05.12.2018 yildagi PQ-4053-son
Hujjat 05.12.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish

T/r

Tadbir nomi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Moliya-xo‘jalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan tashkilotlarning tuzilmasi va faoliyatini takrorlanuvchi vakolatlar, bo‘linmalar va shtat birliklarini maqbullashtirishni nazarda tutgan holda tahlil qilish.

2019-y. yanvar

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi

2.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlari soni nisbatining normativlarini aniqlash metodikasini (2003-yil 9-dekabr 1288-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) davlat organlarida, shu jumladan ularning idoraviy tashkilotlaridagi xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar sonini aniqlashning yangi normativlarini kiritish yo‘li bilan takomillashtirish.

2018-y. dekabr

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi

Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi

Hisob palatasi

Moliya vazirligi

3.

Moliya-xo‘jalik departamenti va u tomonidan muvofiqlashtiriladigan tashkilotlar xodimlarining funksional majburiyatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-y. dekabr

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi

4.

Tadbirkorlik subyektlariga Administratsiya bino va inshootlaridan bepul asosda foydalanish huquqini berishni nazarda tutgan holda, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish va Administratsiya xodimlari uchun umumiy ovqatlanishni tashkil etish.

2018-y. dekabr

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi

5.

Moliya-xo‘jalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan tashkilotlar mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2019-y. yanvar

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi

6.

Moliya-xo‘jalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan tashkilotlar bino va inshootlarining kadastr hujjatlarini tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish.

2019-y. yanvar

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi

Toshkent shahar hokimligi

Moliya-xo‘jalik departamenti

7.

Asosiy kontingent tomonidan foydalanilmayotgan 2-sonli sog‘lomlashtirish pansionatining turar-joy binolarini Administratsiyaning uy-joyga muhtoj bo‘lgan boshqaruv xodimlariga taqdim etish tartibini tasdiqlash.

2018-y. dekabr

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi

8.

“Ko‘ksaroy” rezidensiyasi, “Turkiston mehmonxonalar kompleksi” DUK va “Gostinitsa gorodskaya” DUKning foydalanilmayotgan turar-j�y binolarini oliy darajadagi xorijiy delegatsiyalar, shuningdek, chet el firma va kompaniyalarining vakillariga pulli asosda taqdim qilishning maqsadga muvofiqligi masalasini o‘rganib chiqish.

2018-y. dekabr

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi

9.

Transport qismining avtotransport vositalarini xatlovdan o‘tkazib, foydalanish muddati to‘liq tugagan avtotransport vositalarini realizatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish va tushumlarni yangi avtotransport vositalari, shuningdek, ularning ehtiyot qismlarini sotib olishga yo‘naltirish.

2018-y. dekabr

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi

Hisob palatasi

Moliya vazirligi

10.

Transport qismi parkini yangilash, shu jumladan yuqori klassdagi avtotransport vositalarini xarid qilish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar kiritish.

2019-y. yanvar

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi

Moliya vazirligi

11.

Moliya-xo‘jalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan tashkilotlarning shtat birliklari sonini qisqartirgan holda ularning alohida vazifalarini (ketring xizmatlari, kompyuter texnikasiga xizmat ko‘rsatish, sovutish va isitish jihozlarini o‘rnatish, hududni ko‘kalamzorlashtirish va boshqalar) autsorsingga berish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2018-y. dekabr

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi

12.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda Administratsiya va Moliya-xo‘jalik departamenti tomonidan muvofiqlasht�riladigan tashkilotlarning faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish:

Transport qismi faoliyatini tashkil etishda avtotransport vositalarini sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatish tizimidan foydalanish;

Administratsiya xodimlarini tegishli tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining takliflari asosida Administratsiya rahbari bilan kelishilgan holda Internet tarmog‘iga ulashni ta’minlash;

Administratsiya binosining nazorat-o‘tkazish rejimini avtomatlashtirish imkonini beruvchi dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va joriy qilish;

moliyaviy hisob va hisobotlar uchun “UzASBO” dasturiy kompleksidan foydalanish.

2019-y. yanvar

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi

Moliya vazirligi

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

13.

Administratsiya xodimlarining eskirgan (5 yildan ortiq foydalanilayotgan) kompyuter va chop etish texnikalarini bosqichma-bosqich yangilash.

2019-y.

birinchi chorak

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi

14.

Administratsiya boshqaruv xodimlarining har birini Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasiga (lex.uz) himoyalangan aloqa kanali (VPN) orqali ulash.

2018-y. dekabr

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi

Adliya vazirligi

15.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi arxivi binosini bosqichma-bosqich kapital ta’mirlash.

2019-y.

Moliya-xo‘jalik departamenti

Toshkent shahar hokimligi

Moliya vazirligi

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Jamg‘arma mablag‘lari yetarli bo‘lmagan hollarda yetishmayotgan mablag‘larni qoplash Administratsiyaning asoslantirilgan hisob-kitoblari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Jamg‘armaga o‘tkazib beriladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
8. Mazkur Nizomning 5-bandi “g”, “d”, “e” va “j” kichik bandlarida ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mablag‘lar ajratish bo‘yicha qaror Administratsiya rahbari tomonidan tegishli tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining takliflari asosida qabul qilinadi.