Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining ichki va chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilariga, o‘quv muassasalari tinglovchilari hamda kursantlariga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-davolash muassasalari zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining ichki va chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarini, o‘quv muassasalari tinglovchilari hamda kursantlarini statsionar davolash vazifasi yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 1996-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra shtatdagi 127 nafar xodimlari bilan ichki qo‘shinlarning garnizon gospitalini (Navoiy sh.) belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi balansiga bersin.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatini 1996-yilda mablag‘ bilan ta’minlash rejalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi smetasida Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati ichki va chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarini, o‘quv muassasalari tinglovchilari hamda kursantlarini davolash uchun mablag‘larni har yili nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.