27.05.2019 yildagi 434-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.05.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni so‘zsiz amalga oshirish, respublika hududlaridagi ekologik muammolar yechimiga ta’lim tizimini joriy qilish bilan hissa qo‘shish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ekologik savodxonligini oshirish, ekologik ongi va ekologik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, ekologik ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimida ekologik ta’limni rivojlantirishning asosiy tamoyillarini belgilash, ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga izchillik bilan bosqichma-bosqich tatbiq qilish va shu asosda ekologik ta’limning samaradorligini yangi bosqichga ko‘tarish;
barcha turdagi ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasida nazarda tutilgan ekologiya o‘quvining majburiyligiga oid talablar yetarli darajada bajarilmayapti;
Keyingi tahrirga qarang.
Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimida ekologik ta’limni rivojlantirishning asosiy tamoyillarini belgilash, ularni izchillik bilan bosqichma-bosqich ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq qilish va shu asosida ekologik ta’limning samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishga oid qoidalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbai

Ijro uchun mas’ullar

I. Maktabgacha ta’lim tizimida

1.

Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan davlat ta’lim talablari va ta’lim dasturlarini qayta ko‘rib chiqish.

1) Maktabgacha ta’lim vazirligi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish;

2019-yil iyun

Mablag‘ talab etilmaydi

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov)

2) davlat ta’lim talablari va ta’lim dasturlariga ekologik ta’lim-tarbiya yo‘nalishida ilg‘or milliy va xorijiy tajribani o‘rganish va ular asosida bolajonlarda ekologik madaniyatni shakllantirish parametrlarini belgilash;

2019-yil oktyabr

3) davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlari mazmunini bolajonlarda ekologik madaniyatni shakllantirish parametrlaridan kelib chiqqan holda tahlil qilish va qo‘shimcha indikatorlarni belgilash.

2020-yil yanvar

2.

“Ilk qadam” tayanch dasturining atrof muhit va tabiatga doir mavzularini tahlil qilish hamda zarur o‘zgartirishlar kiritish.

1) dasturda ona tabiatni asrab-avaylash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi mavzularni ko‘paytirish;

2019-yil avgust

Mablag‘ talab etilmaydi

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov)

2) “Ilk qadam” tayanch dasturida ko‘zda tutilgan ekologik ta’limga oid mavzular va amaliy mashg‘ulotlarni to‘laqonli ravishda tashkil etish maqsadida “Ekolog bolajon” dasturini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2019-yil oktyabr

3.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida “Ekologiya burchaklari”ni tashkil etish.

1) maktabgacha ta’lim muassasalarining “Ekologiya burchaklari” namunalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

2019-yil avgust

Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov), O‘zbekiston ekologik harakati (B. Alixanov)

2) maktabgacha ta’lim muassasalarining tasdiqlangan namuna asosida “Ekologiya burchaklari”ni tashkil etish.

2019-2020-yillar davomida

4.

Muhim ekologik sanalarga bag‘ishlab bolajonlar o‘rtasida tabiat qo‘ynida turli amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish.

1) tabiatni asrab-avaylash borasida butun jahon va mamlakatimizda nishonlanadigan muhim ekologik sanalar ro‘yxatini tuzish;

2019-yil iyun

Ijrochilar mablag‘lari

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov), O‘zbekiston ekologik harakati (B. Alixanov)

2) ekologik sanalar bo‘yicha bolajonlarga beriladigan turli yosh guruhlari uchun “Ekolog bolajon” dasturi asosida tizimli mashg‘ulotlar rejasini ishlab chiqish;

2019-yil dekabr

3) har bir ekologik sanaga bag‘ishlab tabiat qo‘ynida bolajonlar uchun ekologik mashg‘ulotlar o‘tkazib borish.

2020-yil yanvar oyidan boshlab muntazam ravishda

5.

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik va hayvonlar haqidagi dastlabki tushunchalarni maktabgacha yoshdagi bolalar ongiga singdirish bo‘yicha dasturlarga tegishli mavzularni kiritish.

1) O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklar va hayvonlar haqidagi dastlabki tushunchalarni maktabgacha yoshdagi bolalar ongiga singdirish bo‘yicha dasturlarga kiritiladigan mavzular bo‘yicha o‘quv-metodik materiallarni tayyorlash;

2020-yil fevral

Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), O‘zbekiston ekologik harakati (B. Alixanov)

2) takomillashtirilgan dasturlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;

2020-yil aprel

3) yangilangan dasturlardan maktabgacha ta’lim muassasalarida foydalanishni tashkil etish.

2020-yil iyun oyidan muntazam ravishda

II. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tizimida

6.

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tizimi uchun belgilangan davlat ta’lim talablari va ta’lim dasturlarini qayta ko‘rib chiqish.

1) Xalq ta’limi vazirligi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish;

2019-yil iyun

Mablag‘ talab etilmaydi

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov)

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B.Kuchkarov)

2) davlat ta’lim talablari va ta’lim dasturlariga ekologik ta’lim-tarbiya yo‘nalishida ilg‘or milliy va xorijiy tajribani o‘rganish va ular asosida o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish parametrlarini belgilash;

2019-yil oktyabr

3) davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari mazmunini o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish parametrlaridan kelib chiqqan holda tahlil qilish va qo‘shimcha indikatorlarni belgilash.

2020-yil yanvar

7.

Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlari mazmunini ekologik bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar bilan boyitish.

1) umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi o‘quv fanlari mazmuniga tabiiy imkoniyatlar doirasida (majburlovchi vosita sifatida emas) ekologik bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni singdirish;

2020-yil iyun

Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov)

2) matematika, iqtisodiy bilim asoslari fanlari mazmunini tejamkorlikka oid aniq iqtisodiy-ekologik masalalar bilan boyitish;

2020-2021 o‘quv yilidan boshlab

3) geografiya, matematika, biologiya, iqtisodiy bilim asoslari fanlari mazmuniga ekologik baholash va ekologik prognozlashtirishga oid bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni o‘quvchilarning yoshiga mos tarzda quyi (VII, VIII, IX) sinflardan boshlab kiritish.

8.

Muhim ekologik sanalarga bag‘ishlab o‘quvchilar o‘rtasida tabiat qo‘ynida turli amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib borish.

1) tabiatni asrab-avaylash borasida butun jahon va mamlakatimizda nishonlanadigan muhim ekologik sanalar ro‘yxatini tuzish;

2019-yil iyun

Ijrochilar mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov), O‘zbekiston ekologik harakati (B. Alixanov)

2) muhim ekologik sanalar bo‘yicha pedagoglar uchun maxsus qo‘llanmalar ishlab chiqish;

2020-yil iyul

3) har bir ekologik sanaga bag‘ishlab tabiat qo‘ynida o‘quvchilar uchun ekologik mashg‘ulotlar o‘tkazish.

2020-yil sentyabr oyidan boshlab muntazam

9.

Xalqaro grant loyihalari hisobiga o‘rta ta’lim maktablarida “Ekologiya burchaklari”ni tashkil etish va mazkur burchaklarni zarur materiallar bilan ta’minlash.

1) respublikamizdagi o‘rta ta’lim maktablarida “Ekologiya burchaklari” tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

2019-yil sentyabr

Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, xalqaro grantlar

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov),

O‘zbekiston ekologik harakati (B. Alixanov)

2) “Ekologiya burchaklari” tashkil etiladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari ro‘yxatini shakllantirish;

2019-yil dekabr

3) “Ekologiya burchaklari” tashkil etish va mazkur burchaklarni zarur materiallar bilan ta’minlash.

2020-yil davomida

10.

Umumiy o‘rta ta’lim tizimida respublika miqyosida bosqichma-bosqich “Eng yaxshi ekologik toza maktab”, “Eng yaxshi ekolog o‘quvchi” ko‘rik tanlovlarini o‘tkazish.

