Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining TAShKILIY TUZILMASI

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti markaziy apparatining TUZILMASI

3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalarining NAMUNAVIY TUZILMASI

4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Departamentning tuzilmasi

3-bob. Departamentning vazifalari va funksiyalari

4-bob. Departamentning huquqlari va majburiyatlari

5-bob. Departament faoliyatini tashkil etish

6-bob. Departament rahbariyatining asosiy funksional vazifalari

7-bob. Departament faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va amaliy ko‘rsatkichlari

8-bob. Departamentni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish

9-bob. Yakunlovchi qoidalar

5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert kengashi TARKIBI

6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert kengashi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Kengash tarkibi

3-bob. Kengashning vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari

4-bob. Kengash ishini tashkil etish

7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Madaniy meros jamg‘armasi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi

3-bob. Jamg‘arma faoliyatini boshqarish

4-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisob, hisobot va nazorat

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

8-ILOVA
Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi, asralishi va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari

3-bob. Davlat nazorati amalga oshirilishi lozim bo‘lgan faoliyat

4-bob. Davlat nazoratini amalga oshirish

5-bob. Davlat nazorati natijalarini rasmiylashtirish

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

ILOVA
Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektiga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini hisoblash METODIKASI

9-ILOVA
Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash va ularni saqlash tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Qo‘riqlanadigan tegralarni belgilash va ularga rioya qilish

1-§ Qo‘riqlanadigan tegralarni aniqlash

2-§ Qo‘riqlanadigan tegralarda yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalarini belgilash

3-§ Qo‘riqlanadigan tegralarni tasdiqlash yoki tasdiqlashni rad etish

4-§ Qo‘riqlanadigan tegralarga rioya qilish

3-bob. Yakunlovchi qoidalar

10-ILOVA
Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni tashkil etish va ularni saqlash tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Tarixiy-madaniy hududlarning mulk huquqi

3-bob. Tarixiy-madaniy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi nazorat

4-bob. Tarixiy-madaniy hududlarni boshqarish

5-bob. Tarixiy-madaniy hududni tashkil etish tartibi

6-bob. Tarixiy-madaniy hududlar pasporti

7-bob. Tarixiy-madaniy hududlarni boshqarish rejalari

8-bob. Tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar va ularning rejimi

9-bob. Muzey-qo‘riqxonalar va ularning rejimi, ilmiy-tadqiqot faoliyati

10-bob. Tarixiy manzilgohlarni tashkil etish va ularning rejimi

11-bob. Davlatlararo tarixiy-madaniy hududlar

12-bob. Muhofaza tegralari

13-bob. Tarixiy-madaniy hududlarni moliyalashtirish

14-bob. Yakunlovchi qoidalar

11-ILOVA
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Ruxsat berish talablari va shartlari

3-bob. Ruxsatnoma olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar

4-bob. Arizani ko‘rib chiqish va ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish

5-bob. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va uning amal qilish muddatini uzaytirish hamda dublikatlar berish

6-bob. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini to‘xtatib turish, tugatish va uni bekor qilish

7-bob. Berilgan ruxsatnomalar reyestri

8-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektini asrashga doir ishlarga ruxsatnoma berish SXEMASI

12-ILOVA
Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchi inspektorlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Jamoatchi inspektorni tanlash va tasdiqlash

3-bob. Jamoatchi inspektorning asosiy vazifalari

4-bob. Jamoatchi inspektorning huquqlari

5-bob. Jamoatchi inspektorning majburiyatlari

6-bob. Jamoatchi inspektorning jamoatchilik nazoratidagi ishtirokini rasmiylashtirish

13-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

14-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ba’zi qarorlari RO‘YXATI

Hujjat 01.04.2019 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniy meros departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarorida nazarda tutilgan mukofotlash va moddiy yordam ko‘rsatish tartibi, shuningdek, mazkur qarorga 2 va 10-ilovalar (mehnatga haq to‘lash bo‘yicha 1-guruh) bilan tasdiqlangan Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari;
Keyingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 13-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 14-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Departamentning qonun loyihalari bo‘yicha faoliyatini tashkil etish;
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti (keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi reglamenti deb ataladi) hamda Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamenti (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasining reglamenti deb ataladi) talablariga qat’iy muvofiq ravishda faoliyat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish va ularning Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlariga to‘liq muvofiq holda Departament rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlari xarajatlariga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Departament tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashadigan sabablar va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga Departament tarkibiy va hududiy boshqarmalari, bo‘linmalari xodimlari tomonidan rioya etilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarini bajarishni ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlariga to‘liq muvofiq holda xizmat safarlarini tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlari xarajatlariga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Departament tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashadigan sabablar va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarorida nazarda tutilgan mukofotlash va moddiy yordam ko‘rsatish tartibi, shuningdek, mazkur qarorga 2 va 10-ilovalar (mehnatga haq to‘lash bo‘yicha 1-guruh) bilan tasdiqlangan Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari;
Keyingi tahrirga qarang.

1.

lavozimiga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining o‘rinbosari — Madaniy meros departamenti boshlig‘i, kengash raisi*

2.

Axmedov Muxammad Qosimovich

Toshkent arxitektura-qurilish institutining Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi kafedrasi mudiri, arxitektura fanlari doktori, professor, kengash raisi o‘rinbosari

3.

Rtveladze Eduard Vasilyevich

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, arxeolog

4.

Asqarov Ahmadali Asqarovich

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, arxeolog

5.

Sulaymanov Rustam Xamidovich

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Arxeologiya kafedrasi professori, tarix fanlari doktori, arxeolog

6.

Nazilov Doda Avezovich

Toshkent arxitektura-qurilish institutining Arxitektura tarixi va nazariyasi kafedrasi professori, arxitektura fanlari doktori

7.

Yusupova Mavlyuda Amindjanovna

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutining Arxitektura bo‘limi mudiri, arxitektura fanlari doktori, professor, Sharq davlatlari xalqaro arxitektura akademiyasining muxbir a’zosi

8.

Salimov Orif Musilimovich

Toshkent arxitektura-qurilish institutining Arxitektura tarixi va nazariyasi kafedrasi professori, arxitektura fanlari doktori

9.

Matchonov Baxodir Gaibbayevich

Toshkent arxitektura-qurilish institutining Arxitektura tarixi va nazariyasi kafedra mudiri

10.

Ziyayev Abdumannop Abdurahimovich

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutining Arxitektura bo‘limi yetakchi ilmiy xodimi, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent, Sharq davlatlari xalqaro arxitektura akademiyasining muxbir a’zosi

11.

Dosmetova Zuxra Shavkatovna

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Badiiy kulol va me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash kafedrasi dotsenti, arxitektura fanlari nomzodi, rassom-restavrator

Keyingi tahrirga qarang.
2. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, madaniyat vazirining buyruqlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomning 4-bandga muvofiq Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan tadbirlarni belgilaydi;
14. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan manbalardan Jamg‘armaga ajratmalar tegishli tashkilotlar tomonidan hisobot oyi uchun keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay o‘tkaziladi.
ushbu Nizomga ilovaga muvofiq Moddiy madaniy meros obyektiga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini hisoblash metodikasi asosida hisoblangan obyektga yetkazilgan moddiy zarar miqdori (dalolatnoma tuzilganda);
birinchi asl nusxasi — nazorat qiluvchi organda ushbu Nizomning 39-bandida keltirilgan hujjatlar ilova qilingan holda yig‘majildda saqlanadi;
ikkinchi asl nusxasi — tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga ushbu Nizomning 39-bandida keltirilgan hujjatlar ilova qilingan holda yig‘majildda tegishli yo‘naltiruvchi xat bilan yuboriladi (dalolatnoma tuzilganda);
Keyingi tahrirga qarang.

Baholash mezonlari

Ball

I. Obyekt turi

Arxitektura yodgorligi

10

Arxeologiya yodgorligi

8

Monumental san’at yodgorligi

7

Diqqatga sazovor joy

6

II. Obyekt davri

IX asrgacha

40

IX-XIII asrlar

35

XIV-XV asrlar

30

XVI-XVII asrlar

25

XVIII-XIX asr birinchi yarimi

20

XIX asr oxiri XX asr boshlari

10

XX asr o‘rtalari va oxiri

5

III. Obyekt murakkablik darajasi

I daraja — alohida xonalari ko‘p bo‘lmagan, kam miqdordagi arxitektura qismlardan iborat, oddiy tomli, oddiy to‘g‘ri to‘rt burchak shaklidagi obyektlar

4

II daraja — kam miqdordagi arxitektura qismlar, oddiy dekor va murakkab bo‘lmagan tom qismidan iborat, loyihada siniq konfiguratsiyali to‘g‘ri chiziqli obyektlar

6

III daraja — ko‘p bo‘lmagan miqdordagi murakkab dekor, takrorlanmagan silindr shakldagi qismlar yoki murakkab to‘g‘ri chiziqli tom qismidan iborat, loyihada siniq, qisman egri chiziq konfiguratsiyali obyektlar

