12.02.2019 yildagi 114-son
Hujjat 12.02.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Xorazm viloyatida tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, hududlarni qovun yetishtirishga bosqichma-bosqich ixtisoslashtirish.

1. Hududlarni ixtisoslashtirish bo‘yicha Ishchi guruh tuzish.

2. Ishchi guruh tomonidan har bir hududning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda ixtisoslashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

3. Har bir tumanda qovun mahsulotlarining eksportbop
va qayta ishlashga mos nav va duragaylarini tanlab olish.

4. Hududlar ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ekinlarni joylashtirishda almashlab ekish tizimini joriy etish.

2019-yil fevral


2019-yil mart



2019-2020-yillar

Xorazm viloyati hokimligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi

2.

Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan va iqtisodiy samara bermayotgan, qishloq xo‘jaligiga yaroqsiz hamda ball boniteti past yer maydonlarida qovun yetishtirishga ixtisoslashgan issiqxonalarni bosqichma-bosqich tashkil etish.

1. Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan va iqtisodiy samara bermayotgan, qishloq xo‘jaligiga yaroqsiz hamda ball boniteti past yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazish.

2. Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan va iqtisodiy samara bermayotgan, qishloq xo‘jaligiga yaroqsiz hamda ball boniteti past yer maydonlarda issiqxonalarni tashkil etish bo‘yicha tashabbuskorlarni aniqlash.

3. Issiqxonalar quradigan subyektlarga xalqaro moliya institutlarining resurslarini jalb etish va tijorat banklari kreditlarini ajratish choralarini ko‘rish.

4. Qovun yetishtirishga ixtisoslashgan issiqxonalarni qurish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

5. Tarmoq jadvallariga asosan issiqxonalarni qurish bo‘yicha monitoring yuritish ishlarini tashkil etish.

2019-yil mart




2019-yil mart




2019-yil aprel



2019-yil aprel


2019-2020-yillar

Xorazm viloyati hokimligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi

3.

Xorazm viloyatida ochiq maydonlarda va issiqxonalarda yetishtirishga mo‘ljallangan eksportbop qovun navlari urug‘larini bosqichma-bosqich ko‘paytirish.

1. Viloyatning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda, ochiq maydonlarda hamda issiqxonalarda yetishtirishga mo‘ljallangan eksportbop qovun navlari urug‘larini bosqichma-bosqich ko‘paytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2. Ochiq maydonlarda va issiqxonalarda yetishtirishga mo‘ljallangan eksportbop qovun navlari urug‘larini ko‘paytirish borasida ilmiy asoslangan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

3. Viloyatda qovun mahsulotlarini yetishtirish maqsadida qovun urug‘larini ko‘paytirishning 5 yillik sxemasini ishlab chiqish.

4. Urug‘chilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari kesimida qovun urug‘larini ko‘paytirish tadbirlarini bajarish.

2019-yil fevral




2019-yil mart




2019-yil mart



2019-2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,
Xorazm viloyati hokimligi

4.

Ochiq maydonlarda va issiqxonalarda qovun mahsulotlarini yetishtirishda uchraydigan “qovun pashshasi” zararkunandasini aniqlash, unga qarshi kurashish hamda qovun ekilgan maydonlarda fitosanitar tozalikni ta’minlash.

1. Ochiq maydonlarda va issiqxonalarda qovun mahsulotlarini yetishtirishda uchraydigan kasallik va zararkunandalarga (qovun pashshasi) qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

2. Kasallik va zararkunandalarga (qovun pashshasi) qarshi kurashish uchun zarur kimyoviy preparatlar miqdorini aniqlash va zaxirasini yaratish.

3. Qovun kasallik va zararkunandalarini (qovun pashshasi) aniqlash bo‘yicha prognoz tadbirlarini amalga oshirish, tutqichlar qo‘yish va zarur qarshi kurashish ishlarini bajarish.

4. Hashorat va kasalliklarga (qovun pashshasi) qarshi kurashish bo‘yicha maxsus o‘quv-seminarlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil
mart



2019-yil aprel



2019-yil

may — sentyabr

“O‘zagrokimyohimoya” AJ,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi,
Fanlar akademiyasi,

Xorazm viloyati hokimligi

5.

Ochiq maydonlarda va issiqxonalarda eksportbop qovun navlarini yaratish seleksiyasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini jadallashtirish.

1. Eksportbop, hosildor, sifat ko‘rsatkichlari yuqori, transportbop, kasalliklarga chidamli bo‘lgan qovun navlarini yaratish bo‘yicha ilmiy-texnik dasturlar doirasida bajariladigan loyihalarni tayyorlash va belgilangan tartibda topshirish.

2. Ilmiy-texnik loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish.

3. Ekspertizadan o‘tkazilgan loyihalarni moliyalashtirish.

2019-yil

may




2019-yil oktyabr

2019-yil dekabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Fanlar akademiyasi

6.

Ochiq maydonlarda va issiqxonalarda qovunni ekish, qator oralariga ishlov berish, hosilni yig‘ishtirish va tashish bo‘yicha talab etiladigan qishloq xo‘jaligi maxsus texniklari va agregatlar bilan ta’minlash.

1. Ochiq maydonlarda va issiqxonalarda qovun yetishtirish uchun talab etiladigan va yetishmaydigan qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlar turlarini o‘rganish va ularning ajratilishini ta’minlash.

2. Qovunchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarini texnikalar bilan lizing asosida bosqichma-bosqich ta’minlash bo‘yicha choralarni ko‘rish.

2019-2020-yillar




2019-2020-yillar

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ,
Xorazm viloyati hokimligi,

Fanlar akademiyasi

Xorazm viloyati hokimligi,

“O‘zagrolizing” AJ

7.

Xorazm viloyatida ochiq maydonlarda va issiqxonalarda qovun yetishtirishga ixtisoslashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarini ularning o‘z va bo‘nak mablag‘lari hisobidan mineral o‘g‘itlar va yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash.

1. Ochiq maydonlarda va issiqxonalarda qovun yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga mineral o‘g‘itlar va yonilg‘i-moylash mahsulotlariga bo‘lgan talabni o‘rganish.

2. Qovun yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga mineral o‘g‘it va yonilg‘i-moylash mahsulotlari ularning o‘z va bo‘nak mablag‘lari hisobidan yetkazib berilishiga ko‘maklashish.

2019-2020-yillar

“O‘zneftmahsulot” AJ, “O‘zagrokimyohimoya” AJ,

Xorazm viloyati hokimligi

8.

Tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida qovun ekinlarini fermer xo‘jaliklari kesimida joylashtirish va ekilishini ta’minlash.

1. Qovun yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va tayyorlovchi, qayta ishlovchi hamda eksport qiluvchi tashkilotlar o‘rtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzish.

2. Tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish.

3. Tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida qovun ekinlarini fermer xo‘jaliklari kesimida joylashtirish.

4. Qovun ekinlarining fermer xo‘jaliklari kesimida ekilishini ta’minlash.

2019-yil
25-mart


2019-yil

1-aprel

2019-yil

may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi
,
Xorazm viloyati hokimligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

9.

Qovun mahsulotini eksport hajmlarini oshirish.

1. Dunyodagi asosiy iste’molchi davlatlarning qovun mahsulotlarini tur va navlari bo‘yicha import qilish hajmlarini o‘rganish.

2. Ushbu davlatlarning talablaridan kelib chiqib, eksport shartnomalarini tuzish.

3. Qovun mahsulotlarini eksportga chiqarish.

2019-yil
30-mart



har mavsumda

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
“O‘zagroeksport” AJ,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi

Keyingi tahrirga qarang.