25.03.2020 yildagi 182-son
Hujjat 07.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni bilan ayrim shaxslarga, shu jumladan, daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga subsidiyalar to‘lanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
talabgor tomonidan tanlangan uy-joyning qiymati xabarnomada ko‘rsatilgan sotib olinishi mumkin bo‘lgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshgan taqdirda, ushbu uy-joyni sotib olishga ajratiladigan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi PQ-4701-son qaroriga muvofiq belgilanadi. Bunda sotib olinadigan uy-joy qiymatining ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan qismi qarz oluvchining o‘z mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan Toshkent shahri va shaharlarda boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni asosida joriy etilgan bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi (keyingi o‘rinlarda — yangi tartib) doirasida uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari (keyingi o‘rinlarda — Davlat budjeti) hisobiga subsidiya taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini (keyingi o‘rinlarda — fuqarolar), shu jumladan, daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni aniqlash mezonlari, subsidiyalarni hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
xabarnoma — tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza beruvchiga yuboriladigan ushbu Nizomga 2 va 2a-ilovalarga muvofiq davlat budjetidan subsidiya berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida komissiyaning QR-kodga ega bo‘lgan qarori;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun anketa-arizani elektron tarzda to‘ldiradi va quyidagi hujjatlarni elektron tarzda ilova qiladi yoki ma’lumotlarni taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Keyingi tahrirga qarang.
16. Agar ariza beruvchining o‘rtacha oylik daromadlari miqdori ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan me’yorlardan kam bo‘lsa, uning daromadlari hisob-kitobiga xotini (eri), ular bilan bir uyda birgalikda yashovchi ota-onasi hamda farzandlarining (shu jumladan, asrab olingan farzandlari) daromadlari ham kiritilishi mumkin.
a) ushbu Nizomning 10-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda;
39. Ushbu Nizomning 38-bandida ko‘rsatilmagan boshqa asoslar bo‘yicha subsidiya to‘lanishi rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)

T/r

Mezonlar

Ball

Mas’ul organ

I. Ariza beruvchi va/yoki uning oilasining daromadi

(mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — MHTEKM asosida)

Qishloq joylarda(tuman va tuman markazlari)*

1.

MHTEKMning 3,8 dan kam bo‘lmagan 4,5 dan ko‘p bo‘lmagan

10

Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi

2.

MHTEKMning 4,6 dan kam bo‘lmagan 5,2 dan ko‘p bo‘lmagan

6

3.

MHTEKMning 5,3 dan kam bo‘lmagan 5,8 dan ko‘p bo‘lmagan

2

Shaharlarda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlari)*

1.

MHTEKMning 4,0 dan kam bo‘lmagan 5,0 dan ko‘p bo‘lmagan

10

Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi

2.

MHTEKMning 5,1 dan kam bo‘lmagan 6,0 dan ko‘p bo‘lmagan

6

3.

MHTEKMning 6,1 dan kam bo‘lmagan 6,5 dan �o‘p bo‘lmagan

2

Toshkent shahrida*

1.

MHTEKMning 4,5 dan kam bo‘lmagan 6,0 dan ko‘p bo‘lmagan

10

Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi

2.

MHTEKMning 6,1 dan kam bo‘lmagan 7,5 dan ko‘p bo‘lmagan

6

3.

MHTEKMning 7,6 dan kam bo‘lmagan 9,0 dan ko‘p bo‘lmagan

2

II. Hozirgi turar joy maqomi*

1.

Ijara (er-xotin o‘z mulkida uy-joyi mavjud emas)

20

Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi,

Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi

2.

Egasining ruxsati bilan tekin turar joy (er-xotin o‘z mulkida uy-joyi mavjud emas)

III. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar

1.

“labor-migration” dasturida ro‘yxatdan o‘tgan mehnat migranti

10

Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazi

2.

Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar

10

Tuman (shahar) hokimligi

3.

Alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar

10

Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi

4.

Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar***

10

Tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi

5.

Yagona (yolg‘iz) boquvchiga ega bo‘lgan oila (erkak yoki ayol)

9

6.

Boshqalar

0

IV. Ariza beruvchi va uning oilasidagi shaxslarning quyidagi toifaga mansubligi****

1.

Birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxs

10

Tuman tibbiyot birlashmasi xulosasi

2.

Surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi

10

3.

Og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan

10

Jami ball:

50

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoniga asosan izoh bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Ariza beruvchi

Ariza beruvchi subsidiya olish uchun tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda anketa-arizani elektron tarzda to‘ldiradi.

1-martdan 1oktyabrgacha (haftaning dushanba-juma kunlari)


2-bosqich

Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi

1. Anketa-ariza va unga ilova qilingan hujjatlar, tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi.

2. Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi arizalarni qayd qilinishi n�vbatligiga ko‘ra tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi, ichki ishlar bo‘limi (boshqarmasi), moliya bo‘limi, davlat soliq inspeksiyasi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi, tuman (shahar) hokimligi, ishtirok etuvchi tijorat bankiga elektron shaklda taqdim etadi.

1 ish kuni mobaynida


3-bosqich

Tibbiyot birlashmasi

Ariza beruvchi va uningoila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslarning mavjudligi, ariza beruvchining oila a’zolari orasida birinchi guruh nogironi mavjudligi, yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollar to‘g‘risidagi ma’lumotni tegishli tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga taqdim etadi.

10 ish kuni mobaynida


Ichki ishlar bo‘limi (boshqarmasi)

Ariza beruvchi boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) yashashi to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni tegishli tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga taqdim etadi.


Moliya bo‘limi

Taqdim etiladigan subsidiyalarning miqdori tugaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga taqdim etadi.


Davlat soliq inspeksiyasi

Davlat soliq inspeksiyasi — Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, turar joyda ijara shartlari asosida yashashi hamda ariza beruvchi va ushbu nizomning 16-bandida keltirilgan shaxslarning (arizada ko‘rsatilgan holatlarda) daromadlari to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga taqdim etadi.


Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi

Ariza beruvchining kam ta’minlanganlarga mansubligi to‘g‘risidagi ma’lumotni tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga taqdim etadi.


Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi

Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganjoyidan kadastr hujjatining ma’lumotlari (agar turar joyidoimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganjoyi bilan to‘g‘ri kelsa), ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘i va farzandlarida mulk huquqi bilan turar joyning bor-yo‘qligi, yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashi, uy-joy umumiy maydonining bir shaxs uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga taqdim etadi.


Tuman (shahar) Mahallava oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi

Ariza beruvchining og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar, yagona (yolg‘iz) boquvchisiga ega bo‘lgan oila — ayollar toifasiga mansubligi.


Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi

Ariza beruvchining alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligi.


tuman (shahar) hokimligi

Ariza beruvchining yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar toifasiga mansubligi.


Ishtirok etuvchi tijorat banklari

Ariza beruvchi fuqaro (birgalikda qarz oluvchi)ning ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha to‘lov qobiliyati, unga ajratilishi mumkin bo‘lgan ipoteka krediti va sotib olishi mumkin bo‘lgan uy-joyning yuqori qiymati, kredit tashkilotlaridan avval olingan kredit bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotni tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga taqdim etadi.


4-bosqich

Komissiya

1. Arizalarni ularning qayd etilishi navbatliligiga ko‘ra ko‘rib chiqadi.

2. Talabgorlarni aniqlash bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar, ma’sul tashkilotlarning baholash natijalari Nizom talablariga muvofiqligini o‘rganib chiqadi.

Ma’lumotlar kelib tushgan kundan boshlab 7 ish kuni mobaynida, arizachi ishtirokida


Tanlov natijalari yuzasidan subsidiya berish yoki rad etish to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan qaror qabul qiladi va Davlat xizmatlari markazi orqali elektron tarzda ariza beruvchiga yuboradi.

1 ish kuni mobaynida


5-bosqich

Talabgor

O‘zining real daromadi va imkoniyatlaridan kelib chiqib mo‘ljallayotgan uy-joyni, uning hisoblangan qiymatidan oshmagan haqiqiy qiymatini inobatga olgan holda ipoteka krediti orqali sotib olish bo‘yicha xususiy qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.

Subsidiya berish to‘g‘risidagi qarorni olgandan so‘ng

1 oy mobaynida


Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgoristalgan ishtirok etuvchi tijorat bankigauy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish bo‘yicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnomani hamda fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan badal mablag‘larini bankdagi hisobvarag‘iga joylashtirganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani hamda bank tomonidan belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim qiladi.


6-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki

va moliya bo‘limi

1. Ishtirok etuvchi tijorat banki talabgorning hujjatlarini o‘rganib chiqadi.

2. Ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha davlat budjetidan talabgorga qoplab berilishi mumkin bo‘lgan subsidiya summasini aniqlaydi.

3 ish kuni mobaynida


7-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki

Tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limlariga boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini to‘lashga buyurtmanoma yuboradi.

1 ish kuni ichida


8-bosqich

Hududiy g‘aznachilik bo‘limi

Ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini tijorat banki tomonidan ko‘rsatilgan hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

3 ish kuni mobaynida


9-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki

Talabgor bilan ipoteka kreditini ajratish to‘g‘risida shartnoma imzolaydi hamda ipoteka kreditini rasmiylashtiradi.

1 ish kunimobaynida


Ipoteka kreditini ajratish to‘g‘risida shartnoma va unga ilova (to‘lovlar jadvali)ni ipoteka krediti foizini har oyda to‘lab borish uchun subsidiya ajratilishi bo‘yicha hududiy g‘aznachilik bo‘limlariga yuboradi.

Ipoteka krediti taqdim etilganidan so‘ng 3 ish kuni mobaynida


10-bosqich

Hududiy g‘aznachilik bo‘limi

Ipoteka foizlarining bir qismini qoplash uchun mablag‘larni o‘tkazib boradi.

Har oyning 25 sanasigacha

Keyingi tahrirga qarang.