T/r | Tadbirlarning nomlanishi | Amalga oshirish mexanizmi | Moliyalashtirish manbasi | Ijro muddatlari | Mas’ul ijrochilar |
I. Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | |||||
1. | Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga o‘tkazish, shuningdek quyidagilarni nazarda tutgan potensial ota-onalarni erta aniqlash tartibini takomillashtirish: mazkur toifadagi bolalarning ijtimoiy moslashuvi va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish uchun tegishli sharoitlar yaratish; to‘liq davlat ta’minotiga olinadigan bolalarning toifalarini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat | — | 2019-yil 1-aprelga qadar | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Bosh prokuratura (S. Saidkarimov), Oliy sud (K.Kamilov), Davlat soliq qo‘mitasi (B. Musayev), Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (V. Alimova), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
2. | O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijda ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, 3 yoshga to‘lmagan bolalarini O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish orqali voyaga yetmaganlarning huquqlarini ta’minlash. | Normativ-huquqiy hujjat | — | 2019-yil 1-oktabrga qadar | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (S. Saidkarimov) |
3. | Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun davlat tarbiya muassasalariga ajratiladigan homiylik mablag‘laridan foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqish. | Idoraviy hujjat | — | 2019-yil 1-sentabrga qadar | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov) |
4. | “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari, “Muruvvat” uylari va bolalar uylari xodimlari uchun odob-axloq qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Idoraviy hujjat | — | 2019-yil 1-avgustga qadar | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), |
5. | “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat | — | 2019-yil 1-aprelga qadar | Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev) |
6. | Bolalar uylarida bo‘lgan bolalarni tarbiyalash sohasida davlat talablarini joriy etish masalasini o‘rganish. | Tahliliy ma’lumotnoma | — | 2019-yil 1-iyunga qadar | Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
7. | Tutingan ota-onalar, vasiylar va homiylar tomonidan ularga bolalarni parvarish qilish bo‘yicha yuklangan vazifalarning bajarilishi ustidan nazorat qilish mexanizmini takomillashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat | — | 2019-yil 1-iyunga qadar | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (S. Saidkarimov), Oliy sud (K. Kamilov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (V. Alimova) |
8. | Ijtimoiy xodimlarning maqomi, vazifalari, funksiyalari va malakaviy talablarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat | — | 2019-yil 1-avgustga qadar | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (V. Alimova) |
II. Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun bolalar tarbiya muassasalarida tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish | |||||
9. | Tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy moslashuvi va kasb-hunarni muvaffaqiyatli tanlashi, ularda ijtimoiy va hayotiy ko‘nikmalarni hosil qilish maqsadida “Mehribonlik” uylarida, zarur moddiy-texnik baza bilan ta’minlagan holda, o‘quv kurslarini (“Uy-ro‘zg‘or akademiyasi”) tashkil qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Mahalliy budjet mablag‘lari | 2019-yil davomida | Xalq t�’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
10. | A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o‘quv dasturlarini takomillashtirish orqali tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | — | 2019-yil davomida | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) |
11. | O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining sohaga ixtisoslashtirilgan muassasalarida sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari pedagog xodimlarining malakasini oshirishni tashkil qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | — | Doimiy ravishda | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) |
12. | Quyidagilar: tutingan ota-onalarni tayyorlash; o‘quv-tarbiyaviy, ma’naviy-axloqiy ishlar hamda tarbiyalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun muassasalarda kompleks diagnostika, profilaktika, korreksion faoliyat, ijtimoiy pedagogika va psixologiya yo‘nalishida uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish. | Uslubiy qo‘llanmalar | — | 2019-yil 1-avgustga qadar | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kodirov), Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (V. Alimova) |
13. | “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari rahbarlari va pedagog xodimlarining malakasini oshirish. | Grafik asosida | — | Doimiy ravishda | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) |
14. | “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari rahbarlari va pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | — | 2019-yil 31-dekabrga qadar | Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) |
15. | “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari uchun sog‘lomlashtirish oromgohlari va shahar tashqarisidagi uylarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Davlat budjeti mablag‘lari | 2020 — 2023-yillar | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
III. Jamiyatda ijtimoiy yetimlikni profilaktika qilish va oldini olish | |||||
16. | Quyidagilarni nazarda tutgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish: bolalari “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalariga vaqtincha joylashtirilgan kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalar, shuningdek yolg‘iz ota-onalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash; og‘ir hayotiy vaziyatga (xavf-xatar guruhiga) tushib qolgan oilalarni aniqlash, ularga ijtimoiy-moddiy, ruhiy-pedagogik, axborot va huquqiy yordam ko‘rsatish, ishga joylashtirish hamda imtiyozli kreditlar olishda va boshqa muammolarini hal etishda ko‘maklashish orqali ijtimoiy yetimlikni profilaktika qilish va oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar; yangi tug‘ilgan chaqaloqdan voz kechish, oilaviy notinchlik va bolalarni ota-onalaridan ajratishni profilaktika qilish, oilani lozim darajada ijtimoiy-huquqiy va ruhiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash hamda ota-onalik huquqidan mahrum etish holatlari sonini kamaytirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | — | 2019–2020-yillar davomida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), “Mahalla” jamg‘armasi (Sh. Javlonov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (V. Alimova), manfaatdor vazirlik va idoralar |
17. | O‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy an’analar va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasalari rolini oshirish, ijtimoiy reklamalar, roliklar, maxsus teleko‘rsatuvlar va maqolalarni namoyish qilish va ilgari surish, shuningdek yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va joylashtirish, shu jumladan ularni oilaga joylashtirish mexanizmlari, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda xalqimizning ko‘p asrlik oilaviy qadriyatlari to‘g‘risida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish. | Ijtimoiy reklama va roliklar, tele- va radio eshittirishlar, maqolalar | — | Doimiy ravishda | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), MTRK (A. Xodjayev), O‘zA (A. Kuchimov), “Mahalla” jamg‘armasi (Sh. Javlonov), |
IV. Boshqa yo‘nalishlar | |||||
18. | Tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan (uy-joyga muhtoj bo‘lganlar sifatida hisobda turganlar) bolalarning uy-joy bilan ta’minlanganligini o‘rganish, ularni uy-joy bilan ta’minlash choralarini ko‘rish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | — | 2019-yil 1-iyulga qadar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov) |
19. | Tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ish bilan ta’minlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | — | 2019-yil davomida | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva) |
20. | Oliy ma’lumotli ijtimoiy xodimlarning mehnatiga haq to‘lash darajasini, shu jumladan mehnatiga haq to‘lash tarif razryadini qayta ko‘rib chiqish orqali oshirish masalasini o‘rganish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | Tahliliy ma’lumotnoma | — | 2019-yil 1-aprelga qadar | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev), |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 11.02.2019 yildagi PQ-4185-son
Кучга кириш санаси
12.02.2019
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 11.03.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
So‘nggi yillarda mamlakatda ijtimoiy yetimlikning oldini olish, aholi va yoshlar orasida sog‘lom oila qurishga mas’uliyat bilan yondashishni targ‘ib qilish, oilaviy qadriyatlarga ma’naviy-axloqiy munosabatni shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar tarbiya muassasalari va ularda tarbiyalanayotgan yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sonini sezilarli ravishda kamaytirishga yordam berdi.
Shu bilan birga, bolalarni joylashtirishning oilaviy hamda boshqa muqobil shakllarini keng joriy etish, ayniqsa ularni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish (patronat), shuningdek bolalarni mustaqil hayotga tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish talab etilmoqda.
Ijtimoiy yetimlikni yanada kamaytirish, yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, ularning jadal ijtimoiy moslashuvi uchun keng imkoniyatlar yaratish, tarbiya muassasalarining ish faoliyatini yaxshilash, shuningdek, jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalashda oilaning rolini mustahkamlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining:
2019-yil 1-martdan “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarining rahbar xodimlari va tarbiyachilari, shuningdek, barcha turdagi xalq ta’limi muassasalari tarbiyachilarining bazaviy tarif stavkasini 1,5 barobarga oshirish va uni umumta’lim maktablarining tegishlicha rahbar va pedagogik xodimlari bazaviy tarif stavkasining 75 foizi darajasida belgilash;
2019-yil 1-oktabrdan “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari rahbar xodimlari va oliy ma’lumotli tarbiyachilari hamda barcha turdagi xalq ta’limi muassasalarining oliy ma’lumotli tarbiyachilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumta’lim maktablarining tegishli rahbar va pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish, bunda ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyachilari uchun ko‘zda tutilgan ustamani bekor qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2019-yil 1-martdan boshlab oilaga tarbiyaga olingan (patronat) har bir bola uchun to‘lanadigan nafaqa miqdori 1,33 barobarga oshirilib, 820 000 so‘mni tashkil qiladi, keyinchalik inflatsiya hajmidan kam bo‘lmagan miqdorda oshirib boriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
2019-yil 1-oktabrdan boshlab jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining tarbiyachilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi lavozim maoshining 75 foizi miqdorida to‘lanadi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2020-y., 07/20/4860/1383-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
vasiylik va homiylik organlari xodimlariga o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq transport xarajatlarini qoplash uchun har oyda 170 000 so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lanadi, keyinchalik inflatsiya hajmidan kam bo‘lmagan miqdorda oshirib boriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
bolalar uylari, nogiron bolalar uchun “Muruvvat” internat uylari hamda sil kasalligiga qarshi bolalar sanatoriysi tarbiyachilariga tegishli toifadagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasi miqdorlari qo‘llaniladi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
oilaviy bolalar uylari tarbiyalovchi ota-onalarining bazaviy tarif stavkasi “Mehribonlik” uylari tarbiyachilari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasining ikki barobari miqdorida hisoblanadi, bunda mehnatning alohida sharoitlari uchun amaldagi ustama haqi bekor qilinadi va “Mehribonlik” uylari tarbiyachilari uchun belgilangan har yilgi ta’tillar, imtiyozlar va kafolatlar berish tartibi saqlab qolinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylariga 1 ta psixolog shtat birligi, tarbiyalanuvchilari soni 200 nafardan ortiq bo‘lgan “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylariga 2 ta psixolog shtat birliklarini kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil davomida “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan zamonaviy kompyuter sinflarini ochish, tarbiyalanuvchilarni zamonaviy kompyuter dasturlash ko‘nikmalariga o‘qitishni tashkil qilish va axborot texnologiyalari sohasida yosh mutaxassislar tayyorlanishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda oila institutini mustahkamlash, ijtimoiy yetimlikning oldini olish, shuningdek, “Mehribonlik” uylarini bosqichma-bosqich kam komplektli bolalar shaharchalariga hamda ijtimoiy muassasalarning boshqa muqobil shakllariga o‘tkazish maqsadida 2019-yil 1-iyunga qadar muddatda 2019 — 2023-yillarda “Mehribonlik” uylarini noinstitutsionallashtirish dasturini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyunga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilayotgan (patronat) vasiy va homiylikka nomzodlarni, farzandlikka olayotganlar va oilaviy bolalar uylarining tarbiyalovchi ota-onalarini tanlash va kuzatib borish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Xalq ta’limi vazirligi va boshqa davlat organlarining “Ishonch telefonlari” orqali yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga yordam ko‘rsatish tizimini tashkil qilsin, shuningdek, “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarida zarur aloqa vositalari bilan jihozlangan alohida xonalar ajratilishini, “Ishonch telefonlari” uzluksiz ishlashini hamda ulardan tarbiyalanuvchilarning erkin foydalanishini ta’minlasin.
4. Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2019-yil 1-iyunga qadar “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylarining hududlari va xonalarini videokuzatuv kameralari bilan jihozlanishini ta’minlasin, videoyozuvlar maxsus arxivda kamida bir oy davomida saqlanishini nazarda tutsin.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylaridagi videokuzatuv kameralarining texnik sozligi va uzluksiz ishlashini, keyinchalik ularni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida arxivlashtirishni ta’minlasin.
6. Vasiylik va homiylik organlari, “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari, bolalar uylari hamda yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun boshqa tarbiya muassasalari:
Oldingi tahrirga qarang.
notariuslar, Davlat xizmatlari markazlari, FHDY va ichki ishlar organlari, davlat tibbiyot va boshqa muassasalar orqali yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirishda;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-martdagi PF-6184-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2021-y., 06/21/6184/0192-son)
yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni himoya qilish maqsadida sudlarga ariza bilan murojaat qilishda davlat boji va boshqa to‘lovlardan ozod etilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda xarajatlar smetasini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining sohaga ixtisoslashtirilgan muassasalarida tibbiyot tizimi pedagogik xodimlarining malakasini oshirish uchun mablag‘larni nazarda tutsin.
Belgilansinki, asosiy ishidan ajralgan holda pedagog xodimlarning malakasini oshirish kurslariga yuborilgan tinglovchilarga o‘qish davrida asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
8. Quyidagilar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, shahar (tuman) hokimlari:
“Mehribonlik” uylariga kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarning bolalari hamda ota yoki onadan biriga ega bolalarni vaqtinchalik joylashtirish bo‘yicha qarorlarning asoslantirilganligi;
uy-joyga muhtoj sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga o‘z vaqtida turar joylar ajratilishini qonun hujjatlariga muvofiq ta’minlash uchun shaxsiy javobgar ekanligi ko‘rsatib o‘tilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga turar joylar ajratilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tijorat banklariga yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga, shu jumladan ular toifasiga kiradigan 18 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga yosh oilalar uchun nazarda tutilgan shartlarda, ko‘p kvartirali uylardan kvartira sotib olish maqsadida ipoteka kreditlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
Belgilansinki, yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditining dastlabki badali O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lab beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning maishiy va turar joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida, shaharlar va qishloq joylarida arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish parametrlarini shakllantirishda, 2020-yildan boshlab uy-joyga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ipoteka krediti berish asosida sotish uchun uylar qurilishini nazarda tutsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda bir oy muddatda tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ishga joylashtirilishi ustidan tizimli monitoring mexanizmini o‘rnatsin;
O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqishda tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni nazarda tutsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
“Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilarini dasturlash ko‘nikmalariga o‘rgatish hamda axborot texnologiyalari sohasida yosh mutaxassislarni tayyorlash maqsadida ularning Internet tarmog‘iga ulanishi va kompyuterlar bilan jihozlanishini, bunda 10-11-sinf o‘quvchilariga “axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” yo‘nalishida yetakchi tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashi uchun sharoitlar yaratilishini;
elektron o‘quv, shu jumladan kompyuter dasturlash va axborot texnologiyalar sohasidagi materiallardan foydalanish maqsadida “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarining “ZiyoNET” ta’lim tarmog‘iga ulanishini ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2019-yil 1-aprelga qadar yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ularning tutingan ota-onalari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga doimiy propiska qilinishini ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorda ko‘zda tutilgan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘lar ajratsin, shuningdek, har yili Davlat budjeti parametrlarida ushbu ko‘rsatilgan maqsadlar uchun mablag‘ni nazarda tutsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.