09.09.2019 yildagi 746-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.09.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qarori ijrosini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim muassasalariga sifat, samaradorlik, tezkorlik va oshkoralik prinsiplari asosida o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash uchun mualliflar hamda nashriyotlarni tanlash tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Maktabgacha ta’lim vazirligi

1. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun pedagoglarga va tarbiyalanuvchilarga foydalanish uchun tavsiya etiladigan o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarning (bosma va elektron) ro‘yxatini shakllantiradi.

2. O‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarni (bosma va elektron) yaratish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari va vazirlikning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.

Har yili fevral oyida


2-bosqich

Ijodiy jamoalar

1. O‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarning (bosma va elektron) original maketlarini yaratishda ishtirok etish taklifini Ishchi organga rasmiy xat bilan murojaat etadi.

2. Tayyorlangan o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarni (bosma va elektron) original maket holatida ishchi organga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.

E’londa belgilangan muddatlarda


3-bosqich

Ishchi organ

Qabul qilib olingan original maketlarni ekspertlar guruhiga taqdim etadi.

Qabul qilingan kundan boshlab 3 kun muddatda


4-bosqich

Ekspertlar guruhi

Taqdim etilgan original maketlarini ekspertizadan o‘tkazadi hamda tegishli xulosalarini Ishchi organga taqdim etadi.

2 oy muddatda


5-bosqich

Maktabgacha ta’lim vazirligi

Jamoatchilikning fikr-mulohazalarini inobatga olish maqsadida vazirlikning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida joylashtiradi.

2 hafta davomida


6-bosqich

Ishchi organ

1. Maketlarini o‘rganib chiqib, muhokama qiladi, ularning ro‘yxatini tasdiqlaydi va Maktabgacha ta’lim vazirligining grifini berish bo‘yicha qaror qabul qiladi.

2. Nashrga tavsiya etilgan o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarni nashr etish uchun texnik topshiriqlar ishlab chiqadi.

10 kun davomida


2 hafta davomida


7-bosqich

Maktabgacha ta’lim vazirligi

1. Maqbul narxlar taklif etadigan nashriyotlarni tanlab olish uchun ommaviy axborot vositalari hamda vazirlikning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-sayti orqali e’lon beradi va tanlovni o‘tkazadi.

2. Tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiya qaroriga ko‘ra g‘olib bo‘lgan nashriyotlar bilan shartnomalar imzolaydi.

1 oy davomida


10 kun davomida

Keyingi tahrirga qarang.