22.08.2019 yildagi PQ-4422-son
Hujjat 23.08.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
a) O‘zbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi imtiyoz va preferensiyalar, shu jumladan quyidagilar:
Keyingi tahrirga qarang.
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirishning maqsadli parametrlarini 1-ilovaga muvofiq tasdiqlash, ularning ulushini 2030-yilga borib elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25 foizidan ko‘prog‘iga yetkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligining 4-ilovadagi ro‘yxat bo‘yicha mamlakatimiz korxonalari va tashkilotlarida energetika menejmenti tizimini xalqaro standartga (ISO 50001) muvofiq 2019-yil 1-dekabrdan 2023-yil 1-yanvarga qadar bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin, mazkur tizimda quyidagilar nazarda tutiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar

1.

Iqtisodiyot tarmoqlarida energetika resurslaridan samarali foydalanish va normalashni tashkillashtirishga yo‘naltirilgan yagona yondashuvni yaratish maqsadida normativ bazani takomillashtirish.

1. Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarining energiya samaradorligini oshirish sohasida normativ-huquqiy bazani xatlovdan o‘tkazish.

2. Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarining energiya samaradorligini oshirish sohasidagi amaldagi qonun hujjatlari ijrosini tahlil etish.

3. Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarining energiya samaradorligini oshirish sohasida xalqaro tajribani o‘rganish.

4. Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarining energiya samaradorligini oshirish, energetika resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan tarmoq normativ va metodik hujjatlar, shuningdek, takliflarni ishlab chiqish.

2020-yil iyun






2020-yil sentyabr

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

tegishli vazirlik va idoralar

2.

Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining kelgusi yilga mo‘ljallangan kompleks balansini shakllantirish.

1. Iqtisodiyotning yoqilg‘i-energetika resurslariga (elektr energiyasi, tabiiy gaz, neft mahsulotlari, ko‘mirga) bo‘lgan umumiy talab-ehtiyojini o‘rganish.

2. Amalda ta’minlanganlik darajasini aniqlash uchun ishlab chiqarish quvvatlarini tahlil qilish.

3. Yoqilg‘i-energetika tarmog‘i kompleks balansining loyihasini shakllantirish
va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019 — 2022-yillar oktyabr

2019 — 2022-yillar dekabr

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

3.

Majburiy energetika tekshiruvini o‘tkazish tartibini takomillashtirish.

1. Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini xatlovdan o‘tkazish va obyektlarning energiya sarfi ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish.

2. Energetik tekshiruvlarni, yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini ekspertizadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish.

3. Energiya samaradorligi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan korxonalarni rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

4. Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarining energetik tekshiruvlari grafigini belgilangan tartibda tasdiqlash.

5. Energetik tekshirishlarni o‘tkazishni tashkillashtirish va tavsiyalar ijrosini monitoring qilish.

2019-yil noyabr


2019-yil dekabr






Grafik asosida

O‘zneftgazinspeksiya (N. Agzamov),

O‘zdavenergonazorat (U. Egamberdiyev)

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

tegishli vazirlik va idoralar

4.

Energoservis kontraktini qo‘llashni amaliyotga joriy etish.

1. Energoservis kontraktlari asosida energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish.

2. Energoservis kompaniyalari faoliyatini tartibga solish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shu jumladan budjet tashkilotlariga energoservis kontraktlarini tuzish huquqini berish.

3. Energoservis kompaniyalarini tuzish va ular faoliyatini tashkil etish.

2019-yil noyabr


2019-yil dekabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,
Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Adliya vazirligi (X. Meliyev)

5.

Elektr energiyasi, tabiiy gaz va issiq suvga tabaqalashtirilgan tariflar (blokli tarif) tizimini joriy etish.

1. Tajriba-sinov loyihalarining natijalarini tahlil qilish va ular asosida barcha toifalardagi iste’molchilar uchun tabaqalashtirilgan tarifikatsiya tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2. Yakuniy iste’molchilar uchun elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suvni normativdan ortiqcha iste’mol qilganlik uchun oshirilgan stavka bo‘yicha tabaqalashtirilgan tarifni joriy etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.

2020-yil mart



2020-yil aprel

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Ishlab chiqarish korxonalarida yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molini kamaytirish.

1. Zarurat tug‘ilganda energoservis (energoauditorlik) kompaniyalari va xorijiy maslahatchilarni jalb etgan holda korxonalarning ishlab chiqarish-texnologik jarayonlari energiya samaradorligini baholash.

2. Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi borasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish
va tasdiqlash.

3. Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi borasida tashkiliy-texnik tadbirlarni kelishish va Energetika vazirligiga taqdim etish.

4. Ishlab chiqilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2019-yil oktyabr

oyidan boshlab


2019-yil dekabr



Har yili

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev)
tegishli vazirlik va idoralar

7.

Xalqaro standart (ISO 50001) talablariga muvofiq energetik menejment tizimini joriy etish.

1. Vazirlik va idoralar tomonidan “O‘zstandart” agentligi bilan kelishgan holda xalqaro standart (ISO 50001) talablariga muvofiq energetik menejment tizimini joriy etishning tarmoq grafiklarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Energetik menejment tizimini joriy etish, xodimlarni o‘qitish va sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish.

3. Xalqaro standart talablariga muvofiq vazirlik va idoralar tomonidan energetik menejment tizimi joriy etilishini “O‘zstandart” agentligi tomonidan monitoring qilib borish.

4. Vazirlik va idoralar tomonidan xalqaro standart talablariga muvofiq energetik menejment tizimining joriy etilishi to‘g‘risidagi hisobotni “O‘zstandart” agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.

2019-yil sentyabr



2019-yil dekabr


Doimiy ravishda



Har chorakda

Ushbu qarorning 4-ilovasida ko‘rsatilgan vazirlik va idoralar

8.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida davlat standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida Xalqaro elektr texnika komissiyasi (IES) va Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) standartlarini o‘rganish.

2. Moslashtirish uchun zarur standartlar ro‘yxatini belgilash va ishlab chiqish grafigini tasdiqlash.

3. Standartlarni ishlab chiqish uchun moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

4. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasi�a davlat standartlarini ishlab chiqish.

2019-yil sentyabr


2019-yil oktyabr

2019-yil noyabr
Tasdiqlangan grafik asosida

“O‘zstandart” agentligi

(D. Sattarov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev)
tegishli vazirlik va idoralar

9.

Ko‘cha va magistrallarni yoritishning amaldagi tizimlariga yoritish darajasini boshqarishning intellektual tizimlarini tatbiq etish.

1. Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish maqsadida ko‘cha va magistrallarni yoritishning amaldagi tizimlarini xatlovdan o‘tkazish.

2. Svetodiodli lampalarni o‘z ichiga olgan bilan uyg‘unlashtirilgan intellektual dimmirlash tizimlarini joriy etish uchun ko‘cha va magistrallarni yoritishning potensial obyektlarini aniqlash.

3. Ko‘cha va magistrallarni yoritishni dimmirlash texnologiyasiga asoslangan fotoelektrik tizimlarga bosqichma-bosqich o‘tkazish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

4. Dimmirlash tizimlarini o‘rnatish uchun moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

5. Dimmirlash tizimlarini o‘rnatish grafigini tasdiqlash.

2019-yil oktyabr






2019-yil noyabr



2019-yil dekabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,

Energetika vazirligi (Sh. Xodjayev),

“HET” AJ (U. Mustafayev)

II. Uglevodorod va elektr energiyasini ishlab chiqarish, tashish va taqsimlashdagi yo‘qotishlarni qisqartirish

10.

Neft va gaz konlarida, magistral gaz quvurlarida, neft va gazni qayta ishlash korxonalarida uglevodorodlarni qazib chiqarish, tashish va qayta ishlashdagi yo‘qotishlarni qisqartirish.

Quyidagilarda:

konlarda va qazib chiqarish obyektlarida;

magistral gaz quvurlari va kompressor stansiyalarida;

gaz va neftni qayta ishlash korxonalarida;

gaz taqsimlash tarmoqlarida o‘z ehtiyojlari uchun tabiiy gaz va neft iste’molini kamaytirish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish.

2. 2020-yildan boshlab “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va “Hududgazta’minot” AJ energiya resurslari (tabiiy gaz, neft va elektr energiyasi) yo‘qotishlarini har �ili qisqartirib borish grafigini shakllantirish va tasdiqlash.

2019-yil noyabr





Har yili dekabr oyida

Energetika vazirligi (U. Israilov),

O‘zneftgazinspeksiya (N. Agzamov),

“O‘zbekneftgaz” AJ (B. Sidikov),

“O‘ztransgaz” AJ (U. Sayidov),

“Hududgazta’minot” AJ

(B. Eshmuratov)

11.

Neft va gaz konlarida bekor ketadigan issiqlikdan, mash’ala bo‘lib yonadigan va yo‘l-yo‘lakay qazib chiqariladigan gazdan elektr energiyasi ishlab chiqarishni tashkillashtirish.

1. Neft va gaz konlarida bekor ketadigan issiqlikdan, mash’ala bo‘lib yonadigan va yo‘l-yo‘lakay qazib chiqariladigan gazdan elektr energiyasi ishlab chiqarishda foydalanish bo‘yicha korxonalar salohiyatini o‘rganish.

2. Neft va gaz konlarida bekor ketadigan issiqlikdan, mash’ala bo‘lib yonadigan va yo‘l-yo‘lakay qazib chiqariladigan gazdan elektr energiyasi ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilish.

2020-yil fevral



2020-yil may

Energetika vazirligi (U. Israilov),

“O‘zbekneftgaz” AJ (B. Sidikov),

O‘zneftgazinspeksiya (N. Agzamov)

12.

Elektr energiyasi va tabiiy gaz ishlab chiqarish, tashish
va taqsimlashda ularni hisobga olish tizimini takomillashtirish.

1. Elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning mavjud nuqtalarini xatlovdan o‘tkazish.

2. Hisobga olish tizimlarini tekshirishni tashkillashtirish va tegishli muvofiqlik sertifikatlarini berish.

3. Normativ talablarga mos kelmagan hollarda hisobga olish tizimlari almashtirilishini ta’minlash.

2019-yil noyabr


2020-yil aprel


Aniqlangan taqdirda

Energetika vazirligi
(U. Israilov, Sh. Xodjayev),

“O‘zbekneftgaz” AJ (B. Sidikov),

“O‘ztransgaz” AJ (U. Sayidov),

“Hududgazta’minot” AJ

(B. Eshmuratov),

“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov)

13.

Elektr energiyasini ishlab chiqarish, tashish va taqsimlashda uning tarmoq ichidagi sarfini qisqartirish.

1. Quyidagilarda:

generatsiya qiluvchi obyektlarda
o‘z ehtiyojlari uchun elektr energiyasi iste’molini kamaytirish;

magistral elektr tarmoqlarida tashishdagi yo‘qotishlarni qisqartirish;

taqsimlovchi elektr tarmoqlarida kuchlanish transformatorlari va elektr uzatish liniyalaridagi yo‘qotishlarni qisqartirish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

2. Elektr tarmoqlari ish rejimini optimallashtirish:

kompensatsiyalashtiruvchi qurilma uskunalarini o‘rnatish;

elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish hisobiga yo‘qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlarini tasdiqlash.

3. 2020-yildan boshlab “IES” AJ, “O‘MET” AJ va “HET” AJda elektr energiyasi yo‘qotishlarini har yili qisqartirib borish grafigini ishlab chiqish.

2019-yil noyabr






2019-yil dekabr



Har yili dekabr oyida

Energetika vazirligi (Sh. Xodjayev),

O‘zdavenergonazorat (U. Egamberdiyev),

“O‘MET” AJ (D. Isakulov),

“HET” AJ (U. Mustafoyev),
“IES” AJ (R. Mubarakshin),

tegishli vazirlik va idoralar

III. Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish

14.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining solishtirma ulushini ko‘paytirish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish.

2030-yilga borib qayta tiklanuvchi energiya manbalarining solishtirma ulushini umumiy generatsiya hajmining 25 foizgacha ko‘paytirishni nazarda tutuvchi 2020 — 2030-yillarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari obyektlarining har yili ishga tushiriladigan quvvatlari ro‘yxatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil oktyabr

Energetika vazirligi (Sh. Xodjayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov)
tegishli vazirlik va idoralar

15.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari bozorida qulay raqobat muhitini yaratish maqsadida tarif siyosatini takomillashtirish.

1. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida tarif siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. Qayta tiklanuvchi va ikkilamchi energiya manbalari (quyosh, shamol, biogaz stansiyalari) yangidan ishga tushirilayotgan obyektlaridan elektr energiyasi xarid qilishning cheklangan (maksimal darajada yo‘l qo‘yiladigan) tariflarining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi.

2019-yil noyabr

Har yili
15-dekabrga qadar

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Energetika vazirligi (Sh. Xodjayev),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev)

16.

DXSh shartlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalarini amalga oshirish doirasida salohiyatli investorlarni raqobatchilik asosida saralab olishning zamonaviy va shaffof usullarini joriy etish.

1. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalari doirasida boshlang‘ich narxni pasaytirib boriladigan auksion savdolari mexanizmini joriy etish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga salohiyatli xususiy investorni, shu jumladan boshlang‘ich narx pasaytirib boriladigan auksion savdolari orqali aniqlash borasida o‘zgartirishlar kiritish.

3. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida auksion savdolarini o‘tkazish reglamentini ishlab chiqish va tasdiqlash.

4. Reglamentni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga kiritish.

5. Boshlang‘ich narx pasaytirib boriladigan auksion savdolarini o‘tkazish uchun maxsus himoyalangan savdo tizimini yaratish.

2019-yil oktyabr


2019-yil noyabr



2019-yil dekabr

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

DXShni rivojlantirish agentligi

(G. Xoljigitov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev)

17.

Quyosh fotoelektrik stansiyalari o‘rnatiladigan potensial joylarni taqsimlangan generatsiya afzalliklarini inobatga olgan holda aniqlash tartibini joriy etish.

1. Yirik fotoelektrik stansiyalar o‘rnatilgan bitta quvvatining mamlakat quyosh energetikasini rivojlantirishga ta’sirini qiyosiy tahlil qilish.

2. Sanoat ko‘lamidagi quyosh fotoelektrik stansiyalarini joylashtirish qoidalari to‘g‘risidagi Reglamentni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

3. Reglamentni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga kiritish.

2019-yil oktyabr




2019-yil dekabr

Energetika vazirligi (Sh. Xodjayev),

Adliya vazirligi (X. Meliyev),

Quyosh energiyasi xalqaro instituti

(M. Matchanov)

tegishli vazirlik va idoralar

18.

Qishloq joylarda va respublikaning olis hududlarida elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish uchun quyosh tizimlarini joriy etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy ishchi guruhini tashkil etish.

2. Bahor-kuz fasllarida avtonom ravishda energiya (elektr, issiqlik va biogaz) bilan ta’minlash bo‘yicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish uchun hududlarni belgilash.

3. Chuqur texnik-iqtisodiy tahlil asosida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish hisobiga energiya bilan ta’minlash bo‘yicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish tafsilotlarini ishlab chiqish.

4. Tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil sentyabr

2019-yil dekabr


2020-yil mart


2020-yil aprel

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

O‘zdavenergonazorat (U. Egamberdiyev),

O‘zneftgazinspeksiya (N. Agzamov),

“O‘zbekneftgaz” AJ (B. Sidikov)

“O‘MET” AJ (D. Isakulov),

“HET” AJ (U. Mustafoyev),
“IES” AJ (R. Mubarakshin),

tegishli vazirlik va idoralar

19.

Shamol elektrstansiyalarini qurish uchun potensial maydonchalarni aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish.

1. Shamol elektrstansiyalari qurilishi uchun potensial joylarni aniqlash (Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Bekobod, G‘azalkent, Qo‘qon va boshqalar).

2. Beshta istiqbolli maydonlarda shamol kuchi o‘lchovlarini o‘tkazish uchun moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

3. 110 metrdan kam bo‘lmagan balandlikda shamol kuchini o‘lchash uchun meteorologik machtalarni xarid qilish va o‘rnatish.

2019-yil oktyabr


2019-yil dekabr

2020-yil mart

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev),

tegishli viloyatlar hokimliklari

20.

Namunaviy uylarda, ijtimoiy va sanoat obyektlarida, issiqxonalar va uy-ro‘zg‘or xo‘jaliklarida uglevodorodlar va elektr energiyasi iste’molini kamaytirish maqsadida issiq suv ta’minoti, yoritish va bivalent isitish tizimi uchun fotoelektrik tizimlar, geliokollektorlar va issiqlik nasoslari keng joriy etilishini rag‘batlantirish choralarini ko‘rish.

1. Yevropa Ittifoqi, AQSh va Yaponiyaning xususiy uy-ro‘zg‘or xo‘jaliklarida va sanoat obyektlarida, shu jumladan shahar issiqlik ta’minotida issiqlik nasos stansiyalarini joriy etish bo‘yicha tajribasini o‘rganish.

2. Issiq suv ta’minoti va bivalent isitish tizimi uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha aholi, kommunal xo‘jaliklari, issiqxonalar, ijtimoiy obyektlar va sanoat korxonalariga mo‘ljallangan yakka tartibdagi biznes-rejalarni ishlab chiqish.

3. Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan:

a) Toshkent shahridagi bitta ko‘p qavatli va xususiy uyda binolarning issiqlik himoyasini oshirish va energiya samarador texnologiyalar hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini joriy etish bo‘yicha;

b) Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining bitta qozonxona stansiyasida kamida 3 MVt quvvatli vakuumli quyosh kollektorlarini o‘rnatish bo‘yicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish.

2019-yil noyabr



2020-yil fevral



2019-yil oktyabr

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

UJKXV (M. Saliyev),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),
Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin),
Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abdurahmonov),
Toshkent shahar hokimligi

(J. Ortiqxo‘jayev),

tegishli vazirlik va idoralar

21.

Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari obyektlari hisobiga mahalliy issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlash choralarini amalga oshirish.

1. Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari obyektlari hisobiga mahalliy issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish uchun ana shunday zonalarni aniqlash.

2. Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari mahalliy obyektlarini yaratishning texnik va moliyaviy jihatlarini o‘rganish.

3. Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari obyektlari hisobidan mahalliy issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlashning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2020-yil mart



2020-yil iyun


2020-yil iyul

Energetika vazirligi (Sh. Xodjayev),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(J. Xodjayev),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(B. Xodjayev),
tegishli vazirlik va idoralar

22.

Respublikaning bioenergetika resurslari texnik salohiyatini baholash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish va ularni rivojlantirishga oid amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

1. Respublikaning bioenergetika resurslarining texnik salohiyatini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish.

2. Biogaz, organik o‘g‘itlar va elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha aholiga, chorvachilik, issiqxona komplekslari va sanoat korxonalariga mo‘ljallangan yakka tartibdagi biznes-rejalarni ishlab chiqish.

3. Shahar oqova suv cho‘kindilarini utilizatsiya qilish va qattiq maishiy chiqindilar poligonlaridan gaz olish uchun biogaz tizimlarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish.

4. Biogaz qurilmalarini barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

5. Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2019-yil dekabr





2020-yil mart


2020-yil aprel

Energetika vazirligi (Sh. Xodjayev),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(J. Xodjayev),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov), “Suvsoz” DUK (T. Mirxidoyatov),
Toshkent shahar hokimligi

(J. Ortiqxo‘jayev),

tegishli vazirlik va idoralar

23.

Tartibga soluvchi quvvatlarni joriy etish va tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish uchun eng maqbul texnologiyalarni tanlash bo‘yicha o‘rganish o‘tkazish.

1. Elektr energiyasini saqlashning zamonaviy tizimlarini joriy etish bo‘yicha zamonaviy tendensiyalarni o‘rganish.

2. Elektr energiyasini saqlovchi manevr qilinadigan gaz turbinali qurilmalar, gidroakkumulyator elektr stansiyalari va turli xildagi intellektual tizimlarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilish.

3. Sanoat ko‘lamida elektr energiyasini akkumulatsiya qiladigan yuqori manevrli intellektual tizimni yaratish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish yuzasidan takliflar kiritish.

2019-yil oktyabr

2019-yil noyabr



2019-yil dekabr

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

O‘zdavenergonazorat (U. Egamberdiyev),

“O‘MET” AJ (D. Isakulov),

“HET” AJ (U. Mustafoyev),
“IES” AJ (R. Mubarakshin),
tegishli vazirlik va idoralar

24.

Energiya ta’minotining intellektual tarmoqlaridan foydalangan holda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya hosil qilish bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish va uzatish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.

1. Real vaqt rejimida elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish tizimlarini yaratishga oid ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va tegishli tahliliy materiallarni tayyorlash.

2. Energiya tizimining barqarorligini va o‘zgaruvchan generatsiya boshqaruvini markazlashtirish dispetcherlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida intellektual tarmoqlardan foydalangan holda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya hosil qilish bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish va uzatish tizimini joriy etish yuzasidan takliflar kiritish.

2020-yil may


2020-yil iyun

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

O‘zdavenergonazorat (U. Egamberdiyev),

“O‘MET” AJ (D. Isakulov),

“HET” AJ (U. Mustafoyev),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
tegishli vazirlik va idoralar

25.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini
va ishlab chiqariladigan mahsulotni sinovdan o‘tkazish hamda sertifikatlashtirish bo‘yicha zamonaviy laboratoriyalar tashkil qilish.

1. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari energiyasi va qurilmalarini sinovdan o‘tkazish va sertifikatlashtirish bo‘yicha uskunalarni yetkazib beruvchi jahondagi yetakchi kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazish.

2. Laboratoriyalar tashkil qilish uchun moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

3. Laboratoriyalarni tashkil qilish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil dekabr

“O‘zstandart” agentligi

(D. Sattarov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev)

26.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari va ulardan foydalangan holda ishlab chiqariladigan energiyani davlat tomonidan hisobga olish va sertifikatlashtirish mexanizmini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan hosil qilingan energiyani hisobga olish va sertifikatlashtirish bo‘yicha ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda yig‘ish, tizimlashtirish va tahlil qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Yagona ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish.

2. Mustaqil, jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilarga Yagona identifikatsiya raqamini taqdim etish tizimini yaratish.

3. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.

2019-yil oktyabr





2020-yil mart

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev),

“O‘zstandart” agentligi

(D. Sattarov),
tegishli vazirlik va idoralar

27.

Milliy qonunchilik negizida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan energiyani xarid qilish to‘g‘risidagi bitimning namunaviy shaklini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Milliy qonunchilik va ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida Qayta tiklanuvchi energetika obyektlaridan energiyani xarid qilish to‘g‘risida namunaviy bitimni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Energiya xarid qilish to‘g‘risidagi bitimni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga kiritish.

2019-yil noyabr


2019-yil dekabr

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

O‘zdavenergonazorat (U. Egamberdiyev),

“O‘MET” AJ (D. Isakulov),

“HET” AJ (U. Mustafoyev),

28.

Fotoelektrik stansiyalar, ko‘chalarni yoritadigan fotoelektrik tizimlar hamda EIZ va KSZlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari uchun quyosh modullari, investorlar, kichik shamol qurilmalari, geliokollektorlar, issiqlik nasosla?i, rekuperatorlar, metantenklar, trekerlar ishlab chiqarish uchun salohiyatli investorlarni jalb etish.

1. Qayta tiklanuvchi manbalardan energiya ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish va Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar tayyorlash.

2. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasini rivojlantirish istiqbollari hamda EIZ va KSZlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar uchun mavjud imtiyozlar va preferensiyalar to‘g‘risida salohiyatli investorlar orasida keng tushuntirish ishlarini olib borish.

2019-yil dekabr


Doimiy ravishda

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov),
“O‘zeltexsanoat” AK (M. Yunusov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

tegishli vazirlik va idoralar

IV. Kadrlar salohiyatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash va targ‘ibot-tashviqot faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar

29.

Energiya resurslarini normalash va ulardan samarali foydalanish sohasida mutaxassislar va muhandis-texnik xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish.

Malaka oshirish kurslari, treninglar va amaliy seminarlarni, jumladan xalqaro mutaxassislarni jalb etgan holda tashkillashtirish.

2019-yildan boshlab doimiy

Energetika vazirligi

(Mirzamaxmudov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

tegishli vazirlik va idoralar

30.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, energiya samaradorligi va energiya tejamkorligini oshirish targ‘ibotini tashkillashtirish.

1. Energiya tejamkorligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish masalalarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish bo‘yicha media-rejani tasdiqlash va amalga oshirish.

2. Energiya tejamkorligi, energiyadan oqilona foydalanish va boshqa masalalarda tajriba almashish uchun ma’lumotlar bazalariga kirish imkonini beruvchi energiya samaradorligi bo‘yicha axborot portalini yaratish.

3. Korxonalar, tashkilotlar va aholi o‘rtasida tarqatish uchun energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi masalalari bo‘yicha ma’lumotnomalar, axborot byulletenlari, flayerlarni vaqti-vaqti bilan chiqarib turish.

4. Viloyatlar, shaharlar, korxonalar, ta’lim muassasalari va boshqa muassasalarda energiya samaradorligini oshirish, energiya tejamkorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha mavzuga oid ko‘rgazmalar, seminarlar, tanlovlar o‘tkazish.

5. Fan va texnikani keng ommalashtirish, shu jumladan energiya samaradorligini va energiya tejamkorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni targ‘ib qilish bo‘yicha milliy kanalni yaratish.

2019-yil sentyabr



2019-yil noyabr



Bir yilda 2-marta



Doimiy ravishda




2020-yil yanvar

MTRK (A. Xadjayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

tegishli vazirlik va idoralar

31.

Energiya samaradorligini oshirish vazifalarini hal etish uchun ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining sa’y-harakatlarini birlashtirish.

1. Korxonalar tomonidan energiya samaradorligi sohasidagi innovatsiyalarni o‘zlashtirishga qaratilgan innovatsion loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish
va amalga oshirish.

2. Joriy etish imkoniyati yuqori darajada bo‘lgan raqobatbardosh innovatsiyalarni yaratish maqsadida energiya samaradorligi sohasida kichik innovatsion va venchur tadbirkorligini tashkil etishni rag‘batlantirish.

3. Respublikada texnologiyalar transferti va energiya samaradorligi sohasida intellektual mulkni boshqarish markazlarini tashkil etish.

4. “Energiya tejamkorligi sohasida uzluksiz, ko‘p bosqichli ta’lim tizimini rivojlantirish” Dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

5. O‘quv muassasalarining tegishli kafedralari huzurida, ta’lim tizimi markazlarida o‘quv qo‘llanmalari va energiya tejamkorligi usullariga o‘rgatuvchi kompyuter dasturlari bilan jihozlangan kompyuter sinfxonalarini tashkillashtirish.

2019-yil oktyabr



2019-yil noyabr





2019-yil dekabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),
Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(U. Karimov),
tegishli vazirlik va idoralar

32.

Energiya tejamkorligi va energiya samaradorligi sohasida startap-loyihalarni saralash va ilmiy-texnik loyihalarni grant yo‘li bilan moliyalashtirish bo‘yicha tanlovlar e’lon qilish.

1. Energiya tejamkorligi va energiya samaradorligi bo‘yicha ilmiy-texni? loyihalar mavzulari ro‘yxatini shakllantirish.

2. Loyihalarni FTK yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish va moliyalashtirish uchun saralab olish.

Doimiy ravishda

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov)

tegishli vazirlik
va idoralar

33.

Energiya samaradorligi bo‘yicha muntazam ravishda ilmiy-texnik va innovatsion ko‘rgazmalar hamda konferensiyalar o‘tkazish.

1. Har yili o‘tkaziladigan “INNOWEEK” innovatsiyalar yarmarkasi doirasida “Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi” mavzusiga oid stendlarni tashkillashtirish.

2. Energiya tejamkorligi sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish bo‘yicha davra suhbatlari, ilmiy seminarlar va konferensiyalar tashkil etish.

Har yili



Doimiy ravishda

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov)

34.

Vodorod energetikasi sohasida ilmiy-tadqiqot
va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash.

1. Vodorod energetikasi, xususan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda olingan energiyani uzoq muddat saqlash qismida ilmiy ishlanmalarni o‘tkazish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.

2. Ilmiy-amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish grafigini tasdiqlash va uni moliyalashtirish manbalarini belgilash.

3. Zarur hollarda mahalliy mutaxassislarni vodorod energetikasi
va boshqa sohalarda malaka oshirish uchun xorijiy mamlakatlarga yuborish.

4. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarining natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2019-yil noyabr



2019-yil dekabr

2020-yil mart

Har yili
15-dekabrga qadar

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov),
tegishli vazirlik va idoralar

35.

Vazirlik va idoralarning qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida tajriba va axborot ayirboshlash, shuningdek, ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish yuzasidan jahondagi qayta tiklanuvchi energetika bo‘yicha yetakchi tahliliy markazlar bilan doimiy hamkorligini yo‘lga qo‘yish.

1. O‘zbekiston sharoitida qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida dolzarb ilmiy-amaliy tadqiqotlar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Ilmiy-amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish grafigini tasdiqlash va uni moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

3. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida tajriba almashish va mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha jahondagi yetakchi tahliliy markazlar va boshqalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan takliflar kiritish.

2019-yil noyabr

2020-yil dekabr

2020-yil mart

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov),
tegishli vazirlik va idoralar

36.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari, yashash xonalarida, jamoat binolarida, iqtisodiyot tarmoqlarining ishlab chiqarish jarayonlarida energiya samaradorligi, shuningdek, energetik tekshirishlar va ekspertizalar o‘tkazish sohasidagi mutaxassislar, muhandislar va quruvchilarni tayyorlash va malakasini oshirish.

1. Oliy o‘quv yurtlarida “qayta tiklanuvchi energiya manbalari”, “energiya samaradorligi” va “energoaudit” yo‘nalishlari bo‘yicha yangi mutaxassisliklar ochish va ularga qabul kvotalarini ko‘paytirish.

2. O‘quv dasturlarini tasdiqlash.

2020-yil yanvar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(B. Usmonov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),
Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),
tegishli vazirlik va idoralar

Keyingi tahrirga qarang.

A.N.Aripov

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi

A.S.Sultanov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri, Respublika komissiyasi raisining o‘rinbosari

J.A.Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri

M.X.Saliyev

O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri

I.Y.Abduraxmonov

O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri

B.A.Xodjayev

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri

B.K.Ro‘zibayev

O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining birinch� o‘rinbosari

B.E.Zakirov

O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari

I.R.Maxkamov

O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi o‘rinbosari

Sh.X.Xodjayev

O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirining o‘rinbosari

B.T.Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi

N.Sh.Sharipov

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi

B.A.Musayev

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi

B.S.Yuldashev

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti

D.N.Sattarov

“O‘zstandart agentligi bosh direktori

Sh.S. Samatov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mudiri, Respublika komissiyasi kotibi

lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, hududiy komissiya raisi

lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari, hududiy komissiya kotibi

lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari boshliqlari

lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari boshliqlari

lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari boshliqlari va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i

lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari

lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar suv xo‘jaligi bosh boshqarmalari boshliqlari

lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari rahbarlari

lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari

lavozimi bo‘yicha

hududiy gaz ta’minoti filiallari rahbarlari

lavozimi bo‘yicha

hududiy elektr tarmoqlari korxonalari rahbarlari

a) 1 va 3-bandlar hamda 1, 3, 4, va 4a-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.