqirayotgan shaxsning roziligi bilan bajarilmagan buyurtma ushbu Qoidalarning 55-bandiga muvofiq boshqa vaqtga ko‘chiriladi yoki bekor qilinadi.
Buyurtma bo‘yicha xalqaro telefon bog‘lanish taqdim etilishi mumkin bo‘lgan vaqt operator (provayder) tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi va buyurtmani qabul qilish vaqtida foydalanuvchiga yetkaziladi.
Chaqirayotgan shaxsning talabi bo‘yicha buyurtma xizmat ko‘rsatish tizimida shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanishlar buyurtma qabul qilingan vaqtdan boshlab 30 daqiqa (shoshilinch buyurtma) ichida taqdim etilishi mumkin. Shoshilinch buyurtmalar qabul qilinadigan yo‘nalishlar ro‘yxati operator (provayder) tomonidan belgilanadi va foydalanuvchilar e’tiboriga havola qilinadi.
53. Shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanishga buyurtma xizmat ko‘rsatish tizimida buyurtmaning amal qilish muddati chiquvchi stansiya uchun mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da tugaydi.
a) telefon apparatidan telefon apparatiga telefon bog‘lanishlar uchun — buyurtma berilgan kundan keyingi kunga;
b) shaxsiy telefon bog‘lanishlar va konferens-aloqa uchun — buyurtma berilgan kundan keyin ikkinchi kunga.
Xalqaro telefon bog‘lanish uchun buyurtmaning amal qilish muddati yana 8 soatga uzaytirilishi mumkin, agar bu tegishli stansiyalar yoki ekspluatatsiya qilish va trafikning o‘tish vaqtidagi farq sababli zarur deb tan olingan bo‘lsa.
54. Shaharlararo telefon aloqa texnologik jarayonlarida yagona hisobga olish-hisobot (texnologik) vaqt — mahalliy vaqt qo‘llaniladi.
Xalqaro telefon aloqasida hisobga olish-hisobot vaqti milliy aloqa ma’muriyatlarining xalqaro kelishuvlari bilan belgilanadi.
55. Foydalanuvchilarga shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatishning texnik imkoniyati bo‘lmaganda operator (provayder) so‘zlashuvlar soni va ularning davomiyligiga cheklovlarni kiritadi, buyurtma va darhol xizmat ko‘rsatish tizimida aloqa to‘liq bo‘lmaganda — buyurtmalarni qabul qilishni rad etadi.
Shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlariga cheklovlar kiritilganligi to‘g‘risida foydalanuvchi buyurtmani qabul qilish vaqtida yoki buyurtma va darhol xizmat ko‘rsatish tizimlarida telefon bog‘lanish taqdim etilayotgan vaqtda xabardor qilinishi kerak.
Telefon aloqasidan foydalanishda uzoq muddatli cheklovlar yuzaga kelgan holda operator (provayder) bu haqda OAV, ma’lumot xizmatlari yoki telekommunikatsiya xizmatlaridan ommaviy foydalanish punktlarida e’lon berishdan foydalanib foydalanuvchilarni xabardor qilish choralarini ko‘rishi kerak.
56. Buyurtma xizmat ko‘rsatish tizimida telefon bog‘lanishini taqdim etish navbati so‘zlashuv toifasiga, buyurtmaning shoshilinchli ekanligiga va kelib tushish vaqtiga bog‘liq bo‘ladi.
57. O‘zbekiston Respublikasi hududida operator-telefonist yordamida taqdim etiladigan shaharlararo telefon so‘zlashuvlarining quyidagi toifalari belgilangan:
58. “Har qanday navbatdan tashqari” toifa bo‘yicha so‘zlashuvlar faqat qonun hujjatlariga muvofiq, amaldagi oddiy tarif bo‘yicha haq to‘lagan holda abonent tomonidan ko‘rsatilgan istalgan telefon bo‘yicha bunday so‘zlashuvlarni olib borish huquqidan foydalanadigan mansabdor shaxslarga taqdim etiladi. Abonentning talabiga ko‘ra so‘zlashuvlar aloqaning ishlash jadvalini buzgan va quyi toifadagi bo‘lib o‘tayotgan so‘zlashuvni uzib qo‘ygan holda taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
59. “Har qanday navbatdan tashqari” toifasidagi buyurtmalar bilan bir qatorda “Falokat” paroli bo‘yicha so‘zlashuvlarga buyurtmalar bajariladi. Ushbu parol bo‘yicha so‘zlashuvlar amaldagi oddiy tarif bo‘yicha haq to‘lagan holda foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan istalgan telefondan, shuningdek, so‘zlashuv punktidan taqdim etiladi. Halokatga uchragan dengiz, daryo va havo kemalaridan xabarlarni uzatish uchun shaharlararo telefon so‘zlashuvlariga to‘lov undirilmaydi.
60. Operatorlarga shartnoma asosida to‘langan vaqtincha amal qiluvchi parollarni kiritish huquqi beriladi. Parollar bo‘yicha buyurtmalar oddiy toifadagi buyurtmalardan oldin beriladi.
61. “Hukumatga oid” toifasidagi shaharlararo telefon so‘zlashuvlari “har qanday navbatdan tashqari” so‘zlashuvlaridan keyin aloqaning ishini buzmasdan va bo‘lib o‘tayotgan so‘zlashuvlarni uzib qo‘ymasdan amaldagi oddiy tarif bo‘yicha taqdim etiladi. So‘zlashuvlar faqat bunday so‘zlashuvlarni olib borish huquqi berilgan mansabdor shaxslarga va faqat ro‘yxatga olingan telefonlardan taqdim etiladi.
62. Hech bir boshlangan so‘zlashuv operator (provayder) tomonidan uzib qo‘yilishi mumkin emas, “Har qanday navbatdan tashqari” toifasidagi va “Falokat” paroli bo‘yicha so‘zlashuvni taqdim etish zarur bo‘lgan hollar bundan mustasno. So‘zlashuv tugaganidan keyin foydalanuvchiga uzib qo‘yilgan so‘zlashuvni tugatish imkoni beriladi.
63. Buyurtma bo‘yicha bildirishnomali telefon bog‘lanishlar so‘zlashuv uchun belgilangan vaqtni hisobga olgan holda tarifidan qat’i nazar ushbu (buyurtma) toifadagi buyurtmalar ichidan eng birinchi navbatda taqdim etiladi.
64. Shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanishga buyurtmani qabul qilishda darhol xizmat ko‘rsatish tizimida abonent telefon go‘shagini qo‘ymasdan, shu zahoti, amaldagi oddiy tarif bo‘yicha chaqirilayotgan abonent bilan telefon orqali bog‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida darhol xizmat ko‘rsatish tizimi texnik vositalarning tayyorlik darajasiga qarab kiritiladi.
65. Mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarida axborot-ma’lumot xizmatlarining quyidagi turlari ko‘rsatiladi:
foydalana olish uchun maxsus xizmat ko‘rsatish bog‘lamasida qisqa raqamlari ajratiladigan axborot-ma’lumot xizmatlari;
66. Axborot-ma’lumot xizmatlaridan foydalana olish uchun raqamlar ajratilishi telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan raqamlash tizimi va rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarining telefon raqamlari (tashkilotlar, muassasalar va korxonalar telefonlari) to‘g‘risida;
mahalliy telefon tarmoqlarining telefon uzellari ta’mirlash byurosining telefon raqamlari to‘g‘risida;
b) manzilli, muassasaviy, qo‘l va elektron kartotekalarini yaratish hamda ularga mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq barcha o‘zgarishlarni o‘z vaqtida kiritish;
68. Operator (provayder) telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotni abonentlarga taqdim etish maqsadida axborot-ma’lumot berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish tizimini yaratadi.
Quyidagi ma’lumotlar operator (provayder) tomonidan abonentning so‘roviga muvofiq 24 soat mobaynida hech qanday cheklovlarsiz taqdim etilishi shart:
abonentga uning shaxsiy hisobvarag‘ining holati va ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanish haqini to‘lash bo‘yicha qarzdorlik to‘g‘risidagi, jumladan, abonentga ulangan xizmatlar (ma’lumotlar uzatish vaqti, tezligi, olingan va (yoki) uzatilgan axborot hajmi, shuningdek, limitlangan trafikli tariflardagi trafik qoldig‘i) to‘g‘risidagi;
69. Operatorlarning (provayderlarning) faoliyati yo‘nalishlari va vazifalariga muvofiq axborot-ma’lumot xizmatlari tomonidan operatorlarning (provayderlarning) texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib boshqa axborot ham berilishi mumkin.
70. Operatorlar (provayderlar) axborot-ma’lumot xizmatlari ko‘rsatishda quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
ma’lumotnoma kartotekalariga tuzatishlar kiritish uchun axborot olish maqsadida mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarining telefon uzellari bilan o‘zaro ishlash;
ekspluatatsiya qilish qoidalari va yo‘riqnomalariga muvofiq texnik vositalarni ekspluatatsiya qilish;
mehnatni ilmiy tashkil qilish, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasiga doir chora-tadbirlarni o‘tkazish.
71. Mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarining axborot-ma’lumot xizmati ma’lumot xizmatining maxsus apparaturasi bazasida tashkil qilinadi, uning tarkibiga kommutatsiya uskunasi operator-telefonistlar stollari, kartoteka uskunasi, dispetcher va ishlab chiqarish nazorati pultlari kiradi.
72. Axborot-ma’lumot xizmatlari shaharlar, tumanlar, tashkilotlar joylashgan ko‘chalar nomlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritib, o‘z ma’lumotlar bazasini o‘z vaqtida yangilashlari kerak.
73. Chaqiruv kelib tushganda operator-telefonist darhol va aniq o‘zining shaxsiy raqamini aytishi kerak (masalan, “beshinchi”, “o‘ttiz sakkizinchi” va h.k.). Agar foydalanuvchi javob bermasa, “Ma’lumotnoma xizmati javob beradi” deb takrorlaydi. Ikkinchi marta ham javobni olmagandan keyin, operator-telefonistga aloqani uzishga haqli. “Ha”, “Eshitaman”, “Allo” va b. so‘zlarni aytishga ruxsat berilmaydi.
74. Operator-telefonist yonida ishlayotgan telefonchi operatorga xalaqit qilmaslik uchun ovozni balandlamasdan talab qilinayotgan axborotni aniq va ravshan berishi kerak.
75. Operator-telefonist faqat foydalanuvchi unga berilgan axborotni to‘g‘ri takrorlagandan keyingina aloqani uzishga haqlidir. Agar foydalanuvchi axborotni noto‘g‘ri takrorlagan bo‘lsa, operator-telefonist uni takrorlashga majbur.
76. Operator-telefonist birinchi talab bo‘yicha foydalanuvchiga o‘zining shaxsiy raqamini takrorlashi kerak.
77. Operator-telefonist foydalanuvchilar bilan xushmuomalali bo‘lishi, hech qanday tanbehlar bildirmasligi va u bilan aytishmasligi kerak.
78. Foydalanuvchilar shikoyat qilganda operator-telefonist ularni darhol katta operator-telefonist bilan ulashi kerak.
79. Operator-telefonist ma’lumot berilayotgan materialni, kartotekaning tuzilishi va ma’lumot materiallarining unda joylashish prinsiplarini yaxshi bilishi kerak. Operator-telefonist barcha maxsus xizmatlar raqamlarini (101, 102, 103, 104, 1050) yoddan bilishi kerak.
80. Agar operator-telefonist ma’lumotni berishga qiynalsa, u foydalanuvchiga: “Iltimos, bir oz kutib turing” deb katta operator-telefonistga murojaat qilishi shart. Katta operator-telefonistning tushuntirishlarini olib, kutib turgan foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatadi. Ma’lumot olish uchun yonida ishlayotgan operator-telefonistga murojaat qilish qat’iyan man qilinadi.
81. Operator-telefonist foydalanuvchi so‘rovini e’tibor bilan eshitishi va zarur bo‘lganda berilgan savolni takrorlashini so‘rashi kerak: “Iltimos, ma’lumotni qaytaring” yoki “Iltimos, aniqroq qaytaring”. Agar ikkinchi bor so‘rovdan keyin operator-telefonist foydalanuvchini deyarli eshitmasa yoki umuman eshitmasa, u: “Sizni eshitmayapman, iltimos qayta qo‘ng‘iroq qiling” deb javob berishi kerak.
82. Agar foydalanuvchi savolni noto‘g‘ri ifodalagan bo‘lsa, operator-telefonist foydalanuvchidan unga aynan qanday axborot kerakligini aniqlashtirishni xushmuomalalik bilan so‘rashi va shundan keyin yana ma’lumot xizmatini ko‘rsatishi kerak.
83. Agar foydalanuvchi ushbu xizmatga tegishli bo‘lmagan axborot berishni so‘rasa, u holda unga tegishli axborot-ma’lumot xizmatlarining telefon raqamlarini aytish kerak.
84. Telefon raqamlari to‘g‘risidagi axborotni berayotganda telefonning beshta belgili raqamini operator-telefonist shunday aytishi kerak: bitta raqam alohida va qolgan to‘rtta raqamlar ikkitadan. Masalan, 5-44-32 — besh, qirq to‘rt, o‘ttiz ikki. Telefonning yettita belgili raqami shunday aytiladi: uchta raqam birga va to‘rtta raqam ikkitadan. Masalan: 71 278-34-23 — yetti bir, ikki yetti sakkiz, o‘ttiz to‘rt, yigirma uch (50 dan 99 gacha qo‘shib raqamlar raqamlarga ajratgan holda aytiladi: 2-75-58 — ikki, yetti besh, besh sakkiz).
85. Agar foydalanuvchi telefon shikastlanganligi to‘g‘risida xabar qilmoqchi bo‘lsa, operator-telefonist qaysi telefon raqami shikastlanganligini so‘rashi shart va foydalanuvchiga telefon aloqa uzelining tegishli avtomatlashtirilgan ta’mirlash byurosining raqamini xabar qilishi kerak.
86. Operator-telefonist quyidagi hollarda foydalanuvchini katta operator-telefonist bilan ulashga majbur:
87. Axborot-ma’lumot xizmatining operator-telefonist quyidagi hollarda ma’lumot berishni rad etishga haqli:
yakka tartibda foydalaniladigan xonadon telefoni abonentining ism-sharifi yoki manzili aytilmagan bo‘lsa, ma’lumot materialida esa, shu familiyadagi shaxslar ko‘p bo‘lsa;
foydalanuvchi unga ma’lumot xizmati bo‘yicha ikkitadan ortiq ma’lumotlar berishni so‘rasa, bunda operator-telefonist foydalanuvchiga u ma’lumot xizmatini ikkinchi bor chaqirganligini aytishi kerak.
88. Telefon tarmoqlarida signalizatsiya uskunalarini o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli organlar (bundan buyon matnda qo‘riqlash xizmati deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
89. Yuridik va jismoniy shaxslarga qarashli korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, xonadonlar himoya qilish obyektlari hisoblanadi.
90. Telefon stansiyalarini loyihalash va rekonstruksiya qilishda qo‘riqlash signalizatsiyasi apparatini joylashtirish uchun krossda va kross yaqinida, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda, texnologik loyihalashning normativlariga muvofiq maydonli apparatura xonasini jihozlash ko‘zda tutilishi lozim.
Optik tolali aloqa liniyalari orqali tashkil etilgan kichik sig‘imli telefon stansiyalarida qo‘riqlash signalizatsiya apparaturalari alohida shkaflarda o‘rnatiladi.
91. Xavfsizlik signalizatsiya tizimining tarkibiga xabarlarni uzatish tizimlari ramkalariga abonent liniyalarini krossirovka qilish ishlari 5 kun muddat ichida telefon tarmoqlari hisobidan amalga oshiriladi.
Himoya bo‘laklari va krossning stansion ramkalaridan qo‘riqlash signalizatsiyasi ramkalarigacha bo‘lgan krossirovkasi telefon tarmoqlari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
92. Qo‘riqlanadigan obyektlardagi abonent liniyalarining telefon rozetkasiga xabarlarni uzatish tizimlarining yakunlovchi (terminal) qurilmalarini ulash qo‘riqlash xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
93. Xabarlarni uzatish tizimlari uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi qo‘riqlash xizmatining mutaxassislariga xabarlarni uzatish tizimlari uskunalari o‘rnatilgan telefon stansiyalari binolariga kirish uchun telefon tarmoqlari ma’muriyati tomonidan maxsus guvohnomalar yoki ruxsatnomalar beriladi.
94. Kechki va tungi payt, ta’til va dam olish kunlari qo‘riqlash xizmati xodimlarining ko‘rsatilgan binolarga kirishlari telefon tarmoqlari dispetcherining ruxsati asosida bo‘ladi.
Qo‘riqlash xizmati xodimlari bajaradigan ishlar telefon tarmoqlari xodimlari tomonidan nazorat qilinadi. Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan bajarilgan barcha ishlar maxsus jurnalda qayd etilishi lozim.
95. Telefon liniyalaridan qo‘riqlash maqsadida foydalanilayotgan abonentlarning abonent kartalarida qo‘riqlash pulti belgisi bo‘lishi, ramka raqami va signalizatsiya shtifti ko‘rsatilish lozim.
96. Obyektlarni qo‘riqlash davri mobaynida abonent liniyalarini krossdan tekshirish faqatgina qo‘riqlash xizmatining buyurtmasiga binoan amalga oshiriladi. Tekshiruv uchun buyurtmalar boshqa shaxslardan qabul qilinganda, ko‘rsatilgan liniyalar tekshiruvi qo‘riqlash signalizatsiyasi o‘chirilganidan keyin, faqatgina qo‘riqlash xizmatining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
97. Qo‘riqlash signalizatsiyalari uchun ishlatiladigan taqsimlash javonlari, quti, boks va grompolosa shtiftlari telefon tarmoqlari xodimlari tomonidan bo‘yoq bilan markirlanishi (belgilanishi) lozim.
98. Telefon stansiyasi krosslari va liniyalarda ta’mirlash hamda profilaktika ishlari o‘tkazilganda, qayta payka qilinganda va kabellarni almashtirib qayta ulanganda (stansiya va liniya inshootlarida) telefon tarmoqlari xodimlari uchun telefon liniyalarining markirlangan simlari juftligi joyma-joy almashtirilishiga, shuningdek, ulardan xizmat aloqasi uchun foydalanilishiga ruxsat berilmaydi.
99. Qo‘riqlash signalizatsiyasi uchun ishlatiladigan liniyalarda profilaktik reja asosida ish olib borishlari to‘g‘risida telefon tarmoqlari xodimlari qo‘riqlash xizmati ish boshlanishidan uch kun, ishlar shoshilinch (rejadan tashqari) bajarilishi kerak bo‘lganda bevosita mazkur ishlar bajarilishidan oldin ogohlantiradi.
100. Qo‘riqlash xizmati buyurtmasiga binoan, aloqa liniyalar parametrlari o‘lchovini telefon tarmoqlari 15 kun ichida amalga oshiradi. Zarur bo‘lganda, qo‘riqlash xizmatining mutaxassislari o‘lchovlarda qatnashadilar. Telefon tarmoqlari liniyalari parametrlarini belgilangan normalarga muvofiqlashtirishni ta’minlaydi yoki texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda liniyalarni almashtiradi.
101. Qo‘riqlash signalizatsiyasi yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan sabab tufayli telefon aloqasi buzilgan bo‘lsa, telefon tarmoqlari xodimlari bu haqda qo‘riqlash xizmatiga xabar beradi va qo‘riqlash xizmati xodimlari bilan birgalikda nosozlik sababini ikki soat ichida aniqlab, uni bartarf etish choralarini ko‘radi.
Qo‘riqlash signalizatsiyasining uch soatdan ortiq vaqt orqalig‘idagi nosozlik, telefon aloqasining sifatli ishlashiga ta’sir ko‘rsatgan holda, telefon tarmoqlari xodimlari qo‘riqlash signalizatsiyasini telefon liniyasidan uzib qo‘yadi.
102. Markaziy kuzatuv pultlari va telefon stansiyasini bog‘laydigan to‘g‘ri simlari bo‘lgan kabellar shikastlanishi yoki ta’mirlanishi vaqtida telefon tarmoqlari tomonidan texnik imkoniyat mavjud bo‘lsa uch soat ichida zaxira aloqasi taqdim etiladi. Bunday imkoniyat mavjud bo‘lmagan holda shikastlanishlar belgilangan muddatlarga muvofiq, qo‘riqlash xizmatini xabardor qilgan holda bartaraf etiladi.
Qo‘riqlash signalizatsiyasi uchun foydalaniladigan abonent telefon liniyalaridagi shikastlanishlar, telefon tarmoqlari xodimlari tomonidan birinchi navbatda bartaraf etiladi.
103. Abonent liniyalarini qayta ulash, juftlik sxema bo‘yicha telefonlarni yoqish hamda qo‘riqlash signalizatsiyasi faoliyatini to‘xtatib, telefonlar joyini almashtirish qo‘riqlash xizmati rahbariyatini oldindan yozma ravishda ogohlantirgan holda telefon tarmoqlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda qo‘riqlash signalizatsiyasi apparaturasini ulash uchun to‘lov undirilmaydi.
104. Qo‘riqlash signalizatsiyasi uchun telefon liniyalaridan foydalanganda ro‘yxatdan o‘tkazish va abonent to‘lovlari amaldagi tariflarga muvofiq qo‘riqlash xizmatidan undiriladi.
