24.06.2019 yildagi 521-son
Hujjat 25.06.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5621-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi PQ-4105-son qaroriga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga 17-ilovada keltirilgan 2019-yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan hamda tasdiqlanadigan, qurilishi va rekonstruksiya qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan obyektlar ro‘yxatiga Institut binosining texnik maydonlarini rekonstruksiya qilish va muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish ishlari (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) kiritilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5621-son Farmoniga muvofiq Institut tarkibida tashkil etilgan Xodimlarning malakasini oshirish o‘quv markazining direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va transport ta’minoti sharoitlari bo‘yicha Institut direktori o‘rinbosariga tenglashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. 1-ilovaning rus tilidagi matnining 33-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. 2-ilovaning rus tilidagi matniga quyidagi tahrirdagi 69-pozitsiya qo‘shilsin:
Keyingi tahrirga qarang.