13.08.2019 yildagi 669-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.08.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4229-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalariga shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni, shu jumladan, avtotransportda harakatlanish vaqtida kuzatib borish hamda moddiy madaniy meros obyektlarida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatish huquqi berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu bandning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar buyurtmachi tomonidan taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomning 7-bandi hamda 9-bandining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar buyurtmachi tomonidan to‘liq taqdim etilmaganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish to‘g‘risida

NAMUNAVIY ShARTNOMA

20____y. “___” ________________

__________-son

___________________________sh.

___________________________________________________________________________ (Ichki ishlar organining to‘liq nomi)

nomidan____________________________________________________________________

(lavozimi, F.I.O.)

Nizom asosida faoliyat yurituvchi (keyingi o‘rinlarda “Ijrochi” deb yuritiladi) bir tomondan hamda ______________________________________________________________

___________________________________________________________________________ (to‘liq nomi)

nomidan____________________________________________________________________

(lavozimi, F.I.O.)

asosida faoliyat yurituvchi _____________________________________________________

(keyingi o‘rinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan (birgalikda “Tomonlar” deb yuritiladi) ushbu Shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:

1. Shartnoma predmeti

1.1. Ijrochi turistlar va turistik guruhlarni Buyurtmachi tomonidan belgilangan hududlarda piyoda va/yoki avtotransport vositasida kuzatib borish hamda kuzatuv davomida ularning xavfsizligini ta’minlash majburiyatini, Buyurtmachi esa shartnoma shartlariga asosan ko‘rsatiladigan xizmat uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida am�lga oshirish majburiyatini oladi.

2. Umumiy shartlar

2.1. Ijrochi Buyurtmachi tomonidan belgilangan ____________________________________

___________________________________________________________________________ (kuzatuv xizmati piyoda va/yoki avtotransportda amalga oshirilishi, turistlar soni, kuzatuv

___________________________________________________________________________
qatnov yo‘li, manzillari va masofasi, xizmat ko‘rsatish vaqti, kuzatib boriladigan transport

___________________________________________________________________________ vositalari soni va parametrlari ko‘rsatiladi)

_____________________________________________ shartlarda kuzatuv xizmati ko‘rsatadi.

2.2. Shartnoma imzolanib, oldindan to‘lovlar to‘langanidan so‘ng Ijrochi turistlar/turistik guruhlar va kuzatib boriladigan avtotransport vositalarining haydovchilari bilan yo‘riqnoma o‘tkazib, xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlaydi.
2.3. Shartnoma tuzilganidan so‘ng Ijrochi tomonidan kuzatib boriladigan transport vositasi texnik nosozligi yoki uning haydovchisida zarur hujjatlar mavjud emasligi aniqlangan taqdirda, kuzatuv xizmati ushbu kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ko‘rsatilmaydi.

3. To‘lov tartibi va narxi

3.1. Shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar narxi belgilangan tariflarga muvofiq, xizmat ko‘rsatishning har bir soatiga ________________________ so‘mni va/yoki har bir kilometriga _____________________ so‘mni, jami ____________________ so‘mni tashkil etadi.
3.2. Ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov Buyurtmachi tomonidan Ijrochining hisob raqamiga oldindan yuz foiz miqdorda amalga oshiriladi.
3.3. Kuzatuv xizmatini ko‘rsatish yakunida Tomonlar o‘rtasida ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy hajmi bo‘yicha dalolatnoma tuziladi va uning asosida shartnoma summasi belgilangan tariflar bo‘yicha qayta hisoblanib, o‘zaro hisob-kitob amalga oshiriladi.

4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

4.1. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
a) kuzatib boruvchilar tomonidan shartnoma shartlariga muvofiq xizmat ko‘rsatilishini talab qilish;
b) kuzatib borish qatnov yo‘li va manzillariga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish bo‘yicha Ijrochiga murojaat qilish;
v) kuzatuv xizmatini ko‘rsatish yakunida Tomonlar o‘rtasida ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy hajmi bo‘yicha tuzilgan dalolatnomaga muvofiq Ijrochidan ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lovni qaytarishni talab qilish;
g) Ijrochi tomonidan xizmatlar lozim darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararni undirish.
4.2. Buyurtmachining majburiyatlari:
a) kuzatib boriladigan transport vositalarining xavfsizlik talablariga javob berishini ta’minlash;
b) kuzatib boriladigan turistlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga rioya etilishini ta’minlash;
v) kuzatuv xizmatini ko‘rsatish yakunida Tomonlar o‘rtasida ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy hajmi bo‘yicha dalolatnoma tuzilgan kunning o‘zida yoki keyingi ish kunida Ijrochiga ko‘rsatilgan qo‘shimcha xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish.
4.3. Ijrochining huquqlari:
a) kuzatib boriladigan turistlar hamda transport vositalarining haydovchilaridan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga rioya etilishini talab qilish;
b) kuzatuv xizmatini ko‘rsatish yakunida Tomonlar o‘rtasida ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy hajmi bo‘yicha dalolatnoma tuzilgan kunning o‘zida Buyurtmachidan ko‘rsatilgan qo‘shimcha xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishni talab qilish.
4.4. Ijrochining majburiyatlari:
a) shartnoma ijrosini ta’minlash uchun zarur kuch va vositalarni ajratish;
b) kuzatuv xizmatini ko‘rsatishda xodimlarning o‘z vazifalarini lozim darajada bajarishlarini ta’minlash;
v) kuzatuvi amalga oshirilayotgan turistlarga nisbatan huquqbuzarliklar sodir etilishi va ularning xavfsizligiga tahdid qiluvchi boshqa holatlarning oldini olish;
g) favqulodda holatlarda turistlarning xavfsizligini ta’minlash uchun evakuatsiya, qutqaruv va boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
d) kuzatuv xizmatini ko‘rsatish yakunida Tomonlar o‘rtasida ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy hajmi bo‘yicha dalolatnoma tuzilgan kunning o‘zida yoki keyingi ish kunida Buyurtmachiga ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lovni qaytarish.

5. Tomonlarning javobgarligi

5.1. Tomonlar shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganligi natijasida yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar bo‘ladi.
5.2. Shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganlik uchun belgilangan neustoykani (jarima, penya) to‘lash hamda zararni qoplash Tomonlarni majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.

6. Nizolarni hal qilish tartibi

6.1. Shartnomani ijro etish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda uni bekor qilishda yuzaga keladigan nizolar Buyurtmachi va Ijrochi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

7. Fors-major

7.1. Tomonlar shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni qisman yoki to‘liq bajarmaganligi uchun, agar ushbu bajarmaslik shartnoma tuzilgandan so‘ng paydo bo‘lgan, yengib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar oqibati hisoblansa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
7.2. Fors-major holatlari va ularning oqibatlari yuzaga kelganda Ijrochi va Buyurtmachi shartnomani davom ettirishning maqsadga muvofiqligini muhokama qiladilar va Tomonlar kelishilgan yechimga kelmasalar, har bir Tomonga hech qanday talablarsiz shartnomani bekor qilish huquqi beriladi.

8. Yakunlovchi qoidalar

8.1. Shartnomaning tuzilgan vaqti Tomonlarning imzolagan sanasidan belgilanadi.
8.2. Shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yozma shaklda tuzilganda hamda Tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolangan taqdirdagina haqiqiy hisoblanib, uning ajralmas qismi hisoblanadi.
8.3. Shartnomaning amal qilish muddati Tomonlar imzolagandan so‘ng va barcha majburiyatlar to‘liq bajarilgunga qadar belgilanadi.
8.4. Shartnoma tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra yoki ulardan biri tomonidan shartnoma shartlarini boshqa tomon jiddiy buzgan taqdirda bekor qilinishi mumkin.
8.5. Taraflarning yuridik manzillari, telefon, faks, bank rekvizitlari o‘zgargan taqdirda, ular bir kun muddatda bir-birlarini bu haqda xabardor qilishlari shart.
8.6. Shartnoma bir xil yuridik kuchga ega ikki nusxada rasmiylashtiriladi.

