02.03.2020 yildagi PF-5953-son
Hujjat 03.03.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni xalq manfaatlari yo‘lida izchil davom ettirish maqsadida 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilingan holda tayyorlandi.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi, parlament palatalari qo‘shma majlisi va tashkiliy yig‘ilishlarida belgilangan vazifalarni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida:
1. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2020-yil 1-dekabrdan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan jarimani sud va vakolatli idoralarda ish ko‘rilgunga qadar ixtiyoriy to‘lashni rag‘batlantirish tizimi joriy etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini, shu jumladan tizimlashtirilgan “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri, shuningdek, sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatini tartibga soluvchi hamda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlari kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari ishlab chiqilishini ta’minlash topshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktabrdagi PQ-4502-son qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun pensiyani hisoblashda mehnat stajini tasdiqlash va ish haqi miqdorini belgilash “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mavjud ma’lumotlar asosida amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
31. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi, Kiberxavfsizlik markazi ikki oy muddatda Yagona reyestr va ro‘yxatlarni shakllantirish hamda yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda reyestr va ro‘yxatlarning dolzarb versiyalarini “Elektron hukumat” tizimiga taqdim etish uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlari ko‘rsatib o‘tilsin.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddati

Ijro uchun mas’ullar

Sarf-xarajatlar (mln so‘m)

Moliyalashtirish manbalari

Hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija

I. DAVLAT VA JAMIYAT QURILIShI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI

1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish

1.

Oliy Majlis Senatining qonun ijodkorligi va parlament nazoratidagi rolini oshirish.

2020-yil

1-iyun

Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, TIV, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

Senatga kelib tushgan qonunning joylardagi muhokamasini tashkil etishga oid aniq mexanizmni belgilash;

O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari hisobotini eshitish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;

Senat tomonidan vazirlik va idoralar rahbarlarining dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha hisobotini muntazam muhokama qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;

parlament va senator so‘rovi yuborilgan mansabdor shaxsning o‘zi tomonidan so‘rovga javob berish tartibini belgilash;

so‘rovlarni hududlar manfaatidan kelib chiqib shakllantirish, uning natijasiga oid axborotni qo‘mita va yalpi majlislarda muhokama qilish tizimini joriy etish;

Senatga mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan qonunga zid qarorlarni bekor qilish vakolatini berish;

Senatning har bir qo‘mitasi o‘z faoliyat rejasini hududiy muammolardan kelib chiqib shakllantirishi amaliyotini keng yo‘lga qo‘yish;

aholini tashvishga solayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal qilish maqsadida o‘rganilgan masalalar bo‘yicha bevosita joylarga borib, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida Senat kengashi va qo‘mitalarining sayyor majlislarini o‘tkazish tizimini joriy etish;

BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarish bo‘yicha tasdiqlangan indikatorlarga erishilishi ustidan mo�itoring olib borish;

Senat tomonidan yoshlar va ta’lim masalalari bo‘yicha tegishli choralarni belgilash nazarda tutiladi.

2.

Oliy Majlis Senatining mahalliy Kengashlar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish.

2020-yil

1-iyun

Oliy Majlis Senati,

xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, Qonunchilik muammolari

va parlament tadqiqotlari instituti,

Adliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

MTRK

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

Senatda doimiy asosda ishlaydigan senatorlarni mahalliy Kengashlarga biriktirish;

joriy yilda Samarqand viloyati xalq deputatlari Kengashining faoliyatini “namunali Kengash” sifatida tashkil etish;

ijro organlarini joylarda faol ishlatish maqsadida senatorlarning joylardagi rahbarlar hisobotini eshitish, respublika darajasida hal qilinadigan masalalarni Senat muhokamasiga kiritib borishni joriy etish;

Senatda joriy etilgan majlislarni jonli efir orqali namoyish qilish borasidagi amaliyotni mahalliy Kengashlar faoliyatiga ham joriy etish;

mahalliy Kengashlarda “Senatorlar xonasi”ni tashkil etish nazarda tutiladi.

3.

Senatning Davlat budjetini shakllantirish va ijro etish jarayonlari ustidan hududlar manfaatidan kelib chiqqan holda nazorat olib borish faoliyatini kuchaytirish.

2020-yil

15-mart

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi,

Moliya vazirligi

280 mln so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Oliy Majlis Senatining Davlat budjeti ijrosi ustidan nazorat olib borishi mexanizmini belgilash;

Oliy Majlis Senatida davlat budjeti, iqtisodiyot, pul-kredit siyosati masalalarida senatorlarga professional va xolis axborot-tahliliy, ekspertlik xizmatini ko‘rsatuvchi alohida tuzilma tashkil etish;

ushbu tuzilmaga yuqori malakali kadrlarni jalb qilish, 2020-yilda tuzilmaning joriy ta’minoti, xo?imlar mehnatiga haq to‘lashga mablag‘ ajratish nazarda tutiladi.

4.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish.

2020-yil

1-may

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

(kelishuv asosida),

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

Normativ-huquqiy hujjatlar va chora-tadbirlar dasturi loyihalari.

Loyihalarda:

Qonunchilik palatasi tashkiliy tuzilmasini, xususan uning boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha tegishli tadbirlarni belgilab berish;

Qonunchilik palatasi majlislarida davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish tizimini joriy qilish;

BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarish, ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Hukumat a’zolari va tarmoq rahbarlarining hisobotini muntazam eshitib borish;

inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tavsiyalari ijrosini ta’minlash yuzasidan “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va tasdiqlash;

yil yakuniga ko‘ra qabul qilingan har bir qonun xalq tomonidan qanday baholanganini va uning samaradorlik darajasini monitoring qilish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish amaliyotini shakllantirish;

qonun loyihalarining xalqaro shartnomalarga, O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalarga mosligini o‘rganish amaliyotini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

5.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilish amaliyotini kengaytirish, ijtimoiy munosabatlarni qonunlar bilan tartibga solish darajasini oshirish.

2020-yil

1-aprel

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti,

Adliya vazirligi

Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori loyihasi.

Loyihada Oliy Majlis palatalarining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlarda tizimlashtirilishi va unifikatsiya qilinishi lozim bo‘lgan qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni bugungi kun talablari asosida qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash nazarda tutiladi.

6.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyalarning faolligini oshirish.

2020-yil

1-may

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

(kelishuv asosida),

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

saylovoldi uchrashuvlarda aholi tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha aniq dastur va “yo‘l xarita”larini ishlab chiqish hamda ularni mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda to‘liq amalga oshirish;

fraksiyalarning qonun ijodkorligi faoliyati bo‘yicha joriy va istiqbolli dasturlarini ishlab chiqish;

ilgari surilayotgan har bir taklifni saylovchilar bilan muhokama qilish tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari nazarda tutiladi.

7.

Parlament tekshiruvi institutidan samarali foydalanishning huquqiy asoslarini takomillashtirish.

2020-yil

1-aprel

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada Qonunchilik palatasi va Senatga o‘zlarining alohida qarori bilan parlament tekshiruvi o‘tkazish va tegishli komissiyalar tuzish vakolatini berish nazarda tutiladi.

8.

Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlarining qonun ijodkorligi jarayonidagi tashabbuskorligi va mas’uliyatini oshirish.

2020-yil

1-iyun

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi,

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti,

qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirishning aniq tartibini belgilash;

qonun loyihalari birinchi o‘qishda qabul qilinayotganda ma’ruza bilan chiqish vazifasini, qoida tariqasida, qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti yoki uning vakili zimmasiga yuklash;

mazkur qoidani amalga oshirish mexanizmini belgilash, jumladan tashabbuskor idora qonun loyihasining ahamiyatini deputatlar oldida asoslab bera olmagan hollarda loyihani ko‘rib chiqishni rad etish tartibi nazarda tutiladi.

9.

Oliy Majlis palatalari faoliyatidan jamoatchilik xabardorligini oshirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish.

Yil davomida

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

MTRK

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda parlamentning har bir tadbiri haqidagi axborotlar palatalarning rasmiy veb-saytlari va boshqa ommaviy axborot vositalarida tizimli yoritilishini ta’minlash nazarda tutiladi.

10.

“Elektron parlament” tizimi loyihalarini amalga oshirish.

2020-yil

1-may

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Moliya vazirligi

Hisob-

kitoblarga asosan

Oliy Majlis

Qonunchilik palatasi va Senatiga ajratilgan budjet mablag‘lari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatida:

parlament va deputat so‘rovlarini jamoaviy murojaatlar asosida Internet tarmog‘ida shakllantirish imkoniyatini yaratish;

deputatlarni o‘z saylovchilari bilan bog‘lash, shu jumladan ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borish, amalga oshirilayotgan ishlar, ko‘rib chiqilayotgan hujjatlar va saylovchilarni qiynayotgan muammolarni muhokama qilish imkoniyatini beradigan elektron portal va mobil ilovalarni ishga tushirish;

tizimda deputatlarni aniq bir okrugga biriktirish, okrug doirasidagi faoliyati bo‘yicha hisobot berib borishni yo‘lga qo‘yish hamda uni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual va Xalq qabulxonalarining axborot tizimlari, boshqa interaktiv portallar bilan integratsiya qilish;

Senatning rasmiy veb-saytini takomillashtirish, unda fuqarolar tomonidan senatorga elektron murojaat yuborish va fuqarolar bilan “qayta aloqa” imkoniyatlarini yaratish nazarda tutiladi.

11.

“Elektron parlament” tizimi doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha baholash va reyting tizimini joriy etish.

2020-yil

1-avgust

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

(kelishuv asosida), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Moliya vazirligi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi qarori loyihasi.

Loyihada deputatlarning qonun ijodkorligi va parlament nazorati sohasidagi faoliyatini baholashning elektron tizimini ishlab chiqish va “Elektron parlament” tizimiga joriy etish nazarda tutiladi.

12.

Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish.

2020-yil

1-may

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti,

Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi

Hisob-

kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori loyihasi.

Loyihada:

institutning tashkiliy tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish;

malakali mutaxassis va olimlarni jalb qilish uchun zarur sharoitlarni yaratish, shu jumladan institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida alohida bino bilan ta’minlash;

Qonunchilik palatasiga kiritilgan har bir qonun loyihasi yuzasidan Institutning ilmiy-huquqiy xulosasini olish amaliyotini keng joriy qilish;

olimlar, fuqarolar va ommaviy axborot vositalari vakillari o‘rtasida birinchi o‘qishdan o‘tgan qonun loyihalari bo‘yicha jonli muhokamani o‘tkazish yuzasidan platforma tashkil etish;

qabul qilingan qonunlarning amaliyotdagi ta’sirchanligini o‘rganib borish, jumladan muayyan sohadagi qonunchilikni o‘rganishda jamoatchilik orasida so‘rovlar o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;

“Qonunchilik muammolari axborotnomasi” davriy nashrini tashkil etish nazarda tutiladi.

13.

Xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishda parlamentning rolini yanada kuchaytirish.

2020-yil

1-sentabr

Oliy Majlis palatalari(kelishuv asosida),

TIV, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi,

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori loyihasi.

Loyihada:

Parlament diplomatiyasi konsepsiyasini tasdiqlash;

xorijiy davlatlar bilan hamkorlik masalalarida har yillik dasturlarni qabul qilish va ularning ijrosini qat’iy nazoratga olish amaliyotini joriy etish;

Parlamentlararo Ittifoq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Parlament assambleyasi, MDH parlamentlararo assambleyasi bilan o‘zaro hamkorlikning aniq va uzoq muddatli ish rejalarini tasdiqlash nazarda tutiladi.

14.

Qonun normalarining Konstitutsiyaga muvofiqligini o‘rganish yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartibini soddalashtirish, uning subyektlari doirasini kengaytirish.

2020-yil

1-iyul

Konstitutsiyaviy sud,

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Qonunchilik muammolari va p�rlament tadqiqotlari instituti

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

Konstitutsiyaviy sudda qonunlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini ko‘rib chiqish uchun masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar qatoriga fuqarolar va yuridik shaxslarni;

Konstitutsiyaviy sudda o‘rganib chiqish uchun masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar qatoriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazini kiritish nazarda tutiladi.

15.

Xalq deputatlari Kengashlarining faoliyatini kuchaytirish va nazorat sohasidagi vakolatlarini kengaytirish.

2020-yil

1-iyul

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari,

Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

viloyat va tuman hokimlari o‘z dasturlari va ularning ijrosi to‘g‘risida xalq deputatlari viloyat Kengashlarida hisobot berishini nazarda tutuvchi tizimni joriy qilish;

mahalliy Kengashlarga vazirlik va idoralar hududiy bo‘linmalari rahbarlarining o‘z lavozimiga loyiqligi yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarga taklif kiritish vakolatini berish;

mahalliy vakillik organlari faoliyatida Kengash so‘rovi institutini joriy qilish;

mahalliy Kengashlarning doimiy asosda ishlaydigan kotibiyatlarini tashkil etish;

viloyatlar va tumanlar hokimlari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni tegishincha Senat va mahalliy Kengashlarda muhokamadan o‘tkazish va himoya qilish amaliyotini joriy qilish;

konsepsiya, strategiya va boshqa qarorlardagi indikatorlar va maqsadli parametrlar ijrosi bo‘yicha hokimlarning ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikka muntazam axborot berishi;

mahalliy Kengashlar faoliyatining ochiqligini ta’minlash choralarini ko‘rish nazarda tutiladi.

16.

Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2020-yil

1-oktabr

Adliya vazirligi,

Markaziy saylov komissiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti,

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi,

Davlat boshqaruvi akademiyasi

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

saylovchilarning saylov jarayonida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari;

“Bir saylovchi — bir ovoz” tamoyili asosida ko‘pchilik uchun ovoz berish amaliyotiga chek qo‘yishga qaratilgan chora-tadbirlar;

saylovchilar tomonidan Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati tizimida o‘ziga oid ma’lumotlarni tekshirish, saylov uchastkasini aniqlashtirishga doir interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha tadbirlar nazarda tutiladi.

17.

Saylov tizimini yanada tako?illashtirish choralarini ko‘rish.

2020-yil

1-iyun

Markaziy saylov komissiyasi,

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

saylovlarni moliyalashtirish manbalarini kengaytirishga oid masalalarni o‘rganish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha parlament komissiyalarini tuzish;

mahalliy va xorijiy ekspertlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda saylov tizimini yanada takomillashtirishga oid forumlar o‘tkazish;

mahalliy Kengashlarga saylov o‘tkazishning uch pog‘onali tizimini optimallashtirish masalalarini o‘rganish;

xorijda ovoz berish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va amalga kiritish;

tuman va shahar saylov komissiyalarining rolini oshirish;

xalqaro tashkilotlar va kuzatuvchilarning taklif va tavsiyalarini chuqur o‘rganib, saylov jarayonini takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish;

saylov jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash nazarda tutiladi.

18.

Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini takomillashtirish.

2020-yil

1-noyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat personallashtirish markazi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Ichki ishlar vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi,

vazirlik va idoralar

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatidagi ma’lumotlarni yangilab borish reglamentini tasdiqlash;

vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvini to‘liq yakunlash;

real vaqt rejimida ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish orqali Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatidagi ma’lumotlar dolzarbligini ta’minlash;

viloyat va tuman (shahar) saylov komissiyalarining a’zolari, deputatlar, shuningdek, sertifikatlangan trenerlar haqidagi ma’lumotlarni kiritish, jamlash va saqlashni nazarda tutuvchi modullarni ishlab chiqish;

ishlab chiqilgan modullar yordamida barcha turdagi statistik ma’lumotlarni shakllantirish va yuklab olish, bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar o‘tkazish nazoratini amalga oshirish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.

19.

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyati takomillashtirish.

2020-yil

1-iyul

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori loyihasi.

Loyihada:

jamoat fondining tashkiliy tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish;

ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini fond faoliyatida kengaytirish;

jamoat fondi tomonidan grant loyihalarni jalb qilish tartibini takomillashtirish nazarda tutiladi.

20.

“Mening fikrim” veb portali faoliyatini yanada takomillashtirish.

2020-yil

1-may

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti,

Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Hisob-

kitoblarga asosan

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori loyihasi.

Loyihada:

“Mening fikrim” veb portali orqali elektron jamoaviy murojaat qilish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi, shu jumladan tashabbuslarni ko‘rib chiqish, qabul qilish va rad etish jarayonining shaffofligini ta’minlovchi yangi nizomni tasdiqlash;

veb-portalning hisobotlar va statistika modulini takomillashtirish,

foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida veb-portalning mobil ilovasini yaratish va portaldan foydalanish tartibini soddalashtirish;

veb-portalga kelib tushayotgan murojaatlarni ommaviy axborot vositalarida deputatlar, mutaxassislar, keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish uchun ko‘rsatuv va eshittirishlar tashkil etish nazarda tutiladi.

21.

Yoshlarning qonun ijodkorligi jarayonidagi ishtirokini yanada kengaytirish.

2020-yil

1-iyun

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

Oliy Majlis palatalari Kengashlari qarorlari loyihalari.

Loyihalarda:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzurida hamda Senati huzurida Yoshlar parlamentlarini tashkil etish va ularning tarkiblarini shakllantirish tartibini belgilash;

Yoshlar parlamentlarining Oliy Majlis palatalari qo‘mitalari bilan o‘zaro aloqasini yo‘lga qo‘yish;

Yoshlar parlamentlari a’zolarining qonunchilik hamda parlament nazoratini amalga oshirish jarayonlarida faol ishtirok etishini ta’minlash nazarda tutiladi.

1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish

22.

Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2020-yil

1-aprel

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Mehnat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

davlat fuqarolik xizmati joriy qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxatini tasdiqlash;

davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrini tasdiqlash;

davlat fuqarolik xizmati lavozimlari klassifikatorining tuzilishi (matritsasi)ni belgilash;

lavozimlar va tarkibiy bo‘linmalarning nomlanishiga oid yagona talablarni joriy etish;

kadrlar bo‘linmalarining nomlanishi, tuzilishi va shtat birliklarini unifikatsiyalash;

davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini joriy etish;

tajriba tariqasida qator vazirlik va idoralarda:

davlat fuqarolik xizmatini o‘tash tartibini;

davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarini egallash uchun tanlab olish tizimini;

davlat fuqarolik xizmatchilarining unifikatsiyalashgan mehnatga haq to‘lash tizimini joriy etishni belgilash nazarda tutiladi.

23.

Mutaxassislarni xorijda tayyorlashni tashkil etish tizimini tubdan takomillashtirish va davlat fuqarolik xizmatchilari salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha yangi mexanizmni yo‘lga qo‘yish.

2020-yil

1-aprel

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi,

vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti,

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

xorijda mutaxassislarning ta’lim olishini tashkil etish tizimini tubdan optimallashtirish;

ta’lim dasturlari bo‘yicha nomzodlar tanlovi muntazam asosda va O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun, ularning respublikadagi ish va o‘qish joyidan qat’i nazar ochiq tarzda amalga oshirish;

malaka oshirish bo‘yicha ta’lim dasturi respublika vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtmalari asosida istiqbolli va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘�icha amalga oshirish;

2020-yildan boshlab sohadagi ilg‘or xorijiy ta’lim texnologiyasidan foydalangan holda hamda davlat xizmatchilarini 6 oygacha bo‘lgan muddatda xorijiy tillarga intensiv ravishda o‘qitish bo‘yicha yangi ta’lim dasturini joriy etish nazarda tutiladi.

24.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini tubdan takomillashtirish.

2020-yil

1-aprel

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Davlat boshqaruvi akademiyasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Hisob kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyihada:

Akademiyaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlarini takomillashtirish;

Davlat fuqarolik xizmatchilarining malakasini oshirish tashkiliy-uslubiy markazini tashkil etish;

Akademiyada o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlari va zamonaviy o‘qitish usullarini joriy etish;

har yili Akademiya magistraturasi va qayta tayyorlash kurslariga davlat grantlari bo‘yicha umumiy qabul kvotalarining kamida 30 foizi ayollar uchun ajratilishi;

davlat fuqarolik xizmatchilarini belgilangan kvotalardan tashqari ochiq tanlov yo‘li orqali to‘lov-kontrakt asosida Akademiyada tayyorlash va qayta tayyorlash nazarda tutiladi.

25.

Yoshlarni davlat xizmatiga qiziqtirish orqali vatanparvar yosh kadrlar zaxirasini shakllantirish.

2020-yil

1-aprel

Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi, Yoshlar ittifoqi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

yoshlar, xususan maktabning yuqori sinf o‘quvchilari, litsey, kollej va oliy ta’lim muassasalari talabalarining davlat xizmatiga qiziqishini oshirish;

yoshlarning ongida davlat xizmati jozibadorligini oshirish, ularda bu bo‘yicha amaliy ko‘nikma va dastlabki bilimlarni oshirish;

yoshlarda vatanga sadoqat va xizmat ruhini vujudga keltirish orqali kelgusi vatanparvar yosh davlat xizmatchilari qatlamini shakllantirib borish;

yoshlar uchun o‘zi qiziqqan yo‘nalishdagi nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash uchun respublika va hududiy davlat tashkilotlarida o‘z xohishiga ko‘ra ko‘ngilli sifatida ikki haftalik amaliyot o‘tashiga ushbu ta�kilot rahbarlari tomonidan imkoniyat yaratib berish;

yoshlar bilan bevosita davlat tashkilotlari rahbarlari o‘rtasida tashkilotga yoshlarning tashrif buyurishi orqali o‘zaro muhokama va savol-javoblarga asoslangan uchrashuvlar hamda tashkilot bo‘ylab ekskursiyalar tashkil etib borish nazarda tutiladi.

26.

Vazirlar Mahkamasi faoliyatida xalq bilan muloqot qilishning “qayta aloqa” vositalarini keng joriy qilish.

2020-yil

1-aprel

Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

vazirlik va idoralar

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

Hukumat qarorlari ijrosini tashkil etishda keng jamoatchilik fikrini o‘rganish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;

ijtimoiy tarmoqlarda Hukumat qarorlari ijrosi bo‘yicha aholi fikrini o‘rganish uchun maxsus sahifalar ochish;

hokimlarning tadbirkorlikka oid qarorlarini Hukumat tomonidan monitoring qilib borish va uning natijalari yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish mexanizmlarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

27.

Tarmoq va hudud rahbarlari faoliyatini samarali tashkil etish uchun ilg‘or xorijiy tajriba asosida zamonaviy menejment tizimini joriy etish.

2020-yil

1-iyun

Vazirlar Mahkamasi,

Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Adliya vazirligi,

Mehnat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

har bir sohani o‘rta va uzoq istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha aniq reja va dasturlarni ishlab chiqish;

vazirlik va idoralar ko‘rsatkichlari bilan birgalikda har bir viloyat va tumandagi ijro organlari faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish;

Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi muhim masalalariga oid yig‘ilishlarida hokimlar va hududiy idoralar rahbarlari faoliyatining samaradorligiga baho berish tizimini yaratish;

ushbu tizimni xalqaro reyting va indeks ko‘rsatkichlari bilan uyg‘unlashtirish nazarda tutiladi.

28.

Mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish.

2020-yil

1-iyul

Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi,

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

hokimlarning vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish va ularga xos bo‘lmagan hamda takrorlanuvchi funksiyalarni tegishli organlarga o‘tkazish;

hokimlar va ularning o‘rinbosarlari, hokimlik apparati tarkibiy bo‘linmalari funksional vazifalarining namunaviy Nizomlarini tasdiqlash;

hokimlar faoliyatini baholash bo‘yicha aniq mezonlarni va maqsadli vazifalarni ishlab chiqish;

mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini kompleks baholash tizimini yaratish maqsadida Hududlarning rivojlanish indeksini ishlab chiqish;

mazkur indeksdan kelib chiqib, hududlarga oid siyosatni belgilash, mahalliy budjetlarga moliyaviy ko‘mak berish hamda rahbarlarni rag‘batlantirish masalalarini o‘rganish nazarda tutiladi.

29.

Qonun hujjatlari ijrosini n�zorat qilish tizimini va bu boradagi yondashuvlarni takomillashtirish, vazifa va topshiriqlar natijadorligini tanqidiy tahlil qilishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy qilish.

2020-yil

1-aprel

Vazirlar Mahkamasi,

Adliya vazirligi, Hisob palatasi

Amaliy chora-tadbirlar rejasi.

Bunda:

har bir topshiriqning ijro etilgani erishilgan pirovard natijaga qarab baholash mexanizmlari;

qonun hujjatlari ijrosini to‘g‘ri tashkil etish orqali amalga oshirilayotgan islohotlarning har bir tuman va qishloqqa, chekka hududlargacha yetib borishini ta’minlash tizimi;

barcha darajadagi ijro organlarida intizomni kuchaytirish, belgilangan vazifa va topshiriqlar natijadorligini tanqidiy tahlil qilishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish nazarda tutiladi.

30.

Respublika darajasida qarorlar qabul qilishda mahalliy hokimliklarning ishtirokini ta’minlash.

2020-yil

1-aprel

Vazirlar M�hkamasi,

Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahalliy dasturlarga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishish tartibini joriy qilish nazarda tutiladi.

31.

Samarasiz faoliyat yuritayotgan idoralararo kollegial organlar ishini qayta ko‘rib chiqish.

2020-yil

1-sentabr

Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

komissiyalar va ishchi guruhlar samaradorligini tahlil qilish hamda natijasi bo‘yicha ularni kelgusida qisqartirish va optimallashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

samarasiz faoliyat yuritayotgan idoralararo ko�legial organlarni qisqartirish nazarda tutiladi.

32.

Davlat organlari faoliyati hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash.

2020-yil

1-aprel

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

MTRK,

O‘zbekiston Axborot agentligi,

vazirlik va idoralar

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

ijro hokimiyati organlari iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalardagi islohotlar, qabul qilinayotgan hujjatlar mazmun-mohiyati hamda ularning ijrosi haqida xalqimizga sodda va ravon tilda tushuntirish;

ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlardan keng foydalanish, matbuot anjumanlari, brifinglar, media-turlar tashkil etish;

hukumat, vazirlik va idoralar, hududlar rahbarlari ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilayotgan dolzarb masalalar bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishi va ularga prinsipial munosabat bildirish tizimini yo‘lga qo‘yish;

ma’lumotlar ochiqligi borasidagi ishlarni tanqidiy ko‘rib chiqib, veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda�i sahifalarda ma’lumotlarni muntazam joylashtirish va yangilab borish;

mazkur yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish uchun har bir idora o‘zining media dasturini ishlab chiqishi va Hukumat tomonidan ularning ijrosini qat’iy nazorat qilish nazarda tutiladi.

33.

Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri virtual qabulxonasi axborot tizimi — “business.gov.uz” Yagona interaktiv portalini moddiy-texnik jihatdan takomillashtirish.

2020-yil

1-iyul

Vazirlar Mahkamasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi,

Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Budjet mablag‘lari, grantlar va boshqa mablag‘lar

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

portalni modernizatsiya qilish bo‘yicha texnik talablarni ishlab chiqish;

tizim va mobil ilovaning talablarini o‘rganish va tahlil qilish;

o‘tkazilgan o‘rganishlar asosida talablarni ishlab chiqish va joriy qilish nazarda tutiladi.

34.

Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar orasida eng obro‘li va hurmatga ega shaxslarning faoliyati, erishgan yutuqlari va hayotiy tajribasini keng jamoatchilik, ayniqsa yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish tizimini yo‘lga qo‘yish.

2020-yil 1-iyul

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar uyushmasi,

MTRK, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,

Yoshlar ittifoqi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va yuqori darajadagi ordenlar sohiblari hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan manzilli targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazish;

“Mustaqil O‘zbekiston Qahramonlari” nomli albom-kitob tayyorlash;

ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalari o‘rtasida “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va yuqori darajadagi ordenlar sohiblari hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan tanlovlarni o‘tkazish;

bugungi kun qahramonlari hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan teleko‘rsatuvlar tayyorlash, radioviktorinalar o‘tkazish, hujjatli filmlar yaratish, yurtimiz muzeylarida foto-ko‘rgazmalar tashkil qilish, ularni respublika miqyosida keng yoritish;

ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Qahramonlari faoliyatini yoritishga qaratilgan veb-saytlar yaratish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish

35.

Jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, davlat va jamiyat o‘rtasida o‘zaro yaqin hamkorlikni o‘rnatish.

2020-yil

1-iyun

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi, Adliya vazirligi, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Jamoatchilik palatasini tashkil etish va uning funksional vazifalarini belgilash;

mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid va jamoatchilikda alohida qiziqish uyg‘otadigan o‘ta muhim masalalarga doir qarorlarni qabul qilishda jamoatchilik bilan maslahatlar, jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

36.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil 1-may

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi,

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi,

“Yuksalish” umummilliy harakati,

Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi.

Loyiha bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlanadi:

fuqarolik jamiyati rivojlanishining nazariy, konseptual va metodologik asoslari;

O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning milliy modeli;

fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari va boshqalar.

37.

Davlat organlarida xalq bilan muloqot va murojaatlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish.

2020-yil

1-avgust

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi,

Adliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash holati bo‘yicha hisobotlarini parlament va mahalliy Kengashlarda muntazam ravishda eshitish tartibini joriy qilish;

har bir deputat tomonidan Xalq qabulxonalari bilan doimiy hamkorlik o‘rnatib, o‘z hududida yashayotgan aholi muammolarini yechishda faol ishtirok etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;

davlat organlarida xalq bilan muloqot va murojaatlar bilan ishlash tizimi samaradorligini baholash mexanizmini ishlab chiqish;

davlat organlari rahbarlari va hokimlarning murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobotini parlament va xalq deputatlari kengashlarida muntazam eshitish tizimini yo‘lga qo‘yish;

mavjud shtat birliklari doirasida barcha davlat organlarida bevosita rahbarga bo‘ysunuvchi murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha alohida bo‘linmalar tashkil etish;

murojaatlar bilan ishlash bo‘linmalari xodimlarini har uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkazish;

davlat organlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘linmasi xodimlarin� lavozimga tayinlash va ozod etish masalalarini tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari bilan majburiy tartibda kelishish;

davlat organlari tomonidan har chorak yakuni bo‘yicha murojaatlar bilan ishlash natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtirish nazarda tutiladi.

38.

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ni saylash jarayonini yanada demokratlashtirish.

2020-yil 1-iyun

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

fuqarolar yig‘ini raisini saylash muddatini uzaytirish;

fuqarolar yig‘ini raisi saylovini o‘tkazish jarayonini takomillashtirish va ochiqligini ta’minlash;

fuqarolar yig‘ini raisini kun davomida saylash tartibini joriy etish;

fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalarning faoliyatida oshkoralikni kengaytirish;

fuqarolar yig‘ini raisi saylovida ishtirok etadigan fuqarolar vakillarining minimal sonini ko‘paytirish nazarda tutiladi.

II. QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASh VA SUD-HUQUQ TIZIMINI YANADA ISLOH QILIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI

2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish

39.

Sudyalarning mustaqilligini to‘liq ta’minlashga qaratilgan kafolatlarni yanada kuchaytirish, sudyalar maqomining huquqiy asoslarini takomillashtirish.

2020-yil

1-oktabr

Oliy sud,

Sudyalar oliy kengashi,

Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyiha bilan “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahririni qabul qilish nazarda tutiladi.

Loyihada:

sudlar raislarining sudyalar faoliyatini baholash, ularga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atishdagi ishtirokini qayta ko‘rib chiqish;

sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish haqidagi qaror ustidan shikoyat qilish mexanizmini takomillashtirish;

sudyalarning vakolatlarini to‘xtatib turish hamda tugatish asoslari va tartibini xalqaro standartlarga moslashtirish;

sudyalarning maqomini belgilovchi normalarni takomillashtirish va iste’fodagi sudyaning huquqiy maqomini belgilash;

sudyalarni rotatsiya qilishning aniq va shaffof mexanizmini joriy etish;

sudlar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini tizimlashtirish;

sud mustaqilligiga daxl qilish bilan bog‘liq har qanday holat yuzasidan sudya tomonidan bevosita va tezkor xabar berish imkoniyatini ko‘zda tutuvchi tizimni yaratish;

ushbu masalalarni qonunosti hujjatlari bilan tartibga solish tartibini bekor qilish nazarda tutiladi.

40.

Sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish.

2020-yil

1-oktabr

Sudyalar oliy kengashi,

Oliy sud

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

sudyalar hamjamiyati tushunchasi, sudyalar hamjamiyati organlarining sud tizimidagi o‘rni;

sudyalar hamjamiyati organlarining vazifalari, funksiyalari va vakolatlari;

sudyalar hamjamiyati organlarini shakllantirish, shu jumladan ushbu organlarga nomzod ko‘rsatish tartibi;

sudyalar hamjamiyati organlarining sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashdagi roli nazarda tutiladi.

41.

Sudyalarning malaka hay’atlari faoliyatini demokratik tarzda tashkil etish, ularning xolisligi va beg‘arazligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha huquqiy choralarni ishlab chiqish.

2020-yil

1-oktabr

Oliy sud,

Sudyalar oliy kengashi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

sudyalarning oliy malaka hay’atini shakllantirish vakolatini sudyalar hamjamiyati organiga o‘tkazish;

sudyalarning malaka hay’atlari tarkibini amaldagi sudyalar hamda jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi a’zolar (sobiq sudyalar, sud organlari faxriylari) hisobidan shakllantirish;

sudyalarning malaka hay’atlari raislari, o‘rinbosarlari va a’zolarini surunkasiga ikki muddatdan ortiq bo‘lmagan muddatga yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylash tartibini joriy etish;

sudyalarning oliy malaka hay’ati, joylardagi sudyalar malaka hay’atlarining raisi lavozimiga o‘tkaziladigan saylovlarda ushbu sudlar raislarining nomzodini ko‘rsatmaslik nazarda tutiladi.

42.

Sud qarorlarini?g qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini qayta ko‘rib chiqish institutini takomillashtirish.

2020-yil 1-sentabr

Oliy sud,

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini qayta ko‘rib chiqish tartibini ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda takomillashtirish;

fuqarolar uchun odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida apellatsiya va kassatsiya instansiyalarini isloh qilish, nazorat tartibida ish yuritish institutini bekor qilish nazarda tutiladi.

43.

Sudlarning moddiy-texnik sharoitlarini yaxshilash va sudyalar faoliyatining ijtimoiy kafolatlarini kuchaytirish.

2020-yil

1-may

Oliy sud,

Moliya vazirligi

Hisob-

kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

2021-yildan sudyalar va sud xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘liq Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirish choralarini ko‘rish, buning uchun budjetda alohida satrni ajratish;

sudyalar va sud xodimlarining ish haqini oshirish, ularning mehnatiga haq to‘lash normalarini qayta ko‘rib chiqish va xalqaro standartlarga moslashtirish;

yangi qurilishi rejalashtirilayotgan sud binolarini ilg‘or xalqaro tajriba asosida loyihalashtirish, sud binolarini qurish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha dasturni tasdiqlash;

sudyalarni qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilgan xizmat uy-joyi olish huquqiga ega bo‘lgan rahbarlar ro‘yxatiga kiritish;

sudlar faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik bazasini yaxshilashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash

44.

Propiska tizimini isloh qilish.

2020-yil

1-aprel

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, IIV, TIV, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi.

Loyihalarda:

2020-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkka ega bo‘lishda doimiy propiska mavjudligi haqidagi talabni bekor qilish;

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun undiriladigan davlat bojining alohida stavkasini bekor qilish;

ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda, asosiy ishchi kuchi yashaydigan va ish o‘rinlari yaratilayotgan hududlar o‘rtasida tafovutni bartaraf etish va ichki migratsiyani erkinlashtirish nuqtai nazaridan, propiska tizimini isloh qilish nazarda tutiladi.

2.3. Ma’muriy va jinoyat qonunchiligini takomillashtirish

45.

Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash bosqichiga “dastlabki eshituv” institutini joriy etish.

2020-yil

1-dekabr

Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash bosqichida ish yuzasidan qarorlarni tortishuv prinsipiga rioya etgan holda taraflar ishtirokida qabul qilish tartibini belgilash;

jinoyat ishini umumiy tartibda ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etish tartibini belgilash nazarda tutiladi.

46.

Jinoyat ishini yuritishda surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasida protsessual harakatlarni amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibini takomillashtirish.

2020-yil

1-oktabr

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

IIV, DXX,

Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi aybiga to‘liq iqrorlik bildirgan va ayblash uchun yetarli dalillar bo‘lgan hollarda ish yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish;

soddalashtirilgan tartibda ish yuritish haqida iltimosnoma berish himoyachi ishtirokida amalga oshirilishi majburiyligini hamda yengilroq jazo tayinlash tartibini belgilash nazarda tutiladi.

47.

Surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida dalillarni to‘plash va mustahkamlash tartibini ilg‘or xorijiy tajriba asosida yanada takomillashtirish.

2020-yil

1-noyabr

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

IIV, DXX,

Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

shaxsning huquqiy maqomidan kelib chiqqan holda ko‘rsatuvlardan kelgusida dalil sifatida foydalanish asoslarini aniqlashtirish, jumladan shaxsni jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi sifatida jalb qilish uchun muqarrar va yetarli asoslar bo‘lganda uni guvoh sifatida so‘roq qilishga imkon ber�vchi normalarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqish;

jinoyatga aloqador dalillarni to‘plash uchun o‘tkaziladigan tergov harakatlari doirasini kengaytirish;

xolislar institutini ilg‘or xorijiy tajriba asosida yanada takomillashtirish hamda tergov harakatlarini videoyozuv orqali qayd etishning zamonaviy mexanizmlarini belgilash nazarda tutiladi.

48.

Tadbirkorlik sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik asoslarini qayta ko‘rib chiqish, ayrim jinoyat turlarini dekriminalizatsiya qilish.

2020-yil

1-aprel

Oliy sud,

Bosh prokuratura, Davlat bojxona qo‘mitasi, DXX,

Adliya vazirligi, Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

bojxona sohasidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyatini birinchi marta sodir etgan va tovar uchun to‘lovni ixtiyoriy ravishda to‘lagan hamda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish tartibini joriy etish (bojxona chegarasi orqali olib o‘tish cheklangan va taqiqlangan tovarlar bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar bundan mustasno);

tadbirkorlik subyekti hisoblangan yuridik shaxslarning faqat tashkiliy-huquqiy shakliga asoslanib uyushgan guruh va jinoiy uyushma sifatida e’tirof etishni taqiqlovchi mexanizmlarni joriy etish;

tadbirkorlik sohasidagi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan ayrim jinoyat turlarini dekriminalizatsiya qilish (soxta tadbirkorlik, raqobatchini obro‘sizlantirish va boshqalar) nazarda tutiladi.

49.

Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar hamda hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish.

2020-yil

1-sentabr

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

IIV,

Adliya vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash;

o‘simlik va hayvonot dunyosiga, atmosfera va suv resurslariga zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi yangi huquqbuzarliklar turlarini belgilash va amaldagi javobgarlik choralarini kuchaytirish;

ushbu huquqbuzarliklarni aniqlash va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun mas’ul bo‘lgan idoralarning samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish mexanizmlari nazarda tutiladi.

50.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar ish yurituviga o‘tkazish va ma’muriy jarimalarni ixtiyoriy to‘lashni rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni joriy etish.

2020-yil

1-oktabr

Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar ish yurituviga o‘tkazish;

sudlar shtat birliklarini ish yuklamasidan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqish;

huquqbuzar tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks tegishli moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan jarimani sud va vakolatli idoralarda ish ko‘rilgunga qadar ixtiyoriy to‘lashni rag‘batlantirish nazarda tutiladi.

51.

Ma’muriy sud ishlarini yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish.

2020-yil

1-oktabr

Oliy sud,

Sudyalar oliy kengashi, vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

soddalashtirilgan tartib doirasida ko‘rib chiqiladigan ma’muriy ishlar doirasini belgilash;

soddalashtirilgan tartibda ma’muriy ishni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning maqomi, sud muhokamasini o‘tkazish, sud majlisi bayonnomasini yuritish va hal qiluv qarori chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi.

52.

Sudlar faoliyatida prokuror ishtirokini takomillashtirish.

2020-yil

1-aprel

Oliy sud,

Bosh prokuratura,

IIV, Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

davlat ayblovchisi faoliyatini xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribaga muvofiqlashtirish;

prokurorning ayblovdan voz kechishining huquqiy asoslari va protsessual tartibini belgilash;

prokuror tomonidan sud qarorlariga nisbatan protest keltirish asoslari va tartibini qayta ko‘rib chiqish hamda ilg‘or xorijiy tajribaga moslashtirish;

prokuror tomonidan qonuniy kuchga kirgan hukmlar, hal qiluv qarorlari, ajrimlar yoki qarorlar bo‘yicha ishlarni, ish yuzasidan taraflar murojaati (prokurordan tashqari) bo‘lgan holdagina, suddan o‘rganish uchun olish tartibini belgilash;

qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari sudlarda boshqa shaxslarning tashabbusi bilan qo‘zg‘atilgan fuqarolik va iqtisodiy ishlarning ko‘rilishida prokuror o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishini istisno etish;

Oliy sud Plenumi majlislarida sud tizimi vakillari bo‘lmagan shaxslar ishtirokining aniq chegaralarini belgilash, bunda Bosh prokurorning majburiy ravishda qatnashish tartibini bekor qilish nazarda tutiladi.

2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish

53.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida davlat organini tashkil etish.

2020-yil

1-may

Bosh prokuratura, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),

IIV, DXX, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyihada:

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida davlat organini tashkil etish, faoliyatining huquqiy asoslarini belgilash;

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida davlat organining vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlarini belgilash;

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida davlat organining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisiga hisobdorligi nazarda tutiladi.

54.

Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi faoliyatini sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish.

2020-yil

1-may

IIV, Milliy gvardiya, FVV,

Bosh prokuratura,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

ichki ishlar organlari tizimidagi jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha bo‘linmalar faoliya�ini xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirish;

tizimda jamoat tartibini saqlash, jinoyatlarga qarshi kurashish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatiga doir aniq mezonlarni belgilash;

ichki ishlar organlarining rahbarlarini maqsadli tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

55.

Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ro‘yxatga olish va imtihonlarni o‘tkazish tartib-taomillarini soddalashtirish.

2020-yil

1-oktabr

IIV,

Adliya vazirligi,

Davlat test markazi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihal?rda:

avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ularga davlat raqam belgilarini berish, haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, haydovchilikka nomzodlardan imtihon qabul qilishning avtomatlashtirilgan elektron tizimlarini joriy etish;

jismoniy va yuridik shaxslarga ushbu turdagi xizmatlarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilishini ta’minlash, yo‘l harakatini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini kengaytirish;

milliy haydovchilik �uvohnomalarini olish uchun nazariy imtihonlarni qabul qilishning avtomatlashtirilgan tizimini Davlat test markazi bilan hamkorlikda yaratish hamda ushbu tadbirlarni amalga oshirishda inson omilini istisno etishni nazarda tutish;

avtotransport vositasini boshqarish bo‘yicha amaliy imtihonlarni avtomatlashtirilgan maxsus avtotransport vositalari va zamonaviy avtodromda o‘tkazish tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

56.

Yo‘l-transport hodisalarini rasmiylashtirishning “Yevroprotokol” tamoyillariga asoslangan soddalashtirilgan tartibini joriy etish.

2020-yil

1-dekabr

IIV,

Moliya vazirligi, Transport vazirligi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

yo‘l-transport hodisalarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibi va kelib chiqqan zararni to‘lash shartlari;

yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilmasdan, bu haqdagi ma’lumotlar (shu jumladan, suratga yoki videoga olish orqali) uning ishtirokchilari tomonidan xabarnoma blankasida aks ettirilishi va sug‘urta tashkilotlariga taqdim etilishi;

yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan transport vositalari sug‘urtalovchilar talabiga ko‘ra ko‘rikdan o‘tkazish yoki mustaqil texnika ekspertizasi uchun taqdim etilishi;

yo‘l-transport hodisasini ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokisiz rasmiylashtirish yuzasidan to‘lanadigan sug‘urta tovonining cheklangan miqdorini belgilash nazarda tutiladi.

2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash, huquqiy yordam va yuridik xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish

57.

Yuridik fan va ta’limni takomillashtirish, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish

2020-yil

20-mart

Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

viloyatlardagi tegishli salohiyatga ega oliy ta’lim muassasalarida huquqshunoslik fakultetlarini ochish;

huquqshunos-pedogog kadrlar malakasini uzluksiz oshirish va ularni qayta tayyorlashning samarali tizimini yaratish;

o‘qitishning innovatsion shakl va uslublarini, yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol va situatsion mashg‘ulotlar o‘t�azishni keng joriy etish nazarda tutiladi.

58.

Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish.

2020-yil

20-mart

IIV,

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 37379

Davlat budjeti mablag‘lari, xorijiy davlatlar kreditlari va xalqaro moliya institutlari ko‘mak mablag‘lari va boshqa manbalar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

genom axborotini yagona ma’lumotlar bazasini yaratish;

genom axborotini yig‘ish, unga ishlov berish va himoya qilishning asosiy talablari;

genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibini joriy etish;

biologik material va genom axborotini olish, qayd etish, saqlash, undan foydalanish va uni yo‘q qilib tashlash tartibi nazarda tutiladi.

59.

“Tashkent Law Spring” ikkinchi xalqaro yuridik forumini o‘tkazish.

2020-yil

1-oktabr

Adliya vazirligi, Oliy sud,

Bosh prokuratura, vazirlik va idoralar

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

forumni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal qilish;

ommaviy axborot vositalarining faoliyati uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratish;

davlat organlari faoliyati shaffofligini oshirishga qaratilgan islohotlarni keng jamoatchilikka namoyish etish nazarda tutiladi.

60.

Huquqiy statistika bilan ishlash ti?imini takomillashtirish.

2020-yil

1-oktabr

Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi, Oliy sud, DXX, Milliy gvardiya

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar va jinoyatlar to‘g‘risida yagona va ochiq statistik ma’lumotlar bazasini yaratish;

huquqiy statistik ma’lumotlarni doimiy ravishda umumlashtirish, tahlil qilish va e’lon qilib borish hamda undan erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlash nazarda tutiladi.

III. IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI

3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va narx-navoning barqarorligini va inflatsiya darajasi prognoz ko‘rsatkichlaridan oshmasligini ta’minlash

61.

Davlat pul-kredit siyosatini takomillashtirish doirasida inflatsion targetlash tizimiga o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish .

2020-yil 20-mart

Markaziy bank,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

pul-kredit siyosatining bozor iqtisodiyotiga mos vositalaridan foydalanishga to‘liq o‘tish, operatsion parametrlar va maqsadlarni belgilash orqali operatsion mexanizmni takomillashtirib borish;

moslashuvchan foiz siyosatini olib borish va asosiy stavkani muntazam ko‘rib chiqish orqali narxlar beqarorligi va inflatsiyaning maqsadli darajasidan og‘ishi xavflarini oldini olish va bartaraf etish;

davlat qimmatli qog‘ozlari bilan pul bozori operatsiyalarini amalga oshirish va g‘aznachilikning bo‘sh pul mablag‘larini tijorat banklariga joylashtirish uchun yagona platforma yaratish;

bank tizimi likvidliligi va uni shakllantiruvchi omillarni prognoz qilishni takomillashtirish;

inflatsion targetlash rejimining mohiyati va maqsadlari, uni amalga oshirish shart-sharoitlari, ijobiy ta’sirlari hamda unga erishish muddatlari haqidagi ma’lumotni jamoatchilikka obyektiv, aniq va sodda usulda yetkazib borish;

ekonometrik modellashtirish instrumentlarini keng qo‘llash, makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish tizimi (FPAS)ni to‘liq tatbiq etish orqali iqtisodiy o‘sish va inflatsiya muvozanatini ta’minlash, tashqi xavf-xatarlarni, pul-kredit va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligini tizimli baholash nazarda tutiladi.

62.

Ichki bozorda iste’mol tovarlari narxlarining barqarorligini ta’minlash, inflatsiya darajasini 2020-yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida saqlab qolish uchun tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Yil davomida

Vazirlar Mahkamasi,

Markaziy bank,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Davlat soliq qo‘mitasi,

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Transport vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zbekoziqovqat-xolding” XK,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

vazirlik va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish;

meva-sabzavot, chorvachilik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmini ko‘paytirish parametrlari hamda “daladan do‘kongacha” bo‘lgan uzluksiz yetkazib berish zanjirini yaratishni rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar;

iste’mol tovarlari bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan taqchillikni oldindan aniqlash va choralar belgilash;

monetar va nomonetar omillarning ichki narxlar barqarorligiga ta’sirining oldini olish;

muvofiqlashtirilgan monetar-fiskal va monopoliyaga qarshi siyosat yuritish;

davlat budjeti xarajatlari va umumiy fiskal balansning qonunda belgilangan parametrlar doirasida bo‘lishini ta’minlash nazarda tutiladi.

63.

Fiskal siyosatning samaradorligini oshirish.

2020-yil 1-sentabr

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Markaziy bank,

Davlat soliq qo‘mitasi,

Davlat bojxona qo‘mitasi

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

vaqtinchalik tashqi “shok”lar va islohotlar natijasida yuzaga keladigan yo‘qotishlarni boshqarishning yetarlicha moslashuvchan shart-sharoitlarini ta’minlaydigan fiskal siyosat qoidalarini ishlab chiqish;

umumiy fiskal balans doirasida davlat dasturlarini kreditlash bo‘yicha Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi konsolidatsiyalashgan byu?jeti va amaliyotini aniq hisobga olishni joriy etish;

fiskal xavf-xatarlarni aniqlash, oshkor qilish va boshqarish qo‘llanmasini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

64.

2030-yilgacha Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yuzasidan O‘zbekistonning ixtiyoriy milliy hisobotini shakllantirish.

2020-yil 1-iyul

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Da�lat statistika qo‘mitasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Bosh prokuratura

Axborot-tahliliy ma’lumot.

Bunda 2030-yilgacha Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yuzasidan O‘zbekistonning yillik milliy hisobotini shakllantirib, uni Parlamentga hamda BMTning Iqtisodiy-ijtimoiy kengashiga kiritish va muhokama qilish.

3.2. Moliya tizimini isloh qilish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, qo‘shimcha imkoniyat va manbalar hisobidan budjet defitsitini kamaytirish

65.

“Davlat moliyaviy nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil 20-aprel

Vazirlar Mahkamasi,

Moliya vazirligi,

Hisob palatasi,

Adliya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Davlat soliq qo‘mitasi,

Davlat bojxona qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

budjet tizimi budjetlari va boshqa jamg‘armalar, davlat aktivlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan normalarni mustahkamlash;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va moliyaviy nazoratning xalqaro standartlarini joriy etish orqali qonun buzilishlarini profilaktika qilish, aniqlash, ogohlantirish va bartaraf etishga qaratilgan huquqiy asoslarni takomillashtirish nazarda tutiladi.

66.

Ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yo‘naltirilgan markazlashgan investitsiyalar samaradorligini oshirish, davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (PIMA) tizimini joriy etish.

2020-yil 1-avgust

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Moliya vazirligi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

investitsiya loyihalarini tanlash va amalga oshirish bilan bog‘liq muammolarni tahlil qilish maqsadida markazlashgan investitsiyalarni boshqarishni baholash (PIMA) tizimini joriy etish;

ijtimoiy soha tarmoqlari, yo‘l-transport infratuzilmasi va boshqa tarmoqlar bo‘yicha investitsiya loyihalarini tanlash me’yorlari va muhimligini belgilash tartibini o‘rnatish;

markazlashgan investitsiyalar va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan va taklif etiladigan loyihalar ma’lumotlarining har yili yangilanadigan yagona bazasini yaratish;

Investitsiya dasturini markazlashgan investitsiyalar hisobidan amalga oshirish doirasida hududiy loyihalarni mahalliy resurslar, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan bajarish orqali Davlat budjeti ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish nazarda tutiladi.

67.

“Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil 1-dekabr

Moliya vazirligi,

Markaziy bank,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

davlat qarzini xalqaro standartlar asosida boshqarish, mazkur jarayonda Parlament rolini oshirish, uni makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada saqlab tur�sh mexanizmlari;

davlat ichki va tashqi qarziga o‘z vaqtida kafolatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash;

davlat qarzini diversifikatsiyalash va unga xizmat ko‘rsatish xarajatlari oshib ketish xatarlarini pasaytirish;

davlat kafolatini berish mexanizmini takomillashtirish nazarda tutiladi.

68.

Sug‘urta bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil 1-avgust

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va s?noat vazirligi,

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada majburiy tibbiy sug‘urta va qishloq xo‘jaligi sohasini sug‘urtalash mexanizmlarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

3.3. Soliq islohotlarini amaliyotga samarali joriy etish, soliq ma’muriyatchiligini shaffof yo‘lga qo‘yish, soliq yukini kamaytirish hamda soddalashtirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish

69.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini modernizatsiya qilish orqali soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish.

2020-yil 20-mart

Davlat soliq qo‘mitasi,

“Soliq servis” DUK,

Yangi texnologiyalar ilmiy axborot markazi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Moliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

15 mln AQSh dollari

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari,

autsorsing asosida xizmatlar ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Davlat soliq qo‘mitasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha strategiyasini ishlab chiqish;

yangi tahrirdagi Soliq kodeksini amaliyotga joriy etish hisobiga soliq organlariga yuklanadigan vazifalar bo‘yicha biznes-protsesslarni ishlab chiqish va ularni avtomatlashtirish;

soliq to‘lovchilarni segmentlash, xavflilik darajasidan kelib chiqib, inson omilini to‘liq bartaraf etadigan soliq nazoratini amalga oshirishni nazarda tutuvchi “Tahlika-tahlil” dasturiy mahsulini yaratish;

onlayn nazorat kassa-mashinalari, virtual kassalar hamda elektron hisobvaraq-faktura ma’lumotlarini qayta ishlash v� ular asosida soliq ma’muriyatchiligini amalga oshirish jarayonini avtomatlashtirish;

“Big data” arxitekturasi asosida ma’lumotlarni qayta ishlovchi “Business Intelligence” tahliliy modellarni joriy etish, yirik hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun Davlat soliq qo‘mitasining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi quvvatini oshirish;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari parkini yangilash;

soliq to‘lovchilarga shaxsiy kabinet orqali ko‘rsatiladigan xizmatlarni kengaytirish;

“Ishonchli hamkor” loyihasi doirasida tijorat banklari va boshqa tashkilotlar orqali soliq to‘lovchilar haqidagi axborotlarni jamlagan (skoring) xizmat turlarini joriy etish;

mahalliy budjetlar daromadini oshirishda mahalliy soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirish uchun “sayt” tizimini keng joriy etish;

ko‘rsatiladigan xizmatlarni avtomatlashtirish va ularning sonini oshirish nazarda tutiladi.

70.

Soliq hisobotlarini takomillashtirish.

2020-yil 1-aprel

Davlat soliq qo‘mitasi,

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

rivojlangan davlatlar tajribasi asosida soliq hisoboti shakllarini takomillashtirish;

soliq to‘lovchilar tomonidan daromadlar va xarajatlarni hamda soliq oborotlarini deklaratsiya qilish tizimini joriy etish orqali soliq to‘lovchilarga soliqlarni hisoblash va hisobot topshirishga ko‘maklashish uchun soddalashtirilgan “Sizning elektron buxgalteringiz” dasturiy mahsuloti va xizmat turini yaratish nazarda tutiladi.

71.

“Yashirin iqtisodiyot”ning ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

2020-yil 20-mart

Vazirlar Mahkamasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Davlat soliq qo‘mitasi,

Moliya vazirligi,

Markaziy bank,

Davlat bojxona qo‘mitasi,

Hisob palatasi,

Bosh prokuratura,

Savdo-sanoat palatasi,

Transport vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari.

Loyihalarda:

xorijiy mutaxassislar ishtirokida “yashirin iqtisodiyot”ning vujudga kelish omillarini tahlil qilish va unga qarshi kurashish dasturini tasdiqlash;

“raqamli markirovka va onlayn kass�” loyihasini o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini nazoratga olish;

yakka tartibdagi tadbirkorlar noqonuniy faoliyatini qisqartirish mexanizmlarini ishlab chiqish;

internet-savdo (elektron tijorat) sohasidagi subyektlarni aniqlash tartibini takomillashtirish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lashni hisobga olgan holda soliqqa tortish mexanizmini ishlab chiqish;

“E-ombor” tovarlarni hisobga olishning elektron tizimini ishlab chiqish va joriy etish, import qilinadigan tovarlar bo‘yicha elektron shaklda hisobotlarni tayyorlashni ta’minlash;

import qilingan oziq-ovqatlar, ma’danli va gazlangan suvlar, tarkibida alkogol bo‘lmagan boshqa ichimliklarni majburiy markirovka qilishni bosqichma-bosqich joriy etish;

coliq organlarida markirovka qilish majburiy bo‘lgan tovarlarni hisobga olishning elektron bazasini yaratish;

gastrol-ko?tsert faoliyati?a elektron bilet tizimini joriy etish;

o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning faoliyatini tartibga solishni yanada takomillashtirish, ularni soliqqa tortish, ish stajini hisobga olish va faoliyat yuritish tartibini soddalashtirish;

shirin iqtisodiyot” subyektlarini aniqlash mexanizmini takomillashtirish, shu jumladan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini joriy qilish va uni amalga oshiruvchi shaxslarni rag‘batlantirish;

tashqi savdoda yashirin iqtisodiyotning holatini chuqur tahlil qilish va uni samarali qisqartirish bo‘yicha amaliy takliflar hamda chora-tadbirlar ishlab chiqish;

savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish subyektlari tomonidan ishlatilayotgan turli dasturiy mahsulotlarni Davlat soliq qo‘mitasining Ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga integratsiya qilish;

bankomatlar orqali naqd pul mablag‘ini bank plastik kartalari yoki bank hisob raqamlariga o‘tkazish imkoniyatini yaratish;

mazkur karta va hisob-raqamlar egalariga amalga oshirilgan operatsiya qiymatining ma’lum miqdorida bonuslar taqdim etish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.

72.

Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institutni tashkil etish.

2020-yil 1-aprel

Davlat soliq qo‘mitasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Moliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institutni tashkil etish;

bu jarayonga nufuzli xorijiy ekspertlarni jalb qilish;

soliq organlari tizimi uchun malakali kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish tartibi belgilanadi.

73.

Resurs soliqlarini hisoblash mexanizmini ilg‘or xalqaro tajriba asosida qayta ko‘rib chiqish.

2020-yil 1-may

Moliya vazirligi,

Davlat soliq qo‘mitasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

qishloq xo‘jaligi yerlarining toifasi va ball-bonitetidan kelib chiqqan holda erning normativ qiymatini aniqlash tartibi;

foydalanilgan suv resurslarini soliqqa tortishning bozor mexanizmlarini ishlab chiqish;

foydalanilgan suv hajmlari hisobini yuritish, bunda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;

suv resurslaridan o‘lchagich asboblari o‘rnatilmagan holda foydalanilganida suv iste’moli hajmini aniqlashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

3.4. Iqtisodiyot tarkibini yanada diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish, birinchi navbatda, mahalliy mineral xomashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni o‘zlashtirish, ishlab chiqarish tannarxini va energiya sarfini kamaytirish

74.

Respublika mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish dasturini shakllantirish va to‘liq bajarilishini ta’minlash.

2020-yil 20-mart

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Energetika vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining Moliya vazirligi G‘aznachiligidagi maxsus maqsadli hisob-raqamlari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

qidiruv ishlarida foydali qazilmalarning yangi istiqbolli maydonlarini izlash ulushini 2020-yilda 35 foizga yetkazish;

geologiya-qidiruv ishlari samarasini oshirish maqsadida amaldagi uslubiy qo‘llanmalarni xalqaro standartlarga moslashtirish, bunda zaxiralarni tasdiqlash hisobotlarini JORC kodeksiga (Avstraliya) muvofiq tuzishni bosqichma-bosqich joriy etish;

iqtisodiyotning muhim tarmoqlari, jumladan, kimyo, neft va gaz, energetika, elektrotexnika, qurilish materiallari va zargarlik sanoati xomashyo zaxirasini ko‘paytirish;

kamida 20 ta kon bo‘yicha tayyor loyihalar to‘plamini shakllantirib, salohiyatli investorlarni jalb etish;

uglevodorodlar va ularning zaxiralari bo‘yicha hisob-kitob yuritish, toifaga ajratish va boshqarishning xalqaro tizimini amaliyotga joriy etish;

davlat geologiya fondidagi arxiv materiallar bo‘yicha raqamli axborotlar bankini tashkil qilish;

mavjud geologik va boshqa ma’lumotlarni raqamlashtirishni keng joriy qilish;

iqtidorli yosh mutaxassislarni chet el o‘quv kurslarida o‘qitish va amaliyot o‘tashini ta’minlash nazarda tutiladi.

75.

Past debitli neft va gaz konlariga risk-servis shartnomalari asosida investorlarni jalb qilish.

2020-yil 1-sentabr

“O‘zbekneftegaz” AJ,

Energetika vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Davlat monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada sohani rivojlantirish uchun investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini yaratish, past debitli neft va gaz konlariga risk-servis shartnomalari asosida investorlarni jalb qilish dasturini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

3.5. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish orqali raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish

76.

Hududlarda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish maqsadida hududiy va yirik tarmoq sanoat korxonalarini jalb qilgan holda respublika va hududiy sanoat yarmarkalarini tashkil etish.

Reja-grafik asosida

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

har bir hudud kesimida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni va ularning mahsulotlari ro‘yxatini shakllantirish;

mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini elektron birja portaliga joylashtirish va ularni doimiy ravishda yangilab borish;

mahalliylashtirish loyihalarini samarali va o‘z vaqtida amalga oshirish hamda belgilangan parametrlarga erishishni monitoring qilish nazarda tutiladi.

3.6. Hududlarni kompleks rivojlantirish, mustahkam va barqaror zamonaviy ishlab chiqarish hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish

77.

Hududlarda ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, bunga respublika va mahalliy budjetlarning prognozdan yuqori tushumlarining yarmini yo‘naltirish.

Yil �avomida

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

vazirlik va tashkilotlar,

Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida),

Hisob palatasi

Hisob-kitoblarga asosan

Respublika va mahalliy budjetlar-ning prognozdan yuqori tushumlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

respublika va mahalliy budjetlarning prognozdan yuqori tushumlarining yarmini infratuzilma obyektlarini rivojlantirishga yo‘naltirish;

mazkur mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladigan infratuzilma obyektlarining manzilli ro‘yxatini ishlab chiqib, mahalliy kengashlar tomonidan tasdiqlanishini ta’minlash;

2020 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 2020-yilda 1042,1 km ichimlik suvi tarmoqlari, 86 km umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, 2833,3 pogon metr ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlari, 279,5km irrigatsiya tizimi, 515 km meliorativ kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va modernizatsiya qilish;

umumiy quvvati 164 MVt bo‘lgan yiliga o‘rtacha 685 mln.kVt.soat elektr energiya ishlab chiqaruvchi 3 ta yangi GESlarni qurish va 4 ta GESni modernizatsiya qilish;

2020 — 2022-yillarda markazlashgan manbalar hisobidan yo‘l qurilishiga 2,8 trln so‘m, suv tarmoqlariga — 2,7trln so‘m, elektr tarmoqlariga — 18,2 trln so‘m, tabiiy gaz ta’minotiga 1,2 trln so‘m mablag‘ ajratish;

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Hisob palatasi ishtirokida ushbu mablag‘larning maqsadli va samarali ishlatilishini joylarga borib o‘rganish tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

78.

Tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan infratuzilma yaratish xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplash tizimini joriy etish.

2020-yil 1-aprel

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Transport vazirligi,

Energetika vazirligi,

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada investorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlar tomonidan infratuzilma yaratish xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplash tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

79.

Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qarshi, va Nukus shaharlariga tutash 12ta aholi punktlariga “yo‘ldosh shaharlar” maqomini berish orqali 2020 — 2025-yillarda rivojlantirishga oid chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil 1-iyul

Urbanizatsiya agentligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

yo‘ldosh shaharlarni rivojlantirish natijasida asosiy shaharga (yadro shahar) bo‘lgan demografik yukni qisqartirish;

yo‘ldosh shaharlarga bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va ma’rifiy e’tiborni kuchaytirish orqali mahalliy aholining shaharlar ichida harakati erkinligini ta’minlash;

yo‘ldosh shaharlarda sanoat va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish;

yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholining turmush darajasini yaxshilash nazarda tutiladi.

3.7. Hisobga olish va statistika tizimini takomillashtirish

80.

Statistika sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasini ishlab chiqish.

2020-yil 1-iyun

Davlat statistika qo‘mitasi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Markaziy bank,

vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyihada:

milliy statistika tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

statistika tizimining huquqiy asoslari, tashkiliy infratuzilmasini takomillashtirish;

statistik tasniflagichlar, registrlar va uslubiyotni takomillashtirish;

ma’lumotlarni tarqatishning yagona siyosatini tatbiq etish, idoralararo axborotlar integratsiyasini yo‘lga qo‘yish;

statistika organlarining moddiy-texnika bazasini yangilash va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;

milliy statistika ishlab chiqaruvchilari bo‘lgan vazirlik va idoralarning kadrlar salohiyatini yuksaltirish yuzasidan samarali malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

81.

“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil 1-avgust

Davlat statistika qo‘mitasi,

Moliya vazirligi,

Markaziy bank,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Adliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

rasmiy statistika tushunchasi va uning asosiy prinsiplarini belgilash;

milliy statistika tizimini tashkil etish;

statistika ma’lumotlarini ishlab chiqarish, ulardan foydalanish va e’lon qilish talablarini o‘rnatish;

statistik ma’lumotlarni ishlab chiqaruvchi vazirlik va idoralarning vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilash;

rasmiy statistika tizimini muvofiqlashtiruvchi organni belgilash va uning huquqiy maqomini mustahkamlash;

ko‘p yillik va yillik statistika dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibini o‘rnatish;

statistika axborotlarini ishlab chiqish va e’lon qilish ishlarining moliyaviy manbalarini belgilash nazarda tutiladi.

82.

Qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi xo‘jaliklarni yalpi xatlovdan o‘tkazish.

2020-yil 1-dekabr

Davlat statistika qo‘mitasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada quyidagilarni nazarda tutuvchi Qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish konsepsiyasi tasdiqlanadi:

qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari;

qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning tashkiliy-huquqiy asoslari;

qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bosqichlari;

qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda ishtirok etuvchi tashkilotlarning vazifalari va majburiyatlari;

qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlariga jalb etiladigan xodimlar va ularning vazifalari;

qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish vaqti va uni amalga oshirish mexanizmlari;

qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ishlarini moliyalashtirish tadbirlari nazarda tutiladi.

3.8. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishni ta’minlaydigan ishbilarmonlik muhitini yaratish

83.

“Kichik va o‘rta biznes to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil 1-sentabr

Vazirlar Mahkamasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Adliya vazirligi,

Biznes ombudsman,

Savdo-sanoat palatasi,

Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi,

Davlat soliq qo‘mitasi,

Davlat bojxona qo‘mitasi,

vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

kichik biznes subyektlari toifasiga oid yangilangan mezonlarni belgilash;

o‘rta biznes subyektlari toifasini joriy etish va tegishli mezonlarni belgilash;

kichik va o‘rta biznes subyektlari huquqlarini va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishga oid mexanizmlarni takomillashtirish;

raqobatbardosh kompaniyalarni yaratish maqsadida kichik va o‘rta biznes subyektlari yiriklashishini rag‘batlantirishga qaratilgan mexanizmlar nazarda tutiladi.

84.

Tadbirkorlik subyektlari uchun raqobat muhitini yaxshilash.

2020-yil 20-mart

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyihada:

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Oliy Majlisga hisobdorligini oshirish hamda yilda kamida ikki marta qo‘mitaning hisobotini eshitish amaliyotini joriy qilish;

subsidiyalar, preferensiyalar va imtiyozli kreditlar berish amaliyotini qayta ko‘rib chiqish, normativ-huquqiy hujjatlarni faqat Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xulosasini olgan holda kiritish amaliyotini joriy qilish;

davlat organlari xo‘jalik yuritish funksiyalarni bajaradigan muayyan sohalarga xususiy sektorni jalb qilish bo‘yicha har bir hudud kesimida 2020 — 2024-yillarga mo‘ljallagan dasturlarni tayyorlash, bunda, birinchi navbatda sertifikatlashtirish, qiyoslovdan o‘tkazish, qurilishda texnik nazoratni amalga oshirish, kadastr hujjatlarini ishlab chiqish xizmatlari bozorlariga bosqichma-bosqich xususiy sektorni jalb qilish;

davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish bo‘yicha qarorlarni qabul qilish jarayoniga xususiy sektor ko‘rsatayotgan xizmatlarni davlat tomonidan amalga oshirmaslikni nazarda tutuvchi qoidalarni joriy etish;

davlat organlari tomonidan ta’sis etiladigan davlat korxonalari, davlat ishtirokidagi yirik xo‘jalik jamiyatlari va tabiiy monopoliya subyektlari bo‘lgan affi�langan korxonalar sonini qisqartirish;

tabiiy monopoliya tarmoqlari bilan turdosh bozorlarda raqobat shart-sharoitlarini yaratish;

davlat xaridlari, tenderlarni amalga oshirishda va resurslarni taqsimlashda shaffoflikni oshirish orqali bozor mexanizmlarini rivojlantirish, bunda:

davlat buyurtmachisi bilan affillangan xo‘jalik yurituvchi subyekt davlat xaridlarini bajarishga talabgor sifatida xarid tartib-taomillari va eng yaxshi takliflarni saralab olishda ishtirok etishiga taqiq kiritish;

davlat xaridlari ishtirokchilari tomonidan benifitsiarlarni majburiy tarzda ochiqlash tartibini joriy qilish;

davlat xaridlari, davlat aktivlari va resurslarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqsimlash amaliyotini to‘liq taqiqlash nazarda tutiladi.

85.

Tadbirkorlar uchun yer uchastkalariga oid ma’lumotlarni ochiq va haqqoniy yetkazish tizimini takomillashtirish.

2020-yil 1-iyun

Vazirlar Mahkamasi,

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

geofazoviy ma’lumotlarning foydalanish sohasidagi cheklovlarni olib tashlash;

aholi punktlarini shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish;

“E-ijro auksion”, “Yer-elektron” elektron tizimlari bazasida Axborot dasturi va maxsus portal yaratish;

Axborot dasturida yer uchastkasining o‘ziga xos raqami va joylashgan joyi, toifasi, maydoni, unga tutash yer uchastkalarining belgilangan maqsadi va turlari, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa to‘g‘risida ma’lumot, mazkur erda qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari ro‘yxati nazarda tutiladi.

86.

Hududlarda ayollar va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish.

2020-yil 20-may

Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,

“Tadbirkor ayol” uyushmasi,

Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank,

Xalq banki, Mikrokreditbank, Agrobank

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

hududlarda ayollar va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha amaliy dasturni tasdiqlash;

tegishli loyihalar uchun mikromoliya xizmatlari va moliyaviy resurslar ajratish;

davlat xaridlari tiz�mida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish;

xalqaro moliya tashkilotlari va donor mamlakatlarning grant mablag‘lari, maqsadli dasturlari doirasida moliyaviy resurslar ajratilishini kengaytirish nazarda tutiladi.

87.

Alohida faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish.

2020-yil 20-mart




2020-yil 1-iyun

Adliya vazirligi,

Biznes ombudsman, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Axborot-tahliliy ma’lumot.

Ayrim sohalarda alohida faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillari o‘rganilib, asosiy yondashuv va takliflar ishlab chiqiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

xabarnoma berish tartibi va boshqa muqobil institutlarni joriy etish;

amalga oshiriladigan faoliyat turlarining xavflilik darajasidan kelib chiqib litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish, shu jumladan alohida litsenziyalarni deklaratsiya qilish va javobgarlikni majburiy sug‘urtalash turi bilan o‘zgartirish nazarda tutiladi.

88.

“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

2020-yil 1-iyun

Vazirlar Mahkamasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada xalqaro tan olingan iste’molchilar huquqlarining himoyasini kuchaytirishga oid normalarni belgilash nazarda tutiladi.

89.

Tadbirkorlik faoliyati, investitsiya va raqobat muhitiga ta’sir ko‘rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik tartibga solish hujjatlaridan iborat ma’muriy va tartibga solish yukini keskin kamaytirish va asossiz to‘siqlarni olib tashlash.

2020-yil 1-sentabr

Ad�iya vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Biznes ombudsman,

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi,

Savdo-sanoat palatasi

Hisob-kitoblarga asosan

Iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan Jahon banki mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

tadbirkorlik faoliyati va raqobat muhitiga ta’sir ko‘rsatuvchi 6 mingdan ortiq qonun hujjatlarini va 40 mingdan ortiq texnik tartibga solish hujjatlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish va ular sonini kamida 25 foizgacha qisqartirish;

sog‘lom raqobatni ta’minlash orqali narxlarni pasaytirishga va sifatni oshirishga asosiy e’tiborni qaratish;

investitsiya va tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish nazarda tutilgan yangi normativ-huquqiy hujjatni kiritish bilan bir vaqtda, investorlar sarf-xarajatlarini oshiruvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish;

investitsiya va tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishda qonun hujjatlari ta’sirini baholashning to‘liq tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

90.

Savdo sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish va “Savdo to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil 1-sentabr

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Davlat soliq qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

ulgurji, chakana, ko‘chma savdo, elektron savdo, yetkazib berish sharti bilan savdo, umumiy ovqatlanish, tarmoqli marketing kabi savdoning turlari va shakllanishining aniq tartibini belgilash hamda savdoning zamonaviy turlarini rivojlantirish;

xaridorgir mahsulotlar turlarini aniqlash, ularga bozor topish, ichki va tashqi bozorlarda sotishda xususiy “treyding” kompaniyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

treyding kompaniyalar, ichki va tashqi savdo faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihalari paketini ishlab chiqish;

komissiya, topshiriq va dilerlik kabi vositachilik shartnomalari asosida savdoni amalga oshirishning mexanizmlarini tartibga solish;

savdoni amalga oshirishda to‘lov shakllarini takomillashtirish;

savdo sohasidagi eskirgan, ortiqcha cheklovlar va to‘siqlarni bartaraf etish;

savdo sohasini rivojlantirish bo‘yicha mas’ul bo‘lgan aniq davlat organini belgilash va sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish nazarda tutiladi.

3.9. Bank tizimini isloh qilishni davom ettirish, aholi va xo‘jalik subyektlariga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish

91.

Bank tizimini uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash

2020-yil 1-aprel

Moliya vazirligi,

Markaziy bank,

tijorat banklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

davlat ulushiga ega bo‘lgan banklar transformatsiyasi bo‘yicha “yo‘l xarita”larini tasdiqlash va amalga oshirish;

davlat ulushini strategik investorga sotish bo‘yicha reja-grafik tuzish;

bankning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirishga qaratilgan aniq choralarni belgilash;

qonun hujjatlari va bank amaliyotini Xalqaro Bazel qo‘mitasining bank nazorati bo‘yicha asosiy tamoyillariga muvofiqlashtirish;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda biznes jarayonlarini optimallashtirish;

aholi va xo‘jalik subyektlariga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirish hamda zamonaviy chakana bank xizmatlari turlarini ko‘paytirish;

joriy yilda 200 ta bank xizmatlari ofislarini tashkil etish;

2,4 mlrd AQSh dollari miqdorida xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish va samarali o‘zlashtirish;

qo‘shimcha 15 trln so‘m miqdorida yuridik va jismoniy shaxslarning depozitlarini jalb qilish;

bank tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini diagnostikadan o‘tkazish va ularni zamon talablariga keltirish bo‘yicha choralar ishlab chiqish;

“kredit tarixi” axborot tizimini to‘liq ishga tushirish;

tijorat banklarida korporativ boshqaruvni rivojlantirish nazarda tutiladi.

92.

Bank tizimida “loyihalar fabrikasi” faoliyatini joriy etish.

2020-yil 1-avgust

Markaziy bank,

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Moliya vazirligi

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

bank tizimida inson omilini cheklagan holda raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash va yangi bank mahsulotlarini joriy etish;

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida “loyihalar fabrikasi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yo‘nalishlar kesimida biznes loyihalar bazasini shakllantirish nazarda tutiladi.

93.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda Ipoteka-bank tomonidan xalqar� kapital bozorida korporativ obligatsiyalarni (“yevrobond”) joylashtirish.

2020-yil davomida

Moliya vazirligi,

O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi,

vazirlik va idoralar

Banklarning Kuzatuv kengashi qarorlari.

Qarorlarda xalqaro kapital bozorida korporativ obligatsiyalarni (“yevrobond”) joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

94.

Bank-moliya akademiyasi faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy bank amaliyoti, menejmenti va xizmatlar sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash.

2020-yil 1-dekabr

Moliya vazirligi,

Markaziy bank,

Bank-moliya akademiyasi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

zamonaviy bank amaliyoti, menejmenti va xizmatlar sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni tijorat banklariga jalb qilish dasturini tasdiqlash;

Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash;

tijorat banklariga zamonaviy bank amaliyoti, menejmenti va xizmatlarni joriy etish uchun rahbarlik lavozimlariga xorijiy yetakchi moliya institutlarining malakali mutaxassislarini taklif qilish tartibi;

davlat ulushiga ega bo‘lgan tijorat banklari boshqaruviga kamida 4-5 nafar nufuzli xorijiy banklarda faoliyat yuritgan mutaxassislarni jalb qilish nazarda tutiladi.

95.

Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish.

2020-yil 1-iyul

Markaziy bank,

Vazirlar Mahkamasi,

Moliya vazirligi,

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish strategiyasini tasdiqlash;

moliyaviy xizmatlardan foydalanish sifati va tezkorligini ta’minlash;

aholi va tadbirkorlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, moliyaviy xizmatlardan foydalanadigan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish nazarda tutiladi.

3.10. Yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish sohasida ishlar sifatini oshirish, transport oqimini boshqarishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, transport infratuzilma obyektlarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishda eskirgan normalarni qayta ko‘rib chiqish

96.

O‘zbekiston Respublikasining transport tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil 10-aprel

Transport vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

transport xizmatlari standartlari va sifatini yaxshilash hamda ularni jahon talablari darajasiga ko‘tarish;

transport xizmatlari xavfsizligi, ommabopligi, ishonchliligi va barqarorligini ta’minlash;

infratuzilmani yaxshilash, moslashuvchan tariflar qo‘llash va yangi istiqbolli yo‘nalishlarni shakllantirish hisobidan mamlakat tranzit salohiyatini 7 mln tonnadan 16 mln tonnaga yetkazish;

transport logistika bozori raqobatbardoshligini oshirish;

transport tizimini raqamlashtirish, jumladan barcha transport turlarida “raqamli transport” platformasini joriy etish;

aholining transport xizmatlariga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish;

yagona milliy transport makonini shakllantirish hamda uni mintaqaviy va jahon transport tizimlariga integratsiya qilish;

O‘zbekiston Respublikasini logistika samaradorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha 2030-yilgacha dunyoning 50 talik davlatlari ro‘yxatiga kiritish maqsadida logistikaga tegishli 6 ta yo‘nalish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish nazarda tutiladi.

97.

O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.

2020-yil 1-sentabr

Transport vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Innovatsiya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

zamonaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish, xalqaro standartlarga muvofiq yo‘l infratuzilmasini yaxshilash;

yo‘l qurilishi sohasidagi eng ustuvor loyihalarni tanlash, baholash va amalga oshirish samaradorligini prognozlashning xalqaro metodologiyasini qo‘llash;

avtomobil yo‘llari holatini monitoring qilish, zarur statistika ma’lumotlarini to‘plash va yuritish, yo‘l aktivlarini boshqarish bo‘yicha yangi texnologiyalar va dasturlarni ishlab chiqish;

mavjud yo‘l infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida transport oqimlarini boshqarishning zamonaviy tizimlarini qo‘llash nazarda tutiladi.

