Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 01.09.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 5-apreldagi PQ-4270-son qarorining ijrosi yuzasidan, shuningdek, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatlari uchun haq olish mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qaror nomidagi “Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha” so‘zlari “Davlat kadastri sohasida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3. Ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

T/r

Davlat xizmatlarining nomi

Ishlar narxi

I. Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

1.1.

Umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari

1.2.

Umumiy maydoni 100 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk

Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 25 foizga ko‘paytirilgan holda

1.3.

Umumiy maydoni 1000 kvadrat metrdan 5000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk

Bazaviy hisoblash miqdorining
15 baravari, 25 foizga ko‘paytirilgan holda

1.4.

Umumiy maydoni 5000 kvadrat metrdan 15000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk

Bazaviy hisoblash miqdorining
30 baravari, 25 foizga ko‘paytirilgan holda

1.5.

Umumiy maydoni 15000 kvadrat metrdan 50000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk

Bazaviy hisoblash miqdorining
50 baravari, 25 foizga ko‘paytirilgan holda

1.6.

Umumiy maydoni 50000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan ko‘chmas mulk

Bazaviy hisoblash miqdorining
70 baravari, 25 foizga ko‘paytirilgan holda

II. Ko‘chmas mulk obyektlarining turar-joy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

2.1.

Ko‘p kvartirali uydagi kvartira

Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 25 foizga ko‘paytirilgan holda

2.2.

Yakka tartibdagi turar-joy

Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 25 foizga ko‘paytirilgan holda

III. Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

3.1.

Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turar-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bepul

3.2.

Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turar-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari

3.3.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari

3.4.

Noturar obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari

3.5.

Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari

IV. Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

4.1.

Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan turar-joy ko‘chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari

4.2.

Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 101 kvadrat metrdan 300 kvadrat metrgacha bo‘lgan turar-joy ko‘chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 2,0 baravari

4.3.

Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 301 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan turar joy ko‘chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari

4.4.

Yuridik shaxslarning turar-joy ko‘chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari

4.5.

Jismoniy shaxslarning noturar-joy ko‘chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari

4.6.

Yuridik shaxslarning noturar-joy ko‘chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari

4.7.

Jismoniy shaxslarning yakka tartibda turar-joy qurish uchun berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari

4.8.

Jismoniy shaxslarning noturar-joy obyektlari uchun berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari

4.9.

Yuridik shaxslarga berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘y�atidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari

4.10.

Ipoteka va ipoteka haqidagi shartnomani, shuningdek, ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari

4.11.

Mulkida turar-joy borligi (yo‘qligi) haqida axborot berish

Bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi

V. Ko‘chmas mulk obyektlariga manzillar berish, ularni o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish

5.1.

Ko‘chmas mulk obyektlariga manzillar berish, ularni o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi