28.03.2019 yildagi 258-son
Hujjat 29.03.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son hamda “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3775-son qarorlari ijrosini ta’minlash hamda Toshkent viloyatining ta’lim sohasi uchun raqobatbardosh pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddat

Moliyalashtirish manbasi

Mas’ul
ijrochilar

I. O‘quv jarayonini takomillashtirish

1.

Pedagog kadrlar tayyorlash mazmunini qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash.

1. Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standarti, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarining yangi avlodini yaratish maqsadida doimiy faoliyat �o‘rsatuvchi ishchi guruhlar tuzish.

2019-yil aprel

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Toshkent davlat pedagogika universiteti

2. Ishchi guruhlar tomonidan ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini asosiy kadrlar iste’molchilari bilan kelishish.

3. Tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini bosqichma-bosqich o‘quv jarayoniga tatbiq etish.

2019/2020 o‘quv yilidan

2.

Yangidan tashkil etilayotgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlar, axborot materiallari (shu jumladan, ularning elektron varianti), maxsus davriy nashrlar yaratish.

Yangi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha fanlar ro‘yxatini tuzish va ro‘yxat asosida zaruriy mahalliy va xorijiy adabiyotlar hamda davriy nashrlarni xarid qilish hamda tegishli muddatlarda tarjima qilish orqal� yangi o‘quv-uslubiy adabiyotlar, qo‘llanmalar, axborot materiallarini yaratish.

2019/2020 o‘quv yilidan

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

3.

Toshkent viloyati maktabgacha ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar asosida ularda Institutning bitiruvchi kurs talabalarini amaliyot o‘tashlarini yo‘lga qo‘yish.

1. Toshkent viloyati maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash.

2019-yil may

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Xalq ta’lim vazirligi,

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

2. Bitiruvchi kurs talabalarini amaliyot o‘taydigan ta’lim muassasalari kesimida taqsimlash.

2019-yil iyul

3. Talabalarning talab darajasida amaliyot o‘tashlarini nazorat qilib borish.

amaliyot o‘tash davrida

4.

Qishloq hududlardagi ta’lim muassasalariga Institut bitiruvchilarini jalb etish va ularning doimiy ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratish.

1. Bitiruvchi yosh mutaxassislarni bitiruv oldi amaliyotlarini kadrlar buyurtmachilari talablari asosida ish joylarini belgilagan holda taqsimlash.

2. Ishga yuborilgan hududda yosh mutaxassislarni uy-joylar bilan ta’minlash hamda oylik ish haqlariga ustamalar belgilash tizimini yo‘lga qo‘yish.

doimiy

-

Toshk�nt viloyati hokimligi, tumanlar hokimliklari,

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

5.

Bitiruvchi kadrlarni bandligini nazorat qilish maqsadida Institut rasmiy veb-saytida elektron monitoring blogini yaratish.

1. Institut rasmiy veb-saytida bitiruvchilarning bandlik monitoringi blogini yaratish.

2. Yillar kesimida bitiruvchilarning bandligi bo‘yicha bazasini Institut rasmiy veb-saytiga joylashtirib borish.

2019-yil
avgustdan, doimiy

-

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti,
Toshkent viloyati bandlik va mehnat munosabatlari boshqarmasi

6.

Tayanch oliy ta’lim muassasasi elektron platformasi bazasiga Institutda ishlab chiqilgan o‘quv, uslubiy, ilmiy adabiyotlarni, multimedialar, videoroliklar va boshqalarni muntazam joylashtirib borish.

1. Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratiladigan o‘quv adabiyotlari, multimedialar, videoroliklar va boshqalarni nashr rejasini ishlab chiqish.

2019-yil aprel

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

2. Institutda yaratilgan o‘quv adabiyotlar, multimedialar, videoroliklar va boshqalarni tayanch oliy ta’lim muassasasi elektron platformasi bazasiga muntazam joylashtirib borish.

doimiy

7.

Respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarining tegishli magistratura mutaxassisliklariga maqsadli qabul kvotalarini ajratish.

1. Institutda mutaxassisliklar kesimida yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash.

2019-yil

aprel

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

2. Aniqlangan ehtiyojlar asosida magistratura mutaxasisliklariga maqsadli qabul kvotalariga takliflarni shakllantirish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil
may

II. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish va talabalarning ijtimoiy himoyasini tashkil etish

8.

Institutning 2019 — 2021-yillarda yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy sohadagi ishlari natijadorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

1. Institutda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishga oid targ‘ibot ishlarini olib borish, talaba-yoshlarni yot g‘oya va axborot xurujlaridan himoyalash, nodavlat notijoat tashkilotlari, umumta’lim maktablari, mahallalar va ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash, nogironligi bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim talabalarga ko‘maklashish, talaba-yoshlarni harbiy vatanparvarlik, mehnatsevarlik va kasbga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalarini nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash.

2019-yil
aprel

belgilangan muddatlarda

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

manfaatdor tashkilot va idoralar,

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

9.

“Bo‘sh vaqtim — bilim va sport bilan birga” mavzusi doirasida sport musobaqalari va o‘yinlarini o‘tkazish.

1. Talabalar orasidan “Gimnastika sport musobaqalari”, “Alpomish-Barchinoy” sport o‘yinlariga munosiblarini saralab olish.

2019-yil aprel

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

2. “Gimnastika sport musobaqalari”ni o‘tkazish.

2019-yil aprel

3. “Alpomish-Barchinoy” sport o‘yinlarini o‘tkazish.

2019-yil may

III. Ilmiy-innovatsion va xalqaro hamkorlik faoliyatini takomillashtirish

10.

Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi fundamental, amaliy, innovatsion, yoshlar loyihalari va xalqaro grantlar tanlovida Institutning faol ishtirokini ta’minlash.

1. Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi amaliy va innovatsion grant loyihalari tanlovida Institut professor-o‘qituvchilari ishtirokini ta’minlash.

2. Tadqiqot natijalari asosida darslik, o‘quv qo‘llanma va monografiyalar chop etishni jadallashtirish.

2019 — 2021-yillar

Mahalliy va xorijiy grantlar hisobidan

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

11.

Professor-o‘qituvchilari tomonidan yuqori ilmiy-uslubiy, amaliy-tatbiqiy ahamiyatga ega monografiya va ilmiy maqolalar tayyorlash va chop ettirilishini faollashtirish.

1. Yuqori impakt faktorli jurnallarda professor-o‘qituvchilarni yakkamualliflikda hamda xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda maqolalar yozish va nashr ettirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv seminarlarni tashkil etish.

2019 — 2021-yillar

Xalqaro ta’lim grantlari,

xorijiy grantlar hisobidan

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

2. Yuqori impak�-faktor jurnallarda chop etgan maqolalar mualliflarini, ilmiy faoliyatida erishgan yutuqlari uchun moddiy rag‘batlantirish orqali monografiyalar va maqolalar ulushini oshirish.

o‘quv yili yakunida

12.

Ilmiy ish bilan shug‘ullanish uchun ilmiy-pedagog xodimlar, doktorantlar va yosh izlanuvchilarga zarur sharoitlar yaratish va rag‘batlantirish.

1. Etakchi olimlar ishtirokida iqtidorli talabalar, magistrlar va ilmiy izlanuvchilar uchun maqsadli kurslar va seminarlar tashkil etish.

2019 — 2021-yillar

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari, Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining budjetdan tashqari mablag‘lari va ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi mablag‘lari hisobidan

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, manfaatdor vazirliklar va idoralar Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

2. Davlat dasturlari va xalqaro loyihalar hisobidan iqtidorli magistrlar va doktorantlarni xorijning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy muassasalariga o‘qishga, tajriba o‘rganish uchun stajirovkaga hamda ilmiy anjumanlarga xizmat safariga yuborish.

2019 — 2021-yillar

3. Institutda ilmiy tadqiqot olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy tadqiqot natijalari va yaratilgan innovatsion texnologiyalarini viloyatdagi kadrlar buyurtmachilari tashkilotlarida amaliyotga tatbiq qilish.

2019 — 2021-yillar

IV. Professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish

13.

Professor-o‘qituvchilarning uzluksiz malakasini oshirishni ta’minlash choralarini ko‘rish.

1. Institut professor-o‘qituvchilarini xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlariga stajirovka o‘tash va malaka oshirishga yuborish.

2019 — 2021-yillar

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari,

Xalqaro ta’lim grantlari,

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

2. Xorijiy davlatlarning pedagog xodimlarini jalb qilgan holda zamonaviy texnologiyalar asosida chet tillarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish.

2019-yil

aprel

3. Institutda xorijiy davlatlarning yetakchi professor-o‘qituvchi va mutaxassis xodimlarining vebinar, onlayn ma’ruzalar va mahorat darslarini tashkil etish, hamkorlikda konferensiyalar, davra suhbatlari hamda seminarlar o‘tkazish.

2019-yil may

4. Institut professor-o‘qituvchilarining mustaqil malaka oshirishlari uchun yetarli shart-sharoit yaratish.

2019 — 2021-yillar

V. Institut faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

14.

Institut axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini yaxshilash va samarali foydalanishni tashkil etish.

1. Institut o‘quv binolari, talabalar turar joyini universitet asosiy bino tarmog‘iga optik tolali tarmoq orqali bog‘lash va kommutatsion qurilmalar bilan ta’minlash.

2. Institutning barcha binolariga qo‘shimcha Wi-Fi qurilmalarini o‘rnatish, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun Wi-Fi zonalarini tashkil qilish.

3. Internet tarmog‘i tezligini 20 mb/sek dan 50 mb/sek gacha va Tas-IX internet tarmog‘ini 50 mb/sek dan 100 mb/sek gacha oshirish.

2019-2020-yillarda, bosqichma-bosqich

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

15.

Institut rasmiy veb-saytini (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) talab darajasida qayta ishlab chiqish va ma’lumotlar bilan boyitish

1. Institutning rasmiy veb-saytini tasdiqlangan talablar asosida qayta ishlab chiqish.

2. Barcha ma’lumotlarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida joylashtirish.

3. Institutning rasmiy veb-saytidagi elektron pochta xizmatidan doimiy tarzda foydalanish.

2019-yil
aprel

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Keyingi tahrirga qarang.