Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 07.03.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5611-son hamda 2019-yil 1-fevraldagi “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5647-son farmonlariga muvofiq, shuningdek, transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini samarali ta’minlashning sifat jihatidan yangi bosqichiga o‘tish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalari tuzilmalarida xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalarini tashkil etish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutadigan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish:

ushbu boshqarmalarni joylarda Xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha mas’ul etib belgilash;

Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarma�i tarkibida “Chorvoq” erkin turistik zonasi hududi tabiiy sharoitlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda hududda xizmat olib boruvchi tegishli bo‘linmani shakllantirish;

boshqarmalar faoliyatining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda to‘laqonli faoliyatini ta’minlash maqsadida, ularni joylashtirish, jihozlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish;

shaxsiy tarkibni tanlov asosida, xorijiy tillarni biladigan malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish.

Ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2019-yil

mart

IIV

(R. Xatamov, Sh. Mavlyanov)

2.

Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni, shu jumladan avtotransportda harakatlanish vaqtida kuzatib borish hamda moddiy madaniy meros obyektlarida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatishning normativ-huquqiy tartibini belgilash.

Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil

mart

IIV

(Sh. Mavlyanov),

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)

3.

Joylarda Xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasi talablarining lozim darajada bajarilishini tashkil etish bo‘yicha quyidagilarga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish:

1. Xizmat ko‘rsatish hududlarida xavfsiz turizmni ta’minlash masalalari bo‘yicha idoralararo ishchi guruhlarini tashkil etish hamda ularning tarkibiga Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha komissiya tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar vakillarini, shuningdek, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hududiy bo‘linmalari rahbarlarini kiritish;

2. Tegishli hududlarning hokimlari tomonidan:

idoralararo guruhlar faoliyatini amalga oshirish tartibi va asosiy yo‘nalishlarini, shuningdek, ularning vazifalari, funksiyalari, vakolatlari hamda javobgarligini belgilovchi idoralararo guruhlar faoliyati to‘g‘risidagi nizomlarni;

idoralararo guruhlarning xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi yarim yillik chora-tadbirlar rejalarini;

idoralararo guruhlar faoliyati ustidan shaxsiy nazorat hamda ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarni har chorakda eshitish mexanizmlarini tasdiqlash.

Viloyat hokimlari qarorlari

2019-yil

mart

Toshkent shahar, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari,

tegishli vazirlik va idoralar

4.

Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan bajarilgan ishlarni har tomonlama tahlil qilish hamda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida ularning tashkiliy-shtat tuzilmasini quyidagilarni nazarda tutgan holda qayta ko‘rib chiqish:

ularning tuzilmasida xavfsiz turizmni ta’minlash sohasida yangi tarmoq xizmatlari va guruhlarini shakllantirish;

turizm namoyishi obyektlari va infratuzilmasi hududlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashga ko‘maklashish uchun fuqarolarni shartnoma asosida jalb etish tartibini belgilash;

mobil patrullik guruhlari tarkibini oliy ma’lumotli xodimlar bilan to‘ldirish zaruratini inobatga olgan holda, mazkur guruhlarning safdorlik lavozimlarini bosqichma-bosqich ofitserlik lavozimlariga o‘zgartirish;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining belgilangan shtat birliklari doirasida Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi tuzilmasini mustahkamlash.

Ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2019-yil

may

IIV

(R. Xatamov, Sh. Mavlyanov)

5.

Ichki ishlar organlarining Xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan xizmat faoliyatida alohida farqlovchi belgilar, transport vositalarining yagona svetografik sxemalari va emblema namunalarini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda ulardan foydalanish tartibini belgilash.

Ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2019-yil

aprel

IIV

(Sh. Mavlyanov, R. Ergashev)

6.

Turistlar xavfsizligini terroristik tahdidlardan himoya qilishni tizimli ta’minlash maqsadida, ichki ishlar organlarining o‘z shtat birliklari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi portlash xavfi bo‘lgan predmetlarni zararsizlantirish bo‘yicha hududiy bo‘linmalar tuzilmasida turizm namoyishi obyektlari va infratuzilmasi hududlarida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maxsus otryadlarni tashkil etish (4-5 xodim).

Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil

aprel

IIV

(D. Nazarmuxamedov, R. Xatamov)

7.

Ichki ishlar organlari xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasini, shu jumladan quyidagilar bilan jihozlashni nazarda tutgan holda, bosqichma-bosqich mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish:

bo‘linmalarning xavfsiz turizmni ta’minlash vazifalarini bevosita joylarda bajaradigan xodimlarini elektron tarzda tarjima qiluvchi dasturiy ta’minotlar va axborot tizimlarining ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkonini beradigan shaxsiy planshet kompyuterlari;

turistlar gavjum bo‘ladigan joylarda ularning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish jarayonida vaziyatni kuzatish imkonini beruvchi maxsus vositalar bilan jihozlangan, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtobuslar;

turizm obyektlari, o‘tish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlar va suv havzalari obyektlari hududida patrullik qilish, shuningdek, turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish uchun mo‘ljallangan transport vositalari;

turistlar ishtirokidagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish jarayonida vujudga kelayotgan vaziyatni kuzatib turish �amda turistik zonalarning o‘tish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlaridagi vaziyatni vizual o‘rganish uchun videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan uchuvchisiz uchadigan apparatlar.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil

avgust

IIV

(Sh. Mavlyanov, R. Ergashev),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

8.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-noyabrdagi 939-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish:

Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha Komissiya raisi etib O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosarini belgilash hamda unga mazkur yo‘nalishdagi chora-tadbirlarning sifati va o‘z vaqtida tashkil etilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklash;

viloyatlardagi xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalari uchun belgilangan jamlash tartibi, talablar, imtiyoz va preferensiyalarni Toshkent shahri, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida yangidan tashkil etiladigan shu kabi bo‘linmalarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasiga ham tatbiq eti�.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil

aprel

IIV

(Sh. Mavlyanov),

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)

9.

Quyidagilarni inobatga olgan holda ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari xodimlari, shuningdek, turistik faoliyat subyektlari ishchilarining turistlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirish tizimini yaratish:

oliy ta’lim muassasalari va idoraviy o‘quv markazlari bilan kelishuvlar asosida tizimli ravishda o‘quv kurslarini tashkil etish;

qayta tayyorlash va malaka oshirishni Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti filiallarida (auditoriyalarida) kundalik xizmat faoliyatidan ajralmagan holda ta’minlash;

turistik kompaniyalar, mehmonxonalar va turistik faoliyatning boshqa subyektlari ishchilari uchun turistlarning xavfsizligini ta’minlash, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish;

o‘qish jarayonini nazorat qilish va natijalarini baholashning ta’sirchan tizimini yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi

Rejani tasdiqlash

2019-yil

mart


Rejani bajarish

2020-yil

1-yanvarga qadar

IIV

(R. Xatamov, Sh. Mavlyanov),

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),

Oliy ta’lim vazirligi

(O. Abduraxmonov)

10.

Yo‘lovchi poyezdlarida bevosita kuzatish faoliyatida 5 yildan ortiq xizmat o‘tayotgan ichki ishlar organlari xodimlarini rotatsiya qilish choralarini ko‘rish, bunda avvalo vokzallar va turistik yo‘nalishlardagi poyezdlar tarkibida bilimga ega, birinchi navbatda xorijiy tillarni biladigan shaxsiy tarkibni shakllantirishga e’tibor qaratish.

Ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2019-yil

aprel

IIV

(R. Xatamov, Sh. Mavlyanov)

11.

Joylashtirilgan manzillarda yashovchi shaxslarni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha “E-MENMONXONA” (“E-MENMON”) avtomatlashtirilgan axborot tizimini tashkil etish va faoliyat yuritish tartibini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

amaldagi tizimni batafsil o‘rganish, muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish;

turizm sohasida xizmat ko‘rsatuvchi barcha davlat va nodavlat obyektlar (tashkilotlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazalarini yaratish va ularni hisobga olish tizimiga kiritish;

ma’lumotlarning to‘liq va o‘z vaqtida kiritilishi hamda ularning ishonchliligini nazorat qilishning ta’sirchan tizimini ishlab chiqish;

ushbu tizimning bevosita vakolatli davlat organi tegishli bo‘linmalari tomonidan yuritilishi;

tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni amalga oshirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil

aprel

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),

LBMA

(D. Li)

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(A. Olmatov),

IIV

(Sh. Mavlyanov)

12.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi har tomonlama tashkiliy choralarni ko‘rish:

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasining transport obyektlari va ularga tutash hududlarda jamoat xavfs�zligini ta’minlashning markazlashgan hamda muvofiqlashtirilgan boshqaruvini amalga oshirish imkonini beruvchi situatsion-tahlil markazini tashkil etish;

transport va turizm obyektlarida “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksiga integratsiya qilish mumkin bo‘lgan intellektual videokuzatuv hamda “tashvish tugmalari” tizimining bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlash;

noqonuniy ravishda turistik xizmatlar ko‘rsatishning oldini olish bo‘yicha manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

aprel


Rejani tasdiqlash

2019-yil

aprel


Rejani amalga oshirish

2020-yil

1-yanvarga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(B. Olmatov),

IIV

(Sh. Mavlyanov), Transport vazirligi (I. Maxkamov),

DXX,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,
“Uzbekistan airports” AJ

13.

O‘zbekistonda xavfsiz turizmni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda har tomonlama yoritish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:

yuqori professional darajada, shu jumladan xorijiy tillarda bosma va videomateriallar tayyorlash;

samolyot bortlarida, aeroport va temir yo‘l vokzallari hududlarida, turizm namoyishi obyektlari va infratuzilmasi hududlarida, shu jumladan xorijdagi diplomatik vakolatxonalar orqali videolavhalar namoyish etilishini hamda bosma materiallar tarqatilishini ta’minlash;

O‘zbekistonda xavfsizlikni ta’minlash samaradorligi to‘g‘risida turistlarda ijobiy fikrni shakllantirishga yo‘naltirilgan eslatmalar va ma’lumot flayyerlarini tarqatishda turistik firmalar imkoniyatlaridan foydalanish.

Qo‘shma chora-tadbirlar rejasi

Rejani tasdiqlash

2019-yil

mart


Rejani bajarish

2019-yil davomida

MTRK

(A. Xodjayev),

AOKA

(K. Allamjonov),

IIV

(Sh. Mavlyanov),

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),

Transport vazirligi (I. Maxkamov),

TIV

(I. Ne’matov)

14.

Xiva shahrining turistik salohiyatini inobatga olgan holda, Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasining o‘z shtat birliklari hisobidan yangi qurilgan “Xiva” temir yo‘l stansiyasida xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmasini shakllantirish.

Ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2019-yil

mart

IIV

(R. Xatamov, Sh. Mavlyanov),

Transport vazirligi
(I. Maxkamov)

15.

Xorijiy turistlar respublikada xavfsiz va qulay sayohat qilishlari uchun quyidagilarni nazarda tutgan holda qo‘shimcha sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish:

turistik kompaniyalar tomonidan ichki ishlar organlari bilan birgalikda SOS tashvish signalini yuborish va joylashuvni aniqlash uchun mo‘ljallangan GPS-qurilmalar bilan jihozlangan maxsus bilakuzuklardan foydalanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish mexanizmini yaratish;

uyushmagan turistlar uchun avtoturargohlar va sanitariya-gigiyena tarmog‘i bilan jihozlangan hamda palatkalar o‘rnatish joylariga ega bo‘lgan mavsumiy oromgoh (kemping)larni tashkil etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar rejasi

Rejani tasdiqlash

2019-yil

mart


Rejani bajarish

2019-yil davomida

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(B. Olmatov),

IIV

(Sh. Mavlyanov),

Toshkent shahar, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari

a) 5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
6-bandning oltinchi xatboshidagi va 7-band “d” kichik bandining birinchi xatboshidagi “qurol-yarog‘, boshqa” so‘zlari chiqarib tashlansin;
9-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
11-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
19-bandning ikkinchi xatboshisida “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kasbiy tayyorgarlik fakultetida” so‘zlaridan keyin “yoki Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
75-bandning birinchi xatboshidagi “kiritiladi” so‘zi “kiritilishi mumkin” so‘zlari bilan almashtirilsin;
159-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
1-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “ichki ishlar organlarining” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2-bandning birinchi xatboshidagi “Ichki ishlar vazirligi” so‘zlari “Milliy gvardiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-bandning ikkinchi xatboshi, 4-band, 6-bandning ikkinchi va beshinchi hamda 8-bandning oltinchi xatboshilaridagi “ichki ishlar organlari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4075-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshidagi “tuman (shahar) ichki ishlar organlarining boshliqlari tomonidan” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi