13.05.2020 yildagi 282-son
Hujjat 28.08.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoniga hamda “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4575-son qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlarni takomillashtirish, shuningdek, o‘simliklarning genetik resurslari bo‘yicha xalqaro standartlarni inobatga olgan holda mahalliy va xorijiy qishloq xo‘jaligi o‘simliklari turlarini genetik banklarda saqlash va muhofaza qilish texnologiyasini joriy qilish uchun Milliy genbankni yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 297-moddasiga hamda Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va texnik ko‘maklashish mablag‘larini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga muvofiq oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan xalqaro tashkilotlar grantlari doirasida chetdan olib kelinadigan qishloq xo‘jaligi texnikalari, agregatlari, mexanizmlari, ehtiyot qismlari va o‘quv-laboratoriya jihozlari belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi.

T/r

Nav sinash stansiyalari va uchastkalarining nomlanishi

Xodimlarning cheklangan soni

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

Xo‘jayli nav sinash stansiyasi

3

2.

Ellikqal’a nav sinash uchastkasi

2

3.

Nukus nav sinash uchastkasi

3

4.

Chimboy nav sinash uchastkasi

2

Andijon viloyati

5.

Oltinko‘l nav sinash stansiyasi

4

6.

Andijon nav sinash uchastkasi

3

7.

Qo‘rg‘ontepa nav sinash uchastkasi

2

8.

Shahrixon nav sinash uchastkasi

2

9.

Xo‘jaobod nav sinash uchastkasi

2

Buxoro viloyati

10.

Buxoro nav sinash stansiyasi

3

11.

Vobkent nav sinash uchastkasi

2

12.

Qorako‘l nav sinash uchastkasi

3

13.

G‘ijduvon nav sinash uchastkasi

3

Jizzax viloyati

14.

Jizzax nav sinash stansiyasi

2

15.

G‘allaorol nav sinash uchastkasi

3

16.

Zomin nav sinash uchastkasi

2

17.

Paxtakor nav sinash uchastkasi

2

Qashqadaryo viloyati

18.

Shahrisabz nav sinash stansiyasi

4

19.

Qarshi nav sinash uchastkasi

2

20.

Qamashi nav sinash uchastkasi

3

21.

Mirishkor nav sinash uchastkasi

3

Navoiy viloyati

22.

Xatirchi nav sinash stansiyasi

4

23.

Qiziltepa nav sinash uchastkasi

2

24.

Navbahor nav sinash uchastkasi

2

Namangan viloyati

25.

Uychi nav sinash stansiyasi

3

26.

Mingbuloq nav sinash uchastkasi

4

27.

Namangan nav sinash uchastkasi

2

Samarqand viloyati

28.

Samarqand nav sinash stansiyasi

4

29.

Kattaqo‘rg‘on nav sinash uchastkasi

3

30.

Nurobod-cho‘l nav sinash uchastkasi

2

31.

Nurobod nav sinash uchastkasi

2

32.

Urgut nav sinash uchastkasi

2

Surxondaryo viloyati

33.

Termiz nav sinash stansiyasi

3

34.

Denov nav sinash uchastkasi

3

35.

Denov-mo‘tadil nav sinash uchastkasi

3

36.

Sherobod nav sinash uchastkasi

3

Sirdaryo viloyati

37.

Boyovut nav sinash stansiyasi

3

38.

Oqoltin nav sinash uchastkasi

3

39.

Sirdaryo-don nav sinash uchastkasi

2

Toshkent viloyati

40.

Chinoz nav sinash stansiyasi

4

41.

Quyichirchiq nav sinash uchastkasi

2

42.

�skent nav sinash uchastkasi

3

43.

O‘rtachirchiq nav sinash uchastkasi

3

44.

Yuqorichirchiq nav sinash uchastkasi

3

45.

Ohangaron nav sinash uchastkasi

2

46.

Bo‘stonliq nav sinash uchastkasi

2

47.

Toshkent nav sinash uchastkasi

4

Farg‘ona viloyati

48.

Qo‘shtepa nav sinash stansiyasi

3

49.

Beshariq nav sinash uchastkasi

2

50.

Bag‘dod nav sinash uchastkasi

3

51.

Farg‘ona nav sinash uchastkasi

2

52.

Vodil nav sinash uchastkasi

2

Xorazm viloyati

53.

Xiva nav sinash stansiyasi

4

54.

Gurlan nav sinash uchastkasi

3

55.

Urganch nav sinash uchastkasi

2

Toshkent shahar

56.

Toshkent paxta tolasi texnologiya laboratoriyasi

15

57.

Toshkent kimyo texnologiya laboratoriyasi

8

Jami:

172

T/r

Tadbirning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmlari

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari va duragaylari sinovi sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlarni takomillashtirish, sinovlarni xorijiy andozalari darajasiga ko‘tarish

1.

O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestrini yuritish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2020-yil 20-noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Adliya vazirligi

2.

O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestriga yangi nav va duragaylarni kiritish va undan chiqarish bo‘yicha ekspert komissiyasi faoliyati tartibini tasdiqlash.

Qishloq xo‘jaligi vazirining buyrug‘i

2020-yil 15-iyun

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

3.

Soha tarmoqlari bo‘yicha yetakchi xorijiy davlatlarning markazlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 — 2030-yillarda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

4.

O‘simliklarning yangi navlarini muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro ittifoq (UPOV)ning milliy seminarlari, shuningdek, MDH davlatlarining qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazlari ishtirokida o‘tkaziladigan “dalakunlari” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasining vakillari ishtirokini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Intelektual mulk agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi

5.

