Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. HTK va tibbiy komissiyalarning tuzilish tartibi, ularning huquqlari va majburiyatlari

3-bob. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi

4-bob. Fuqarolarning sog‘ligi holatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar

5-bob. Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining sog‘ligi tufayli og‘ir iqlim sharoitli hududlarda xizmatni o‘tash (yashash) imkoniyatini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi

6-bob. O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi

7-bob. Qutqaruvchilik ishiga qabul qilinayotgan (ishlayotgan) fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi

8-bob. Tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyalarining xulosalarini rasmiylashtirish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash

9-bob. Yakuniy qoida

1-ILOVA
Majburiy tahliliy va tibbiy uskunalar yordamida o‘tkaziladigan tekshiruvlar RO‘YXATI

1-bob. Chaqiruv uchastkalarida qayd etilayotgan, muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirilayotgan, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilinayotgan, harbiy kafedralarga kirayotgan, MIB huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassislik bo‘yicha tayyorlash markazlariga yuborilayotgan fuqarolar uchun

2-bob. Harbiy xizmatchilar, HTMga kirayotgan, safarbarlik chaqiruv rezervida xizmat qilayotgan fuqarolar uchun

3-bob. Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan, kutqaruvchilik ishiga qabul qilinayotgan (ishlayotgan) fuqarolarga

4-bob. O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan fuqarolar uchun

5-bob. Harbiy yig‘inlarga chaqirilayotgan (o‘tayotgan) fuqarolar, harbiy xizmatga majburlar uchun

2-ILOVA
Tibbiy komissiyalar va HTK shifokor-mutaxassislarning xonalari jihozlanishi lozim bo‘lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining RO‘YXATI

1-bob. Shifokorlarning tibbiy buyumlari, apparatlari va anjomlari.

2-bob. Ishlatiladigan tibbiy anjomlar.

3-bob. Shoshilinch yordam uchun dori vositalari

4-bob. Xo‘jalik mulklari

3-ILOVA
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha KO‘RSATMALAR

1-bob. Antropometriya tekshiruvlari

2-bob. Ruhiy holatning tekshiruvi

3-bob. Asab tizimini tekshiruvi

4-bob. Ichki a’zolarni tekshirish

5-bob. Jarrohlik tekshiruvlari

6-bob. LOR a’zolarining tekshiruvlari

7-bob. Og‘iz bo‘shlig‘i va jag‘larning tekshiruvi

8-bob. Ko‘rish a’zosining tekshiruvi

9-bob. Teri-tanosil a’zolarining tekshiruvlari

10-bob. Ginekologik tekshiruvlar

4-ILOVA
Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvali, hamda alohida moddalarga beriladigan sharhlar

1-bob. Yuqumli va parazitar kasalliklar

2-bob. O‘smalar

3-bob. Qon, qon yaratuvchi a’zolarning kasalliklari va immunitet mexanizmini jalb qiluvchi alohida buzilishlar

4-bob. Endokrin tizimining kasalliklari, oziqlanish va moddalar almashinuvining buzilishlari.

5-bob. Ruhiy va xulq-atvorning buzilishlari

6-bob. Asab tizimining kasalliklari

7-bob. Ko‘rish a’zosi va yordamchi a’zolarining kasalliklari

8-bob. Quloq va so‘rg‘ichsimon o‘siqning kasalliklari

9-bob. Qon aylanish tizimining kasalliklari

10-bob. Nafas a’zolarining kasalliklari

11-bob. Ovqat hazm qilish a’zolarining kasalliklari

12-bob. Teri va teri osti qavatining kasalliklari

13-bob. Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qimalarning kasalliklari

14-bob. Siydik chiqarish va jinsiy a’zolarining kasalliklari

15-bob. Homiladorlik, tug‘ish va tug‘ishdan keyingi davr

16-bob. Jarohatlar, zaharlanishlar va boshqa tashqi omillar ta’siri oqibatlari

1-ILOVA
Bo‘g‘imlarda harakatlar hajmini baholash jadvali (graduslarda)

2-ILOVA
Nafas (o‘pka) yetishmovchiligi darajalari ko‘rsatkichlari

5-ILOVA
Fuqarolar sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishining holatiga nisbatan qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar RO‘YXATI

6-ILOVA
Me’yorda va ovqatlanish buzilishida bo‘y va tana vazni nisbatining JADVALI

7-ILOVA
Harbiy mehnatning sog‘liqqa xavfli va o‘ta og‘ir sharoiti bilan bog‘liq lavozimlar va harbiy hisob mutaxassisliklari RO‘YXATI

9-ILOVA
Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini og‘ir iqlim sharoitli hududlarda harbiy xizmatni o‘tashiga (yashashiga) qarshi tibbiy ko‘rsatmalar RO‘YXATI

10-ILOVA
Tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yig‘ilishlar bayonnomalari KITOBI

21-ILOVA
Mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi tibbiy komissiyalarning XISOBOTI

Hujjat 04.04.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni (keyingi o‘rinlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish deb yuritiladi) tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
5. Tibbiy komissiyalar va HTK o‘z faoliyatini tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyruqlari, direktivalari va mazkur Nizom qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Fuqarolarga tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdan avval, mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan majburiy tahliliy va tibbiy uskunalar yordamida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatiga muvofiq majburiy diagnostik tadqiqotlar, zaruriyat tug‘ilganda tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra boshqa tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Shifokor-mutaxassislarning xonalari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan tibbiy komissiyalar va HTK shifokor-mutaxassislarning xonalarini jihozlash uchun bo‘lgan dori vositalari va tibbiy uskunalar ro‘yxatiga muvofiq lozim bo‘lgan dori vositalari hamda tibbiy uskunalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
33. Tibbiy komissiya yoki HTK tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar asosida fuqaroni ko‘rikdan o‘tayotgan davrdagi sog‘ligi va jismoniy rivojlanish holatini o‘rganib, unga baho beradi. Ayollar shifokor-ginekolog tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi shart.
36. Avval tibbiy komissiyalar yoki HTK tomonidan mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan kasalliklar, jismoniy nuqsonlar jadvali va ayrim moddalarga beriladigan sharhlar (keyingi o‘rinlarda kasalliklar jadvali deb yuritiladi) 8-, 9-, 14-, 15-, 16-, 17-, 18-, 20-, 21-, 68-, 69-, 82-moddalari (moddalarning bandlari) bo‘yicha F yoki E yaroqlilik toifalari tayinlangan shaxslar takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmaydi.
39. Kasalliklar jadvali bilan fuqarolar sog‘ligining holatiga nisbatan qo‘yiladigan asosiy talablar belgilanadi. Mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan fuqarolar sog‘ligi va jismoniy rivojlanishining holatiga nisbatan qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda qo‘shimcha talablar ro‘yxati deb yuritiladi) hamda mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan me’yorda va oziqlanish buzilishlaridagi fuqarolarning bo‘yi va tana vazni nisbatining jadvaliga (keyingi o‘rinlarda bo‘y va tana vazni nisbatining jadvali deb yuritiladi) muvofiq, kasalliklar jadvalida qayd etilmagan fuqarolar sog‘ligining holatiga nisbatan qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar belgilanadi.
41. Organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, kasbiy kasalliklar paydo bo‘lishining yuqori darajali xavfi mavjud bo‘lgan lavozimlar, mutaxassisliklar va ishlarga jalb etiladigan hamda mazkur Nizomning 7-ilovasida keltirilgan harbiy mehnatning sog‘lik uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoit bilan bog‘liq bo‘lgan lavozimlar hamda harbiy — hisob mutaxassisliklar ro‘yxatiga kirgan fuqarolar kasalliklar jadvalining V-ustuni bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
44. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hududlarda xizmat qilishga o‘tkazilayotgan yoki xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar yoki ularning oila a’zolarida ushbu hududlarda xizmatni o‘tashga (yashashga) to‘sqinlik qiladigan kasalliklar, shikastlanish (yaradorlik, jarohat) oqibatlari mavjudligi to‘g‘risida o‘rnatilgan tartibda murojaat qilganlarida, mazkur Nizomning 46-bandiga muvofiq, harbiy-tibbiy komissiyasiga salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga, ular ayrim cheklanishlar bilan harbiy xizmatga yaroqli yoki cheklangan ravishda yaroqli deb topilgan holatlarda esa, ularni mazkur hududlarda xizmatni o‘tash imkoniyatlarini aniqlash uchun yuborilishlari mumkin. Ularning oila a’zolari ham mazkur hududda yashash imkoniyatini aniqlash uchun xuddi shunday tartibda yuborilishlari mumkin.
mazkur Nizomning 43-bandida qayd etilgan hududlarga xizmatni o‘tash uchun yuborilayotgan ofitsyerlar tarkibidagi shaxslar va ularning oila a’zolarini harbiy okruglar qo‘shinlarning qo‘mondonlari, ularga teng va yuqori qo‘mondonlik qarori bilan;
mazkur Nizomning 43-bandida qayd etilgan hududlarda xizmatni o‘tayotgan ofitsyerlar tarkibidagi shaxslar hamda O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga og‘ir iqlimli davlatlarga xizmat safariga yuborilayotganlar va ularning oila a’zolarini Mudofaa vazirligi bosh boshqarmalarining boshliqlari, ularga teng va yuqori qo‘mondonlik qarori bilan;
Shuning uchun HTK mazkur Nizomning 43-bandida ko‘rsatilgan hududlarda xizmatni o‘tashga (yashashga) qarshi ko‘rsatmalar bor degan xulosasini faqatgina harbiy okrug miqyosida kerakli tibbiy yordam ko‘rsatishning imkoniyati umuman yo‘q bo‘lganda va harbiy xizmatchini ushbu hududlarga yoki ushbu hududlardan boshqa joyga o‘tkazish uning sog‘ligini saqlab qolishning birdan-bir chorasi bo‘lgan hollarda chiqarish lozim.
50. HTK xulosasi mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yig‘ilishlar bayonnomalari kitobiga kiritiladi.
Salomatligiga ko‘ra harbiy qism komandiri yoki kadrlar bo‘linmasi tomonidan berilgan yo‘llanmada ko‘rsatilgan hududda xizmatni o‘tashga (yashashga) qarshi tibbiy ko‘rsatmalar topilganda HTK mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnoma uch nusxada 93-bandda belgilangan tartibda tuziladi. Harbiy xizmatchiga chiqarilgan xulosada avval harbiy xizmatga yaroqlilik toifasi kasalliklar jadvalining moddasi va ustuniga muvofiq ko‘rsatiladi, keyin esa mazkur hududda xizmatga qarshi tibbiy ko‘rsatmalarning borligi, xizmat joyini o‘zgartirishga muhtojligi hamda harbiy xizmatchini qaysi yaqinroq hududga (iqlim hududiga) o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi va shoshilinchligi qayd etiladi.
Harbiy xizmatchining oila a’zolariga mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnomaning harbiy xizmat va kasallikning sababiy bog‘liqligiga oid bandlari to‘ldirilmaydi. “Harbiy unvoni” bandida tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning oila boshlig‘iga kim bo‘lishi (eri, xotini, o‘g‘li, qizi va h.k.) va harbiy xizmatchining harbiy unvoni, familiyasi, ismi va sharifi ko‘rsatiladi.
Xizmatga (yashashga) qarshi tibbiy ko‘rsatmalar borligi haqidagi xulosa quyidagi tahrirda chiqariladi: “Mazkur Nizomning 9-ilovasida keltirilgan “Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini og‘ir iqlim sharoitli hududlarda harbiy xizmatni o‘tashiga (yashashiga) qarshi tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatining ____-moddasi ___-bandiga asosan ko‘rsatilgan hududda (qaysi hududligi ko‘rsatilsin) harbiy xizmatni o‘tashga (oila a’zolariga — yashashga) qarshi tibbiy ko‘rsatmalar mavjud”.
MHTK tasdiqlagan mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnomaning birinchi nusxasini taqdim qilgan HTKga qaytaradi, ikkinchi nusxasi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni taklif qilgan harbiy qism komandiri yoki kadrlar bo‘linmasiga yuboriladi, uchinchi nusxasi MHTKda qoldiriladi.
Mazkur Nizomning 94-bandida nazarda tutilgan holatlarda, tasdiqlanmagan kasallik to‘g‘risidagi guvohnomaning birinchi va ikkinchi nusxalari uni rasmiylashtirgan HTKga tasdiqlanmaslik sabablarini ko‘rsatgan holda qaytariladi, uchinchi nusxasi esa MHTK yig‘ma jildlariga tikib qo‘yiladi.
Mazkur Nizomning 11-ilovasida keltirilgan ma’lumotnoma tarzida rasmiylashtirilgan HTK xulosalari MHTKda tasdiqlanmaydi.
60. O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga tahsil olishga (malaka oshirishga) tanlab olingan shaxslarga tibbiy ko‘rikdan o‘tishidan oldin og‘iz bo‘shlig‘i sanatsiyasi va mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan majburiy tahliliy hamda tibbiy uskunalar yordamida o‘tkaziladigan tekshiruvlarning ro‘yxatida nazarda tutilgan diagnostik tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Tahliliy, rentgenologik, tibbiy uskunalar yordamida o‘tkaziladigan va boshqa tekshiruvlarning natijalari mazkur Nizomning 13-ilovasida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan shaxsning sog‘ligi holati to‘g‘risida ma’lumotnomaga yoki mazkur Nizomning 14-ilovasida keltirilgan harbiy ta’lim muassasasiga kirayotgan shaxsning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish varaqasiga kiritiladi.
62. Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar, HTM kursantlarining (birinchi-bosqich kursantlari bundan mustasno) tibbiy ko‘rikdan o‘tish natijalari va HTK xulosasi tibbiy kitobchalariga va uch nusxada rasmiylashtirilgan mazkur Nizomning 13-ilovasida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan shaxsning sog‘ligi holati to‘g‘risida ma’lumotnomaga kiritiladi, ular MHTKga ko‘rib chiqish va asoslash uchun yuboriladi. Ko‘rib chiqilgan ma’lumotnomaning birinchi va ikkinchi nusxalari birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan HTKga yuboriladi, uchinchi nusxasi MHTK yig‘ma jildiga tikiladi.
63. HTMning birinchi bosqich kursantlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari va HTK xulosasi tibbiy kitobchaga, mazkur Nizomning 14-ilovasida keltirilgan harbiy ta’lim muassasasiga kirayotgan shaxsning tibbiy varaqasiga kiritiladi, ular ikki nusxada rasmiylashtiriladi hamda ko‘rib chiqish va asoslash uchun MHTKga yuboriladi. Ko‘rib chiqilgan varaqaning birinchi nusxasi birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan HTKga yuboriladi, ikkinchi nusxasi MHTK yig‘ma jildiga tikiladi.
71. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish maqsadida mazkur Nizomning 8-ilovasida ko‘rsatilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun yo‘llanma fuqaro qutqaruvchilik ishiga qabul qilinayotgan (qutqaruvchi bo‘lib ishlayotgan) muassasa (tashkilot) tomonidan beriladi.
76. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdan avval qutqaruvchilarga, qutqaruvchilik ishiga kirayotgan fuqarolarga og‘iz bo‘shlig‘i sanatsiyasi, shuningdek mazkur Nizomning 1-ilovasiga keltirilgan majburiy diagnostik tekshiruvlar o‘tkaziladi. Tahliliy va tibbiy uskunalar yordamida o‘tkaziladigan tekshiruvlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sanasidan bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkazilishi lozim. Tibbiy ko‘rsatmalarga muvofiq, HTK raisi bilan kelishilgan holda zaruriyat tug‘ilganda, qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlar o‘tkaziladi.
81. Statsionar ravishda tibbiy tekshiruv va davolanishdan so‘ng mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risida guvohnoma rasmiylashtirilishi bilan quyidagi hollarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish amalga oshiriladi:
82. Tibbiy tekshiruv natijalari va xulosalari qutqaruvchining tibbiy kitobchasi (ambulator bemorning tibbiy varaqasi), kasallik tarixi, mazkur Nizomning 19-ilovasida keltirilgan harbiy xizmatchining (harbiy xizmatga majburning) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish varaqasiga kiritiladi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda qatnashadigan har bir shifokor-mutaxassis fuqaroning sog‘lik holati bo‘yicha, shuningdek tibbiy ko‘rsatmalar mavjudligida, davolash-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlar tasnifi to‘g‘risida o‘zining xulosasini beradi. Zaruriyat tug‘ilganda, HTK xulosasida qutqaruvchini tibbiy reabilitatsiyadan o‘tkazishga muhtojligi va uning shakli to‘g‘risida qaydnoma kiritiladi.
b) safarbarlik chaqiruv rezerviga xizmatga qabul qilinayotgan, safarbarlik chaqiruv rezerviga xizmatga qabul qilingan, ammo harbiy yig‘inlarni o‘tamagan fuqarolarga mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yig‘ilishlar bayonnomalari kitobiga, mazkur Nizomning 15-ilovasida keltirilgan shifokor xulosasiga, mazkur Nizomning 16-ilovasida keltirilgan tibbiy varaqaga, mazkur Nizomning 17-ilovasida keltirilgan salomatlik holatini tekshirish dalolatnomasiga, bemorning ambulator tibbiy varaqasiga tirkaladigan varaqaga, mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnomaga;
v) harbiy xizmatchilar, harbiy yig‘in o‘tayotgan fuqarolar, harbiy mehnatning sog‘lik uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoit bilan bog‘liq mutaxassisligi bo‘yicha ishga tayinlanayotgan (kirayotgan) yoki ishlayotgan Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, FVV harbiy xizmatchilari, harbiy xizmatga majburlar, ishchi va xizmatchilar, O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga o‘qishga (malaka oshirishga) yuborilayotgan (kirayotgan) fuqarolar, mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yig‘ilishlar bayonnomalari kitobiga, statsionar sharoitida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda kasallik tarixiga, ambulator sharoitda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda mazkur Nizomning 18-ilovasida keltirilgan harbiy xizmatchining (harbiy xizmatga majburning) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish varaqasiga, tibbiy kitobchaga, lozim bo‘lganda mazkur Nizomning 11-ilovasida keltirilgan ma’lumotnomaga yoki mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnomaga, mazkur Nizomning 13-ilovasida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan shaxsning sog‘ligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga; harbiy xizmatchi ayollarga mazkur Nizomning 18-ilovasida keltirilgan homiladorlik to‘g‘risida ma’lumotnomaga;
chaqiruv yoshdagi fuqarolarga — mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yig‘ilishlar bayonnomalari kitobiga, mazkur Nizomning 14-ilovasida keltirilgan harbiy-ta’lim muassasasiga kirayotgan shaxsning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish varaqasiga, mazkur Nizomning 17-ilovasida keltirilgan sog‘lik holatini tekshirish dalolatnomasiga;
harbiy xizmatchilarga mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yig‘ilishlar bayonnomalari kitobiga, mazkur Nizomning 14-ilovasida keltirilgan harbiy-ta’lim muassasasiga kirayotgan shaxsning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish varaqasi va harbiy xizmatchining tibbiy kitobchasiga;
d) shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga chaqirilayotgan, harbiy yig‘inlarga chaqirilayotgan fuqarolarga, harbiy xizmatga majburlarga mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yig‘ilishlar bayonnomalari kitobiga, mazkur Nizomning 19-ilovasida keltirilgan harbiy xizmatchining (harbiy xizmatga majburning) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish varaqasiga; lozim bo‘lganda mazkur Nizomning 11-ilovasida keltirilgan ma’lumotnomaga yoki mazkur Nizomning 17-ilovasida keltirilgan salomatlik holatini tekshirish dalolatnomasiga, zaxiradagi (rezervdagi) ofitsyerlarga mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnomaga;
e) Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, FVV shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yig‘ilishlar bayonnomalari kitobiga, lozim bo‘lganda mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnomaga, mazkur Nizomning 11-ilovasida keltirilgan ma’lumotnomaga, mazkur Nizomning 13-ilovasida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan shaxsning sog‘ligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga, ambulator bemorning tibbiy varaqasiga yoki tibbiy kitobchaga.
86. Tibbiy komissiyalarning shifokor-mutaxassislari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalarini mazkur Nizomning 16-ilovasida keltirilgan tibbiy varaqaga kiritadi, harbiy xizmatga yaroqliligini cheklaydigan (shu jumladan, vaqtincha cheklaydigan) tashxis qo‘yilsa, shifokor-mutaxassis tomonidan mazkur Nizomning 15-ilovasida keltirilgan shifokor xulosasi ham rasmiylashtiriladi.
Davlat sog‘liqni saqlash tizimi davolash-profilaktika muassasasi (harbiy-tibbiy muassasa) shifokor-mutaxassislari tomonidan chaqiriluvchini tibbiy tekshiruvdan o‘tkazgandan so‘ng, mazkur Nizomning 17-ilovasida keltirilgan salomatlik holatini tekshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi, ushbu dalolatnoma mazkur muassasa bosh shifokori (boshlig‘i) va tibbiy tekshiruvlarni o‘tkazgan shifokor-mutaxassislar tomonidan imzolanadi, hamda davolash-profilaktika (harbiy-tibbiy) muassasasining gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
87. Statsionar sharoitda davolanayotgan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda, mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik tarixida kasallik to‘g‘risidagi guvohnomada mavjud bo‘lgan bandlari kiritilgan HTKga taqdimnoma rasmiylashtiriladi.
88. Mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yig‘ilishlar bayonnomalari kitobi barcha tibbiy komissiyalar va HTKda ushbu komissiyalarning kotiblari tomonidan yuritiladi.
Mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yig‘ilishlar bayonnomalari kitobida, yig‘ilish o‘tkazilgan sanada komissiya yig‘ilishining bayonnomasi komissiya raisi, yig‘ilishda qatnashgan komissiya a’zolari (kamida ikki nafar) va komissiya kotibi tomonidan imzolanadi. HTK xulosasi bilan tanishtirganligi to‘g‘risida tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning imzosi kasallik tarixida va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish varaqasida qayd etiladi. HTK xulosasi MHTK tomonidan ko‘rib chiqish jarayonida bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan holatda, MHTK xulosasi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan shaxsga harbiy qism (muassasa) tibbiy ta’minot xizmati (kadrlar bo‘linmasi) tomonidan yetkaziladi.
Mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yig‘ilishlar bayonnomalari kitobida tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning pasport ma’lumotlari, shikoyatlari, kasallikning anamnezi, obyektiv tekshiruv natijalari, to‘liq holda tashxisi va HTK xulosasi, harbiy xizmatchilarga nisbatan esa, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishda, frontda bo‘lganida, harbiy xizmat majburiyatlarini bajarganda orttirilgan kasallikning yoki olingan shikastlanishning (yaradorlik, jarohatning) sababiy bog‘liqligi to‘g‘risidagi xulosasi ham qayd etiladi. Ko‘rsatilgan kitobda shikastlanish (yaradorlik, jarohat) olinishi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, alohida e’tibor bilan ushbu holatlarni tasdiqlovchi mazkur Nizomning 20-ilovasida keltirilgan shikast (yaradorlik, jarohat) olish holati to‘g‘risida ma’lumotnomaga (uning chiqish raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi) tayangan holda qayd etiladi. Ushbu kitobda statsionar ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxslarda, HTK “Shikoyatlar va kasallik anamnezi” ustunida, shu jumladan tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning kasallik tarixining tartib raqamini, bemor davolanayotgan bo‘linmaning raqamini yoki ixtisosligini va statsionar sharoitda davolanishda bo‘lgan davri ko‘rsatiladi.
89. Vaqtincha faoliyat yurituvchi tibbiy komissiya va HTK mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yig‘ilishlar bayonnomalar kitobi faqat HTMga kirishga, harbiy mutaxassisligi bo‘yicha xizmatga, qo‘shin shakllaridagi harbiy xizmatga va h.k. yaroqsiz deb topilgan shaxslar uchun yuritiladi. Qolgan holatlarda, vaqtincha faoliyat yurituvchi tibbiy komissiya yoki HTK xulosasi tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning tibbiy kitobchasiga, HTMga kirayotgan shaxslarga mazkur Nizomning 14-ilovasida keltirilgan harbiy ta’lim muassasasiga kirayotgan shaxsning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish varaqasiga yozib qo‘yiladi, komissiyaning raisi va kotibi tomonidan imzolanib, huzurida HTK tashkil etilgan harbiy qismning (muassasaning) gerbli muhri bilan tasdiqlanadi. Zaruriyat tug‘ilganda mazkur Nizomning 11-ilovasida keltirilgan ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi.
Vaqtincha faoliyat ko‘rsatuvchi tibbiy komissiyalar va HTK yuritadigan mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yig‘ilishlar bayonnomalari kitobi, shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan shaxslarning ro‘yxati uch yil, doimiy faoliyat yurituvchi komissiyalarning ro‘yxati esa, ellik yil davomida saqlanib, ushbu muddat o‘tganidan so‘ng, belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
90. Tibbiy komissiyalar va HTK tomonidan harbiy xizmatga, mutaxassisligi bo‘yicha xizmatga, HTMga kirishga yaroqli deb topilgan va h.k., tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan kasalliklari mavjud bo‘lmagan shaxslar uchun mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yig‘ilishlar bayonnomalari kitobiga obyektiv ma’lumotlarni qayd etilmagan holda “sog‘lom” deb topilganda, harbiy xizmatni o‘tashga yaroqliligini cheklamaydigan ba’zi kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar aniqlansa, ularga qisqacha ta’rif berish va tashxisni ko‘rsatishga ruxsat etiladi.
Tibbiy komissiya yoki HTK tomonidan xulosa qabul qilishda, agar mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnoma rasmiylashtiriladigan bo‘lsa, mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yig‘ilishlar bayonnomalari kitobida qisqa yozuvlarni (tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning pasport ma’lumotlari, to‘liq tashxisi, tibbiy komissiya yoki HTK xulosasining matni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishda, frontda bo‘lganida, harbiy xizmatni o‘tash davrida, harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etishda orttirilgan kasallik yoki olingan shikastlanishning (yaradorlik, jarohatning) sababiy bog‘liqligini) kiritishga ruxsat etiladi, biroq bunda mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnomaning yana bir nusxasini qoldirish va uni mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yig‘ilishlar bayonnomalari kitobiga ilova sifatida saqlanishi lozim. Ko‘rsatilgan kitobda, mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnomaning qo‘shimcha nusxasi hamda kasallik tarixida MHTK xulosasi chiqarilgan sana va uning matni yozib qo‘yiladi.
91. MHTK mazkur Nizomning 10-ilovasida tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yig‘ilishlar bayonnomalari kitobi bevosita ushbu komissiyada faqat tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxslar uchun yuritiladi. Nazorat ravishda tasdiqlash yoki xulosani qayta ko‘rib chiqish uchun MHTKga taqdim etilgan mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnomalar, mazkur Nizomning 11-ilovasida keltirilgan ma’lumotnomalar, mazkur Nizomning 13-ilovasida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan shaxsning sog‘ligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar ko‘rib chiqishda bayonnomalar o‘rniga kasallik to‘g‘risidagi guvohnoma va ma’lumotnomalarning nusxalari qoldirilib, ulardagi yakuniy xulosa matni komissiya raisi, yig‘ilishda qatnashgan komissiya a’zolari (kamida ikki nafar) hamda komissiya kotibi tomonidan imzolanadi. Ko‘rsatilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnoma va ma’lumotnomalarning nusxalari MHTKda 5 yil saqlanib, so‘ngra o‘rnatilgan tartibda arxivga topshiriladi yoki yo‘q qilinadi.
MHTK, shuningdek, yil mobaynida ko‘rib chiqilgan mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnomalar, mazkur Nizomning 11-ilovasida keltirilgan ma’lumotnomalar va mazkur Nizomning 13-ilovasida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan shaxsning sog‘ligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarning hisobi alfavit tartibida yuritiladi.
Ruhiy va xulq-atvor buzilishlari, xavfli o‘smalar, odam immuniteti tanqisligi virusini chaqirgan kasalliklar va h.k. tufayli tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxslarga rasmiylashtirilgan mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnomalarni, mazkur Nizomning 11-ilovasida keltirilgan ma’lumotnomalarni barcha nusxalari old tarafining yuqori qismiga MHTK tomonidan quyidagi mazmundagi muhr qo‘yiladi: “nusxa olish, qo‘lga berish, ma’lumotni oshkor etish taqiqlanadi”. Ko‘rsatilgan ekspert hujjatlaridan faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limlarining so‘rovnomasiga binoan nusxalar olinishi mumkin.
92. Mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnoma quyidagi holatlarda tuziladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnoma MHTK tomonidan ko‘rib chiqilishi, HTK xulosasi esa tasdiqlanishi lozim.
93. Mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnoma quyidagi tartibda tuziladi:
oddiy askar tarkibidagi harbiy unvoni bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarga (mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilganlar bundan mustasno) xulosa tasdiqlangandan so‘ng, birinchi va ikkinchi nusxalari hujjatni tuzgan HTKga qaytariladi. Uchinchi nusxasi MHTKda qoladi;
94. HTKning xulosasi MHTKda ko‘rib chiqishda tasdiqlanmagan holatlarda, MHTK tomonidan tasdiqlanmagan tibbiy komissiya yoki HTK xulosasi bo‘lgan mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnomaning birinchi va ikkinchi nusxalari tasdiqlanmaganligining sabablar bayoni va tegishli ko‘rsatmalar bilan uni tuzgan komissiyasiga qaytariladi.
Tasdiqlanmagan mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnomaning uchinchi nusxasi alohida yig‘ma jildga tikiladi va MHTKda besh yil saqlanadi.
Qayta tuzilgan mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnoma mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yig‘ilishlar bayonnomalari kitobiga boshqa raqam bilan qayd qilinadi.