1) ko‘rik tanlovni o‘tkazish nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash;

2019-yil dekabr

Ijrochilar mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov)

2) ko‘rik tanlovni o‘tkazishning respublikada
va joylarda ishchi komissiyalarini tuzish;

2020-yil yanvar

3) ko‘rik tanlovning maktab, tuman, shahar, viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichlarini o‘tkazish;

2020-yil mart — may oylaridan boshlab har yili

4) ko‘rik tanlovning respublika bosqichini o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash.

2020-yil may oyidan boshlab har yili

III. Kasb-hunar ta’limi tizimida

11.

Kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quv dasturlarini yangilashda maqbul va mantiqiy tarzda ekologiya va atrof muhit muhofazasiga doir mavzularni kiritish.

1) ekologiya va atrof muhit muhofazasiga doir mavzularni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi o‘quv dasturlariga kiritish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etish;

2019-yil iyun

Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari

Kasb-hunar ta’lim markazi

(M. Xolmuxammedov),

tasarrufida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar, O‘zbekiston ekologik harakati (B. Alixanov),

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov)

2) kasbiy fanlarning o‘quv dasturlari tarkibiga maqbul va mantiqiy tarzda ekologiya va atrof muhit muhofazasiga oid mavzular kiritish orqali yangi tahrirdagi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish;

2019-yil davomida

3) ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi o‘quv dasturlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;

2020-2021 o‘quv yilidan boshlab

4) kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining ekologik bilimlarini mustahkamlash uchun zarur metodik materiallarni tayyorlash va joylarga yetkazish;

2020-yil avgust

5) yangi tahrirdagi o‘quv dasturlari asosida kasbiy fanlarning o‘quv adabiyotlarini yangilash va chop etishni tashkil etish.

2020-2021 o‘quv yili

12.

Ekologik bilimlar bo‘yicha kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh ekolog” musobaqasini o‘tkazish.

1) “Yosh ekolog” musobaqasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish;

2019-yil dekabr

Ijrochilar mablag‘lari

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov),

Kasb-hunar ta’limi markazi (M. Xolmuxammedov),

tasarrufida o‘rta maxsus, kasb-hu�ar ta’limi

muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar,

O‘zbekiston ekologik harakati, (B. Alixanov),

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi

(A. Xodjayev)

2) tasdiqlangan nizom asosida kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida musobaqani yuqori saviyada tashkil etish;

2020-yil aprel oyidan boshlab muntazam

3) “Yosh ekolog” musobaqasi g‘oliblarini diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash;

4) musobaqa ommaviy axborot vositalari orqali yoritilishini ta’minlash.

13.

Ekologiya va atrof muhit muhofazasi bo‘yicha ta’lim berishni takomillashtirishga oid seminarlar, davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish.

1) kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladigan seminarlar, davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va boshqa tadbirlarning mavzulari, o‘tkazish joylari va muddatlarini o‘z ichiga olgan dasturni ishlab chiqish;

2019-yil avgust oyidan boshlab muntazam

Ijrochilar mablag‘lari

Kasb-hunar ta’limi markazi

(M. Xolmuxammedov),

tasarrufida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari

bo‘lgan vazirlik va idoralar,

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

Ekoharakat deputatlar guruhi

2) dastur asosida belgilangan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish;

3) ekologiya va atrof muhit muhofazasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ommaviy axborot vositalari orqali yoritilishini ta’minlash.

IV. Oliy ta’lim tizimida

14.

Oliy ta’limning 5630100 “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining, shuningdek, o‘rta-maxsus ta’lim tizimining o‘quv rejasi va fan dasturlarini atrof muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq mavzular bilan to‘ldirish.

1) tayanch oliy ta’lim muassasalari va tegishli korxonalar mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tuzish;

2019-yil iyun

Mablag‘ talab etilmaydi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov), tayanch oliy ta’lim muassasalari

2) atrof muhitni muhofaza qilish hamda bu boradagi zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘liq mavzular bilan boyitish;

2020-yil aprel

3) yangilangan va takomillashtirilgan malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;

2020-yil iyun

4) dasturlarni amalga joriy etish.

2020-yil iyun

15.

Oliy ta’limda ekologiya va atrof muhit muhofazasi sohasiga oid yangi yo‘nalish va mutaxassisliklar tashkil qilish yuzasidan asoslangan takliflarni tayyorlash.

1) mintaqa va mamlakatda mavjud ekologik vaziyatdan, xalqaro tashkilotlar tadqiqotlarining natijalaridan hamda chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi dolzarb vazifalardan kelib chiqib buyurtmachi tashkilot va korxonalarda zarur yo‘nalishlar va mutaxassisliklar ro‘yxatini shakllantirish;

2019-yil dekabr

Mablag‘ talab etilmaydi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Majidov),

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov),

tayanch oliy ta’lim muassasalari

2) tizimning kadrlarga bo‘l�an ehtiyoji va tahlillardan kelib chiqib ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasiga oid yangi yo‘nalish va mutaxassisliklarni “Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori”ga kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan taklif tayyorlash.

2020-yil

iyun

16.

Oliy ta’lim tizimining tegishli mutaxassisliklarida magistrlik dissertatsiyalari tayyorlanishida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishga oid masalalarni kiritish.

1) oliy ta’lim muassasalarining noekologik ta’lim sohalari bo‘yicha magistrlik dissertatsiyalarini shakllantirish;

2020-yil sentyabr oyidan boshlab muntazam ravishda

Mablag‘ talab etilmaydi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

2) dissertatsiya ishlarida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishga oid masalalarni yoritish bo‘yicha magistr talabalarga metodik tavsiyalar berish;

3) tegishli mutaxassisliklarda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishga oid masalalar dissertatsiyaning asosiy mavzu va yo‘nalishiga mantiqiy javob beradigan tarzda yoritib borilishini yo‘lga qo‘yish.

17.

Oliy ta’lim muassasalarini ekologiya va atrof muhit muhofaza sohasiga oid zarur o‘quv-metodik materiallar va boshqa foydali ma’lumotlar taqdim etishga mo‘ljallangan Internet tarmog‘idan keng foydalanishni ta’minlash.

1) tegishli mutaxassislarni jalb etish;

Ijrochilar mablag‘lari

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Majidov),

tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

2) internet tarmog‘ida mavjud ekologik muammolar va ularning yechimlariga qaratilgan ilmiy hamda ommabop maqolalar yoritib borish;

2019-yil avgust oyidan boshlab muntazam ravishda

3) internet ma’lumotlari talabalarga yetkazilishini ta’minlash;

4) ekologiya va atrof muhit muhofazasi ta’limiga oid materiallarni oliy va o‘rta ta’lim muassasalari veb-saytlariga joylashtirish hamda davriy ravishda yangilab borilishini tashkil etish.

18.

Oliy ta’lim muassasalari talabalariga ekologiya va atrof muhit muhofazasi bo‘yicha ma’lumotlar berishni kengaytirish.

1) oliy ta’lim muassasalarining veb-saytlarida ekologiya va atrof muhit muhofazasi bo‘yicha alohida sahifalar yaratish va uni zarur ma’lumotlar bilan to‘ldirish;

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Majidov),

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov),

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

(Q. Quranbayev),

Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni rivojlantirish

vazirligi (Sh. Sadikov)

2) oliy ta’lim muassasasining davriy nashrlarida alohida ruknlar ochish va maqolalar chop etilishini ta’minlash;

2019-yil avgust oyidan boshlab muntazam ravishda

3) internet-platformalar va messenjyerlarni va yoshlar o‘rtasida “xeshteg”lar tashkil qilish;

4) oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ekologiya va atrof muhit muhofazasi yo‘nalishida targ‘ibot ishlarini kuchaytirishga bag‘ishlangan ko‘rik- tanlovlar tashkil etish.

19.

Oliy ta’lim muassasalarida ekologiya va atrof muhit muhofazasi yo‘nalishida o‘tkaziladigan tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish

1) har bir oliy ta’lim muassasasida ekologiya va atrof muhit muhofazasi yo‘nalishida o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan tadbirlar dasturi tayyorlanishini tashkil etish;

2019-yil avgust oyidan boshlab muntazam ravishda

Ijrochilar mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Majidov),

tasarrufida oliy ta’limi muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar,

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov),

O‘zbekiston ekologik harakati (B. Alixanov),

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

Ekoharakat deputatlar guruhi,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Quranbayev)

2) tadbirlar dasturiga muvofiq yoshlar ishtirokida “flesh-mob”, eko-tadbirlar, seminarlar, davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va boshqalarni yuqori saviyada tashkil etish;

3) oliy ta’lim muassasalarining axborot-resurs markazlarini ekologiya va atrof muhit masalalariga oid o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash;

4) ekologiya va atrof muhit muhofazasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ommaviy-axborot vositalari orqali yoritilishini ta’minlash.

20.

Mintaqa va mamlakatda mavjud ekologik muammolar mavzulariga bag‘ishlangan seminar va davra suhbatlari tashkil etish.

1) mintaqa mamlakatlarining ekologiya va atrof muhit muhofazasi sohasidagi mutasaddi tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

2019-yil sentyabr

Mablag‘ talab etilmaydi

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

2) mintaqada mavjud ekologik muammolar bo‘yicha tashkil etiladigan seminar va “davra suhbatlari” mavzulari, dasturlarini birgalikda kelishish;

2019-yil oktyabr

3) seminar va davra suhbatlarini o‘tkazish joyi va vaqtini aniqlash;

2019-yil noyabr

4) ushbu tadbirlarda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasi xodimlari hamda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalarining ishtirokini ta’minlash.

2020-yil aprel

21.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasiga oid mavjud muammolar bo‘yicha bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bazasini shakllantirish.

1) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasiga oid bazaviy muammolar bankini shakllantirish;

2019-yil sentyabr

Mablag‘ talab etilmaydi

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

2) mavjud muammolar asosida bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari mavzularini shakllantirish va amaliy izlanishlar olib borilishini tashkil etish;

2019-yil noyabr oyidan boshlab muntazam ravishda

3) ushbu faoliyatni amalga oshirishda korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda yetarli sharoitlarni yaratish.

2020-yil sentyabr

V. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida

22.

Ekologik muammolar va ularning yechimlari bilan bog‘liq mavzular bo‘yicha ilmiy-tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish.

1) korxona va tashkilotlarning ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishga oid muammolar yechimlariga bag‘ishlangan fundamental, amaliy, innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihalarini tayyorlash;

2020-yil aprel

Ijrochilar mablag‘lari, xalqaro grantlar

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmanov),

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Majidov),

manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari

2) ilmiy-tadqiqot ishlarini Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlar va boshqa korxonalar hamda tayanch oliy ta’lim muassasalari laboratoriyalarida olib borish;

2020-yil may oyidan boshlab muntazam ravishda

3) loyiha doirasida bajarilgan ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish.

23.

Xalqaro grant loyihalari doirasida xalqaro konferensiya, seminar-trening, davra suhbatlarida soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarning ishtirok etishlarini ta’minlash.

1) tegishli xalqaro grant loyihalarda ishtirok etish choralarini ko‘rish;

2020-yil yanvar

Xalqaro grantlar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Majidov),

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov),

tayanch oliy ta’lim muassasalari

2) soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarning turli grant loyihalari va tajriba almashinuv dasturlari doirasida seminar-trening, konferensiya, mahorat darslarida ishtirokini ta’minlash.

Muntazam ravishda

VI. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim tizimida

24.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasi mutaxassislari malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha davlat talablari, o‘quv dasturlarini zamonaviy talablar asosida ishlab chiqish va malaka oshirishni hamkorlikda tashkil etish.

1) Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi malaka oshirish va qayta tayyorlash markazida ta’lim oladigan mutaxassislar uchun belgilangan o‘quv rejasi va dasturlarni qaytadan ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

2019-yil iyun

Davlat ekologiya qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari, ijrochilar mablag‘lari, xalqaro grantlar

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari

2) qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida dars mashg‘ulotlarini olib boradigan tajribali mutaxassislar va professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish;

2019-yil iyul

3) mashg‘ulotlarni zamonaviy talablar asosida ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda olib borish.

2019-yil avgust oyidan boshlab muntazam ravishda

VII. Maktabdan tashqari ta’lim tizimida

25.

Maktabdan tashqari ta’lim tizimida ekologik ta’lim-tarbiya jarayonlarini rivojlantirish.

1) maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining tegishli yo‘nalishi (ekologiya va o‘lkashunoslik) o‘quv dasturlarini tahlil qilish;

2019-yil avgust oyidan boshlab muntazam ravishda

Mablag‘ talab etilmaydi

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov)

2) o‘quv dasturlari mazmunini bolalarning qiziqishini oshiruvchi, mustaqil ekologik tadqiqotlar olib borishga yo‘naltirilgan mashg‘ulot va topshiriqlar bilan boyitish;

3) maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining tegishli yo‘nalishlariga bolalar qamrovini ko‘paytirishning ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish.

VIII. Vazirliklar va tashkilotlar hamkorligida

26.

Tarbiyalanuvchilar va o‘quvchilar uchun ona tabiatni asrab-avaylash va ularda tabiatga nisbatan mehr-muhabbat tuyg‘ularini kuchaytirish mavzusida turli teatrlashtirilgan tomoshalar tashkil etish.

1) maktabgacha ta’lim muassasalari hamda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari uchun muhim bo‘lgan ona tabiatni asrab-avaylash mavzusidagi maxsus tomoshalar ssenariylarini ishlab chiqish;

Muntazam ravishda

Madaniyat vasan’atni rivojlantirish jamg‘armasi

Madaniyat vazirligi

(B. Sayfullayev),

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov),

O‘zbekiston ekologik harakati(B. Alixanov)

2) respublikaning hududlarida joylashgan madaniyat muassasalari (teatr va boshqa tomoshagohlar) tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari hamda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ekologik tomoshalarni tashkil qilish.

27.

Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyalanuvchilar va bolajonlar uchun mo‘ljallangan ekologik adabiyotlar va ekologik ertaklarni chop etish.

1) maktabgacha ta’lim muassasalari va ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish mutaxassislaridan iborat tartibda mualliflar guruhini shakllantirish;

2019-yil iyun

Ijrochilar mablag‘lari

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov),

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin)

2) bolajonlar uchun mo‘ljallangan ekologik adabiyotlarning mavjudligini inventarizatsiya qilish;

2019-yil avgust

3) bugungi kun talablaridan kelib chiqib mazkur sohaga oid yangi bolalar adabiyotlarini ishlab chiqish.

2020-yil iyun

28.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagoglar uchun ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasiga oid maxsus qo‘llanmalar ishlab chiqish.

1) maktabgacha ta’lim muassasalari va ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish mutaxassislaridan iborat tartibda mualliflar guruhini shakllantirish;

2019-yil iyun

Ijrochilar mablag‘lari

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin)

2) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi bugungi kun talablaridan kelib chiqib mazkur sohaga oid yangi qo‘llanmalarni ishlab chiqish.

2020-yil iyun

29.

Hududiy ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari va joylardagi maktabgacha ta’lim muassasalari hamda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari pedagoglari o‘rtasida ekologik ta’lim yuzasidan seminar va davra suhbatlarini tashkil qilish.

1) pedagoglar hamda ekologiya va atrof muhit muhofazasi sohasi xodimlari bilan hamkorlik o‘rnatish;

Muntazam ravishda

Mablag‘ talab etilmaydi

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov),

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

O‘zbekiston ekologik harakati (B. Alixanov)

2) mavjud ekologik masalalar bo‘yicha tashkil etiladigan seminar va davra suhbatlari mavzulari, dasturlarini kelishish;

3) seminar va davra suhbatlarini o‘tkazish joyi va vaqtini aniqlash, mutaxassislarni taklif etish;

4) seminar mashg‘ulotlarida ekologiya va atrof muhit muhofazasi sohasi xodimlari hamda ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilari ishtirokini ta’minlash.

30.

Maktabgacha ta’lim muassasalarini O‘zbekistonning tabiati, noyob hayvonot va o‘simlik dunyosi, ularni asrab-avaylash to‘g‘risidagi plakatlar va fotorasmlar bilan ta’minlash.

1) O‘zbekis�onning go‘zal tabiati aks etgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan noyob turlarning ro‘yxatini tuzish, ularning fotorasmlarini yig‘ish va tayyorlash;

2019-2020-yillar

Ijrochilar mablag‘lari

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin)

2) tabiatni asrab-avaylash to‘g‘risidagi bolalarning ekologik ongi va madaniyatini shakllantiradigan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan plakatlar va fotorasmlarni tayyorlash;

3) maktabgacha ta’lim muassasalarini fotorasmlar va maxsus plakatlar bilan ta’minlash.

31.

Barcha ta’lim turlarida ekologiya va atrof muhit muhofazasiga oid zarur o‘quv-metodik materiallar va boshqa foydali ma’lumotlar taqdim etishga mo‘ljallangan “ekologiya.uz” saytini yaratish.

1) internet tarmog‘ida yaratiladigan yangi veb-saytning konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzish;

2019-yil iyun

Ijrochilar mablag‘lari

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Qo‘chqorov), Axborot kommunikatsiyalari
va texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

O‘zbekiston ekologik harakati (B. Alixanov)

2) veb-saytning texnik vazifasini ishlab chiqish va ushbu jarayonga tegishli mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;

2019-yil avgust

3) tayyorlangan veb-sayt loyihasini ko‘rib chiqish hamda uni ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy masalalarni hal etish;

2019-yil sentyabr

4) veb-sayt ma’lumotlari o‘quvchilar va talabalarga yetkazilishini takomillashtirish maqsadida ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli organlarning ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan rasmiy veb-saytlarida ekologiya.uz saytiga o‘tish yorliqlarini joylashtirish;

2019-yil dekabr

5) ekologiya va atrof muhit muhofazas� ta’limiga oid materiallarni saytga joylashtirish hamda ular doimiy ravishda yangilab borilishini tashkil etish.

Muntazam ravishda

32.

Ekologik ta’lim-tarbiyaga oid elektron-metodik vositalarni yaratish va onlayn rejimda foydalanish imkoniyatini kengaytirish.

1) geografiya, biologiya o‘quv fanlarining ekologik mazmuni keng yoritilishini ta’minlaydigan elektron metodik qo‘llanma va tavsiyalarni ishlab chiqish va internet tarmog‘iga joylashtirish;

2019-yil oktyabr oyidan boshlab muntazam ravishda

Davlat ekologiya qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov),

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

O‘zbekiston ekologik harakati (B. Alixanov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish

vazirligi (Sh. Sadikov)

2) maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining tegishli yo‘nalishlari uchun bolalarning mustaqil ekologik tadqiqotlar olib borishiga mo‘ljallangan virtual ish daftarlari va ularning yuritilishiga ko‘maklashuvchi elektron metodik tavsiyalarni ishlab chiqish;

2019-yil noyabr

3) ta’lim muassasalari uchun ekologik yo‘nalishdagi multimedia vositalarini yaratish;

2019-yil dekabr

4) ta’lim muassasalari uchun ekologik yo‘nalishdagi o‘quvchilarda tejamkorlik madaniyatini shakllantirishga doir videoroliklarni yaratish.

2020-yil mart

33.

Bolalar va yoshlar auditoriyasiga mo‘ljallangan ekologik mavzulardagi videoroliklar, multiplikatsion, badiiy va televizion filmlar hamda xorijiy mamlakatlarning dasturlaridan olingan televideniye materiallarini tizimli ravishda namoyish qilish.

1) bolalar va yoshlarga mo‘ljallangan mavjud materiallar va ularning sifatini tahlil qilish;

2019-yil iyun

Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari

O‘zbekiston ekologik harakati (B. Alixanov),

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev),

Yoshlar ittifoqi

(Q. Quranboyev),

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin),
Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Madaniyat vazirligi

(B. Sayfullayev)

2) ekologik mavzular bo‘yicha yoshlar, ayniqsa bolalar uchun tushunarli bo‘lgan hamda ularning ekologik bilimlarini oshirishga qaratilgan materiallarni yaratish dasturini ishlab chiqish;

2019-yil oktyabr

3) ishlab chiqilgan dastur doirasida videorolik, videoklip, multiplikatsion filmlar, badiiy va televizion filmlar, xorijiy televideniye dasturlaridan olingan va o‘zbek tiliga tarjima qilingan qiziqarli teleko‘rsatuvlar, telefilm va telelavhalar, yoshlarga mo‘ljallangan ommabop, ma’rifiy va ko‘ngilochar ko‘rsatuvlar tayyorlash;

2020-yil may oyidan boshlab muntazam ravishda

4) tayyorlangan materiallarni televideniyedan tashqari maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda umumta’lim maktablarida tizimli namoyish qilib borish.

34.

Ekologik muammolar va ularning yechimlari bilan bog‘liq mavzular bo‘yicha materiallar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.

1) ekologik muammolar va ularni hal etish bo‘yicha tayyorlanadigan materiallar mavzularini tanlash;

Muntazam ravishda

Mablag‘ talab etilmaydi

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov),

O‘zbekiston ekologik harakati (B. Alixanov),

O‘zbekiston milliy

teleradiokompaniyasi

(A. Xodjayev),

Yoshlar ittifoqi

(Q. Quranboyev)

2) har bir mavzu bo‘yicha iqtidorli yoshlarni jalb etgan holda ijodiy guruhlar tashkil etish;

3) ijodiy guruhlar tomonidan OAV uchun konsepsiyada bayon qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli mavzularda materiallar tayyorlash.

4) tayyorlangan materiallarni OAVda yoritib borish.

35.

Mintaqa va mamlakatda mavjud ekologik muammolar mavzulariga bag‘ishlangan seminar va davra suhbatlari tashkil etish.

1) mintaqada mamlakatlarining ekologiya va atrof muhit muhofazasi sohasidagi mutasaddi tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

2019-yil avgust

Mablag‘ talab etilmaydi

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

(I. Majidov),

tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

2) mintaqada mavjud ekologik muammolar bo‘yicha tashkil etiladigan seminar va davra suhbatlari mavzulari, dasturlarini birgalikda kelishish;

2019-yil oktyabr

3) seminar va davra suhbatlarini o‘tkazish joyi va vaqtini aniqlash;

2019-yil noyabr

4) ushbu tadbirlarda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasi xodimlari hamda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalarining ishtirokini ta’minlash.

2019-yil dekabr

36.

O‘zbekistonda ekologik ta’limning samaradorligini oshirish yo‘llari mavzusida respublika konferensiyasini tashkil etish.

1) respublika konferensiyasini tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhni tasdiqlash;

2019-yil oktyabr

Ijrochilar mablag‘lari

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov),

O‘zbekiston ekologik harakati (B. Alixanov),

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlar guruhi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda

2) konferensiya o‘tkazish joyi va vaqtini belgilash;

2019-yil dekabr

3) konferensiyani yuqori saviyada o‘tkazish hamda ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta’minlash;

2020-yil iyul

4) konferensiya natijalari bo‘yicha tezislar to‘plamini chop etish.

2020-yil sentyabr

Keyingi tahrirga qarang.