29.08.1997 yildagi 463-I-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.09.2020
Hujjat 08.10.2013 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi va qator chora-tadbirlar ko‘rishni: “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunni joriy etishni (1992-yil); yangi o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklarini joriy etishni, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni; o‘quv yurtlarini attestatsiyadan o‘tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq ta’lim tizimi mazmunini tarkibiy qayta qurish va tubdan yangilash;
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartlari orqali sifatli ta’lim olish, shuningdek ta’lim va kasb-hunar jihatdan tayyorgarlikning shakllari va turlarini tanlashni, uzluksiz malaka oshirib borish, zarurat taqozo etsa, tegishli qayta tayyorgarlikdan o‘tish huquqini va keng imkoniyatlarini nazarda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga hamda mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.