09.04.2019 yildagi PQ-4273-son
Hujjat 10.04.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Ushbu qarorning 2-ilovasida ko‘rsatilgan vazirlik va idoralar Agentlik hamda Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda:
10. Ushbu qarorning 3-ilovasida ko‘rsatilgan mas’ul ijrochilar Agentlik va Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yil 20-mayga qadar “Ochiq ma’lumotlar global indeksi” va “Ochiq ma’lumotlar barometri” metodikasining asosiy yo‘nalishlariga muvofiq ma’lumotlar ochiqligi holatini o‘rganib chiqsin va tahlil qilsin hamda mavjud ma’lumotlarni Portalda e’lon qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7-ilovaga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasida yangilanishi lozim bo‘lgan axborot-kommunikatsiya tizimlari uskunalarini xarid qilish uchun 2020-2021-yillarda Davlat budjetidan Davlat statistika qo‘mitasiga zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda 2019-yil 1-oktabrga qadar “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”, “Axborotdan foydalanish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi hamda “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarning, shuningdek, axborotni tarqatishga taalluqli boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning me’yorlari unifikatsiyalashtirilishini nazarda tutuvchi axborotni tarqatish sohasidagi qonun loyihasini ishlab chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.

T/r

Chora-tadbirning nomi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul vazirlik
va idoralar

1.

Ochiq ma’lumotlar to‘plamining umumlashtirilgan ro‘yxatini ularni O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalida (keyingi o‘rinlarda — Portal) joylashtirish muddatlari va shakllarini belgilagan holda ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil
1-iyun

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
LBMA (D. Li),

ma’lumotlarni yetkazuvchi organlar

2.

Portal bilan idoraviy axborot tizimlarini integratsiya qilish texnik talablarini ishlab chiqish.

2019-yil
1-iyun

LBMA (D. Li)

3.

Portalni takomillashtirish, shu jumladan unda quyidagilarni nazarda tutish:

portal interfeysini ilg‘or xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda yangilash;

ma’lumotlar bilan ishlashda foydalanuvchilarga qulay sharoit yaratish maqsadida ma’lumotlarni aks ettirish va vizualizatsiya interaktiv funksiyalarini qo‘shish;

ma’lumotlarni ularning belgilariga qarab aniqlash yo‘li orqali o‘zaro aloqador to‘plamini yaratish imkoniyatini ta’minlash;

vazirlik va idoralarning idoraviy axborot tizimlari va resurslarini Portal bilan integratsiya qilish imkoniyatini yaratish;

Portalning ingliz tilidagi versiyasini ishga tushirish.

2019-yil
1-avgust

LBMA (D. Li),

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)
ma’lumotlarni yetkazuvchi organlar

4.

Portal bilan davlat organlarining idoraviy axborot tizimlari va resurslarini integratsiya qilish.

2019-yil
1-avgust

LBMA (D. Li),
ma’lumotlarni yetkazuvchi organlar

5.

Portalda zarur ma’lumotlarni tasdiqlangan Ochiq ma’lumotlar to‘plami ro‘yxati va e’lon qilish muddatiga muvofiq mashinada o‘qiladigan (json, xml, csv), .xls va boshqa formatda joylashtirish va yangilash.

Belgilangan muddatlarga muvofiq

LBMA (D. Li),
ma’lumotlarni yetkazuvchi organlar

6.

Ma’lumotlarni standartlashtirilgan shaklda yuritish yoki interaktiv (raqamli) xaritada nuqtani tanlash imkonini beradigan geolokatsiya ma’lumotlarini kiritish instrumentini ishlab chiqish.

2019-yil
1-iyul

LBMA (D. Li),
ma’lumotlarni yetkazuvchi organlar

7.

Ochiq ma’lumotlar to‘plamiga taqdim etilgan geografik obyektlarga geolokatsiya axborotlarini berish.

Ma’lumotlar yangilanib borishiga
qarab

LBMA (D. Li),
ma’lumotlarni yetkazuvchi organlar

8.

Portalning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntini mazkur translatsiyani Portalga joylashtirgan holda doimiy yangilab borish bo‘yicha ishlarni faollashtirish.

Doimiy
ravishda

LBMA (D. Li)

9.

Yuqori talabga ega bo‘lgan idoraviy forumlarni Portalda integratsiya qilishni ta’minlash.

2019-yil
1-iyul

LBMA (D. Li),
ma’lumotlarni yetkazuvchi organlar

10.

Oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va tahliliy markazlarda ilmiy xodimlardan iborat maxsus guruhlarni tashkil etish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarini tuzish rejalariga ochiq ma’lumotlarni rivojlantirishga bag‘ishlangan mavzularni kiritish.

Har yili

Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
LBMA (D. Li), manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Umumfoydalanishdagi axborotlarni o‘rganish maqsadida IT-kompaniyalar o‘rtasida tanlovlar o‘tkazish jadvallarini ishlab chiqish.

Jadval
asosida

LBMA (D. Li),
Mirzo Ulug‘bek innovatsion markazi (N. Dexkanov)

12.

Ma’lumotlarni yetkazuvchi organlar xodimlarini ochiq ma’lumotlar to‘plamini tayyorlash va ularni Portalda joylashtirish masalalari bo‘yicha qo‘shimcha o‘qitish.

Doimiy
ravishda

LBMA (D. Li)

13.

Portalni “Ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” davlat axborot tizimiga integratsiya qilish.

2019-yil
1-sentabr

LBMA (D. Li)

14.

Vazirlik va idoralarning axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali “Ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri”ning aktualligini ta’minlash.

Doimiy
ravishda

Vazirlik va idoralar

15.

API Portal servislari ishlab chiqishni oxiriga yetkazish va kengaytirish, ma’lumot olishning yangi texnologiyalarini, shu jumladan GraphQL texnologiyasini qo‘shish.

2019-yil
1-oktabr

LBMA (D. Li)

16.

Portalda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy ijro hokimiyati organlarining barcha foydalanadigan reyestrlari va veb-saytlar bo‘yicha ochiq ma’lumotlarni izlashga imkon beruvchi yagona izlash mexanizmini yaratish.

2019-yil
1-oktabr

LBMA (D. Li)

17.

Kelgusida katta hajmdagi ma’lumotlarni e’lon qilish maqsadida ma’lumotlar o‘rtasida o‘zaro aloqani ta’minlash bo‘yicha metodologiya va tizimostini ishlab chiqish.

2019-yil
1-oktabr

LBMA (D. Li)

18.

Portalda Portal konteksti bilan bog‘liq yuqori talabga ega idoraviy yangiliklarni joylashtirishni ta’minlash.

Doimiy
ravishda

LBMA (D. Li),
ma’lumotlarni yetkazuvchi organlar

19.

Ma’lumotlarni yetkazuvchi organlar tomonidan ma’lumotlarning standart sarlavhalari bilan format-mantiqiy tekshirishni, matndagi imlo va xatolarni tekshirishni ta’minlash imkonini beruvchi ochiq ma’lumotlar to‘plamini joylashtirish va yangilashni monitoring qilish modulini ishlab chiqish.

2019-yil
1-oktabr

LBMA (D. Li)

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Xalqaro ma’lumotlar bazasining nomi*

Mas’ul vazirlik va idoralar

1.

Jahon rivojlanish indikatorlari, Jahon banki.

(World Development Indicators, World Bank)

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

vazirlik va idoralar
(taalluqli qismi)

2.

BMT statistika departamentining ma’lumotlar bazasi.

(UN data)

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

vazirlik va idoralar
(taalluqli qismi)

3.

“Jahon iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari” ma’lumotlar bazasi Xalqaro valyuta jamg‘armasi.

(World economic outlook databases, IMF)

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Markaziy bank (M. Nurmuratov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
vazirlik va idoralar
(taalluqli qismi)

4.

Mehnat bozorining asosiy ko‘rsatkichlari, Xalqaro mehnat tashkiloti.

(Key indicators of the labour Market, ILO)

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev),
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
vazirlik va idoralar
(taalluqli qismi)

5.

Global sog‘liqni saqlash observatoriyasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti.

(Global Nealth Observatory data, World Nealth Organization)

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

vazirlik va idoralar
(taalluqli qismi)

6.

Suv ta’minoti va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha global axborot tizimi. Akvastat, FAO.

(Global information system of water and agriculture. Aquastat, FAO)

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

vazirlik va idoralar
(taalluqli qismi)

7.

Savdo va import to‘siqlari to‘g‘risida ma’lumotlar, Jahon banki.

(Data on trade and import barriers, World bank)

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov),

Davlat bojxona
qo‘mitasi (M. Azimov)
vazirlik va idoralar
(taalluqli qismi)

8.

Global energiya ma’lumotlar, Xalqaro energiya agentligi.

(Global energy data, International Energy Agency)

Energetika vazirligi (A. Sultonov),

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

vazirlik va idoralar
(taalluqli qismi)

9.

Asosiy transport statistikasi, Xalqaro transport forumi.

(Key Transport Statistics, International Transport Forum)

Transport vazirligi (I. Maxkamov),

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

vazirlik va idoralar
(taalluqli qismi)

10.

Ta’lim bo‘yicha milliy statistika, YUNESKO.

(National Statistics on Education, UNESCO)

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Xalq ta’lim vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin),

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

vazirlik va idoralar
(taalluqli qismi)

T/r

Toifalar

nomlanishi

Parametrlar

Tarkibiy indikatorlar

Mas’ul vazirlik

va idoralar

1.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti

Rejalashtirilgan davlat xarajatlari.

vazirlik, idoralarning budjeti;

tarmoqlar kesimidagi budjet;

iqtisodiy tasniflash kesimidagi budjet;

hududlar kesimidagi budjet.

Moliya vazirligi

(A. Haydarov)

2.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlari

Davlat budjetining ijrosi va Davlat maqsadli jamg‘armalarining ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumot.

vazirlik va idoralar kesimidagi budjet xarajatlari;

tarmoqlar kesimidagi budjet xarajatlari;

iqtisodiy tasniflash kesimidagi xarajatlar;

hududlar kesimidagi budjet xarajatlari.

Moliya vazirligi

(A. Haydarov)

3.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan

xaridlar

Davlat organlarining barcha tanlovlari va tenderlari.

bitim turi;

tovarning nomlanishi;

summasi va miqdori.

“O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ (F. Ibragimov),

Moliya vazirligi

(A. Haydarov)

4.

Saylovlarning natijalari

Oxirgi saylovlarning natijalari.

Ovoz berish natijalari va saylov jarayoni to‘g‘risida ma’lumotlar.

yirik milliy saylovlarning natijalari;

ro‘yxatga olingan ovozlar soni;

haqiqiy emas deb topilgan ovozlar soni;

buzilgan blanklar soni;

saylov uchastkalari darajasida ma’lumotlar ochiqligi.

Markaziy saylov komissiyasi
(S. Kurbankulov)

5.

Biznesni ro‘yxatga olish

Ro‘yxatga olingan kompaniyalar ro‘yxati.

kompaniya nomlanishi;

manzili;

soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR).

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

6.

Yerga egalik
qilish

Yerdan foydalanish xaritalari.

yer uchastkasining chegaralari;

yer uchastkasining kadastr raqami;

soliq stavkasi va ball bonitet;

egalik huquqi.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi

(A. Abdullayev),

DSQ (B. Musayev)

7.

Milliy

xaritalar

Mamlaka� butun hududining 1:250 000dan kichik bo‘lmagan masshtabdagi geografik (topografik) xaritasi.

asosiy avtomagistrallar, temir yo‘llar;

gidrografiya (daryolar, ko‘llar, kanallar va boshqalar);

relyef;

davlat chegarasi va ma’muriy chegaralar;

aholi punktlari.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi

(A. Abdullayev)

8.

Ma’muriy

birliklar

Ma’muriy (mahalliy) boshqaruv maqsadlari uchun belgilangan ma’muriy birliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

ma’muriy zona koordinatalari (kenglik, uzunlik);

ma’muriy zonaning nomlanishi;

zona chegaralari (ma’lu�otlar koordinatalarni izohlash imkonini beruvchi geografik prognozlardan tashkil topishi lozim).

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi

(A. Abdullayev)

9.

Davlat manzilli tizimi

Pochta indekslarining makondagi tegishli joylashuvi ko‘rsatilgan ma’lumotlar bazasi.

pochta indekslari manzillari (manzil ko‘rsatilmaganida pochta indeksi ko‘rsatilishi shart); koordinatalar (kenglik, uzunlik).

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sodiqov),

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi

(A. Abdullayev)

10.

Milliy

statistika

Yalpi ichki mahsulot (YIM) yoki ishsizlik va aholining statistikasi kabi demografik va iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha asosiy milliy statistik ma’lumotlar.

mamlakat aholisi (har yili yangilanadigan ma’lumotlar, tug‘ilish va o‘lim statistikasi, kelganlar va ketganlar);

yalpi ichki mahsulot (joriy narxlarda o‘lchanadigan, har chorakda yangilanadigan);

ishsizlik (har chorakda yangilanadigan, iqtisodiy faol aholi soniga nisbatan ishsizlarning soni va darajasi).

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Sh. Qudbiyev)

11.

Qonun

loyihalari

Ishlab chiqilayotgan yoki ishlab chiqish uchun rejalashtirilgan qonun loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek ular bo‘yicha ovoz berish natijalari.

ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihasining mazmuni;

qonun loyihasining muallifi;

qonun loyihasining holati;

qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish natijalari;

munozaralar stenogrammasi.

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Oliy Majlis palatalari (kelishuv

asosida)

12.

Milliy

qonunchilik

Barcha milliy qonunchilik hujjatlari va ularning dolzarbligi to‘g‘risida Internet tarmog‘ida joylashtirilgan ochiq ma’lumotlar.

hujjatning mazmuni / uning maqomi;

oxirgi o‘zgartirish kiritilgan sana;

hujjatga kiritilgan o‘zgarti-rishlarning mazmuni.

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

13.

Havo sifati

Havonining o‘rtacha sutkalik ifloslanishi, ayniqsa odam salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan konsentratsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ma’lumotlar mamlakatning barcha hududlari yoki monitoring zonalari uchun, jumladan kamida 3 ta yirik shaharni qamrab olgan holda ochiq bo‘lishi lozim).

qattiq zarrachalar;

oltingugurt oksidi;

azot oksidi;

uglerod okisi;

ozon.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi

(B. Nishonov),

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (B. Qo‘chqorov)

14.

Suv sifati

Ichimlik suv manbalari, shu jumladan suvning ekologik manbalari sifati to‘g‘risida (ko‘llar, daryolar, sizot suvlar) ma’lumotlar.

fekal koliformasi;

margumush;

ftorid darajalari;

nitratlar;

eritilgan qattiq moddalarning umumiy miqdori.

Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (M. Soliyev),

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (B. Islomov),

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (B. Qo‘chqorov)

15.

Transport

Jamoat transportining harakatlanish jadvali, sxemasi va yo‘l haqi.

yo‘nalishli avtobuslar;

temir yo‘l poyezdlari (metro); aviatransport.

Transport vazirligi
(I. Mahkamov)

16.

Tashqi savdo

Mamlakatning tashqi savdo faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

tovarlar (tovarlar guruhi) kesimida eksport va import ko‘rsatkichlari;

savdo balansi (shu jumladan hamkor davlatlar kesimida).

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov),
Davlat bojxona qo‘mitasi

(M. Azimov)

17.

Sog‘�iqni saqlash

Sog‘liqni saqlash tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

vaksinatsiya darajasi;

tibbiy yordamdan foydalanish darajasi;

aholi salomatligini saqlash-ning asosiy ko‘rsatkichlari;

aholining tibbiy xizmatlardan mamnunligi darajasi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

18.

Ta’lim

Maktabgacha, o‘rta (maktab) va oliy ta’lim to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalari bilan qamrab olinishi darajasi;

bolalarni umumiy ta’lim muassasalari bilan qamrab olinishi darajasi;

bolalarning maktabga qatnashi darajasi;

ta’lim muassasalarining o‘qituvchilar bilan ta’minlanganligi;

tadqiqotchilik faoliyati, shu jumladan xorijiy talabalar va o‘qituvchilar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati.

Maktabgacha ta’lim vazirligi

(A. Shin),
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

19.

Jinoyatchilik

Jinoyatchilik darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

jinoyatchilik bo‘yicha hisobotlar;

yo‘nalishlar va hududlar kesimida jinoyatchilik ko‘rsatkichlari.

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Bosh prokuratura (O. Murodov)

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Parametrlar

Chora-tadbirning nomi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul organ

I. Statistika metodologiyasini yaxshilash bo‘yicha

1.

To‘lov balansi bo‘yicha qo‘llanmalar

Mamlakatning to‘lov balansini hisob-kitob qilishda “To‘lov balansi va xalqaro investitsiya pozitsiyasi bo‘yicha qo‘llanma”ning oltinchi nashridagi metodologik standartlardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Jahon banki e’tiboriga yetkazish (TBQ6).

2019-yil
30-aprel

Markaziy bank (M. Nurmurodov)

2.

Iste’mol narxlari indeksining bazaviy yili

O‘zbekiston Respublikasi iste’mol narxlari indeksini tuzishda o‘tgan yil bazaviy yil hisoblanishi to‘g‘risidagi ma’lumotni Jahon banki e’tiboriga yetkazish.

2019-yil
30-aprel

Davlat statistika qo‘mitasi
(B. Begalov)

3.

Sanoat ishlab chiqarish indeksi

O‘zbekiston Respublikasining sanoat ishlab chiqarish indeksi har oyda hisoblanishi to‘g‘risidagi ma’lumotni Jahon bankining e’tiboriga yetkazish.

2019-yil
30-aprel

Davlat statistika qo‘mitasi
(B. Begalov)

4.

Import va eksport narxlar indekslari

1. Import va eksport narxlar indeksini hisob-kitob qilish bo‘yicha hisobotlar tuzish metodikasini o‘rganish va ishlab chiqish.

2. Import va eksport narxlari indekslarini har oyda e’lon qilishni ta’minlash.

2019-yil
20-iyun

2019-yil
1-iyul

Davlat statistika qo‘mitasi
(B. Begalov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzokov)

5.

XVJ ma’lumotlarini joriy qilishning maxsus standartlari

1. Ma’lumotlarni joriy qilishning kengaytirilgan umumiy tizimidan (MJQk-UT) XVJ ma’lumotlarini joriy qilishning maxsus standartiga o‘tish (MJQMS) bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. MJQ k-UTdan XVJ MJQMSga o‘tish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni qabul qilish.

3. XVJ ma’lumotlarini tarqatish standartlarini qo‘llash.

2019-yil
30-aprel



2019-2020-yillar davomida

2020-yilda

Davlat statistika qo‘mitasi
(B. Begalov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Markaziy bank (M. Nurmurodov),

“Toshkent” RFB (B. Usmonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Dastlabki ma’lumotlar sifatini yaxshilash bo‘yicha

6.

Aholini ro‘yxatga olish

“Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasida aholini ro‘yxatga olishni 10 yilda kamida bir marotaba o‘tkazish tartibini mustahkamlash.

2019-yil
1-iyul

Davlat statistika qo‘mitasi
(B. Begalov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xodjayev),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

IIV (P. Bobojonov),

Adliya vazirligi
(R. Davletov)

7.

Qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish

1. Qishloq xo‘jaligini ro‘yxat olishni 2022-yildan kechiktirmasdan o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni 10 yilda kamida bir marotaba o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qilish.

2019-yil
1-iyul


Ro‘yxatga olish o‘tkazilganidan so‘ng

Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(J. Xodjayev),

Davlat statistika qo‘mitasi
(B. Begalov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xodjayev),

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrokompleksni nazorat qilish inspeksiyasi

(U. Xalilov)

8.

Salomatlikni tekshiruvdan o‘tkazish

1. 2019-yilda aholi salomatligini tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qilish.

2. Aholi salomatligini 3 yilda kamida bir marotaba tekshiruvdan o‘tkazish.

2019-yil

1-dekabr

2019-yildan

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shodmonov)

9.

Qashshoqlikni tekshiruvdan o‘tkazish

1. Iste’mol savatchasi va tirikchilik uchun eng kam miqdorning aniq qiymati va tarkibini aniqlash.

2. Aholining qashshoqlik darajasi ko‘rsatkichlarini hisoblash metodologiyasini o‘rganish.

3. Aholining qashshoqlik darajasi ko‘rsatkichlarini aniqlash.

2019-yil
1-dekabr

2019-yil
1-dekabr

2020-yil�an boshlab

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xodjayev),

Davlat statistika qo‘mitasi
(B. Begalov)

III. Ma’lumotlar bazasining davriyligi va dolzarbligi

10.

Daromadlar bo‘yicha qashshoqlik darajasi

1. Xalqaro taqqoslash dasturining (XTD) navbatdagi global raundida ishtirok etishi bo‘yicha choralar ko‘rish.

2. Xalqaro taqqoslash dasturining global raundi yakunlari natijalariga ko‘ra daromadlar bo‘yicha qashshoqlik darajasini aniqlash.

2019-yil
1-dekabr

XTD natijalarining yakunlariga ko‘ra

Davlat statistika qo‘mitasi
(B. Begalov)

11.

Bolalarning to‘yib ovqat yemasligi
(5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda vazn yetishmovchiligining tarqalganligi)

1. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalarini o‘rganib chiqish va ularga rioya qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish.

2. Bolalarning to‘yib ovqat yemasligi bo‘yicha ma’lumotlarni ishlab chiqish va e’lon qilish, keyinchalik ularni kamida 3 yilda bir marotaba yangilab borish.

2019-yil
1-iyul


2020-yildan boshlab

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shodmonov)

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Parametrlar

minimal/

maksimal

ball

2018-yil uchun

joriy ball

Yakunlar bo‘yicha

Mas’ul vazirlik, idora

2019-yil

2020-yil

2024-yil*

Umumiy baholash

(0 — 100)

51,1

61,1

83,3

100

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

I.

Statistika salohiyati

metodologiyasini baholash

(0 — 100)

50

80

100

100

-

1.

Milliy hisoblarning bazaviy yili

(0 — 10)

10

10

10

10

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

2.

To‘lov balansi bo‘yicha

foydalaniladigan qo‘llanma

(0 — 10)

0

10

10

10

Markaziy bank (M. Nurmurodov)

3.

Tashqi qarzlar bo‘yicha hisobot maqomi

(0 — 10)

10

10

10

10

Davlatning tashqi qarzi bo‘yicha �oliya vazirligi (A. Xaydarov),

Xususiy tashqi qarz bo‘yicha Markaziy bank (M. Nurmurodov)

4.

Iste’mol narxlar indeksining bazaviy yili

(0 — 10)

0

10

10

10

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

5.

Sanoat ishlab chiqarish indeksi

(0 — 10)

0

10

10

10

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

6.

Import va eksport narxlari indeksi

(0 — 10)

0

0

10

10

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

7.

Davlat moliyasini hisobga olish tizimi

(0 — 10)

10

10

10

10

Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

8.

YUNESKOda ro‘yxatdan

o‘tkazish to‘g‘risida hisobot

(0 — 10)

10

10

10

10

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

9.

Vaksinatsiya to‘g‘risida hisobot

(0 — 10)

10

10

10

10

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

10.

XV� ma’lumotlarini joriy

qilishning maxsus standartlari

(0 — 10)

0

0

10

10

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

II.

Statistika salohiyatining

dastlabki ma’lumotlarini baholash

(0 — 100)

20

20

60

100

-

1.

Aholini ro‘yxatga olish*

(0 — 20)

0

0

0

20

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

2.

Qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish*

(0 — 20)

0

0

0

20

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev)

3.

Salomatlikni tekshiruvdan o‘tkazish

(0 — 20)

0

0

20

20

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

4.

Qashshoqlikni tekshiruvdan o‘tkazish

(0 — 20)

0

0

20

20

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev)

Davlat sta�istika qo‘mitasi (B. Begalov)

5.

Aholining tabiiy.

harakatini hisoblash tizimi

(0 — 20)

20

20

20

20

Adliya vazirligi (R. Davletov)

III.

Statistika salohiyatining

davriyligi va o‘z vaqtidaligi

(0 — 100)

83,3

83,3

90

100

-

1.

Daromadlar bo‘yicha qashshoqlik darajasi

10

0

0

0

10

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

2.

Bolalarning to‘yib ovqat yemasligi

10

3,3

3,3

10

10

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

3.

Bolalar o‘limi

10

10

10

10

10

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

4.

Bolalar vaksinatsiyasi

10

10

10

10

10

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shodmonov)

5.

OIV/OITS

10

10

10

10

10

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shodmonov)

6.

Onalar salomatligi

10

10

10

10

10

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shodmonov)

7.

Ta’limda gender tenglik

10

10

10

10

10

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov)

8.

Umumiy ta’limning yakuni� ko‘rsatkichlari

10

10

10

10

10

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov)

9.

Ichimlik suvidan foydalanish imkoniyati

10

10

10

10

10

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shodmonov)

10.

YIMning o‘sish ko‘rsatkichlari

(shu jumladan aholi jon boshiga)

10

10

10

10

10

Davlat statistika qo‘mitasi
(B. Begalov)

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlarning nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Budjet hujjatlarining jamoatchilik uchun ochiqligini ta’minlash

1.

Vazirliklar va davlat maqsadli jamg‘armalari bo‘yicha budjet ochiqligini kengaytirish.

1. Oliy Majlisga taqdim qilish uchun davlat budjeti va davlat maqsa�li jamg‘armalari ijrosi bo‘yicha hisobot shakllarini ishlab chiqish.

2. Aholi va xorijiy foydalanuvchilar tomonidan foydalaniladigan Ochiq ma’lumotlar portali va boshqa ommaviy axborot vositalarida joylashtirish uchun Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining hisobot shakllarini ishlab chiqish.

2019-yil
1-iyul

Moliya vazirligi
(A. Haydarov)

2.

Budjet hujjatlarining “ochiq budjet” va “ochiq ma’lumotlar” portallarida e’lon qilinishini ta’minlash.

Budjet hujjatlari loyihalarini Budjet ochiqligi sharhi qoidalariga muvofiq belgilangan muddatlarda joylashtirish.

2019-yil
1-sentabrdan boshlab

Moliya vazirligi
(A. Haydarov)

II. Budjet hujjatlarining mazmunini kengaytirish

3. .

Xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida Budjet tasnifini yanada kengaytirish, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

daromadlar va xarajatlarni ma’muriy birliklar bo‘yicha guruhlashtirish (bo‘ysunuvdagi budjet mablag‘laridan foydalanuvchi subyektlar);

daromadlar va xarajatlar bo‘yicha amaldagi budjet tasnifining xalqaro standartlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan tahlili;

soliq bo‘lmagan manbalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish.

2019-yil
1-noyabr

Moliya vazirligi
(A. Haydarov), vazirlik va idoralar

4.

Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining tushum turlari va ma’muriy birliklar bo‘yicha o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan prognozlarini oshkor etish va e’lon qilish.

1. Xarajatlarning vazirlik va idoralar bo‘yicha o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan prognozlarini ishlab chiqish metodologiyasini tasdiqlash.

2. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan prognozlarini ishlab chiqish va “Ochiq budjet” axborot portalida joylashtirish.

2019-yil
1-avgust



2019-yil
1-noyabr

Moliya vazirligi
(A. Haydarov),


Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xodjayev)

5.

Davlat qarzi (jalb qilingan mablag‘lar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xalqaro standartlarga muvofiq ravishda oshkor etish va e’lon qilish.

1. Davlat qarzini baholash va boshqarish tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish uchun xalqaro moliyaviy institutlar ekspertlarini jalb etgan holda ishchi gyruhi tuzish.

2. Davlat qarzi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xalqaro standartlarga muvofiq ravishda aks ettirish uchun budjet hisobotini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yildan boshlab

Moliya vazirligi
(A. Haydarov),
Markaziy bank (M. Nurmurodov),

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
vazirlik va idoralar

6.

XMI tavsiyalariga muvofiq, o‘rta istiqbolda budjetni rejalashtirish va qoidalar asosida budjet asoslarini rivojlantirish uchun yo‘riqnoma sifatida budjet maqsadli ko‘rsatkichlarining ijrosi yoki ulardan og‘ishlar yuzasidan asoslantirishlarni baholashni o‘z ichiga olgan soliq-budjet sohasida davlat maqsadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni budjetnomaga kiritish.

1. Budjetnoma mazmunini kengaytirish.

2. Budjet qoidalarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash maqsadida xalqaro moliyaviy institutlar ekspertlarini jalb etgan holda ishchi guruhi tuzish.

2020-yildan boshlab

Moliya vazirligi
(A. Haydarov), vazirlik va idoralar

7.

Budjet tashkilotlarining barcha budjetdan tashqari mablag‘lari va budjetdan tashqari jamg‘armalarni xalqaro moliyaviy institutlarning moliyaviy mablag‘lari hisobidan xarajatlarini konsolidatsiyalash yo‘li bilan Davlat budjeti qamrovining to‘liq bo‘lishini ta’minlash.

Qonun hujjatlariga davlat sektoridagi barcha moliyaviy oqimlarni konsolidatsiyalashgan budjetda to‘la qamrab olishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish.

2019-yil
1-noyabr

Moliya vazirligi
(A. Haydarov), vazirlik va idoralar

8.

Budjetlararo transfertlar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni oshkor etish va e’lon qilish.

Barcha budjetlararo transfertlarga taalluqli ma’lumotlarni, jumladan ularning batafsil tavsifini baholash va oshkor etish.

2019-yil
1-noyabr

Moliya vazirligi
(A. Haydarov)

9.

Budjet siyosatining turli aholi guruhlariga moliyaviy ta’sirini ochib berish maqsadida Davlat budjeti xarajatlari to‘g‘risidagi (jins, yosh, daromad darajasi yoki hudud kesimida) ma’lumotlarni oshkor etish.

Davlat budjeti xarajatlari to‘g‘risidagi benefitsiarlarning turlari kesimida tahlil va e’lon qilish.

2020-yildan boshlab

Moliya vazirligi
(A. Haydarov)

10.

Davlat sektorining moliyaviy aktivlari, majburiyatlari va nomoliyaviy aktivlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etish va e’lon qilish.

1. Vazirliklar, idoralar, budjet tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va budjetdan tashqari jamg‘armalarning pul depozitlari, taqdim qilingan qarzlar va qarz majburiyatlari to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash va e’lon qilish.

2. Vazirliklar, idoralar, budjet tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va budjetdan tashqari jamg‘armalarning moliyaviy aktivlari va majburiyatlari (jumladan debitorlik va kreditorlik qarzdorlik) to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash va e’lon qilish.

2020-yildan boshlab
har yili





2020-yildan boshlab
har yili

Moliya vazirligi
(A. Haydarov),
vazirlik va idoralar

11.

Davlat sektorining aktivlari va passivlari balansini shakllantirish.

1. Davlat sektori aktivlari va passivlari balans hisobotini XVJ standartlariga muvofiq tuzish tartibini ishlab chiqish.

2. Davlat sektori aktivlari va passivlari balans hisobotini XVJ standartlariga muvofiq tuzish.

2020-yildan boshlab


2020-yildan boshlab
har yili

Moliya vazirligi
(A. Haydarov),
vazirlik va idoralar

12.

Davlatning shartli qarzdorligi (kreditlar bo‘yicha davlat kafolatlari va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etish va e’lon qilish.

Davlatning shartli qarzdorligi to‘g‘risida hisobot tayyorlash va e’lon qilish.

2020-yildan boshlab
har yili

Moliya vazirligi
(A. Haydarov), vazirlik va idoralar

13.

Davlatning soliq xarajatlari to‘g‘risida (soliq imtiyozlari to‘g‘risida)gi ma’lumotlarni oshkor etish va e’lon qilish.

Taqdim etilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalar to‘g‘risida hisobot tayyorlash va e’lon qilish.

2020-yildan boshlab
har yili

Moliya vazirligi
(A. Haydarov),
DSQ (B. Musayev)

14.

Konsolidatsiyalashgan budjet va budjet hisobotini DMS shaklida tayyorlash va taqdim qilish.

Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2020-yildan boshlab

Moliya vazirligi
(A. Haydarov)

III. “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashrini yanada takomillashtirish

15.

“Fuqarolar uchun budjet” nashrining tarqatish kanallarini kengaytirish.

“Fuqarolar uchun budjet” nashrini kanallar va ommaviy axborot vositalarining turli shakllaridan foydalangan holda tarqatish.

2019-yil davomida

Moliya vazirligi
(A. Haydarov)

16.

Aholining budjet ma’lumotlariga ehtiyojini aniqlash uchun jamoatchilik bilan maslahatlashuvlar mexanizmlarini ta’minlash maqsadida ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar imkoniyatlaridan foydalanish.

Ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar yordamida aholi bilan qayta muloqot kanallarini o‘rnatish.

2019-yil
1-noyabr

Moliya vazirligi
(A. Haydarov)

17.

“Fuqarolar uchun budjet”ni budjet jarayonining har bir bosqichi uchun nashr qilish.

“Fuqarolar uchun budjet” nashrining davriyligini qayta ko‘rib chiqish.

Doimiy

Moliya vazirligi
(A. Haydarov)

IV. Jamoatchilikning budjet jarayonidagi ishtirokini kengaytirish va O‘zbekiston Respublikasining
Budjet ochiqligi indeksida ishtirokini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar

18.

Davlat budjetining prognoz parametrlari bilan mustaqil institutlar prognozlarini qiyosiy tahlil qilish.

Rasmiy makroiqtisodiy va fiskal prognozlar bilan taqqoslash maqsadida mustaqil institutlar tomonidan muqobil ravishda Davlat budjetining kelgusi yildagi daromadlari prognoz parametrlarini tayyorlash amaliyotini joriy qilish.

2019-yil
1-noyabr

Moliya vazirligi
(A. Haydarov),
Budjet-soliq tadqiqotlari instituti

19.

Jamoatchilikni budjet jarayonida faol ishtirok etishga jalb qilish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash.

Budjet jarayonida jamoatchilik ishtirokining ochiq mexanizmlarini keng qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritish.

2019-yil
1-noyabr

Moliya vazirligi
(A. Haydarov)

20.

Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qilish va O‘zbekistonning Budjet ochiqligi indeksida qatnashishini ta’minlash uchun tadbirlarni tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasining Budjet ochiqligi indeksida yuqori reytingga erishishi bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy institutlarning ekspertlari va texnik ko‘magini jalb qilish. Budjetning ochiqlik darajasini tekshiruvdan o‘tkazish uchun mas’ul vazirliklar, idoralar hamda mustaqil institutlar vakillaridan iborat Ishchi guruhini tuzish.

2019-yil
1-noyabr

Moliya vazirligi
(A. Haydarov), vazirlik va idoralar

T/r

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar

TIF TN kodi*

Miqdor

Narxi**

(ming. AQSh dollarida)

Davlat budjeti mablag‘lari

Umumiy xarajatlar

2 218,2

1.

Narxlar, uy xo‘jaliklari, individual tadbirkorlik va turizm tekshiruvlarini o‘tkazish uchun maxsus qurilmalar (planshetlar) xarajati, shundan:

178,5

planshetlar (290 AQSh dollaridan)

847130

450

130,5

server (loyihaning texnik topshirig‘iga muvofiq konfiguratsiya)

847150

1

24

dasturiy ta’minot (planshet uchun mobil ilova (6 ming AQSh dollari) va veb-platforma (18 ming AQSh dollari)

24

2.

Davlat statistika qo‘mitasi tizimida foydalaniladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini to‘liq yangilash xarajatlari, shundan:

1 368,6

kompyuterlar

847141, 847149

1754

1 200

printerlar

844331

346

120

IP telefon tarmog‘ini takomillashtirish (270 ta telefonlar uchun)

48,6

3.

Xavfsizlikni ta’minlash va korporativ aloqaning uzluksizligi hamda ularning ishga tushirilishi uchun maxsus dasturiy-texnik qurilmalarni (IDS/IPS i DLP) sotib olish uchun xarajatlar, shundan:

301,1

korporativ aloqaning xavfsizligini ta’minlash uchun DLP litsenziya

(2744 ta kompyuterga, har bir kompyuterga — 66 AQSh dollaridan)

181,1

korporativ aloqaning sifati va uzluksizligini oshirish uchun VPN aloqa kanallarini kengaytirish
(200 ta shahar va tumanlarda optik tolali kabeli bo‘lgan VPN kanalini ishga tushirish)

120

4.

Masofadan turib o‘qitishni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, shundan:

80

200

monitorlar

852852,

64

168,8

kameralar, kolonkalar va mikrofonlar (komplektlar)

852580,

851822,

851810

16

30,7

dasturiy mahsulot

0,5

5.

Statistik ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlariga Oracle, MS SQL Server ma’lumotlar bazasini boshqarishning zamonaviy tizimlarini joriy etish xarajatlari, shundan:

120

MS SQL server dasturi litsenziyasi (4 ta litsenziya)

60

dastur inspektorlari uchun dasturiy mahsulot

60

6.

Statistik ma’lumotlar yagona elektron bazasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish xarajatlari, shundan:

50

veb-platforma ishlab chiqish xarajatlari

50