Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 15.05.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
15. Belgilansinki, ushbu Farmonning 2-ilovasi 3-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan o‘zgartirish 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi.

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Ipotekani qayta moliyalashtirish bo‘yicha kompaniya tuzish va uning faoliyatini tashkil qilish

1.

Aksiyadorlik jamiyati ko‘rinishidagi Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda — Kompaniya) faoliyatini tashkil qilish choralarini ko‘rish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2019-yil 1-avgustgacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Markaziy bank (Nurmuratov)

2.

Kompaniyaning ichki siyosati va hujjatlarini, shu jumladan qayta moliyalashtirish uchun tijorat banklarini tanlash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlashda yordam ko‘rsatish.

Kompaniyaning ichki hujjatlari

2019-yil 1-dekabrgacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Markaziy bank (Nurmuratov)

3.

Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish mexanizmini ko‘zda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

2019-yil 1-avgustgacha

Markaziy bank (Nurmuratov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Adliya vazirligi (Davletov)

4.

Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari ishtirokida O‘zbekistonda ipoteka bozorini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil 1-noyabrgacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Markaziy bank (Nurmuratov)

5.

Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining faoliyatini tartibga soluvchi, shu jumladan ular uchun iqtisodiy va boshqa majburiy normalarni (kapital yetarliligi, likvidlik va boshqalar bo‘yicha talablar) belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish.

Normativ-huquqiy hujjatlar

2019-yil 1-dekabrgacha

Markaziy bank (Nurmuratov), Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Adliya vazirligi (Davletov)

II. Ipoteka krediti bozorini va ushbu sohaning moliyaviy vositalarini rivojlantirish

6.

Ipoteka qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, emissiya qilish, taqdim etish va muomalasida yuzaga keluvchi munosabatlarni, shuningdek, qayd etilgan ipoteka qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarish qoidalarini tartibga soluvchi “Ipoteka qimmatli qog‘ozlari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

2020-yil 1-yanvargacha

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Markaziy bank (Nurmuratov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)

7.

Garov shartnomasi va garov xati bo‘yicha huquqlarni rasmiylashtirish, ro‘yxatga olish va boshqaga berish, shuningdek, ijobiy jahon amaliyotini hisobga olgan holda garovga qo‘yilgan mulkni undiruvga qaratish tartibini takomillashtirishni nazarda tutadigan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

2020-yil 1-yanvargacha

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Adliya vazirligi (Davletov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Xaydarov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Markaziy bank (Nurmuratov), “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi (Abdullayev)

8.

Qimmatli qog‘oz chiqaruvchining o‘z kapitali doirasida ipoteka obligatsiyalarini chiqarish cheklovlarini bekor qilishni nazarda tutgan holda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarish tartibini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar

2019-yil 1-avgustgacha

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Markaziy bank (Nurmuratov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)

9.

Etakchi xorijiy ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda ipoteka krediti sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2021-yillar davomida

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Markaziy bank (Nurmuratov)

10.

Xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini inobatga olgan holda Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri va garov reyestrini yuritish tartibini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar

2019-yil 1-sentabrgacha

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi (Abdullayev), Markaziy bank (Nurmuratov)

11.

Institutsional investor (pensiya jamg‘armalari, sug‘urta kompaniyalari va boshqalar) tomonidan qimmatli qarz qog‘ozlariga, shu jumladan ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalar tartibini boshqarishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjatlar

2020-yil 1-iyungacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov)

12.

Seriyali obligatsiyalar chiqarilishini oldindan ro‘yxatga olish tartibini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil 1-iyungacha

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov)

III. Arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish

13.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarini muvofiqlashtirish va moliya bozori vositalarini rivojlantirish boshqarmasi faoliyatini tashkil qilish, shu jumladan uni malakali kadrlar bilan to‘ldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil 1-iyulgacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov)

14.

Bank yoki boshqa qonun bilan himoyalangan ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlaydigan, konsolidatsiyalashgan qarz oluvchilar, ipoteka kreditlarining soni, turi, hajmi, garovga qo‘yilgan mulkning narxi, kreditlar qiymati, kredit qarzlari to‘lanmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ipoteka bozorining yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 1-dekabrgacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Markaziy bank (Nurmuratov), manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlari, shaxsiy va ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi narxi, soni va joylashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirilgan veb-portalni ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-yanvargacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), Markaziy bank(Nurmuratov)

16.

Xalqaro amaliyot va umumqabul qilingan standartlarga muvofiq ipoteka bozori holati bo‘yicha to‘liq ma’lumotni aks ettiruvchi yangicha hisobot shakllarini ishlab chiqish va joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil 1-avgustgacha

Davlat statistika qo‘mitasi (Begalov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)

17.

Quyidagilar bo‘yicha yangi yondashuvni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish:

uy xo‘jaliklari va uy-joy sekt�ri daromadlari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni yig‘ish va tarqatish;

uy xo‘jaliklari daromadlarini tegishli kichik toifalar kesimida, shuningdek, joriy uy-joy sharoitlari va aholi turmush darajasining boshqa jihatlaridan kelib chiqib taqsimlash;

yangi va mavjud ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi turar joy uylari narxlari bo‘yichama’lumotlarni yig‘ish va tarqatish hamda ilg‘or xalqaro amaliyotga muvofiq uy-joy narxlari indeksini ishlab chiqish.

Idoraviy hujjat

2020-yil 1-yanvargacha

Davlat statistika qo‘mitasi (Begalov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov)

18.

Yuridik shaxslarning arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarni amalga oshirishda buyurtmachi yoki bosh pudratchi sifatida qatnashishi uchun malakaviy talablarni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil 1-oktabrgacha

Qurilish vazirligi (To‘xtayev), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)

19.

Arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarining ijrosi samaradorligini xatlovdan o‘tkazish va tahlil qilish, shuningdek, ularni unifikatsiya va konsolidatsiya qilish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqish:

aholining keng qatlamlari uchun uy-joylar va kvartiralarni xarid qilish imkoniyatlarini oshirish maqsadida kredit ajratish shartlarini qayta ko‘rib chiqish;

qurilish hajmlarini optimallashtirgan holda namunaviy loyihalar asosida mavjud ipoteka krediti dasturlarini amalga oshirishni bosqichma-bosqich yakunlash;

aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2019-yil 1-avgustgacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Davlat statistika qo‘mitasi(Begalov), Qurilish vazirligi(Tuxtayev)

20.

Arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish doirasida jismoniy shaxslarga uy-joy va kvartiralarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditini berish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil 1-avgustgacha

Markaziy bank (Nurmuratov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov)

21.

Tijorat banklarining kreditlarini jalb qilgan holda qurilgan shaxsiy uy-joylar va ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarning aholiga sotilmagan qismini inventarizatsiya qilish va ulardan kelgusida samarali foydalanish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2019-yil 1-sentabrgacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Markaziy bank(Nurmuratov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

22.

“Qishloq qurilish invest” IK va “O‘zshahar qurilish invest” MChJ faoliyati samaradorligini o‘rganish va uy-joy qurilishi sohasida raqobatni yanada kuchaytirish bo‘yicha taklif kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2019-yil 1-dekabrgacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov)

a) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 3-ilovaning 1-bandidagi “Sement, shu jumladan, sement klinkeri” so‘zlari “Sement klinkeri” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi