04.02.2020 yildagi PQ-4585-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.02.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro

muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati,
ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish

1.

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) va Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning ustavlarini ish�ab chiqish hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash.

1. Akademiya va Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning ustavlari loyihasini ishlab chiqish.

2. Ustav loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

3. Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash.

2020-yil
fevral

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov)

2.

Ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlari ustavlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash.

1. Akademiya huzurida ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlari ustavi loyihasini ishlab chiqish.

2. Ustav loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

3. Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash.

2021-yil
iyun

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov)

3.

Ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarini Buxoro shahridagi 5-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining bo‘sh turgan binosida hamda Qarshi va Namangan ixtisoslashtirilgan madaniyat maktablari, Urganch ixtisoslashtirilgan san’at maktabining bir qismida tashkil etish.

1. Yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarini foydalanishga topshirish.

2020-yil
aprel



2021-yil
avgust

Mahalliy budjetning qo‘shimcha daromadlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Moliya vazirligi

(Sh. Sharaxmetov),
Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Xorazm viloyatlari hokimliklari
(O‘. Barnoyev, Z. Mirzayev,

X. Bozarov, F. Ermanov)

4.

Ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarining raqs sinflari uchun zarur sharoitlar yaratish.

1. Ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarining raqs sinflari uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va anjomlarning texnik parametrlarini tasdiqlash.

2. Raqs sinflarini texnik parametrlar asosida jihozlash.

2021-yil
may



2021-yil
avgust

Mahalliy budjetning qo‘shimcha daromadlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Xorazm viloyatlari hokimliklari
(O‘. Barnoyev, Z. Mirzayev,

X. Bozarov, F. Ermanov)

5.

Akademiya, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarining (keyingi o‘rinlarda — maktab-internatlari) rahbarlari hamda professor-o‘qituvchilari tarkibi faoliyatining samaradorligini tasdiqlangan maqsadli dasturlar bo‘yicha reyting baholash tizimini joriy etish.

1. Reyting baholash tizimini joriy qilishda asos bo‘ladigan indikatorlarni (ko‘rsatkichlarni) tasdiqlash.

2. Indikatorlar (ko‘rsatkichlar) asosida Akademiya va maktab-internatlar faoliyatining samaradorligi hamda natijadorligini reyting baholash tizimini tasdiqlash.

3. Reyting baholash tizimini Akademiya va Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatda joriy etish.

4. Reyting baholash tizimini ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarida joriy etish.

2020-yil
aprel



2020-yil
iyun

2020/2021
o‘quv yilidan boshlab


2021/2022
o‘quv yilidan boshlab

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

II. Akademiya va maktab-internatlarda ta’lim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish

6.

Akademiyaga qabul kvotalari sonini madaniyat sohasida mehnat resurslariga bo‘lgan talab prognozidan kelib chiqib belgilash.

1. Madaniyat sohasida mehnat resurslariga bo‘lgan talab prognozini tahlil qilish.

2. Tahlil natijasi bo‘yicha ehtiyojni oliy ta’lim muassasalariga kvota ajratish rejasiga kiritish.

Har yili
mart


Har yili
aprel

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)
, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xodjayev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov)

7.

Respublikadagi bolalar musiqa va san’at maktablari hamda ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablarida taniqli raqs ijrochilarining konsert dasturlari va mahorat darslarini tashkil etish.

1. Konsert dasturlari va mahorat darslari o‘tkazishning manzilli rejasini ishlab chiqish.

2. Reja asosida respublikadagi barcha bolalar musiqa va san’at maktablari hamda ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablarida konsert dasturlari va mahorat darslarini o‘tkazish.

Har yili
sentyabr


Reja
asosida

Madaniyat
va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

8.

Akademiya va maktab-internatlari faoliyatidagi o‘zaro integratsiyani ta’minlash.

1. Akademiyaning maktab-internatlari faoliyatidagi uzviylik, uzluksizlik, kadrlar tayyorlashdagi fanlararo aloqadorlikni ta’minlash.

2. Hamkorlikdagi konsert dasturlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar, mahorat darslarini tashkil qilish.

2021/2022
o‘quv yilidan boshlab

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

9.

Respublikadagi bolalar musiqa va san’at maktablari hamda maktab-internati o‘quvilari ishtirokida har yili raqs yo‘nalishi bo‘yicha turli respublika tanlovlari va festivallarni o‘tkazish.

1. Hamkorlikdagi tanlov va festivallar nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. G‘oliblarni rag‘batlantirish choralarini belgilash hamda amalga oshirish.

2020-yil dekabr


2021-yildan boshlab doimiy

Madaniyat
va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

10.

Ko‘p asrlik raqs ijodkorligi an’analarini o‘zlashtirgan, o‘zining iste’dodi va salohiyati orqali ularni zamon ruhi bilan boyitib, “ustoz-shogird” an’analariga muvofiq yosh avlodga singdirib kelayotgan taniqli raqs ustalari va xoreograflarni moddiy rag‘batlantirish.

1. Yuqori natijalariga erishgan yosh ijodkorlarni tarbiyalab kelayotgan raqs ustalarini aniqlash.

2. Raqs ustalarini shogirdlari qayd etgan yuqori natijalariga ko‘ra rag‘batlantirib borish.

Doimiy

Akademiya mablag‘lari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

11.

Milliy raqs san’atining keng miqyosdagi targ‘ibotini amalga oshirish maqsadida xorijiy davlatlarda konsert dasturlarini tashkil etish.

1. Xorijiy davlatlarning ilmiy-ijodiy va badiiy jamoalari bilan hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro manfaatli shartnomalar imzolash.

2. Hamkorlik shartnomasiga ko‘ra yangi ijodiy konsert dasturlarini yaratish.

3. Yaratilgan ijodiy konsert dasturlarini xorijiy sahnalarda namoyish etish.

4. Milliy raqslari, baletmeystyerlari va ijrochilari ijodini keng targ‘ib namoyish etish.

2020 — 2022-yillar




Reja
asosida

Madaniyat
va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

12.

Ish beruvchilarning tayyorlanayotgan kadrlar malakasiga bo‘lgan talablarini Akademiyada mutaxassis tayyorlash dasturlari bilan muvofiqligini ta’minlash.

1. Ish beruvchi muassasa va tashkilotlarning talabalarda amaliy va ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi ishtiroki va mas’uliyatini oshirish mexanizmini ishlab chiqish.

2. Akademiya marketing xizmati faoliyati samaradorligini oshirish mexanizmini yaratish.

3. Bitiruvchining ish beruvchilar zamonaviy talablariga javob beradigan, mehnat bozorida ehtiyoj bo‘lgan zarur bilim, ko‘nikma va malakalarini aks ettiruvchi malaka talablarini ishlab chiqish.

2021-yil

dekabr

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

III. Akademiya va maktab-internatlarda ta’lim jarayoni sifatini yanada yaxshilash va o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish

13.

Milliy raqs san’atiga oid fundamental tadqiqotlarni tashkil qilish hamda jahon va milliy raqs san’ati mavzularida yirik (fundamental) tadqiqotlarni olib borish uchun tadqiqotchi olimlarga yaqindan amaliy ko‘mak berish.

1. Akademiyada doktorantura bo‘limini tashkil etish.

2. O‘zbek va jahon xalqlari raqs san’atiga oid fundamental tadqiqotlarni olib boruvchi ilmiy tadqiqot guruhlarini shakllantirish.

2021/2022
o‘quv yilidan boshlab

Madaniyat
va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

14.

Yosh iqtidorli xoreograf va san’atshunos olimlarni milliy raqs san’atini targ‘ib etishda xorijiy mamlakatlar bilan ijodiy tajriba almashish maqsadida xizmat safarlariga yuborish hamda ularga xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda qatnashish imkonini yaratish.

1. Yosh iqtidorli xoreograf va san’atshunos olimlar nomzodlarini saralash mexanizmlarini ishlab chiqish.

2. Saralab olingan xoreograf va san’atshunos olimlarni xorijiy mamlakatlar bilan ijodiy tajriba almashish maqsadida xizmat safarlariga yuborish.

3. Xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

2020 — 2022-yillar

Madaniyat
va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

15.

O‘quv reja va fan dasturlarini kadrlar buyurtmachilari talablariga moslashtirish.

1. Tarmoqlar va mehnat bozori ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari va talablariga muvofiq o‘quv yuklamalari va fan bloklari hajmini maqbullashtirish.

2. Xorijiy madaniyat va san’at muassasalari (A.Y. Vaganova nomidagi rus balet akademiyasi, Moskva davlat xoreografiya akademiyasi, Qozog‘iston milliy xoreografiya akademiyasi va b.) tajribasini o‘rganish asosida yangi o‘quv reja va dasturlarni ishlab chiqish.

2021-yil

iyul-avgust

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

16.

Ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish samaradorligini oshirish.

1. Etakchi xorijiy ta’lim muassasalarining zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlardan foydalanish tajribasini o‘rganish.

2. Professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan o‘quv jarayoni uchun samarali zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlar bo‘yicha taqdimot va muhokamalar o‘tkazish.

3. Muvaffaqiyatli ta’lim innovatsiyalarini rag‘batlantirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llaydigan o‘qituvchilarni kelgusida professor-o‘qituvchilar tarkibida olib qolish choralarini ko‘rish.

2020/2021
o‘quv yili davomida


2021-yil iyun-iyul




2022-yil
mart

Madaniyat
va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

17.

O‘quvchilarni raqs san’ati durdonalarining yuksak namunalaridan keng bahramand qilish, estetik bilimlar targ‘ibotini yo‘lga qo‘yish, iqtidorli o‘quvchilarni Akademiyaga tayyorlash choralarini ko‘rish.

1. Raqs san’ati yo‘nalishida iqtidorli talabalarni aniqlash va ular bilan ishlash dasturini ishlab chiqish.

2. Dastur asosida talabalarni Akademiyada o‘qishlari uchun maqsadli tayyorlash.

Doimiy

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

IV. Akademiya va maktab-internatlarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash

18.

O‘quv auditoriyalarining umumiy sonidan kelib chiqib, talab darajasidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash.

1. Axborot kommunikatsiya texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash.

2. Ehtiyojdan kelib chiqib zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilish.

2020-yil

avgust

Akademiya mablag‘lari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

19.

Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida uni zarur mebel, inventarlar hamda uskunalar bilan ta’minlash.

1. Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati uchun zarur mebel, inventar va uskunalar ro‘yxatini shakllantirish hamda texnik parametrlarini ishlab chiqish.

2. Zarur jihozlarni xarid qilish.

2020 — 2022-yillar

Madaniyat
va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

(G. Umerova)

20.

Akademiya moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida turli maxsus oyoq kiyim va liboslar bilan ta’minlash.

1. O‘quv mashg‘ulotlari va ijodiy dasturlar namoyishi uchun zarur bo‘lgan maxsus raqs liboslariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash.

2. Xorijiy tajribaga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchi korxonalarni aniqlash va ular bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish va raqs liboslarini xarid qilish.

2020-yil
iyun



2020-yil
sentyabr

Madaniyat
va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

21.

Akademiya va maktab-internatlarning professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 50 o‘rinli oromgoh tashkil etish.

1. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida oromgoh tashkil etish uchun bo‘sh turgan bino yoki yer maydoni ajratish.

2. 50 o‘rinli oromgohning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, bosh loyiha va bosh pudratchi tashkilotlarni aniqlash.

3. Oromgohni belgilangan tartibda foydalanishga topshirish.

2020-yil
1-aprel


2020-yil
1-iyul


2021-yil
1-iyul

Toshkent shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha daromadlari, homiylik xayriyalari

Toshkent shahar hokimiyati

(J. Artikxodjayev), Toshkent viloyati hokimiyati (R. Xolmatov),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov),
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

b) 2-ilovada “Gosudarstvennie teatri, Gosudarstvennoye uchrejdeniye “Uzbekkonsert”, Uzbekskiy gosudarstvenniy sirk, Gosudarstvennoye uchrejdeniye “Gosudarstvennaya filarmoniya Uzbekistana”, Gosudarstvennoye uchrejdeniye “Sentr uzbekskogo natsionalnogo iskusstva makoma”, Dvorets “Drujbi narodov”, Ferganskiy oblastnoy dvorets teatra i konserta imeni Islama Karimova, teatri-studii “Diydor” i “Tomosha”, Gosudarstvennoye predpriyatiye “Sentr kulturi i iskusstva molodeji”, redaksii jurnala “Teatr” i “Guliston”, tsentri kulturi, parki kulturi i otdixa, zooparki” blokida “Gosudarstvennoye uchrejdeniye “Sentr uzbekskogo natsionalnogo iskusstva makoma” so‘zlaridan keyin “Gosudarstvenniy ansambl tansa “Baxor” imeni Mukarrami Turgunbayevoy” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son qaroriga 1-ilova 1-bandining “Biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari” ustuni 10-pozitsiyasidagi “Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi” so‘zlari “O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3504-son qarorining rus tilidagi matnida 6-ilovaning “Naimenovaniye sozdavayemix spetsializirovannix shkol i shkol-internatov” ustunining 23-pozitsiyasidagi “Respublikanskaya spetsializirovannaya shkola xoreografii” so‘zlari “Respublikanskaya spetsializirovannaya shkola-internat xoreografii” so‘zlari bilan almashtirilsin.