O‘simliklar seleksiya yutuqlarining patentga layoqatliligini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha xalqaro ittifoq (UPOV) qo‘llanmasi asosida qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash ishlarini tashkil qilish hamda ilg‘or xorijiy tajribani tatbiq etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Intelektual mulk agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi

6.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari yangi navlarini sinash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini ishlab chiqish.

Qishloq xo‘jaligi vazirligining buyrug‘i

2020-yil 1-iyul

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

7.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi tizimidagi nav sinash stansiyalari va uchastkalarining yo‘nalishlarini belgilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 15-iyun

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

8.

O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestriga kiritilgan yangi nav va duragaylarning ko‘rgazmali ishlab chiqarish sinovlarini tashkil etish hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish orqali fermer, dehqon xo‘jaliklari va agroklasterlarda yangi nav va duragaylarni tanlab olish imkoniyatini oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

II. Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiya yutuqlarining patentga layoqatliligini ekspertizadan o‘tkazishni rivojantirish

9.

O‘simliklarning yangi navlarini muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro ittifoq (UPOV)ning bosh qarorgohidan mutaxassislar jalb qilish va seleksiya yutuqlarining patentga layoqatliligini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil mart

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Intelektual mulk agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi

10.

Davlat dasturidagi grant mablag‘lari hisobiga O‘simliklarning yangi navlarini muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro ittifoq (UPOV)ning qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini huquqiy muhofaza qilish o‘tkazishga doir uslubiy qo‘llanmalarinidavlat tiliga tarjima qilish va chop etishni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil mart

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Intelektual mulk agentligi,

Fanlar akademiyasi

III. Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari sinovining resurstejamkor va innovatsion texnologiyalar asosida o‘tkazilishini bosqichma-bosqich joriy etish

11.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalarida konkurs va ishlab chiqarish sinovlarini resurs tejamkor texnologiyalar asosida o‘tkazilishini tashkil etish.

Kompleks

chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

12.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash ishlarini yopiq maydonlarda amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari hamda texnik ko‘mak mablag‘larini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasining 5 ta mintaqasida issiqxonalar barpo etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi

13.

Mahalliy va chet eldan keltirilgan nav va duragaylarning konkurs sinovlarini olib borish davomida qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatlarini ilmiy asoslagan holda bosqichma-bosqich boyitib borish choralarini ko‘rish.

Kompleks chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Fanlar akademiyasi

IV. Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalariga ajratilgan yerlardan samarali foydalanish

14.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalarining ekin yerlaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligi va qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish uchun ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimini joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Davyergeodezkadastr qo‘mitasi

15.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalarining ekin yer maydonlaridan samarali foydalanishni nazorat qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

V. Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

16.

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlarini jalb etgan holda Markaz va uning tizimidagi qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalari binolarini ta’mirlash hamda binosi mavjud bo‘lmagan nav sinash stansiyalari va uchastkalari uchun bino qurish va jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davyergeodezkadastr qo‘mitasi,

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi

17.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalarini qishloq xo‘jaligi texnikalari, shuningdek, zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 — 2022-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Moliya vazirligi

18.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 — 2022-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

VI. Sohani malakali kadrlar bilan butlash hamda xodimlarni moddiy rag‘batlantirishni yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish

19.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi hamda uning tizimidagi nav sinash stansiyalari va uchastkalarini zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan butlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 15-iyun

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

20.

Toshkent davlat a�rar universiteti va uning filiallarida hamda boshqa oliy ta’lim muassasalarda urug‘chilik va urug‘shunoslik kafedralarida tahsil oluvchi iqtidorli talabalarni qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash sohasiga qiziqtirish, “ustoz-shogird” tizimini yo‘lga qo‘yish va ularni kelgusida sohaga jalb etish ishlarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 o‘quv yilidan boshlab

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligi

21.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi xodimlariga arzon uy-joylar qurish uchun qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yer maydoni hamda tijorat banklarining uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlarini ajratish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 15-dekabr

Toshkent viloyati h�kimligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Davyergeodezkadastr qo‘mitasi,

respublika tijorat banklari

VII. Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetik resurslari sohasida O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish hamda uning texnik bazasini mustahkamlash

22.

O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutning Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetik resurslari Milliy genbanki faoliyati samaradorligini oshirish va genetik resurslarni saqlash sharoitlarini yaxshilash maqsadida xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari hamda texnik ko‘mak mablag‘larini jalb etgan holda yangi zamonaviy va xalqaro talablarga javob beradigan bino va maxsus (fitopatologiya va entomologiya, qishloq xo‘jaligi ekinlari kolleksiya namunalariga texnologik baho berish hamda mikrovinochilik) laboratoriyalarni loyihalash, qurish va jihozlash ishlarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 — 2022-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Moliya vazirligi,

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi,

“O‘zstandart” agentligi,

Toshkent viloyati hokimligi

23.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining jahon genofondidan foydalangan holda o‘simliklarda tashqi muhitning noqulay omillariga chidamlilikni shakllanishi qonuniyatlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan fundamental va amaliy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Fanlar akademiyasi

24.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari kolleksiya namunalarining dala tajribalarini o‘tkazish uchun institutning mashina-traktor parkini yangi qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta�minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Moliya vazirligi

25.

Ilg‘or xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan, dolzarb ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqotlar olib borish hamda sohaga doir ilmiy davra suhbatlari, seminarlar va konferensiyalarni tashkil etish, yosh olimlarni jalb etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

Keyingi tahrirga qarang.