06.12.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2068-2
Hujjat 06.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5814-son “O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4. 34-banddagi “O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay ishlar ro‘yxatiga” degan so‘zlar “O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 35-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
6. 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7. 77-banddagi “davlat sanitar nazorati organlari” degan so‘zlar “hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8. 140-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasidan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. 141-bandning birinchi xatboshisi va 142-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.