Iqtisodiyotni erkinlashtirish va bozor mexanizmlarini keng joriy qilish tamoyillariga asoslangan islohotlarning yangi bosqichida davlatning iqtisodiyotdagi rolini kamaytirish va xususiy sektorning ishtirokini kengaytirish bo‘yicha navbatdagi ishlarning natijadorligini oshirish bugungi kunda iqtisodiyotni boshqarishning aniq, shaffof va natijaga yo‘naltirilgan mexanizmini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
Shu bilan birga, hududlarda aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash, xususan kambag‘allikni qisqartirish vazifalari ko‘p jihatdan iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarining raqobatbardoshligini oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun fundamental sharoitlarni yaratib berish hisobiga yangi va barqaror ish o‘rinlarini tashkil etish bilan bevosita bog‘liqdir.
Bu, o‘z navbatida, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan isloh qilish va rivojlanishiga aloqador vazirlik va idoralar faoliyati uyg‘unligini ta’minlashni, mavjud muammo va to‘siqlarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etishga asoslangan zamonaviy va inklyuziv institutsional tizimni joriy etishni talab etadi. Xususan:
birinchidan, makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o‘sish maqsadlari va tarkibiy islohotlar o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash, shuningdek, tashqi va ichki omillar ta’sirida yuzaga keladigan iqtisodiy sikllarni boshqarishning zamonaviy prognozlashtirish modellariga asoslangan samarali tizimi va mexanizmlarini joriy etish jarayoni kechikmoqda;
ikkinchidan, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha yaxlit tizim va muvofiqlashtiruvchi davlat organi, me’yoriy-huquqiy baza, mezonlar va baholash uslubiyotining mavjud emasligi, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikka jalb qilish vazifalarining aniq ajratib olinmaganligi sababli tegishli aholi guruhlari bilan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi past darajada qolmoqda;
uchinchidan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha aniq yondashuv va tamoyillar to‘liq shakllantirilmagan, iqtisodiyotning hududiy va tarmoq rivojlanishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ta’minlanmasdan hamda hududlarni rivojlantirishdagi mavjud salohiyat va “nisbiy ustunlik” mezonlaridan oqilona foydalanish va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda inson kapitali va demografik omillar inobatga olinmasdan qolmoqda;
to‘rtinchidan, mamlakatda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishning aniq yondashuvlarini belgilab olish, tadbirkorlikni moliyaviy va nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlashning maqsadga yo‘naltirilgan, ayniqsa, aholini tadbirkorlikka o‘qitish va kasbga o‘rgatish ishlarini tizimlashtirish, shu jumladan barcha dasturlar hisobidan ajratilayotgan mablag‘larning sarflanish samaradorligini baholash ishlarini tashkil etishda kamchiliklar kuzatilmoqda;
beshinchidan, mamlakat sanoatini rivojlantirishning fundamental drayverlari hisoblangan sohalarda mehnat unumdorligini oshirish, sohaning raqobatbardoshligini kuchaytirish bo‘yicha aniq mexanizm va dastaklarga asoslangan yagona industrial siyosat va strategiya ishlab chiqilmagan, shuningdek, mazkur jarayonda texnik reglamentlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangilash va samarali foydalanish masalalariga yetarlicha e’tibor qaratilmagan.
Samarali makroiqtisodiy siyosatni yuritish, barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yaxshilash orqali mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish borasida maqbul davlat siyosatini amalga oshirish tizimini joriy etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vazirlik) etib qayta tashkil etilsin hamda quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
makroiqtisodiy indikatorlarni tahlil qilish va prognozlash asosida iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish, iqtisodiyotning real sektori holati, ichki va tashqi bozorlar konyunkturasi hamda global va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari bilan bog‘liq holda iqtisodiyotning asosiy sohalarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish;
iqtisodiyotning real sektoridagi holatni oldindan baholash indikatorlarini ishlab chiqish va samarali foydalanish tizimini joriy etish;
inson kapitalini rivojlantirish va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish va moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash, zarur infratuzilmani shakllantirishga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning konseptual yo‘nalish va vazifalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va boshqa idoralar bilan birgalikda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan inflatsiya darajasini pasaytirish va qo‘yilgan maqsadlarga erishish borasida muvofiqlashtirilgan siyosatni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan eksportni qo‘llab-quvvatlash, eksport va importda tarif va notarif tartibga solish siyosatlarini shakllantirish jarayonida faol ishtirok etish;
qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasida ko‘zda tutilgan tadbirlar va islohotlarning mehnat unumdorligi, mahsulot yetishtirish va qayta ishlash hajmlarining o‘sishiga, ish o‘rinlari yaratilishiga ta’sirini baholash va tegishli takliflar ishlab chiqish;
iqtisodiy o‘sishning inklyuzivligini ta’minlash, davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari hamda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;
kambag‘allikni qisqartirishning aniq dastak va mexanizmlarini ishlab chiqish, xorijiy tajribani inobatga olgan holda kambag‘allik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubiyatini, ijtimoiy ta’minotning minimal standartlari va me’yoriy asoslarini ishlab chiqish va joriy etish;
barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga erishish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yashash minimumi va minimal iste’mol savatini hisoblash metodologiyasini ishlab chiqish hamda aholi daromadlari tabaqalashuvini o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish hamda ularning davlat maqsadli dasturlari bilan o‘zaro muvofiqligini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda mehnat bozori va uning tarkibini sifat jihatdan rivojlantirish, ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlarini tahlil qilish, takomillashtirish hamda mehnat resurslarini taqsimlash borasida o‘zaro muvofiqlikdagi ishlarni olib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Madaniyat vazirligi bilan birgalikda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
hududlarning tabiiy xomashyo va mehnat resurslarini hamda “nisbiy ustunliklarini” inobatga olgan holda ularni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo‘nalishlarni belgilab olish hamda amalga oshirish;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari doirasidagi loyihalarni o‘z muddatida va sifatli bajarishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish, hududlararo rivojlanishning tabaqalashuvini qisqartirish choralarini ko‘rish;
hududlarda sanoat zonalarini tashkil etish, ularni joylashtirish yuzasidan uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish, ularni rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
mamlakatda kichik va o‘rta biznesni hamda tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini yuritish;
iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda kichik va o‘rta biznesni muhim drayverga aylantirishning konseptual va strategik yondashuvlarni hamda sohani rivojlantirish borasida fundamental to‘siq va muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
kichik va o‘rta biznes subyektlari toifasiga oid mezonlarni belgilovchi, shuningdek, ularning huquqlariga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy choralari — yangi vositalar va axborot tizimlarini yaratish, kreditlashning mavjud mexanizmlari va qo‘llab-quvvatlash vositalari orqali ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuqori samara beruvchi yo‘nalish va loyihalarni amalga oshirish;
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish orqali resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va uni samarali boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yish;
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va diversifikatsiya qilish, shuningdek, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uyg‘unligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan unumli foydalanish asosida mamlakat sanoatini rivojlantirishning strategiya va modellarini ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va aholini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan bozor mexanizmlari asosida uzluksiz ta’minlashga qaratilgan strategiya va chora-tadbirlarni amalga oshirish;
asosiy sanoat tarmoqlari va yirik korxonalarni isloh qilish bo‘yicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
sanoat tarmoqlarining rivojlanish darajasini monitoring qilib borishda xalqaro tajribada keng qo‘llaniladigan asosiy indikatorlarni aniqlash, “yashil iqtisodiyot” hamda energiyasamaradorlikning asosiy prinsiplari va usullarini amaliyotga joriy etish va monitoring qilish uslubiyatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
respublika sanoat korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish, hajmlari, ichki bozor talabining qondirilish darajasi bo‘yicha hamda ichki va tashqi bozorlarda muhim sanoat mahsulotlari narxlarining o‘zgarish tendensiyalari bo‘yicha tahlillar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini tashkil etish;
