1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi 222-II-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 6-7, 105-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 323-modda, № 9, 416-modda; 2009-yil, № 9, 330-modda; 2010-yil, № 9, 335, 341-moddalar, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 7, 431-modda, № 10, 670, 677-moddalar) 1-ilovasining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish”.
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi 258-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019-yil, № 5, 267-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Majburiy ijro byurosi deb yuritiladi) organlarining davlat ijrochilari zimmasiga yuklatiladi, ularning vakolatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi”;
2) 5-moddaning 11-bandidagi, 7-modda birinchi qismining 10-bandidagi, 11-moddaning birinchi qismidagi, 12-moddaning matnidagi, 14-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisidagi, 17-moddaning ikkinchi va to‘rtinchi qismlaridagi, 18-moddaning birinchi qismidagi, 19-moddaning ikkinchi qismidagi, 20-moddaning birinchi va uchinchi qismlaridagi, 21-moddaning nomidagi va matnidagi, 22-moddaning matnidagi, 221-moddaning birinchi, ikkinchi, yettinchi va o‘ninchi qismlaridagi, 23-moddaning birinchi, ikkinchi, uchinchi va beshinchi qismlaridagi, 24-moddaning birinchi va to‘rtinchi qismlaridagi, 25-moddaning matnidagi, 251-moddaning to‘rtinchi qismidagi, 26-moddaning matnidagi, 29-moddaning birinchi qismidagi, 30-moddaning birinchi qismidagi va uchinchi qismining beshinchi xatboshisidagi, 31-moddaning matnidagi, 32-moddaning birinchi qismidagi, 321-moddaning matnidagi, 33-moddaning matnidagi, 34-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi, 35-moddaning matnidagi, 36-moddaning uchinchi qismidagi, 37-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi, 38-moddaning nomidagi va matnidagi, 39, 40, 41 va 42-moddalarning matnlaridagi, 43-moddaning birinchi qismidagi, 44, 45, 47, 48, 481 va 485-moddalarning matnlaridagi, 486-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlaridagi, 49-moddaning matnidagi, 51-moddaning birinchi qismidagi, 52-moddaning ikkinchi qismidagi, 53, 531 va 54-moddalarning matnlaridagi, 55-moddaning birinchi va uchinchi qismlaridagi, 57-moddaning birinchi va uchinchi qismlaridagi, 58-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlaridagi, 61-moddaning birinchi qismidagi, 62-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlaridagi, 64, 71, 73, va 731-moddalarning matnlaridagi, 732-moddaning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlaridagi, 74-moddaning birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi qismlaridagi, 75-modda birinchi qismining birinchi xatboshisidagi, 76-moddaning birinchi qismidagi, 77-moddaning matnidagi, 771-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi, 78-moddaning birinchi qismidagi, 12-bobning nomidagi, 831-moddaning nomidagi va matnidagi, 84-moddaning nomidagi, birinchi qismining birinchi va o‘n uchinchi xatboshilaridagi, ikkinchi qismidagi, 85 — 89-moddalarning nomlaridagi va matnlaridagi, 90-moddaning nomidagi, birinchi va uchinchi qismlaridagi tegishli son va kelishikdagi “sud ijrochisi” degan so‘zlar tegishli son va kelishikdagi “davlat ijrochisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Mutaxassisning yozma xulosasi u davlat ijrochisining qarori bilan tanishgan kundan e’tiboran o‘n besh ish kuni ichida taqdim etilishi kerak”;
5) 21-modda ikkinchi qismi 4-bandining yettinchi xatboshisidagi va 7-bandining uchinchi xatboshisidagi, 22-moddaning beshinchi qismidagi, 25-moddaning yettinchi qismidagi, 251-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlaridagi, 30-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisidagi, 47-moddaning to‘rtinchi qismidagi, 481-moddaning birinchi va to‘rtinchi qismlaridagi, 485-modda to‘qqizinchi qismining uchinchi xatboshisidagi, 486-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlaridagi, 73-moddaning yettinchi qismidagi, 892-moddaning birinchi qismidagi, 90-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi tegishli son va kelishikdagi “Sud departamenti” degan so‘zlar tegishli son va kelishikdagi “Majburiy ijro byurosi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 21-modda ikkinchi qismining 3-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Ijro hujjatida undiruvchining yoki qarzdorning elektron pochta manzili yoki mobil telefonining raqami mavjud bo‘lgan taqdirda (agar ular sudga yoki ijro hujjatini bergan boshqa organga (mansabdor shaxsga) taqdim etilgan bo‘lsa), ijro ishini yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi bildirishnoma uning jo‘natilganligi va qabul qilib olinganligi faktlarini qayd etish imkonini beruvchi maxsus avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan holda elektron pochtaga yoxud mobil telefonga qisqa xabar (SMS) tarzida yuboriladi”;
“Jismoniy shaxsga yo‘llangan chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma (bundan ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno), qoida tariqasida, Majburiy ijro byurosining bo‘linmasiga qaytarilishi lozim bo‘lgan topshirganlik to‘g‘risidagi yozma bildirishnomaga jismoniy shaxsning imzosi qo‘ydirilgan holda unga shaxsan topshiriladi. Yuridik shaxsga yuborilgan chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma (bundan ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno) yuridik shaxsning xodimiga topshiriladi, u topshirganlikni tasdiqlovchi yozma bildirishnomaga chaqiruv qog‘ozini, boshqa xabarnomani olganligi haqida familiyasi, ismi va otasining ismi hamda lavozimini ko‘rsatgan holda imzo qo‘yadi”;
o‘n birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” degan so‘zlar “Majburiy ijro byurosi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 23-moddaning ikkinchi qismidagi “kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay” degan so‘zlar “paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Ijro harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar mavjud bo‘lganda davlat ijrochisi ijro harakatlarini qarzdorning arizasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga ko‘pi bilan ikki marta kechiktirishi mumkin”;
