Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilg‘or axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

1-ILOVA
Birja savdolari mexanizmlarini takomillashtirish va “O‘zRTXB” AJ faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi

2-ILOVA
Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Mahsulotlar hajmini shakllantirish va ularni birja savdolari orqali sotish tartibi

3-bob. Boshlang‘ich narxlarni, o‘zaro hisob-kitoblar va mahsulotni yuklab jo‘natish mexanizmini belgilash

4-bob. Bitimlar bo‘yicha mahsulotni bir oydan ortiq muddatda kechiktirgan holda yetkazib berish sharti bilan sotish (forvardlar)

5-bob. O‘rtacha hisoblangan birja kotirovkalarini (narxlarini) hisoblash

6-bob. Mahsulot narxlarining monitoringi

7-bob. Mahsulotlarni birja savdolari orqali eksportga sotish va olib chiqib ketish tartibi

8-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni ichki bozorga sotish SXEMASI

2-ILOVA
Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni eksportga sotish SXEMASI

3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari RO‘YXATI

4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar

ILOVA
Tabiiy gaz yetkazib berishning alohida tartibi belgilanadigan strategik tashkilotlar ro‘yxati

Hujjat 19.03.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovar xomashyo birjalari faoliyati samaradorligini oshirish va birja savdosi mexanizmlarini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2019-yil 8-oktabrdagi PQ-4484-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, tovar xomashyo birjalari tomonidan tashkil etilayotgan birja va elektron savdolarda shaffoflik darajasini oshirish, shuningdek, elektron savdolar jarayoniga aralashish va ularning natijalarini noto‘g‘ri ko‘rsatish imkoniyatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. O‘tkaziladigan savdolar shaffofligini ta’minlaydigan, shuningdek, barcha birja platformalarida elektron savdolarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonlariga aralashish hamda ularning yakunlarini noto‘g‘ri ko‘rsatish imkoniyatlariga yo‘l qo‘ymaydigan innovatsion IT-texnologiyalarni joriy etish

1.

Birja elektron savdo platformalari uchun yagona kliring tizimini yaratish.

Dasturiy ta’minot ishlab chiqish va joriy etish

2020-yil
iyun

“O‘zRTXB” AJ,
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Moliya vazirligi

2.

Birja savdosining savdo tizimini modernizatsiya qilish, mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlarini va birja a’zolarining foydalanish huquqini hisobga olgan holda, tovarlar segmentlari bo‘yicha savdolarni alohida seksiyalarda tashkil etish.

Dasturiy ta’minot ishlab chiqish va joriy etish

2020-yil
iyun

“O‘zRTXB” AJ,
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

3.

Quyidagilar bo‘yicha savdolarni tashkil etishni nazarda tutuvchi yangi savdo vositalarini joriy etish:

tovarni 1 oydan ortiq bo‘lgan muddatda yetkazib berish bo‘yicha forvard bitimlar;

ikki tomonlama qarama-qarshi auksion savdolari.

Dasturiy ta’minot ishlab chiqish va joriy etish

2020-yil
may

2020-yil
avgust

“O‘zRTHB” AJ,
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

4.

Chakana savdo korxonalariga “V2V”, “V2S” va “S2S” formatida elektron tijorat bozoriga kirish uchun soddalashtirilgan holda foydalanish uchun elektron savdo tizimini (elektron gipermarket) joriy qilish.

Savdo qoidalarini ishlab chiqish

2021-yil
avgust

“O‘zRTXB” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

5.

Elektron tijorat va logistika sohasida tajribaga ega bo‘lgan hamkorlarni jalb qilgan holda, “UZEX innovation” MChJ negizida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish, shu jumladan:

birjada sotiladigan mahsulotlarni saqlash va logistika qilish elektron dasturini ishlab chiqish;

elektron xaridlar tizimini yanada takomillashtirish;

birjaning barcha savdo platformalarida o‘zaro
hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraqdan foydalanishni joriy etish;

birja savdolarining elektron tizimini yagona kliring tizimiga integratsiyalashgan yangi dasturiy tizimini ishlab chiqish.

