LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni sug‘urta yo‘li bilan himoya qiluvchi Agentlikni tashkil qilish to‘g‘risida” gi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘zdehqonchiliksanoatbank”, “O‘ztadbirkorbank”, “O‘zsavdogarbank”, “Mevasabzavotbank”, Tadbirkorlar uyushmasi, Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar uyushmasi, Ishbilarmon xotin-qizlar uyushmasi tomonidan aksionerlik jamiyati shaklidagi “Madad” sug‘urta agentligi tashkil etiladi;
muassislar tomonidan ustav jamg‘armasi 10 million so‘m miqdorida e’lon qilingan bo‘lib, ulushlar quyidagicha taqsimlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
2. Agentlik boshqaruvining taklif etilayotgan tashkiliy tuzilmasi, markaziy apparati tuzilmasi hamda uning viloyat filiallari namunaviy tuzilmasi 1, 2 va 3-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes subyektlarini (shu jumladan kichik va o‘rta biznes korxonalari tomonidan olinadigan kreditlarni ta’minlash uchun qo‘yilgan garovlarni)sug‘urta qilish tartibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-maydagi 232-sonli qarori tahririda)
4. “Madad” agentligi biznes-fond bilan birgalikda qarzdorning mas’uliyatini sug‘urtalashga oid imtiyozli stavkani belgilasin.
5. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishning ahvoli hamda istiqbollari to‘g‘risidagi axborot-tahliliy materiallar bilan “Madad” agentligi ta’minlab tursinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Madad” agentligini ochiq turdagi aksionerlik jamiyati sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda agentlikning filiallari uchun tegishli xizmat xonalarini ajratib bersinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosarlari B.S. Hamidov va V.A. Chjen zimmasiga yuklansin. Ularga “Madad” agentligini tashkil etishga oid ta’sis yig‘ilishini tayyorlash va o‘tkazish topshirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
1. “Madad” agentligi kichik va o‘rta biznes korxonalariga kredit beruvchi bank bilan uzviy aloqada ishlaydi, takliflar va loyihalarni belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazishni, shuningdek, qarz oluvchilarga biznes-fond tomonidan kredit ajratilishida asos hisoblanadigan sug‘urta polisini berishni ta’minlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-maydagi 232-sonli qarori tahririda)
2. Tadbirkor hujjatlar paketi (Ustav, balans, loyihaning biznes-rejasi) bilan “madad” agentligiga murojaat qiladi.
3. “Madad” agentligi taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazadi va quyidagilarni o‘rganib chiqadi:
— loyihaning xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiqligi;
Ekspertiza natijalari agentlik Boshqaruviga ma’lum qilinadi, u sug‘urta kafolatini berishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida qaror chiqaradi. Boshqaruv qarori tadbirkorga yetkaziladi va u bilan sug‘urta shartnomasi tuziladi, shu shartnoma asosida sug‘urta polisi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tadbirkor sug‘urta shartnomasi asosida agentlikka sug‘urta to‘lovini o‘tkazadi. Agar tadbirkorda sug‘urta haqini to‘lashga mablag‘ bo‘lmasa, to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni kichik va o‘rta biznes korxonalariga kredit beruvchi bankdan kredit olganidan keyin amalga oshiradi.
Tadbirkor kredit mablag‘larni kichik va o‘rta biznes korxonalariga kredit beruvchi bankda rasmiylashtiradi va oladi. Kredit berishda sug‘urta polisi va kichik va o‘rta biznes korxonalariga kredit beruvchi bank bilan tadbirkor o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasi huquqiy asos hisoblanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-maydagi 232-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Kredit va sug‘urta shartnomalari amalda bo‘lgan davrda “Madad” agentligi ajratilgan va sug‘urtalangan kreditdan maqsadli foydalanilayotganligini tekshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Kredit shartnomasining amalda bo‘lish muddati tugagandan keyin kredit yoki uning bir qismi to‘lanmay qolgan taqdirda “Madad” agentligi kichik va o‘rta biznes korxonalariga kredit beruvchi bank taqdimnomasi bo‘yicha sug‘urta holati boshlangani haqida Dalolatnoma tuzadi va 10 kun muddatda to‘lov topshirig‘i orqali tegishli mablag‘ni kichik va o‘rta biznes korxonalariga kredit beruvchi bankning hisob-kitob schyotiga o‘tkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-maydagi 232-sonli qarori tahririda)
7. Sug‘urta tovoni to‘langandan keyin (O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan) qarzni qarzdor tadbirkordan to‘langan mablag‘ doirasida undirib olish huquqi “Madad” agentligiga o‘tadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. “Madad” agentligining bosh tashkiloti bilan uning hududiy bo‘linmalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar:
— hududiy bo‘linmalar — filiallar to‘g‘risidagi nizom va bosh tashkilotdan olingan ishonchnoma asosida ish yuritadilar hamda o‘zlarining ishlab chiqarish faoliyatlari to‘g‘risida unga hisob beradilar;
— sug‘urta holati yuzaga kelgan taqdirda filiallar sug‘urta tovonini sug‘urta to‘lovlarini jamlash yo‘li bilan hosil qilingan o‘z mablag‘lari hisobidan to‘laydilar.
Filialning mablag‘lari yetmay qolgan taqdirda bosh tashkilot ushbu summani o‘zining sug‘urta fondidan to‘laydi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Mijoz, “Madad” agentligi va kichik va o‘rta biznes korxonalariga kredit beruvchi bank o‘rtasidagi o‘zaro munosabat sxemasi ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-maydagi 232-sonli qarori tahririda)