26.08.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 611-6
Hujjat 26.08.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2019-yil 23-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasi bilan kassa operatsiyalarini yuritish tartibini (ro‘yxat raqami 611, 1999-yil 22-yanvar) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019-yil 9-avgustdagi 17-25/373-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin.