12.08.2020 yildagi 477-son
Hujjat 13.08.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son qarorining ijrosini ta’minlash, eksport va eksportni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq faoliyatni sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta qildiruvchilarga quyidagi tavakkalchiliklarning barchasi yoki biri, yoxud ularning ushbu Nizomning 4-bandida keltirilgan ta’riflarida keltirilgan alohida tavakkalchiliklar yoki ularning kombinatsiyasi sug‘urta himoyasi sifatida taqdim etilishi mumkin:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Mas’ul ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Sug‘urta qildiruvchi

a) Siyosiy va (yoki) tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish uchun sug‘urtalovchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish:

ariza;

eksport shartnomasi, agar eksport bilan bog‘liq tavakkalchilik sug‘urtalanishi kerak bo‘lsa;

moliyalash shartnomasi, agar moliyalash bilan bog‘liq tavakkalchilik sug‘urtalanishi kerak bo‘lsa;

agar eksport shartnomasi bo‘yicha muddatli to‘lov bir yildan ortiq davrga taqdim etilsa, tijorat bankining eksport shartnomasi qiymatining kamida 15 foizi miqdorida avans to‘lovi olinganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma nusxasi.

Sug‘urta qildiruvchining ixtiyoriga

ko‘ra


b) Logistika tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish uchun sug‘urtalovchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish:

ariza;

eksport shartnomasi, agar eksport bilan bog‘liq logistika tavakkalchiligi sug‘urtalanayotgan bo‘lsa;

logistika tavakkalchiligining qaysi biri sug‘urtalanishidan kelib chiqib, ta’minot, saqlash, tashish yoki ma’lumotlarni elektron shaklda yetkazib berishga oid shartnoma.


2-bosqich

Sug‘urtalovchi

Taqdim etilgan hujjatlar asosida tegishli sug‘urta shartnomasini tayyorlash va imzolash.

Hujjatlar taqdim etilgandan boshlab 24 soat ichida


3-bosqich

Sug‘urtalovchi,
sug‘urta qildiruvchi

Tavakkalchilik turi va darajasidan kelib chiqib, jo‘natilayotgan tovarlar, binolar, inshootlar, uskunalar va sug‘urtaga aloqador boshqa moddiy va nomoddiy boyliklarni, sug‘urta shartnomasida kelishilgan bo‘lsa, sug‘urta muddati mobaynida sug‘urta qildiruvchining xodimlari ishtirokida monitoring qilish.

Sug‘urta muddati davomida


4-bosqich

Sug‘urta qildiruvchi

Sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlarni Sug‘urtalovchiga taqdim etish.

Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan taqdirda


5-bosqich

Sug‘urtalovchi

1. Sug‘urta hodisasini joyiga chiqib o‘rganish yoki sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlardan kelib chiqib, Sug‘urta hodisasi to‘g‘risida dalolatnoma tuzish;

2. Sug‘urta hodisasi to‘g‘risida dalolatnomaga muvofiq sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovoni to‘lash.

Sug‘urta hodisasi
va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan boshlab
15 kalendar kuni ichida