Ҳужжат рақами
1011
Орган
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси
Имзоланган сана
18.12.2019
Кучга кириш санаси
19.12.2019
Қўшимча ахборот
Улашиш
Hujjat 28.08.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 10-apreldagi PF-5706-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini ilmiy, ilmiy-texnikaviy va innovatsion jihatdan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan o‘tkazilgan Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik ta’minlash markazi hamda Yong‘in xavfsizligi institutining Yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Ijro etish shakli

Ijro etish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Xarajatlar mln so‘m

Nazorat uchun mas’ullar

I. Tashkiliy tadbirlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot institutining (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) tuzilmasini va ustavini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘i, tuzilma, ustav

2020-yil
5-yanvar

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

II. Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish

2.

Institutning yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida, shu jumladan import o‘rnini bosadigan mahsulotlarni yaratishga va tijoratlashtirishga yo‘naltirilgan istiqboldagi amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarning ro‘yxatini tayyorlash va tasdiqlash.

Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘i

2020-yil

1-may

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

3.

Tasdiqlangan istiqboldagi amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikamalga oshiriladigan respublikadagi texnik, ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda ishlab chiqarish tashkilotlarni aniqlash va ular bilan bitimlarni imzolash.

Ijrochilar aniqlangan holda bitimlarini tuzish

2020-yil davomida

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

4.

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini doirasida amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni tanlov asosida tashkillashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-2021

yillar davomida

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari

Tanlovlar natijasiga ko‘ra aniqlanadi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

5.

Xorijiy davlatlardagi (Rossiya, Belorus, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, XXR) ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish va ularning ilg‘or tajribasini o‘rganish bo‘yicha tadbirlarni tashkillashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

2020 — 2022

yillar davomida

Har yili budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, budjetdan tashqari mablag‘lar, xalqaro moliya institutlarning grantlari va boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar

1027,42

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

III. Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar sohasida sinov o‘tkazish va sertifikatlashtirish tizimini rivojlantirish

6.

Institut negizida yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar sohasidagi mahsulotlarni va xizmatlarni sertifikatlashtirish organini tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil

1-iyul

Har yili budjetidan ajratiladigan mablag‘lar, budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

16,0

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

“O‘zstandart” agentligi

7.

“O‘zstandart” agentligiga qarashli “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasida Institut xodimlarini tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish.

Muvofiqlikni baholashda ishtirok etayotgan xodimlarni o‘qitish bo‘yicha amaliy tadbirlar

2020-yil

I-yarim yillik davomida

17,706

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

“O‘zstandart” agentligi

8.

O‘tkazilayotgan sinovlar vaqtini qisqartirish hamda o‘lchov asbob va uskunalarning zamonaviy turlarini qo‘llash maqsadida yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar sohasidagi xalqaro standartlarni amaliyotga tatbiq etish.

Xalqaro standartlarni tadbiq etish tarmoq jadvali

2020-yil

1-aprel

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

“O‘zstandart” agentligi

9.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-martdagi 220-son qaroriga muvofiq, Institut huzurida Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar sohasida standartlashtirish texnik qo‘mitasini tashkil etish.

“O‘zstandart” agentligining buyrug‘i

2020-yil

1-fevral

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

“O‘zstandart” agentligi

10.

Majburiy tartibda sertifikatlanadigan yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar sohasiga oid mahsulotlar ro‘yxatini qaytadan ko‘rib chiqish va Vazirlar Maxkamasiga takliflar kiritish.

Yozma ma’lumot

2020-yil

1-mart

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

“O‘zstandart” agentligi

IV. Yong‘in va favqulodda vaziyatlarni tadqiq qilish va ularni ekspertizadan o‘tkazish tizimini rivojlantirish

11.

Favqulodda vaziyatlar vazirligida ekspert bo‘linmalarini va ekspert-malakaviy komissiyalarini tashkil etish hamda yong‘in-texnik ekspertizalarini o‘tkazish va tashkillashtirish bo‘yicha yo‘riqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash.

Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘i

2020-yil

1-iyun

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Adliya vazirligi

V. Moddiy-texnik bazani rivojlantirish va mustaxkamlash

12.

Institut binolari, sinov va boshqa inshootlarini qurish va jihozlash hamda infratuzilmasini yaratish.

2020-yil va keyingi yillar Investitsiya dasturlari doirasida

2020-yil va keyingi yillar davomida

Favqulodda vaziyatlar vazirligiuchun Investitsiya dasturida har yili ko‘zda tutiladigankapital qo‘yilmalarning tegishli limitlari hisobidan

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi

13.

Institut va hududiy yong‘in-texnik markazlarini, shuningdek, sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Hukumat qarori

2021-yil

1-iyul

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)