8

IV daraja — katta qismi murakkab dekorli, takrorlanmas bezaklar, murakkab tom qism ega, o‘yma naqshinkorlik,loyihada murakkab siniq va egri chiziqli konfiguratsiyalarga ega bo‘lgan obyektlar, shu jumladan arxeologiya yodgorliklari

10

IV. Obyektning asl holatini saqlab qolganlik darajasi

Butkul yo‘qotilgan (nobud qilish)

15

Saqlanish holati 25 foizdan kam (nobud qilish)

12

Saqlanish holati 55 foizdan kam 26 foizdan yuqori (buzish)

9

Saqlanish holati 70 foizdan kam 56 foizdan yuqori (buzish)

7

Saqlanish holati 85 foizdan kam 71 foizdan yuqori (buzish)

5

Saqlanish holati 100 foizdan kam 86 foizdan yuqori (shikast yetkazish)

2

V. Qayta tiklash imkoniyati

Asil holatiga qayta tiklash imkoni yo‘q (asosli manba mavjudmasligi sababli)

5

Chizmalar asosida qayta tiklash mumkin

4

Analog asosida qayta tiklash imkoni mavjud

3

Qayta montaj qilish yo‘li bilan tiklash imkoniyati mavjud

2

VI. Obyektning toifasi

Respublika ahamiyatidagi obyekt

10

Mahalliy ahamiyatdagi obyekt

5

VII. Obyektdan foydalanish

Obyektdan sayyohlik-ekskursiya maqsadida foydalaniladi, shu jumladan arxeologiya va monumental san’at yodgorliklari

10

Obyektdan saqlash joyi, ishlab chiqarish, ofis xonalari va boshqa maqsadlarda foydalaniladi

8

Obyektdan foydalanilmaydi

5

Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra, YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar (obyektlar), moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining muhofaza tegralari, imoratlar qurish va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish tegralari hamda qo‘riqlanadigan tabiiy landshaft tegralari loyihalarini ishlab chiqish tartibi, ushbu tegralarda yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalariga bo‘lgan talablarni belgilaydi.
15. Ushbu Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan materiallarning tarkibi va mazmuni tarixiy-madaniy tadqiqotlar asosida aniqlanadi.
16. Maxsus vakolatli organ tarixiy-madaniy tadqiqotlarni o‘tkazish, ushbu Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan materiallarni tayyorlash va ular asosida qo‘riqlanadigan tegralar loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha metodik tushuntirish beradi.
Maxsus vakolatli organning ilmiy-ekspert kengashi ushbu bobning 1 va 2-§ belgilangan talablarga zid bo‘lganda rad etadi.
1. Ushbu Nizom “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida” va “Muzeylar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni (keyingi o‘rinlarda tarixiy-madaniy hudud deb ataladi) tashkil etish, qaytadan tashkil etish, tugatish, saqlash va foydalanish tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Nizom “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida” va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq moddiy madaniy meros obyektlarini asrashga doir ishlarga ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Ruxsatnoma ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha beriladi.
6. Ruxsatnoma ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha vakolatli organ tomonidan beriladi.
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Agar vakolatli organ ariza beruvchining ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish muddati mobaynida ariza beruvchiga ruxsatnomani bermasa yoki uni berishni rad etmasa, ariza beruvchi ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan muddat o‘tganidan keyin bajarilishi va (yoki) amalga oshirilishi uchun ruxsatnoma olmoqchi bo‘lgan harakatni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish huquqiga, bu haqda vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilgan holda, ega bo‘ladi, YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar va obyektlar bo‘yicha katta hajmdagi asrashga oid ishlar bundan mustasno.
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holda vakolatli organ ariza beruvchining xabarnomasini olganidan keyin besh ish kuni ichida unga ruxsatnomani berishi shart, YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar va obyektlar bo‘yicha katta hajmdagi asrashga oid ishlar bundan mustasno.
ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilishi va hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlarning haqiqiy emasligi, ushbu holatda ariza kengashga ko‘rib chiqishga kiritilmasdan vakolatli organ tomonidan rad etiladi;

ruxsatnomaning old tomoni

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI HUZURIDAGI
MADNIY MEROS DEPARTAMENTI

Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektini asrashga doir ishlar uchun
RUXSATNOMA

seriya

raqam

1. Ushbu ruxsatnoma berildi _______________________________________________________________________ ga

(yuridik shaxsning nomi)

maqsadlarda asrashga doir ishlar _____________________________________________________________________,

(asrashga doir ishlar maqsadlari)

joylashgan

________________________________________________________________________________________________
(obyektning joylashishi, viloyat, tuman/shahar, qishloq/ovul/ko‘cha)

2. Kengash majlisining bayonnomasi
________________________________________________________________________________________________.
3. Vakolatli organning rahbari buyrug‘ining sanasi va raqami
________________________________________________________________________________________________
Asrashga doir ishlarga loyiha
____________________________________.

(ilovalar raqami, varaqlar soni)

4. Ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddati 20___ yil “___” __________ gacha.

_______________________________________
(vakolatli shaxsning lavozimi)

____________________________________
F.I.O.

M.O‘.(imzo)
20___ yil “____” ____________________

ruxsatnomaning orqa tomoni

Ruxsat berishga doir talablar va shartlar

1. Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, asrashga doir ishlarni amalga oshirishda ruxsat berish talablari va shartlariga rioya qilish.
2. Asrashga doir ishlarni ruxsatnomada ko‘rsatilgan joy va muddatda o‘tkazish.
3. Vakolatli organga taqdim etilgan va belgilangan tartibda ma’qullangan asrashga doir ishlarning eskiz loyihasiga qat’iy rioya qilish.
4. Asrashga doir ishlarni amalga oshirish muddatiga yoki asrashga doir ishlarning eskiz loyihasiga 10 foizdan ko‘p bo‘lmagan o‘zgartirishlar kiritish zarur bo‘lganda bu haqda vakolatli organni belgilangan muddatlarda oldindan yozma ravishda xabardor qilish.
5. Asrashga doir ishlarda obyektga salbiy ta’sirlarning oldini olish va avariya holatiga qarshi ishlarni bajarish.
6. Loyiha tashkiloti tomonidan mualliflik nazorati va vakolatli organ tomonidan shartnoma asosida ilmiy-texnik nazoratlarning amalga oshirilishini tashkil etish.
7. YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar va obyektlar bo‘yicha rejalashtirilgan katta hajmdagi asrashga oid ishlarning Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risida konvensiyasi (Parij, 1972-yil), YUNESKOning Umumjahon merosi qo‘mitasi tavsiyalariga muvofiqligini ta’minlash.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektini asrashga doir ishlarga ruxsatnoma berish to‘g‘risida
ARIZA

Madaniy meros departamenti boshlig‘iga

________________________________________________________________________________________________
(yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli)

moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektida asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berishingizni so‘raymiz.
Ariza beruvchining pochta manzili va STIR raqami: ______________________________________________________
________________________________________________________________________________________________.
Ariza beruvchining telefon: ___________________________, elektron pochtasi: _____________________________.
Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektining to‘liq nomi: _____________________________________________
________________________________________________________________________________________________.
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyekti joylashgan joyi: _________________________________________
________________________________________________________________________________________________.
Rejalashtirilayotgan asrashga doir ishlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar: ___________________________________
________________________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________________________.
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati (hujjatning nomi va varaqlar soni), hammasi _____ varaqda, shu jumladan:
a) ruxsatnoma olish uchun belgilangan yig‘im ariza beruvchi tomonidan to‘langanligini tasdiqlaydigan to‘lov hujjati nusxasi;
b) ariza beruvchida asrashga doir ishlar bo‘yicha kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan kamida bir nafar oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli soha mutaxassisning mavjud ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
v) amalga oshirilishi nazarda tutilayotgan asrashga doir ishlarning loyihasi.