vakolatli davlat organlari bilan birgalikda iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish maqsadlaridan kelib chiqib hamda iqtisodiy o‘sishga ta’siri nuqtai nazaridan samaradorligi past bo‘lgan yo‘nalishlarni aniqlash asosida davlat ishtiroki mavjud tarmoq va korxonalarni isloh qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish orqali yaxlit davlat siyosati amalga oshirilishida ishtirok etish;
davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish, xususan ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmatlarning erkin va raqobatbardosh bozorini shakllantirish bilan bog‘liq tarkibiy islohotlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlash;
davlat ulushi mavjud strategik tarmoq va korxonalarda mehnat unumdorligini, energiya va boshqa ishlab chiqarish resurslari tejamkorligini oshirish hamda mahsulot tannarxini kamaytirishda zamonaviy mexanizm va yondashuvlarning qo‘llanilishi bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, sanoat salohiyatini mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni jalb qilish uchun ustuvor soha va tarmoqlarni aniqlash orqali mamlakatning faol investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
iqtisodiy o‘sish uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani yaratishga qaratilgan investitsiya siyosatini amalga oshirish, ish joylarini tashkil etish va hududlarni barqaror rivojlantirishni ta’minlovchi infratuzilmaning strategik rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab berish;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish strategiyalari va dasturlaridan kelib chiqqan holda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Davlat investitsiya dasturini shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Davlat investitsiya dasturining asosiy yo‘nalishi va loyihalari bo‘yicha tegishli ichki va tashqi manbalarni shakllantirish uchun buyurtmalarni berish;
Davlat investitsiya dasturini makroiqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish hamda bu borada shakllantirilgan xulosalardan kelib chiqib, investitsiya yo‘nalishlarini belgilash;
davlat investitsiya siyosatining umumiy investitsiyaviy faollikka, shu jumladan xususiy va xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimiga ta’sirini tahlil qilish, prognozlash hamda bu borada tegishli takliflarni shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
respublika hududlarida uy-joy qurilish bozori va shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, turar joylarni muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma bilan birgalikda qurishni inobatga olgan holda urbanizatsiya jarayonlarini davlat tomonidan samarali tartibga solishni ta’minlash, shuningdek, yer uchastkalariga oid zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish;
(1-band “z” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
shahar va qishloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, jadal sanoatlashtirish sharoitida shaharlarning demografik sig‘imlari hamda ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojlarini prognoz qilish va shu asosda urbanizatsiya ko‘lamlarini belgilash — mavjud shaharlarni kengaytirish yoki yo‘ldosh shaharchalarni yaratish yuzasidan hududlar kesimida takliflar tayyorlash;
yangi barpo etiladigan yo‘ldosh shaharlar aholisining yashash sharoiti darajasini yanada oshirish hamda shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqishning moliyalashtirish manbalarini aniqlash va muvofiqlashtirish;
ilg‘or, energiya tejovchi, ekologik toza texnologiyalar va materiallarni joriy etish asosida hamda ijtimoiy, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmalari mavjud yo‘ldosh-shaharlar bunyod etilishini hisobga olgan holda shahar aglomeratsiyalarini shakllantirishni boshqarish;
uy-joy qurilish bozorini ipoteka kreditlari orqali rivojlantirish hamda mavjud uy-joy fondini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda renovatsiya tizimini takomillashtirish va dasturlar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga ipoteka krediti bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratilishini muvofiqlashtirish;
(1-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida boshqarish bo‘yicha institutsional islohotlarni amalga oshirish orqali biznes faoliyati sohasidagi asossiz majburiyatlar, taqiqlar va cheklovlarni olib tashlash, joriy tartibga solish jarayonlarini takomillashtirish hamda sohada amaldagi va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarning biznes muhitiga ta’sirini baholash;
“O‘zstandart” agentligi va boshqa vakolatli organlar bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari o‘z biznes faoliyatlarini erkin amalga oshirishlarida to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan texnik reglament va talablarni o‘rnatuvchi organlar faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda mamlakat iqtisodiyotida raqobat muhitini yaxshilash, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman bilan birgalikda biznes muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni tashkil etishda hamkorlik qilish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
xalqaro iqtisodiy reytinglar bilan ishlashda ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda reytinglarni har bir tarkibiy indikatori kesimida mutasaddi vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruhlarni tuzish hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirish;
mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasidan, shu jumladan o‘rta va uzoq muddatli tashqi iqtisodiy muvozanatligini ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqib, xalqaro iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
iqtisodiy sohada turli integratsiya birlashmalari (MDH, EOII va boshqalar) bilan, respublika hududlari xorijiy davlatlar hududlari bilan, shu jumladan chegaraoldi hamkorlikning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga ta’sirini keng qamrovli tahlil qilish va kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
vakolatlar doirasida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralarda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini ifodalash, belgilangan tartibda va xalqaro huquq bitimlariga muvofiq boshqa davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan iqtisodiyot va sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamkorlik bitimlarini tuzish.
Belgilansinki, vazirlik o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda ularning ustuvorligi va bosqichma-bosqichlik tamoyilidan kelib chiqadi, shuningdek, har bir yo‘nalish bo‘yicha xalqaro ekspert-maslahatchilarni jalb qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent shahri, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazilayotgan sinov natijalariga asoslanib, 2021-yildan boshlab respublikaning barcha hududlarida minimal iste’mol savati va yashash minimumi joriy etilishi yuzasidan tegishli qaror loyihasini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini ta’minlasin.
tarmoqlar, sohalar va hududlarni rivojlantirish bo‘yicha barcha o‘rta va uzoq muddatli konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlar vazirlik bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi;
qabul qilinadigan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va qarorlar vazirlik tomonidan kambag‘allik darajasiga ta’sirini baholash nuqtai nazaridan ekspertizadan o‘tkaziladi;
raqobat va monopoliyaga qarshi kurashish, texnik reglamentlarni o‘rnatish, yer munosabatlarini tartibga solish, geologiya ishlari, davlat aktivlarini boshqarish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha choralar va siyosatlarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlashda vazirlik ishtirok etadi.
Vazirlik belgilangan vazifalar ijrosini samarali amalga oshirish maqsadida bevosita xalqaro moliya tashkilotlaridan grant mablag‘larini va chet ellik yuqori malakali ekspertlarni muntazam jalb qilish huquqiga ega.
4. Vazirlik hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalari, shahar va tumanlar hokimliklari kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi navbatdagi amaliy ishlarni jadallashtirish yuzasidan bir oy muddatda:
mahallalarda har bir xonadon va oilalarning turmush sharoiti va ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan qatlamini o‘rganish asosida dastlabki ro‘yxatni hamda mahallalar pasportlarini shakllantirsin;
aholining ushbu qatlamini bevosita moddiy va nomoddiy yordam ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan yoki kasbga o‘qitish va tadbirkorlikka o‘rgatish orqali daromadini oshirish mumkin bo‘lgan guruhlarga ajratib olish orqali, shuningdek, zarur manbalarni aniqlash va hududlarning o‘ziga xos xususiyatlariga asoslangan chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirilishini boshlasin.
5. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish funksiyasi yuklansin.
a) O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar “O‘zshaharsozlik LITI” davlat unitar korxonasi faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-iyulga qadar Osiyo taraqqiyot bankining 100 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larini jalb qilish orqali “O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy iqtisodiyot uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasining amalga oshirilishini tashkil etsin.
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi hamda tarmoqlar, sohalar va hududlarni rivojlantirish strategiyalaridan, shuningdek, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifalaridan kelib chiqqan holda vazirlik ijtimoiy soha va infratuzilmani rivojlantirish uchun uch yil muddatga investitsiyalar hajmi prognozlarini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markazlashgan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun budjet mablag‘larining va davlat tashqi qarzining limitini vazirlikka taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ijtimoiy soha, infratuzilma va ishlab chiqarishni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlarining mablag‘lari hamda xorijiy hamkorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etadi;
Davlat investitsiya dasturi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan vazirlik hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda shakllantiriladi;
respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalarini, shuningdek, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalari vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, viloyatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmalariga yuklanadi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Transport vazirligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi vazirlik bilan birgalikda 2020-yil 1-avgustga qadar mavjud dasturlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, qayta ko‘rib chiqsin hamda ushbu dasturlarni 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasida ko‘zda tutilayotgan umummilliy rivojlanishning maqsadli parametrlariga muvofiqligini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Kambag‘allik darajasini qisqartirish borasidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan 2020-yilda vazirlikka 100,0 mlrd so‘m ajratilsin.
Kambag‘allikni kamaytirish dasturida belgilanadigan vazifalarning amalga oshirilishini hamda ushbu yo‘nalishdagi dasturlarning moliyalashtirilishini ta’minlash uchun 2021-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda alohida qatorda tegishli mablag‘lar ko‘zda tutiladi.
10. Vazirlik huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) etib qayta tashkil etilsin.
Vazirlik 2020-yil 1-mayga qadar Agentlikning faoliyatini uning barcha viloyatlar, shahar va tumanlarda bo‘linmalarini tashkil etishni inobatga olgan holda tegishli hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi tugatilsin hamda uning funksiya va vazifalari vazirlikka o‘tkazilsin.
Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini yuritish yuridik shaxs tashkil etmagan holda vazirlikka yuklatilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi va uning hududiy filiallari vazirlikka o‘tkazilsin hamda ularning negizida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab) tashkil etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oliy maktab faoliyatini tashkil etish, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilsin:
Oliy maktab korporativ boshqaruv va tadbirkorlik sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi, uning Nukus shahri hamda barcha viloyatlar markazlarida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan hududiy filiallari tuziladi;
biznesni tashkil etish va boshqarish yo‘nalishlarida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-uslubiyotiga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari asosida mutaxassislarni tayyorlaydi;
joylarda aholining keng qatlamini biznes yuritish va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish hamda bu sohada malakali trenerlarni tayyorlaydi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2020 — 2022 o‘quv yillari uchun xorijda ta’lim oluvchi nomzodlar ro‘yxatini shakllantirishda “iqtisodiy rivojlanish” va “makroiqtisodiy siyosat” yo‘nalishlarida zamonaviy bilimga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash maqsadlarida vazirlik bilan birgalikda yosh mutaxassis va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini xorijga ta’lim olish va malaka oshirishga jo‘natish uchun amaliy choralar ko‘rsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlik Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda, davlat zaxiralarini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, strategik va safarbarlik zaxirasi tovarlar nomenklaturasi va hajmlarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish, mahsulotlar narxi keskin o‘zgarishining oldini oluvchi bozor tamoyillariga asoslangan ta’sirchan mexanizmlarni joriy qilishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha Sirdaryo viloyatida o‘tkazilayotgan huquqiy eksperiment muddatini uzaytirish;
“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarni xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning kuchga kirish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tegishli qonun loyihasini kiritsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmon talablaridan kelib chiqqan holda vazirlik faoliyatini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
18. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda belgilangan tartibda:
qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5621-son Farmonida:
2-banddagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-bandning uchinchi — beshinchi xatboshilaridagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-bandning ikkinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi xatboshlaridagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-bandning birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “Iqtisodiyot va sanoat” va “2019-yil 1-iyunga qadar” so‘zlari “iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” va “2020-yil 1-oktabrga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5623-son Farmonida:
a) 3-banddagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“a” kichik bandidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida Urbanizatsiya agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tashkil etilsin, uning” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 5-banddagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 11-banddagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) ilovaning 4, 15, 20, 22-23 pozitsiyalari “mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” PF-5953-son Farmonida:
“Ijro uchun mas’ullar” ustunidagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.