“3) ijro hujjatini berish uchun asos bo‘lgan sud hujjatini yoki boshqa organ hujjatini ijro etishni to‘xtatib turish huquqi qonunda berilgan mansabdor shaxs tomonidan qaror chiqarilganda;
4) undiruvchi mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilganda, agar ijro ishi avval mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish munosabati bilan to‘xtatib turilmagan bo‘lsa”;
“5) davlat ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda — shikoyat ko‘rib chiqilguniga qadar;
“Undiruvchi va qarzdor o‘rtasida ijro predmeti yuzasidan kelishuvga erishilmaganda, shuningdek taraflardan biri mediatsiyani davom ettirishdan voz kechganda yoki uni amalga oshirish muddati tugaganda ijro ishini yuritish davlat ijrochisi tomonidan qayta tiklanadi”;
13) 39-moddaning birinchi qismidagi “yozma shaklda” degan so‘zlar “yozma yoki elektron shaklda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14) 41-moddaning to‘rtinchi qismidagi “yozma shaklda” degan so‘zlar “yozma yoki elektron shaklda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) 421-moddaning beshinchi va oltinchi qismlaridagi “yozma shaklda” degan so‘zlar “yozma yoki elektron shaklda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan tartibga solinadi”;
17) 64-moddaning oltinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
O‘rta maxsus (yuridik) yoki oliy (yuridik) ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, alohida hollarda esa, boshqa mutaxassislikdagi oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar davlat ijrochisi bo‘lishi mumkin. Qoida tariqasida, oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi katta davlat ijrochisi bo‘lishi mumkin.
Majburiy ijro byurosining markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari (bundan bosh inspektorlar mustasno) va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosining markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan kelishilgan holda Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining boshqa xodimlarini, hududiy boshqarmalarining tarkibiy bo‘linmalari, tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlarining o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktori bilan kelishilgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosi hududiy bo‘linmalarining boshqa xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi hokimiyat vakilidir va u xizmat majburiyatlarini bajarayotganida qonun hujjatlarida prokuratura organlari uchun nazarda tutilgan formali kiyim-bosh kiyadi.
Davlat ijrochilariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda prokuratura organlari xodimlarining mansab darajalari beriladi.
Majburiy ijro byurosining direktori lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmalarining boshliqlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilaridir.
Majburiy ijro byurosining sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi boshlig‘i va hududiy boshqarmalarning sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bo‘limlari boshliqlari lavozimiga ko‘ra tegishincha bosh davlat ijrochilarining o‘rinbosarlaridir. Majburiy ijro byurosining sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi va hududiy boshqarmalarning sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bo‘limlari xodimlari davlat ijrochilari maqomiga ega bo‘ladi”;
Majburiy ijro byurosi organlarining faoliyatini tashkil etish, ushbu organlarning vazifalari va funksiyalari, shuningdek Majburiy ijro byurosida xizmatni o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Majburiy ijro byurosi organlari ijro ishlarini yuritish hujjatlarini hisobga olish va saqlashni qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq ta’minlaydi. Ijro ishlarini yuritishdagi ijro hujjatlarini va boshqa hujjatlarni olib qo‘yishga faqat sud qarori asosida yoki O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Ijro ishlarini yuritish, shu jumladan ularni shakllantirish, hisobga olish va saqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilanadi.
Majburiy ijro byurosi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan qo‘zg‘atilgan ijro ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasini yuritadi”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-iyulda qabul qilingan “Mediatsiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-482-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 427-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Mediatsiya suddan tashqari tartibda, nizoni sud tartibida ko‘rish jarayonida, sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar, shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida qo‘llanilishi mumkin.
Mediatsiya nizoni hakamlik sudida ko‘rish jarayonida ham hakamlik sudining qarori qabul qilinguniga qadar qo‘llanilishi mumkin.
Mediatsiya sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida qo‘llanilgan taqdirda faoliyatini professional asosda amalga oshiruvchi mediatorning albatta ishtirok etishi talab etiladi.
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilgan taqdirda, uni amalga oshirish davrida ijro ishini yuritish to‘xtatib turiladi”;
“Sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida taraflar tomonidan erishilgan mediativ kelishuv ijro hujjati o‘z ish yurituvida bo‘lgan davlat ijrochisiga darhol yuboriladi.
Nizo mediativ kelishuv bilan mediatsiya tartibida hal qilingan taqdirda, to‘langan davlat boji qaytarilishi lozim, bundan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida mediativ kelishuv tuzilgan hollar mustasno”;
matni “o‘ttiz kungacha uzaytirilishi mumkin” degan so‘zlardan keyin “bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddati ko‘pi bilan o‘n besh kunni tashkil etadi”;
4) 29-moddaning birinchi qismi “kelib chiqqan nizo” degan so‘zlardan keyin “yoxud majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Ushbu Qonunning 1-moddasi “Qurol to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirgan kundan e’tiboran amalga kiritiladi.
Ushbu Qonunning 2-moddasi 7-bandining ikkinchi — oltinchi xatboshilari 2019-yil 1-oktabrdan e’tiboran amalga kiritiladi.