08.02.2019 yildagi PQ-4168-son
Hujjat 20.05.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son “Budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga “xufiyona iqtisodiyot” shakllanishi holatlarini aniqlash, yashirin ishlab chiqarish, kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish faoliyatiga chek qo‘yish funksiyalari yuklangan.

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish

1.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi intel�ektual mulk sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini ishlab chiqish:

Internetning kundalik hayotdagi tobora oshib borayotgan rolini inobatga olgan holda tovar belgilari “ommabopligi”ning aniq mezonlarini belgilash;

intellektual mulk obyektlarini (tovar belgisi, sanoat namunasi va boshqalar) nohalol ro‘yxatdan o‘tkazish tushunchalarini mustahkamlab qo‘yish;

tovar belgisidan foydalanishning aniq holatlarini uning maqsadli qo‘llanilishini nazarda tutgan holda belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2019-yil iyun

Adliya vazirligi (Davletov), vazirlik va idoralar

2.

Milliy qonunchilikka intellektual mulk sohasida umume’tirof etilgan xalqaro standartlarni, shu jumladan Xalqaro savdo tashkilotining Intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlari bo‘yicha bitimi talablarini inobatga olgan holda implementatsiya qilish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil oktyabr

Adliya vazirligi (Davletov), vazirlik va idoralar

3.

Intellektual mulk huquqi sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llash huquqini adliya organlariga taqdim etgan holda, intellektual mulk obyektlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2019-yil iyun

Adliya vazirligi (Davletov), Oliy sud (Kamilov), Bosh prokuratura (Tadjiyev), DBQ (Azimov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), IIV (Bobojonov)

4.

Intellektual mulk obyektlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2019-yil iyun

Adliya vazirligi (Davletov), Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (Raximov), Oliy sud (Kamilov), DBQ (Azimov)

5.

Patent vakillari institutini, shu jumladan:

patent vakillari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash tizimini;

patent vakillarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibini;

Intellektual mulk agentligining rasmiy veb-saytida patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonini real vaqt rejimida audio va videotranslatsiya qilish amaliyotini joriy etish orqali patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish qoidalarini;

ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida advokatlarga patent vakillari sifatida faoliyat yuritish huquqini berish orqali takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil avgust

Adliya vazirligi (Davletov)

6.

Intellektual mulk sohasidagi integratsiya jarayonini inobatga olgan holda, amaldagi patent bojlari stavkalarini qayta ko‘rib chiqish, shu jumladan 2020-yil 1-yanvardan boshlab patent bojlari va to‘lovlar stavkalarini, shuningdek norezidentlardan tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va sanoat namunasiga huquqiy muhofaza taqdim etish uchun undiriladigan individual bojlar stavkalarini bosqichma bosqich kamaytirishni nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil aprel

Adliya vazirligi (Davletov), Moliya vazirligi (Xaydarov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), vazirlik va idoralar

II. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning institutsional asoslarini takomillashtirish

7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasini, shu jumladan Agentlik tuzilmasini tasdiqlash, uning xodimlariga adliya organlari va muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash shartlari, martaba darajalari va boshqa rag‘batlantiruvchi ustamalar tatbiq etilishini nazarda tutgan holda kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2019-yil aprel

Adliya vazirligi (Davletov), Moliya vazirligi (Xaydarov)

8.

Apellatsiya kengashini tashkil etish, apellatsiyalarni ko‘rib chiqishning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, qaror qabul qilishda tor idoraviy manfaatlar ustunligining oldini olishni nazarda tutuvchi Intellektual mulk agentligining Apellatsiya kengashi to‘g‘risidagi nizomning yangilangan loyihasini kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil aprel

Adliya vazirligi (Davletov), vazirlik va idoralar

9.

Toshkent davlat yuridik universitetida intellektual mulk kafedrasi faoliyatini tashkil etish.

Adliya vazirining buyrug‘i

2019-yil mart

Adliya vazirligi (Davletov), TDYU (Kanyazov)

10.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi qoshida Patent sudini tashkil etish masalasini o‘rganib chiqib, asoslangan ta�liflarni ishlab chiqish.

Axborot-tahliliy hujjat

2019-yil mart

Adliya vazirligi (Davletov), Oliy sud (Kamilov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov)

11.

O‘zbekiston Respublikasining Tovar belgilari bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi Singapur shartnomasiga, shuningdek mamlakatda investitsion muhitning yaxshilanishiga ko‘maklashuvchi intellektual mulk sohasidagi boshqa xalqaro shartnomalarga qo‘shilishi masalasini ilgari surish.

Axborot-tahliliy hujjat

2019-yil dekabr

Adliya vazirligi (Davletov), TIV (Kamilov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), MTRK (Xadjayev)

III. Texnik va o‘quv-metodik bazani takomillashtirish, shuningdek intellektual mulk sohasidagi yutuqlarni amaliy ro‘yobga chiqarish.

12.

Intellektual mulk sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv rejalar va dasturlarni, o‘quv-uslubiy material va qo‘llanmalarni ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil sentyabr

Adliya vazirligi (Davletov), TDYU (Kanyazov)

13.

Quyidagilarni ta’minlovchi intellektual mulk obyektlarining yagona va doimiy yangilanib boradigan integratsiyalashgan ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va joriy etish:

huquqiy himoya olgan va undan mahrum bo‘lgan intellektual mulk obyektlarini real vaqt rejimida kuzatib borish;

huquqiy himoya olgan va undan mahrum bo‘lgan intellektual mulk obyektlarini avtomatik ravishda tegishlicha Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish va chiqarish;

intellektual mulk huquqi buzilishi holatlarini aniqlash va oldini olishda manfaatdor davlat organlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil iyun

Adliya vazirligi (Davletov), LBMA (Li), DBQ (Azimov), DSQ (Musayev), Iqtisodiy jinoyatlar bilan kurashish departamenti (Raximov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

IV. Jahon intellektual mulk tashkiloti (JIMT) bilan hamkorlikni yanada kengaytirish

14.

“Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumi doirasida intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilishning dolzarb tendensiyalarini muhokama qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil aprel

Adliya vazirligi (Davletov), TIV (Kamilov), “Taraqqiyot strategiyasi” markazi (Tulyakov)

15.

Xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar, JIMTning texnik qo‘llanmalari va ilmiy kitoblarini tarjima qilish va moslashtirish bo‘yicha JIMTning texnik ko‘magini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

tasdiqlangan grafikka muvofiq

Adliya vazirligi (Davletov), TIV (Kamilov), TDYU (Kanyazov)

16.

Intellektual mulk, shu jumladan uning huquqiy himoyasi sohasidagi milliy mutaxassislarni JIMTning shtab-kvartirasiga stajirovkaga yuborish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

tasdiqlangan grafikka muvofiq

Adliya vazirligi (Davletov), DBQ (Azimov), TIV (Kamilov) TDYU (Kanyazov)

17.

Jamiyatda intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqqa nisbatan hurmat bilan qarash madaniyatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot choralari va ishlarini o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi

tasdiqlangan grafikka muvofiq

Adliya vazirligi (Davletov), Innovatsiya vazirligi (Abduraxmonov), MTRK (Xadjayev)