18.06.2019 yildagi 510-son
Hujjat 19.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 ― 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni hamda “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-martdagi PQ-4239-son qarori ijrosini ta’minlash hamda tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproqning ozuqa moddalari bilan ta’minlanganlik darajasini doimiy kuzatib borish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ilmiy talabini aniqlash uchun agrokimyoviy kartogrammalarni ishlab chiqish, mineral o‘g‘itlardan tuproqning holati va ekin turiga muvofiq konturlar kesimida tabaqalashtirib foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-martdagi PQ-4239-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 2019-yildan boshlab sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari tuprog‘ini, har yili umumiy maydonning kamida 20 foizi hisobidan kelib chiqib, tahlil qilish va agrokimyoviy kartogrammalarni ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I-bosqich

Davyergeodezkadastr qo‘mitasi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi (buyurtmachi)

Tuproqning agrokimyoviy tahlilini amalga oshirish rejalarini tuzadi;

har yili yanvar oyida

tuman hokimliklarini tuproqning agrokimyoviy tahlilini o‘tkazish rejasidan xabardor qiladi;

har yili yanvar oyida

tuproqning agrokimyoviy tahlilini o‘tkazish bo‘yicha sarf-xarajatlar smetasini ishlab chiqadi, bajaruvchi bilan shartnoma tuzadi;

har yili I chorakda

(ish bajarishdan oldin)

tuproqning agrokimyoviy tahlilini o‘tkazish dasturini tasdiqlaydi;

har yili I chorakda

tuproqning agrokimyoviy tahlilini o‘tkazish muddatini hamda nazorat qilish tizimini belgilaydi;

har yili yanvar-fevral oylarida tayyor bo‘lishiga ko‘ra

tuproqning agrokimyoviy tahlili yakuniy ma’lumotlarini qabul qiladi, ko‘rib chiqadi va uning natijalarini yer kadastri hujjatlariga kiritilishini ta’minlaydi.

II-bosqich

Tuman hokimliklari

Tuproqning agrokimyoviy tahlili ishlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tegishli f�rmoyishni qabul qiladi;

Tuproqning agrokimyoviy tahlilini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan materiallarni tuproqning agrokimyoviy tahlilini o‘tkazuvchisiga taqdim etadi.

tuproqning agrokimyoviy tahlili ishlari bajarilishi to‘g‘risida xabarnoma olingandan so‘ng 3 kun muddatda

III-bosqich

Davyergeodezkadastr qo‘mitasi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar (bajaruvchi)

Tuproqning haydalma qatlamidagi gumus, harakatchan fosfor, almashuvchan kaliy miqdorini davriy ravishda olib boriladigan tuproqning agrokimyoviy tahlili natijalari asosida aniqlaydi.

davriy ravishda

Tuproqning agrokimyoviy tahlili:

sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari uchun har besh yilda;

har besh yilda

davlat nav sinash uchastkalari va tajriba xo‘jaliklari uchun har ikki yilda o‘tkaziladi.

har ikki yilda

IV-bosqich

Davyergeodezkadastr qo‘mitasi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar (bajaruvchi)

Tuproqning agrokimyoviy tahlili natijalari viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va uning tuman bo‘limlariga, viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi hamda uning tuman bo‘limlariga yuk xatlari orqali topshiriladi.

Shartnomada ko‘rsatilgan muddatda

V-bosqich

Tuman hokimligi, tuman ishchi komissiyasi

Tuproqning agrokimyoviy tahlili bo‘yicha yakuniy ma’lumotlarni ko‘rib chiqish yuzasidan har bir tumanda komissiya tuziladi. Mazkur komissiya tarkibiga tuman hokimining o‘rinbosari (rais), tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshliqlari (rais o‘rinbosari), tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi boshliqlari kiritiladi.

Tuman komissiyasi tuproqning agrokimyoviy tahlili bo‘yicha yakuniy ma’lumotlarni uni topshirilgan kunidan boshlab 10 kun muddat ichida ko‘rib �iqadi va ishlab chiqarishga tatbiq etish uchun tuman hokimining qarori bilan tasdiqlaydi.

Yakuniy ma’lumotlar topshirilgan kundan boshlab 10 kun ichida

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Mas’ullar

Qishloq xo‘jaligida tuproqning agrokimyoviy tadqiqot ishlarini takomillashtirish

1.

Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini o‘tkazish hamda kartogrammalarini tuzish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqish.

2019-yil

iyul

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Namangan viloyatlarining sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini o‘tkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish.

2019-yil

iyul ― dekabr

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
Navoiy va Namangan viloyatlari hokimliklari

3.

Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarining sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini o‘tkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish.

2020-yil

yanvar ― dekabr

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimliklari

4.

Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini o‘tkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish.

2021-yil

yanvar ― dekabr

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari

5.

Andijon, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarining sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini o‘tkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish.

2022-yil

yanvar ― dekabr

“Davyergeodezkadastr” qo‘�itasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Andijon, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari

6.

Toshkent va Samarqand viloyatlarining sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini o‘tkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish.

2023-yil

yanvar ― dekabr

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Toshkent va Samarqand viloyatlari hokimliklari

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsidlar, nitratlar va og‘ir metall tuzlarining qoldiq miqdorini aniqlash tizimini joriy etish

7.

Eksportga chiqariladigan barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (meva, sabzavot, poliz va boshqalar) tarkibidagi pestitsid va nitrat qoldiqlari bo‘yicha tahlil xulosalarini olish maqsadida laboratoriyalarni belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazish.

2019-yil

iyul-avgust

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, “O‘zagrokimyohimoya” AJ

8.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsidlar, nitratlar va og‘ir metall tuzlari qoldiqlarini aniqlash maqsadida dala sharoitida namunalar olib, laboratoriya tahlillari asosida xulosalar berish tizimini joriy etish.

2019-yil

sentyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
“O‘zagrokimyohimoya” AJ,
“O‘zstandart” agentligi

9.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilining pishib yetilishi davrida omborga kiritishdan, savdoga chiqarishdan va qayta ishlashdan oldin mahsulotlar tarkibidagi pestitsidlar, nitratlar va og‘ir metall tuzlari qoldiqlarini aniqlash uchun laboratoriya tahlillarini o‘tkazish va tegishli xulosalar berish.

doimiy

“O‘zagrokimyohimoya” AJ,
fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi klasterlari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining normativ hosildorligini belgilash

10.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini normativ hosildorligini amaldagi tartibga asosan tuproqlar o‘rtacha bonitet bali bilan qishloq xo‘jaligi ekinlari, bog‘lar va tokzorlarning tuproq bonitetining bir bonitet baliga mos normativ hosildorlikning yig‘indisi sifatida hisoblab chiqish.

har yili

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatl�r hokimliklari

Keyingi tahrirga qarang.