9. Tomonlarning manzili va rekvizitlari

Ijrochi

Buyurtmachi

_____________________________________ (to‘liq nomi)

_____________________________________ (tashkilot nomi)

Yuridik manzili:_______________________

Yuridik manzili:_______________________

_____________________________________

_____________________________________

Bank rekvizitlari:______________________

Bank rekvizitlari:______________________

_____________________________________

_____________________________________

MFO:________________________________ STIR:________________________________ XXTUT:______________________________

MFO:________________________________ STIR:________________________________ XXTUT:______________________________

_____________________________________ (lavozimi, F.I.O.)

_____________________________________ (lavozimi, F.I.O.)

____________________________________ (imzo, muhr)

____________________________________ (imzo, muhr)

Keyingi tahrirga qarang.
Qo‘shimcha shtat birliklari ajratilgan taqdirda, tuzilgan dalolatnoma asosida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda XTTB va vakolatli shaxs o‘rtasida shartnoma tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Turizm namoyishi obyektida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida
NAMUNAVIY ShARTNOMA

20____y. “___” ________________

__________-son

___________________________sh.

___________________________________________________________________________ (Ichki ishlar organining to‘liq nomi)

nomidan____________________________________________________________________

(lavozimi, F.I.O.)

Nizom asosida faoliyat yurituvchi (keyingi o‘rinlarda “Ijrochi” deb yuritiladi) bir tomondan hamda ______________________________________________________________

___________________________________________________________________________ (to‘liq nomi)

nomidan____________________________________________________________________

(lavozimi, F.I.O.)

asosida faoliyat yurituvchi _____________________________________________________

(keyingi o‘rinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan (birgalikda “Tomonlar” deb yuritiladi) ushbu Shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:

1. Shartnoma predmeti

1.1. Ijrochi javobgarlik hududlari va patrullik yo‘nalishlarida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash xizmatini ko‘rsatish majburiyatini, Buyurtmachi esa shartnoma shartlariga asosan ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish majburiyatini oladi.

2. Umumiy shartlar

2.1. Ijrochi bir yil muddat davomida Buyurtmachiga qarashli__________________________

___________________________________________________________________________(turizm namoyishi obyektining (keyingi o‘rinlarda obyekt deb yuritiladi) nomlanishi, manzili)

___________________________________________________________________________

____________________________ da haftaning ______________________________ kunlari soat ____ dan ____ ga qadar jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmatni amalga oshiradi.

2.2. Ijrochi tomonidan jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat shartnomaga ilovaga muvofiq belgilangan obyektning hududi va patrullik yo‘nalishlarida olib boriladi.
2.3. Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasidan obyektda jamoat tartibini saqlash xizmatini ko‘rsatish uchun jami ____ nafar xodim ushbu shartnoma imzolangan kundan boshlab ____ ish kuni ichida jalb qilinadi.
2.4. Obyektni muhandislik-texnik va xavfsizlik tizimlari bilan jihozlash hamda jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan xodimlar uchun xizmat xonalarini ajratish va ularni jihozlash Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.

3. To‘lov tartibi va narxi

3.1. Shartnoma asosida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar narxi belgilangan tariflarga muvofiq bir oy uchun _______________ so‘mni, bir yil uchun _______________ so‘mni tashkil etadi.
3.2. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov Buyurtmachi tomonidan Ijrochining hisob raqamiga har oy, oylik to‘lovning yuz foizi miqdorida keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin amalga oshiriladi.
3.3. Xizmatlar turiga yangi tariflar tasdiqlangan hollarda Ijrochi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov miqdori qayta ko‘rib chiqilib, qonun hujjatlariga muvofiq o‘zgartirishlar kiritiladi.

4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

4.1. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
a) xizmat ko‘rsatish jarayonida shartnoma shartlariga muvofiq xizmat ko‘rsatilishini talab qilish;
b) Ijrochining xizmatni tashkil qilish va amalga oshirishini nazorat qilish;
v) Ijrochi tomonidan intizom va shartnoma shartlari buzilishi holatlari bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish maqsadida Ijrochining vakili ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish; g) Ijrochi tomonidan xizmatlar lozim darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararni undirish;
4.2. Buyurtmachining majburiyatlari:
a) ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan 20___ yil “___” __________ dagi ko‘zdan kechirish to‘g‘risidagi dalolatnomaga asosan obyektning muhandislik-texnik mustahkamligi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish va Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlariga xizmat olib borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
b) obyektning muhandislik-texnik, yong‘inga qarshi, kommunikatsiya tizimlari va inshootlarining xavfsizlik talablariga javob berishini ta’minlash;
v) bino va inshootlarda rejalashtirilayotgan kapital ta’mirlash ishlari, obyektlarni qayta jihozlash, shuningdek, xizmat ko‘rsatish va patrullik yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritish yoki xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha muhandislik-texnik vositalarni o‘rnatish zarurati yuzaga kelganda, Ijrochini bunday ishlar boshlanishidan kamida ______ kun oldin ogohlantirish;
g) obyektda jamoat tartibini saqlash uchun jalb etilgan xodimlar soni, xizmatni tashkil etish tartiblari, patrullik yo‘nalishlarining joylashishi, xavfsizlikni ta’minlovchi muhandislik-texnik tizimlarning joylashuvi, shuningdek, obyektda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni oshkor qilmaslik;
d) Ijrochi vakillarini obyektdagi ichki tartib va texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtir�sh;
4.3. Ijrochining huquqlari:
a) Buyurtmachidan obyektda belgilangan ichki rejim tartibiga rioya qilinishini talab qilish; b) obyektni ko‘zdan kechirish dalolatnomasi asosida tatbiq etilishi zarur bo‘lgan xavfsizlikni ta’minlovchi muhandislik-texnik vositalar bilan obyektni jihozlash yuzasidan Buyurtmachiga tavsiyalar berish;
4.4. Ijrochining majburiyatlari:
a) shartnomada belgilangan shaxsiy tarkib sonini ajratish, obyektda naryadlarni patrullik yo‘nalishlari joylashishiga muvofiq joylashtirish;
b) shartnoma va uning ilovalariga muvofiq xodimlarning o‘z vazifalarini to‘laqonli bajarishlarini ta’minlash;
v) obyekt hududida patrullikni amalga oshirish, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan harakatlarning oldini olish, ularni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni ushlash choralarini ko‘rish;
g) obyektda yong‘in xavfsizligi, sanitariya qoidalari va normalarini ta’minlashga qaratilgan ishlarni olib borish;
d) favqulodda holatlar sodir bo‘lganda zudlik bilan hududiy ichki ishlar organlari, boshqa huquqni muhofaza qilish organlari hamda Buyurtmachi vakilini xabardor qilish, shuningdek, maxsus bo‘linmalar yetib kelgunga qadar obyektni birlamchi to‘sib olish va qo‘riqlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish, evakuatsiya, qutqaruv va boshqa tadbirlarni amalga oshirish.

5. Tomonlarning javobgarligi

5.1. Shartnoma summasi Buyurtmachi tomonidan o‘z vaqtida to‘lanmaganida, Buyurtmachi Ijrochiga har bir kechiktirilgan kun uchun to‘lov summasining 0,5 foizi miqdorida penya to‘laydi, bunda penyaning miqdori muddati o‘tgan to‘lov summasining 50 foizidan oshmasligi lozim.
5.2. Ijrochi shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganligi natijasida Buyurtmachiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar bo‘ladi.
5.3. Shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganlik uchun belgilangan neustoykani (jarima, penya) to‘lash hamda zararni qoplash Tomonlarni shartnomada ko‘rsatilg�n majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.

6. Nizolarni hal qilish tartibi

6.1. Shartnomani ijro etish, unga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish hamda uni bekor qilishda yuzaga keladigan nizolar Buyurtmachi va Ijrochi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

7. Fors-major

7.1. Tomonlar shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni qisman yoki to‘liq bajarmaganligi uchun, agar ushbu bajarmaslik shartnoma tuzilgandan so‘ng paydo bo‘lgan, yengib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar oqibati hisoblansa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
7.2. Fors-major holatlari va ularning oqibatlari yuzaga kelganda Ijrochi va Buyurtmachi shartnomani davom ettirishning maqsadga muvofiqligini muhokama qiladilar va Tomonlar kelishilgan yechimga kelmasalar, har bir Tomonga hech qanday talablarsiz shartnomani bekor qilish huquqi beriladi.
7.3. Shartnomada ko‘rsatilgan vaziyatlarga ko‘ra o‘z majburiyatini bajara olmaydigan Tomon yengib bo‘lmaydigan kuch yuzasidan boshqa Tomonni holat boshlangan kundan boshlab besh kun muddatda yozma ravishda xabardor qiladi.

8. Yakunlovchi qoidalar

8.1. Shartnoma qayd etilgan barcha kamchiliklar Buyurtmachi tomonidan bartaraf etilganligi to‘g‘risida ko‘zdan kechirish dalolatnomasi tuzilganidan so‘ng kuchga kiradi. Shartnomaning tuzilgan vaqti Tomonlarning imzolagan sanasidan belgilanadi.
8.2. Shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yozma shakl�a tuzilganda hamda Tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolangan taqdirdagina haqiqiy hisoblanib, uning ajralmas qismi hisoblanadi.
8.3. Shartnoma bir yil muddatga tuziladi. Shartnomaning amal qilish muddati tugash vaqtidan kamida 30 kun oldin Tomonlardan birortasi uni bekor qilish haqida ma’lum qilmagan taqdirda, ushbu Shartnomaning amal qilishi xuddi shu muddat va shartlarda uzaytirilgan hisoblanadi.
8.4. Ushbu Shartnomani bekor qilishdan manfaatdor bo‘lgan Tomon boshqa Tomonni istalgan muddatdan bir oy oldin yozma ravishda xabardor qiladi.
8.5. Agar xavfsizlikni ta’minlovchi texnika vositalari ishdan chiqib, ta’mirlashni talab qilsa, biroq Buyurtmachi ushbu kamchiliklarni bartaraf etishni rad etsa, unda Ijrochi yetti kun oldin Buyurtmachini yozma ravishda ogohlantirib, shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqlidir.
8.6. Shartnoma bir xil yuridik kuchga ega ikki nusxada rasmiylashtiriladi.
8.7. Obyektning xususiyatidan kelib chiqib Tomonlar o‘zaro kelishuvi bo‘yicha ushbu Shartnomaga qonun hujjatlariga muvofiq qo‘shimchalar kiritishga haqli.

9. Tomonlarning manzili va rekvizitlari

Ijrochi

Buyurtmachi

_____________________________________ (to‘liq nomi)

_____________________________________ (tashkilot nomi)

Yuridik manzili:_______________________

Yuridik manzili:_______________________

_____________________________________

_____________________________________

Bank rekvizitlari:______________________

Bank rekvizitlari:______________________

_____________________________________

_____________________________________

MFO:________________________________ STIR:________________________________ XXTUT:______________________________

MFO:________________________________ STIR:________________________________ XXTUT:______________________________

_____________________________________ (lavozimi, F.I.O.)

_____________________________________ (lavozimi, F.I.O.)

____________________________________ (imzo, muhr)

____________________________________ (imzo, muhr)

Keyingi tahrirga qarang.