“UZEX innovation” MChJning moddiy-texnik jihatdan barqarorligini ta’minlash.

Hamkorlarni jalb qilish, innovatsion savdo platformalarini yaratish

2020-yil
sentyabr

“O‘zRTXB” AJ

6.

Birjaning axborot tizimida auksion o‘tkazish orqaliiste’molchilarga talab etilgan raqamlar kombinatsiyasi bilan mobil raqamlarni shaffoflik va raqobat asosida realizatsiya qilish mexanizmini joriy qilish.

Kelishuv imzolash

kelishuvga qarab

“O‘zRTXB” AJ,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
uyali aloqa operatorlari

7.

Birjaning barcha elektron savdo platformalari uchun mobil dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish.

Dasturiy ta’minot ishlab chiqish va joriy etish

2020-yil
aprel

“O‘zRTXB” AJ

8.

Birja va uning a’zolari, shuningdek, mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarning interfaol shakliga o‘tish uchun elektron hujjat aylanish tizimini joriy etish.

Dasturiy ta’minot ishlab chiqish va joriy etish

2020-yil
iyun

“O‘zRTXB” AJ,
Davlat soliq qo‘mitasi,

9.

Elektron savdolar natijalarining havfsiz saqlanishini ta’minlash maqsadida ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha ma’lumotlar markazi zahirasini yaratish.

Muhandislik tuzilmasini barpo etish

2020-2022-yillar

“O‘zRTXB” AJ,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

10.

Intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof foydalanish, aralashishdan texnik va huquqiy himoya qilish vositalarining axborot xavfsizligi ta’minlanishini hisobga olgan holda, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish yoki birja axborot tizimlarini modifikatsiyalashtirish.

Tashkiliy-texnik tadbirlar

doimiy ravishda

“O‘zRTXB” AJ,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Intellektual mulk agentligi

II. Narxlarni, talab va taklifni prognozlashtirish maqsadida tovar bozorlarida konyunkturani, jumladan, tovar bozorlarida konyunkturaga jiddiy ta’sir o‘tkazuvchi omillarni samarali va har tomonlama tahlil etish ishlarini tashkil qilish

11.

Narxlarni, talab va taklifni prognozlashtirish maqsadida tovar bozorlarini, jumladan, tovar bozorlariga jiddiy ta’sir o‘tkazuvchi omillarni samarali va har tomonlama tahlil etish ishlarini tashkil qilish.

Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish

2020-yil
aprel

“O‘zRTXB” AJ,
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

12.

Tashqi va ichki tovar bozorlarining holati va rivojlantirish tendensiyalarini aniqlash maqsadida vazirliklar, idoralar, ilmiy-tekshirish markazlari, institutlar va boshqa tashkilotlar ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan ma’lumotlar yagona axborot-tahlil bazasini yaratish.

Dasturiy modulni ishlab chiqish, idoralararo kelishuvlarni tuzish

2020-yil
aprel

“O‘zRTXB” AJ,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,
Davlat statistika qo‘mitasi,
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,
Davlat bojxona qo‘mitasi

13.

Birjaning maxsus elektron s�vdo maydonchasidagi elektron savdolar natijalariga ko‘ra tuzilgan bitimlar bo‘yicha yuklarni avtomobil transportida tashish xizmatlarini xarid qilish va ko‘rsatish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
may

“O‘zRTXB” AJ,
Transport vazirligi,
Moliya vazirligi,
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

14.

Xalqaro ixtisoslashgan tashkilotlar doirasida birjalararo hamkorlikni rivojlantirish va faoliyatni faollashtirish.

Tashkiliy tadbirlar kompleksi

doimiy ravishda

“O‘zRTXB” AJ

15.

“O‘zRTXB” AJning elektron savdo tizimlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish.

Tashkiliy tadbirlar kompleksi

doimiy ravishda

“O‘zRTXB” AJ,

16.

“Tovar bozorlari” to‘g‘risida elektron statistik-tahliliy to‘plamlarini nashr ettirish.

Elektron to‘plam

har chorakda

“O‘zRTXB” AJ,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

17.

Tovar bozorlari sharhlariga bag‘ishlangan korporativ bosma nashrlar chop etish va teleko‘rsatuvlar tayyorlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

doimiy ravishda

“O‘zRTXB” AJ

III. Birja savdolarini o‘tkazish shakllarini takomillashtirish va yangi savdo vositalarini, hisob-kitoblarni joriy etish, shuningdek, elektron tijoratni jadal rivojlantirish

18.

Birja a’zolari reytingini aniqlash bo‘yicha baholashning tabaqalashgan mezonlarini nazarda tutuvchi yangi tizimni joriy etish va natijalarini birjaning rasmiy veb-saytida joylashtirib borish.

“O‘zRTXB” AJ boshqaruv qarori

2020-yil

may

“O‘zRTXB” AJ,
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

19.

Mahsulotni seksiya prinsipi bo‘yicha sotish va brokerlik o‘rinlarini birjaning rasmiy veb-sayti orqali taqdim etish bo‘yicha shaffof mexanizmni joriy etishni inobatga olgan holda yuridik shaxslarni birja a’zolari sifatida akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibini ishlab chiqish.

“O‘zRTXB” AJ boshqaruv qarori

2020-yil

may

“O‘zRTXB” AJ,
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

20.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarini quyidagilar orqali modernizatsiya qilish va elektron savdo uslublarini kengaytirish:

xarid uchun elektron savdolarning yangi usullarni joriy etish (narx shakllantirish, narx so‘rash va boshqalar);

eksport-import amaliyoti mexanizmini va hisob-kitob tartibini takomillashtirish;

tarmoqlar elektron savdo maydonchalarini tashkil etish.

Dasturiy ta’minot ishlab chiqish va joriy etish

2020-yil

aprel

“O‘zRTXB” AJ,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

21.

Davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalini quyidagilar orqali takomillashtirish:

tanlov va tender savdolarini tashkil etish va o‘tkazish jarayonlariga elektron tizimlarni joriy etish;

davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ish bajaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar) o‘rtasida jadal kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish imkonini beruvchi zamonaviy savdo vositalariga asoslangan elektron xarid platformasini joriy qilish;

tovarlar (ishlar, xizmatlar) yagona klassifikatorining elektron modulini ishlab chiqish.

Dasturiy ta’minot ishlab chiqish va joriy etish

2020-yil
iyun

“O‘zRTXB” AJ,

Moliya vazirligi

22.

Tovar-xomashyo birjalarida tomonlarning kelishuviga muvofiq birja savdolari qoidalari asosida chet el valyutasida import bitimlari tuzish mexanizmini joriy etish. Bunda:

tovar-xomashyo birjalari ochiq elektron savdolarida sotilgan import mahsulotlarga to‘lovlar (zakalatdan tashqari) uchun chet el valyutasi birjada import bitimituzilganligi hamda uni Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi birja tomonidan majburiy tarzda tasdiqlangandan so‘ng savdolar qatnashchisi-rezidentlar tomonidan vakolatli banklar orqali sotib olinadi;

sotib olingan valyuta mablag‘lari import birja bitimlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun savdolar qatnashchisi-rezidentning tovar-xomashyo birjalari hisob-kliring palatasida ochilgan shaxsiy hisobraqamiga o‘tkaziladi;

Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimiga import bitimlari (umumiy ma’lumotlar), shuningdek, mablag‘larning harakati bo‘yicha ma’lumotlarni kiritish tovar-xomashyo birjalari tomonidan amalga oshiriladi.

Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar

2020-yil
may

“O‘zRTXB”,
Markaziy bank,

tijorat banklari

IV. Xalqaro standartlar talablariga muvofiq zamonaviy va samarali moliyaviy va HR-�enedjment uslublarni joriy etish

23.

“O‘zRTXB” AJ rahbarlari va xodimlari faoliyatini integratsiyalashgan eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash mexanizmini takomillashtirish orqali zamonaviy moliyaviy menejmentni joriy etish.

Faoliyat samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash

2020-yil
iyun

“O‘zRTXB” AJ

24.

Moliyaviy hisobot auditiga yetakchi auditorlik kompaniyalarini jalb etish.

Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish

2020-yil boshidan

“O‘zRTXB” AJ

25.

ISO 9001 — 2015 xalqaro standarti bo‘yicha SMKni qayta sertifikatlash orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini boshqarish tizimlarini takomillashtirish.

Sertifikatsiya auditini o‘tkazish

2020-yil
iyun

“O‘zRTXB” AJ

26.

Tegishli Xalqaro korrupsiyaga qarshi standartga (ISO 37001 — 2016) muvofiq sertifikatlash orqali korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish.

Sertifikatsiya auditini o‘tkazish

2020-yil
iyun

“O‘zRTXB” AJ

27.

“O‘zRTXB” AJning tashqi bozorlarda ishonchli va barqaror imidjini shakllantirish maqsadida rebrending va xorijiy birjalar standartlariga mos boshqaruv tizimini joriy qilish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

“O‘zRTXB” AJ

28.

“O‘zRTXB” AJning:

Sirdaryo viloyati, Guliston shahri O‘zbekiston shox ko‘chasida joylashgan binoning qurilishini yakunlab, belgilangan tartibda sotish;

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

may

“O‘zRTXB” AJ,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Navoiy ko‘chasi 205-uy manzilidagi biznes-markazi binosi bo‘yicha investitsiya majburiyatlari bajarilganligini inobatga olib, binoga bo‘lgan tasarruf etish huquqini rasmiylashtirish va kelgusida samarali foydalanish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

aprel

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “O‘zRTXB” AJ

29.

Xalqaro standartlar talablariga javob beradigan samarali HR-menejment tizimini yaratish.

Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish

2020-yil
avgust

“O‘zRTXB” AJ,

Mehnat vazirligi

30.

Birja xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda yuqori malakali, tashabbuskor va sof vijdonli mutaxassislar bilan to‘ldirish, ularni kasbga uzluksiz o‘qitish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

iyul

“O‘zRTXB” AJ

31.

Mutaxassislarning xorijga stajirovkasini muntazam ravishda tashkil etish orqali birja xodimlari va a’zolarining malakasini oshirish.

Xorijiy safarlar

doimiy ravishda

“O‘zRTXB” AJ,

“El-yurt umidi” fondi

32.

Oliy o‘quv yurtlarida “Birja ishi” yo‘nalishida kadr tayyorlashni tashkil qilish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil
iyul

“O‘zRTXB” AJ,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Sotuvchilar

Yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning yillik ishlab chiqarish hajmlaridan kelib chiqib, birja savdolariga qo‘yiladigan hajmlar to‘g‘risidagi takliflarni Iqtisodiyot va sanoat vazirligi taqdim qilish.

25-dekabrga qadar


2-bosqich

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Tegishli moddiy balanslarga va prognozlarda birja savdolariga qo‘yiladigan hajmlarni shakllantirish.

1-yanvarga qadar


3-bosqich

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Monopoliyaga qarshi kurashish organiga yiriklashtirilgan moddiy balanslarni, ularni bajarish bo‘yicha har oylik va choraklik jadvallardan ko‘chirmalarni yuborish.

Tasdiqlanishiga qarab


 

4-bosqich

Sotuvchilar

1. Moddiy balanslar va prognozlar asosida kunlar bo‘yicha qo‘yish jadvallarini ishlab chiqish.

2. Birja jadvallarini monopoliyaga qarshi kurashish organiga taqdim etish.

Har oy boshlanishidan
3 kun oldin


5-bosqich

Sotuvchilar

Taqdim etilgan jadvallarni veb-saytga joylashtirish.

Har oy boshlanishidan
3 kun oldin


6-bosqich

Sotuvchilar

Boshlang‘ich narxni aniqlash.

Savdoga qo‘yilishidan oldin


7-bosqich

Sotuvchilar, xaridorlar

10 foizgacha miqdordagi avans to‘lovini o‘tkazish.

Savdodan oldin


8-bosqich

Birja a’zolari

Xaridorlarning topshirig‘i bo‘yicha sotish/sotib olish uchun buyurtmanoma berish.

Har kuni savdo sessiyasidan oldin


9-bosqich

Birja savdo elektron tizimi (BSET)

Bitimlarni shakllantirish.

Savdo sessiyasidan keyin


10- bosqich

Sotuvchi, xaridor

To‘lovlarni to‘lash va yetkazib berish.

Oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda


11-bosqich

Birjalar

O‘rtacha hisoblangan birja kotirovkalarini (narxlarini) hisoblash va ularni veb-saytga joylashtirish.

Har xafta


12-bosqich

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

1. Birja narxlari monitoringi.

2. Narxlarning keskin oshishini va savdoga chiqarish jadvallarining ijrosini o‘rganish.

3. Qonunchilikka asosan choralar ko‘rish.

Doimiy ravishda

Keyingi tahrirga qarang.

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning yillik eksport prognoz hajmlaridan kelib chiqib hamda oliy va yuqori darajadagi tashriflar doirasida imzolangan shartnomalardagi va uzoq muddatli bitimlardagi (off take contract) hajmlardan istisno holda birja savdolari orqali eksport qilinadigan hajmlar bo‘yicha kvotalarni shakllantirish hamda sotuvchilar vaMonopoliyaga qarshi kurashish organiga yuborish.

1-yanvarga qadar


2-bosqich

Sotuvchilar

1. Birja orqali eksportga sotish prognozlari asosida kunlar bo‘yicha qo‘yish jadvallarini ishlab chiqish.

2. Birja jadvallarini monopoliyaga qarshi kurashish organiga taqdim etish.

Har oyning boshlanishidan
3 kun oldin


3-bosqich

Sotuvchilar

Taqdim etilgan jadvallarni veb-saytga joylashtirish.

Har oyning boshlanishidan
3 kun oldin


4-bosqich

Sotuvchilar

Boshlang‘ich narxni aniqlash.

Savdoga qo‘yilishidan oldin


5-bosqich

Sotuvchilar, xaridorlar

10 foizgacha miqdordagi avans to‘lovini o‘tkazish

Savdodan oldin


6-bosqich

Birja a’zolari

Xaridorlarning topshirig‘i bo‘yicha sotish/sotib olish uchun buyurtmanoma berish

Har kuni savdo sessiyasidan oldin


7-bosqich

Birja savdo elektron tizimi (BSET)

Bitimlarni shakllantirish

Savdo sessiyasidan keyin


8- bosqich

Sotuvchi, xaridor

To‘lovlarni to‘lash va yetkazib berish.

Oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda


9-bosqich

Birjalar

1. Eksport kontraktlarining birjada ro‘yxatdan o‘tkazish hamda tashqi savdo operatsiyalarining yagona avtomatlashtirilgan elektron tizimida hisobga qo‘yish.

2. O‘rtacha hisoblangan birja kotirovkalarini (narxlarini) hisoblash va ularni veb-saytga joylashtirish.

Har xafta


10-bosqich

Sotuvchilar

Birja savdolarida mahsulot ikki oy davomida realizatsiya qilinmagan hollarda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar orqali sotish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga murojaat qilish.

Zarur hollarda


11-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

1. Birja narxlari va tuzilgan eksport kontraktlari monitoringini yuritish.

2. Mahsulotlarni ikki oy davomida realizatsiya qilinmagan hollarda sotuvchilar murojaatiga muvofiq sabablarini o‘rganish, zarur hollarda tashqi bozor konyunkturasidan kelib chiqib to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar imzolashga ruxsat berish.

Sotuchilar murojaatiga muvofiq

a) 56-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi