18.12.2019 yildagi 1012-son
Hujjat 19.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan, yaroqsiz bog‘ va tokzorlardan samarali foydalanishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
komissiya — O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 34-moddasiga asosan tashkil etilgan yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berish va mulk qilib berish masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman (shahar) komissiyasi. Komissiya tarkibiga yer resurslari va davlat kadastri (komissiya kotibi), qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, arxitektura va qurilish, sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakillari va boshqa shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Aniqlangan holat yuzasidan uch nusxada dalolatnoma tuziladi va ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan tashkilotlar vakillari va fermer xo‘jaligi yoki tegishli qishloq xo‘jaligi tashkiloti rahbari tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tasdiqlovchi zarur hujjatlar (materiallar) ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Agar fermer xo‘jaligi yoki boshqa qishloq xo‘jaligi tashkiloti rahbari Nizomning 7-bandidagi holatlar bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani imzolashni rad etganda yoki Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajarmagan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Ko‘rib chiqish muddati

1-bosqich

Yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berish va mulk qilib berish masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman (shahar) komissiyasi

Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish hamda ular o‘rnida intensiv bog‘ va tokzor barpo etish yoki haydaladigan yerlar toifasiga o‘tkazish bo‘yicha Komissiya yig‘ilishini o‘tkazish va zarur tadbirlarni belgilash.

2020-yildan boshlab har yili 20-sentabrga qadar

2-bosqich

Yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berish va mulk qilib berish masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman (shahar) komissiyasi

Fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bog‘ va tokzor maydonlarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish,dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno.

Har yili
1-oktabrga qadar

3-bosqich

Yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berish va mulk qilib berish masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman (shahar) komissiyasi

Manzilli ro‘yxatiga kiritilgan iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bog‘ va tokzorlarni Nizomning 7-bandi talablari asosida o‘rganish va tahlil qilish;

tahlil natijasi bo‘yicha uch nusxada dalolatnoma tuzish;

dalolatnomaning bir nusxasini fermer xo‘jaligi yoki tegishli qishloq xo‘jaligi tashkilotiga, ikkinchi nusxasini komissiyaga, uchinchisi nusxasini tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limiga taqdim etish.

Har yili 25-oktabrga qadar

4-bosqich

Yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berish va mulk qilib berish masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman (shahar) komissiyasi

Dalolatnoma va unga ilova qilingan hujjatlar (materiallar) asosida iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish va ularning o‘rnida intensiv bog‘, tokzor barpo etish yoki haydaladigan yerlar toifasiga o‘tkazish to‘g‘risida xulosa tayyorlash va tuman (shahar) hokimligiga taqdim etish.

Har yili 26-oktabrga qadar

5-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Komissiya xulosasini tegishligi bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi yoki Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi bilan kelishish;

yaroqsiz deb topilgan bog‘, tokzor o‘rnida intensiv bog‘, tokzor barpo etish yoki haydaladigan yerlar toifasiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

Har yili 1-noyabrga qadar

6-bosqich

Fermer xo‘jaligi yoki tegishli qishloq xo‘jaligi tashkiloti rahbarlari

Tuman (shahar) hokimining qaroriga asosan yaroqsiz deb topilgan bog‘ yoki tokzorni buzish hamda yer uchastkasini daraxt qoldiqlaridan (ildizlaridan) tozalash;

tuman hokimining qaroriga asosan yaroqsiz deb topilgan bog‘ yoki tokzor o‘rnida intensiv bog‘ yoki tokzor barpo qilish;

haydaladigan yerlar toifasiga o‘tkazilgan bog‘ va tokzorlar o‘rnida eksportbop va serdaromad qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab
6 oy muddatda

Keyingi tahrirga qarang.