08.04.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 611-5
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.08.2019
Hujjat 26.08.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 28-martda 35-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasida kassa operatsiyalarini yuritish tartibiga (ro‘yxat raqami 611, 1999-yil 22-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-yil, 1-son) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
1. 4-bandning uchinchi xatboshisidan “, kassir muhri (burchakli muhri) bilan tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. 11-bandning beshinchi xatboshisidagi “muhr” degan so‘z “shtamp” degan so‘z bilan almashtirilsin.
3. 1-ilovadan “M.O‘.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.