95. Oddiy askar tarkibidagi harbiy unvoni bo‘lgan hamda salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatdan bo‘shatilayotgan muddatli harbiy xizmatchilarga tuzilgan mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan va MHTK tasdiqlangan kasallik to‘g‘risidagi guvohnomaning birinchi nusxasi harbiy qism (muassasa) tomonidan ularni chaqirgan MIBga yuboriladi. Harbiy qism komandiri (muassasa boshlig‘i) harbiy xizmatchining bo‘shatilishini asoslash uchun kasallik to‘g‘risidagi guvohnomaning ikkinchi nusxasini o‘zida qoldiradi.
Ruhiy va xulq-atvor buzilishlar, xavfli o‘smalar va odam immuniteti tanqisligi virusini chaqirgan kasalliklar bilan xastalangan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga MHTK tomonidan tasdiqlangan, mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnoma harbiy qism (muassasa) tomonidan olib boruvchining qo‘liga muhrlangan holda beriladi yoki o‘rnatilgan tartibda bevosita yuqoridagi matndagi shaxslarning yashash joyidagi MIBBga yuboriladi.
96. Mazkur Nizomning 92-bandida qayd etilmagan holatlarda, HTK xulosasi mazkur Nizomning 11-ilovasida keltirilgan ma’lumotnoma shaklida rasmiylashtiriladi. Harbiy xizmatga chaqirilayotgan (kirayotgan) harbiy xizmatga majburlarga, kasallik tufayli ta’til berilgan harbiy xizmatchilarga, O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga tahsil olishga (malaka oshirishga) yuborilayotgan (kirayotgan) shaxslarga nisbatan mazkur Nizomning 11-ilovasida keltirilgan ma’lumotnoma va mazkur Nizomning 13-ilovasida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan shaxsning salomatlik holati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shakllarda rasmiylashtirilgan, HTK xulosalari asoslanishi, S yaroqlilik toifasi tayinlangan harbiy xizmatchilarga chiqarilgan xulosalar esa, MHTK tomonidan tasdiqlanishi lozim.
97. Mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnomalar, mazkur Nizomning 11-ilovasida keltirilgan ma’lumotnomalar, mazkur Nizomning 13-ilovasida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan shaxsning sog‘ligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar, hamda MHTK tomonidan tasdiqlanishi (ko‘rib chiqilishi, nazorat qilinishi) lozim bo‘lgan tibbiy komissiya va HTKning xulosalari bo‘lgan boshqa ekspert hujjatlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan keyin 5 kundan kechiktirmay kasallik tarixi, tibbiy kitobcha va boshqa tibbiy hujjatlar bilan birga MHTKga yuboriladi.
Harbiy tibbiy muassasa boshlig‘i (HTK raisi, tibbiy komissiya katta shifokori) tasdiqlangan (asoslangan) xulosa bilan kelgan mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnomalarni, mazkur Nizomning 11-ilovasida keltirilgan ma’lumotnomalarni, mazkur Nizomning 13-ilovasida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan shaxsning sog‘ligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni qabul qilgandan keyin, 3 kundan kechiktirmay tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxs xizmat qilayotgan harbiy qism komandiriga (muassasa boshlig‘iga) yoki uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun yo‘llagan mansabdor shaxsga yuboradi.
Mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnomalar, mazkur Nizomning 11-ilovasida keltirilgan ma’lumotnomalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxsning qo‘liga berilmaydi.
98. MHTK tomonidan tasdiqlanishi (ko‘rib chiqilishi, nazorat qilinishi) lozim bo‘lmagan HTKning xulosalari mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yig‘ilishlar bayonnomalar kitobiga, tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning tibbiy kitobchasiga qayd etiladi, lozim bo‘lsa tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kunida mazkur Nizomning 11-ilovasida keltirilgan ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi va o‘rnatilgan tartibda harbiy qismga (muassasaga) yuboriladi.
99. MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar yil mobaynidagi faoliyatlari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda mazkur Nizomning 21-ilovasiga muvofiq Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘smir va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil etish markaziga va MHTKga taqdim qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.