105. Qo‘riqlash xizmatiga ulangan obyektlar telefonlari o‘chirilganida yoki abonent mazkur Qoidalarni buzganligi sababli aloqa xizmati ko‘rsatilishidan to‘xtatilganda, bu haqda kross xodimlari qo‘riqlash xizmatini ogohlantiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
109. Ishlov berishdagi mutlaq ustunlik dengiz, er, havoda va kosmik fazoda inson hayotining xavfsizligiga tegishli, shuningdek, mudofaa va huquqni muhofaza qilish chora-tadbirlarini o‘tkazish, yirik avariyalar, falokatlar, epidemiyalar to‘g‘risidagi xabarlar bo‘lgan telegrammalarga beriladi.
112. “Toifadan tashqari” telegrammalariga “Havo” (“Vozdux”), “Raketa”, “Mobilizatsion”, “Samolyot” belgilari bo‘lgan telegrammalar kiradi.
113. “Navbatdan tashqari” telegrammalarga “Avariya”, “Shtorm”, “Avia” belgilari bo‘lgan telegrammalar kiradi.
“Avariya” belgili telegrammaga — havo va daryo flotlarida, temir yo‘llarda va avtotransportda, sanoat korxonalaridagi hodisalar va aloqa vositalarining holati, halokatlar, avariyalar to‘g‘risidagi telegrammalar kiradi.
“Shtorm” belgili telegrammaga — havo va daryo flotlari, temir yo‘l va avtomobil transporti uchun xavfli ob-havo hodisalari (bo‘ron, to‘fon, tuman va h.k.), shuningdek, tabiiy ofatlar (zilzila, toshqin, o‘rmon yong‘inlari va boshqalar) to‘g‘risidagi ogohlantirish telegrammalari kiradi.
“Avia” belgili telegrammaga — samolyotlarning uchishi, kelishi va majburiy qo‘nishi to‘g‘risidagi xabarlar, shuningdek, ob-havo to‘g‘risida ma’lumotli telegrammalar kiradi.
“Hukumatga oid” va “Oliy hukumatga oid” telegrammalarini berish huquqidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq mansabdor shaxslar foydalanadi.
114. “Topshirilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma bilan” telegrammani yuborayotganda jo‘natuvchi belgilangan joyda telegrammani 24 soat ichida, telegraf ishi jadval bo‘yicha seanslar bilan amalga oshiriladigan punktlarga manzillangan telegrammalar uchun telegrammani qabul qilgan paytdan boshlab 48 soat ichida topshirilishi to‘g‘risida xabarnomani oladi.
115. “Javobi to‘langan” telegrammalar adresatning jo‘natuvchiga u tomonidan to‘langan axborot hajmidagi to‘langan javobini ta’minlaydi.
“Topshirilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma bilan”, “javobi to‘langan”, “banklardan o‘tkazma” turdagi telegrammalar faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida qabul qilinadi.
116. “Pochta orqali buyurtmali yetkazib beriladigan” telegrammalar aloqa korxonalari bo‘lmagan aholi punktlariga manzillanadi. Bunday telegrammalar adresatga shaxsan qo‘liga topshirib yetkaziladi, bu telegrammaning o‘tish vaqtini uzaytiradi.
117. “Jo‘natuvchi tomonidan ko‘rsatilgan muddatda yetkazib berish bilan” telegrammalari adresatga jo‘natuvchi tomonidan ko‘rsatilgan muddatda telegrammani yetkazib berishni ta’minlaydi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlariga, respublikaning viloyat va tuman markazlariga yuborish uchun yetkazib berish sanasidan kamida bir sutka oldin aloqa korxonalari tomonidan qabul qilinadi.
118. “Badiiy blanklarda yetkazib berish bilan” telegrammalari jo‘natuvchining xohishiga ko‘ra telegrammalar adresatlariga badiiy blanklarda yetkazib berish bilan qabul qilinadi. Bunday telegrammalar faqat telegraf aloqasi bo‘lgan punktlarga manzillanishi mumkin.
119. “Tasdiqlangan” telegrammalarida aloqa korxonasi telegrammada xabar qilinayotgan qandaydir faktni, jo‘natuvchining imzosini yoki telegrammada yuborilayotgan ishonchnomani tasdiqlashi mumkin.
Iste’molchi telegrammada xabar qilinayotgan faktni tasdiqlovchi rasmiy ma’lumotnomani, guvohnomani yoki boshqa hujjatni taqdim etishi kerak.
120. “Sxemali” telegrammalar aynan bir xil matnni aloqa korxonasi tomonidan oldindan tuzilgan, ro‘yxatdan o‘tkazilgan va kiritilgan sxema bo‘yicha turli telegraf punktlariga uzatilishini ta’minlaydi. Sxemali telegrammalar yuridik shaxslar tomonidan berilishi mumkin.
121. Telegraf jo‘natmalarini manzillash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlatlararo axborot va jo‘natmalar ikki tomonlama bitimlar, shuningdek, xalqaro bitimlar va shartnomalar bilan belgilangan tillarda ishlov beriladi.
xat-xabarlar O‘zbekiston Respublikasida hududida manzillanganda davlat yoki rus tilida, bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qoraqalpoq tilida;
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlariga yuborilganda — rus tilida yoki belgilangan mamlakat tilida;
uzoq xorij mamlakatlariga manzillanganda — belgilangan mamlakat tilida, lotin alifbosi harflari bilan yozilgan bo‘lishi kerak.
122. Telegrammalar ochiq (umumqabul qilingan) yoki shartli (kodlangan) tilda yozilishi mumkin. Agar yozuv davlat tilida yoki rus tilida tuzilgan bo‘lsa, harflar va raqamlar bilan ko‘rsatilgan zavod, savdo belgilari va markalari yoki faqat raqamlardan iborat bo‘lgan statistik va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olsa, telegramma ochiq (umuqabul qilingan) tilda yozilgan deb hisoblanadi. Jismoniy shaxslardan telegrammalar faqat ochiq tilda (umuqabul qilingan) qabul qilinadi.
Agar yozuv shartli belgilar yoki shartli qiymatga ega bo‘lgan oddiy so‘zlar yordamida tuzilgan bo‘lsa, telegramma shartli (kodlangan) tilda yoziladi deb hisoblanadi. Bunday telegrammalar faqat yuridik shaxslardan qabul qilinadi.
123. Tarkibida axloqsiz, haqoratli va inson qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xavfsizligi va davlat manfaatlariga qarshi qaratilgan matn bo‘lgan hamda faqat manzildan iborat (matnsiz) telegrammalar qabul qilinmaydi.
124. Respublika hududida iste’molchilarga telegraf xizmatlarini ko‘rsatish mahalliy vaqtni ko‘rsatgan holda amalga oshiriladi.
125. Aloqa korxonalarida telegrammani qabul qilish belgilangan ish rejimiga muvofiq amalga oshiriladi.
126. Aloqa korxonalari iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyatini, telegraf xabarlarining sir saqlanishini ta’minlashlari shart.
127. Telegraf tarmog‘idagi abonent telegraf stansiyalari va teleks tarmoqlari iste’molchilarga tarmog‘iga va teleks tarmog‘iga ulangan korxonalar va tashkilotlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘zlashuvlarni olib borish va axborotni uzatish imkonini yaratib beradi. Iste’molchilarning abonent qurilmalarini abonent telegraf stansiyasiga va teleks xalqaro tarmog‘iga ulash iste’molchilar va aloqa korxonalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
128. Telegraf kanallari aloqa korxonasi va iste’molchi o‘rtasidagi shartnoma asosida ijaraga beriladi. Telegraf kanallarini ijaraga berish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
129. Iste’molchining xohishiga ko‘ra aloqa korxonasi tomonidan quyidagi qo‘shimcha telegraf aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi mumkin:
berilgan telegrammani bekor qilish yoki telegrammani yuborishdan avval uning manzilini o‘zgartirish;
telegrammani adresatga yetkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi hududida) kundan keyin 2 oy ichida uning topshirilganligining tasdig‘ini olish;
“talab qilingunga qadar” belgisi bilan manzillangan telegrammalarni belgilangan bir oy muddatdan tashqari, keyingi bir oy mobaynida saqlab turish;
o‘zlarining telegrammalari, shu jumladan, telegramma jo‘natuvchilarining manzillari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni jo‘natuvchilarga va adresatlarga berish.
130. Aloqa korxonalari mazkur Qoidalarga zid bo‘lmagan va amalda bajarilishi mumkin boshqa xizmatlarni ham ko‘rsatishi mumkin.
131. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlari ro‘yxati operator yoki provayder hamda abonent o‘rtasida tuziladigan ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasida belgilangan bo‘lishi kerak.
ma’lumotlar uzatish tarmog‘idan foydalanish (turli standartlar bo‘yicha), trafik tranziti, shuningdek, ma’lumotlar uzatishning xalqaro tarmoqlaridan, jumladan, Internetdan foydalanish;
Operator yoki provayder qonun hujjatlariga muvofiq ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining boshqa xizmatlarini ham ko‘rsatishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
133. Wi-Fi xizmati tashkilotchisi bo‘lgan abonent-yuridik shaxs tomonidan cheklangan doiradagi foydalanuvchilarga bepul yoki pullik asosda Wi-Fi xizmatlari ko‘rsatishi mumkin. Foydalanuvchilarning cheklangan doirasini aniqlash shartlari Wi-Fi xizmati tashkilotchisi tomonidan belgilanadi. Wi-Fi xizmatini ko‘rsatishda sessiyaning amal qilish davomiyligi 24 soatdan oshmasligi kerak.
134. Wi-Fi xizmati tashkilotchisi o‘z hududida bepul Wi-Fi xizmatini tashkil etish operator yoki provayder bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq operator yoki provayderning apparat-dasturiy vositalari asosida amalga oshirilishi mumkin.
operator yoki provayder bilan birgalikda, foydalanuvchilarning shaxsini identifikatsiyalash hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanilgan veb-resurslari (log-fayllar) hisobini yuritish bo‘yicha apparat-texnik chora-tadbirlar ko‘rishi;
operator yoki provayder bilan birgalikda, axborot resurslari himoya qilinishini ta’minlashga, O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etishga, urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi axborotni, shuningdek, pornografiyani targ‘ib qilishga qaratilgan axborotning va tarqatilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa axborotning tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan choralarni ko‘rishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
136. Wi-Fi xizmati abonent — yuridik shaxs tomonidan ko‘rsatilgan taqdirda, abonent — yuridik shaxs va operator (provayder) o‘rtasida tuziladigan shartnomada foydalanuvchilarga Wi-Fi xizmati taqdim etishi to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatilishi, shuningdek, foydalanuvchilar shaxsini identifikatsiyalash bo‘yicha ko‘riladigan choralar belgilanishi zarur.
137. Foydalanuvchilar shaxsini identifikatsiyalash mobil telefon raqami bo‘yicha yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlar asosida amalga oshirilgan boshqa ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari (aviachiptalar, temir yo‘l chiptalari, mehmonxonada ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari va shu kabi boshqa ma’lumotlar), shuningdek, Push-xabarlar (abonent qurilmasi ekranida aks etuvchi qisqa xabar) orqali amalga oshirilishi mumkin.
Foydalanuvchini mobil telefon raqami bo‘yicha identifikatsiyalashda, foydalanuvchining mobil telefon raqamiga SMS-xabar vositasida bir martalik parol (One Time Password — OTP) yuboriladi va foydalanuvchi autentifikatsiya qilinadi. Bunda bir martalik parolning (One Time Password — OTP) aktivlik muddati cheklangan bo‘lishi (10 daqiqadan ko‘p bo‘lmasligi) kerak.
138. Operator (provayder) O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq abonentlarga o‘zi tomonidan ko‘rsatiladigan ma’lumotlar uzatish xizmatlari to‘g‘risida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi shart.
operatorning (provayderning) nomi, pochta manzili, foydalanuvchilar va abonentlar bilan hamkorlik qiladigan filiallarining nomi, ular joylashgan joy, ish tartibi va aloqa telefonlari;
muayyan tarif rejasi, marketing kampaniyalari doirasida yoki tadbirlar o‘tkazish davrida ma’lumotlar uzatish tarmog‘idan foydalanish xizmatlarini taqdim etishda imtiyozlar yoki chegirmalar;
ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlarini ko‘rsatish hududlarida texnik imkoniyatlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
139. Operator (provayder) bilan abonent o‘rtasida tuziladigan shartnomada quyidagi ma’lumotlar majburiy ravishda ko‘rsatilishi shart:
sifat ko‘rsatkichlari (ma’lumotlar uzatishning maksimal tezligi, ma’lumotlar uzatishning minimal kafolatlangan tezligi, ma’lumotlar uzatish kechikishining maksimal vaqti);
Shartnomada tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga asosan qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
140. Abonent operator (provayder) bilan shartnoma tuzganidan keyin, operator (provayder) ulanish usuliga bog‘liq holda, abonentga ulanish uchun zarur parametrlarni yetkazadi (IP-adres va boshqa adres rekvizitlari), ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida ishlash va foydalanish tartibi to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, foydalanuvchining zarur uskunasini (kompyuter, modem, faks) va zarur dasturiy ta’minotni tavsiya qiladi.
141. Operator (provayder) ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotni abonentlarga taqdim etish maqsadida axborot-ma’lumot berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish tizimini yaratadi.
Quyidagi ma’lumotlar operator (provayder) tomonidan abonentning so‘roviga muvofiq 24 soat mobaynida hech qanday cheklovlarsiz taqdim etilishi shart:
abonentga uning shaxsiy hisobvarag‘ining holati va ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanish haqini to‘lash bo‘yicha qarzdorlik to‘g‘risidagi, jumladan, abonentga ulangan xizmatlar: ma’lumotlar uzatish vaqti, tezligi, olingan va (yoki) uzatilgan axborot hajmi, shuningdek, limitlangan trafikli tariflardagi trafik qoldig‘i to‘g‘risidagi;
v) jamoat foydalanish joyi internet-provayderining kompyuteridan fayllarni foydalanuvchi kompyuteriga uzatish.
Jamoat foydalanish joyining internet-provayderi tomonidan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xizmatlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
143. Taqdim etilayotgan xizmatlar uchun tariflar jamoat foydalanish joyining internet-provayderi tomonidan mustaqil ravishda o‘rnatiladi.
144. Abonentlarga operator (provayder) tomonidan ko‘rsatiladigan mobil aloqa xizmatlarining ro‘yxati operatorga tegishli bo‘lgan mobil aloqa tarmog‘ining texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda operator (provayder) tomonidan belgilanadi.
145. Abonentlarga ko‘rsatiladigan mobil aloqa xizmatlari shartnoma shartlariga, shuningdek, operatorning (provayderning) xizmatlar to‘g‘risidagi axborotiga muvofiq bo‘lishi kerak.
146. Operator (provayder) abonentga xizmat ko‘rsatish zonasida mobil aloqa xizmatlaridan kechayu-kunduz foydalanish imkonini ta’minlashga majbur.
147. Operator (provayder) axborot-ma’lumot xizmati tizimiga ega bo‘lishi va pullik hamda bepul axborot-ma’lumot xizmatlarini ko‘rsatishga majbur.
Operator yoki provayder tarmoq ichida uning axborot-ma’lumot xizmatiga bepul qo‘ng‘iroqlar qilish imkonini ta’minlashi kerak.
148. Operator (provayder) pullik axborot-ma’lumot xizmatlarining ro‘yxatini mustaqil ravishda belgilaydi.
149. Operator (provayder) taqdim etiladigan xizmatlar, ularni taqdim etish va mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish tartibi, ushbu xizmatlarga tariflar, mobil aloqadan foydalanishda cheklanishlar to‘g‘risida abonentlarni, shuningdek, mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish uchun shartnomani tuzish istagi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarni xabardor qilishga majbur.
Xizmatlarning pullik ekanligi to‘g‘risida abonentlarni oldindan xabardor qilmasdan ayrim pullik xizmatlar uchun to‘lov undirilgan holda ushbu xatti-harakat ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun undirilgan to‘lovga tenglashtiriladi.
Tariflar, xizmatlarni ko‘rsatish tartibi, hisob-kitoblar shakli va tartibi o‘zgargan holda, operator (provayder) bu haqda ommaviy axborot vositalari orqali va operator (provayder) tomonidan tanlangan istalgan boshqa usulda abonentni xabardor qilishi lozim.
Operator tarmog‘ida mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatilishining to‘xtalishiga olib keladigan yirik avariyalar yuz berganda hamda uchinchi shaxs talabi bo‘yicha ijara asosida o‘rnatilgan telekommunikatsiya inshootlarini ko‘chirish zarurati yuzaga kelganda operator (provayder) abonentlarni bu haqda, shuningdek, xizmatlarni ko‘rsatish tiklanishining taxminiy muddatlari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali yoki operator (provayder) tomonidan tanlangan istalgan boshqa usulda xabardor qilishga majbur.
150. Mobil aloqaning milliy rouming xizmati yuridik va jismoniy shaxslar — mahalliy operatorlarning (provayderlarning) abonentlariga ular O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lganda xizmat ko‘rsatuvchi operatorlarning (provayderlarning) xizmat ko‘rsatish zonasida mahalliy operatorning (provayderning) xizmat ko‘rsatish zonasining tashqarisida ular foydalanishlari uchun taqdim etiladi.
151. Mobil aloqaning xalqaro rouming xizmati yuridik va jismoniy shaxslar — mahalliy operatorlarning (provayderlarning) abonentlariga ular O‘zbekiston Respublikasining hududidan tashqarida bo‘lganda xorijiy operatorlar — rouming-sheriklarning xizmat ko‘rsatish zonasida hamda yuridik va jismoniy shaxslar — xorijiy operatorlar — rouming-sheriklarning abonentlariga ular O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy operatorlarning (provayderlarning) xizmat ko‘rsatish zonasida bo‘lganda foydalanish uchun taqdim etiladi.
Avtomatik roumingni tashkil qilishning imkoni bo‘lmaganda “mexanik” yoki “plastik” roumingni tashkil qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Aynan bitta operator tarmog‘i ichida amalga oshiriladigan texnologik rouming (mobil operator tomonidan bir davlatning bir hududida qayd qilingan abonentga o‘sha davlatni boshqa hududida ham telekommunikatsiya xizmatlari taqdim qilinishi) rouming xizmati hisoblanmaydi.
153. Avtomatik roumingni tashkil qilishda O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida qabul qilingan signalizatsiya tizimlarining tegishli protokollari va spetsifikatsiyalaridan foydalanish kerak.
154. Rouming xizmatini taqdim etish mobil aloqa operatorlari (provayderlari) o‘rtasida rouming to‘g‘risidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
155. Xalqaro roumingni tashkil qilish va taqdim etish shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi mobil aloqa operatorlari (provayderlari) va xorijiy operatorlar o‘rtasida, milliy roumingni esa — O‘zbekiston Respublikasi mobil aloqa operatorlari (provayderlari) o‘rtasida tuziladi.
156. Mobil aloqa operatorlari (provayderlari) o‘rtasida rouming to‘g‘risidagi shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va ro‘yxatga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
157. Rouming taqdim etish uchun rouming to‘g‘risidagi shartnomaning amal qilish muddati operator (provayder) litsenziyasining amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.
158. Mahalliy operator (provayder) va xorijiy operator o‘rtasidagi rouming to‘g‘risidagi shartnoma xalqaro huquq normalariga va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
159. Mahalliy operator (provayder) mobil aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun abonent bilan shartnoma tuzayotganda roumingni taqdim etish shartlari to‘g‘risida uni xabardor qilishi kerak.
160. Xizmat ko‘rsatuvchi operator abonentga uning mahalliy operator (provayder) bilan shartnoma munosabatlarida belgilangan xizmatlar ro‘yxatini taqdim etishga majbur.
161. Mahalliy operator (provayder) roumer haqiqiyligini identifikatsiyalamasdan xizmat ko‘rsatuvchi operator tomonidan rouming taqdim etilishi uchun javobgar bo‘lmaydi.
162. Rouming xizmati uchun abonent tomonidan mahalliy operatorga (provayderga) haq to‘lash ular o‘rtasida tuzilgan mobil aloqa xizmatlarini taqdim etish shartnomasining shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
163. Milliy rouming xizmatlarini taqdim etishda mahalliy operatorlar (provayderlar) o‘rtasida yuzaga kelgan nizolar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq sudi tomonidan hal qilinadi.
164. Xalqaro rouming xizmatini taqdim etishda mahalliy operator (provayder) va xorijiy operator (yoki tizim hosil qiluvchi rouming-sherik) o‘rtasida yuzaga kelgan nizolar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro huquq normalariga muvofiq hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
165. Mahalliy va xizmat ko‘rsatuvchi operatorlar (provayderlar) roumingni tashkil qilishda axborot xavfsizligini ta’minlash talablariga rioya qilishlari shart.
166. Roumer-tashrif buyuruvchilarning abonent terminallarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
167. Abonent uchun abonent raqamini ko‘chirish xizmati mobil aloqa operatorlari (provayderlari) tomonidan taqdim etiladi.
168. Abonent raqamini ko‘chirish abonentga 30 kalendar kun mobaynida ko‘pi bilan bir marta taqdim etiladi.
169. Ko‘chiriladigan raqamlar sifatida faqat mobil aloqa operatorlari (provayderlari) uchun ajratilgan raqamlar qo‘llanilishi mumkin.
170. Abonent raqamlarini ko‘chirish xizmatini taqdim etish uchun foydalaniladigan raqamlarning mobil aloqa tarmoqlariga va aksincha ko‘chirilishi taqiqlanadi.
171. KRMB operatori abonent raqami ko‘chirilishini ta’minlash uchun mobil aloqa operatorlari (provayderlari) tomonidan taqdim etiladigan axborotni yig‘ish, uni qayta ishlash, saqlash va uzatish jarayonlarini avtomatlashtiradi va muvofiqlashtiradi.
172. Abonent raqamlarini ko‘chirish, ko‘chirilgan abonent raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish, abonent raqamini ko‘chirish xizmatini to‘xtatib turish va ko‘chirilgan abonent raqamini birlamchi operatorga qaytarish jarayoniga tegishli axborot bilan almashish KRMB operatori orqali amalga oshiriladi.
173. KRMBni shakllantirish, yuritish, ishlashi va texnik kuzatuvi, shu jumladan, undagi axborot va ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash, uzatish, shuningdek, KRMBdan foydalana olish imkoniyatini taqdim etish O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya qilgan holda KRMB operatori tomonidan ta’minlanadi.
174. Mobil aloqa tarmoqlarining abonent raqamlari to‘g‘risidagi axborot va abonent raqamini ko‘chirish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar mobil aloqa operatorlari (provayderlari) tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya qilgan holda KRMB operatoriga taqdim etiladi.
175. Mobil aloqa tarmoqlari operatorlarining (provayderlarining) KRMBdan foydalanishi KRMB operatori va mobil aloqa tarmoqlari operatorlari (provayderlari) o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida boshqa mobil aloqa operatorlari (provayderlari) bilan yangi shartnomalarni tuzishda abonentlarda saqlanadigan ko‘chirilgan abonent raqamlari to‘g‘risida;
raqamlash resursining mobil aloqa operatoriga (provayderiga) tegishliligini ko‘rsatib, belgilangan tartibda mobil aloqa operatorlariga (provayderlariga) ajratilgan raqamlash to‘g‘risida.
177. KRMB ishlashini va texnik kuzatuvini ta’minlash maqsadida KRMB operatori quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:
b) mobil aloqa operatorlaridan (provayderlaridan) kelib tushadigan axborotni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash;
g) abonent raqamini ko‘chirish va to‘g‘ri marshrutlashni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan, KRMBda mavjud bo‘lgan axborotdan aloqa operatorlarining foydalana olish imkoniyatlarini taqdim etish.
178. KRMBdagi axborotni muhofaza qilish, shuningdek, undan foydalana olish qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilgan holda ta’minlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
179. Mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini ko‘chirish uchun talabnoma (bundan buyon matnda talabnoma deb yuritiladi) abonentdan quyidagi tartibda qabul qilinadi:
a) abonent retsipiyentning ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish punktida shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etgan holda;
b) abonent shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlari kiritgan holda retsipiyentning rasmiy veb-saytida elektron ko‘rinishda;
Donor bilan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgan paytdan boshlab abonentda uning shaxsiy ma’lumotlarida o‘zgarishlar (familiyasi o‘zgarganda, pasporti almashganda va h.k.) yuz bergan holda, talabnomani berishdan oldin donor bilan tuzilgan shartnomaga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi kerak.
180. Mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamlarini ko‘chirish abonentdan olingan talabnoma asosida 8 ish soatidan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida mobil aloqa operatori (provayderi) tomonidan ta’minlanadi.
talabnoma to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiradi, uni ro‘yxatga oladi va KRMBga so‘rov yuboradi yoki KRMB tomonidan talabnomani mobil ilova orqali olinganligini tasdiqlaydi;
abonent bilan yangi shartnoma tuzadi va retsipiyentga biriktirilgan hamda abonent tomonidan talabnomada ko‘rsatilgan tarif rejasiga ulangan raqamlash diapazonidagi vaqtincha raqamli yangi SIM kartani beradi.
Elektron ro‘yxatdan o‘tgandan keyin abonent SIM-kartani olish va shartnomani imzolash uchun operator (provayder) ofisiga kelishi kerakligi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Agar retsipiyent abonentga eSIM qo‘llab-quvvatlash bilan qurilmalar uchun xizmatlarni taqdim etsa, operator (provayder) shartnomani masofadan tuzish imkoniyati bilan aktiv eSIMga raqam ko‘chirilishini taklif qilishi mumkin.
182. Shartnoma tuzish paytida vaqtincha raqamli SIM-karta aktivlashtiriladi va abonent haqiqiy ko‘chirilguncha retsipiyentning aloqa xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
Abonent raqamini ko‘chirish rad etilganda abonent unga berilgan SIM-karta orqali retsipiyentning aloqa xizmatlaridan foydalanishni davom ettirishi mumkin. Bunda aynan shu retsipiyentga abonent raqamini ko‘chirish uchun talabnoma takroran berilganda aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida yangi shartnomani tuzish talab etilmaydi.
183. Retsipiyentdan abonent raqamini ko‘chirish to‘g‘risida KRMBga berilgan so‘rovda quyidagi ma’lumotlar bo‘ladi:
abonentning pasport ma’lumotlari (pasport turi, seriyasi va raqami, JShShIR, pasport berilgan sana va kim tomonidan berilganligi);
Bunda, abonent raqamining to‘liq ko‘chirilishini tanlash abonent tomonidan abonent raqamlari ro‘yxatida aks ettirilgan barcha abonent raqamlari ko‘chirilishini ko‘zda tutadi. Agar abonent raqamlaridan bittasini bo‘lsa ham ko‘chirish rad etilgan bo‘lsa, u holda so‘rov ro‘yxatda aks ettirilgan barcha abonent raqamlari bo‘yicha to‘liq rad etilgan hisoblanadi.
Abonent raqami qisman ko‘chirilishini tanlash ko‘chirish uchun donor tomonidan tasdiqlangan abonent raqamlarining ro‘yxatida abonent tomonidan aks ettirilgan abonent raqamlarining faqat qismi ko‘chirilishini ko‘zda tutadi. Bunda bir yoki bir nechta abonent raqamlari bo‘yicha ko‘chirishni rad etish ro‘yxatdagi donor tasdiqlagan abonent raqamlarini ko‘chirish uchun rad javobi hisoblanmaydi.
184. KRMB operatori retsipiyentdan abonent raqamini ko‘chirish so‘rovini olganda quyidagi shartlarga rioya qilinganligini tekshiradi:
KRMBda retsipiyent tomonidan mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini ko‘chirish uchun so‘rovning to‘g‘ri to‘ldirilganligini. Bunda to‘g‘ri to‘ldirilganligi so‘rovning talabnomaga muvofiq to‘g‘ri va aniq to‘ldirilganligi bilan aniqlanadi. Ushbu shart bajarilmaganda KRMB operatori retsipiyentni xabardor qilgan holda talabnomani rad etadi. Retsipiyent kamchiliklarni bartaraf etadi va KRMB operatoriga yangi so‘rovni yuboradi;
abonent raqamini ko‘chirish imkoniyatini tasdiqlash — oxirgi ko‘chirilgan paytdan boshlab kamida 30 kalendar kuni o‘tganligi, bundan xato ko‘chirilgan holatlar mustasno;
Ushbu bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi shartlar bajarilmagan holda KRMB operatori retsipiyentga abonent raqamini ko‘chirish rad etilganligi to‘g‘risida xabar qiladi, bu haqda retsipiyent vaqtincha raqamli SIM kartaga SMS xabarni yuborish orqali, rad etish sababini ko‘rsatgan holda abonentni xabardor qiladi.
185. Retsipiyentdan abonent raqamini ko‘chirish to‘g‘risidagi so‘rov qabul qilinganda KRMB operatori donorga abonent raqamini ko‘chirish to‘g‘risidagi so‘rovni yuborib, retsipiyentga keyin ko‘rib chiqish uchun talabnoma qabul qilinganligi to‘g‘risida xabar qiladi.
186. Donor KRMB operatoridan abonent raqamini ko‘chirish so‘rovini olganda quyidagi shartlarga rioya qilinganligini tekshiradi:
abonent shaxsiy ma’lumotlarining ishonchliligini. Bunda ishonchlilik KRMBdan so‘rovda kelib tushgan shaxsiy ma’lumotlarning donor va abonent o‘rtasidagi mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan mosligi bilan aniqlanadi;
donor bilan tuzilgan aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha donor tomonidan tekshirish paytida abonent qarzlarining yo‘qligi, rouming xizmatlaridan tashqari;
Bunda mazkur bandda ko‘rsatilgan shartlardan bittasi bo‘lsa ham bajarilmasa, donor KRMB operatoriga abonent raqamini ko‘chirishni rad etish to‘g‘risidagi asoslangan bildirishnoma yuboradi, bu haqda KRMB operatori retsipiyentga xabar qiladi, retsipiyent esa, o‘z navbatida, vaqtincha raqamli SIM kartaga SMS-xabarni yuborib, rad etish sababini ko‘rsatgan holda abonentni abonent raqamini ko‘chirish rad etilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
187. Donor tomonidan talabnomani ko‘rib chiqish muddati KRMB operatoridan so‘rovni olgan paytdan boshlab hisoblanadi va 3 ish soatidan ko‘p bo‘lmagan vaqtni tashkil qiladi. Bunda ko‘rib chiqish ajratilgan muddatdan oshib ketganda KRMB avtomatik ravishda retsipiyent va donorga abonent raqami ko‘chirilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar qiladi, KRMB talabnomani o‘z vaqtida tasdiqlamagan donor tomonidan buzilishga yo‘l qo‘yilganligini qayd qiladi.
188. Donor tomonidan KRMB operatoriga abonent raqamini ko‘chirish mumkinligini tasdiqlash mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomani bekor qilish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
189. Donordan abonent raqamini ko‘chirish imkoniyati to‘g‘risida bildirishnomani olgandan keyin KRMB operatori retsipiyent va donorga abonent raqamini texnik ko‘chirish boshlanishi to‘g‘risida xabar qiladi, retsipiyent esa, o‘z navbatida, bu haqda vaqtincha raqamli SIM kartaga SMS-xabarni yuborib abonentni xabardor qiladi.
190. KRMB operatoridan abonent raqamini texnik ko‘chirishni boshlash to‘g‘risidagi xabarni olgandan keyin:
retsipiyent abonent raqamini o‘z ma’lumotlar bazasiga kiritish, shu jumladan, billing tizimlari va abonentlarni identifikatsiyalash ma’lumotlar bazasiga kiritish zarur xatti-harakatlarni bajaradi, shuningdek, SIM-kartadagi vaqtincha raqamni talabnomada abonent tomonidan ko‘chiriladigan sifatida ko‘rsatilgan raqamga almashtiradi va KRMB operatoriga abonent raqamini o‘z tarmog‘ida ro‘yxatga olish ishlari tugallanganligi to‘g‘risida xabar qiladi;
donor abonent raqamini o‘z billing tizimidan chiqarish bo‘yicha kerakli ishlarni bajaradi va abonent deaktivatsiya qilinganligi to‘g‘risida KRMB operatoriga xabar qiladi.
191. KRMB operatori donordan raqam deaktivatsiya qilinganligi to‘g‘risida va retsipiyentdan abonent raqami ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi xabarlarni olgandan keyin abonent raqami ko‘chirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni KRMBga kiritadi hamda barcha telekommunikatsiya operatorlarini (provayderlarini) ko‘chirilgan abonent raqami bo‘yicha marshrutlashni o‘zgartirish zarurligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Ajratilgan muddatdan oshib ketgan holda KRMB marshrutlash o‘zgarganligini o‘z vaqtida tasdiqlamagan operator (provayder) tomonidan buzilishga yo‘l qo‘yilganligini qayd qiladi. Buzilish to‘g‘risidagi bunday axborot keyinchalik nazorat qiluvchi vakolatli organni xabardor qilish uchun KRMB bazasida ro‘yxatga olinadi.
192. Telekommunikatsiya operatorlari (provayderlari) KRMBdan operatoridan xabarni olgandan keyin ko‘chirilgan abonent raqami bo‘yicha marshrutlashga o‘zgartirishlar kiritadilar va o‘z tarmoqlarida ishlar tugatilganligi to‘g‘risida KRMB operatoriga tasdiq yuboradilar.
193. KRMB operatori ko‘chirilgan abonent raqami bo‘yicha marshrutlash o‘zgarganligi to‘g‘risida telekommunikatsiya operatorlaridan (provayderlaridan) tasdiqni olganlaridan keyin yoki bu operatsiya uchun ajratilgan muddat oshib ketgan holda barcha telekommunikatsiya operatorlariga (provayderlariga) abonent raqamini ko‘chirish muvaffaqiyatli tugallanganligi to‘g‘risida xabar yuboradi. Ajratilgan muddat oshib ketgan holda KRMB marshrutlash o‘zgarganligini o‘z vaqtida tasdiqlamagan operator (provayder) tomonidan buzilishga yo‘l qo‘yilganligini qayd qiladi. Buzilish to‘g‘risidagi bunday axborot keyinchalik nazorat qiluvchi vakolatli organni xabardor qilish uchun KRMB bazasida ro‘yxatga olinadi.
194. Retsipiyent KRMB operatoridan abonent raqamini ko‘chirish muvaffaqiyatli tugallanganligi to‘g‘risidagi xabarni olgandan keyin bu haqda ko‘chirilgan raqamli SIM kartaga SMS-xabarni yuborish orqali abonentni xabardor qiladi.
195. Donor tomonidan abonent raqamining ko‘chirilishi to‘g‘risida so‘rov tasdiqlanguncha abonent abonent raqamini ko‘chirish xizmatlarini rad etishi mumkin.
196. Avval bir operatordan (provayderdan) boshqa operatorga (provayderga) ko‘chirilgan abonent raqamini ko‘chirish jarayoni abonentning talabnomasi bo‘yicha 183 — 195-bandlarda ko‘rsatilgan ketma-ketlikda bajariladi.
197. KRMB operatori orqali abonent raqamini ko‘chirish protseduralari bilan bog‘liq barcha xatti-harakatlar so‘rov olinganligini majburiy sinxron tasdiqlagan holda bajariladi.
198. Aloqa tarmoqlarida ko‘chirilgan abonent raqamlari uchun ulanishlarning marshrutlanishini ta’minlash uchun quyidagi texnologiyalar qo‘llaniladi:
a) mobil aloqa tarmoqlaridan chaqiruvni boshlab berishda ko‘chirilgan raqamlarning lokal bazasidan foydalangan holda “All Call Query”;
b) qayd qilingan aloqa tarmoqlaridan chaqiruvni boshlab berishda “All Call Query” yoki “Onward Routing”.
ko‘chirilgan abonent raqamlariga o‘z tarmog‘idan ulanishlarni to‘g‘ri marshrutlashni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ko‘chirilgan raqamlarning lokal bazasini shakllantirish, uning ishlashi va texnik kuzatish;
KRMB operatoriga talabnomada abonent tomonidan ko‘rsatilgan abonent raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish;
ko‘chirilgan abonent raqamlarini o‘zining raqamlash resursiga kiritish va mazkur Qoidalarida belgilangan tartibda tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish;
abonent raqamini ko‘chirish va ko‘chirilgan abonent raqami bo‘yicha o‘z tarmoqlarida xizmatlarni lozim darajada ko‘rsatish uchun o‘z tarmoqlarini texnik jihatdan tayyorlash;
foydalanilayotgan texnologiya, taqdim etilayotgan mobil aloqa xizmatining turi, abonent tomonidan aloqa xizmatlariga haq to‘lash usulidan qat’i nazar mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamlarini ko‘chirish;
aholiga mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamlarini ko‘chirish shartlari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish;
belgilangan muddatlarda retsipiyent va abonent o‘rtasida shartnoma bekor qilinganda ko‘chirilgan abonent raqamini donorga qaytarish.
KRMBni shakllantirish va texnik kuzatish hamda operatorlar (provayderlar) tomonidan abonent raqamlarini ko‘chirish uchun uning resurslaridan foydalana olish imkonini yaratish;
abonent raqamlarini ko‘chirish jarayonida yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha operatorlar (provayderlar) o‘rtasida o‘zaro ishlashni tashkil etish;
KRMBning ko‘chirilgan abonent raqamlari to‘g‘risidagi axborotni aktuallashtirish (ma’lumotlarni sinxronlash) uchun KRMBga ulangan operatorlarning (provayderlarning) ko‘chirilgan raqamlarning lokal bazasi bilan o‘zaro ishlashi;
ko‘chirilgan abonent raqamlari to‘g‘risidagi axborotni KRMBga kiritish (abonent raqamlarini ko‘chirish jarayonida axborotni yangilash);
ko‘chirilgan abonent raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalana olishdan himoyalash;
operatorlarni (provayderlarni) ko‘chirilgan abonent raqamiga xizmat ko‘rsatuvchi mobil aloqa operatorining (provayderining) almashganligi to‘g‘risida xabardor qilish.
201. Abonent raqamlarini ko‘chirish jarayonida yuzaga keladigan retsipiyent va donorning o‘zaro ishlashlari faqat KRMB operatori orqali amalga oshiriladi.
202. KRMBda abonent raqamlarini ko‘chirish jarayoni, shu jumladan, axborot almashish avtomatlashtirilgan rejimda amalga oshiriladi.
203. Mobil aloqa operatorlari (provayderlari) o‘z tarmoqlarida, abonent raqamining ko‘chirilishini ta’minlash bo‘yicha barcha xarajatlarini, shu jumladan, KRMBga ulanish va abonentlarga ko‘chirish jarayonlarida ko‘zda tutilgan SMSlarni jo‘natish uchun aloqa kanallarini ijaraga olish xarajatlarini o‘z hisoblaridan amalga oshiradilar.
204. Mobil aloqa operatorlari (provayderlari) tomonidan abonent raqamlaridan, shu jumladan, ko‘chirilgan abonent raqamlaridan foydalanganlik uchun to‘lov abonentga mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi operator (provayder) tomonidan amalga oshiriladi.
Abonent raqamini ko‘chirish xizmati uchun abonent tomonidan to‘lanadigan haq miqdori retsipiyent tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
205. Abonent tomonidan abonent raqamini ko‘chirish xizmati uchun to‘lanadigan haq bir martalik hisoblanadi va mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomani tuzishda retsipiyentga to‘lanadi.
206. Operator (provayder) va KRMB operatorining o‘zaro ishlashi va o‘zaro hisob-kitoblari jarayoni operator (provayder) va KRMB operatori o‘rtasida tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi.
207. Mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqami ko‘chirilganda abonentning shaxsiy hisob raqamida sarflanmagan pul mablag‘lari mavjud bo‘lganda, ushbu mablag‘larni qaytarish mazkur Qoidalarga va donor bilan tuzilgan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq donor tomonidan amalga oshiriladi.
Telefon aloqa tarmoqlaridan chaqiruv boshlanganida “Onward Routing” xizmatlari taqdim etilganligi uchun telefon va mobil aloqa tarmoqlarining operatorlari (provayderlari) o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar ushbu operatorlar (provayderlar) o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlari bilan belgilanadi.
208. Abonentning donor oldida ko‘chirilgan raqam bo‘yicha ko‘rsatilgan rouming xizmatlari uchun qarzdorligi mavjud bo‘lganda donor abonent raqami retsipiyent tarmog‘iga ko‘chirilgan sanadan boshlab 30 kalendar kun davomida ko‘rsatilgan rouming xizmatlariga haq to‘lash uchun hisobni taqdim etish huquqiga ega.
Bunda, donor KRMB operatori orqali abonent raqamini, qarzdorlik summasini va qarzdorlikni to‘lash muddatini ko‘rsatgan holda retsipiyentga so‘rov yuboradi. Qarzdorlikni bartaraf etish (to‘lash) muddati 7 ish kunidan oshmasligi kerak.
KRMB operatori donorning ko‘chirilgan abonent raqamining qarzdorligi to‘g‘risida retsipiyent yuborilgan so‘rovini olganda, so‘rovning 30 kalendar kun davomida taqdim etilganligi tekshiriladi, agar so‘rov ushbu muddatga rioya qilingan holda yuborilganda KRMB operatori donorning so‘rovini tasdiqlab va retsipiyentga abonent tomonidan qarzdorlikni to‘lash zarurligi to‘g‘risida xabar yuboradi, agar so‘rov ushbu muddatda taqdim etilmaganligi aniqlanganda, KRMB operatori donorga so‘rovning rad etilishi haqida xabar yuboradi.
Retsipiyent KRMB operatoridan ko‘chirilgan abonent raqami bo‘yicha abonent tomonidan qarzdorlikni to‘lash to‘g‘risidagi xabarnomani olgan paytdan boshlab 15 daqiqa ichida quyidagilar haqida xabardor qiladi:
abonentning donor oldidagi qarzdorligini to‘lash zarurligi to‘g‘risida SMS-xabarnomani jo‘natish yo‘li bilan;
KRMB operatori retsipiyent tomonidan abonent xabardor qilingan paytidan boshlab abonentning qarzdorligini to‘lash uchun belgilangan vaqtni hisoblash boshlanganligini KRMBda qayd qiladi va bu haqda donorni xabardor qiladi.
Abonent tomonidan qarzdorlikni bartaraf etish to‘g‘risida retsipiyentdan xabarnoma olingan vaqtdan boshlab 7 ish kuni davomida qarzdorlik bartaraf etilmagan (to‘lanmagan) taqdirda, donor KRMB operatoriga retsipiyent tomonidan abonent uchun aloqa xizmatlarini blokirovka qilish so‘rovini yuboradi.
Retsipiyent abonent donor oldidagi qarzdorligini to‘liq to‘laguniga qadar KRMB operatoridan xabarnomani olgan paytdan boshlab abonentga xizmatlar ko‘rsatishni to‘xtatadi. Bunda retsipiyent abonentga qarzdorlikni to‘lash zarurligi to‘g‘risida SMS xabarni yuboradi.
Abonent qarzdorligini bartataraf etganda (to‘laganda), donor 15 daqiqa ichida KRMB operatoriga qarzdorlik to‘langanligi va abonent raqami blokirovkadan chiqarilganligi to‘g‘risida xabar yuboradi, bu haqda KRMB operatori retsipiyentga xabar qiladi.
209. Retsipiyent bilan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi bekor qilinganda, ko‘chirilgan abonent raqami bir ish kuni ichida birlamchi operatorga qaytarilishi kerak.
Bunda, retsipiyent tomonidan KRMB operatoriga abonent raqamini birlamchi operatorga qaytarish to‘g‘risidagi so‘rov (bundan buyon matnda so‘rov deb yuritiladi) yuboriladi.
211. So‘rov tasdiqlaganda KRMB operatori retsipiyentga va birlamchi operatorga raqamni qaytarish to‘g‘risida xabarnoma yuboradi, bunda parallel ravishda operatorlarni (provayderlarni) tarmoqda konfiguratsiyaning o‘zgarishi va marshrutlashni o‘zgartirish zarurligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
212. Birlamchi operator KRMB operatori orqali retsipiyentni qaytarilgan abonent raqami olinganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
213. Abonent raqami xato ko‘chirilganda retsipiyent KRMB operatoriga aniqlangan xato va abonent raqamining qaytarilishi to‘g‘risida xabar yuboradi.
214. KRMB operatori abonent raqamini qaytarish mumkinligini, abonent raqamining donorga tegishliligini, aktiv ko‘chirish jarayoni borligini tekshiradi. Tekshiruv muvaffaqiyatli o‘tganda, KRMB operatori retsipiyentga abonent raqamini qaytarish va donorga xato raqamni qaytarish to‘g‘risida xabar yuboradi.
Abonent raqamini xato ko‘chirishni qaytarish so‘rovida xatoliklar aniqlanganda KRMB operatori retsipiyentga abonent raqami xato ko‘chirilganligini qaytarishni rad etish to‘g‘risida xabar yuboradi.
215. Donor KRMB operatoridan xato ko‘chirilgan abonent raqami qaytarilganligi to‘g‘risidagi xabarni olib, so‘rovni tekshiradi.
216. Abonent raqami xato ko‘chrilganligi aniqlangan holda, bunday abonent raqamini qaytarish jarayoni abonentning yozma arizasi yoki donorning axborot-ma’lumot xizmatiga murojaati asosida donor tomonidan boshlab beriladi. Bunda abonentning aybi bilan bo‘lmagan xato ko‘chirilgan abonent raqamini qaytarish uchun to‘lov undirilmaydi.
217. Donor KRMB operatoriga xato ko‘chirilgan abonent raqamini qaytarish to‘g‘risidagi so‘rovni yuboradi.
218. KRMB operatori xato ko‘chirilgan abonent raqamini qaytarish so‘rovini olganda uni abonent raqamini ko‘chirish mumkinligi yuzasidan tekshiradi, bu jarayon quyidagilardan iborat:
219. Tekshiruv muvaffaqiyatli bo‘lgan holda KRMB operatori donorga so‘rovni olganligini tasdiqlaydi va uni xato ko‘chirilgan abonent raqami bo‘lgan mobil aloqa operatoriga (provayderiga) yuboradi.
220. Xato ko‘chirilgan abonent raqamini qaytarish so‘rovida xatoliklar aniqlanganda KRMB operatori donorga sababini ko‘rsatgan holda xato ko‘chirilgan abonent raqamining qaytarilishi rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuboradi.
221. Mobil aloqa operatori (provayderi) KRMB operatoridan xato ko‘chirilgan abonent raqami qaytarilganligi to‘g‘risidagi xabarni olib, so‘rovni tekshiradi. Tekshiruv natijalari bo‘yicha xato ko‘chirilgan abonent raqami bo‘lgan mobil aloqa operatori (provayderi) KRMB operatoriga xato ko‘chirilgan abonent raqamini qaytarish boshlanganligini yoki u rad etilganligini tasdiqlaydi.
222. Agar xato ko‘chirilgan abonent raqami bo‘lgan mobil aloqa operatori (provayderi) 30 daqiqa ichida xato ko‘chirilgan abonent raqamini qaytarish yoki rad etish tasdiqlanganligi to‘g‘risida KRMB operatorini xabardor qilmasa, KRMB operatori donorga xato ko‘chirilgan abonent raqami qaytarilganligini tasdiqlash to‘g‘risida avtomatik ravishda xabar qiladi.
223. Donor KRMB operatoridan xato ko‘chirilgan abonent raqami qaytarilganligi to‘g‘risida xabar olgan paytdan boshlab 30 daqiqa ichida abonentga xizmatni aktivatsiya qiladi. Xizmatlar muvaffaqiyatli aktivatsiya qilingandan keyin donor KRMB operatoriga abonent raqami aktivatsiya qilinganligini tasdiqlaydi.
224. KRMB operatori xato ko‘chirilgan abonent raqami bo‘lgan mobil aloqa operatoriga (provayderiga) abonent raqami muvaffaqiyatli aktivatsiya qilinganligi to‘g‘risida va telekommunikatsiya operatorlariga – tarmoqdagi marshrutlash o‘zgarganligi to‘g‘risida xabar yuboradi. Bunda xato ko‘chirilgan abonent raqami bo‘lgan mobil aloqa operatori (provayderi) 30 daqiqa ichida abonent raqamini deaktivatsiya qiladi.
225. Operator (provayder) KRMB operatoridan xabar olgan paytdan boshlab 30 daqiqadan kechiktirmay ko‘chirilgan abonent raqami bo‘yicha marshrutlashga o‘zgartirishlar kiritadi va KRMB operatoridan xabarni olgan paytdan boshlab bir soatdan kechiktirmay KRMB operatoriga o‘z tarmog‘ida marshrutlash o‘zgarganligini tasdiqlaydi.
226. Xizmatlar, tarif rejasi, xato ko‘chirilgan abonent raqami balansi xato ko‘chirish paytidagi holatgacha donor tomonidan tiklanadi.
227. Eshittiruvchi, operator, provayder televideniye xizmatlari faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiradi.
228. Eshittiruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositasi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi shart, bundan teleradio dasturlariga va signallariga ishlov bermasdan, retranslatsiya qiluvchilar mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
229. Eshittiruvchi dasturlarini tarqatish (translatsiya, retranslatsiya qilish) va sotish, shuningdek, olingan dasturlarni tarqatish (translatsiya, retranslatsiya qilish) va sotish faoliyatini xususiy yoki alohida mualliflik shartnomalari asosida amalga oshiradi.
230. Televideniye tarmoqlari orqali qonun bilan taqiqlangan ma’lumotlarni tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Reklama va e’lonlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tarqatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
231. Eshittiruvchi, operator, provayder tomonidan ko‘rsatiladigan televideniye xizmatlarining turlari va ro‘yxati televideniye tarmog‘ining texnik imkoniyatlari, yer usti va yo‘ldosh efir eshittirish dasturlari signallarini qabul qilish shartlari va abonentlar ehtiyojlariga asosan belgilanadi.
abonent tarmog‘i yoki uskunasini abonentning talabnomasiga ko‘ra vaqtinchalik o‘chirish va qaytadan ulash;
abonent liniyalari (abonent tarmog‘i), abonent rozetkalari, abonent antennasi va abonent kabellarini almashtirish, montaj qilish, ulash (o‘chirish);
abonent liniyasi (abonent tarmog‘i), rozetkalari, kabellari va uskunasini ta’mirlash, sozlash va unga texnik xizmat ko‘rsatish;
abonent uskunasini sozlash ishlari xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan tarqatilayotgan signal parametrlariga o‘zgartirishlar kiritilishi natijasida sodir bo‘lishi bundan mustasno.
233. Yordamchi xizmatlar televideniye xizmatlarini ko‘rsatish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ham ko‘rsatilishi mumkin. Ushbu xizmatlarning narxi televideniye xizmatlariga tariflarni aniqlashda hisobga olinadi.
234. Televideniye xizmatlari televideniye tarmoqlari eshittiruvchilari (operatorlari, provayderlari) abonentlar bilan yozma yoki elektron shaklda tuziladigan shartnomalar asosida ko‘rsatiladi.
televideniye tarmog‘ida rejali profilaktika yoki ta’mirlash ishlarini bajarish vaqtida yoki abonent uskunasiga elektr energiyasining berilishi to‘xtatilganda;
televideniye dasturlari, radiodasturlar yoki telekommunikatsiyaning boshqa xabarlari signallarini operatorga (provayderga) bog‘liq bo‘lmagan sababga ko‘ra televideniye tarmog‘ining kirishiga berish, jumladan, dasturlarni efir orqali translatsiya qilish to‘xtatilganda;
televideniye tarmog‘i orqali odamlarning dengizdagi, erdagi, havodagi, kosmik fazodagi xavfsizligiga, mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibotni saqlash sohasidagi kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlar o‘tkazishga doir barcha xabarlar, shuningdek, yirik avariyalar, falokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlar to‘g‘risidagi xabarlar tarqatilayotganda.
236. Televideniye xizmatlari abonent xonalarida parametrlari tegishli standart va texnik normalarga muvofiq soz holatda ishlaydigan abonent tarmog‘i va abonent uskunasi mavjud bo‘lganda ko‘rsatiladi.
237. Televideniye xizmatlarining ko‘rsatilishi odamlarning sog‘lig‘i yoki xavfsizligiga tahdid solsa, xizmatlar ko‘rsatish rad etilishi mumkin. Abonentga televideniye xizmatlari ko‘rsatishning rad etish sabablari operator (provayder) tomonidan asoslab berilishi kerak.
238. Telekommunikatsiya xizmatlari operator (provayder, eshittiruvchi) va abonent o‘rtasida qonun hujjatlariga muvofiq yozma yoki elektron shaklda tuziladigan shartnomaga asosan taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
239. Operator (provayder) shartnomani bevosita yoki o‘zining tijorat vakili — diler orqali tuzishlari mumkin.
240. Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
241. Jismoniy va yuridik shaxslar arizani operator (provayder, eshittiruvchi)ning rasmiy veb-sayti orqali interaktiv usulda yuborishlari mumkin. Bunda elektron arizalar yozma arizalarga tenglashtiriladi va ko‘rib chiqilishi kerak.
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yuridik shaxs, shuningdek, uning filiali yoki vakolatxonasi tomonidan berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Telefon xizmati uchun — doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan yoki ushbu turar joyning egasi yoki ijaraga oluvchisi hisoblanadigan jismoniy shaxs tomonidan berilishi mumkin.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan telekommunikatsiya xizmatlariga ulanish uchun ariza berishi mumkin.
243. Ariza ushbu hududda telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish litsenziyasiga ega istalgan operatoriga (provayderiga, eshittiruvchiga) berilishi mumkin.
Arizalar operator (provayder, eshittiruvchi) tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi. Operator (provayder, eshittiruvchi) arizani qabul qilishdan bosh tortishga haqli emas.
244. Bevosita murojaat qilinganda operatorga (provayderga, eshittiruvchiga) yoki dilerga quyidagi ma’lumotlar taqdim qilinishi kerak:
familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari (seriyasi, raqami va JShShIR) — jismoniy shaxslar uchun;
Elektron tarzda murojaat qilinganda ushbu bandda ko‘rsatilgan ma’lumotlar elektron shaklda taqdim qilinadi.
Elektron tarzda murojaat qilinganda operator (provayder, eshittiruvchi) tomonidan murojaatchiga bir ish kuni ichida shartnoma tuzish imkoniyati mavjud bo‘lganda shartnoma tuzish uchun aniq manzil va vaqt ko‘rsatilgan javob yoki shartnoma tuzish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda buning sabablari ko‘rsatilgan javob yuboriladi.
murojaatchi voyaga yetmagan jismoniy shaxs bo‘lganda, bundan o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bo‘lgan hollar mustasno;
telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish ko‘zlanayotgan manzil operator (provayder, eshittiruvchi) xizmat ko‘rsatish zonasiga kirmaganda;
246. Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi va qonun hujjatlariga muvofiq shartnomani tuzish texnik imkoniyati bo‘lganda arizalarni berish navbati tartibida tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
247. Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzishda ajratilgan abonent raqami operator (provayder) ma’lumot xizmatining ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Abonentning arizasiga ko‘ra raqam operator (provayder) ma’lumot xizmatining ma’lumotlar bazasidan chiqarilishi mumkin.
248. Tuzilgan shartnoma ikki tomonlama shartnoma bo‘lib, u tuzilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi, muddatsiz hisoblanadi, agar shartnomada boshqasi belgilanmagan bo‘lsa.
249. Jismoniy shaxs bilan shartnoma tuzish uchun texnik imkoniyatning yo‘qligi ko‘rsatilgan shartnomani tuzish uchun texnik imkoniyat bo‘lgan, arizani kechroq bergan boshqa jismoniy shaxs bilan shartnoma tuzish uchun to‘siq bo‘la olmaydi.
250. Operator (provayder, eshittiruvchi) faqat texnik imkoniyat bo‘lmaganda shartnoma tuzishdan bosh tortish huquqiga ega.
abonent to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari (seriyasi, raqami va JShShIR) — jismoniy shaxs uchun, nomi (firma nomi), bank rekvizitlari, joylashgan manzili, STIR — yuridik shaxs uchun), abonent bilan bog‘lanish ma’lumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili — agar mavjud bo‘lsa);
abonentga taqdim etilgan abonent raqami (telefon va mobil aloqasi xizmatlari uchun), abonentni identifikatsiya raqami (ma’lumotlar uzatish va Internet, televideniye xizmatlari uchun);
shartnoma diler orqali tuzilgan holda — dilerning rekvizitlari (firma nomi, shaxsiy raqami, imzosi va muhri);
mobil aloqa xizmatlari uchun — abonent oladigan raqam (SIM-karta)dan foydalanish istagi bo‘lgan mobil aloqa abonent qurilmasining asosiy turlari, jumladan, mobil telefon, USB-modem, elektr energiyasi/suv/gaz hisoblagichlari, onlayn to‘lovlar terminallari yoki uskunaning boshqa turlari;
ko‘rsatiladigan ishlar (xizmatlar ko‘rsatish) nomi va ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) shartlari va muddatlari;
ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga doir buyurtmalarni qabul qilish telefon raqamlari (yoki qisqa raqamlar) va korxonaning “Ishonch telefoni” raqamlari;
shartnomaning amal qilinishini to‘xtatib turish yoki bekor qilish va abonentning shaxsiy hisob raqamida qolgan pul mablag‘larini qaytarish shartlari.
Mazkur bandda keltirilgan ma’lumotlar operatorning (provayderning, eshittiruvchining) abonentlar bazasiga kiritilgan bo‘lishi kerak.
Shartnomadagi abonent to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar qo‘shimcha to‘lov undirilmasdan kiritilishi kerak.
Shartnomada qonun hujjatlariga va mazkur Qoidalarga zid kelmaydigan boshqa ma’lumotlar va/yoki shartlar bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
252. Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun shartnoma operator (provayder, eshittiruvchi) litsenziyasining amal qilish muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatga rasmiylashtiriladi. Operator (provayder) litsenziyasining amal qilish muddati uzaytirilganda shartnoma litsenziyaning yangidan belgilangan amal qilish muddatigacha uzaytirilgan deb hisoblanadi.
253. Operator (provayder, eshittiruvchi) va abonent o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitob davri, agar shartnomada boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, qoida tariqasida, bir kalendar oyga teng deb belgilanadi.
254. Operator (provayder, eshittiruvchi) abonentni alohida haq evaziga ko‘rsatiladigan qo‘shimcha telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishga majburlashga haqli emas.
255. Operator (provayder, eshittiruvchi) bitta xizmatni ko‘rsatish texnologik jihatdan boshqa xizmat bilan shart qilib qo‘yilgan holatdan tashqari, telekommunikatsiyaning bitta xizmatini ko‘rsatish uchun telekommunikatsiyaning boshqa xizmatlarini ko‘rsatishni shart qilib qo‘yishga haqli emas.
Xizmatlar to‘plamini o‘zgartirish, yangi xizmatlarni ulash (masalan, rouming xizmatini ulash), xizmatlar uchun foydalanilayotgan tarifni o‘zgartirish va shu kabilarni avtomatik (abonent tomonidan tanlanganligini tasdiqlamasdan) o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Avval abonentning so‘rovi bilan ulangan telekommunikatsiya xizmatlarini abonentga xabar qilgan holda, uning o‘zi o‘chirmaguncha, avtomatik uzaytirishga yo‘l qo‘yiladi.
operatorning (provayderning, eshittiruvchining) tashabbusi bo‘yicha, ushbu Qoidalar va/yoki shartnoma shartlarida belgilangan talablar abonent tomonidan buzilganda;
abonent — jismoniy shaxs vafot etganda yoki abonent — yuridik shaxs tugatilgan holda, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda;
abonentning shaxsiy hisobidagi mablag‘lar tugagan kundan boshlab 60 kundan ko‘p vaqt o‘tgandan keyin;
Keyingi tahrirga qarang.
257. Shartnoma bekor qilinganda tomonlar o‘zlarining barcha majburiyatlari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishlari kerak.
258. Abonent operatorning (provayderning) xizmat ko‘rsatish punktlarida shartnomani boshqa shaxsning nomiga uning ishtirokida va roziligi bilan qayta rasmiylashtirishi mumkin.
Bunda, operator (provayder) va amaldagi abonent o‘rtasida tuzilgan shartnoma bekor qilinadi va raqam nomiga qayta rasmiylashtirilayotgan shaxs bilan belgilangan tartibda yangi shartnoma tuziladi.
259. Operator (provayder, eshittiruvchi) abonent bilan tuzilgan shartnoma bekor qilingach abonentning shaxsga doir ma’lumotlarini qonun hujjatlariga muvofiq o‘zining ma’lumotlar bazasidan yo‘q qilishlari shart.
Diler abonent to‘g‘risidagi ma’lumotlarni operatorga (provayderga) taqdim etganidan so‘ng o‘ziga ma’lum bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlarni qonun hujjatlariga muvofiq yo‘q qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
260. Jismoniy va yuridik shaxslarning shartnomani tuzish uchun murojaati shartnomani tuzish uchun texnik imkoniyat bo‘lganda, quyidagilar belgilangan tartibda operator tomonidan qanoatlantiriladi:
jismoniy shaxs uchun — ariza beruvchining shaxsini hamda ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha doimiy yashash joyi bo‘yicha yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi hujjat yoki turar joyga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat;
yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning egalik huquqi yoki ijaraga olish huquqini tasdiqlovchi hujjat hamda davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi.
261. Shartnomani yangi shaxs nomiga tuzish to‘g‘risidagi arizani qayta rasmiylashtirish ariza beruvchining roziligi bilan amalga oshiriladi, bundan ariza beruvchining ko‘chib ketishi yoki ushbu turar joyga egalik huquqi yangi shaxs nomiga o‘tkazilganligi bilan bog‘liq holatlar mustasno.
262. Telefon aloqa kabellarida bo‘sh abonent liniyalarining yo‘qligi shartnomani tuzishga to‘sqinlik qilsa, yetishmaydigan aloqa liniyalarini o‘tkazish bo‘yicha qurilish ishlari ariza beruvchining mablag‘lari hisobidan (u rozi bo‘lganda), shu jumladan, operator tomonidan berilgan texnik shartlar asosida pudrat shartnomasini tuzish yo‘li orqali o‘tkazilishi mumkin. Ariza beruvchi mazkur ishlar uning hisobidan bajarilishiga rozi bo‘lganda telekommunikatsiya operatoriga texnik shartlarni olish uchun ariza beradi. Texnik shartlarni berish muddati 3 ish kunidan oshmasligi kerak.
263. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra ariza beruvchiga telefon tarmog‘idan foydalana olishning bir qismini yoki hammasini bajarish uchun texnik shartlar berilishi mumkin, bunda shartnomada qurilishdan tashqari ishlar uchun to‘lov ko‘zda tutiladi. Qurilishdan tashqari ishlar uchun to‘lov telefon tarmog‘idan foydalana olish uchun to‘lovda ko‘rsatilgan normadan oshadigan materiallar sarflanganda telefon tarmog‘idan foydalanilganlik uchun to‘lovdan tashqari undiriladi. Bu ishlar uchun haq ariza beruvchi tomonidan materiallarning narxi va bajarilgan ishlar bo‘yicha to‘lanadi.
264. To‘liq yoki qisman ariza beruvchining hisobidan qurilgan telekommunikatsiya vositalari va inshootlari texnik xizmat ko‘rsatish, beg‘araz foydalanish yoki mulk sifatida telekommunikatsiya operatoriga berilishi mumkin. Telekommunikatsiya vositalari va inshootlarini berish tartibi va ekspluatatsiya qilish shartlari ariza beruvchi va telekommunikatsiya operatori o‘rtasidagi shartnoma bilan belgilanadi.
Agar qurilgan telekommunikatsiya vositalari va inshootlari texnik xizmat ko‘rsatish, foydalanishga yoki mulkiga berilmagan bo‘lsa, u holda ularni ekspluatatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining normativ hujjatlariga muvofiq abonent tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.
Texnik shartlarni so‘ralayotgan parametrlarda berish imkoniyati bo‘lmagan hollarda telekommunikatsiya operatori 3 ish kuni ichida asoslangan rad javobi va rad etishning aniq sabablari hamda qonun hujjatlarining normalari ko‘rsatilgan yozma javobni tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ariza beruvchi telekommunikatsiya operatoridan yoki telekommunikatsiya vositalari va inshootlarini loyihalashtirish litsenziyasiga ega bo‘lgan boshqa tashkilotdan olingan texnik shartlar asosida loyiha-smeta hujjatlariga buyurtma berish huquqiga ega. Ariza beruvchi loyiha-smeta hujjatlarining mustaqil ekspertizasini o‘tkazish huquqiga ega.
265. Telefon tarmog‘idan foydalana olishni ta’minlash ishlari bajarilganidan keyin telekommunikatsiya operatori ariza beruvchi bilan shartnoma tuzadi.
texnik imkoniyatni o‘rganish va texnik imkoniyat bo‘lmagan taqdirda ariza beruvchiga asoslangan rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan javobini berish 7 kundan oshmasligi kerak;
texnik imkoniyat bo‘lganda shartnoma tuzilgan kundan boshlab 10 ish kunida ulanishni amalga oshirish;
texnik imkoniyat bo‘lmaganda, yetishmaydigan aloqa liniyalari ariza beruvchining hisobidan o‘tkazilishini hisobga olgan holda — pudrat shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab 180 kungacha bo‘lishi kerak.
267. Jismoniy shaxslar, mansabdor shaxslar, tashkilotlarning ayrim toifalari uchun qonun hujjatlariga muvofiq telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash navbati va xizmatlardan foydalanish tartibi qismida ustunliklar belgilanishi mumkin. Jismoniy shaxslar, mansabdor shaxslar, tashkilotlar ayrim toifalarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
268. Abonent xuddi ATSning xizmat ko‘rsatish hududidagi yangi turar joyga ko‘chib o‘tganda uning arizasiga ko‘ra va shartnomani tuzish uchun texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda abonent ko‘chib o‘tgan uy bo‘yicha qanoatlantirilmagan arizalar, shu jumladan, bunday shartnomani navbatdan tashqari tuzish imtiyozlariga ega shaxslardan olingan qanoatlantirilmagan arizalar bo‘lishidan qat’i nazar avval ajratilgan abonent raqamidan foydalanib shartnoma qayta rasmiylashtiriladi.
Abonent ATS ta’sir zonasidan tashqarida bo‘lgan xuddi o‘sha telekommunikatsiya operatorining ishlash zonasidagi yangi yashash joyiga ko‘chganda uning arizasi bo‘yicha va shartnomani tuzish uchun texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda shartnoma yangi abonent raqamini ajratgan holda qayta rasmiylashtiriladi.
269. Yangi ATS ishga tushirilishi va mahalliy telefon tarmoqlarining rekonstruksiya qilinishi, yangi texnologiya joriy etilishi munosabati bilan abonent raqamlarini almashtirish abonentlarga avtomatik qo‘ng‘iroq qilish yoki yozma xabarnoma bilan ularni kamida 20 kun oldin hamda axborotni 30 kun oldin telekommunikatsiya operatorining rasmiy veb-saytida oldindan joylashtirish yo‘li bilan bepul bajariladi.
Abonent raqamini almashtirish shartnomaga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
270. Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi faqat abonent — jismoniy shaxs shaxsan bo‘lganda va u tomonidan pasportning asl nusxasi (yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat) taqdim etilganda yoki uning vakili shaxsan ishtirok etganda va u tomonidan pasportning asl nusxasi (yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat) va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma taqdim etilganda tuziladi.
271. Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzishdan oldin operator (provayder, diler) ushbu abonent bilan ilgari tuzilgan amaldagi shartnomalarning mavjudligini ma’lumotlar bazasi bilan solishtiradi.
Bunda, xalqaro ovozli trafikni o‘tkazish tartibini buzgan abonent bilan shartnoma imzolash qonunchilikda belgilangan asosda amalga oshiriladi.
272. Ilgari tuzilgan amaldagi shartnomalar bo‘yicha ushbu operatorning (provayderning) beshta va undan ortiq raqamlariga ega bo‘lgan abonent — jismoniy shaxs bilan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzish uchun mazkur Qoidalarda ko‘rsatilgan shartlar ta’minlanganda faqat operatorning (provayderning) xizmat ko‘rsatish punktlarida amalga oshiriladi.
Ushbu operatorning (provayderning) beshta va undan ortiq raqamlarini olish uchun abonent — yuridik shaxs bilan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzish ushbu miqdordagi raqamlarga ehtiyoj yozma ravishda asoslab berilganda va ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan shartlar ta’minlanganda operatorning (provayderning) xizmat ko‘rsatish punktlarida amalga oshiriladi.
273. Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi faqat operator (provayder) yoki dilerning mulkida, xo‘jalik yurituvida, tezkor boshqaruvida bo‘lgan yoki ijarasiga olingan binoda, binoning bir qismida joylashgan xizmat ko‘rsatish punktlarida, shuningdek, savdo faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan va bir yoki bir nechta ish joylariga mo‘ljallangan savdo zallariga ega statsionar savdo obyektlari va zonalaridagi jihozlangan savdo joylarida tuziladi.
Istisno hollarda xizmat ko‘rsatish punktiga kelish imkoniyatiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarning yakka tartibdagi talabnomalari bo‘yicha yashash joyiga borib operator (provayder) tomonidan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzishga yo‘l qo‘yiladi.
Statsionar bo‘lmagan savdo obyektlarida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomalarini tuzish taqiqlanadi, qishloq, uzoqda joylashgan, yetib borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarida abonentlarga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus jihozlangan transport vositalarida aloqa operatori (provayderi) tomonidan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomalarini tuzish hollari bundan mustasno.
274. O‘zbekiston Respublikasidagi aeroportlar, vokzallar hamda turist-axborot markazlari hududlarida chet el fuqarolari — sayyohlar (turistlar) bilan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Chet el fuqarolari — sayyohlar (turistlar)dan turar joyi (shu jumladan, vaqtinchalik yashash joyi) ko‘rsatilishi talab etilmaydi.
Shartnomaga faqatgina chet el fuqarolari — sayyohlar (turistlar) uchun, ularni qaysi mamlakatdan va qancha muddatga tashrif buyurganliklari haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Chet el fuqarolari — sayyohlar (turistlar)ga xizmat ko‘rsatish davri ularning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi muddati bilan cheklanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida mazkur SIM-kartalar orqali rouming xizmatidan foydalanish taqiqlanadi.
Bitta chet el fuqarosi pasportiga uchtadan ko‘p abonent raqami rasmiylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
foydalanuvchilarning aybi bilan telekommunikatsiya tarmoqlarida yuz bergan hodisalar natijasida unga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash;
qonun hujjatlariga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish;
abonent yoki foydalanuvchi ushbu Qoidalarni buzganligi yoki ularga ko‘rsatilgan telekommunikatsiya xizmatlari uchun belgilangan muddatda haq to‘lamaganligi sababli uning xatti-harakatlari bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq da’vo qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
abonent shartnoma shartlarini buzganda telekommunikatsiya xizmatidan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish;
telekommunikatsiya tarmoqlarida xabarlarni uzatishda xavfsizlikni ta’minlash va tarmoq abonent/foydalanuvchilariga ko‘rsatiladigan xizmatlarning tegishli sifatini ta’minlash maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatishning to‘xtatilishini nazarda tutadigan texnik tadbirlarni o‘tkazish.
Keyingi tahrirga qarang.
276. Operator (provayder) abonent qurilmasini telefon aloqa tarmog‘idan vaqtincha uzib qo‘yish yo‘li bilan abonentning telefon aloqa tarmog‘idan foydalana olishini quyidagi hollarda to‘xtatib turish huquqiga ega:
a) belgilangan muddatlarda mahalliy va xalqaro telefon aloqasi xizmatlariga haq to‘lanmaganda, bu haqda abonentni uzib qo‘yishdan kamida 10 kun oldin telefon, yozma yoki elektron xabar bilan elektron pochta manzilga yoki qisqa matnli xabar orqali xabardor qilgan holda;
b) abonent tomonidan operatorga (provayderga) tegishli telekommunikatsiya uskunasi normal ishlashining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan abonent qurilmasini ekspluatatsiya qilish qoidalari buzilganda.
Abonentning telefon tarmog‘idan foydalanishining vaqtincha to‘xtatib qo‘yilishiga olib kelgan buzilishlar bartaraf etilgandan va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun abonent tomonidan to‘lov kiritilgandan, shuningdek, abonentning aybi bilan abonent qurilmasi ishlamay turgan vaqt uchun abonent to‘lovi kiritilgandan keyin sutka davomida foydalanishni tiklash amalga oshiriladi. Bunda telefon aloqa tarmog‘idan foydalanish tiklanganligi uchun to‘lov undirilmaydi.
Agar abonent telefon aloqasidan foydalanish to‘xtatib qo‘yilgandan keyin 60 kundan ortiq muddat ichida telefon aloqasi xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha qarzdorligini bartaraf etmasa, operator (provayder) O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq bir tomonlama tartibda shartnomani bekor qilish huquqiga ega. Bu haqda operator (provayder) abonentga mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan usullardan biri orqali kamida 10 kun oldin xabar berishi kerak.
o‘zini o‘zi obro‘sizlantirmaganlar ichidan dilerlarni mustaqil ravishda tanlash va diler bilan tuziladigan shartnoma shartlariga muvofiq ularning faoliyati uchun mukofotlar belgilash;
operator (provayder) nomidan abonentlarga xizmat ko‘rsatish uchun dilerlar bilan shartnomalar tuzish. Bunda diler bilan shartnoma ma’lum muddatga tuziladi va shartnomani tuzishda operator (provayder) dilerga tuzilgan shartnomaning rekvizitlari, uning amal qilish va uzaytirish muddati ko‘rsatilgan diler sertifikatini beradi. Sertifikat dilerning xizmat ko‘rsatish punktlari soniga to‘g‘ri keladigan miqdordagi asl nusxalarda beriladi;
abonent tomonidan mobil aloqaning ayrim xizmatlari yoki mobil aloqa xizmatlari to‘plamlari uchun maxsus tariflardan (tarif rejalaridan) operatorning (provayderning) belgilangan talablariga muvofiq maqsadli foydalanilishini nazorat qilish. Xizmatlardan maqsadsiz foydalanish aniqlanganda, abonentga xabar qilgan holda boshqa tarif rejasiga o‘tkazish;
abonent tomonidan operator tarmog‘ida ovozli trafikni o‘tkazish tartibi buzilishlari qayd etilgan hollarda ushbu abonentga telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishni to‘xtatish;
abonent tomonidan ketma-ket 90 kalendar kun mobaynida mobil aloqa xizmatlarini olish huquqini beradigan tranzaksiyalar amalga oshirilmaganda, mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatishni to‘xtatish.
operator (provayder) nomidan abonentlarga xizmat ko‘rsatish uchun operatorlar (provayderlar) bilan shartnomalar tuzish;
operator (provayder) nomidan abonentlarga xizmat ko‘rsatish shartnomasining shartlariga, qonun hujjatlari va ushbu Qoidalar talablariga muvofiq operator (provayder) nomidan abonentlar bilan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomalarini tuzish;
Keyingi tahrirga qarang.
abonentlarga operator (provayder) nomidan xizmat ko‘rsatish uchun tuzilgan shartnomaga muvofiq operatordan (provayderdan) mukofotlar olish;
operator (provayder) tomonidan abonentlarni ulash va ularga xizmat ko‘rsatish shartlari to‘g‘risidagi ishonchli axborotni operatordan (provayderdan) olish;
abonentlarga sotilgan abonent qurilmalariga kafolatli va kafolat muddatidan keyin xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash;
diler tomonidan operatordan (provayderdan) sotib olingan yoki olingan abonent qurilmalari uchun muvofiqlik sertifikatlarining tasdiqlangan nusxalarini operatordan (provayderdan) olish;
operatordan (provayderdan) dilerning o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan SIM-kartalar, hujjatlar, shartnomalar, blankali mahsulotlar, axborot-so‘rovnoma ma’lumotlari, reklama va boshqa materiallarni olish;
operator (provayder) tomonidan ko‘rsatiladigan mobil aloqa xizmatlari uchun abonentlardan to‘lovni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
abonent tomonidan ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining foydalanilgan veb-resurslarining hisobga olinishini (log-fayllarining yuritilishini) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
operatorni (provayderni) ogohlantirmasdan ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga GSM, IP yoki SMS-shlyuzlar ulanganda, shu jumladan, ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida maxsus apparat-dasturiy vositalarini o‘rnatish yo‘li bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanganda xizmatlar ko‘rsatishni bir tomonlama to‘xtatish.
xususiy yoki alohida mualliflik shartnomalari bo‘yicha olingan dasturlarni tarqatish (translatsiya, retranslatsiya qilish) va sotish, shuningdek, olingan dasturlarni tarqatish (translatsiya, retranslatsiya qilish) va sotish huquqini uchinchi shaxslarga berish;
o‘z televideniye dasturlari translatsiyasini shartnoma asosida yozish va uning tarqatilishini ta’minlash;
televideniye tarmoqlarini loyihalash, qurish va modernizatsiyalashda zarur texnik vositalarni mustaqil tanlash.
281. Televideniye xizmatlarini ko‘rsatishda operator eshittiruvchi (eshittiruvchilar) bilan tuzilgan shartnoma asosida ularning televizion dasturlari tarqatilishini amalga oshiradi.
282. Televideniye xizmatlarini ko‘rsatishda operator eshittiruvchi (eshittiruvchilar) quyidagi huquqlarga ega:
eshittiruvchilarning televideniye dasturlarini shartnoma asosida translatsiya va retranslatsiya qilish;
provayderlar va abonentlar bilan televideniye tarmog‘i xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnomalar tuzish hamda ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
provayder va abonentlarga litsenziyada nazarda tutilgan hajmda va belgilangan standartlarga muvofiq keladigan televideniye xizmatlarini ko‘rsatish;
provayderlar va abonentlar tomonidan xizmatlar uchun to‘lov bo‘yicha shartnoma majburiyatlari hamda televideniyening tarmog‘i yoki abonent uskunasini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari buzilganda, televideniye xizmatlaridan foydalanishni to‘xtatib turish yoki tugatish;
283. Televideniye provayderi televideniye dasturlarining signallarini operator (operatorlar) bilan tuzilgan shartnoma asosida qabul qiladi va ularning tarqatilishini amalga oshiradi.
abonentlar bilan televideniye tarmog‘i xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnomalar tuzish va ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
televideniye tizimlarini tashkil qilish va rivojlantirishda texnik yechimlar va vositalarni tanlash.
operatordan uzilishlarda yoki telekommunikatsiya tarmog‘idan lozim darajada foydalanilmaganda to‘lovlarning qayta hisoblanishini talab qilish;
foydalanuvchilarga taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha texnik siyosatni mustaqil ravishda belgilash va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish;
ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini amaldagi standartlar, qoidalar, normalar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishini ta’minlash;
amaldagi shakllarga muvofiq statistika hisobotlarini belgilangan tartibda va muddatlarda vakolatli organlarga taqdim etish;
telekommunikatsiya tarmoqlari bo‘ylab uzatiladigan telefon so‘zlashuvlari va barcha turdagi ma’lumotlarni sir saqlash;
foydalanuvchilarga telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartlari va tartibi, shu jumladan, xizmatlar uchun tariflar o‘zgarganligi to‘g‘risidagi batafsil axborotni taqdim etish;
telekommunikatsiya tarmoqlaridan ruxsatsiz foydalana olish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;
abonentlarga shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoki tegishli darajada bajarilmaganligi, shuningdek, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini amaldagi standartlar, qoidalar, normalar va boshqa qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lishini ta’minlanmaganligi hamda abonentning roziligisiz ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq zarar o‘rnini qoplash;
Keyingi tahrirga qarang.
ko‘rsatilgan xizmatlarning kamchiliklarini shartnomada, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda bartaraf etish;
Keyingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish zonasiga litsenziyaning amal qilish hududida joylashgan barcha aholi punktlarini, magistral avtomobil yo‘llarini va temir yo‘llarini, strategik muhim obyektlarni kiritish maqsadida taqsimotga hamda telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan rejaga muvofiq mobil aloqa tarmog‘ini rivojlantirish va modernizatsiyalash bo‘yicha ishlarni izchillik bilan bosqichma-bosqich olib borish;
operator va provayder tarmog‘idagi IP protokoli asosida ishlovchi qurilmalarni IPv6 protokoli versiyasini qo‘llab-quvvatlashini ta’minlash;
abonentlarni tarmoqlarda bo‘ladigan yirik avariyalar, ularni rekonstruksiya qilish to‘g‘risida hamda ishlarni tugatishning taxmin qilingan muddatlari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida, o‘zining rasmiy veb-saytida yoki SMS orqali xabardor qilish;
foydalanuvchi bilan muomala qilish etikasiga rioya qilish, telefon orqali so‘zlashuvda o‘z lavozimini, familiyasi yoki shaxsiy raqamini aytish;
abonent murojaat qilganda uning talabiga ko‘ra shaxsiy hisob raqamining holati va qarzdorligi mavjudligi to‘g‘risida xabardor qilish;
o‘z veb-saytlari orqali taqdim etiladigan tariflar o‘zgarganligi to‘g‘risidagi batafsil axborotni o‘z vaqtida taqdim etishga va ma’lumotlarni yangilash;
axborot resurslari himoya qilinishini ta’minlashga, O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etishga, urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi axborotni, shuningdek, pornografiyani targ‘ib qilishga qaratilgan va tarqatilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa axborotning tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan choralarni ko‘rish;
Keyingi tahrirga qarang.
abonent/foydalanuvchilarning murojaatlarini (yozma yoki axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali) kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida, materiallarni qo‘shimcha o‘rganish zarur bo‘lganda abonentni yozma ogohlantirgan holda bir oygacha bo‘lgan muddat ichida ko‘rib chiqish;
abonentlar operatorning (provayderning) axborot-ma’lumot xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib bog‘lanishida teng huquqliligini ta’minlash. Bunda abonentlar operatorning (provayderning) axborot-ma’lumot xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib bog‘lanishlarida ma’lum bir abonentlarga boshqa abonentlarga nisbatan ustuvorlik (bog‘lanish vaqti, xizmat ko‘rsatish vaqti va h.k.) taqdim etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
287. Ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun tekshiruv o‘tkazilishi, qo‘shimcha materiallarni talab qilish yoki boshqa choralarni ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ularni ko‘rib chiqish muddatlari murojaat qiluvchiga xabar qilgan holda operatorning (provayderning) rahbari tomonidan istisno tariqasida bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Taklif operatorga (provayderga) kelib tushgan kundan boshlab bir oy muddatgacha ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha ko‘rib chiqishni talab qiladigan takliflardan tashqari, bu haqda yozma shaklda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga besh kun ichida xabar qilinadi.
288. Ushbu Qoidalarni foydalanuvchilar e’tiboriga yetkazish, shuningdek, ularni o‘z rasmiy veb-saytida joylashtirishga majbur.
289. Telekommunikatsiya tarmog‘idagi shikastlanishlar abonent talablari taqdim etilgan kundan boshlab belgilangan muddat ichida operator (provayder) tomonidan bartaraf etilishi kerak. Telekommunikatsiyalar tarmog‘ida shikastlanishlarni bartaraf etish normativlarda belgilangan muddatlardan ortiq bo‘lmasligi kerak, agar yanada qisqa muddatlar shartnomada belgilanmagan bo‘lsa.
290. Operator va provayderlarning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
a) telefon aloqasi abonentning aybi bilan buzilmagan hollarda abonent tomonidan ta’mirlash byurosiga talabnoma berilgan vaqtdan boshlab talabnoma yopilgan paytgacha abonent qurilmasining butun ishlamagan vaqti uchun har oylik to‘lov hisoblanadigan barcha telefon aloqasi xizmatlari uchun qayta hisob-kitob qilishga;
b) buyurtma bo‘yicha xalqaro telefon aloqasidan foydalanganda hamda so‘zlashuvlar uchun vaqtbay to‘lov tizimi joriy qilinganda so‘zlashuvning minimal haq to‘lanadigan davomiyligini abonentlar e’tiboriga yetkazishga;
v) texnik sabablarga ko‘ra abonent raqamini almashtirish to‘g‘risida kamida 10 kun oldin abonentni tegishli tarzda xabardor qilishga;
g) mahalliy telefon aloqasi xizmatlarining narxini hisobga olish tizimining o‘zgarganligi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida va o‘zining rasmiy veb-saytida kamida uch oy oldin e’lon qilish;
d) ommaviy axborot vositalarida va o‘zining rasmiy veb-saytida yangi tariflar kuchga kirishidan kamida 15 kun oldin universal telefon aloqasi xizmatlariga tariflarni o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorni nashr qilishga;
e) abonent qurilmasining uzilishiga olib kelgan buzilishlar bartaraf etilgandan, telefon aloqasi xizmatlariga haq to‘lash qarzdorligi tugatilganda va abonent aybi bilan abonent qurilmasi ishlamagan vaqti uchun abonent to‘lovi kiritilgandan keyin telefon aloqasi xizmatlariga haq to‘lanmaganligi yoki abonent qurilmasini ekspluatatsiya qilish qoidalari buzilganligi uchun o‘chirilgan abonent qurilmasini bepul tarmoqqa ulashga;
j) telekommunikatsiya tarmog‘i orqali ko‘rsatilayotgan mahalliy telefon aloqasi xizmatlari kommutatsion qurilmadan telekommunikatsiya tarmog‘ining kira olish nuqtasidagi abonent rozetkasigacha yoki u mavjud bo‘lmaganda abonent qurilmasigacha bo‘lgan qismiga qadar xizmat ko‘rsatishga.
a) operatorning (provayderning) nomi va uning tarkibiy bo‘linmalarining nomi, ular joylashgan joy (pochta manzili), bog‘lanish uchun telefon raqamlari, rasmiy veb-sayti va ish tartibi;
b) foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan universal va qo‘shimcha (pullik va bepul) telefon aloqasi xizmatlari ro‘yxati;
d) telefon aloqasi xizmatlari uchun tariflar va bu xizmatlarni ko‘rsatish hamda haq to‘lashdagi imtiyozlar;
j) yangi ATSni ekspluatatsiyaga kiritish muddatlari va mavjud ATSlar abonent sig‘imini ko‘paytirish;
z) shartnomalarni tuzish tartibi, arizalarni qondirish muddatlari va shartnomalarni tuzish navbatining harakati;
Ko‘rsatilgan axborot shartnomalarni tuzishda ommaviy axborot vositalari, ma’lumot-axborot xizmatlari yoki telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish joylarida mijozlar bilan o‘zaro ishlar xizmatlari orqali ko‘rgazmali va foydalanish qulay bo‘lgan shaklda bepul abonentlar e’tiboriga yetkaziladi.
293. Operator (provayder) telekommunikatsiya vositalari va inshootlaridan foydalanib u tomonidan ko‘rsatilgan, ammo ayni damda telefon aloqasi xizmatlari bo‘lib hisoblanmagan xizmatlarga (masalan, qo‘riqlash signalizatsiyasi, Internet tarmog‘i xizmatlari va boshqa) haq to‘lanmagan holda abonentning telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalana olishini to‘xtatib turishga haqli emas.
294. Operator (provayder) abonent roziligisiz alohida to‘lov evaziga ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar taqdim etilishini talab qilib turib olishga haqli emas.
295. Operator (provayder) tomonidan taksofon orqali telefon aloqa xizmatlari bevosita ko‘rsatilgan holda, operator quyidagilarga majburdir:
taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini ko‘rsatish tartibi va shartlari o‘zgarganligi to‘g‘risidagi axborotni foydalanuvchilarga taqdim etish;
foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lgan (savdo tarmog‘i, aloqa bo‘limi va hokazo) joylarda maxsus jeton yoki to‘lov kartalari sotilishini ta’minlash;
Keyingi tahrirga qarang.
xizmat ko‘rsatish zonasi doirasida mobil aloqa xizmatlarini sifatli, o‘z vaqtida va kechayu kunduz ko‘rsatilishini ta’minlash;
abonent shartnomaning bekor qilinishi vaqtigacha qarzini va oldindan to‘lovning zarur summasi to‘liq hajmda to‘laganida abonentga mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatilishini tiklash;
abonentning yozma (xizmat ko‘rsatuvchi operatorning veb-saytida abonentning shaxsiy kabineti orqali) murojaatiga asosan bir yilgacha abonent raqamidan foydalanish davri ichida abonent shaxsiy hisobvarag‘idagi o‘zaro hisob-kitoblarning joriy holati to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish. Uzoqroq muddat va ushbu axborotni taqdim etish shartlari shartnomada belgilanishi mumkin;
SIM-karta yoki abonent qurilmasi (SIM-kartadan foydalanish ko‘zda tutilmagan mobil aloqa standartlari uchun va eSIM) yo‘qolganda abonentning yozma arizasi bo‘yicha yoki abonent uchun qulay bo‘lgan, operator (provayder) tomonidan o‘rnatilgan, boshqa usulda berilgan xabar bo‘yicha xizmatlarning ko‘rsatilishini zudlik bilan to‘xtatish;
abonent — yuridik shaxsga mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish uchun u bilan tuzilgan shartnomaning nusxasini taqdim etish;
abonent — jismoniy shaxsga mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish uchun u bilan tuzilgan shartnomaning nusxasini yoki mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish uchun ommaviy shartnoma tuzilganligining tasdig‘ini taqdim etish;
dilerlar tomonidan ular zimmasiga yuklangan majburiyatlarning qat’iy bajarilishini nazorat qilish, dilerlarga nisbatan u bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq shartnomani bekor qilish va diler sertifikatini qaytarib olishgacha bo‘lgan jazo choralarini qo‘llash;
dilerlarda xodimlarning minimal soni har bir xizmat ko‘rsatish punktiga bittadan xodim, ammo bitta dilerga kamida ikkitadan xodim bo‘lganda abonentlarni ulash uchun dilerlarga operatorning (provayderning) tizimidan foydalanishni taqdim etish;
o‘zining xizmat ko‘rsatish punktlarida tashrif buyuruvchilar xavfsizligini ta’minlash, jumladan, videokuzatuv kameralarini qo‘llagan holda (video yozuvni 90 kun saqlagan holda);
o‘zining rasmiy veb-saytida dilerlarning ro‘yxatini ularning to‘liq nomlarini, yuridik manzili va xizmat ko‘rsatish punktlarini ko‘rsatgan holda yuritish;
o‘zining rasmiy veb-saytida rasmiy axborotni, shu jumladan, taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxatining o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborot, tariflar, prays-varaqlar, xizmatlarni taqdim etish tartibi va shartlari va h.k.ni o‘z vaqtida e’lon qilish;
dilerning xodimlariga ushbu Qoidalarning talablari va operator (provayder) hamda diler o‘rtasidagi shartnoma shartlariga muvofiq diler tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarish uchun zarur va yetarli bo‘lgan darajada operatorning (provayderning) ma’lumotlar bazasidan shaxsan foydalanishni taqdim etish;
dilerni SIM-kartalar, hujjatlar, shartnomalar, blank mahsulotlari, uning o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan axborot-so‘rovnoma ma’lumotlar bilan, shuningdek, o‘z moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, reklama va boshqa materiallar bilan ta’minlash;
ushbu Qoidalarning talablari va operator (provayder) hamda diler o‘rtasidagi shartnoma shartlariga muvofiq diler tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarish uchun zarur va yetarli bo‘lgan darajada diler xodimlarini o‘qitishni va har ikki yilda malakasini oshirishni tashkil qilish;
diler tomonidan qo‘pol qoida buzishlarga yo‘l qo‘yilganda diler bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq unga nisbatan shartnomani bekor qilish va diler sertifikatini qaytarib olishgacha bo‘lgan javobgarlik choralarini qo‘llash;
avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ushbu operatorning (provayderning) beshta va undan ko‘p raqamlariga ega abonent — jismoniy shaxs bilan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini faqat operatorning (provayderning) xizmat ko‘rsatish punktlarida tuzilishini ta’minlash;
avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ushbu operatorning (provayderning) beshta va undan ko‘p raqamlariga ega bo‘lgan abonent — jismoniy shaxs bilan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzishda yangi ulanish to‘g‘risida abonentning ushbu operator (provayder) bilan avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha mavjud bo‘lgan barcha raqamlariga SMS xabar orqali xabardor qilishni amalga oshirish;
SIM-kartani almashtirish, shuningdek, abonentning arizasi bo‘yicha raqamni boshqa abonent qurilmasiga qayta dasturlash (SIM-kartadan foydalanishni ko‘zda tutmaydigan mobil aloqa standartlari uchun) xizmatlarini ko‘rsatish faqat ope operatorning (provayderning) xizmat ko‘rsatish punktlarida amalga oshirilishini ta’minlash;
diler orqali tuzilgan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi asosida abonentga mobil aloqa xizmatlarini taqdim etish;
abonent to‘g‘risidagi ma’lumotlar onlayn rejimida operatorning (provayderning) ma’lumotlar bazasiga kiritilgandan keyin bir hafta muddatdan kechiktirmasdan dilerdan tuzilgan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi nusxasini, abonent pasporti (yoki unga tenglashtirilgan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat)ning nusxasini tegishli hujjatlar bilan birga olish. Hujjatlarni olishning boshqa muddati uzoqda va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan dilerlar uchun dilerlik shartnomasida operator (provayder) tomonidan haqiqiy imkoniyatlardan kelib chiqib transport infratuzilmasining mavjudligini hisobga olgan holda belgilanishi mumkin;
o‘zini-o‘zi obro‘sizlantirgan dilerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, operatornig (provayderning) mijozlariga xizmat ko‘rsatish huquqini beruvchi diler sertifikatdan mahrum qilingan dilerning rekvizitlari, ta’sischilari va boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda O‘zbekiston Respublikasi axborotlashtirish va telekommunikatsiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga markazlashtirilgan onlayn bazaga kiritish uchun darhol yuborish;
o‘zining rasmiy veb-saytida mobil aloqa xizmatlarining turlari va standartlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish zonasini namoyish etuvchi interaktiv onlayn elektron kartani, shuningdek, aholi punktlarining ro‘yxatini yuritish;
xalqaro trafikning noqonuniy o‘tkazilishi hamda GSM, IP yoki SMS shlyuzlardan yashirin foydalanishga qarshi choralarni ko‘rish, shu jumladan, tarmoqda maxsus apparat-dasturiy vositalarni o‘rnatish yo‘li bilan;
operatorning (provayderning) mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’y nazar vakolatli tashkilot topshirig‘i bilan ajratiladigan qisqa raqamlar sozlash bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida GSM standartida ishlaydigan barcha operator (provayder) ko‘chib o‘tgan raqamlarning markazlashtirilgan bazasiga ulanish;
abonent tomonidan donorga rouming xizmatlari uchun aniqlangan qarzdorlik to‘lanmagan taqdirda xizmat ko‘rsatishni to‘xtatib qo‘yish;
abonentning operator tarmoqlarida abonent raqamini ko‘chib o‘tish xizmatidan foydalanish huquqiga to‘sqinlik qilmaslik;
muntazam ravishda o‘z telekommunikatsiya tarmoqlarida xalqaro trafikni o‘tkazish tartibi buzilishlarining oldini olish, aniqlash va tugatishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish va abonentning harakatlarini tahlil qilish yoki tegishli tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan abonent raqamlarini faol aniqlash prinsiplariga asoslangan vositalar va tizimlarni qo‘llash.
297. Operator (provayder) abonentlarga quyidagi axborotlarni abonentlarga bepul taqdim etishga majbur (shu jumladan, dilerlar orqali):
ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ro‘yxati, shuningdek, ularni ko‘rsatish tartibi va shartlari o‘zgarganligi to‘g‘risida;
xizmatlarga tariflar o‘zgarganligi to‘g‘risida yangi tariflar joriy qilingunga qadar kamida 10 kun oldin;
SMS, shuningdek, abonentlarning USSD so‘rovlariga USSD xabarlarni jo‘natish yo‘li orqali bepul yoki imtiyozli daqiqalar, SMS, Internet trafik va boshqa xizmatlarning tugaganligi to‘g‘risida.
xizmat ko‘rsatish punktlarini faqat operator, provayder yoki dilerning tasarrufida, xo‘jalik yurituvida, tezkor boshqaruvida yoki ijarasida bo‘lgan binoda, binoning qismida, shuningdek, statsionar savdo nuqtalarining jihozlangan savdo joylarida va savdo faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan va bir yoki bir nechta ish joylari uchun mo‘ljallangan savdo zallariga ega zonalarda joylashtirish. Dilerning xizmat ko‘rsatish punktini statsionar bo‘lmagan savdo obyektlariga joylash taqiqlanadi;
dilerning barcha xizmat ko‘rsatish punktlarida dilerlik xizmatlarini taqdim etish huquqi to‘g‘risidagi diler sertifikatining asl nusxasi bor bo‘lishini va ko‘rinadigan joyga qo‘yilishini ta’minlash;
diler tomonidan xizmat ko‘rsatish punktlarida operator (provayder) axborotiga ko‘ra avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ushbu operatorning (provayderning) beshta va undan ko‘p raqamlariga ega bo‘lgan abonent — jismoniy shaxs bilan operatorning (provayderning) mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzishga yo‘l qo‘ymaslik;
dilerning xizmat ko‘rsatish punktlarida SIM-kartani almashtirish xizmatlarini ko‘rsatishga yo‘l qo‘ymaslik (uzoq va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlardagi dilerning xizmat ko‘rsatish punktlari bundan mustasno);
abonent ma’lumotlari onlayn rejimida operatorning (provayderning) ma’lumotlar bazasiga kiritilgandan keyin bir hafta muddatdan kechiktirmay operatorga (provayderga) abonent bilan tuzilgan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi nusxasini, abonent pasporti (yoki unga tenglashtirilgan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat)ning nusxasini tegishli hujjatlar bilan birga operatorga (provayderga) taqdim etish. Hujjatlarni taqdim etishning boshqa muddati uzoqda va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan dilerlar uchun dilerlik shartnomasida operator (provayder) tomonidan real imkoniyatlardan kelib chiqib transport infratuzilmasining mavjudligini hisobga olgan holda belgilanishi mumkin;
abonentlarning SIM-karta yoki abonent qurilmasi (SIM-kartadan foydalanishni ko‘zda tutmaydigan mobil aloqa standartlari uchun) yo‘qolganligi to‘g‘risida yozma arizalarini qabul qilish va tegishli axborotni operatorga (provayderga) yuborish;
dilerning xizmat ko‘rsatish punktlarida tashrif buyuruvchilarning xavfsizlik choralarini ta’minlash, shu jumladan, videokuzatuv kameralarini qo‘llab videoyozuv va tovushni kamida 90 kun saqlagan holda;
ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatining, shuningdek, ularni ko‘rsatish tartibi va shartlarining o‘zgarishi to‘g‘risida;
avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ushbu operatorning (provayderning) beshta va undan ko‘p raqamlariga ega bo‘lgan abonent — jismoniy shaxs bilan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzishda bunday abonentni faqat operatorning (provayderning) xizmat ko‘rsatish punktlarida ulanishini ko‘zda tutadigan cheklovlar to‘g‘risida;
SIM-kartani almashtirish xizmatlarini faqat operatorning (provayderning) xizmat ko‘rsatish punktlarida ko‘rsatish bo‘yicha cheklovlar to‘g‘risida.
300. Dilerning xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoida buzishlar uchun ular bilan bir qatorda dilerlik xizmati ko‘rsatish punktining bevosita rahbari va diler — yuridik shaxsning rahbari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
301. Diler tomonidan qonun hujjatlari, ushbu Qoidalar va operator (provayder) bilan tuzilgan shartnoma talablarining qo‘pol buzilishiga yo‘l qo‘yilishi u bilan dilerlik shartnomasini bekor qilish va dilerni o‘zini o‘zi obro‘sizlantirgan dilerlar reyestriga kiritish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Abonentning xabari bo‘lmagan yoki uning roziligisiz, imzolarni qalbakilashtirib, soxta hujjatlar bo‘yicha, pasportning (yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatning) asl nusxasini tekshirmasdan abonent shartnomasining rasmiylashtirilishi qo‘pol qoida buzish hisoblanadi.
a) Wi-Fi xizmati ko‘rsatish vaqtida foydalanuvchilarning shaxsini identifikatsiyalash hamda foydalanilgan Internet tarmog‘ining veb-resurslari (log-fayllar) hisobini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritish bo‘yicha apparat-texnik chora-tadbirlar ko‘rish va ularni 3 oy ichida saqlanishini tashkillashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
b) abonentlarga o‘zining veb-saytida va (yoki) ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda, shuningdek, abonentlar va foydalanuvchilar bilan ishlash joylarida quyidagi axborotlarni taqdim etish:
xizmatlarni ko‘rsatish tartibi va shartlari o‘zgarganligi, shu jumladan, xizmatlar uchun tariflar o‘zgarganligi to‘g‘risida o‘zgartirishlar kuchga kirishidan kamida 10 kun oldin;
ish vaqti, pochta manzili va bank rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risida — tegishli o‘zgarishlar kiritilgan vaqtdan boshlab;
v) shartnomaning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi, shuningdek, abonentning arizasiga ko‘ra xizmatlar ko‘rsatilmaganligi yoki shartnomada belgilangan darajadagi sifatga ega xizmatlar ko‘rsatilmaganligi uchun qayta hisob-kitob qilish;
g) abonentning joriy holati, shu jumladan, ma’lumotlar uzatish vaqti, tezligi, olingan va (yoki) uzatilgan axborotning hajmi to‘g‘risida batafsil axborotni taqdim etish;
d) xalqaro trafik noqonuniy o‘tkazish, shu jumladan, GSM, IP yoki SMS-shlyuzlardan, jumladan, tarmoqda maxsus apparat-dasturiy vositalarini o‘rnatish yo‘li bilan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashish choralarini ko‘rish.
303. Operatorlarga (provayderlarga) xizmatlarga ulanish uchun ariza kelib tushganda quyidagi muddatlarda ish ko‘rishi kerak:
texnik imkoniyatni o‘rganish va texnik imkoniyat bo‘lmagan taqdirda ariza beruvchiga asoslangan rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan javobini berish 7 kundan oshmasligi kerak;
texnik imkoniyat bo‘lganda shartnoma tuzilgangan kundan boshlab 10 ish kunida ulanishni amalga oshirish;
texnik imkoniyat bo‘lmaganda, yetishmaydigan aloqa liniyalarini ariza beruvchining hisobidan o‘tkazilishini hisobga olgan holda pudrat shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab 180 kungacha bo‘lishi kerak.
Operator (provayder) abonentni haq to‘lash evaziga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishga yoki ma’lum bir xizmatni ko‘rsatish uchun boshqa xizmatlarni olishga majburlashga, shuningdek, abonentdan ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun to‘lov undirishga haqli emas.
o‘z faoliyatini qonun hujjatlari, mualliflik shartnomalari, shuningdek, mazkur Qoidalar asosida amalga oshirish;
chet el ommaviy axborot vositalarining dasturlari yoki mahsulotlarini tegishli qonun hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari talablari asosida tarqatish;
Keyingi tahrirga qarang.
efirga chiqishda, uzluksiz eshittirishlarda esa, bir kecha-kunduzda kamida to‘rt marta teng taqsimlagan holda o‘z nomini e’lon qilish;
har haftalik televideniye dasturlari to‘g‘risidagi axborotni davriy bosma nashrlarda va Internet tarmog‘ida e’lon qilish yo‘li bilan abonentlarga yetkazish.
o‘z faoliyatini qonun hujjatlari, mualliflik shartnomalari, shuningdek, mazkur Qoidalar asosida amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
televideniye tarmog‘ining texnik holatini mazkur tizimlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq tarzda saqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
uy yoki xonadon ichidagi televideniye tarmoqlarining texnik holatini mazkur tizimlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq saqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
operatorning ish sifatini pasaytirishga yoki telekommunikatsiya tarmoqlarini shikastlantirishga qaratilgan xatti-harakatlar qilmaslik;
taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini ko‘rsatish tartibi va shartlari o‘zgarganligi to‘g‘risidagi axborotni foydalanuvchilarga taqdim etish;
foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lgan (savdo tarmog‘i, aloqa bo‘limi va hokazo) joylarda maxsus jeton yoki to‘lov kartalari sotilishini ta’minlash;
Keyingi tahrirga qarang.
308. Jismoniy yoki yuridik shaxs telekommunikatsiya operatori yoki provayderi bilan shartnoma tuzishdan oldin operator yoki provayderdan:
kafolatlangan xizmat ko‘rsatish darajasi, sifat darajasi, operator (provayder) serverida abonent axborotining himoyalanganligini ta’minlashning kafolatlangan darajasi va boshqa ma’lumotlarni, axborotlarni olishga haqli.
a) umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘idagi xizmatlardan foydalanish uchun operator va provayderlar bilan shartnomalar tuzish;
b) o‘z abonent qurilmasini ushbu Qoidalar va qonun hujjatlarida belgilangan shartlar va tartibda tarmoqqa ulash;
Keyingi tahrirga qarang.
v) operatordan (provayderdan) ushbu Qoidalarda belgilangan majburiyatlarini, shuningdek, uning telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlarini taqdim etish shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarini bajarishini hamda o‘z vaqtida sifatli xizmat ko‘rsatilishini talab qilish;
g) shartnomada ko‘zda tutilgan telekommunikatsiya xizmatlaridan amaldagi tariflarga, xizmatlarning tavsifi va xizmatlar sifatiga muvofiq, shuningdek, operator (provayder) tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlardan foydalanish;
d) operatordan (provayderdan) telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun shartnomada belgilangan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish;
e) operator (provayder) tomonidan shartnomada kelishilgan shartlar buzilgan holda telekommunikatsiya xizmatlaridan voz kechish va operator (provayder) bilan shartnomani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
j) telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilmaganligi yoki tegishli sifatga ega bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatilmasligi natijasida operator (provayder) tomonidan yetkazilgan zarar o‘rnining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish, ustidan shikoyat qilish, hamda ma’naviy zarar o‘rnining to‘ldirilishini talab qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
z) abonent va foydalanuvchilar operator (provayder) tomonidan telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish muddatlari buzilganda, agar shartnomani o‘z vaqtida bajarish boshlanmagan yoki ishlar (xizmatlar) shartnomada belgilangan muddatda bajarilmasligi ayon bo‘lganda, shuningdek, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar sifati shartnoma shartlarida belgilanganidan past darajada bo‘lganda, kamchiliklarini bepul bartaraf etish, operator (provayder) bilan kelishuv bo‘yicha telekommunikatsiya tarmog‘i xizmati ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan yangi muddatni belgilash, telekommunikatsiya tarmog‘i xizmatining narxini qayta hisoblashni talab qilish;
i) qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan imtiyozlar va afzalliklar berilishini talab qilish, imtiyozlar huquqini beruvchi hujjatlar taqdim etilgandan boshlab imtiyozlar va afzalliklar amal qiladi, shuningdek, shartnomaga tegishli o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
k) shartnomada ko‘zda tutilmagan va abonent yoki foydalanuvchi tomonidan talab qilinmagan telekommunikatsiya xizmatlari uchun haq to‘lashni rad etish;
l) favqulodda tezkor xizmatlarni chaqirishda, shuningdek, shartnomada ko‘zda tutilgan hollarda telekommunikatsiya xizmatlaridan bepul foydalanish;
m) unga roziligisiz taqdim etilgan telekommunikatsiya xizmatlari uchun to‘lovni to‘lashni rad etish;
n) operator (provayder) tomonidan taqdim etilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha arizalar, takliflar va e’tirozlar bilan operatorga (provayderga) murojaat etish;
p) agar telekommunikatsiya xizmatini ko‘rsatish muddatlariga rioya qilmaslikka yengib bo‘lmaydigan kuch sabab bo‘lgan bo‘lsa, operator (provayder) bilan kelishib telekommunikatsiya xizmatini bajarishning yangi muddatini belgilash, bu haqda telekommunikatsiya xizmatini bajarish uchun belgilangan muddat tugaguniga qadar abonentga yoki foydalanuvchiga xabar qilinadi;
s) belgilangan tartibda operatorning (provayderning) rasmiy veb-saytlarida ro‘yxatdan o‘tish va taqdim etilayotgan interaktiv xizmatlardan foydalanish.
310. Axborot-ma’lumot xizmatlarini yoki ma’lumot xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida kamchiliklar aniqlanganda abonentlar va foydalanuvchilar o‘z tanlovi bo‘yicha quyidagilarni talab qilishga haqli:
telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilmaganligi yoki lozim darajada bo‘lmagan sifatli telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilmaganligi natijasida yetkazilgan zararlar o‘rnini to‘ldirish, ma’naviy zararlarning kompensatsiya qilish.
a) jamoat foydalanish joyining internet-provayderi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan foydalana olish;
b) jamoat foydalanish joyining internet-provayderi tomonidan o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatilishiga;
v) jamoat foydalanish joyining internet-provayderi tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar sifatining yomonlashishiga yoki boshqa oqibatlarga olib keladigan katta kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan holda foydalanuvchi o‘z xohishi bilan quyidagilarni talab qilishga haqli:
312. Foydalanuvchi jamoat foydalanish joyining internet-provayderidan quyidagi axborotni olish huquqiga ega:
Abonent va foydalanuvchi qonun hujjatlarida va ushbu Qoidalarda belgilangan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
abonentning aybisiz aloqa bo‘lmagan davrda ta’mirlash byurosida uning talabnomasi mavjud bo‘lganida, shuningdek, foydalanuvchining arizasisiz qo‘shimcha pullik xizmatlar va boshqalar taqdim qilinganda telefon aloqasi xizmatlari uchun to‘lovlarni qayta hisoblashni yoki ushbu xizmatlardan foydalanganlik uchun pul mablag‘larining qaytarilishini talab qilish;
mahalliy telefon aloqasi xizmatlari uchun vaqtbay to‘lov tizimidan foydalangan holda to‘langan davr uchun hisob taqdim etilganda alohida to‘lov evaziga bo‘lib o‘tgan telefon bog‘lanishlar rasshifrovkasini (hisobning batafsil tavsifini) talab qilish.
telekommunikatsiya operatoriga shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish kerakligi davomida yangi muddatni tayinlash va ushbu xizmatning narxini pasaytirishni talab qilish;
315. Agar telekommunikatsiya operatori telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida kamchiliklarga yo‘l qo‘ysa, abonent o‘z xohishiga ko‘ra:
316. Foydalanuvchi aloqa korxonasining ishlash tartibi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar, telegrammalarning o‘tish muddatlari, telegraf aloqa xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari va ushbu xizmatlar uchun tariflar bo‘yicha kerakli va ishonchli axborotni talab qilishga haqli.
taksofonlarni ekspluatatsiya qiluvchi operatorni (provayderni) taksofonlarning sifatsiz ishlashi, kabina va yarim kabinalarning qoniqarsiz holati to‘g‘risida arz qilish;
taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini taqdim etish bilan bog‘liq takliflar va da’volar bilan operatorga (provayderga) murojaat qilish;
operatorning (provayderning) aybi bilan telefon aloqa xizmatlari ko‘rsatilmaganligi yoki sifatsiz ko‘rsatilganligi natijasida keltirilgan zarar o‘rnini qoplanishini talab qilish.
barcha xizmatlar turlari bo‘yicha batafsil hisobni barcha amalga oshirilgan ulanishlarning sanasi va vaqti, ularning davomiyligi va abonent raqamlarini ko‘rsatgan holda abonent raqamidan foydalangan bir yilgacha davr uchun operator (provayder) tomonidan belgilangan tartib va shartlarda olish. Ushbu axborotni taqdim etishning kattaroq muddati va shartlari shartnomada belgilanishi mumkin;
ushbu Qoidalar va shartnomalar shartlariga rioya qilgan holda, shuningdek, muayyan hududda (aeroport, samolyot, antenna maydoni va h.k.) amal qiladigan alohida farmoyishlar va qoidalarni hamda to‘sqinlik qilishi yoki xavfli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda (tibbiyot muassasalari, yoqilg‘ini saqlash va qayta yuklash hududi, portlash ishlarini o‘tkazish joylarida va h.k.) cheklanishlarni hisobga olgan holda, texnik talablarga mos bo‘lgan abonent qurilmasidan foydalanish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda operator (provayder) tarmoqlarida abonent raqamini ko‘chib o‘tish xizmatidan foydalanishi.
Keyingi tahrirga qarang.
b) unga tegishli bo‘lgan abonent qurilmasi yordamida ko‘rsatiladigan telekommunikatsiya xizmatlari uchun shartnomada belgilangan muddatlarda va to‘liq hajmda to‘lovni to‘lash;
v) telekommunikatsiya tarmog‘idan davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni uzatish uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik;
g) telekommmunikatsiya tarmog‘i orqali O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etishga, urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi, shuningdek, pornografiyani targ‘ib qilishga qaratilgan axborotni va tarqatilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa axborotni tarqatmaslik;
Keyingi tahrirga qarang.
d) telekommunikatsiya tarmog‘i yordamida fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘yuvchi axborotni tarqatmaslik;
e) qonun hujjatlariga asosan telekommunikatsiya tarmog‘i orqali tarqatilishi taqiqlangan axborotlardan tijorat yoki notijorat maqsadlarda tarqatish uchun foydalanmaslik;
Keyingi tahrirga qarang.
j) telekommunikatsiya tarmoqlari ish sifatining pasayishiga yoki telekommunikatsiya tarmoqlarining shikastlanishiga olib keladigan harakatlarni bajarmaslik;
z) operatorni (provayderni) o‘zining abonent qurilmasi, tarmog‘i va dasturiy ta’minotidagi barcha nosozliklar yoki o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qilish;
i) o‘z xonalarida joylashgan abonent tarmog‘i va abonent qurilmasini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga rioya qilish;
k) ma’lumotlar bazalaridan ruxsatsiz foydalanmaslik va operatorning (provayderning) dasturiy vositalarini o‘zgartirmaslik;
Keyingi tahrirga qarang.
m) tarkibida kompyuter viruslari yoki tarmoq uchun zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan axborotni yoki dasturiy ta’minotni e’lon qilmaslik yoki uzatmaslik;
n) kompyuter axborotidan, ya’ni axborot-hisoblash tizimlari, tarmoqlari va ularning tarkibiy qismlaridagi axborotlardan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanmaslik;
o) telekommunikatsiya tarmog‘ida taqdim etilgan axborot va intellektual mulk obyekti uchun mualliflik huquqlarini buzmaslik;
p) televideniye tarmoqlarida boshqa shaxslarning beriladigan signalga ulanish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
r) operator (provayder) vakillariga ularni tekshirish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish uchun telekommunikatsiya inshootlari va qurilmalari joylashgan hududlarga kirishni ta’minlash.
320. Abonent va foydalanuvchiga qonun hujjatlarida va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
operator (provayder) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq telefonlashtirilgan turar-joydan ko‘chish, sotish, almashtirish, ijaraga berish, ijaraga (ikkilamchi ijaraga) olish, familiya, turar-joy manzili, rekvizitlari, korxona nomining o‘zgarishi, telefon aloqasi xizmatlariga to‘lash va ko‘rsatish bo‘yicha imtiyozlarni olish yoki yo‘qotgan hollarda bir oy muddat ichida operator (provayder) bilan shartnomani qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish;
Yakka tartibda foydalanadigan telefonga ega abonent, shuningdek, tashkilotlar (shu jumladan, mehmonxonalar, yotoqxonalar, sanatoriylar, dam olish uylari, chet el vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar)dagi telefon egalari ularning telefonlaridan amalga oshirilgan mahalliy va xalqaro telefon bog‘lanishlarga haq to‘lash uchun javobgar bo‘ladi.
taksofondan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq foydalanish, taksofonlar, kabinalar yoki yarim kabinalarning shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
taqdim etilgan so‘zlashuv to‘lovi uchun taksofonlarning ushbu tipi uchun mo‘ljallangan naqd pul va naqd pulsiz to‘lov vositalaridan (maxsus jeton, to‘lov kartasi) foydalanish.
telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun GSM, IP yoki SMS-shlyuzlar yoki shunga o‘xshash apparat-dasturiy vositalardan foydalanish niyati bo‘lganda, bu haqda operatorni (provayderni) ogohlantirish;
ma’lumotlar uzatish tarmog‘idan xalqaro trafikni noqonuniy o‘tkazish maqsadida foydalanmaslik, shu jumladan, GSM va IP-shlyuzlar orqali.
a) SIM-karta yoki abonent qurilmasi (SIM-kartadan foydalanish ko‘zda tutilmagan mobil aloqa standartlari uchun va eSIM) yo‘qolganligi to‘g‘risida operatorning (provayderning) Call-markaziga zudlik bilan qo‘ng‘iroq qilib xabar qilish, keyinchalik operatorga (provayderga) yoki diler orqali yozma arizani taqdim qilgan holda. Abonent tomonidan ushbu shartlarga rioya qilinmagan holda u yo‘qotilgan SIM-karta yoki abonent qurilmasidan (SIM-kartadan foydalanish ko‘zda tutilmagan mobil aloqa standartlari uchun va eSIM) foydalangan holda olingan operator (provayder) tomonidan ko‘rsatilgan mobil aloqa xizmatlariga to‘lov bo‘yicha operator (provayder) abonentning ular yo‘qolganligi va xizmatlar ko‘rsatishni to‘xtatish istagi to‘g‘risidagi arizasini olgan vaqtigacha majburiyatga ega, agar xabar qilishning abonent uchun qulay bo‘lgan boshqa usuli operator (provayder) tomonidan ko‘zda tutilmagan bo‘lsa;
jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash joyi bo‘yicha yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi va pasport ma’lumotlari haqiqiy pasportni ko‘rsatish yo‘li bilan;
yuridik shaxs uchun — nomi (firma nomi), yuridik manzili o‘zgarganligi, shuningdek, yuridik shaxs tugatilganligi to‘g‘risida xabar qilish;
v) mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatish shartnomasini tuzayotganda ushbu operator (provayder) bilan avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha aktiv raqamlarning mavjudligi to‘g‘risida xabar qilish;
g) mobil aloqaning ayrim xizmatlari yoki mobil aloqa xizmatlarining to‘plamlari uchun operator (provayder) tomonidan belgilangan shartlarga muvofiq maxsus tariflar (tarif rejalari)dan maqsadli foydalanishni ta’minlash;
d) olingan abonent raqamidan GSM, IP yoki SMS shlyuzlarda yoki analog uskunalarda foydalanish yoki telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish yoki ommaviy SMS jo‘natmalar uchun foydalanish istagi bo‘lganda, buni oldindan operator (provayder) bilan kelishish;
e) shartnoma tuzishda olinadigan raqam (SIM-karta) birga foydalaniladigan abonent qurilmasining asosiy turlari (uyali telefon, USB-modem, elektr energiyasi/suv/gaz hisoblagichlari, onlayn to‘lov terminallari, GSM, IP yoki SMS shlyuzlar yoki uskunaning boshqa turlari)ni ko‘rsatish;
j) abonent raqamidan shaxsiy maqsadlarda yoki ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun (yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun) foydalanish, spamga, firibgarlikka, operator (provayder) bilan oldindan kelishmasdan ommaviy SMS-jo‘natmalarga, shuningdek, boshqa noqonuniy foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik;
z) abonent raqamidan xalqaro trafikni noqonuniy o‘tkazish uchun foydalanmaslik, shu jumladan, GSM va IP shlyuzlardan foydalanib.
i) o‘rnatilgan himoya tizimlarini chetlab o‘tgan holda telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanish hamda xalqaro trafikni o‘tkazish maqsadida telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanmaslik, shuningdek, mazkur maqsadlar uchun mo‘ljallangan maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) saqlash va ularning faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik;
k) abonent raqami ko‘chib o‘tgan taqdirda, donor bilan tuzilgan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha mobil aloqa tarmog‘i xizmatlari uchun mavjud qarzni to‘lashi.
325. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun tariflar qonun hujjatlariga muvofiq shakllantiriladi va tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
326. Qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun telekommunikatsiya xizmatlariga haq to‘lash va telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanishni taqdim etish bo‘yicha imtiyozlar belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
327. Telekommunikatsiya xizmatlariga haq to‘lash shakli va tartibi taraflar o‘rtasida tuziladigan telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada belgilanadi.
Telekommunikatsiya xizmatlari uchun hisob-kitoblarni bu xizmatlarni ko‘rsatgan operator (provayder, eshittiruvchi) yoki shartnoma asosida ular tomonidan vakolatlangan shaxs olib boradi.
328. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun tariflarni belgilash, hisob-kitoblar va barcha to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida amalga oshiriladi.
Ko‘rsatilgan telekommunikatsiya xizmatlari uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishda xorijiy valyutadan, shuningdek, xorijiy valyutadagi to‘lov hujjatlaridan foydalanishga qonun hujjatlarida belgilangan hollarda, tartib va shartlarda yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
329. Hisob-kitoblar shakli va tartibi qonun hujjatlariga muvofiq, operatorning (provayderning) texnologik imkoniyatlardan kelib chiqib abonent bilan kelishilgan holda operator (provayder) tomonidan belgilanadi hamda shartnomada aks ettiriladi va hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
330. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun tariflar qonun hujjatlariga muvofiq tomonlar o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
331. Telekommunikatsiya xizmatlariga tariflar ayrim xizmatlar yoki xizmatlarning to‘plamiga tariflar (tarif rejalari) ko‘rinishida belgilanishi mumkin.
Tarif rejasida sutkaning turli vaqtlari, hafta kunlari, dam olish, bayram (ishlanmaydigan) va boshqa kunlar bo‘yicha, shuningdek, ko‘rsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlarining to‘plami va hajmi bo‘yicha differensiyalangan tariflar belgilanishi mumkin.
Operator va provayderlarning belgilangan talablari bo‘yicha telekommunikatsiyaning ayrim xizmatlari yoki xizmatlarining to‘plamlari uchun (masalan, USB-modemlar, elektr energiyasi/suv/gaz hisoblagichlari, onlayn to‘lov terminallari, GSM, IP yoki SMS shlyuzlar yoki uskunaning boshqa turlarida foydalanish uchun, shuningdek, muayyan toifalardagi shaxslarga taqdim etiladigan) maxsus tariflar (tarif rejalari) belgilanishi mumkin.
332. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun tariflar va tarif rejalarini shakllantirishda tarifikatsiyaning quyidagi turlari qo‘llanishi mumkin:
abonentlik, bunda muayyan davr (hisob-kitob davri) uchun abonentning to‘lov miqdori haqiqatda olingan telekommunikatsiya xizmatlarining hajmiga bog‘liq bo‘lmagan doimiy kattalik hisoblanadi;
vaqtbay, bunda abonentning to‘lov miqdori hisob-kitob davri davomida taqdim etilgan abonentning tashabbusi bilan amalga oshirilgan ulanishlar davomiyligining summasiga bog‘liq bo‘ladi;
har bir ko‘rsatilgan telekommunikatsiya xizmati uchun, bunda to‘lov miqdori amalda ko‘rsatilgan xizmat uchun aniqlanadi.
Tarif rejalarini shakllantirishda tarifikatsiyaning bir nechta turlarini birga qo‘shishga yo‘l qo‘yiladi.
333. Operator, provayder ko‘rsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari uchun hisob-kitob davrini mustaqil belgilaydi.
334. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun to‘lov naqd pul va naqd bo‘lmagan to‘lovlar orqali amalga oshiriladi.
shartnomada belgilangan yoki hisobda ko‘rsatilgan hisob-kitob davri muddatiga kechiktirilgan to‘lov to‘lash yo‘li bilan.
Abonent o‘z xohishiga ko‘ra, 12 oydan ko‘p bo‘lmagan muddat uchun telekommunikatsiya xizmatlari uchun abonentlik to‘lovlarini oldindan to‘lab qo‘yishi mumkin va bunda tarif o‘zgarsa ham qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi.
335. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun hisob-kitob va to‘lovlar xizmatlar ko‘rsatish vaqtida amalda bo‘lgan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Tariflarni o‘zgartirish to‘g‘risidagi axborot operator (provayder) tomonidan ommaviy axborot vositalarida, o‘zining rasmiy veb-saytida yoki SMS orqali kamida o‘n besh kun oldindan e’lon qilinishi lozim, ushbu muddatdan so‘ng abonent to‘lovi o‘zgartirilgan tariflarga muvofiq hisoblanadi.
336. Operator (provayder, eshittiruvchi) va abonent o‘rtasida to‘lovni undirish bo‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, kelishmovchiliklar sud tartibida hal etiladi.
Begona shaxslar tomonidan telekommunikatsiya tarmog‘iga ruxsatsiz ulanish va foydalanish natijasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklarda bajarilgan so‘zlashuvlarning kimga tegishliligi belgilangan tartibda tekshirilishi (aniqlanishi) kerak. Tekshiruv natijalaridan rozi bo‘lmagan abonent sudga murojaat qilish huquqiga ega.
337. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun to‘lovlar naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin.
338. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun to‘lovlar qabul qilinishini operator, provayder, eshittiruvchi, diler mustaqil ravishda yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyat olib boradigan to‘lov agentlari orqali tashkil qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
339. Shartnoma bekor qilingan hollarda abonent avans sifatida kiritilgan pul mablag‘larini qaytarish uchun operatorga (provayderga, eshittiruvchiga) murojaat qilish huquqiga ega. Bunday holda operator (provayder, eshittiruvchi) o‘n besh kun muddat ichida pul mablag‘larining foydalanilmagan qoldig‘ini qaytarishga majbur.
340. Telefonlashtirilgan turar joyga nisbatan egalik qilish huquqi belgilangan tartibda ushbu doimiy yashash joyi bo‘yicha yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan shaxslarga o‘tganda shartnoma tuzilgan holda foydalana olish taqdim etilganligi uchun to‘lovlar qo‘llaniladi.
341. Mahalliy telefon bog‘lanishlar xizmatlari uchun abonent to‘lov tizimini yoki xizmatlar uchun vaqtbay to‘lov tizimini qo‘llagan holda to‘lanadi.
Mahalliy telefon bog‘lanishlarni vaqtbay hisobga olish texnik imkoniyati bo‘lmaganda xizmatlar uchun abonent to‘lov tizimidan foydalaniladi.
Mahalliy telefon bog‘lanishlarni vaqtbay hisobga olinishini ta’minlash texnik vositalarining tayyor bo‘lishiga qarab xizmatlar uchun vaqtbay to‘lov tizimi kiritiladi.
Vaqtbay to‘lov tizimida telefondan foydalanganlik uchun to‘lov miqdori telefon bog‘lanishlarning ma’lum davomiyligi uchun belgilangan qayd qilingan kattalikdan va qayd qilingan kattalikdan tashqari telefon bog‘lanishning davomiyligiga bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchan kattalikdan tashkil topadi.
342. Avtomatik mahalliy, xalqaro telefon aloqadan foydalanganlik uchun xizmatlarga to‘lov vaqtbay to‘lov tizimida abonent tomonidan faqat unga tegishli bo‘lgan abonent qurilmasidan chiqadigan telefon bog‘lanishlar uchun to‘lanadi, bundan chaqirilayotgan abonent yoki operatorning (provayderning) hisobidan ko‘rsatiladigan xizmatlar mustasno.
343. Operator-telefonist yoki avtomatik usul bilan taqdim etilgan xalqaro telefon bog‘lanishlarga telefon bog‘lanishning davomiyligiga bog‘liq holda amaldagi tariflar bo‘yicha to‘lov to‘lanadi.
344. Mahalliy (xizmatlarga vaqtbay to‘lov tizimida), xalqaro telefon bog‘lanishda telefon bog‘lanishlarining davomiyligini hisobga olish operator tomonidan qabul qilingan tarifikatsiya birligiga muvofiq yuritiladi.
345. Mahalliy va xalqaro telefon bog‘lanishlarining tarifikatsiya birligi miqdori va to‘liq bo‘lmagan tarifikatsiya birligini to‘lash tartibi foydalanilayotgan kommutatsion texnikaning texnik imkoniyatlariga bog‘liq holda belgilanadi. Bunda tarifikatsiya birligi bir daqiqadan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
346. Avtomatik mahalliy (xizmatlarga vaqtbay to‘lov tizimida), shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanishdan foydalanganda telefon bog‘lanishining davomiyligi istalgan shaxs yoki abonent qurilmasining javob berish paytidan chaqirayotgan yoki chaqirilayotgan shaxs yoki abonent qurilmasining “otboy” vaqtigacha hisoblanadi.
347. Javob signali chaqirilayotgan shaxsning javobiga tenglashtiriladigan va telefon bog‘lanishining davomiyligini hisoblash boshi bo‘lib xizmat qiladigan abonent qurilmasiga quyidagilar kiradi:
abonent yo‘q bo‘lganda uning o‘rniga javob beradigan va axborot bilan almashishni ta’minlaydigan (yoki imitatsiya qiladigan) boshqa abonent qurilmasi.
348. Agar abonent liniyasi yo‘q bo‘lgan abonentlar xizmatiga o‘tkazilgan yoki abonent bo‘lmaganda uning o‘rniga foydalaniladigan (xabarlarni yozib oluvchi yoki ma’lumotlar bilan almashish uchun xizmat qiladigan) qurilma bilan ulanganda, bu xizmat yoki bu qurilmaga abonentning so‘roviga ko‘ra u uchun javob beradigan shaxs sifatida qaraladi. Bunday holda telefon bog‘lanish o‘rnatiladi va to‘lov hisoblanadi.
Abonent operatorning (provayderning) Call-markaziga qo‘ng‘iroq qilganda oldindan yozib olingan ovozli xabarlar tizimini eshitish vaqti yoki avtoinformatorning audio xabarlari bog‘lanishning tarifikatsiyalanadigan davomiyligiga kiritilmaydi.
349. Konferensaloqa xizmatining davomiyligi barcha chaqirilayotgan shaxslar chaqirayotgan shaxs bilan telefon bog‘lanish o‘rnatilgandan keyin hisoblanadi, chaqirayotgan shaxsning “otboy” signali boshlanish paytidan tugaydi.
350. Bog‘lanish uchun buyurtma (operator-telefonist orqali) xalqaro telefon bog‘lanishlar taqdim etilganda to‘lanishi kerak bo‘lgan telefon bog‘lanishining minimal davomiyligi belgilanadi. Bunda minimal davomiylikdan kam davom etgan telefon bog‘lanishiga minimal davomiylikdagi telefon bog‘lanishi sifatida to‘lov to‘lanadi.
351. Mahalliy (xizmatlar uchun vaqtbay to‘lov tizimida), xalqaro telefon bog‘lanishi uchun to‘lov telefon bog‘lanishi o‘rnatilishidan boshlab joriy sutkada amal qiladigan tarif bo‘yicha amalga oshiriladi.
352. Chaqirayotgan shaxs u tomonidan buyurtma berilgan oldinroq o‘rnatilgan shaharlararo yoki xalqaro telefon bog‘lanishni rad etganda, bunday telefon bog‘lanish taqdim etilgan vaqtda abonentdan bog‘lanishga buyurtma qilingan tarif bo‘yicha so‘zlashuv daqiqasining narxi va telefon bog‘lanishi paytiga operator-telefonist tomonidan bajarilgan xizmatlarning to‘liq qiymati miqdorida to‘lov undiriladi.
353. Agar chaqirilayotgan shaxs bilan bildirishnomali shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanish ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha chaqirilayotgan shaxsning turmasligi sababli bildirishnoma bu shaxsga topshirilmaganligi yoki topshirish imkoniyati yo‘qligi sababli bo‘lib o‘tmagan bo‘lsa, chaqirilayotgan shaxsdan xizmat narxi miqdorida to‘lov undiriladi.
Agar chaqirilayotgan shaxs bilan bildirishnomali shaharlararo va xalqaro telefon bog‘lanish chaqirilayotgan yoki chaqirayotgan shaxsning so‘zlashuv punktiga kelmaganligi yoki chaqirilayotgan shaxsning ko‘rsatilgan telefon raqami bo‘yicha bo‘lmaganligi sababli telefon bog‘lanishi uchun tayinlangan vaqtdan keyin bir soat ichida bo‘lib o‘tmasa, to‘lov xizmatining narxi miqdorida undiriladi.
354. Agar chaqirayotgan shaxs xalqaro telefon bog‘lanishga buyurtma berayotganda chaqirilayotgan abonent qurilmasining noto‘g‘ri abonent raqamini ko‘rsatgan bo‘lsa, u holda u ushbu buyurtma uchun amaldagi tariflar bo‘yicha o‘rnatilgan telefon bog‘lanishining haqiqiy davomiyligiga haq to‘laydi.
355. Avtomatik xizmat ko‘rsatish tizimi bo‘yicha taqdim etilgan mahalliy (xizmatlar uchun vaqtbay to‘lov tizimi) yoki xalqaro telefon bog‘lanishda abonentga hisobni taqdim etish uchun magnit tashuvchi (magnit tasmalar, disklar)ga yozilgan qiymatni hisoblash apparaturasining ma’lumotlari, operator-telefonist yordamida xalqaro telefon bog‘lanish taqdim etilganda — operator-telefonist tomonidan buyurtma blankiga kiritilgan yoki avtomatlashtirilgan hisob-kitoblar tizimining, shuningdek, elektron kommutatorlarning magnit tashuvchilari (magnit tasmalar, disklar)ga yozilgan ma’lumotlar asos bo‘lib hisoblanadi.
356. Mahalliy shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari xizmatlari uchun to‘lovlar so‘zlashuv punktlarida bog‘lanish uchun buyurtma qilishda foydalanuvchi buyurtma qilinayotgan telefon so‘zlashuvining davomiyligi va buyurtmada ko‘rsatilgan qo‘shimcha pulli xizmatlar uchun oldindan haq to‘lashi kerak. Kompyuter bilan jihozlangan so‘zlashuv punktida telefon orqali so‘zlashuvdan keyin to‘lovni amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi.
Oldindan to‘lovni tasdiqlash uchun foydalanuvchiga majburiy tartibda buyurtma blankidan yirtib olinadigan talon beriladi. Mazkur talonda taqvim shtempelining yoki talonni bergan telekommunikatsiya operatori kassa apparatining izi bo‘lishi kerak.
357. Agar so‘zlashuv buyurtmada ko‘rsatilgan vaqtdan kam davom etsa yoki umuman bo‘lib o‘tmagan bo‘lsa, foydalanuvchiga pulning qolgan qismi yoki butun to‘langan summa qaytariladi. Hisob-kitob qilish uchun foydalanuvchi yirtib olinadigan talonni qaytarishi kerak.
Pulning qolgan qismi berilganda yirtib olinadigan talon foydalanuvchidan olib qo‘yiladi va bu talon o‘rniga undan undirilgan summa uchun kvitansiya beriladi. Kvitansiya har bir so‘zlashuv uchun bepul beriladi.
358. Ko‘rsatiladigan telegraf xizmatlariga haq to‘lash belgilangan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi.
359. Taksofon orqali telefon aloqa xizmatiga haq to‘lash uchun maxsus jeton, to‘lov kartasi, tanga va milliy valyutaning tegishli kupyurasi ishlatiladi.
360. Taksofon orqali mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmati uchun tariflar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
361. Taksofon orqali shaharlararo va xalqaro telefon aloqasining tarifikatsiya birligining o‘lchovi hamda tarifikatsiya birligining to‘liq bo‘lmagan birligini to‘lash tartibi operator (provayder) tomonidan foydalaniladigan kommutatsiya texnikasining texnik imkoniyatlariga bog‘liq holda belgilanadi. Bunda tarifikatsiya birligi bir daqiqadan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
362. Taksofon orqali telefon so‘zlashuvining davomiyligi chaqiriluvchi abonent yoki abonent qurilmasining javobidan to chaqiruvchi yoki chaqiriluvchi abonentning yoki abonent qurilmasining uzilishigacha hisoblanadi.
363. Chaqiriluvchi shaxsning javobiga tenglashtirilgan, javob signali telefon so‘zlashuvi davomiyligi hisobining boshlanishi bo‘lgan abonent qurilmasiga quyidagilar kiradi:
chaqiriluvchi abonentga maxsus signalizatsiya tizimi yordamida telefon apparati trubkasining ko‘tarilishini imitatsiya qilish vositasida chaqiruvchi abonent nomerini aniqlash imkonini beradigan maxsus qurilma bilan ta’minlangan telefon apparati;
abonent bo‘lmaganda uning o‘rnini bosadigan va axborot almashinuvini ta’minlaydigan (yoki imitatsiya qiladigan) boshqa abonent qurilmasi.
364. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i operatori (provayderi) avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimlari yordamida abonentga ko‘rsatilgan xizmatlar (ma’lumotlar uzatish vaqti, tezligi, olingan va (yoki) uzatilgan axborot hajmi, shuningdek, abonent pul mablag‘larining harakati va boshqalar) to‘g‘risidagi axborot hisobini yuritadi.
365. Operator (provayder) shartnoma asosida hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarga haq to‘lash to‘g‘risida abonentga axborot taqdim etadi. Bunda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi shart:
taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxati, har bir xizmat uchun hisob-kitob davri va ular uchun to‘lanadigan summa;
366. Operator (provayder) tomonidan abonentning hisobvarag‘i yuritilgan taqdirda, to‘lov to‘g‘risida ko‘rsatilgan axborot operator (provayder) va abonent o‘rtasidagi shartnoma shartlarining o‘zgarishlari bilan bog‘liq abonentning hisobvarag‘i bo‘yicha balans tuzatishlarini, shuningdek, kelib tushgan va abonentning hisobvarag‘ida aks ettirilgan oldingi hisob-kitob davridagi xizmatlar uchun abonentning to‘lovlari to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z ichiga olishi kerak.
367. Mobil aloqa tarmog‘i bo‘yicha ulanish davomiyligining tarifikatsiya birligi operator (provayder) tomonidan belgilanadi, ammo bir daqiqadan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Mobil aloqa tarmog‘ida har bir internet sessiyani alohida hisobga olgan holda ma’lumotlar uzatish trafigining har bir yo‘nalishi bo‘yicha uzatilgan va olingan ma’lumotlar hajmining tarifikatsiya birligi operator (provayder) tomonidan belgilanadi, ammo 16 Kb dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Boshqa operatorning (provayderning) mobil aloqa tarmog‘idagi har bir internet sessiyani alohida hisobga olgan holda roumingda Internet-trafikni yaxlitlash xalqaro rouming to‘g‘risidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, ammo ma’lumotlar uzatish trafigining har bir yo‘nalishi bo‘yicha tarifikatsiya birligi 16 Kb dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
368. Ulanishning davomiyligini hisobga olish operator (provayder) tomonidan qabul qilingan tarifikatsiya birligiga muvofiq olib boriladi.
369. To‘lov miqdorini aniqlash uchun foydalaniladigan mobil aloqa tarmog‘i bo‘yicha ulanish davomiyligi chaqiriluvchi abonent yoki abonent javob bergan deb tenglashtirilgan javob signali bo‘lgan uskuna javob bergan sekunddan boshlab chaqiruvchi yoki chaqiriluvchi abonent yoki shu uskuna so‘zlashuvi tugagan vaqtgacha hisoblanadi.
Operator (provayder) tomonidan belgilangan minimal hisoblangan vaqt birliklarida hisoblangan ulanishlar davomiyligi to‘liq birlikkacha yaxlitlanadi.
Operator (provayder) tomonidan belgilangan trafik hajmining minimal hisob-kitob birliklarida hisoblangan ishlatilgan ma’lumotlar uzatish trafigining hajmi to‘liq birlikkacha yaxlitlanadi.
Operator (provayder, eshittiruvchi) ushbu Qoidalarga nisbatan abonent holatini yomonlashtirmaydigan mobil aloqa xizmatlari tarifikatsiyasi qoidalarini mustaqil belgilaydi.
370. Abonent tomonidan ushbu Qoidalarda belgilangan talablar, shuningdek, shartnoma shartlari buzilgan hollarda, buzilishlar bartaraf etilgunga qadar operator (provayder) mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatilishini to‘xtatish huquqiga ega.
Bunda, mobil aloqa tarmog‘idan foydalana olish va abonent tomonidan favqulodda tezkor xizmatlarni chaqirish imkoniyati saqlanadi.
371. Operator (provayder) tomonidan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘xtatilgandan keyin abonent shartnoma va qonun hujjatlari bilan belgilangan muddatda aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish huquqiga ega. Aniqlangan buzilishlar bartaraf etilgandan keyin mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish tiklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
372. Kreditga taqdim etilgan mobil aloqa xizmatlari uchun to‘lov muddatini operator (provayder) mustaqil belgilaydi.
373. Abonent raqamini ko‘chirib o‘tish xizmatlari uchun to‘lov va retsipiyent bilan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzish abonent tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
374. Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha imzolangan shartnoma asosida operatorga (provayderga) mobil aloqa xizmatlari to‘lovi amalga oshiriladi.
375. Har biri rezident hisoblangan mobil aloqa operatorlari (provayderlari) o‘rtasidagi hisob-kitoblar qonun hujjatlariga muvofiq milliy valyutada amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
376. Mahalliy operatorning xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy operatorlar (rouming-sheriklar) bilan va tizim hosil qiluvchi rouming-sheriklar bilan hisob-kitoblari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro qoidalarga muvofiq bajariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
377. Operator (provayder) tuzilgan shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi hamda telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish muddatlarini va shikastlanishlarni bartaraf etish muddatlarini buzganligi uchun quyidagi hollarda abonent oldida javobgardir:
shartnomada ko‘rsatilgan va abonent tomonidan talab qilingan telekommunikatsiya xizmatlarining barcha turlarini ko‘rsatmaganlik;
telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq axborotning taqdim etilmaganligi, to‘liq taqdim etilmaganligi yoki o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi;
shartnomani bajarish natijasida operatorga (provayderga) ma’lum bo‘lgan abonent to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tarqatilishini cheklash to‘g‘risidagi talablarning buzilishi.
378. Majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik foydalanuvchining aybi bilan yoki yengib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibatida sodir etilgan bo‘lsa, operator (provayder) abonent/foydalanuvchi oldida javobgar bo‘lmaydi.
379. Telegraf xizmatida jo‘natuvchi tomonidan manzil noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi sababli telegramma topshirilmagan bo‘lsa, operator abonent/foydalanuvchi oldida javobgar bo‘lmaydi.
380. Telekommunikatsiya tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik yoki shikastlanishlar shartnomada belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda, operator (provayder, eshittiruvchi) abonentning talabiga ko‘ra shartnomada belgilangan miqdorda jarima (penya) to‘laydi.
Operator (provayder, eshittiruvchi) tomonidan jarima (penya) to‘langanligi ularni shartnoma bo‘yicha zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.
381. Ushbu Qoidalar va shartnomada ko‘zda tutilgan o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
382. Tomonlar o‘z majburiyatlarini bajarmagan hollarda, telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini bekor qilish tartibi va shartlari abonent va operator (provayder, eshittiruvchi) o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
383. Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq nizoli masalalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
384. Agar mobil aloqa operatorining (provayderining) javobgarligi dilerning aybi bilan yuzaga kelgan bo‘lsa, operator (provayder) dilerdan u bilan tuzilgan shartnomaga va qonun hujjatlariga muvofiq yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
385. Operator, provayder, Wi-Fi xizmati tashkilotchisi o‘z ixtiyorida (bevosita boshqaruvi va nazorati ostida) bo‘lmagan ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining resurslari, serverlari va segmentlari mazmuni, ulardan foydalanish imkoniyati va ishlash qobiliyati uchun javobgar bo‘lmaydi.
386. Abonent o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi, shu jumladan, shartnomaga muvofiq belgilangan muddatda xizmatlar uchun haq to‘lamaganligi uchun shartnomaga muvofiq javobgar bo‘ladi.
387. Operator (provayder, eshittiruvchi) qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa holatlarda ham javobgardir.
Keyingi tahrirga qarang.
388. Abonent tomonidan qilingan shikoyat yozma, og‘zaki va/yoki elektron shaklda amalga oshiriladi, u operatorga (provayderga, eshittiruvchiga) kelib tushgan kun ro‘yxatga olinishi kerak.
Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishni rad etish, shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaslik yoki lozim darajada bajarilmaslik bilan bog‘liq masalalar yuzasidan shikoyatlar telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilgan, uni ko‘rsatish rad etilgan yoki hisob taqdim etilgan kundan boshlab 6 oy ichida beriladi.
389. Yozma shaklda berilgan shikoyatga shartnoma nusxasi, shuningdek, ko‘rib chiqilishi zarur boshqa hujjatlar ilova qilinadi, bu hujjatlarda shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, yetkazilgan zarar qoplanishi to‘g‘risida da’vo qilingan holda — yetkazilgan zarar fakti va miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak.
390. Mazkur Qoidalar talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
391. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi bilan kelishilgan.
O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-son buyrug‘iga
2-ILOVA
2-ILOVA
1. O‘zbekiston Respublikasi aloqa vazirining birinchi o‘rinbosari tomonidan 1996-yil 8-aprelda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida telegraf aloqasi xizmati ko‘rsatish qoidalari (ro‘yxat raqami 233, 1996-yil 8-aprel).
2. O‘zbekiston Respublikasi aloqa vazirining birinchi o‘rinbosari tomonidan 1996-yil 29-martda tasdiqlangan Shahar telefon tarmoqlarida qo‘riqlash signalizatsiyasi apparaturasini o‘rnatish va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 244, 1996-yil 7-may).
3. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori tomonidan 2000-yil 7-sentabrda 09-8/1853-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston uyali harakatdagi aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan rouming xizmatini tashkil qilish va ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida nizom (ro‘yxat raqami 968, 2000-yil 13-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 17-son).
4. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2013-yil 6-noyabrdagi 60-mh-son “O‘zbekiston uyali harakatdagi aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan rouming xizmatini tashkil qilish va ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 968-1, 2013-yil 13-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 46-son, 607-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 31-martdagi 105-mh-son “O‘zbekiston uyali harakatdagi aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan rouming xizmatini tashkil qilish va ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3.7-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 968-2, 2015-yil 6-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 14-son, 173-modda).
6. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2003-yil 19-dekabrdagi 359-son “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1323, 2004-yil 15-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 11-son, 130-modda).
7. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2004-yil 26-oktabrdagi 346-son “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1323-1, 2004-yil 17-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 50-son, 507-modda).
8. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2012-yil 30-iyuldagi 8-yu-son “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1323-2, 2012-yil 31-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 31-son, 366-modda).
9. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2013-yil 13-iyundagi 30-mh-son “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1323-3, 2013-yil 12-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 28-son, 370-modda).
10. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2014-yil 11-avgustdagi 85-mh-son “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1323-4, 2014-yil 9-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 37-son, 475-modda).
11. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 27-martdagi 101-mh-son “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1323-5, 2015-yil 30-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 13-son, 162-modda).
12. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2017-yil 24-martdagi 150-mh-son “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining 71-bandini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1323-6, 2017-yil 3-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 14-son, 235-modda).
13. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 27-maydagi 198-son “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1323-7, 2019-yil 11-iyun) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son).
14. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 29-iyuldagi 200-mh-son “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining 14-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1323-8, 2019-yil 5-avgust) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 10/19/1323-8/3523-son)
15. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2004-yil 23-iyuldagi 216-son “Jamoat foydalanish joylarida Internet tarmog‘idan axborot olish imkonini berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1393, 2004-yil 30-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 30-son, 350-modda).
16. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2010-yil 1-dekabrdagi 410-son “Jamoat foydalanish joylarida Internet tarmog‘idan axborot olish imkonini berish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1393-1, 2010-yil 13-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 50-son, 477-modda).
17. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2013-yil 16-maydagi 23-mh-son “Jamoat foydalanish joylarida Internet tarmog‘idan axborot olish imkonini berish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1393-2, 2013-yil 22-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 21-son, 273-modda).
18. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2014-yil 19-martdagi 79-mh-son “Jamoat foydalanish joylarida Internet tarmog‘idan axborot olish imkonini berish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1393-3, 2014-yil 28-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 13-son, 150-modda).
19. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 21-maydagi 122-mh-son “Jamoat foydalanish joylarida Internet tarmog‘idan axborot olish imkonini berish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1393-4, 2015-yil 25-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 21-son, 276-modda).
20. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2004-yil 25-avgustdagi 284-son “Aloqa sohasida axborot-ma’lumot xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1412, 2004-yil 23-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 38-39-son, 429-modda).
21. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2013-yil 13-iyundagi 31-mh-son “Aloqa sohasida axborot-ma’lumot xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1412-1, 2013-yil 21-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 25-son, 332-modda).
22. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 27-martdagi 102-mh-son “Aloqa sohasida axborot-ma’lumot xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida nizomning 14-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1412-2, 2015-yil 30-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 13-son, 163-modda).
23. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2004-yil 29-oktabrdagi 01-1026, 350-son “O‘zbekiston Respublikasida kabel, efir-kabel televideniyesi to‘g‘risida vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1420, 2004-yil 30-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 44-son, 463-modda).
24. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2009-yil 4-yanvardagi 2-son “Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1900, 2009-yil 6-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 6-son, 67-modda).
25. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2010-yil 3-avgustdagi 290-son “Taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2140, 2010-yil 6-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 35-36-son, 310-modda).
26. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 29-iyuldagi 201-mh-son “Taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining 9-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2140-1, 2019-yil 5-avgust).
27. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2018-yil 21-maydagi 173-son “Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i, shu jumladan Internet xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3038, 2018-yil 10-iyul) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 10/18/3038/1490-son).