29.04.2020 yildagi PF-5987-son
Hujjat 30.04.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Qabul tizimini takomillashtirish hamda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar

1.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagilarni nazarda tutgan holda TDYU magistraturasiga qabul qilish tartibini belgilash:

TDYU magistraturasiga kirish imtihonlarini Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari shaklida tashkil etish;

bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega shaxslar, shu jumladan tegishli davlat organi birinchi rahbarining tavsiyasi asosida bazaviy oliy yuridik �a’lumot hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlarida yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbar xodimlar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda TDYU magistraturasida masofaviy, sirtqi va kechki o‘qitish dasturlarini joriy etish;

“yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatni imtiyozli tugatgan talabalarni TDYU magistraturasiga kirish test sinovlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida, o‘qish qiymatining 50 foizini to‘lab, qabul parametrlaridan tashqari, o‘qishni tugatgandan so‘ng TDYU, yuridik fakultetlar va TDYU qoshidagi akademik litseyda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda qabul qilish tartibini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2020-yil iyul

Davlat test markazi,

TDYU

2.

TDYUda o‘qitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlarini takomillashtirish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2020-yil sentyabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

3.

Yuqori kurs talabalari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni, shuningdek, stajirovkani o‘tash tartibini takomillashtirish orqali:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ta’lim va amaliyotning uzviy bog‘liqligini;

talabalarni qiziqishi, intilishi va qobiliyatini e’tiborga olgan holda keyinchalik ishga joylashishi uchun professional yo‘naltirishni ta’minlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, TDYU

4.

Elektron hujjat almashinuviga o‘tish va o‘quv jarayonini raqamla�tirish, shu jumladan mashg‘ulotlar jadvalini shakllantirish, imtihonlarni o‘tkazish, baholash, talabalar reytingini shakllantirish va h. k. joriy etishni nazarda tutuvchi “Elektron universitet” (E-University) loyihasini amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil dekabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

5.

O‘zlashtirish darajasi 71 foizdan past bo‘lgan alohida toifadagi talabalar uchun maxsus fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasi topshirish mexanizmini joriy etish bilan bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash va himoya qilish talablarini qayta ko‘rib chiqish.

TDYU Kengashi qarori

2020-yil sentyabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

6.

O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tilganligini hisobga olgan holda TDYU xodimlari bazaviy maoshlariga ustamalar va boshqa moddiy rag‘batlantirish turlari, miqdorlari va mezonlarini qayta ko‘rib chiqish.

Rektor buyrug‘i,

tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

iyun

TDYU,

Adliya vazirligi

II. Korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari

7.

Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturini tasdiqlash.

TDYU Kengashi qarori

2020-yil iyul

TDYU,

Adliya vazirligi

8.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha komissiyani tuzish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil iyul

TDYU,

Adliya vazirligi

9.

Xodimlar va talabalar (o‘quvchilar)ning Odob-axloq kodeksini qabul qilish.

TDYU Kengashi qarori

2020-yil iyul

TDYU,

Adliya vazirligi

10.

ISO 9001 — Sifat menejmenti tizimi va ISO 37001 — Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi xalqaro standartlariga TDYU mos kelishini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

TDYU,

Adliya vazirligi

11.

Korrupsiya faktlari haqidagi ma’lumotlarni qabul qilish bo‘yicha qayta aloqa tizimini yaratish, talabalar o‘rtasida korrupsiya masalalari bo‘yicha tizimli asosda so‘rovlar o‘tkazib borish va ularning natijalari bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, imtihon jarayoni ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil oktyabr

TDYU,

Adliya vazirligi

III. O‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash

12.

Xorijiy olim va mutaxassislarni jalb qilgan holda chuqurlashtirilgan o‘qitishni amalga oshirish uchun chet tillarida ta’lim beriladigan maxsus akademik guruhlar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentyabr

TDYU

13.

TDYU o‘quv va ilmiy tarkibiy bo‘linmalarini zamonaviy ta’lim shakl va uslublarini egallagan, halol, vijdonli va malakali ilmiy-pedagogik kadrlar bilan to‘ldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

avgust,

doimiy

TDYU

14.

Fanlarni tanlash imkoniyatini ta’minlagan holda ECTS Yevropa kredit tizimini (European Credit Transfer and Accumulation System) joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil sentyabr

TDYU,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

15.

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida amaldagi va yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish, shuni�gdek, tegishli magistratura mutaxassisliklarini yangi avlod yuridik kadrlarini tayyorlashning zamonaviy talablaridan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil sentyabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

16.

Zamonaviy texnologiyalar va interaktiv ta’lim uslublarini (E-Minbar elektron platformasi), talabalaring mustaqil o‘quv va amaliy faoliyati (keys-stadi, kouching va h. k. )ni rivojlantirish orqali amaliyot o‘tash, shuningdek o‘qituvchi va talabaning o‘zaro masofaviy hamkorligini (vebinar texnologiyalar) ta’minlashga, ularda innovatsion va tahliliy fikrlashni rivojlantirishga mo‘ljallangan modulli, obyektga yo‘naltirilgan va dinamik ta’lim muhitini (Moodle) keng joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentyabr

TDYU,

A�liya vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

17.

Amaliyotga yo‘naltirilgan va munozarali mashg‘ulotlar o‘tkazishni kuchaytirish, tanqidiy fikrlash va notiqlik san’atini rivojlantirishni ta’minlovchi laboratoriya va kovorking (coworking) markazlarni tashkil etish orqali o‘quv-uslubiy bazani mustahkamlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentyabr

TDYU

18.

Yurisprudensiyada yangi axborot texnologiyalari va tizimlarini ishlab chiqish va tatbiq etish maqsadida Legal Tech laboratoriyasini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentyabr

TDYU

19.

Xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ishlovchi vatandoshlarimiz bilan aloqalar o‘rnatish va ular bilan amaliy hamkorlik tizimini joriy etish, ularni TDYUda o‘quv tadbirlarini o‘tkazish hamda TDYU manfaatlarini xalqaro maydonda ilgari surishga jalb etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil sentyabr,

doimiy

TDYU,

Adliya vazirligi,

“El-yurt umidi” jamg‘armasi,

Tashqi ishlar vazirligi

20.

Quyidagilar orqali ta’lim jarayoni va ilm-fanning huquqni qo‘llash amaliyoti bilan uzviy integratsiyasini ta’minlash:

statistika, arxiv va boshqa ma’lumotlardan (qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan ma’lumotlar bundan mustasno) fodalanishga ruxsat bergan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar va boshqa tashkilotlarda kafedralar tashkil etish;

ta’lim tadbirlarini real vaqt rejimida o‘tkazish imkonini beruvchi videokonferensaloqa tizimiga ulanish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil sentyabr

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

boshqa davlat organlari,

TDYU

21.

Ijtimoiy yo‘naltirilgan yuridik klinika faoliyatini (Pro bono) va talabalar klinik ta’limini rivojlantirish, shuningdek, “Street Law” loyihasini faol amalga oshirish.

Yuridik klinika uchun trening materiallari to‘plamini ishlab chiqish, yuridik yordamning dolzarb masalalari bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil yanvar

TDYU,

Adliya vazirligi

22.

Yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari turkumini amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarni inobatga olib, xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlash, shuningdek, axborot-resurs markazi fondini quyidagilarni nazarda tutgan holda muntazam yangilab borish:

o‘quv, ilmiy va uslubiy adabiyotlar mualliflari uchun munosib moddiy rag‘bat va talab etiladigan sharoitlar yaratish;

TDYU daromadlar va xarajatlar smetasida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy va uslubiy adabiyotlar tayyorlash, tarjima qilish va nashr etish, shuningdek, mualliflar mehnatini rag‘batlantirishga mablag‘lar ajratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil dekabr,

doimiy

TDYU,

Adliya vazirligi

23.

Masofaviy, sirtqi va kechki o‘qitish shaklini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentyabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

24.

Quyidagilar orqali qo‘shimcha moliyaviy tushumlar jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish:

tayyorlov va qisqa muddatli kurslar, shuningdek yozgi va qishki maktablar tashkil etish, shu jumladan chet el fuqarolari uchun;

eng yuqori talabga ega bo‘lgan xorijiy tillar bo‘yicha qisqa muddatli til o‘rganish kurslari tashkil etish;

er va zarur binolarni ajratilishini nazarda tutgan holda, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida TDYU huzurida maktabgacha va umumta’lim muassasalarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-2024-yillar

TDYU,

Toshkent shahar hokimligi,

Adliya vazirligi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi

25.

Toshkent shahrida o‘quv jarayonini innovatsion infratuzilma bilan qamrab olgan zamonaviy TDYU kampusini qurish imkoniyatini o‘rganib, asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil iyul

Toshkent shahar hokimligi, Qurilish vazirligi,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Moliya vazirligi,

TDYU

26.