98.

Temir yo‘l sohasini rivojlantirish.

2020-yil 1-sentabr

Transport vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Chora-tadbirlar rejasi.

Bunda Xalqaro moliya institutlarini jalb etgan holda, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning sohaga oid bo‘lmagan yo‘nalishlarini ko‘rib chiqish, temir yo‘l sohasida raqobat muhitini yaratish, yo‘lovchi va yuk tashish, ekspluatatsiya va xizmat ko‘rsatishni bir-biridan ajratish, xususiy sektorni jalb qilish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarni alohida rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash ko‘zda tutiladi.

99.

Transport sohasida aholi uchun yanada qulayliklar yaratish va ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish choralarini ko‘rish.

Yil davomida

Transport vazirligi,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,

“Uzbekistan Airways” AJ,

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

170, 9 mlrd.so‘m


723, 2 mlrd so‘m



381, 2 mlrd so‘m



1, 42 trln so‘m

O‘TTJ va davlat budjeti mablag‘lari




tijorat banklari kreditlari



Ijrochilar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishida qurilish ishlarini yakunlash;

er usti metro halqa yo‘lining qurilish ishlarini davom ettirish;

tasdiqlangan dasturlarga muvofiq qurilish va ta’mirlash ishlarini sifatli tashkil etgan holda, 5,5 ming km uzunlikdagi avtomobil yo‘llari holatini yaxshilash nazarda tutiladi.

100.

Respublika iqtisodiyoti va aholisi ehtiyojlari uchun avtomobil transporti xizmatlari ko‘rsatishni yanada rivojlantirish.

Yil davomida

Transport vazirligi,

tijorat banklari,

“O‘zavtosanoat” AJ,

“O‘zavtosanoat-lizing” MChJ,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Hisob-kitoblar asosida

Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi, tijorat banklari va lizing kompaniyalari, mahalliy budjet va boshqa mablag‘lar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda aholiga avtotransport xizmati ko‘rsatish tizimini yaxshilash doirasida respublika bo‘yicha:

10 ta xalqaro va 114 ta mahalliy yangi avtobus yo‘nalishlarini ochish;

26 ta avtostansiya qurish va rekonstruksiya qilish;

296 ta oraliq bekatlarni qurish;

600 ta yangi avtobuslar sotib olish nazarda tutiladi.

101.

Toshkent va Samarqand shaharlarining transport tizimini kompleks rejalashtirish maqsadida modellashtirishni joriy etish.

2020-yil 1-dekabr

Toshkent shahar hokimligi,

Samarqand viloyati hokimligi,

Transport vazirligi,

IIV,

Moliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

6, 5 mlrd so‘m

Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda xorijiy kompaniya va mutaxassislarni jalb etgan holda:

transport tizimining tegishli ko‘rsatkichlari bo‘yicha yangilanib boriladigan raqamli bazani takomillashtirish;

transport tizimining matematik modellarini ishlab chiqish;

shahar transport tizimini qisqa va o‘rta muddatli rejalashtirish mexanizmini joriy etish nazarda tutiladi.

102.

Temir yo‘l va avtomobil transport-logistika tarmog‘ini rivojlantirish.

Yil davomida

Transport vazirligi,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

“Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston — Turkmaniston — Ozarbayjon — Gruziya” multimodal yo‘nalishida blok-poyezdlari orqali tashuvlarni amalga oshirish;

O‘zbekiston — Turkmaniston — Eron — Ummon yo‘nalishidagi transport yo‘laklarini rivojlantirish;

O‘zbekiston Respublikasining tranzit yuklarini MDH mamlakatlari, Eron, Boltiqbo‘yi davlatlari hududi orqali tashish uchun temir yo‘l ma’muriyatlari amaldagi tarif stavkalarining 30 — 50 foizi miqdorida tarif imtiyozlarini olish hamda ulardan foydalanish nazarda tutiladi.

103.

Aviatsiya tarmog‘ining raqobatbardoshligini oshirish.

2020-yil 1-aprel

Transport vazirligi,

“Uzbekistan Airways” AJ,

“Uzbekistan airports” AJ,

vazirlik va idoralar

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

aviatsiya yoqilg‘isi va havo kemalariga xalqaro aeroportlar xizmatlari (aviatsiya yoqilg‘isi, aeroport, ketering, navigatsiya va meteorologiya xizmatlari) uchun o‘rnatilgan tarif va stavkalarni 30 — 50 foizga pasaytirish orqali ularning raqobatbardoshligini ta’minlash;

o‘zaro manfaatdorlik asosida Andijon va Buxoro xalqaro aeroportlarida “5 havo erkinligi” rejimini taklif etish;

tarif va stavkalarni optimallashtirish;

havo transporti eksporti hajmini oshirish, passajir va yuk tashuvlari uchun qulay sharoitlar yaratish nazarda tutiladi.

104.

Fuqaro aviatsiyasi sohasida parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normativ bazani takomillashtirish.

2020-yil 1-oktabr

Transport vazirligi,

“?zaviatsiya” agentligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada umumiy foydalanishdagi aviatsiya va vertolyotlar parvozlari, aholi punktlari bo‘ylab amalga oshiriladigan parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normativ bazani ishlab chiqish nazarda tutiladi.

3.11. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xorijiy investorlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqiy himoya qilish

105.

Iqtisodiyot tarmoqlariga zamonaviy texnologiyalar joriy etish, qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, joylarda yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilishni kengaytirish.

Yil davomida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

tashabbuskor idoralar (vazirlik, idora va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari)

7, 1 mlrd AQSh dollari

Xorijiy investorlar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida loyihalarning tarmoq jadvallarini tasdiqlash, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, qurilish-montaj ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari;

barcha manbalar hisobidan 23 mlrd AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalarni o‘zlashtirish hamda 206 ta yangi yirik quvvatlarni ishga tushirish;

Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksida sintetik suyuq yoqilg‘i, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ammiak va karbamid ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish.

106.

Xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlari hisobidan aholining turmush darajasini yaxshilash va ular uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiluvchi boshqa ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni kengaytirish va samaradorligini oshirish.

Yil davomida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

tashabbuskorlar (vazirlik, idora va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari)

2, 7mlrd AQSh dollari

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida loyihalarning (sog‘liqni saqlash, ta’lim, yo‘l-transport, suv xo‘jaligi va kommunal xizmat ko‘rsatish sohalaridagi loyihalardan tashqari) tarmoq jadvallarini tasdiqlash, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, qurilish-montaj ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari nazarda tutiladi.

107.

Toshkent shahrida Xalqaro investitsiya forumini o‘tkazish.

2020-yil 1-dekabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

vazirlik va idoralar

1, 2 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda xalqaro investitsiya forumini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

108.

Kon-geologiya sohasiga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish va qulay investitsiya muhitini yaratish maqsadida strategik foydali qazilmalarni o‘zlashtirish borasidagi normalarni xalqaro amaliyot standartlariga moslashtirish.

2020-yil 1-may

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Davlat soliq qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

kon-geologiya sohasida investitsiya loyihalarini boshqarish va amalga oshirishning litsenziya bitimi asosida hamkorlik qilishning shakli va shartlari bo‘yicha xalqaro amaliyotni joriy etish;

to‘liq moliyalashtirish ta’minlanganda, chet ellik investorlarga investitsiya loyihasini mustaqil amalga oshirish huquqini taqdim etish;

foydali qazilmalarni qidirish va aniqlash huquqi uchun imtiyozli bonus stavkalarini qayta ko‘rib chiqish;

strategik qattiq foydali qazilmalar uchun yer q?’ridan foydalanishga oid soliq stavkalarini xalqaro me’yorlarga moslashtirish;

investorlar tomonidan soliqlar va majburiy to‘lovlar barcha turlarini to‘lash tartibi;

loyihani amalga oshirishning butun davrida soliq qonunchiligining o‘zgarmasligi kafolatini ta’minlash nazarda tutiladi.

3.12. Yangi bozorlarni o‘zlashtirish, mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, xalqaro sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishda eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash choralari va mexanizmlarini kengaytirish orqali hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini yanada oshirish

109.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasini atroflicha muhokama qilib, asoslangan xulosalarni tayyorlash.

Reja-grafikka muvofiq

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, vazirlik va idoralar

Axborot-tahliliy ma’lumot.

Bunda:

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlikning milliy iqtisodiyotga ta’siri;

qisqa, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda milliy iqtisodiyot rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi tahlili;

har bir iqtisodiyot tarmog‘iga ta’siri bo‘yicha baholash;

asosiy ijobiy va salbiy ta’sir yo‘nalishlarini aniq yoritib berish;

boshqa xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik istiqbollari bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlili nazarda tutiladi.

110.

Jahon savdo tashkiloti bilan muloqotlarni faollashtirish bo‘yicha 2020-yilga mo‘ljallangan “yo‘l xarita”sini tasdiqlash va uni amalga oshirish.

2020-yil 1-aprel

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, vazirlik va idoralar

Normativ-huqiqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

tashqi savdo rejimi bo‘yicha memorandumni yakuniga yetkazish hamda Jahon savdo tashkilotiga taqdim etishning aniq muddatlari va choralari;

tovarlar bozoriga kirish hujjatini yakuniga yetkazish va Jahon savdo tashkilotiga taqdim etishning aniq muddatlari va choralari;

xizmatlar bozoriga kirish hujjatini yakuniga yetkazish va Jahon savdo tashkilotiga taqdim etishning aniq muddatlari va choralari;

Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish bo‘yicha Ishchi guruhining to‘rtinchi yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik yuzasidan aniq choralar ko‘rish nazarda tutiladi.

111.

Jahon savdo tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimi, MDH doirasida Erkin savdo zonasi bitimi bo‘yicha hamkorlik masalalarini inobatga olib O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo va integratsion hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish.

2020-yil 1-iyul

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

TIV,

vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

milliy iqtisodiyot manfaatlari va sohalar uzoq muddatli rivojlanish konsepsiyasidan kelib chiqib, o‘zaro uyg‘unlashgan, eksportga yo‘nal-tirilgan va global iqtisodiyotga silliq integratsiyani ta’minlashga qaratilgan “yo‘l xarita”si;

o‘rta va uzoq muddatli tashqi savdo siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish;

regional va global iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda joriy tashqi savdo sheriklari bilan o‘zaro savdo munosabatlariga salbiy ta’sirning oldini olish choralari;

Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markaziga tashqi bozorlarni, yangi eksport imkoniyatlarini, texnologik rivojlanishning global tendensiyalarini chuqur tahlil qilish vazifasi va shu asosda eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni yaratishni ko‘zlovchi loyiha takliflarini shakllantirish vazifasini yuklatish nazarda tutiladi.

112.

Eksportyorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yagona tizimini joriy etish.

2020-yil 1-aprel

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Moliya vazirligi,

Markaziy bank,

Adliya vazirligi,

tijorat banklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

eksportni oldindan moliyalash-tirishga qaratilgan Eksport-kredit agentligini tashkil qilish;

eksportyorlar uchun kredit olishda kafillik berish, kredit xarajatlari bir qismini qoplashni Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi zimmasiga yuklash;

eksport qilishda zamonaviy sug‘urta xizmatlarini joriy etish va amalda qo‘llash nazarda tutiladi.

113.

Mahalliy eksport qiluvchi korxonalarg? mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil va havo transportida tashish xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplab berish mexanizmini joriy qilish.

2020-yil 1-aprel

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Transport vazirligi,

Moliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

transport xarajatlarini qisman qoplash mexanizmini avtomobil va havo transporti orqali tashishlarga ham tatbiq etish;

mahalliy tashuvchilar xizmatidan foydalanishni tashish xarajatlari bir qismini qoplab berishning majburiy sharti etib belgilash;

transport xarajatlari qoplanadigan tovarlar ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritish va qo‘shni davlatlarni hisobga olish nazarda tutiladi.

114.

Respublikada meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilish hajmlarini keskin oshirish choralarini ko‘rish.

Yil davomida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

“O‘zstandart” agentligi,

O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi,

Davlat bojxona qo‘mitasi,

vazirlik va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

joriy yilda 2 mlrd AQSh dollarlik, keyingi 5 7 yilda esa bundan 3-4 barobar ko‘p meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun mahsulot yetishtirishni keskin ko‘paytirish;

hududlarning tuproq-iqlim sharoitlari va bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda tumanlarni bosqichma-bosqich ixtisoslashtirish;

xalqaro bozorlardagi talabni tahlil qilish asosida eksportbop yuqori daromadli mahsulotlarni tanlab olish;

tumanlarning mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib, mahsulotlarni yetishtirish uchun yer ajratish;

sifatli urug‘lik va boshqa turdagi moddiy-texnik resurslar bilan tizimli ta’minlash hamda xizmatlar sohasini rivojlantirish choralarini ko‘rish;

chet el karantin xizmatlari bilan “yashil yo‘llar” tizimini o‘rnatib, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Koreya, Yaponiya kabi davlatlarga meva-sabzavot mahsulotlari eksportini oshirish nazarda tutiladi.

115.

Eksport hajmini yanada ko‘paytirish, importni qisqartirish va savdo tartibini soddalashtirish bo‘yicha Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2020-yil 1-iyun

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

TIV,

Davlat bojxona qo‘mitasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

“O‘zstandart” agentligi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Bunda:

qo‘shni mamlakatlar bilan chegaraoldi savdoni rivojlantirish bo‘yicha choralar ko‘rish;

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston bilan chegara hududlarda maxsus savdo zonalarini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish;

mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

Hindiston, Xitoy, Turkiya, Yaponiya va boshqa davlatlar bilan imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimlar imzolash bo‘yicha muzokaralar olib borish;

Koreya, Mo‘g‘uliston, Turkmaniston, Tojikiston va boshqa davlatlar bilan erkin savdo to‘g‘risidagi bitimlarni imzolash bo‘yicha muzokaralar olib borish;

aholi salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar importini oldini olish;

Jahon savdo tashkiloti bitimlari talablarini o‘rganish va takliflar ishlab chiqish;

Jahon savdo tashkiloti bitimlari talablarini, Jahon bojxona tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyalarini o‘rganish nazarda tutiladi.

116.

Andijon, Termiz va Qo‘ng‘irot tumanlarida erkin savdo zonalarini tashkil etish.

2020-yil 20-mart

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

TIV, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada Andijon, Termiz va Qo‘ng‘irot tumanlarida erkin savdo zonalarini tashkil etish va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

117.

Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonida texnik jihatdan tartibga solish milliy tizimini xalqaro normalar bilan uyg‘unlashtirish.

2020-yil 20-noyabr

“O‘zstandart” agentligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlar xavfsizligiga talab belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro amaliyotni inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish;

xalqaro integratsiyaviy tashkilotlarga a’zo davlatlarda amalda bo‘lgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablarini bosqichma-bosqich implementatsiya qilish;

texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli organlarning funksiya va vazifalarini, ishlash prinsipini xalqaro talablardan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqish;

vakolatli organlarning mahsulotlarni baholashda foydalaniladigan moddiy-texnika bazasini qayta ko‘rib chiqish;

texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya yo‘nalishlarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha 2020 — 2023-yillarga mo‘ljallangan dasturni ishlab chiqish;

“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi tizimida Fizik konstantalar hamda modda va materiallar haqida standart axborot ma’lumotlar xizmatini, shuningdek, putur yetkazmaydigan tekshiruv xizmatini tashkil etish nazarda tutiladi.

118.

Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimlarini institutsional jihatdan takomillashtirish.

2020-yil 1-dekabr

“O‘zstandart” agentligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

vazirlik va idoralar

Axborot-tahliliy ma’lumot va “Yo‘l xaritasi”.

Bunda:

“O‘zstandart” agentligi va uning tashkilotlari faoliyatini xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda takomillashtirish;

davlat-xususiy sherikchilik tamoyili asosida sohaga xususiy biznesni keng jalb etish;

standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida xizmat ko‘rsatishda IT-texnologiyalarni joriy etish orqali “inson omili”ni qisqartirish;

O‘zbekiston Respublikasini xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini jadallashtirish, milliy standartlarni xalqaro normalar bilan uyg‘unlashtirish;

standartlashtirish sohasini 2020 — 2025-yillarda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish;

iqtisodiyot tarmoqlarini standartlashtirish jarayoniga keng jalb qilish va xalqaro texnik qo‘mitalar faoliyatida ishtirokini ta’minlash;

mahsulotlarni baholashda faoliyat yuritayotgan sinov va kalibrlash laboratoriyalarining moddiy-texnika bazasini qayta ko‘rib chiqish va qayta jihozlash;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat etalonlarining sonini 21taga yetkazish choralarini ko‘rish nazarda tutiladi.

119.

Respublikada o‘tkazilayotgan qiyoslash natijalarining xalqaro darajada e’tirof etilishiga erishish.

Yil davomida

“O‘zstandart” agentligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Adliya vazirligi,

TIV

Hisob-kitoblar asosida

Texnik ko‘maklashish va boshqa mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

sertifikatlash jarayonini soddalashtirish, sifat milliy infratuzilmasini takomillashtirish;

3 mingga yaqin standartlarni qabul qilish, ularning sonini 10 mingtaga va xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashish darajasini 40 foizga yetkazish;

mintaqaviy metrologik tashkilotlar doirasida 11 ta solishtirishda ishtirok etish;

O‘zbekiston Respublikasida ionli nurlanish ikkilamchi etalonlari dozimetrik laboratoriyasini tashkil etish;

oziq-ovqat, tekstil va kabel mahsulotlarini sinash hamda texnik vositalarni elektromagnit moslashuvchanlikka baholash bo‘yicha 4 ta sinov laboratoriyasini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish;

massa, bosim va harorat kattaliklari o‘lchash vositalarini kalibrlash bo‘yicha 1 ta laboratoriyani xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish;

Indoneziya, BAA, Pokiston, Hindiston va Saudiya Arabistoni bilan sinov natijalarining o‘zaro tan olinishini ta’minlash nazarda tutiladi.

120.

“Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” hamda “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

2020-yil 1-noyabr

“O‘zstandart” agentligi,

Adliya vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

amaldagi qonunlardagi norma va qoidalarning xalqaro talablarga asosan tahlilini o‘tkazish;

qonunlarga sertifikatlashtirish jarayonlarini takomillashtirish va milliy akkreditatsiya tizimining xalqaro tashkilotlar tomonidan tan olinishi qonuniy asosini yaratishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutiladi.

121.

Bojxona ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirish.

2020-yil 1-iyun

Davlat bojxona qo‘mitasi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

xalqaro standartlar va tamoyillar �ilan bojxona qonunchiligini unifikatsiyalash;

bojxona postlarida bojxona, veterinariya, fitosanitariya, sanitariya-karantin organlari faoliyati samaradorligini oshirish va muvofiqlashtirish;

chegarada logistika markazlari va multimodal komplekslarni tashkil etish orqali tovarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri respublikaning bojxona chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida olib chiqish imkoniyatini yaratish;

bojxona audit institutini joriy etish;

“yagona darcha” bojxona axborot tizimidan samarali foydalanish, faoliyatini yanada kengaytirish va taqdim etiluvchi ruxsatnomalar ro‘yxatini kengaytirish;

tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga muvofiq tovarlarni tasniflash bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilish uchun elektron ariza berish tartibini joriy etish;

“onlayn” rejimda tovarlar uchun bojxona to‘lovlarini hisoblash, ruxsatnoma hujjatlariga sarf etiladigan xarajatlarni belgilash imkonini beruvchi ruknni tashkil etish;

tashqi iqtisodiy faoliyatga doir barcha davlat nazorat organlarining interaktiv xizmatlarini joylashtirish nazarda tutiladi.

3.13. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, intensiv texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni keng joriy qilish, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, klaster tizimini va barcha yo‘nalishlarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni yanada rivojlantirish yo‘nalishlarida qishloq xo‘jaligi sohasini isloh qilish

122.

Qishloq xo‘jaligida klaster vakooperatsiya munosabatlarining huquqiy asoslarini mustahkamlash.

2020-yil 1-noyabr

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi(kelishuv asosida),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

qishloq xo‘jaligi sohasida klaster va kooperatsiya munosabatlari bilan bog‘liq barcha normalarni yagona qonun hujjatiga birlashtirish va hujjatlarni unifikatsiyalash;

fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘zaro kooperatsiya munosabatlarini joriy etishning huquqiy asoslarini yaratish nazarda tutiladi.

123.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan soha korxonalariga ko‘rsatma berish, resurslarni taqsimlash, reja belgilash kabi eski ish usullaridan mutlaqo voz kechish.

2020-yil 1-may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Adliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasining vakolat va faoliyat yo‘nalishlarini xalqaro funksional baholash (Management Functional Assessment Model — MFAM) mezonlari asosida qayta ko‘rib chiqish;

vazirlikni servis tashkilotiga aylantirish, ya’ni unga yer holatini aniqlash, ekin turlari va urug‘ni to‘g‘ri tanlash, samarali sug‘orish, zararkunandalarga qarshi kurash, moliyaviy ko‘maklashish va mahsulotlar bozorini topishgacha bo‘lgan keng ko‘lamli xizmat ko‘rsatish vazifalarini yuklash;

qishloq xo‘jaligida davlat xizmatlarining rolini bosqichma-bosqich kamaytirish va xususiy sektorga berish;

agrar sohada vertikal va gorizontal boshqarish tizimini takomillashtirish nazarda tutiladi.

124.

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini isloh qilib, agrar sohaning boshqa tarmoqlariga ham kreditlar ajratishni yo‘lga qo‘yish.

2020-yil 1-avgust

Moliya vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Markaziy bank,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tubdan isloh qilish;

mahsulot ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ajratilgan tijorat kreditlarining foiz stavkasini subsidiyalash;

mahsulot yetishtiruvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish choralari nazarda tutiladi.

125.

Agrar tarmoqda fermerlik harakatini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, paxta va g‘alla yetishtirishni klaster shakliga bosqichma-bosqich o‘tkazish ishlarini davom ettirish.

Yil davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

“O‘zpaxtasanoat” AJ,

“O‘zdonmahsulot”AK,

“O‘zto‘qimachilik-sanoat” uyushmasi,

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari, tijorat banklarining kreditlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

2020-yildan paxta va g‘alla ishlab chiqarish hajmlarini davlat tomonidan tasdiqlashdan voz kechish;

paxta va g‘alla xarid narxini davlat tomonidan belgilash amaliyotidan voz kechish;

salohiyatli tashabbuskorlarni tanlab olish va faoliyatini yo‘lga qo‘yishda har tomonlama ko‘maklashish;

klasterlar va mahsulot yetishtiruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni takomillashtirish nazarda tutiladi.

126.

Meva-sabzavotchilik klasterlarini tashkil etish.

Yil davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

Hisob-kitoblarga asosan

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari, tijorat banklarining kreditlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda meva-sabzavotchilik klasterlarini tashkil etish choralarini ko‘rish nazarda tutiladi.

127.

Qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish va servis xizmatlari ko‘rsatish sohasi raqobatbardoshligini oshirish.

2020-yil 20-mart

“O‘zagrotexsanoat-xolding” AJ,

“O‘zagroservis” AJ,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari, tijorat banklarining kreditlari va boshqa manbalar

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

ishlab chiqarilayotgan texnikalarning ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish;

qishloq xo‘jaligi texnikasini GPS-navigatsiya qurilmalari bilan jihozlash;

buyurtmachi va xizmat ko‘rsatuvchi o‘rtasida hujjat almashuvini elektron tarzda amalga oshirish;

ko‘rsatilayotgan mexanizatsiya va servis xizmatlarini online-rejimda kuzatib borish tizimini yaratish nazarda tutiladi.

128.

Meva-sabzavotchilik, uzumchilik, urug‘chilik, chorvachilik va agrologistikani rivojlantirish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlari, soha uchun malakali kadrlarni tayyorlash masalalariga mablag‘ yo‘naltirish.

Yil davomida

Moliya vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsiya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

15 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Davlat budjeti parametrlaridagi mablag‘larni maqsadli va to‘liq hajmda yo‘naltirish;

ilg‘or ilmiy ishlanmalar va innovatsion loyihalarni ustuvor ravishda moliyalashtirish;

sohada malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash maqsadlari uchun mablag‘ ajratish;

suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun subsidiya ajratish choralarini ko‘rish nazarda tutiladi.

129.

“Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil 1-noyabr

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi,

Adliya vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Bosh prokuratura,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi,

“O‘zstandart” agentligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, realizatsiya qiluvchilar, iste’molchilar va davlat nazorat organlarining huquqlari hamda majburiyatlarini aniq belgilash;

savdo tarmoqlarida nazorat xaridini amalga oshirishning huquqiy mexanizmlarini yaratish;

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi bo‘yicha ma’muriy javobgarlik choralarini belgilashga oid normalar nazarda tutiladi.

130.

Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash.

2020-yil 1-may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

TIV,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

Hisob-kitoblarga asosan

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Chora-tadbirlar dasturi.

Bunda:

dukkakli don mahsulotlari yetishtirishni yanada ko‘paytirish;

mahalliy navlar, xorijdan import qilinayotgan nav va duragaylarni sinovdan o‘tkazish hamda davlat reyestriga kiritish ishlarini tubdan takomillashtirish;

qishloq xo‘jaligida agroekologiya tizimini joriy qilish;

organik qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish va keng joriy etish;

sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari urug‘larini yetishtirish, ularni aprobatsiyadan o‘tkazish, yetishtirilgan urug‘liklarni saqlash bo‘yicha huquqiy asoslarni ishlab chiqish;

respublikada uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirish, jumladan turizm xizmatlarini ko‘rsatishga yo‘naltirilgan kichik vinochilik korxonalarini tashkil etish;

FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi bilan hamkorlikda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy konferensiya o‘tkazish nazarda tutiladi.

131.

Qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish.

2020-yil 1-aprel

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Innovatsiya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

qishloq xo‘jaligi ilmiy salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha 2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqish;

fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish;

qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining zamonaviy shakllarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;

xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy “smart”, resurs tejamkor va innovatsion texnologiyalar bo‘yicha tor ixtisoslikdagi malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash nazarda tutiladi.

132.

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining faoliyatini tubdan takomillashtirish, noqishloq xo‘jaligi yer uchastkalari va bino-inshootlarni bozor narxiga yaqin kadastr bahosini aniqlash institutini joriy etish.

2020-yil 1-may

Yil davomida

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi,

Davlat soliq qo‘mitasi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Bosh prokuratura,

Toshkent shahar hokimligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va amaliy chora-tadbirlar.

Loyihada:

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish;

avtomatlashtirilgan raqamli axborot tizimini joriy etish;

qo‘mitani moddiy-texnika bazasini rivojlantirish;

ko‘chmas mulkni ommaviy shakllantirish va baholash metodologiyasini ishlab chiqish;

ko‘chmas mulkning ommaviy shakllanishi bo‘yicha dastlabki elektron kartografik ma’lumotlar to‘plamini shakllantirish;

ko‘chmas mulkni ommaviy baholash ishlarini tashkil etish bo‘yicha yagona bazada ma’lumotlar to‘plamini tizimlashtirish;

shaffof mexanizm joriy etgan holda ko‘chmas mulk obyektining kadastr bahosini yangi elektron tizimga o‘tkazish;

ko‘chmas mulkning kadastr bahosini aniqlash uchun Internet tarmog‘i orqali buyurtma berish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlarda:

davlat kadastrlari ma’lumotlari almashinuvini ta’minlash va kadastr ma’lumotlarini yangilab borish maqsadida davlat kadastrlari tizimi fazoviy ma’lumotlar geoportallarini yaratish;

davlat kadastrlarini yurituvchi vazirliklar tomonidan ochiq fazoviy ma’lumotlarni davlat kadastrlari tizimi bilan axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish;

interaktiv kadastr xaritalarini yaratish va foydalanuvchilar uchun internet tarmog‘ida metama’lumotlar tizimini yaratish nazarda tutiladi.

133.

2020 — 2030-yillarda suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi�i ishlab chiqish.

2020-yil 1-aprel

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Da?lat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi,

Davlat ekologiya qo‘mitasi,

vazirlik va idoralar

400 ming AQSh dollari

Osiyo taraqqiyot bankining grant mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

Konsepsiyada belgilangan vazifalarni bajarish orqali 2030-yilga borib erishiladigan natijalarning ko‘rsatkichlari;

sug‘orish tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish orqali ulardagi foydali ish koeffitsiyentini 0,64 dan 0,70 ga oshirish;

sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, foydalanishdan chiqqan 298 ming gektar erni foydalanishga qaytarish;

nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish va energiya tejamkor tadbirlarni amalga oshirish orqali elektr energiya sarfini hozirgi 7,6mlrd kVt. soatdan 7 mlrd kVt. soatga kamaytirish;

suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, 2025-yilgacha suvni tejaydigan texnologiyalar qo‘llaniladigan yer maydonlarini 1 mln gektarga yetkazish, tomchilatib sug‘orish tizimini 300 ming gektardan oshiq maydonda joriy etish;

suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarish jarayonlarini, suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish tizimini avtomatlashtirish;

“Smart Water” qurilmalari o‘rnatilgan obyektlar sonini 2025-yilgacha 400 taga yetkazish va 2030-yilga borib 1000 tadan oshirish;

barcha nasos stansiyalarining elektr energiya sarfini “onlayn” monitoring qilish tizimiga o‘tkazish;

loyiha tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash va ularning salohiyatini oshirish hamda loyiha hujjatlari sifatini oshirish;

davlatlararo munosabatlarni yaxshilash va transchegaraviy suv masalalari nazarda tutiladi.

134.

Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, irrigatsiya va melioratsiya obyektlarining xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona va tejamli foydalanish.

Yil davomida

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

1 trln so‘m


186 mln AQSh dollari

Davlat budjeti mablag‘lari,

xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

421 km magistral, tumanlararo va xo‘jaliklararo kollektorlar tizimini, 94 km yopiq yotiq drenajlar, 214 km kanallar, 66km lotok tarmoqlarini hamda 24 ta gidrotexnik inshootni qurish va rekonstruksiya qilish;

326,5 ming gektar maydonning sug‘orish tizimini, 198,2 ming gektar maydonning meliorativ holatini yaxshilash nazarda tutiladi.

135.

2020-yilda 44 ming gektarda yoki o‘tgan yilga nisbatan qariyb 4 barobar ko‘p maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish.

Yil davomida

Moliya vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

300 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari,

tijorat banklarining kreditlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

135 mln kub.metr suv va boshqa resurslarni iqtisod qilish, 20ming gektar takroriy ekin maydonlarini kafolatli suv bilan ta’minlash choralari;

2020-yilda jami 48 525 gektarga suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish nazarda tutiladi.

136.

Respublika miqyosidagi barcha suv resurslari hisobi va hisobotini yuritishning yagona tizimini tashkil etish.

2020-yil 1-sentabr

Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi,

“O‘zgidromet” markazi,

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

suvdan qat’iy cheklangan limit asosida samarali foydalanish;

suv resurslari balansini ishlab chiqish;

davlat suv kadastri va suv hisobini yuritish;

barcha manbalarning suv resurslari bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratish va rivojlantirish nazarda tutiladi.

137.

Chorvachilik ozuqa bazasini yanada mustahkamlash.

2020-yil 20-mart

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

va viloyatlar hokimliklari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

ozuqabop ekinlarni etish uchun yuqori hosildor urug‘liklar yetkazib berish;

chorvachilik xo‘jaliklariga ajratilgan ekin yerlarida ozuqabop ekinlarni ekish;

cho‘l-yaylov ozuqabop ekinlari urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish;

chorvachilik xo‘jaliklarini shrot, sheluxa va omuxta yem mahsulotlari bilan birja savdosi orqali ta’minlash;

chorvachilikda innovatsion ishlanmalarni keng joriy qilish choralari nazarda tutiladi.

3.14. “Raqamli iqtisodiyot”ni jadal rivojlantirish, inson faoliyatining barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, jumladan sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga, iqtisodiyotning real sektorida ishlab chiqarish va boshqarish tizimlarini avtomatlashtirish, axborot tizimining yaxlitligi va barqaror faoliyatini hamda axborot xavfsizligini ta’minlash

138.

“Raqamli O‘zbekiston — 2030” dasturini ishlab chiqish.

2020-yil 1-aprel

Vazirlar Mahkamasi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Loyiha �oshqaruvi milliy agentligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyihada:

telekommunikatsiya sohasi, davlat xizmatlarini ko‘rsatish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari, sog‘liqni saqlash, davlat kadastri va boshqa sohalarda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, bu borada “Raqamli O‘zbekiston — 2030” dasturini tasdiqlash;

Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Bosh vazirning raqamli texnologiyalar va elektron hukumat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini joriy etish;

vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarida rahbarning raqamli texnologiyalar va elektron hukumat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini kiritish;

elektron hukumatning texnik infratuzilmasini takomillashtirish;

inson kapitalini rivojlantirish hamda kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;

davlat xizmatlarini raqamli shaklga transformatsiya qilish va axborot ekotizimini rivojlantirish;

davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, aholining elektron ishtiroki darajasini oshirish;

axborot xavfsizligini, axborot resurslari va tizimlarining himoyasini ta’minlash;

raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasidagi yagona vakolatli organni belgilash nazarda tutiladi.

139.

Davlat tashkilotlaridagi barcha turdagi hisobotlar hamda ma’lumotlar bazalarini integratsiyalash orqali ma’lumotlarni boshqarishning yagona davlat tizimini yaratish.

2020-yil 1-iyun

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi,

Davlat statistika qo‘mitasi,

Moliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Bunda:

vazirlik va idoralar elektron tizimlari va axborot bazalarini statistika elektron tizimlari bilan integratsiya qilish imkoniyatlarini o‘rganish va tegishli “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish;

barcha turdagi hisobotlar hamda ma’lumotlar bazalarini integratsiyalashni nazarda tutuvchi ma’lumotlarni boshqarish davlat tizimini yaratish uchun moliyalashtirish manbalarini va bajarish muddatlarini aniq belgilash;

bir turdagi ma’lumotlarni tadbirkorlik subyektlaridan bir marta so‘rab olish nazarda tutiladi.

140.

Energetika vazirligi tizimidagi tashkilotlarda nazorat va ma’lumotlar yig‘ish tizimini (SCADA), energiya menejmenti tizimini (EMS) hamda boshq� turdagi axborot texnologiyalarini joriy etish va modernizatsiya qilish.

Yil davomida

Energetika vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ,

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ,

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJ

2 trln so‘m

Jahon banki kreditlari va o‘z mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

elektr energetikasi tizimi korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish va nazorat qilishda zamonaviy va innovatsion texnologiyalarni joriy etish;

energetika xavfsizligini ta’minlash, elektr energiyasini ishlab chiqarish, yetkazib berish va taqsimlash jarayonlarida asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni monitoring qilish va rejimlarni optimallashtirish nazarda tutiladi.

141.

Qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish.

Yil davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlant?rish vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

“Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasini (e-agriculture.uz) yaratish;

qishloq xo‘jaligi yerlarining birinchi va ikkinchi ekin turlari, hosildorlik darajasidan kelib chiqib “onlayn hosil” yagona axborot bazasini yaratish;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning hisobini yuritishda ilg‘or xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

Qishloq xo‘jaligi vazirligining belgilangan shtat birliklari doirasida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tarkibiy tuzilma tashkil qilish;

“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyasini keng joriy qilish nazarda tutiladi.

142.

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park)ning hududini kengaytirish va yangi infratuzilma obyektlarini qurish.

2020-yil 1-iyun

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat �azirligi,

Toshkent shahar hokimligi,

tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari, mahalliy budjet mablag‘lari va tijorat banklari kreditlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Namangan viloyatlar hokimliklari bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shma qarorlar qabul qilish:

Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida texnopark tashkil etish;

texnoparkning hududiy filiallarini qo‘rish hamda zarur infratuzilmalarni tashkil etishni mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan va davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish;

tashkil etilishi belgilangan obyektlarni texnoparkka operativ boshqaruv huquqi asosida berish.

143.

Faoliyat doirasini kengaytirish, “startap loyihalarini har tomonlama, shu jumladan venchur moliyalashtirish asosida, qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish va IT kompaniyalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini yanada rivojlantirish.

2020-yil 1-sentabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Innovatsiya vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Axborot-kommunikatsiya texnologiya-larini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, kreditlar, grantlar va boshqa mablag‘lar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

texnologik parkda akseleratsiya va inkubatsiya dasturidan o‘tgan startap-loyihalarni moliyalashtirish maqsadida ichki jamg‘arma faoliyatini tashkillashtirish;

istiqbolli “startap loyihalari”ni qo‘llab-quvvatlash, axborot texnologiyalari sohasida boshlang‘ich va kichik korxonalarga ko‘maklashish;

axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar bozorini rivojlantirish, har yili kamida 15 ta istiqbolli “startap loyihalari”ni moliyalashtirish;

qo‘shimcha bino va inshootlarni qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish orqali texnoparkda ko‘p miqdordagi kompaniya-rezidentlarni, loyiha tashabbuskorlarini joylashtirish uchun imkoniyatlar yaratish nazarda tutiladi.

144.

Aholi, ayniqsa, yoshlar orasida raqamli ko‘nikmalarni takomillashtirish, “Bir million dasturchi” loyihasini amalga oshirish.

Yil davomida

Vazirlar Mahkamasi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivo�lantirish vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Innovatsiya vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari va tijorat banklari kreditlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

ta’lim tizimining barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘qitish;

“Aqlli maktab”, “Elektron kutubxona” va boshqa loyihalarni amalga oshirish uchun infratuzilmani shakllantirish;

aholining keng qatlamlarini axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishga jalb qilish maqsadida o‘quv yurtlarida seminar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;

raqamli texnologiyalar o‘qitish markazlari sonini 80taga yetkazish;

xorijiy hamkorlar bilan birgalikda “Bir million dasturchi” loyihasini raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari, maktablardagi informatika to‘garaklarida bosqichma-bosqich amalga oshirish;

tanlov g‘oliblarini saralash va taqdirlash, bitiruvchilarni ishga joylashtirish nazarda tutiladi.

145.

Intellektual mulk faoliyatini rivojlantirish va zamonaviy IT-yechimlar, autcorsing usullari va “sun’iy intellekt”dan foydalangan holda intellektual mulk obyektlari ekspertizasini tashkil etishni takomillashtirish.

2020-yil 1-avgust

Adliya vazirligi,

Intellektual mulk agentligi, Innovatsiya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

intellektual mulkning samarali bozor bahosi uchun shart-sharoitlar yaratish;

nomoddiy aktivlar aylanishini soddalashtirish;

budjet mablag‘lari hisobidan tashkil etilgan intellektual mulk faoliyati bilan shug‘ullanishni rivojlantirish;

intellektual mulk obyektlarini ekspertizadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish;

intellektual mulk obyektlarini ekspertizadan o‘tkazish jarayoniga zamonaviy IT-yechimlar, autcorsing usullari va “sun’iy intellekt”ni qo‘llash mexanizmlarini joriy etish nazarda tutiladi.

146.

“Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini avtomobil chegara bojxona postlarida joriy etish, temir yo‘l transportida tashilayotgan tovarlar bo‘yicha yuridik shaxslar, vagon, konteyner, harakatlanish hududi yoki saqlanayotgan (to‘xtab turgan) temir yo‘l stansiyasi to‘g‘risida elektron ma’lumotlarni bojxona organiga real vaqt rejimida taqdim etish.

2020-yil 1-iyun

Davlat bojxona qo‘mitasi,

Transport vazirligi,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,

vazirlik va idoralar

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

axborot tizimining chegara bojxona postlarida joriy etilishi bilan tovarlar va avtotransport vositalarini samarali bojxona nazoratidan o‘tkazish;

rasmiylashtirish vaqtini qisqartirish;

bojxona posti o‘tkazuvchanligini oshirish;

tashqi savdo yuklarining o‘z vaqtida manzil bojxona postlariga yetib borishini nazorat qilish;

temir yo‘l transportida tashilayotgan yuklarni belgilangan manzil bojxona posti yoki temir yo‘l stansiyasiga yetib borishidan oldin noma’lum hududlarda almashtirib qo‘yish va tovarga tegishli yuk-kuzatuv hujjatlarini soxtalashtirish kabi jinoyatlarning oldini olish;

temir yo‘l transportida tashilayotgan xalqaro yuklar to‘g‘risida real vaqt rejimida ular turgan temir yo‘l stansiyasi va temir yo‘l tarkibidagi vagon va konteynerlarning ichki hududlardagi harakatini Davlat bojxona qo‘mitasining mavjud axborot tizimi orqali onlayn kuzatish nazarda tutiladi.

Buning uchun temir yo‘l tashkilotlari bojxona organlariga vagonlarning respublika hududida harakatlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona texnologik axborot hamkorlik tizimi orqali beg‘araz taqdim etishi nazarda tutiladi.

147.

Telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish.

2020-yil 1-aprel


Yil davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

“O‘zbektelekom” AK

Hisob-kitoblarga asosan

Jahon banki, Xitoy rivojlantirish banki krediti, uskuna yetkazuvchilarning kreditlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

keng polosali ulanish tarmoqlarini rivojlantirish;

yaqin 2 yilda barcha qishloq va mahallalarni tezkor Internet bilan ta’minlash;

800 ming keng polosali ulanish abonent portlarini o‘rnatish;

ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini kengaytirish;

40 ta server qurilmasi va 5 ta komplekt ma’lumotlarni saqlash tizimini o‘rnatish;

mobil aloqa tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish;

olis aholi yashash joylarida mobil aloqa tarmog‘ini kengaytirish uchun 2 mingdan ziyod baza stansiyalarini qurish va modernizatsiya qilish;

optik tolali aloqa liniyalari tarmoqlarini qurish;

FTTx texnologiyasi orqali 12 000 km optik tolali aloqa liniyalarini qurish;

loyihani amalga oshirish natijasida aholiga sifatli keng polosali telekommunikatsiya xizmatlarini kengaytirish nazarda tutiladi.

148.

Respublika biometrik pasport tizimi infratuzilmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining 2011-yilgi namunadagi biometrik pasporti o‘rniga identifikatsiyalash ID-kartalarini berish tizimini joriy etish.

2020-yil 1-aprel


Yil davomida

Davlat personallashtirish markazi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

IIV, Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi,

Davlat soliq qo‘mitasi

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari va amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

shunga o‘xshash tizimlarning joriy etilishi va uning “Elektron hukumat” tizimlariga integratsiyasi bo‘yicha xorijiy tajribani hisobga olgan holda, loyiha oldi o‘rganishni o‘tkazish;

loyihani amalga oshirishni boshlash maqsadida texnik-loyiha va me’yoriy hujjatlarni, jumladan standartlarni tayyorlash;

davlat organlarining texnologik infratuzilmasini, jumladan ma’lumotlar uzatish tarmoqlari, apparat-dasturiy ta’minot tizimlari va boshqalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;

loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish;

yangi tug‘ilgan barcha shaxslarga va 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JSh ShIR) biriktirish, barcha jismoniy shaxslarga elektron ko‘rinishdagi davlat xizmatlari ko‘rsatish va ularni identifikatsiya qilish uchun farzandlarni ota-ona ma’lumotlari bilan bog‘lash nazarda tutiladi.

3.15. Davlat boshqaruvining zamonaviy usullarini, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qo‘llash ko‘lamini kengaytirish, bo‘sh turgan yer maydonlari, bino va inshootlardan samarali foydalanishni jadallashtirish

149.

“Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida” va “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari normalarini unifikatsiya qilish.

2020-yil 1-noyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Adliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada xalqaro tajribani o‘rganish asosida erkin raqobat muhitini olib kirish mumkin bo‘lgan monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yo‘l ochish va raqobat muhitini shakllantirish nazarda tutiladi.

150.

Davlat ishtirokidagi korxonalarga egalik qilish strategiyasini ishlab chiqish.

2020-yil 1-aprel

Vazirlar Mahkamasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Energetika vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi:

Loyihada:

korxonalarni davlat egaligida (ixtiyorida) saqlab qolishni asoslovchi mezonlarni aniqlash;

davlat ishtirokidagi korxonalar va xususiy korxonalar uchun teng sharoitlar yaratish;

davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash;

davlat ishtirokidagi korxonalarga nisbatan funksiyasi, maqsadini aniq belgilash, davlat ishtirokidagi korxonalarga egalik qilish asoslarini belgilash;

davlatning korxonalarga nisbatan nazorat va mulkdor funksiyalarini ajratish;

davlat ishtirokidagi korxonalarning ijro organi va kuzatuv kengashi a’zolarini moddiy rag‘batlantirish mos ravishda samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari natijalari va korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy e�ilishi darajasini baholashga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lash;

davlat ishtirokidagi korxonalar boshqaruv va nazorat organlari mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish, ularning faoliyatini takomillashtirish;

davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish;

davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirish;

tovar va moliya bozorlarida ustunlik mavqeyiga ega davlat ishtirokidagi korxonalar sonini qisqartirish;

davlat ishtirokidagi korxonalarni tuzishda monopoliyaga qarshi kurashish organining oldindan roziligini olish mexanizmini joriy etish;

davlat ishtirokidagi bazaviy va infratuzilmaviy korxonalarni isloh qilish, ular faoliyatiga moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish, xalqaro auditdan o‘tkazish va xalqaro reyting olish;

Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari kabi yirik, yuqori daromad beradigan korxonalarni aksiyalashtirib, nazorat ulushini davlatda saqlab qolgan holda, aksiyalarning bir qismini sotuvga chiqarish;

2020-yilda xalqaro standartlar asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish, zaxiralarni qayta hisoblash, korporativ oshkoralikni tatbiq etish ishlarini yakunlash;

neft-gaz sohasidagi davlat korxonalarini boshqarishga xorijiy ekspertlarni jalb qilib, ularning samaradorligini oshirish va xarajatlarini optimallashtirish, qarz miqdorini kamaytirishga erishish;

2020-yilda kamida 20 ta aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish (IPO/SPO) orqali sotish;

davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini ular sonini qisqartirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.

151.

Davlat ishtirokidagi korxonalarning raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mavjud eksklyuziv huquqlarin� qisqartirish.

2020-yil 1-oktabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

davlat ishtirokidagi korxonalarning raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi eksklyuziv huquqlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish;

eksklyuziv huquqlarni qisqartirish bo‘yicha tegishli qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish nazarda tutiladi.

152.

Davlat aktivlarini boshqarish samaradorligini oshirish.

2020-yil 1-may

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Investitsiyala? va tashqi savdo vazirligi,

Moliya vazirligi,

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

davlat ko‘chmas mol-mulkini ijaraga berish tizimini takomillashtirish, davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining ko‘chmas mol-mulkini ijaraga berishni tartibga solish;

davlat muassasalari va korxonalari balansida bo‘lgan avtotransport vositalarini baholangan qiymatda, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ustav fondining 50 foizi va undan ortig‘i davlat ulushi yuqori bo‘lgan korxonalarga tegishli yuridik shaxslarning ko‘chmas mol-mulkini elektron savdoda sotish amaliyotini joriy etish;

aksiyadorlik jamiyatlari ijroiya organi vakolatlarini bir yildan uch yilgacha oshirish;

xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashi tarkibida davlat xizmatchilarini bosqichma-bosqich kamaytirish maqsadida O‘zbekiston kuzatuv kengashlari mustaqil a’zolari uyushmasini tashkil etish nazarda tutiladi.

153.

Baholash faoliyatini takomillashtirish.

Yil davomida

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi,

O‘zbekiston baholovchilar jamiyati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

milliy baholash standartlarini xalqaro baholash standartlari tamoyillariga muvofiqlashtirish;

xalqaro sifat standartlariga muvofiq ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini boshqarish tizimini kamida 10 ta baholash tashkiloti faoliyatiga joriy etish;

baholash faoliyati sohasidagi jamoat tashkilotlarini xalqaro baholash tashkilotlariga qo‘shilishi va ularning ishlarida faol ishtirok etishi orqali xalqaro darajaga ko‘tarish;

baholovchilarga xalqaro e’tirof etilgan professional sertifikatlarni olishda ko‘maklashish;

mulkning real bozor bahosini aniqlashda eng ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan baholashning yagona standartini joriy etish;

mahalliy baholovchilar va baholovchi tashkilotlarni baholash faoliyati sohasidagi jamoat tashkilotlariga jalb etish;

baholash tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan ish va xizmatlar sifatini boshqarishning xalqaro standartlari asosida amaliyotga joriy etish nazarda tutiladi.

154.

Rieltorlik faoliyatini takomillashtirish.

2020-yil 1-iyul








2020-yil III chorak

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Adliya vazirligi,

Davlat xizmatlari agentligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Rieltorlar assotsiatsiyasi


Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

2020-yilda rieltorlik faoliyatini litsenziyalash funksiyasini davlat boshqaruvidan rieltorlarning professional jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish;

“Rieltorlik faoliyatini litsenziyalashning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasida litsenziyalash va rieltorlarni sertifikatlash kabi rieltorlik faoliyatini tartibga solish jarayonlarini joylardagi davlat xizmatlari markazlari orqali elektron shaklga o‘tkazish;

“O‘zbekiston Respublikasining yagona multilisting tizimini yaratish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasida barcha sotilayotgan ko‘chmas mulk obyektlari haqidagi ishonchli axborotni real vaqt rejimida olish, ularning bozor narxini oshkora va shaffof shakllantirish imkonini beradigan ko‘chmas mulk bozorining yagona elektron platformasini;

multilisting tizimini ko‘chmas mulk obyektlari eksklyuziv shartnomalar shartlari asosida beriladigan ma’lumotlar bazalari bilan bog‘lash, ko‘chmas mulk bozori ishtirokchilarining (rieltorlarning) a’zo bo‘lishi bozorda ishlashning zaruriy sharti bo‘lishi nazarda tutiladi.

155.

To‘lovga qobiliyatsizlik taomillarini takomillashtirish.

2020-yil 1-iyul

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Oliy sud,

Davlat soliq qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

sog‘lomlashtirish orqali iqtisodiy nochor korxonalarni sog‘lomlashtirish tartibotlarining keng qo‘llanilishini rag‘batlantirish;

jismoniy shaxslarning bankrotlik jarayonlarini tartibga soluvchi normalarni joriy etish;

to‘lovga qobiliyatsizlik taomillari qo‘llanilgan korxonalarga nisbatan soliq imtiyozlarini berish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.

156.

Investitsiyalarni jalb qilishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini katta miqdorda kapital qo‘yilmalarni talab etuvchi sohalarga tatbiq etish.

Yil davomida

Vazirlar Mahkamasi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi,

Transport vazirligi,

Energetika vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Moliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

investitsiya jalb qilishning samarali vositalarini qo‘llashga qaratilgan chora-tadbirlar;

transport, energetika, yo‘l, kommunal, tibbiyot, ta’lim kabi sohalarga davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng tatbiq etish;

soha bo‘yicha yillik kapital qo‘yilmalarning talab etiladigan hajmi, uni davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari orqali moliyalashtiriladigan ulushi va muddatlari;

davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha davlat majburiyatlarini kafolatlash mexanizmlarini joriy etish;

davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tuzish borasidagi maqsadli indikatorlar, amaliy chora-tadbirlar va tarmoq jadvallari;

davlat-xususiy sheriklik loyihalarining ijro etilishini muntazam monitoring qilish;

davlat-xususiy sheriklik loyihalarining samaradorligi va amaliy natijadorligini baholashga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

IV. IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI

4.1. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish

157.

Maktabgacha ta’limning qamrovini 60 foizga yetkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Yil davomida

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi, Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi,

Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

1,8 trln so‘m

Davlat

budjeti mablag‘lari

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning tarmoq jadvallari va amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

418 ta maktabgacha ta’lim muassasasini qurish va rekonstruksiya qilish hamda bolalarga ta’lim berish tizimini yanada takomillashtirish;

davlat-xususiy sheriklik asosida quvvati 46 mingdan ortiq bo‘lgan 420 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini hamda quvvati 50 ming o‘rin bo‘lgan 2000 ta oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish;

1920 nafar bolani maktabgacha ta’limning muqobil turlari bilan qamrab olish;

6 yoshli bolalarning kamida 75 foizini maktabgacha ta’limning muqobil turlari va maktabgacha ta’lim muassasalari negizidagi bepul maktabga majburiy tayyorlov guruhlari bilan qamrab olish;

boshqa vazirlik va idoralar balansidagi sobiq maktabgacha ta’lim muassasalari binolarini qaytarib olish nazarda tutiladi.

158.

Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish.

Yil davomida

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Moliya vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida,

budjetdan tashqari mablag‘lar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

“Ilk qadam” ta’lim dasturi asosida:

3 — 5 yoshli bolalar uchun — didaktik o‘yinlar to‘plamini 10 000 nusxada;

6-7 yoshli bolalar uchun — didaktik o‘yinlar to‘plamini 10 000 nusxada;

6 yoshli bolalar uchun — yozuv albomini 40 0000 nusxada;

didaktik tarqatmalar to‘plamini 12 000 nusxada;

didaktik plakatlar to‘plamini 10 000 nusxada chop ettirish;

majburiy bepul maktabga tayyorlov guruhlari uchun “Ilm yo‘li” dasturini ishlab chiqish;

ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun moslashtirilgan ta’lim dasturlarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

159.

Umumiy o‘rta ta’limining Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish.

2020-yil

1-iyun

Xalq ta’limi vazirligi,

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Idoraviy hujjat loyihasi.

Loyihada:

maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish;

o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish;

darslik va adabiyotlar sifatini oshirish;

umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun variativ o‘quv rejalar ishlab chiqish;

o‘qituvchilarning pedagogik yuklamasini optimallashtirish, ularni asosiy yuklamadan tashqari boshqa hisobotlar va ortiqcha qog‘ozbozlik ishlaridan ozod qilish hamda pedagogikaning mazmuniga ko‘proq vaqt ajratishi uchun sharoit yaratish;

10-11-sinf o‘quvchilarining tanlagan yo‘nalishdagi variativ o‘quv rejalari bo‘yicha o‘qishlarni tajriba-sinov tariqasida joriy qilish nazarda tutiladi.

160.

Pedagogik mahorat va malaka darajasiga ega bo‘lgan, o‘z �shida aniq natijalarga erishgan o‘qituvchilarga yuqori ish haqi to‘lash tizimini joriy qilish.

2020-yil

1-iyun

Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

pedagogik mahorat va malaka darajasini tasdiqlash bo‘yicha kasbiy sertifikatsiya tizimini joriy qilish;

birinchi va oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik ish haqini malaka toifasiga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarga nisbatan oshirib borish amaliyotini joriy etish va oylik ish haqi o‘rtasidagi farqlarni kengaytirish nazarda tutiladi.

161.

Umumta’lim maktablarini keng polosali Internet tarmog‘iga ulash.

Yil

davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi, “O‘zbektelekom” AK

Hisob-kitoblarga asosan

Budjet mablag‘lari, “O‘zbektelekom” AK mablag‘lari va boshqa mablag‘lar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda umumta’lim maktablarini keng polosali Internet tarmog‘iga ulashni 70 foizga yetkazish nazarda tutiladi.

162.

Xalq ta’limi tizimidagi muassasalarni boshqarish bo‘yicha yagona elektron dasturiy majmuani yaratish.

Yil

davomida

Xalq ta’limi vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Hisob-kitoblarga asosan

Xalq ta’limi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda umumta’lim muassasasining pasporti, o‘quvchilar kontingenti, shtat birliklari, shundan band qilinganlari, xodimlar soni, ularning egallab turgan lavozimi, ish haqi miqdori bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda tegishli ma’lum�tlar bo‘yicha boshqa vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalash nazarda tutiladi.

163.

Umumta’lim maktablarining o‘qituvchilari 2021-yilgi xalqaro baholash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.

Yil davomida

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,

Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda 2021-yilgi xalqaro baholash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish uchun respublika bo‘yicha 348 ta tayanch maktabni belgilab, 6mingdan ortiq o‘qituvchilarning malakasini oshirish nazarda tutiladi.

164.

Yangi umumta’lim maktablarini barpo etish, mavjudlarni rekonstruksiya qilish va xususiy maktablar sonini oshirish.

Yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Qurilish vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi

1, 7 trln so‘m




26, 6 mln AQSh dollari

Davlat budjeti mablag‘lari




Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning tarmoq jadvallari va amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

36 ta yangi umumta’lim maktabini qurish, 160 ta maktabni rekonstruksiya qilish va 114 tasini kapital ta’mirlash, 80 925 ta o‘quv o‘rnini va 54 ta sport zalini foydalanishga topshirish;

55 ta xususiy maktab tashkil etib, ularning soni 141 taga yetkazish;

umumta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari nazarda tutiladi.

165.

Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish.

2020-yil

1-iyun

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,

tasarrufida �liy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

oliy ta’lim standartlarini xorijiy tajriba asosida takomillashtirish;

ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitiladigan fanlarni qayta ko‘rib chiqish;

mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar sonini 2 barobar qisqartirish;

kredit-modul tizimini joriy qilish tartibini ishlab chiqish;

talabalar bilimini baholashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;

o‘quv reja va fan dasturlarini takomillashtirish;

professor-o‘qituvchilar faoliyatini yangi tizimga muvofiqlashtirish;

o‘zini-o‘zi moliyalashga o‘tgan oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligini ta’minlash maqsadida ularning huquqiy maqomi va budjet tashkilotidan farqini aniq belgilash, shu jumladan, ularga oliy ta’lim muassasasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini sarflash va o‘z balansidagi mol-mulkni tasarruf qilish tartibini qayta ko‘rib chiqish;

budjet tashkilotlariga nisbatan belgilangan cheklovlar o‘zini-o‘zi moliyalashga o‘tgan oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilishini qayta ko‘rib chiqish;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi munosabatlar chegarasini aniq ko‘rsatish;

vazirlik sohada regulyator sifatida barcha oliy ta’lim muassasalari uchun bir xil siyosat yuritishi, umumiy talablarni qo‘ygan holda ularning ta’lim mazmuni borasidagi faoliyatiga aralashmasligi nazarda tutiladi.

166.

Oliy ta’lim muassasalarini nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda transformatsiya qilish.

2020-yil

1-iyul

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

kamida 5 ta oliy ta’lim muassasasini konkurs asosida tanlab, nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda ularni transformatsiya qilishni boshlash;

mazkur jarayonga davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek xorijiy moliya institutlarining grantlarini jalb qilish nazarda tutiladi.

167.

Ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini yiriklashtirish, profil ixtisoslashuv sohalarini kengaytirish.

2020-yil

1-iyun

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

mazmun jihatdan yaqin bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlarini birlashtirish va profil ixtisoslashuv sohalarini kengaytirish;

magistratura mutaxassisliklarini yiriklashtirish va ilmiy faoliyatni tor sohalar bo‘yicha amalga oshirishni tashkil etish;

ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul parametrlarini yiriklashtirish nazarda tutiladi.

168.

Yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovini kengaytirish.

2020-yil

1-aprel

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Mahalla va oilani qo‘llab-qo‘vvatlash vazirligi,

Moliya vazirligi,

Mehnat vazirligi,

tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

154 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

2020/2021 o‘quv yili uchun o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 25 foizgacha yetkazgan holda belgilash;

davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini 2019/2020 o‘quv yiliga nisbatan bosqichma-bosqich 2 baravarga oshirish;

xotin-qizlar uchun alohida grantlar ajratish nazarda tutiladi.

169.

Xotin-qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish.

2020-yil 1-aprel

Mahalla va oilani qo‘llab-qo‘vvatlash vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Moliya vazirligi,

Mehnat vazirligi,

tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada xotin-qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida alohida ajratiladigan grantlar uchun tanlovda ishtirok etadigan nomzodlarni tanlash va saralash mezonlarini tasdiqlash nazarda tutiladi.

170.

Ilm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish, har bir oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot dargohi nufuzli chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni kuchaytirish.

Yil davomida

Innovatsiya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

ilm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish;

nufuzli xorijiy chet el universitetlari bilan hamkorlikda olib boriladigan ilmiy-tadqiqot va ilmiy ishlanmalar sonini oshirish nazarda tutiladi.

171.

Yangi professional ta’lim muassasalarini tashkil etish, ularga o‘quvchilarni qabul qilish, o‘qitish va yashash shart-sharoitlarini yaratish.

2020-yil

1-aprel

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, tizimida professional ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikumni bosqichma-bosqich tashkil etish;

professional ta’lim muassasalarining o‘quvchilarini qabul qilish imkoniyatlari va mehnat bozoridagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish;

professional ta’lim muassasalari, kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘quvchilarni qabul qilish parametrlarini shakllantirish nazarda tutiladi.

172.

Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan dasturni ishlab chiqish.

2020-yil

1-sentabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyiha bilan oliy ta’lim muassasalari uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning asoslangan takliflari bo‘yicha talabalar turar joylari, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha 5 yillik dasturni tasdiqlash nazarda tutiladi.

173.

Oliy ta’lim moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, shu jumladan oliy ta’lim muassasalari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda ularni jihozlash choralarini ko‘rish.

Yil davomida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

731,2 mlrd so‘m




45 mln AQSh dollari

Davlat budjeti mablag‘lari




Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning tarmoq jadvallari va amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

57 ta oliy ta’lim obyektini qurish, rekonstruksiya qilish, 9 945 ta o‘quv va 3 053 t? yotoq o‘rnini foydalani?ga topshirish;

oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari nazarda tutiladi.

174.

Davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish tartibini takomillashtirish.

2020-yil

1-aprel

Innovatsiya vazirligi,

Moliya vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

ilmiy loyihalar bo‘yicha tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish;

davlat ilmiy dasturlariga kirgan ilmiy loyihalar bajarilishining monitoringini yuritish;

ilmiy loyihalar bo‘yicha xarajatlarni rejalashtirish, moliyalashtirish va hisobini yuritish tartibi nazarda tutiladi.

175.

Mahalliy olimlarning xorijiy nashrlarni keskin oshirishga qaratilgan “Proofreading service” xizmatini rivojlantirish.

2020-yil 20-may

Innovatsiya vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

“Proofreading service” xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlarni aniqlash;

ilmiy nashrlarni xa�qaro jurnallarda chop etishga tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish manbalarini aniqlashga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

176.

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutida jarayonlarning shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish.

2020-yil

20-iyul

Innovatsiya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimida kvotani aniqlashning yagona elektron tizimini joriy qilish;

talabgorlarning hujjatlarini elektron ravishda qabul qilish;

doktorantlar faoliyatining monitoringini onlayn yuritish tartibini belgilash nazarda tutiladi.

177.

Ona tili va adabiyoti bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimini yaratish.

2020-yil

1-oktabr

Davlat test markazi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada talabgorlarning ona tili va adabiyotidan bilimi (nutqiy kompetensiya hamda til va adabiyotga oid ko‘nikmalar)ni tekshirish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.

178.

Ilm-fan sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2020-yil

1-iyul

Innovatsiya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

o‘rta va uzoq istiqbolda mamlakatimizning ilm-fani, texnologik va innovatsion taraqqiyoti asoslarini belgilash;

ilm-fan sohasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmini tubdan qayta ko‘rib chiqish;

grantlar miqdorini 2 barobar ko‘paytirish va tadqiqot yo‘nalishlari ko‘lamini kengaytirish nazarda tutiladi.

179.

Matemat?ka ilm-fanini rivojlantirish.

2020-yil

1-may

Innovatsiya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari,

xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

va boshqa

mablag‘lar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Fanlar akademiyasi Matematika institutida ilmiy daraja beruvchi kengashga to‘liq mustaqil vakolatlar berish;

maktab, oliy o‘quv yurti, ilmiy muassasalar o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni birlashtiruvchi yaxlit tizimni shakllantirish;

maktab o‘quvchilari uchun matematika fanidan oddiy va tushunarli tilda yozilgan ommabop darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish;

har bir tuman markazida matematika faniga ixtisoslashgan maktab tashkil qilish va o‘qituvchilarga qo‘shimcha ustama haqi to‘lashni joriy etish;

xorijda o‘tkaziladigan ilmiy tadbirlar va stajirovkalarga har yili 100 nafar olimlarni yuborish nazarda tutiladi.

180.

Biotexnologiya sohasida ilm-fan yo‘nalishlarini rivojlantirish.

2020-yil

1-aprel

Innovatsiya vazirligi, Fanlar akademiyasi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar,

xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

va boshqa

mablag‘lar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada agro, biotexnologiyalar, oziq-ovqat, jumladan fudo-miks, bio-tibbiyot va farma biotexnologiyalari yo‘nalishlarini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari nazarda tutiladi.

181.

Geologiya ilm-fani va ta’limini rivojlantirish.

2020-yil

1-aprel

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsiya vazirligi,

Moliya vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar,

xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

va boshqa

mablag‘lar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

geologiya sohasidagi 4 ta ilmiy tadqiqot instituti moddiy-texnika bazasi va ilmiy kadrlar salohiyatini birlashtirib, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan yagona ta’lim va ilm-fan klasteri asosida Geologiya sohasidagi universitetni tashkil etish;

yangi tashkil etiladigan universitetning rahbarlik lavozimlaridan biriga yuqori malakali mutaxassisni taklif qilish;

Sankt-Peterburg tog‘-kon universiteti bilan hamkorlikda ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

182.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan 700 dan ziyod olimlar, professor-o‘qituvchilarni chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuborish.

2020-yil 1-iyun

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, TIV, tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

va boshqa mablag‘lar

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada “El-yurt umidi” jamg‘armasining Vasiylik kengashi qarori bilan respublika olimlari, professor-o‘qituvchilarini xorijga ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy ta’lim muassasalariga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuborish jadvali hamda chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash nazarda tutiladi.

4.2. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish

183.

O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshiriladigan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha “O‘zbekiston yoshlari — 2025” Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil 1-avgust

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar, Yoshlar ittifoqi,

hamkorlar mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning yangicha va xalqaro standartlarga mos mexanizmlarini yaratish nazarda tutiladi.

184.

“Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari!” shiori ostida ulkan bunyodkorlik va islohotlarni keng xalq ommasi orasida targ‘ib qilish, bunga ziyolilar, ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot namoyandalarini safarbar etishga qaratilgan kompleks targ‘ibot dasturini ishlab chiqish hamda amalga oshirish.

2020-yil yanvar mart

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, vazirlik va idoralar

Hisob- kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari, ijrochilar mablag‘lari

Hamkorlik chora-tadbirlari rejasi.

Rejada aholi ayniqsa yoshlar orasida ulkan bunyodkorlik va islohotlarni keng targ‘ib etish nazarda tutiladi.

185.

Dunyo tamadduni rivojiga ulkan hissa qo‘shgan o‘tmish allomalarining ilmiy merosi, hayot yo‘lini bugungi yosh avlodga ochib beruvchi turkum ko‘rsatuvlar tayyorlab efirga uzatish.

2020-yil 20-mart

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Fanlar Akademiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Xalq ta’limi vazirligi

Hisob- kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari, ijrochilar mablag‘lari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada dunyo va mamlakatimiz ilm-fani, adabiyoti, madaniyati, san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan o‘tmish allomalarining ilmiy merosi, hayot yo‘li haqida hikoya qilinib, xalqimizning madaniy-ma’rifiy boyliklarimiz haqidagi bilim va tafakkurlarini boyitish nazarda tutiladi.

186.

“Jaholatga qarshi ma’rifat bila� kurashgan mutafakkirlar” shiori ostida buyuk ajdodlarimiz, jumladan XX asr jadid adabiyoti namoyondalari hayoti, ijodi, taraqqiyparvar g‘oyalari targ‘ibotiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish hamda ular hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan filmlar tayyorlash.

2020-yil 15-sentabr

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Hisob- kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari, ijrochilar mablag‘lari

Hamkor tashkilotlarning qo‘shma qarori loyihasi.

Loyihada konferensiya va filmlar orqali jamiyatning buyuk ajdodlarimiz ma’naviy-ma’rifiy merosi, jumladan jadid adabiyoti vositasida vatanparvarlik, millatparvarlik, taraqqiyparvarlik fazilatlari, bilimlari boyitilishi nazarda tutiladi.

187.

2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi”ni qabul qilish.

2020yil

1-oktabr

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

2020 — 2025-yillarda bosqichma-bosqich ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash, ularda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

“Kitob kuni” ni belgilash va shu kunda respublika bo‘ylab ommaviy ijtimoiy tadbirlarni tashkil etish orqali mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish nazarda tutiladi.

4.3. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish

188.

2020-yil uchun aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish davlat dasturini ishlab chiqish.

2020-yil

20-mart

Mehnat vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

hudud va tarmoqlarni kompleks rivojlantirish investitsiya dasturi, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va boshqa yo‘nalishdagi yangi yirik va kichik loyihalarni tashkil etish va mavjudlarini kengaytirish hisobiga kamida 500 mingta doimiy ish o‘rinlarini yaratish;

264 ming ishsiz shaxsni bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish;

40 ming shaxsni mehnat bozorining real ehtiyojidan kelib chiqib, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

50 ming o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni vaqtinchalik mehnat guvohnomasi bilan ta’minlash;

30 ming ishsiz aholining bandligini ta’minlash maqsadida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan subsidiya va grantlar ajratish nazarda tutiladi.

189.

Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Kambag‘allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqish.

2020-yil

1-avgust

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Mehnat vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

kambag‘allik tushunchasi, uni hududiy xususiyatlardan kelib chiqib aniqlash mezonlari va baholash usullarini qamrab olgan metodologiyani ishlab chiqish;

aholi, ayniqsa yoshlar va ayollarda tadbirkorlik va biznes yuritishning zamonaviy ko‘nikmasini shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar;

tadbirkorlik tashabbuslarini, eng avvalo, joylardagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga ko‘maklashuvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlari;

tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar, jumladan mikromoliyalash xizmatlaridan keng foydalanishi, shuningdek, davlat xaridlarida ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

band bo‘lmagan aholini qayta tayyorlash va ishsiz fuqarolarni zarur kasblarga o‘qitish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni amalga oshirish;

Farg‘ona vodiysining 22 ta qishloq tumanida aholi o‘rtasida zamonaviy ishbilarmonlik va biznes ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha boshlangan ijobiy tajribani barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutiladi.

190.

Ijtimoiy tadbirkorlikka oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish.

2020-yil

1-aprel

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Mehnat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

ilg‘or xorijiy tajriba asosida ijtimoiy tadbirkorlikning asoslari;

ijtimoiy tadbirkorlik subyektlarini aniqlashning tartibi va mezonlari;

ijtimoiy tadbirkorlik subyektlarining huquq va majburiyatlari hamda ularni rag‘batlantirish choralari nazarda tutiladi.

191.

Aholini ish bilan ta’minlash borasidagi chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish hamda bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish.

2020-yil

1-noyabr

Mehnat vazirligi,

Moliya vazirligi,

IIV, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

vazirlik va idoralar

3 mlrd so‘m

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish tartibini takomillashtirish;

jamoat ishlari tashkil etiladigan tumanlarda doimiy yashamaydigan fuqarolarni qamrab olish;

davlat-xususiy sheriklik asosida innovatsion vaqtinchalik va bir martalik ish bilan ta’minlash byurolari faoliyatini tashkil etish;

Jahon banki, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda mehnat organlari xodimlarining kasbiy bilim va tajribasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash;

mehnat organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlarini kengaytirish, ularning ishsizlikni kamaytirishdagi samaradorligini oshirish;

Mehnat vazirligi huzurida Yagona situatsion monitoring markazini tashkil etish nazarda tutiladi.

192.

Ish bilan band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlar va ayollarni kasb-hunarga o‘rgatish sifatini keskin oshirish hamda ushbu tizimga World Skills standartlarini keng joriy etish.

2020-yil

1-oktabr

Mehnat vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Adliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan Mamlakatdagi inson kapitali darajasi va milliy ish kuchi raqobatbardoshligini oshirish konsepsiyasi tasdiqlanadi.

Konsepsiyada:

ilg‘or xorijiy tajriba asosida “Hayot davomida ta’lim olish” tamoyili va World Skills standartlarini mamlakatda mehnat munosabatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan uyg‘unlashtirish;

inson kapitalining bazaviy va xususiy omillar asosida raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan investitsiyalar oqimini jadallashtirish;

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha korxonalarida xodimlarning professional kasbiy ko‘nikmalarini oshirishga undovchi motivatsiya mexanizmini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

193.

Mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikni takomillashtirish hamda mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish.

2020-yil

1-sentabr

Mehnat vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Adliya vazirligi,

“O‘zstandart” agentligi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

xavfsiz mehnat sharoitlarida ishlash huquqini ta’minlash;

mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining soddalashtirilgan akkreditatsiya tizimini tashkillashtirish;

professional ishtirokchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

barcha mehnat organlari xodimlari, korxona va tashkilotlarning kadrlar bo‘limi mutaxassislariga “Yagona milliy mehnat tizimi”da ishlashni o‘rgatish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazish;

“Yagona milliy mehnat tizimi” mamlakat hududida barqaror ishlashi uchun Samarqand shahrida zaxira server uskunasini joylashtirish;

Xalqaro Mehnat Tashkiloti tavsiyalari asosida davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish;

norasmiy mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish, mehnat sohasidagi shikoyat va nizolarni hal qilish, mehnat muhofazasini ta’minlash va majburiy mehnat bilan kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni kuchaytirish;

BAA Inson resurslari vazirligi bilan hamkorlikda ishchilarning mehnat munosabatlari sohasidagi ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiquvchi ixtisoslashtirilgan turg‘un va mobil “Mehnat M” markazlarini tashkil qilish, jumladan birinchi markazni Toshkent shahrida tajriba tariqasida joriy etish nazarda tutiladi.

4.4. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish

194.

Aholini ijtimoiy himoya qilish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2020-yil

1-oktabr

Vazirlar Mahkamasi,

Moliya vazirligi,

Mehnat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

ijtimoiy nafaqa to‘lashning mukammal tizimini joriy etish, jumladan, kam ta’minlangan oilalarga ko‘mak ko‘rsatish qamrovini kengaytirish;

budjet mablag‘lari maqsadli sarflanishini ta’minlash;

kam ta’minlangan va daromadi past aholi qatlamini aniqlash mezonlarini belgilash;

nafaqa tayinlashdagi mezonlarni qayta ko‘rib chiqish va uni belgilashda ochiq va adolatli tizimni yaratish;

uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga bozor tamoyillari asosida ajratilgan ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat budjeti hisobidan subsidiyalar to‘lash tizimini takomillashtirish;

ijtimoiy nafaqa bo‘yicha bitta idoraga murojaat qilinganida, o‘sha idoraning o‘zi bir kunda hamma hujjatlarni tayyorlaydigan tizimni yaratish;

o‘zgalar parvarishiga muhtoj yakka-yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida statsionar sharoitda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish;

ajratilayotgan ijtimoiy to‘lovlar miqdorini qayta ko‘rib chiqish;

fuqarolarga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan, vazirlik, idoralar orasida bo‘linib ketgan ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy xizmatlarni bir-biriga muvofiqlashtirish;

yagona reyestr tashkil qilish orqali ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy xizmatlarni yagona axborot kommunikatsiya tizimiga o‘tkazish;

“Mehribonlik uylari”da tarbiyalangan yoshlarning ijtimoiy moslashuvi, xususan ularni ish, uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish nazarda tutiladi.

195.

Ijtimoiy sug‘urta tizimini yanada takomillashtirish.

2020-yil

1-dekabr

Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

ijtimoiy sug‘urta tushunchasi, uning turlari va amalga oshirish shartlari;

nogironlik, dafn marosimi, boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqalar, ish paytida mayib bo‘lganlik uchun tovon puli kabi to‘lovlarni amalga oshirish

va ularning miqdorini aniqlash tartibi nazarda tutiladi.

196.

Xususiy tibbiyotni yanada rivojlantirish, ushbu jarayonga chet el investitsiyalarini keng jalb qilish.

2020-yil

1-sentabr




Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy tibbiyotni rivojlantirish;

respublika bo‘yicha 150 ta, shu jumladan 5 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi xususiy tibbiyot muassasalarini tashkil etish;

17 ta ixtisoslashgan ilmiy-amaliy tibbiyot muassasalariga xorijiy investorlarni jalb qilish, ularni boshqarishda zamonaviy menejmentni joriy etish;

davlat tibbiyot muassasalarida autsorsing xizmatlarini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

197.

Tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, davlat tibbiyot tashkilotlari va aholining dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanganlik darajasini yaxshilash, shifokorlarning jamiyatdagi o‘rni va maqomini kuchaytirish.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi

1, 5 trln so‘m















26.5 mlrd.so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

davlat tibbiyot tashkilotlari va aholini dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni o‘tgan yilga nisbatan 1, 3 baravarga ko‘paytirish;

shifokorlarning jamiyatdagi o‘rni va maqomini kuchaytirish, ularga munosib mehnat sharoiti yaratish va daromadini ko‘paytirish;

virusologik yordam sifatini oshirish, bu turdagi davolash qiyin bo‘lgan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tubdan isloh qilish;

ixtisoslashgan markazlar va ularning filiallarida hamda Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida elektron tibbiy kartalarni joriy etish;

neyrosensor kar yoki zaif eshitadigan bolalarda koxlear implantantlardan foydalangan holda operatsiyalar o‘tkazish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan markazlashtirilgan xaridlar orqali zarar tibbiy buyumlar bilan ta’minlash nazarda tutiladi.

198.

Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi, Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi,

Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1, 1 trln so‘m



83, 9 mln AQSh dollari

Davlat budjeti mablag‘lari



Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning tarmoq jadvallari va amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

228 ta tibbiyot muassasasida, jumladan 9 ta respublika tasarrufidagi, 43 ta viloyat muassasasi, 47 ta tuman va shahar tibbiyot birlashmasi, 29 ta qishloq va shahar oilaviy poliklinikasi, qishloq vrachlik punkti, 100 ta boshqa tibbiyot muassasasida qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;

Toshkent shahrida Ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazini foydalanishga topshirish;

tibbiyot muassasalarini zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash chora-tadbirlari nazarda tutiladi.

199.

Tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

TIV

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

respublika oliy tibbiyot ta’lim muassasalarida Rossiya, Koreya va Germaniyaning tibbiyot universitetlari bilan qo‘shma fakultetlar tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

oliy ta’lim muassasalariga “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy pedagogika” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalarini har bir tuman (shahar) kesimida maqsadli shakllantirish mexanizmini joriy etish;

uzluksiz kasbiy ta’lim tizimini joriy etgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlari, ularning filiallari va ilmiy-tekshirish institutlariga malaka oshirishdan o‘tgan mutaxassislarga sertifikat rasmiylashtirish huquqini berish;

o‘quv si?ulatsiya markazi va ilmi? darajaga ega mutax?ssislari mavjud bo‘lgan nodavlat tibbiyot tashkilotlariga malaka oshirish tizimini joriy etish va undan o‘tgan mutaxassislarga sertifikat rasmiylashtirish huquqini berish nazarda tutiladi.

200.

Davlat tomonidan 100 ming nafar keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ehtiyojmand qatlamlarini manzilli tibbiy-ijtimoiy xizmat bilan qamrab olish orqali ularning jamiyatga moslashuvi va integratsiyasini ta’minlash.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

235 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

muhtoj shaxslarni 40 mingta protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash;

8, 5 ming nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj yakka yolg‘iz va yolg‘iz istiqomat qiluvchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga statsionar sharoitlarda tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;

16, 5 ming nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj yakka yolg‘iz va yolg‘iz yashovchi keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarni uyida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bilan qamrab olish;

43 ming nafar urush va mehnat faxriylari, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni bepul sanator sog‘lomlashtirish;

21 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga reabilitatsiya va protezlash markazlarida tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya choralarini ko‘rsatish nazarda tutiladi.

201.

Imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironligi bo‘lgan shaxs maqomini berishda elektron ma’lumotlar platformasini ishlab chiqish va bu jarayonni optimallashtirishda raqamli texnologiyalarni joriy etish.

2020-yil

1-iyul

Innovatsiya vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi,

Moliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi

Hisob-kitoblarga asosan

BMTning Taraqqiyot dasturi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

aholini keng miqyosda ro‘yxatga olish jarayonida nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatini shakllantirish;

statistik ma’lumotlarning umumiy bazasini yaratish;

ma’lumotlar platformasini yaratish va pilot tarzda joriy etish nazarda tutiladi.

202.

Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning (infarkt, insult, qandli diabet, nafas a’zolari surunkali kasalliklari) xavf omillarini erta aniqlash va samarali profilaktika qilish choralarini amalga oshirish.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

birlamchi tibbiy-profilaktika yordami muassasalarida 40 yoshdan oshgan fuqarolarni maxsus tekshiruvlar va savolnoma asosida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni keltirib chiqaruvchi xavf omillarini erta aniqlash bo‘yicha skrining tadbirlarini o‘tkazish;

tibbiyot xodimlarini maxsus dastur asosida o‘qitish nazarda tutiladi.

203.

2021-yildan boshlab Sirdaryo viloyatida majburiy davlat tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish tajriba-sinov loyihasiga aloqador barcha tayyorgarlik ishlarini yakuniga yetkazish.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Sirdaryo viloyati hokimligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti

mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

majburiy davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi maxsus jamg‘armani tashkil qilish;

sohani moliyalashtirishning yagona aholi jon boshiga mos standartlarini ishlab chiqish, to‘lovlarni “davolangan holat” uchun va “jon boshi normativi” asosida moliyalashtirish tizimini joriy etish;

davlat tomonidan kafolatlatgan tibbiy xizmat turlari va hajmlarini belgilash;

majburiy davlat tibbiy sug‘urtasining yagona axborot tizimi, ma’lumotlar bazasi va boshqa axborot resurslarini yaratish tadbirlarini amalga oshirish nazarda tutiladi.

204.

Hududlardagi 1 ming 576 nafar og‘ir turmush sharoitidagi, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni arzon uy-joylar bilan t?’minlash.

2020-yil

1 apre�

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob- kitoblarga asosan

Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

hududlarda og‘ir turmush sharoitida yashayotgan, nogironligi bo‘lgan arzon uy-joyga muhtoj xotin-qizlarning ro‘yxatini shakllantirish;

Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan uy-joylarning boshlang‘ich badal to‘lovini qurilish kompaniyalariga o‘tkazish nazarda tutiladi.

205.

5,5ming nafar xotin-qizlarning kichik biznes loyihalariga imtiyozli kreditlar berish.

Yil davomida

Mahalla va oilani qo‘llab-qo‘vvatlash vazirligi, “Xalq banki”, “Agrobank”, “Mikrokreditbank”

100 mlrd so‘m

Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fo�di, tijorat banklari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan imtiyozli kreditlar ajratish;

xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash orqali bandlik darajasini oshirish nazarda tutiladi.

4.5. Arzon uy-joylarni barpo etish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilish

206.

O‘zbekiston Respublikasining “Suv ta’minoti va oqava xizmatlar to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil

1-dekabr

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

ichimlik suvi ta’minoti va oqava suv tizimlar�dagi munosabatlarni tartibga solish;

iste’molchilarni ichimlik suvi bilan ta’minlash;

oqava suvi xizmatlari bo‘yicha davlat kafolatlarini belgilash nazarda tutiladi.

207.

Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2020-yil

1-sentabr

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

“O‘zstandart” agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

ichimlik va oqava suvi tizimlarini rivojlantirish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish konsepsiyasini tasdiqlash;

ichimlik suvini yetkazib berish sifati va xavfsizligini ta’minlash, kafolatlangan manbalardan foydalanish, zamonaviy texnika va texnologiyalarni tatbiq etish;

2030yilgacha shahar aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 98 foizga va qishloq aholi punktlarini ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasini 85 foizga yetkazish;

oqava suv inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilishga oid choralarni ishlab chiqish;

2030yilgacha shahar markazlarida oqava xizmatlar ta’minotini 31 foizga yetkazish;

mavjud yer osti va yer usti suv manbalaridan oqilona foydalanish hamda oqava suvlarni sifatli tozalashga qaratilgan aniq choralar nazarda tutiladi.

208.

O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda amaliy sinov-tajriba o‘tkazish choralarini ko‘rish.

2020-yil

1-mayga qadar

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Farg‘ona va Jizzax viloyatlari hamda Toshkent shahar hokimliklari,

vazirlik va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

ko‘p kvartirali uylardagi umumiy mulkni boshqarish samaradorligi, noturar joy mulkdorlarining ko‘p kvartirali uylarni boshqarishdagi mas’uliyatini oshirish;

uy-joy mulkdorlarining ko‘p kvartirali uylarda yashash tartibiga rioya etishini ta’minlash;

ko‘p qavatli uy-joylar tutash hududlarini aks ettirgan holda pasportlashtirish orqali ma’lumotlar bazasini yaratish nazarda tutiladi.

209.

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, issiqlik ta’minoti darajasini oshirish, kanalizatsiya xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yaxshilash choralarini ko‘rish.

Yil davomida

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

1,3 trln so‘m



144,6 mln AQSh dollari

Davlat budjeti mablag‘lari



Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning tarmoq jadvallari va amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

3 400 km ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini 70,8 foizga, oqava suv tarmoqlari bilan ta’minlashni 15,9 foizga yetkazish;

issiqlik ta’minoti tizimining 8 ta obyekti va 40 km tarmog‘ini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari nazarda tutiladi.

210.

Arzon uy-joylar qurish dasturini izchil davom ettirish, qurilishda zamonaviy va arzon qurilish materiallaridan foydalanish choralarini ko‘rish.

Yil davomida

Qurilish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Qishloqqurilishinvest IK MChJ, O‘zshaharqurilishinvest IK MChJ,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2,7 trln so‘m

(1,9 trln so‘m budjetdan)

Davlat budjeti mablag‘lari,

xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

arzon uy-joylar qurish dasturini izchil davom ettirishda jami 12 256 ta qishloq va shaharlarda arzon uy-joylar qurish;

uy-joylarni qurilish materiallarini maqbul, arzon va sifatli qurilish materiallariga o‘zgartirish, zamonaviy va energiya tejamkor qurilish materiallaridan foydalanish nazarda tutiladi.

211.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil

1-dekabr

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,

Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

uy-joy sohasidagi davlat boshqaruvini qayta ko‘rib chiqish;

uy-joy siyosatini tartibga solishning samarali mexanizmlarini joriy etish;

davlat va jamoat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qurilish, rekonstruksiya qilish va buzish ishlarini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish;

jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joydan foydalanishda qonunchilik va normativ hujjatlarga rioya etishdagi mas’uliyatini oshirish;

uy-joy obyektlarini qurishga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilishni rag‘batlantiruvchi mexanizmlar nazarda tutiladi.

212.

Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida qonunchilik bazasini tizimlashtirib, Ekologiya kodeksi loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil

1-oktabr

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

(kelishuv asosida),

Davlat ekologiya qo‘mitasi,

Adliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

ekologiyaga oid qonunchilik bazasini tizimlashtirish;

atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha vakolatli davlat organining faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

atrof-muhitni muhofaza qilishda fuqarolar va jamoat birlashmalarining huquq hamda majburiyatlari;

ekologik nazorat va monitoring turlari hamla ularni amalga oshirish tartibi;

ekologik ekspertizani amalga oshirish tartibi;

o‘simlik va hayvonot dunyosidan foydalanishga qo‘yiladigan talablar nazarda tutiladi.

213.

Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Yil davomida

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi,

Davlat ekologiya qo‘mitasi,

Fanlar akademiyasi, Suv xo‘jaligi vazirligi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Xor�zm viloyati hokimligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti,

Orolbo‘yi mintaqasi

uchun trast jamg‘armasi mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Orol dengizining O‘zbekiston tomonidagi qurigan tubida 742 ming ga maydonda yashil qoplamali o‘rmonzorlar barpo etish;

Nukus, Urganch va Xiva shaharlari atrofida mahalliy turdagi daraxt-butalardan iborat “yashil belbog‘”larni barpo etish nazarda tutiladi.

214.

Orolbo‘yi hududini rivojlantirishga, jumladan hududlarni obodonlashtirish, joylarda ichimlik suvi ta’minotini, kanalizatsiya va boshqa ichki muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini yaxshilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish.

Yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

303,4mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

loyihalarning tarmoq jadvallarini tasdiqlash;

loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;

ekspertizadan o‘tkazish, qurilish-montaj ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish nazarda tutiladi.

215.

Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik holatni yaxshilashga e’tiborni kuchaytirish.

2020-yil

1-iyul

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Davlat ekologiya qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

sanoat rivojlanishining ekologiyaga ta’sirining oldini olish bo‘yicha 2025yilgacha mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;

ishlab chiqarish jarayonini ekologik nazorat qilishni takomillashtirish;

har bir hudud va korxona bo‘yicha ekologiyani yaxshilash, chiqindilarga doir ishlar yuzasidan dasturlarni ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash nazarda tutiladi.

216.

Ishlab chiqarish jarayonini ekologik nazorat qilish tizimini takomillashtirish, ekologik audit o‘tkazish tartibini qayta ko‘rib chiqib, xususiy auditorlik faoliyatini jonlantirish.

2020-yil

1-oktabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada xalqaro tajribani o‘rgangan holda ishlab chiqarishning ekologik nazorati va ekologik audit o‘tkazishni tartibga solish mexanizmlari nazarda tutiladi.

217.

Qurilish sohasini 2025-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.

2020-yil

1-aprel

Qurilish vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

qurilishga oid normalarni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish, zamonaviy qurilish texnologiyalari va materiallarini tatbiq etish, soha uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish;

mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash, mahsulot ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish orqali tarmoqni yanada rivojlantirish;

qurilish sohasida “raqamli iqtisodiyot”ni keng joriy etish;

tenderlar o‘tkazishning aniq mezonlarini ishlab chiqish;

arxitektura-shaharsozlik hamda loyiha va pudrat ishlari bozorini rivojlantirish, kadrlar salohiyatini oshirish;

qurilish industriyasini diversifikatsiya qilish, buyurtmachi va davlat nazorati organlari faoliyatini tartibga solish va tizi? shaffofligini ta’minla? orqali qurilish sohasini modernizatsiyalash, jadal va innovatsion rivojlantirish nazarda tutiladi.

4.6. Madaniyat, sport va turizmni yanada rivojlantirish

218.

Madaniyat sohasini tubdan takomillashtirish choralarini ko‘rish.

2020-yil

1-aprel

Madaniyat vazirligi,

O‘zbekiston badiiy akademiyasi,

Respublika ma’naviyat

va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

O‘zbekiston Kompozitorlar

va bastakorlar uyushmasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Madaniyat vazirligi tashkiliy tuzilmasi va hududiy tuzilmalari vazifa va funksiyalarini qayta ko‘rib chiqish;

madaniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish;

bunday tadbirlarga san’atkorlarni shartnoma asosida jalb qilish nazarda tutiladi.

219.

Madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularda zamonaviy shart-sharoitlar yaratish.

Yil davomida

Madaniyat vazirligi,

Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Qurilish vazirligi

Hisob- kitoblarga asosan

Davlat budjeti va homiylik mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida O‘zbek milliy maqom markazini qurish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Sirdaryo viloyatlaridagi ko‘zi ojizlar kutubxonalariga yangi bino qurish nazarda tutiladi.

220.

O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil

1-oktabr

Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Adliya vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlar hamda sohaga oid qonunosti hujjatlarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi yagona qonun loyihasini ishlab chiqish;

Qurolli mojaro chiqqan hollarda madaniy boyliklarning himoya qilinishi to‘g‘risidagi konvensiya, Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya, Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya qoidalarini chuqur implementatsiya qilish;

madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish;

madaniy merosni muhofaza qilish sohasidagi amaldagi qonunchilik bazasini mazkur qonunda tizimlashtirish nazarda tutiladi.

221.

Moddiy madaniy meros obyektlari va YUNESKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish.

2020yil1-may

Madaniyat vazirligi, YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Madaniy meros departamenti Madaniy meros jamg‘armasi,

davlat muzey qo‘riqxonalari mablag‘lari, xalqaro grantlar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

“Buxoro”, “Samarqand”, “Ichan qal’a”, “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “�o‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonalari, jumladan Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar va ularning qo‘riqlanadigan tegralari chegarasini belgilash;

xodimlarga xizmat qilgan umumiy ish staji, ilmiy unvon va darajaga ega bo‘lgani uchun ustamalar belgilash;

davlat nazorati funksiyasini ta’minlash maqsadida moddiy-texnik bazasini yaxshilash, zamonaviy texnika va uskunalar bilan ta’minlash;

mutaxassisligi bo‘yicha xodimlarni xorijda malakasini oshirish;

restavrator ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish tizimini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

222.

Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmini amaliyotga faol joriy etish.

Yil davomida

Madaniyat vazirligi,

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

davlat-xususiy sheriklik asosida 20 ta madaniyat markazi va istirohat bog‘lari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

istirohat bog‘larining qiyofasini tubdan qayta ko‘rib chiqish, ularda xalq sayillarini doimiy o‘tkazish tizimini yaratish, attraksion va o‘yin qurilmalarining texnik xavfsizligini ta’minlash nazarda tutiladi.

223.

Jahon madaniyatiga munosib hissa qo‘shgan yurtimizning madaniy merosini YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxati, Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxati, Jahon xotirasi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda bu borada xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish.

Yil davomida

YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya, Madaniyat vazirligi, TIV, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Badiiy akademiya, Fanlar akademiyasi, “O‘zarxiv” agentligi,

Moliya vazirligi

Hisob- kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari, ijrochilar mablag‘lari, xalqaro grantlar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxati, Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxati, Jahon xotirasi ro‘yxatiga kiritishga tavsiya etilishi mumkin bo‘lgan 2030-yilgacha bo‘lgan manzilli ro‘yxati, uni amalga oshirishning aniq moliyalashtirish manbalari va boshqa tashkiliy tadbirlarni belgilash;

YUNESKO va IKOMOS ekspertlari bilan muzokaralar olib borish;

xalqaro ekspertlarni jalb qilish, ular bilan YUNESKO ro‘yxatlariga kiritish taklif etilayotgan obyektlar bo‘yicha xalqaro mezonlarga ko‘ra nomzodlarni tayyorlash hamda tavsiya etib borish nazarda tutiladi.

224.

II Xalqaro maqom san’ati anjumanini Shahrisabz shahrida o‘tkazish.

2020-yil

20-sentabr

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, TIV, Qashqadaryo viloyati hokimligi

Hisob- kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari,

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari,

mahalliy budjet mablag‘lari

Chora-tadbirlar rejasi.

Bunda:

respublika va jahon miqyosida II Xalqaro maqom san’ati anjumani targ‘ibotini tashkil etish;

II Xalqaro maqom san’ati anjumani doirasida tanlov, ilmiy-amaliy konferensiya hamda taniqli maqomshunos olim va tajribali maqom ijrochilari ishtirokida ijodiy uchrashuvlar va mahorat darslarini tashkil etish;

II Xalqaro maqom san’ati anjumanida ishtirok etadigan xorijiy hamda mahalliy musiqashunos va maqomshunos olimlar, taniqli san’atkorlar, yetuk mutaxassislar, faxriy mehmonlar ro‘yxatini shakllantirish;

Shahrisabz shahrida II Xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkazish uchun zarur madaniy infratuzilma inshootlari va ijtimoiy obyektlarni barpo etish nazarda tutiladi.

225.

Ulug‘ alloma va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiyning 145 yillik tavallud sanasini keng nishonlash.

2020-yil 20-oktabr

Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat vazirligi,

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Mahmudxo‘ja Behbudiy nomini abadiylashtirish, uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film yaratish, asarlari asosida zamonaviy teatr repertuarlarini sahnalashtirish;

boshqa jadidchilik harakati, ma’rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib qilish nazarda tutiladi.

226.

O‘zbek xalqining ulug‘ adiblari — O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad tavalludining 100 yilligi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor tavalludining 100 yilligi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev tavalludining 80 yilligi, taniqli shoir Shavkat Rahmon tavalludining 70 yilligini keng nishonlash.

Yil davomida

Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Toshkent shahar, Farg‘ona viloyat, Surxondaryo viloyat hokimliklari, “Sharq” NMAK

Chora-tadbirlar dasturi l?yihasi.

Loy?hada:

O‘zbek xalqining ulug‘ adiblari Said Ahmad, Asqad Muxtor, Shukur Xolmirzayev, Shavkat Rahmon nomlarini abadiylashtirish, ularning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan asarlar asosida zamonaviy teatr repertuarlarini sahnalashtirish;

Tanlangan asarlarini, ular haqidagi “Zamondoshlari xotirasida” turkumidagi kitoblarni chop etish nazarda tutiladi.

227.

O‘zbekiston Respublikasida kinematografiya sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2020-yil 1-iyul

“O‘zbekkino” Milliy agentligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyiha bilan 2030-yilgacha mamlakatda kinematografiya sohasini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlanadi. Konsepsiyada:

davlat buyurtmasi asosida kino mahsulotlari ishlab chiqarishni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish;

kinematorafiya sohasidagi tashkilotlar, jumladan kinoteatrlar, kino va milliy seriallar yaratish bo‘yicha nodavlat kino tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

“O‘zbekkino” Milliy agentligi faoliyati, tuzilmasi, tarkibidagi davlat unitar korxonalari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish;

Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamg‘armasini moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini belgilash;

“O‘zbekkino” Milliy agentligi tizimida sohada kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashgan ta’lim muassasasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

respublikada zamonaviy kinematografiya infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini yaratish;

milliy kino mahsulotlarini saqlash, restavratsiya qilish va xorijda saqlanayotganlarni qaytarish nazarda tutiladi.

228.

Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabada O‘zbekistonning munosib hissasini aks ettirgan badiiy va hujjatli filmlar yaratishni ta’minlash hamda xorijiy va mahalliy telekanallarda namoyish etish.

Yil davomida

“O‘zbekkino” Milliy agentligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat

budjeti mablag‘lari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabada O‘zbekistonning munosib hissasini aks ettirgan badiiy filmlarni ishlab chiqarish;

xorijiy mamlakatlar arxivlarida saqlanayotgan Ikkinchi jahon urushi haqidagi filmlarni raqamlashtirish, ularni restavratsiya qilish va mamlakatga qaytarish;

ishlab chiqarilgan va mamlakatga qaytarilgan filmlarni xorijiy va mahalliy telekanallarda namoyish etilishini ta’minlash nazarda tutiladi.

229.

O‘zbekiston Respublikasining “Kinematografiya to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil

1-dekabr

“O‘zbekkino” Milliy agentligi, Madaniyat vazirligi,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

milliy kinematografiya sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash;

sohani rivojlantirish yo‘nalishlari, bosqichlari va istiqbollarini nazarda tutish;

davlat tomonidan milliy kino mahsulotlarni ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash;

Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamg‘armasini moliyalashtirish manbalarini belgilash nazarda tutiladi.

230.

Xorijiy kinokompaniyalar va kinostudiyalarni mamlakatga jalb etish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish.

2020-yil

20-aprel

“O‘zbekkino” Milliy agentligi, Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

respublikaning xorijiy davlatlardagi diplomatik korpus vakillari tomonidan xorijiy kinokompaniya va kinostudiyalar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish;

xorijiy kinokompaniyalar va kinostudiyalarga o‘z mahsulotlarini O‘zbekiston hududida ishlab chiqarishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish nazarda tutiladi.

231.

2020-yil Tokio shahri (Yaponiya)da o‘tkaziladigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish va unda munosib ishtirok etish uchun zarur choralarni ko‘rish.

2020-yil

20-iyul

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari,

homiylar mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan sportchilarning yakuniy ro‘yxatini va O‘zbekiston delegatsiyasi ro‘yxatini shakllantirish;

ishtirokchilarni zarur sport jihozlari, ekipirovka va ustki kiyimbosh bilan ta’minlash;

O‘zbekiston delegatsiyasining ishtirokini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha moliyaviy va tashkiliy masalalarni hal qilish nazarda tutiladi.

232.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali trenerlar va boshqa mutaxassislarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

2020-yil

1-may

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsiya vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filialini va ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazini universitet tasarrufiga berish;

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent farmatsevtika instituti va boshqa oliy ta’lim muassasalarida sport tibbiyoti, farmakologiyasi, reabilitologiyasi, psixologiyasi va diyetologiyasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Andijon, Buxoro va Samarqand tibbiyot institutlari magistraturasida “Diyetologiya” va “Nutritsiologiya (ovqatlanish ilmi)” mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash;

xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda sohada malakali mutaxassislar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish b�yicha aloqalarni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari nazarda tutiladi.

233.

Yoshlar o‘rtasida yozgi Osiyo o‘yinlarini 2025-yilda O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish.

2020-yil

1-may

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi,

Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari,

homiylar mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada Yoshlar o‘rtasida yozgi Osiyo o‘yinlarini 2025-yilda O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

234.

Ommaviy sport turlarini rivojlantirish uchun sport inshootlarini qurish ishlarini davom ettirish.

Yil davomida

�ismoniy tarbiya va sport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Moliya vazirligi,

Qurilish vazirligi, “Milliy bank” AJ,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

500 mlrd so‘m

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda tadbirkorlarga 269 ta futbol, voleybol, basketbol va badminton maydonlari, 178 ta boks, kurash, fitnes va gimnastika sport zallari, 32 ta tennis korti qurish ishlari amalga oshirish uchun imtiyozli kredit ajratiladi.

235.

Sport turlari bo‘yicha federatsiya (uyushma)lar va sportni rivojlantirishga mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish mexanizmini takomillashtirish.

2020-yil

20-noyabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,

Xalq ta’lim vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

Milliy olimpiya qo‘mitasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

rivojlangan mamlakatlarning tajribasini o‘rganish asosida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, boshqa davlat tashkilotlari hamda sport turlari bo‘yicha ?ederatsiya (uyushma)lar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmini takomillashtirish;

jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga mas’ul tashkilotlarni aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha faoliyati va mas’uliyati masalalari nazarda tutiladi.

236.

Mamlakatimizga keladigan turistlar sonini 7, 5 millionga yetkazish maqsadida aviatransport tizimini takomillashtirish.

2020-yil

1-aprel

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Transport vazirligi,

vazirlik va idoralar

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

mamlakatda fuqaro aviatashishlarini amalga oshiruvchi kamida 5 ta yangi rezident aviakompaniyalar tashkil etish;

yangi aviareyslar ochish va qatnovlar davriyligini oshirish asosida mavjud aviaqatnovlar sonini qo‘shimcha 2,8 mingtaga ko‘paytirish;

IATA (Havo transporti xalqaro assotsiatsiyasi) “Summer-2021” yozgi mavsum boshlanguncha “Ochiq osmon” rejimi tatbiq etilgan mamlakatning xalqaro aeroportlarining har birida yangi 10 ta xalqaro aviareysni yo‘lga qo‘yish;

aviareyslar sonini oshirish maqsadida maqsadli mamlakatlarda jadal marketing kampaniyasini olib borish nazarda tutiladi.

237.

Turizm yo‘lbo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish.

2020-yil

1-aprel

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirlik

va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

joylarga chiqqan holda yo‘lbo‘yi infratuzilmasi holatini o‘rganish;

mamlakatning avtomagistral yo‘llari bo‘ylab tashkil etiladigan turizm obyektlari majmualarining joylashuv master-rejasini tayyorlash;

turizm obyektlari majmualarining namunaviy loyihalarini tayyorlash va mazkur majmualarning onlayn xaritasini ishlab chiqish;

yo‘lbo‘yi infratuzilma obyektlari kompleksini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash;

Andijon viloyati Xonobod shahridan Surxondaryo viloyati Termiz shahriga bog‘langan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanigacha “O‘zbekiston turizm magistrali” turizm transport koridorini rivojlantirish nazarda tutiladi.

238.

Mamlakatda tibbiyot va ziyorat turizmini kompleks rivojlantirish.

2020-yil

1-iyun

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot va ziyorat turizmini rivojlantirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish va aniq choralar belgilash nazarda tutiladi.

239.

Ziyorat va an’anaviy turizmni rivojlantirish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlardagi madaniy meros va arxitektura obyektlari sonini 800 taga yetkazish hamda bu orqali ularning holatini yaxshilash.

2020-yil 1-may

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

har bir hududdagi mavjud madaniy meros va arxitektura obyektlaridan turizm yo‘nalishiga kiritish imkoniyati bor obyektlar ro‘yxatini shakllantirish;

turizm salohiyati yuqori madaniy meros obyektlarini turistlarni qabul qilish uchun tayyorlash;

turizm faoliyati subyektlari bilan hamkorlikda obyektlarni turistik marshrutlarga kiritishga ko‘maklashish;

ushbu obyektlarni O‘zbekiston va chet el fuqarolari orasida keng targ‘ib qilish nazarda tutiladi.

240.

Turizm sohasida jamoat tashkilotlari rolini oshirish va faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish orqali turizm xizmatlari sifatining yaxshilash.

2020-yil 1-avgust

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Adliya vazirligi,

Xususiy turistik tashkilotlari assotsiatsiyasi,

Gidlar uyushmasi,

Mehmonxonalar assotsiatsiyasi,

Gastronomik turizm assotsiatsiyasi

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

turizm xizmatlarining sifatini baholash va yaxshilash jarayonida mazkur sohadagi jamoat tashkilotlarining ishtirokini belgilash va ularning mavqeyini oshirish;

oliy ta’lim muassasasi va kasb-hunar kollejlari turizm yo‘nalishidagi bitiruvchilarni sohadagi jamoat tashkilotlari orqali amaliyot o‘tash tizimini yaratish;

restoran va kafelarda xizmat ko‘rsatuvchi barcha xodimlarni maxsus o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga sertifikat berish amaliyotini tatbiq etish nazarda tutiladi.

V. XAVFSIZLIK, MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIKNI TA’MINLASh HAMDA ChUQUR O‘YLANGAN, O‘ZARO MANFAATLI VA AMALIY TAShQI SIYOSATNI AMALGA OShIRISh SOHASIDAGI USTUVOR YO‘NALIShLAR

5.1. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar

241.

Davlat harbiy tashkiloti va mamlakat mudofaa tizimini yanada takomillashtirish.

Yil

davomida

Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, DXX, IIV, FVV, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

harbiy xavfsizlikni ta’minlash sohasida normativ-huquqiy asoslarni takomillashtirish, shuningdek Qurolli Kuchlarni 2020 — 2025-yillarda rivojlantirish bo‘yicha Kompleks dasturni ishlab chiqish;

Mamlakat mudofaasini boshqarish milliy markazining avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish va uning faoliyatini tashkil qilish;

Qurolli Kuchlar Bosh shtabi qoshida jangovar shaylik masalalarini strategik darajada ko‘rib chiqadigan Muvofiqlashtiruvchi kengashni tuzish;

qo‘shinlar tayyorgarligining intensivligi va sifatini kuchaytirish, shu jumladan jangovar va tezkor tayyorgarlik bo‘yicha turli mashqlar o‘tkazish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish;

xalqaro talablar asosida o‘quv-jangovar tayyorgarlik obyektlarining holatini yaxshilash;

jangovar tayyorgarlikni avtomatik tarzda hisobga olish tizimini yaratish;

Qurolli Kuchlarni zamonaviy qurollar, texnika, harbiy-texnik va maxsus anjomlar bilan ta’minlash maqsadida 2018 — 2021-yillarda qo‘shinlarni qurollar va harbiy texnikaning zamonaviy namunalari bilan ta’minlash, modernizatsiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha qabul qilingan kompleks dasturning sifatli bajarilishini ta’minlash nazarda tutiladi.

242.

Mudofaa sanoati kompleksi korxonalarining faoliyatini rivojlantirish va ishlab chiqarish tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish.

2020-yil

1-may

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti va

investorlar mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari korxonalari bilan kooperatsiyada harbiy va ikki xil maqsadda foydalanishga mo‘ljallangan raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar, jumladan:

uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarishni tashkil etish;

yangi turdagi o‘q-dorilarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;

mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha klasterni tashkil etish;

mashinasozlik mahsulotlarini ta’mirlash va ularga servis xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha klasterni tashkil etish;

optik moslamalar va tungi ko‘rish moslamalarini ishlab chiqarishni tashkil etish;

mudofaa sanoati kompleksining ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari klasterini tashkil etish nazarda tutiladi.

243.

2020 — 2023-yillarga mo‘ljallangan kiberxavfsizlikka doir milliy strategiyani ishlab chiqish.

2020-yil

1-sentabr

DXX, Axborotlash-tirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bosh prokuratura, IIV, Mudofaa vazirligi,

vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyiha bilan 2020 — 2023-yillarga mo‘ljallangan kiberxavfsizlikka doir milliy strategiya tasdiqlanadi.

Strategiyada:

milliy kibermakonda jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni tartibga solish;

kiberxavfsizlikning yagona tizimi va muhim hisoblangan infratuzilmani kiberhujumlardan himoya qilish sohasidagi huquqiy bazani shakllantirish;

mamlakatda kiberxavfsizlik borasida amalga oshirilayotgan choralarni kuchaytirish nazarda tutiladi.

244.

O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil 1-sentabr

DXX, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IIV, Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

axborot kommunikatsiya va texnologiyalari tizimini zamonaviy kibertahdidlardan himoya qilish, turli darajadagi tizimlar uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha zamonaviy mexanizmlarni joriy etish;

kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasida davlat organlari, korxonalar va tashkilotlarning huquqlari va majburiyatlarini belgilash, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;

ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiyalash nazarda tutiladi.

245.

O‘zbekiston Respublikasining axborot siyosatini shakllantirish.

2020-yil

1-iyun

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Adliya vazirligi, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vosital�ri milliy assotsiatsiyasi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan O‘zbekiston Respublikasi yagona axborot siyosati konsepsiyasi tasdiqlanadi.

Konsepsiyada:

axborot sohasidagi milliy manfaatlarni belgilovchi axborot siyosatini ishlab chiqish mexanizmlarini shakllantirish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari matbuot xizmatlarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;

butunjahon Internet axborot tarmog‘ida o‘zbek tilidagi segmentni rivojlantirish va aholining mediasavodxonligini oshirish;

jurnalistika sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ularning huquq va majburiyatlarini anglashi, respublikaning global axborot makoniga sifatli integratsiyasi bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

246.

Davlat tashkilotlaridagi operatsion tizimlarni erkin tarqatiladigan, sertifikatlangan va axborot xavfsizligi talablariga javob beradigandasturiy ta’minotga o‘tkazish.

2020-yil

1-avgust

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi,

vazirlik va idoralar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada davlat tashkilotlari va muassasalarida axborot xavfsizligi sohasidagi standartlarga javob beradigan, litsenziyalangan dasturiy mahsulotlardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

247.

Chegara o‘tkazish punktlarida chegara va bojxona nazorati sifatini yaxshilash.

2020-yil

1-iyun

Davlat bojxona qo‘mitasi, DXX, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti va chet el hamkorlari mablag‘lari

Kompleks chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

davlat chegaralaridan fuqarolar, texnik vositalar va tovarlar o‘tkazish oqimi katta bo‘lgan punktlarda faoliyat yuritayotgan chegara, bojxona va nazorat organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

chegara va bojxona nazoratidan o‘tish vaqtini qisqartirish maqsadida onlayn-rejimda axborot tizimi orqali avtotransport vositalari va fuqarolar haqidagi ma’lumotlarning o‘zaro almashinuvini ta’minlash bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

248.

“Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil 1-aprel

Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, IIV, DXX, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

qo‘riqlash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish;

qo‘riqlash faoliyatining turlari va uni amalga oshiruvchi subyektlarning huquqlari, vakolatlari va majburiyatlari;

qo‘riqlash faoliyatini amalga oshirish tartibi nazarda tutiladi.

249.

Xorijiy sheriklar bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish.

Yil

davomida

Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, DXX

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

yetakchi xorijiy davlatlarning qo‘shinlari, shuningdek, oliy harbiy ta’lim muassasalari va tadqiqot markazlari bilan birgalikda harbiy xizmatchilarni o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil etish;

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar-xizmat faoliyatida xorijiy mamlakat qo‘shinlarining ilg‘or tajribasini chuqur o‘rganish va keng tatbiq etish;

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xorijiy davlatlarning Milliy gvardiya va boshqa tegishli idoralari bilan hamkorligini o‘rnatish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik bitimini imzolash;

Pokiston hukumati va mudofaa vazirligi bilan harbiy hamkorlik va harbiy razvedka sohasida o‘zaro anglashuv memorandumlarini, Tojikiston mudofaa vazirligi bilan harbiy razvedka sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha anglashuv memorandumini va Qozog‘iston mudofaa vazirligi bilan harbiy razvedka sohasida hamkorlik bitimini imzolash;

Qurolli Kuchlar Akademiyasida xalqaro konferensiyalarni o‘tkazish;

Qurolli Kuchlar Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan xorijiy mamlakatlarning Oliy harbiy bilim yurtlarida ma’ruzalar o‘qish;

Markaziy Osiyo mamlakatlari harbiy xizmatchilarining Qurolli Kuchlar Akademiyasida tahsil olishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

250.

Mutaassiblik, ekstremizm va terrorizmning asl maqsadi va mazmun-mohiyatini ochib beruvchi targ‘ibot ishlarini jadallashtirish.

Yil davomida

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Adliya vazirligi, IIV, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, TIV, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

mutaassiblik, ekstremizm va terrorizmning asl maqsadi va mazmun-moxiyatini ochib beruvchi targ‘ibot ishlarini yanada takomillashtirish;

xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan tinchlikni saqlash, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishga qaratilgan turli ilmiy-amaliy anjumanlarda O‘zbekiston ulamolarining ishtirokini ta’minlash;

ekstremizm, terrorizm va mutaassiblikni targ‘ib qiluvchi g‘oyalarning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

251.

Diniy ekstremizm g‘oyalari ta’siriga adashib tushib qolgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ularni sog‘lom hayotga qaytarish tizimini yanada takomillashtirish.

Yil davomida

IIV, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,

Mehnat vazirligi,

Mahalla va oilani qo‘llab-qo‘vvatlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

diniy ekstremizmga aloqador fuqarolarni sog‘lom hayotga qaytarish, ularning ijtimoiy-maishiy muammolarini aniqlash va hal etish, aholi o‘rtasida zararli diniy g‘oyalar ta’siriga tushish holatlarining oldini olish bo‘yicha ishlarni takomillashtirish;

ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, ushbu sohadagi ishlarning yangi samarali mexanizmlarini joriy etish;

mazkur toifadagi shaxslarning bandligi, ta’lim olishi, ijtimoiy himoyasini ta’minlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

252.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qo‘shni mamlakatlar bilan dyelimitatsiya va demarkatsiya qilish borasidagi muzokaralarni davom ettirish.

Yil davomida

TIV, “Davyergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, DXX

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

chegaradosh davlatlar bilan 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan davlat chegaralarini dyelimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumat komissiyalari yig‘ilishlarini tashkil etish;

qo‘shni davlatlar bilan mazkur sohada ikki tomonlama amaliy tadbirlarni o‘tkazish nazarda tutiladi.

253.

Chegara oldi hududlarda joylashgan temir yo‘l bekatlari xavfsizligini kuchaytirish borasida chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2020-yil

1-aprel

Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, DXX

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

chegara oldi hududlarda joylashgan temir yo‘l bekatlarini qo‘riqlash tizimini takomillashtirish;

ushbu bekatlarni tegishli muhandislik-texnika inshootlari bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

254.

“Do‘stlik haftaligi” va “Do‘stlik” xalqaro forum-festivalini o‘tkazish.

2020-yil

1-iyul

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi,

TIV, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi,

Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi.

Loyihada “Do‘stlik haftaligi”, “Do‘stlik” xalqaro forum-festivali va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

255.

Yurtimizda “Xalqlar do‘stligi va umumxalq birdamlik kuni”ni joriy etish.

2020-yil

1-iyul

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada yurtimizda millatlararo totuvlik, do‘stlik va hamjihatlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash maqsadida “Xalqlar do‘stligi va umumxalq birdamlik kuni”ni joriy etish nazarda tutiladi.

256.

“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishonini ta’sis etish.

2020-yil

1-sentabr

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyatini samaradorligini oshirish hamda soha vakillari mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishonini ta’sis etish nazarda tutiladi.

257.

“Jaholatga qarshi ma’rifat” degan g‘oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do‘stlik maqsadlariga xizmat qilishini targ‘ib etish.

Yil davomida

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

targ‘ibot guruhlarini shakllantirish, tadbirlar o‘tkazish rejasini ishlab chiqish;

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassislarini hududlarda diniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishga jalb etish;

o‘tkazilgan tadbirlar yuzasidan umumlashtirilgan ma’lumotnoma tayyorla� va Vazirlar Mahkamasiga kiritish nazarda tutiladi.

258.

Yurtimiz allomalari hayoti, ilmiy merosiga bag‘ishlangan va diniy bag‘rikenglik mavzularida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda boshqa tadbirlarni tashkil etish.

Yil davomida

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Samarqand, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Misrning Al-Azhar majmuasi bilan hamkorlikda Samarqandda “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bug?n” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish;

AYSESKO xaqaro tashkiloti tomonidan Buxoro shahrining 2020-yilda “Islom olami madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi munosabati bilan “O‘zbekiston — Islom sivilizatsiyasi markazi” xalqaro ilmiy-amaliy anjumanini o‘tkazish;

“Diniy bag‘rikenglik — davlat va jamiyat taraqqiyotining muhim omili” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazish;

Buxoro shahrida Abduxoliq G‘ijduvoniyning 915 yilligi va Bahouddin Naqshbandning 700 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya hamda uning tavallud ayyomini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha chora-�adbirlar nazarda tutiladi.

259.

Imom Buxoriyning Samarqanddagi yodgorlik majmuasini yangi loyiha asosida qayta barpo etish.

2020-yil

1-aprel

Samarqand viloyati hokimligi,

Qurilish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,

vazirlik va idoralar

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi.

Loyihada Imom Buxoriyning Samarqanddagi yodgorlik majmuasini musulmon dunyosidagi ulug‘ maqomiga mos ravishda mutlaqo yangi loyiha asosida qayta barpo etish bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

260.

Orolbo‘yi hududida yashovchi millat va elatlarning ma’naviy-ma’rifiy aloqalarini rivojlantirish.

2020-yil

20-avgust

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Vazirlar Kengashi,

Madaniyat vazirligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Moliya vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti mablag‘lari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida Orolbo‘yi hududida yashovchi millat va elatlarning ma’naviy-ma’rifiy aloqalarini rivojlantirish, yoshlar orasida milliy urf-odatlar, tarixiy va madaniy merosni asrab-avaylashga qaratilgan Millatlararo totuvlik xalqaro madaniy-gumanitar festivalini o‘tkazish;

Orolbo‘yi hududida istiqomat qiluvchi turli millat va elatlarning totuvligini mustahkamlash, ularning tili va urf-odatlarini asrab-avaylash, milliy madaniy markazlarning jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

261.

Iqtisodiyot sohasidagi transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Yil davomida

DXX, Bosh prokuratura, IIV, TI�

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda xorijiy davlatlar maxsus xizmatlari bilan iqtisodiyot sohasidagi transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga doir o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni ishlab chiqish va tegishli tashkilotlar bilan kelishish nazarda tutiladi.

262.

Iqtisodiy jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha Yevroosiyo guruhi (EAG FATF) bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish.

Yil davomida

Bosh prokuratura,

DXX, IIV, TIV

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda Iqtisodiy jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi (EAG FATF)bilan o‘zaro hamkorlikda xalqaro seminarlar tashkil etish hamda mazkur yo‘nalishda milliy kadrlar malakasin� oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

263.

Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligi tizimini takomillashtirish.

2020-yil

30-aprel

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Energetika vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, FVV, IIV, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi,

“O‘zstandart” agentligi

?azirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

atom energetikasi sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish tartibi;

atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza o‘tkazish tartibini belgilash nazarda tutiladi.

264.

Neft va gaz konlaridan foydalanishning seysmogeodinamik jarayonlarga ta’sirini o‘rganish uchun seysmiklikni monitoring qilishni takomillash�irish.

2020-yil

1-noyabr

FVV, “O‘zbekneftgaz” AJ, Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

respublikada texnogen seysmiklikni uzluksiz monitoring qilib borish mexanizmini yaratish;

neft va gaz konlaridan foydalanishning geodinamik jarayonlarga ta’sirini aniqlash;

neft va gaz konlaridan foydalanish bilan bog‘liq texnogen zilzilalar xavfini prognozlash imkoniyatini yaratish bo‘yicha vazifalar nazarda tutiladi.

265.

Aholiga tabiiy ofatlar oqibatida yetkazilgan zarar miqdorini qoplash tartibini belgilash.

2020-yil

1-noyabr

FVV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O‘zgidromet”, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

tabiiy ofatlar oqibatida zarar ko‘rgan aholiga yetkazilgan zararni qoplash tartibini belgilash;

vakolatli organlar va fuqarolarning bu boradagi huquq va majburiyatlarini aniqlashtirish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari, vakolatli vazirlik va idoralarning texnogen xavfli hududlarda qurilishning oldini olish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish nazarda tutiladi.

266.

O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish.

2020-yil 1-may

Fanlar akademiyasi,

FVV, Qurilish vazirligi,

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi,

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari,

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari, Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari va grantlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

O‘zbekiston Respublikasida seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimini 2023-yilgacha rivojlantirish dasturini tasdiqlash;

seysmik va kompleks-prognostik stansiyalarni internet tizimi bilan to‘liq ta’minlash hamda ularda prognoz ma’lumotlarini markazga yetkazish jarayoniga avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish;

Markaziy Osiyo hududida seysmik xavf-xatarni prognoz qilish bo‘yicha qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

267.

Ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini kuchaytirish.

2020-yil

30-aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, FVV, vazirlik va idoralar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash borasida mavjud muammolarni bartaraf etish va ushbu sohada o‘zini oqlagan xorijiy davlatlar normativ hujjatlarini tahlil qilish;

mahsulotlarga qo‘shilayotgan har xil turdagi sog‘liq uch�n xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan kimyoviy moddalarni va o‘simlik yog‘larini ishlatish holatlarini o‘rganish;

ushbu tadbirlar natijalariga ko‘ra, mazkur sohadagi texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarni yangilash nazarda tutiladi.

268.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi ishlab chiqilishini jadallashtirish.

2020-yil

1-may

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi tasdiqlanadi.

Strategiyada:

O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarining to‘liq bajarilishini ta’minlash;

fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilishini monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish;

inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy va boshqa kompleks choralar tizimini yaratish;

qonunchilikka va davlat organlari, xususan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning amaliy faoliyatiga inson huquq va erkinliklari sohasida xalqaro standartlarni implementatsiya qilish mexanizmlari va tartibi samaradorligini oshirish;

aholining inson huquqlari sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish, jumladan bu borada samarali axborot va ma’rifat tarqatish, ta’lim berish faoliyatini tashkil etish;

inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish nazarda tutiladi.

5.2. Tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar

269.

Xalqaro iqtisodiy reytinglarda O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan keyingi chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2020-yil

1-iyun

Moliya vazirligi,

Davlat statistika qo‘mitasi, TIV, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Markaziy bank, Adliya vazirligi, ilmiy-tadqiqot muassasalari

Chora-tadbirlar rejasi:

Rejada xalqaro ekspertlar va milliy maslahatchilar bilan birgalikda ma’lumotlar to‘plash metodologiyasi va amaliyotini tahlil qilish hamda uyg‘unlashtirish orqali xalqaro iqtisodiy reytinglarda O‘zbekistonning mavqeyini yaxshilash bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish nazarda tutiladi.

270.

Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan mintaqaviy hamkorlik doirasida turizmning har xil turlarini rivojlantirish.

2020-yil

1-iyun

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, TIV

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

Markaziy Osiyo mamlakatlarining madaniy va sayyohlik saytlarining yagona raqamli xaritasini (multimedia mahsuloti) ishlab chiqish;

Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan kombinatsiyalashtirilgan turizmni “bitta tur ko‘p mamlakatlar” tamoyili asosida rivojlantirish bo‘yicha ko‘p tomonlama shartnomani tuzish;

tarixiy obidalar va respublikaning sayyohlik salohiyatini faol ravishda targ‘ib qilish, O‘zbekistondagi xalqlarning urf-odatlari va an’analarini ommalashtirish, kombinatsiyalashtirilgan turizm turlarini o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

271.

Turkiy tilli davlatlar Parlamentlararo assambleyasiga a’zo bo‘lish masalasini jadallashtirish.

2020-yil

1-oktabr

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida), Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, TIV, vazirlik va idoralar

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar Parlamentlararo assambleyasiga a’zo bo‘lishining maqsadga muvofiqligi masalasini o‘rganish;

siyosiy qaror qabul qilish natijalariga ko‘ra O‘zbekistonning rasman tashkilot a’zoligiga qabul qilinishining tashkiliy-huquqiy masalalarini hal etish;

parlament palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori orqali Oliy Majlisning Turkiy tilli davlatlar Parlamentlararo assambleyasidagi doimiy tarkibini shakllantirish;

Turkiy tilli davlatlar Parlamentlararo assambleyasi bilan hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish nazarda tutiladi.

272.

Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoli tomonlarining navbatdagi 32-yig‘ilishini Toshkent shahrida o‘tkazish.

2020-yil 1-noyabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi, TIV, Moliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoli tomonlarining navbatdagi 32-yig‘ilishin? Toshkent shahrida o‘tkaz?sh orqali ekologiyani muhofaza qilish sohasida respu?likaning xalqaro imijini oshirish;

ekologiya sohasida dolzarb masalalar yuzasidan O‘zbekistonning tashabbuslarini ishlab chiqish va ilgari surish nazarda tutiladi.

273.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy kengash hamda boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni jadallashtirishni.

Yil davomida

TIV, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, vazirlik va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

xalqaro miqyosdagi dolzarb masalalar yuzasidan O‘zbekistonning tashabbuslarini mazkur xalqaro tashkilotlarda ilgari surish;

xalqaro parlamentlararo tashkilotlar (EXHT Parlament assambleyasi, MDH Parlamentlararo assambleyasi va boshqalar) bilan hamkorlikni faollashtirish;

O‘zbekistonda parlamentlararo munosabatlar bo‘yicha yirik tadbirlarni tashkillashtirish;

xalqaro tashkilotlarning mas’ul rahbarlik lavozimlariga mamlakat vakillari nomzodini ilgari surish nazarda tutiladi.

274.

Markaziy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlar bilan barcha sohalarda o‘zaro do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik ruhidagi munosabatlarni sifat va mazmun jihatdan yangi bosqichga olib chiqish.

Yil davomida

TIV, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti,

vazirlik va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

oliy va yuqori darajadagi o‘zaro tashriflarni tashkil etish;

“xalq diplomatiyasi” mexanizmlaridan samarali foydalanish;

“Buyuk Ipak yo‘li xalq diplomatiyasini rivojlantirishning yangi bosqichi” mavzusida xalqaro davra suhbatini o‘tkazishda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga ko‘maklashish;

ahil qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lidagi mavjud to‘siqlarga birgalikda yechim topish;

iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish va kooperatsiyani mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratish;

mintaqaning tranzit va logistika salohiyatidan samarali foydalanish, transport infratuzilmasi jadal rivojlanishini ta’minlash;

mintaqada suvdan adolatli foydalanish masalalarini tezkorlik bilan hal etish;

Markaziy Osiyo davlatlari hududlari (shu jumladan chegaradosh mintaqalar) o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish;

madaniy-gumanitar sohalarda birgalikda tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

275.

Xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish.

Yil davomida

TIV, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti,

vazirlik va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Rossiya Federatsiyasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Yevropa Ittifoqi va Osiyo mamlakatlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish;

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon), Markaziy Osiyo, Yevropa Ittifoqi (Italiya) va Osiyo (Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston, Turkiya) mamlakatlari bilan oliy darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar o‘tkazish hamda tashriflar doirasida mamlakatimiz manfaatlariga xizmat qiluvchi istiqbolli loyihalar va dasturlarni qabul qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish nazarda tutiladi.

276.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga 2021 — 2023-yillarga saylanishi uchun O‘zbekiston nomzodini ilgari surish.

Yil davomida

TIV, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti,

vazirlik va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

BMTga a’zo davlatlarning O‘zbekistonning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga nomzodini qo‘llab-quvvatlashga erishish maqsadida ular bilan muzokaralar olib borish;

O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash va inson rivojlanishi sohasida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida materiallarni tayyorlash hamda BMTga a’zo davlatlar o‘rtasida tarqatish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

277.

Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand Forumini o‘tkazish.

2020-yil

28-may

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), TIV, Inson huquqlari bo‘yicha vakili, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

yoshlar huquqlariga bag‘ishlangan Forum konsepsiyasi va yakuniy hujjat loyihasini ishlab chiqish;

Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo Forumini 2020-yil Samarqand shahrida o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Forumda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishlab chiqilishi O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya loyihasini muhokama etish nazarda tutiladi.

278.

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raislik doirasidagi asosiy tadbirlarni o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Yil davomida

TIV,

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti,

vazirlik va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

MDHda iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, tashkilot tomonidan qabul qilingan qarorlarning amaliy natijalarini oshirish va a’zo davlatlar o‘rtasida gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash;

MDH Hukumat rahbarlari kengashining majlisi, MDH davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi, MDH davlat rahbarlari kengashining majlisi va boshqa tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha choralarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

279.

Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan munosabatlarni rivojlantirish.

Yil davomida

TIV,

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti,

vazirlik va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

ShHT bilan xalqaro terrorizm, ekstremizm va transchegaraviy jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish;

ShHTga a’zo davlatlarning transchegaraviy jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi vakolatli organlar o‘rtasida doimiy aloqa kanallarini rivojlantirish;

ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish nazarda tutiladi.

280.

O‘zbekiston tomonidan Umumiy imtiyozlar plyus (GSP+) tizimi doirasida Yevropa Ittifoqining imtiyozlarini olish masalasini o‘rganish.

2020-yil

1-oktabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, TIV, vazirlik va idoralar

Chora-tadbir�ar dasturi.

Dasturda:

O‘zbekistonni GSP+ foyda oluvchi mamlakatlar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi hujjatlar to‘plamini Yevropa tomoni uchun tayyorlash va taqdim etish;

O‘zbekistonni GSP+ foyda oluvchi mamlakatlar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasidan Hukumatidan muvofiqlashtiruvchini tayinlash nazarda tutiladi.

281.

Qo‘shma transport — logistika kompaniyalarini va quruq portlarni tashkil etish.

2020-yil

1-oktabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi,

TIV

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada O‘zbekistonda yuklarning avia va avtotashuvlariga ixtisoslashgan qo‘shma transport-logistika kompaniyalarini va quruq portlarni tashkil etish va buning uchun dunyodagi yetakchi transport kompaniyalarini jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

282.

Mahalliy mahsulotlarning mintaqaviy va xalqaro bozorlarga olib chiqilishini yengillashtirish.

Yil davomida

Transport vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Davlat bojxona qo‘mitasi,

TIV

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

mahsulotlar mintaqaviy va xalqaro bozorlarga olib chiqiladigan yo‘nalishlarda joylashgan davlatlar bilan xalqaro avtomobil tashuvlari sohasida uzoq muddatli bitimlarni tayyorlash;

O‘zbekistonning xalqaro avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashuvlarni tartibga soluvchi xalqaro ko‘p tomonlama bitim va konvensiyalarga qo‘shilishi nazarda tutiladi.

283.

Yevropa Ittifoqi bilan ikki tomonlama Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik shartnomasini muhokama qilish.

2020-yil

30-aprel

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, TIV, vazirlik va idoralar

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

Yevropa Ittifoqi tomoni bilan muzokaralarning navbatdagi uchrashuv muddatini kelishib olish;

muzokaralarning navbatdagi uchrashuvlarida ishtirok etuvchi ishchi guruhlar faoliyatini o‘rnatilgan tartibda muvofiqlashtirish;

muzokaralarda O‘zbekiston vakillarining ishtirokini ta’minlash nazarda tutiladi.

284.

Markaziy Osiyo bo‘yicha Yevropa Ittifoqining yangilangan Strategiyasini amalga oshirishda O‘zbekistonning faol ishtirokini ta’minlash.

2020-yil

1-iyun

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, TIV, vazirlik va idoralar

Chora-tadbirlar dasturi.

Bunda:

Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi vakillari bilan 2021 — 2027-yillarga mo‘ljallangan ko‘p yillik indikatsion dastur doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun uchrashuvlar o‘tkazish;

Strategiya doirasida o‘tkaziladigan ikki tomonlama va mintaqalararo formatdagi tadbirlarda ishtirok etish nazarda tutiladi.

Keyingi tahrirga qarang.