O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarpi bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvidagi rezervidagi xizmatni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 17-modda):
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli” so‘zlari “harbiy xizmatga, shu jumladan cheklanishlar bilan yaroqli” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-bandning birinchi xatboshidagi “muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli bo‘lgan” so‘zlari “harbiy xizmatga, shu jumladan cheklanishlar bilan yaroqli bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4630-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2020-y., 07/20/4630/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 09/21/36/0063-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 58-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomning 31-bandi birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nomzodlar tibbiy ko‘rikdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga (keyingi o‘rinlarda Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom deb ataladi) muvofiq vazirliklar va idoralarning maxsus tashkil etiladigan harbiy-tibbiy komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 21-fevraldagi 95-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 4-son, 35-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish hamda ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2004-yil 26-iyuldagi 359-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 74-modda) ilovaning 10-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2009-yil 9-apreldagi 103-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 15-son, 187-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda) 1-ilovaning 27-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 23-avgustdagi 233-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 61-modda) ilovaning 14-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 27-iyundagi 171-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 6-son, 51-modda) ilovaning 16-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining mudofaa doktrinasi to‘g‘risida” 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-458-son va “Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida” 2018-yil 5-apreldagi O‘RQ-471-son qonunlari)” 2018-yil 20-sentabrdagi 748-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 9-son, 230-modda) ilovaning 11-bandi.