Toshkent shahri hududida tegishli yer uchastkasi ajratib, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida ikkita ko‘p qavatli uylar qurish orqali TDYU, adliya organlari va muassasalari xodimlari uy-joy sharoitlarini yaxshilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil may

Adliya vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi,

Moliya vazirligi,

Qurilish vazirligi,

TDYU

IV. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning sifatini oshirish

27.

“TSUL Legal Report” taqriz beriladigan talabalar yuridik jurnalini ta’sis etish hamda uning qog‘oz va elektron shaklda tizimli ravishda nashr etilishini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

iyul

Adliya vazirligi,

TDYU

28.

TDYUni 2030-yilgacha xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish, shuningdek, uning milliy reytingdagi o‘rnini yuksaltirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil

iyul

TDYU

29.

Huquq sohasidagi xalqaro ma’lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash (LexisNexis, WestLaw, JStore va boshqalar).

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

dekabr

TDYU

30.

Kafedralar ixtisosligi bo‘yicha talabalar va yosh olimlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish maqsadida ilmiy maktab va to‘garaklarni, shuningdek “Yosh olimlar klubi” (Young Scholars Club)ni tashkil etish hamda keyinchalik eng iqtidorli yosh olimlarni xorijiy davlatlarga o‘qishga va stajirovkaga yuborish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

avgust,

doimiy

TDYU,

Adliya vazirligi

31.

TDYUda quyidagi huquqlarni taqdim qilishni nazarda tutgan holda, yuridik fanlarning barcha ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy darajalar berish bo‘yicha ilmiy kengashlarni tashkil etish:

rektorga — ilmiy kengashlar tarkibiga jalb etilgan yuqori malakali mutaxassislarni moddiy rag‘batlantirishni amalga oshirish;

ilmiy kengashlarga — dissertatsiyalarni ularning rasmiy himoyasiga qadar maxsus, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to�onidan foydalaniladigan elektron dasturlar yordamida, plagiat holatlari mavjudligi yuzasidan dastlabki tekshiruvdan o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil yanvar

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi,

TDYU,

Adliya vazirligi

32.

Huquqni qo‘llashning tizimli muammolarini oldindan prognozlash, aniqlash va bartaraf etishga, shu jumladan yuridik xizmat iste’molchilari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatishga imkon beradigan TDYU ilmiy-innovatsion markazi yordamida samarali faoliyat ko‘rsatadigan “ilmiy-innovatsion markaz — kafedra — ishlab chiqarish” triadasini yaratish orqali “University 3. 0” konsepsiyasini amalga oshirish uchun “Forsayt-prognozlash” innovatsion tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentyabr

TDYU,

Adliya vazirligi

33.

TDYU jurnallarining xalqaro miqyosdagi mavqeyini ko‘tarish maqsadida ularni yetakchi ilmiy bazalar (RINS, DOI, Scopus)ga bosqichma-bosqich kiritish, shuningdek, jurnallarning alohida sonlarini xorijiy davlatlardagi nufuzli ilmiy yuridik jurnallar bilan hamkorlikda nashr ettirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

noyabr

TDYU

V. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

34.

“Ikki tomonlama diplom” taqdim etishni nazarda tutuvchi qo‘shma ta’lim dasturlari (double degree)ni joriy etish, xorijiy oliy ta’lim muassasalariga doktoranturaga yuborish, shuningdek yetakchi chet el mutaxassislarini TDYu�da o‘tkaziladigan o‘quv va ilmiy tadbirlarga jalb etish orqali xalqaro hamkorlikni kengaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentyabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

35.

Chet el huquqini o‘rganish markazlarini tashkil etish maqsadida Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentyabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

36.

Milliy va xalqaro olimpiadalarni tashkil etish va o‘tkazish hamda xalqaro tanlovlarda (Willem C. Vis Moot Arbitration, Phillip C. Jessup International Law Moot Court Competition va boshqalar) talabalarning tizimli asosda ishtirok etishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil,

doimiy

TDYU,

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

37.

TDYUning xalqaro universitetlar assotsiatsiyasiga, shu jumladan Universitetlar buyuk xartiyasi, Universitetlar xalqaro assotsiatsiyasi, Yuridik maktablar xalqaro assotsiatsiyasi, Yevropa universitetlari assotsiatsiyasi va boshqalarga a’zo bo‘lishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

may

TDYU,

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

VI. Talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish

38.

Davlat va jamiyat oldida turgan muhim masalalarni hal qilish uchun mas’uliyatni zimmasiga oladigan vatanparvar, zamonaviy yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan beshta muhim tashabbusni amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil sentyabr

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, TDYU

39.

Yuridik ta’lim sohasidagi tarixiy meros, asosiy qadriyatlar va yutuqlarni saqlash, targ‘ib qilish va namoyish etishga qaratilgan TDYU muzeyini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

fevral

TDYU,

Adliya vazirligi,

Madaniyat vazirligi

40.

Vatanga xizmat qilishning eng yaxshi an’analari, tajribasi va vatanparvarlik tuyg‘ulari yordamida yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirishni o‘ziga maqsad qilgan TDYU Faxriylar kengashini tashkil etish.

Rektor buyrug‘i

2020-yil sentyabr

TDYU

41.

Chet ellik sayyohlarni jalb qilish va dunyo hamjamiyatida TDYUga qiziqishni oshirish uchun konseptual yangi ijtimoiy yo‘nalish “Student Ambassadors” tashkil qilish orqali milliy yuridik ta’limning jozibadorligini oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil may,

doimiy

TDYU, Adliya vazirligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Tashqi ishlar vazirligi

42.

TDYUda talaba yoshlarga biznes hamjamiyatining professional doirasiga kirish, korporatsiya ekspertlari va top menejerlari bilan suhbatlashish, shuningdek, kasbiy o‘sishga erishish imkoniyatini beradigan “Business Networking” uchun muhit yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

iyun

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

43.

O‘zbekistondagi yuridik ta’lim jozibadorligini oshirish maqsadida har yil adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylar mablag‘lari hisobidan Markaziy Osiyo davlatlari yuridik oliy ta’lim muassasalari talabalarining “Central Asia Law Congress” yuridik kongressini Toshkent shahrida tashkil etish va o‘tkazish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2021-yil may

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

TDYU

44.

TDYUda xayriya va bitiruvchilar assotsiatsiyasi (Alumni Association) mablag‘lari hisobidan TDYU faoliyatini moliyalashtirishning yangi manbai bo‘ladigan Maqsadli kapital fondini (Endowment Fund) tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

mart

TDYU Vasiylik kengashi,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

Ichki ishlar vazirligi

45.

Talabalar bilan tarbiyaviy ishlarda eskirgan kuratorlik institutidan voz kechish va innovatsion talablarga javob beradigan “tyutorlik” institutini joriy etishni nazarda tutgan holda tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

avgust

TDYU, Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Moliya vazirligi

46.

RFID texnologiyalaridan foydalangan holda TDYU Axborot-resurs markazi faoliyatida foydalanuvchilarga keng qamrovli elektron xizmatlarni taqdim etadigan zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil sentyabr

TDYU

VII. Faoliyatning tashkiliy asoslarini takomillashtirish

47.

TDYU yangi Ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Adliya vaziri buyrug‘i

2020-yil

iyul

Adliya vazirligi,

TDYU

48.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda TDYUning yangi tuzilmasinitasdiqlash:

kurs dekanatlari bazasida soha yo‘nalishlari bo‘yicha fakultetlarni tashkil etish va 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab talabalarni “yurisprudensiya” mutaxassisligining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriatga qabul qilish;

litsey va yuridik texnikumlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor lavozimini joriy etish, TDYU rektoriga mazkur prorektorga bir vaqtning o‘zida TDYU huzuridagi akademik litsey direktori vazifasini bajarishni yuklash huquqini berish;

jamoatchilik va OAV bilan aloqalar, ta’lim sifati ustidan nazorat, strategik rivojlanish va xalqaro reytinglarga kirish bo‘limlari, talabalarga xizmat ko‘rsatish va huquqiy tashabbus markazlari, shuningdek Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuzilmasida bo‘limlar tashkil etish;

TDYUga bakalavriat bosqichiga kirish sinovlari uchun huquqshunoslik fanlari bo‘yicha test sinovlari bazasini shakllantirish.

Rektor buyrug‘i

2020-yil

avgust

2020-yil dekabr

TDYU,

Adliya vazirligi

TDYU,

Davlat test markazi

49.

TDYU huzurida Mediatsiya va nizolarni muqobil usullarda hal etish markazini tashkil etish va uning asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilash:

fuqarolik munosabatlari, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq nizolar, shuningdek, mehnat, oila va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni mediatsiya tartibida yuritish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;

turli yuridik mutaxassisliklar vakillarining mediatsiya hamda nizolarni hal etishning boshqa muqobil usullari sohasidagi yangi bilimlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish;

nizolarni va boshqa nizoli holatlarni muqobil usullar yordamida hal etishning tartib-taomillari yuzasidan trening, seminar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;

TDYU huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida mediatorlarni tayyorlash dasturi asosida maxsus o‘quv kurslarini tashkil qilish.

Rektor buyrug‘i

2021-yil fevral

TDYU,

Adliya vazirligi

50.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda TDYU huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi faoliyatini takomillashtirish:

xalq ta’limi, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lmagan oliy ma’lumotli pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish;

masofaviy o‘qitish shaklini, xususan oliy ma’lumotga ega shaxslar uchun yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2020-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Moliya vazirligi,

TDYU

51.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda TDYUning ma’muriy-boshqaruv, o‘quv-yordamchi, muhandislik-texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa xodimlarini, shuningdek, yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseyning pedagogik va o‘quv-yordamchi xodimlarini attestatsiyasini o‘tkazish hamdaularnizamonaviy talablarga javob beradigan, yuqori malakali, kasbiy tayyorgarlikka va axloqiy me’yorlarga ega kadrlar bilan to‘ldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil mart — avgust

TDYU,

Adliya vazirligi

52.

TDYU va “yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalarini ixtiyoriylik asosida birlashtiradigan yosh yuristlar jamoat birlashmasini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil iyul

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

TDYU

53.

Universitet rahbariyati va boshqa vakolatli organlarining talabalar va xodimlar huquqlariga taalluqli barcha qarorlari muhokamasida ishtirok etish orqali universitet rahbariyati va mas’ul shaxslari o‘rtasida vujudga keladigan nizoli vaziyatlarni hal etishga tezkor ravishda ko‘maklashadigan TDYU ombudsmani institutini (universitet ombudsmani ofisi) joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil dekabr

TDYU

54.

TDYU o‘quv jarayoniga masofaviy o‘qitish platformasini joriy etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish va universitetni zarur uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-ta�birlar

2021-yil

avgust

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, TDYU

55.

TDYU professor-o‘qituvchilari va xodimlarining rasmiy xizmat safarlari, chet ellik hamkorlar bilan birgalikda o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishi va xorijiy o‘qituvchilar, mutaxassislar va talabalarni TDYU o‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayoniga jalb qilishni Adliya vazirligi bilan oldindan kelishish tartibi o‘rniga xabardor qilish tartibini joriy etish.

Adliya vaziri

buyrug‘i

2020-yil

avgust

Adliya vazirligi,

TDYU

56.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi TDYUning yangi imidjini shakllantirish:

TDYUning o‘ziga xos ko‘rinishi va brendbukini yaratish;

yangi ramzlarni tasdiqlash (logotip, bayroq va boshqalar);

prospektlar, turli broshyuralar, flayerlar va esdalik sovg‘alarini ishlab chiqish va nashr etish;

TDYU rasmiy veb-saytini xalqaro standartlar asosida modernizatsiya qilish;

jamoatchilik bilan aloqalarni jadallashtirish va TDYU to‘g‘risidagi obyektiv ma’lumotlarni yetkazish.

TDYU rektori buyrug‘i

2021-yil yanvar

TDYU

VIII. Yuridik texnikumlar va akademik litsey faoliyatini takomillashtirish

57.

Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar bo‘yicha takliflar kiritish:

TDYU huzuridagi akademik litsey faoliyatini “litsey — universitet” ta’limning uzluksizligi tizimini ta’minlash orqali o‘quv jarayonining sifatini keskin oshirish, litseyga o‘qishga qabul qilish va ta’lim jarayonini tashkil etish hamda litsey bitiruvchilarini TDYUga o‘qishga qabul qilish tartibini belgilash, shuningdek, xodimlarni, shu jumladan to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlarini nazarda tutgan holda takomillashtirish;

yuridik texnikumlar faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan professional yuridik ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish hamda yuridik texnikumlar, TDYU va Adliya vazirligiga yuridik texnikumlarning o‘quv-metodik jarayoni va faoliyatini moliyalashtirish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qilishda, yuridik texnikumlar xodimlarini rag‘batlantirish choralarini ko‘rishda mustaqillik berish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2020-yil dekabr

Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, TDYU

3-bandi, shuningdek 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
5-bandning birinchi xatboshisidan “2-ilovaga muvofiq tarkibda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
8-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a” kichik bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a” kichik bandi oltinchi xatboshisida “2020/2021” raqamlari “2021/2022” raqamlarga almashtirilsin;
“b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“v” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 8-ilovaning 19 va 20-pozitsiyalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 10-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.