Rahbar

_____________
(imzo)

____________________________________
(F.I.O.)

M.O‘. (agar mavjud bo‘lsa)
Keyingi tahrirga qarang.
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi xatboshidagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining kadastr xizmati” so‘zlari “Departament” so‘zi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “mintaqaviy inspeksiyalarning” so‘zlari “hududiy boshqarmalarning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-bandning birinchi xatboshi, 24-bandning to‘rtinchi xatboshi, 32, 37, 38-bandlardagi “Mintaqaviy inspeksiyalar” so‘zlari “Hududiy boshqarmalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
25-banddagi “mintaqaviy inspeksiyalarga” va “Mintaqaviy inspeksiyalar” so‘zlari tegishlicha “hududiy boshqarmalarga” va “Hududiy boshqarmalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
26-banddagi “Mintaqaviy inspeksiyalar” va “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga” so‘zlari tegishlicha “Hududiy boshqarmalar” va “Departamentga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
28, 29-bandlardagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Departament” so‘zi bilan almashtirilsin;
31 va 39-bandlardagi “mintaqaviy inspeksiyaga” so‘zlari “hududiy boshqarmaga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
33-banddagi “mintaqaviy inspeksiyalar” va “mintaqaviy inspeksiyaga” so‘zlari tegishlicha “hududiy boshqarmalar” va “hududiy boshqarmaga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
34 va 40-bandlardagi “Mintaqaviy inspeksiyalar” va “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga” so‘zlari tegishlicha “Hududiy boshqarmalar” va “Departamentga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
36-banddagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” va “mintaqaviy inspeksiyaga” so‘zlari tegishlicha “Departament” va “hududiy boshqarmaga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish (1-sxema: obyektlarni Davlat kadastriga kiritish)da:
1 va 11-bandlardagi “Mintaqaviy davlat inspeksiyalari” so‘zlari “Hududiy boshqarmalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4-banddagi “Ilmiy-metodik kengash Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga” so‘zlari “Ilmiy-ekspert kengash Departamentga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5, 7 va 8-bandlaridagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Departament” so‘zi bilan almashtirilsin;
9-banddagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” va “mintaqaviy inspeksiyaga” so‘zlari tegishlicha “Departament” va “hududiy boshqarmaga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “Mintaqaviy inspeksiyalar” so‘zlari “Hududiy boshqarmalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish (2-sxema: obyektlarni davlat kadastridan chiqarish)da:
1-banddagi “mintaqaviy davlat inspeksiyalari” so‘zlari “hududiy boshqarmalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4-banddagi “Ilmiy-metodik kengash Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga” so‘zlari “Ilmiy-ekspert kengash Departamentga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5, 7 va 8-bandlardagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Departament” so‘zi bilan almashtirilsin;
9-banddagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” va “mintaqaviy inspeksiyaga” so‘zlari tegishlicha “Departament” va “hududiy boshqarmaga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “Mintaqaviy davlat inspeksiyalari”, “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga” va “mintaqaviy davlat inspeksiyasiga” so‘zlari tegishlicha “Hududiy boshqarmalar”, “Departamentga” va “hududiy boshqarmaga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi huzuridagi Ilmiy-metodik kengash” so‘zlari “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi) Ilmiy-ekspert kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Ilmiy-metodik” so‘zlari “Ilmiy-ekspert” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7 va 8-bandlardagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Departament” so‘zi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga” so‘zlari “Departamentga” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Departament” so‘zi bilan almashtirilsin;
17-banddagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga” so‘zlari “Departamentga” so‘zi bilan almashtirilsin;
19-banddagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Departamentning Madaniy meros jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi Ilmiy-metodik kengash” so‘zlari “Departament Kengash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3 va 4-bandlardan “Ilmiy-metodik” so‘zlari chiqarib tashlansin;
3a va 3b-bandlardagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Departament” so‘zi bilan almashtirilsin;
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilariga “davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari bundan mustasno” so‘zlari qo‘shilsin;
oltinchi xatboshidagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab-chiqarish bosh boshqarmasining va uning mintaqalararo (mintaqaviy) davlat inspeksiyalari” so‘zlari “huzuridagi Madaniy meros departamenti, uning hududiy boshqarmalari va davlat muzey-qo‘riqxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab-chiqarish bosh boshqarmasining budjetdan tashqari” so‘zlari “huzuridagi Madaniy meros departamentining Madaniy meros jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) rus tilidagi matniga 1-ilovaning “XVI. V sfere kulturi i sporta” bo‘limi 113 — 116-bandlarining “Organ, upolnomochenniy vidavat dokument razreshitelnogo xaraktera” ustunidagi “Ministerstvo kulturi Respubliki Uzbekistan” so‘zlari “Departament kulturnogo naslediya pri Ministerstve kulturi Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2-bandning sakkizinchi xatboshidagi “Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
41-bandning birinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” so‘zlari “ishchi organ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 141-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 3-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi beshinchi xatboshidagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Madaniy meros departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 27-son, 623-modda) bilan tasdiqlangan O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi oltinchi xatboshidagi “Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi va uning mintaqalararo inspeksiyalari” so‘zlari “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
d) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan muzeylari, ularning filial va bo‘limlari ro‘yxati 3, 6 va 21-pozitsiyalarining “Muzey nomi” ustunidagi “Buxoro davlat badiiy-me’moriy muzey-qo‘riqxonasi”, “Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’moriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasi” va “Xorazm viloyati Xiva “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi” so‘zlari tegishlicha “Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasi”, “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi” va “Xorazm viloyati Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron auksion orqali doimiy foydalanishga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 18-bandi “b” kichik bandining uchinchi xatboshidagi “vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab-chiqarish bosh boshqarmasining hududlararo (hududiy) davlat inspeksiyalariga” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi