05.09.2019 yildagi PF-5811-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.09.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
a) 2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4105-son qarori 4-bandining beshinchi xatboshisi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi “Xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3487-son qarori bilan belgilangan xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida tender savdolarini o‘tkazmasdan, shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borish orqali tuzilgan import shartnomalari va ularga qo‘shimcha bitimlar bundan mustasno. Bunda, import shartnomalari va ularga qo‘shimcha bitimlarni ekspertizadan o‘tkazish hamda ro‘yxatga olish uchun xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar tomonidan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlariga, shuningdek, joriy faoliyat bo‘yicha — ishlab chiqarish normativlariga muvofiq import kontraktini tuzish zarurligining asoslanishi qo‘shimcha ravishda taqdim etiladi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.