26.03.2019 yildagi 254-son
Hujjat 21.05.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-yanvardagi 37-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 09/21/37/0067-son)
a) 52-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihani boshqarish milliy agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 89-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 92-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 95-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi qoshidagi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 96-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 321-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/321/0479-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Qadimiy Buxoro” turizm zonasini qurish” loyihasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 14-oktabrdagi 825-son qarorining 5-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-yanvardagi 37-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 09/21/37/0067-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 22-oktabrdagi 847-son qarorining 4-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.