Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida

1-ILOVA
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Loyihani dastlabki baholash tartibi

3-bob. DXSh loyihasini tashabbus qilish

4-bob. DXSh loyihasining konsepsiyasini va loyihani baholash hujjatini tayyorlash tartibi

5-bob. DXSh loyihasining konsepsiyasini davlat tashabbuskori tomonidan tayyorlash tartibi

6-bob. DXSh loyihasining konsepsiyasini xususiy tashabbuskor tomonidan tayyorlash tartibi

7-bob. Davlat xususiy-sheriklik to‘g‘risidagi bitimni tuzish huquqi uchun tender hujjatlari

8-bob. Tender komissiyasi

9-bob. Xususiy sherikni tanlash tartibi

10-bob. Tender g‘olibi bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzish

11-bob. To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish tartibi

12-bob. DXSh loyihalarining reyestrini yuritish

13-bob. DXSh loyihalari bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarini (tariflarini) belgilash tartibi

14-bob. DXSh loyihalari amalga oshirilishini monitoring qilish va hisobotni taqdim etish tartibi

15-bob. Yakunlovchi qoidalar

2-ILOVA
Loyihani baholash hujjati

3-ILOVA
Davlat sherigi tomonidan DXSh loyihalarini tashabbus qilish, ishlab chiqish, ko‘rib chiqish, xususiy sherikni tanlash, DXSh loyihasining reyestrini yuritish SXEMASI

4-ILOVA
Xususiy tashabbuskor tomonidan DXSh loyihalarini tashabbus qilish, ishlab chiqish, ko‘rib chiqish, xususiy sherikni tanlash, DXSh loyihasining reyestrini yuritish SXEMASI

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatininig ayrim qarorlariga kiritilayetgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

Hujjat 27.04.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat-xususiy sheriklik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
11. Davlat tashabbuskori yoki xususiy tashabbuskor tomonidan mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda DXSh loyihasining konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
12. Davlat tashabbuskori yoki xususiy tashabbuskor tomonidan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda loyihani baholash hujjatini (keyingi o‘rinlarda — LBH) ishlab chiqadi.
Agar davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi e’lon qilingan paytdan e’tiboran qirq besh kalendar kun ichida potensial davlat sherigiga biror-bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan o‘zining manfaatdorligini ma’lum qilmasa, potensial davlat sherigi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunining 25-moddasiga muvofiq davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish haqida qaror qabul qiladi va xususiy tashabbuskor bilan muzokaralarni o‘tkazishga kirishadi, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim loyihasini vakolatli davlat organi bilan kelishadi va davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim loyihasi vakolatli davlat organi bilan kelishib olingan kundan e’tiboran oltmish kun ichida xususiy tashabbuskor bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida tender o‘tkazmagan holda bitim tuzadi.
Mazkur bandning uchinchi xatboshidagi mezon DXSh loyihasini amalga oshirishning zarur sharti hisoblangan intellektual faoliyat natijalariga doir mutlaq bo‘lmagan huquqlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
59. Agar davlat sherigi mazkur Nizomning 57-bandida ko‘rsatilgan hollar bo‘yicha DXSh to‘g‘risidagi bitim tuzishni taklif qilsa, ushbu loyihaning konsepsiyasini va LBHni xususiy sherik bilan birga ishlab chiqadi va loyihaning konsepsiyasi belgilangan tartibda davlat sherigi yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
60. DXSh loyihasi konsepsiyasi tasdiqlangandan so‘ng hamda DXSh to‘g‘risidagi bitim tuzilishidan oldin ushbu loyihaning mazkur Nizomning 57-bandiga muvofiqligini davlat sherigi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va vakolatli davlat organi tomonidan o‘rganib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 147-moddasida nazarda tutilgan xarajatlar, tasdiqlanadigan narxni (tarifni) shakllantirishda xarajatlarda hisobga olinmaydi, yuqori organlar va xo‘jalik yurituvchi subyekt birlashmasi ta’minotiga ajratmalar bo‘yicha xarajatlar bundan mustasno.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddati

1-bosqich

Davlat sherigi

1. Ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib dastlabki baholash tartibi asosida loyihalarni tanlaydi.
2. DXSh loyihasining konsepsiyasini va loyihani baholash hujjatini (LBH) ishlab chiqadi.
3. Umumiy qiymati bir million AQSh dollariga qadar bo‘lgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasi va LBH mustaqil ravishda tasdiqlaydi.
4. Umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasi va LBH vakolatli davlat organiga kelishish uchun taqdim qiladi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Vakolatli davlat organi

1. Davlat sherigi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasini ko‘rib chiqadi, kelishadi, rad etadi yoki maromiga yetkazish uchun qaytaradi.
2. Davlat sherigi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati o‘n million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasi kelishilgandan so‘ng,Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.

10 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Vakolatli davlat organi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati o‘n million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasini ko‘rib chiqadi va ma’qullaydi, rad etadi yoki maromiga yetkazish uchun qaytaradi.

10 kalendar kuni mobaynida

4-bosqich

Davlat sherigi

Umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi tasdiqlangan DXSh loyihasining konsepsiyasi asosida tender hujjatlarini va DXSh to‘g‘risidagi bitim loyihasini tayyorlaydi hamda vakolatli davlat organiga kelishish uchun kiritadi.

Loyiha murakkabligidan kelib chiqqan holda

5-bosqich

Vakolatli davlat organi

Tender hujjatlari va DXSh to‘g‘risidagi bitim loyihasini kelishadi va davlat sherigiga qaytaradi.

10 kalendar kuni mobaynida

6-bosqich

Davlat sherigi

1. Vakolatli davlat organi bilan kelishilgan tender hujjatlari va DXSh to‘g‘risidagi bitim loyihasini tasdiqlaydi va rasmiy veb-saytlarda hamda boshqa maxsus veb-saytlarda tender e’lon qilinadi.
2. Tender komissiyasi tarkibinishakllantiradi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.

3 ish kuni mobaynida

7-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Davlat sherigi tomonidan taqdim qilingan tender komissiyasi tarkibini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi

10 kalendar kuni mobaynida

8-bosqich

Tender komissiyasi

Bir bosqichli tender o‘tkazish jarayonida talabgorlarning texnikaviy taklif va tijorat (moliyaviy) takliflarini ko‘rib chiqadi hamda baholaydi.

30 kalendar kunidan kam bo‘lmagan muddatda

Ikki bosqichli tender o‘tkazish jarayonida talabgorlarni dastlabki malakalashdan o‘tkazadi, ularning texnikaviy taklif va tijorat (moliyaviy) takliflarini ko‘rib chiqadi hamda baholaydi.

45 kalendar kunidan kam bo‘lmagan muddatda

9-bosqich

Davlat sherigi va tender g‘olibi yoki zaxiradagi g‘olib

Tender natajalari bo‘yicha aniqlangan tender g‘olibi yoki zaxiradagi g‘olib bilan DXShto‘g‘risidagi bitim imzolanadi va loyihani amalga oshirish boshlanadi.

10 kalendar kuni mobaynida

10-bosqich

Davlat sherigi

Imzolangan DXSh to‘g‘risidagi bitim, DXSh loyihasi konsepsiyasi va LBH vakolatli davlat organiga DXSh loyihalarining reyestriga kiritish uchun taqdim qiladi.

3 kalendar kuni mobaynida

11-bosqich

Vakolatli davlat organi

DXSh to‘g‘risidagi bitim, DXSh loyihasi konsepsiyasi va LBH reyestrga kiritiladi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

3 ish kuni mobaynida

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan vazifalar

Muddati

1-bosqich

Xususiy tashabbuskor

1. Ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, loyihalarni tanlaydi.
2. DXSh loyihasining konsepsiyasini va loyihani baholash hujjatini (LBH) ishlab chiqadi.
3. DXSh loyihasining konsepsiyasi va LBH kelishi uchun potensial davlat sherigiga taqdim etadi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Potensial davlat sherigi

1. Xususiy tashabbuskor tomonidan taklif etilayotgan DXSh loyihasining konsepsiyasi va LBH ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risidagi qarorni o‘ttiz kalendar kuni mobaynida qabul qiladi va bu haqda xususiy tashabbuskorni xabardor qiladi.
2. Umumiy qiymati bir million AQSh dollariga qadar bo‘lgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasi va LBH mustaqil ravishda tasdiqlaydi.
3. Umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasi va LBH vakolatli davlat organiga kelishish uchun taqdim qiladi.

30 kalendar kuni mobaynida

3-bosqich

Vakolatli davlat organi

1. Potensial davlat sherigi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasini ko‘rib chiqadi, kelishadi, rad etadi yoki maromiga yetkazish uchun qaytaradi.
2. Potensial davlat sherigi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati o‘n million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasi kelishilgandan so‘ng, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.

10 kalendar kuni mobaynida

4-bosqich

Potensial davlat sherigi

Umumiy qiymati o‘n million AQSh dollariga qadar bo‘lgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasi vakolatli davlat organi bilan kelishilgandan so‘ng, tasdiqlaydi.

5 kalendar kuni mobaynida

5-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Vakolatli davlat organi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati o‘n million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasini ko‘rib chiqadi va ma’qullaydi, rad etadi yoki maromiga yetkazish uchun qaytaradi.

10 kalendar kuni mobaynida

6-bosqich

Potensial davlat sherigi

DXSh loyihasining konsepsiyasi tasdiqlangan taqdirda, boshqa talabgorlarga DXSh loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifini o‘zining rasmiy veb-saytida, vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida va boshqa maxsus veb-saytlarda e’lon qiladi.

45 kalendar kuni mobaynida

DXSh loyihasining konsepsiyasi e’lon qilingan paytdan e’tiboran qirq besh kalendar kun ichida biror-bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs DXSh loyihasini amalga oshirishdan o‘zining manfaatdorligini ma’lum qilmasa, DXSh amalga oshirish haqida qaror qabul qiladi va xususiy tashabbuskor bilan muzokaralarni o‘tkazishga kirishadi, DXSh to‘g‘risidagi bitim loyihasini vakolatli davlat organi bilan kelishadi va xususiy tashabbuskor bilan DXSh to‘g‘risida tender o‘tkazmagan holda bitim tuzadi.

60 kalendar kuni mobaynida

Agar biror-bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs DXSh loyihasini amalga oshirishdan o‘zining manfaatdorligini ma’lum qilsa, DXSh loyihasini amalga oshirish uchun xususiy sherikni aniqlash tender asosida amalga oshiriladi.

7-bosqich

Potensial davlat sherigi va tender g‘olibi yoki zaxiradagi g‘olib

Tender natajalari bo‘yicha aniqlangan tender g‘olibi yoki zaxiradagi g‘olib bilan DXSh to‘g‘risidagi bitim imzolanadi va loyihani amalga oshirish boshlanadi.

10 kalendar kuni mobaynida

8-bosqich

Davlat sherigi

Imzolangan DXSh to‘g‘risidagi bitim, DXSh loyihasi konsepsiyasi va LBH vakolatli davlat organiga DXSh loyihalarining reyestriga kiritish uchun taqdim qiladi.

3 kalendar kuni mobaynida

9-bosqich

Vakolatli davlat organi

DXSh to‘g‘risidagi bitim, DXSh loyihasi konsepsiyasi va LBH reyestrga kiritiladi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

3 ish kuni mobaynida

a) 2-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
v) 4-bob va ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
a) 3-banddagi “Agentlikka uchta, jumladan, bitta xizmat va ikkita navbatchi” so‘zlari “Agentlikka uchta, jumladan, ikkita shaxsiy biriktirilgan va bitta navbatchi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “maxsus” so‘zi chiqarib tashlansin.
“b” kichik bandning beshinchi xatboshisidagi “ekspertizadan o‘tkazadi” so‘zlari “tahlil qiladi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi