12.06.1992 yildagi 277-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.1998
Hujjat 12.06.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
2. O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan muxbirlarning huquqiy mavqeyi va kasb faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari haqida”gi Qonuni, mazkur Asosiy qoidalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qatnashuvchisi bo‘lgan xalqaro shartnomalar qoidalari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Akkreditatsiya qilingan xorijiy jurnalistlar va ularning oila a’zolari kasb faoliyatlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasida o‘zlariga berilgan huquqlar va imtiyozlardan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini hurmat qilishlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga va boshqa me’yoriy hujjatlariga rioya etishlari hamda zarur hollarda davlat yoki jamoat xavfsizligini, jamoat tartibi, aholining sihat-salomatligini va ma’naviyatini muhofaza qilish manfaatlarini himoya qilishlari kerak. Respublika Tashqi ishlar vazirligi xorijiy jurnalist tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari haqida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy fuqarolarning bo‘lishini tartibga solish haqida”gi qarori, mazkur Asosiy qoidalar buzilganda uni ogohlantirishi yoki akkreditatsiyani yoxud safarga borish ruxsatnomasini bekor qilishi, shuningdek, respublikadan chiqarib yuborishgacha ta’sir ko‘rsatish choralarini ko‘rishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.