17.01.2019 yildagi PF-5635-son
Hujjat 20.03.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ijrosini ta’minlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-maydagi PF-5722-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2019-y., 06/19/5722/3154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-maydagi PF-5722-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2019-y., 06/19/5722/3154-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)

T/r

Amalga oshiriladigan tadbir

Bajarish muddati

Ijro uchun mas’ullar

Sarf-xarajatlar

Moliyalashtirish manbalari

Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija

I. DAVLAT VA JAMIYAT QURILIShI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI

1.1. Demokratik islohotlarni �uqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish

1.

Oliy Majlis palatalarining norma ijodkorligi va parlament nazorati yo‘nalishidagi faoliyatini kuchaytirish
va samaradorligini oshirish.

2019-yil
1-mart

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),
Qonunchilik muammolari
va parlament tadqiqotlari instituti

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

qonunlarning mukammalligini ta’minlash maqsadida Oliy Majlis palatalari yuridik xizmatlari negizida Yuridik boshqarmalar tashkil etish, ularning shtat birligini ko‘paytirish;

to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonun qabul qilish jarayonini faollashtirish maqsadida Oliy Majlis Senati yalpi majlislarini zaruratga qarab, lekin yiliga kamida olti marta o‘tkazish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari axborotini eshitish bo‘yicha yillik reja-grafik tasdiqlash;

Bosh vazir va hukumat a’zolarining davlat dasturi ijrosi bo‘yicha Oliy Majlis palatalari oldida har chorakda hisobot berish amaliyotini joriy etish;

parlament a’zolarining har oy oxirgi haftasida o‘z saylov okrugiga chiqib, aholi va saylovchilarni tashvishga solayotgan muammolarni tizimli ravishda o‘rganib borish amaliyotini joriy etish;

har bir parlament nazorati tadbiri yakuniga ko‘ra aniq taklif ishlab chiqish, mansabdor shaxslar ishiga tanqidiy baho berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;

jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan muayyan faktlar yoki voqealar sodir bo‘lganda parlament tekshiruvi institutidan foydalanish nazarda tutiladi.

2.

Vazirlar Mahkamasi a’zolarini Oliy Majlis, viloyat, tuman va shahar davlat organlari rahbarlarini tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlash amaliyotini joriy etish.

2019-yil
1-mart

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlariga Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari nomzodini Bosh vazir taqdimiga binoan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlash tartibini belgilash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritish;

hukumat a’zoligiga nomzodning sohani rivojlantirish bo‘yicha yaqin muddatga va istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturi bilan deputatlar oldida chiqish qilish tartibini joriy etish;

hukumat a’zosining o‘z harakat dasturi ijrosini amalga oshirishiga doir masalalar yuzasidan axborotini Oliy Majlis palatalari, ularning qo‘mitalarida muntazam eshitib borish;

viloyat, tuman va shahar davlat organlari rahbarlari nomzodini tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan ma’qullash mexanizmini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

3.

Oliy Majlisning Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari ustidan parlament nazoratini amalga oshirishdagi axborot-tahliliy faoliyatini takomillashtirish.

2019-yil
1-aprel

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi,

Moliya vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida davlat budjeti, iqtisodiyot, pul-kredit siyosati masalalarida, shuningdek davlat budjeti ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini ta’minlashda deputat va senatorlar�a professional, mustaqil va xolis axborot-tahliliy, ekspertlik xizmati ko‘rsatuvchi Davlat budjeti boshqarmasini tashkil etish;

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Davlat budjeti boshqarmasiga yuqori malakali kadrlarni jalb qilish,
2019-yilda boshqarmaning joriy ta’minoti, xodimlar mehnatiga haq to‘lashga mablag‘lar ajratish nazarda tutiladi.

4.

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini yaratish.

2019-yil

1-aprel

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi,

Bosh prokuratura, IIV, DXX, Adliya vazirligi,

vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

Oliy Majlis palatalarida korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitalarini tashkil qilish;

har bir davlat tashkilotida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki dasturlarni ishlab chiqish;

korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday xizmatlarni raqamlashtirish, ularni “yagona darcha” tamoyili asosida berish va davlat xizmatlari markazlariga o‘tkazish;

fuqarolarning murojaatlaridan kelib chiqib va korrupsiyaga sharoit yaratuvchi holatlarni o‘rgangan holda, ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish mexanizmlari;

korrupsiya holatlarini aniqlashga yordam ko‘rsatuvchi “xolis fuqaro” tizimini joriy etish, bunda jamoatchilik nazorati va nodavlat notijorat tashkilotlarning rolini oshirish;

huquqbuzarliklar va ularga sharoit yaratuvchi omillar haqida xabar berishga imkoniyat yaratuvchi yagona portalni tashkil etish va ishga tushirish;

davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi munosabatlarning shaffofligini ta’minlash;

pora berilishi haqida xabar qilgan davlat xizmatchilari, shuningdek korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklar haqida tasdiqlangan xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish mexanizmlari;

korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalarining faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish;

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro reytinglarda O‘zbekistonni�g o‘rnini yaxshilash, xalqaro tashkilotlar, shu jumladan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining korrupsiyani oldini olishga oid tavsiyalarini har tomonlama ko‘rib chiqish va amalga oshirish choralari nazarda tutiladi.

5.

Qonunchilik bazasini tizimlashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan qonunlarni qabul qilish amaliyotini joriy etish.

2019-yil
1-mart

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi,

Qonunchilik muammolari
va parlament tadqiqotlari instituti

Oliy Majlis palatalarining qo‘shma qarori loyihasi.

Loyihada:

amaliyotdagi muammolarni tanqidiy o‘rganish va eng ilg‘or xorijiy tajribalar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan qonunlar tayyorlashni ta’minlovchi qonun hujjatlarini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning yagona uslubiyotini;

qonunosti hujjatlarni qisqartirib, ularning o‘rniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan qonunlarni qabul qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash nazarda tutiladi.

6.

Qonun hujjatlarini tayyorlash va qabul qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish.

2019-yil
1-mart

Adliya vazirligi,

Qonunchilik muammolari
va parlament tadqiqotlari instituti

“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi.

Loyihada:

qonun hujjatlarini qabul qilish asosi va tartibga solish predmetini aniq belgilash, bunda fuqarolarning huquq va manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishni cheklash;

vazirlik va idoralar tomonidan tayyorlangan qonun loyihalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonun talablariga mosligi, normalarni amalga oshirish mexanizmlariga ega ekanligi nuqtai-nazaridan baholash majburiyatini Adliya vazirligiga yuklash;

qonun hujjatlari loyihalarini kelishish tartibini takomillashtirish;

to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish mexanizmiga ega bo‘lmagan qonun loyihalarini kiritishni taqiqlash;

Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirishga qaratilgan masalalar nazarda tutiladi.

7.

Oliy Majlis faoliyatini moliyaviy, moddiy-texnik, tashkiliy ta’minlashni takomillashtirish.

2019-yil
1-mart

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Prezident Administratsiyasi,

Vazirlar Mahkamasi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

Oliy Majlis palatalari qo‘mitalari huzurida ular faoliyatiga bevosita yordam beradigan tegishli tuzilmalar tashkil etish;

parlament a’zolari va parlament palatalari devoni xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini qayta ko‘rib chiqish;

Oliy Majlis budjetini shakllantirish va ijro etishning yangi mexanizmlarini joriy qilish;

parlament delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga tashriflarini va chet el delegatsiyalarini qabul qilishni tashkil etish hamda shu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘larni sarflash masalasini Oliy Majlis palatalarining tegishli qarori bilan belgilash tartibini joriy qilish nazarda tutiladi.

8.

Hokimiyat vakillik organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga qaratilgan “Elektron parlament” tizimi loyihalarini amalga oshirish.

2019-yil
1-fevral

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Prezident Administratsiyasi,

Vazirlar Mahkamasi

Hisob-kitoblarga asosan

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

vakillik organlarining rasmiy veb-saytining namunaviy shaklini, faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan holda to‘plash
va qayta ishlash imkonini ta’minlab beruvchi axborot resursini shakllantirish;

Oliy Majlis palatalarida elektron hujjatlar aylanishi tizimini, qonun ijodkorligi faoliyatini avtomatlashtirish jarayonlarini ishlab chiqish va joriy etish;

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida parlamentga axborot-tahliliy xizmat ko‘rsatadigan Axborot-multimedia markazini tashkil etish nazarda tutiladi.

9.

Fuqarolarning saylovga oid huquqlarini ta’minlashni takomillashtirish.

2019-yil
1-fevral

Markaziy saylov komissiyasi,

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),
���dliya vazirligi, Qonunchilik muammolari

va parlament tadqiqotlari instituti,

IIV

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslarga saylash huquqini berish bo‘yicha xalqaro va xorijiy tajribani o‘rganish;

istiqbolda ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslarga �odir etgan jinoyatiga qarab saylash huquqini berish, qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish;

ushbu masala bo‘yicha keng targ‘ibot
va tushuntirish ishlarini olib borish nazarda tutiladi.

1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish

10.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning tarkibiga kiruvchi idoralar faoliyatini tubdan takomillashtirish.

2019-yil

1-aprel

Prezident Administratsiyasi,
Vazirlar Mahkamasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari loyihalari.

Loyihalarda:

Vazirlar Mahkamasi faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni belgilash;

Bosh vazir o‘rinbosarlarining bir vaqtning o‘zida aksiyadorlik jamiyati
va kompaniyalari hamda davlat ulushi mavjud boshqa tashkilotlarga rahbarlik qilish amaliyotini bekor qilish hamda ularning sonini optimallashtirish;

Bosh vazir maslahatchisi lavozimini joriy qilish;

Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari, shu jumladan Yig‘ma axborot-tahlil departamenti faoliyatini tugatish;

Bosh vazir o‘rinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari kotibiyatlarini tashkil qilish;

O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni jadallashtirish;

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda) va “Strategik rejalashtirish to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini ishlab chiqish;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini o‘tkazish tartibini belgilash;

hukumatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, hududiy rivojlanish, shuningdek tashqi-siyosiy va tashqi-iqtisodiy sohalardagi vakolatlarini, uning a’zolari javobgarligi chegaralarini aniq belgilash;

ijro hokimiyati organlari faoliyatini optimallashtirish va takomillashtirish nazarda tutiladi.

11.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyatini takomillashtirish.

Yil davomida

Prezident Administratsiyasi,
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi,

Bosh prokuratura

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimini yanada takomillashtirish;

murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra, tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish;

Xalq qabulxonalari vazifa va funksiyalarining to‘liq bajarilishini ta’minlash ishlari amalga oshiriladi.

12.

Davlat boshqaruvida ilg‘or davlat menejmenti va “aqlli” boshqaruv prinsiplariga bosqichma-bosqich o‘tish.

2019-yil

1-avgust

Davlat boshqaruvi akademiyasi,
Adliya vazirligi,

Loyiha boshqaruvi
milliy agentligi, Mehnat vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, davlat organlarida professional boshqaruvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini joriy qilish;

davlat muassasalari faoliyatini bevosita fuqarolar bilan ishlashga ixtisoslashtirish;

davlat organlarining “Xalqqa — ko‘makchi, tadbirkorlarga — biznes hamkor” sifatida faoliyat ko‘rsatishini yo‘lga qo‘yish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvida strategik menejment hamda risk menejmentining ilg‘or instrumentlari (usullari)ni o‘rgatish;

rahbar faoliyati natijalariga doimiy ravishda baho berish tizimini yaratish nazarda tutiladi.

13.

Davlat boshqaruvining zamonaviy usullarini kengaytirish.

2019-yil

1-sentabr

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Mehnat vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

autsorsing, kraudsorsing va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qo‘llash orqali xususiy sektorga o‘tkaziladigan davlat organlarining vazifa va funksiyalari ro‘yxati;

autsorsing, kraudsorsing va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qo‘llash orqali vazirlik va idoralarning shtatlar sonini qayta ko‘rib chiqish va samarasiz shtat birliklarini qisqartirish nazarda tutiladi.

14.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga malakali mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini shakllantirish.

2019-yil

1-oktabr

Prezident Administratsiyasi,
Mehnat vazirligi,
Adliya vazirligi,
Moliya vazirligi,
vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va qarori loyihalari.

Loyihalarda:

davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy hokimiyat organlarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish;

davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari faoliyatini isloh qilish;

kadrlarni tanlashning samarali shakllari va uslublarini joriy qilish;

davlat xizmatida kadrlarni markazlashtirilgan holda saralash, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va faoliyatini monitoring qilish tartibi;

yangi tayinlangan rahbar kadrlarni, vazir va hokimlarni o‘qitish, malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;

davlat xizmatchilarining faoliyatiga oid huquq va majburiyatlarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

15.

Zamonaviy davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich joriy qilish.

2019-yil

1-oktabr

Adliya vazirligi,

Mehnat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning mezonlari va uslublari hamda samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlarini (KPI) joriy qilish;

mehnatga haq to‘lashning zamonaviy tizimini yaratish. Bunda oylik ish haqini davlat xizmatchisi tomonidan qilinayotgan ishlar, ularning natijadorligi, sifati, murakkabligi, amaliyotda to‘g‘ri ishlayotganligi va boshqa mezonlardan kelib chiqib belgilash;

mehnatga haq to‘lashning zamonaviy tizimini yaratish evaziga ijtimoiy himoya va qayta tayyorlash choralarini ko‘rgan holda davlat xizmatchilarining sonini qisqartirish;

vazirlik va idoralarning, ayniqsa, iqtisodiyot kompleksiga kirgan tashkilotlarning takrorlanayotgan funksiyalarini aniqlash va ularni tegishli idoralarga o‘tkazish yoki bekor qilish;

davlat xizmatchilarining mehnatiga haq to‘lashning yangi tizimini Jizzax
va Toshkent viloyatlari hokimliklari, Iqtisodiyot va sanoat, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, Tashqi savdo vazirliklari, Turizmni rivojlantirish va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitalari faoliyatida sinov tariqasida joriy etish.

16.

Davlat idoralari xodimlarini qisqa va o‘rta muddatli o‘quv kurslarida o‘qitish tizimini joriy etish.

2019-yil

1-sentabr

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Vazirlar Mahkamasi,

“El-yurt umidi” jamg‘armasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridagi rahbarlik lavozimlariga kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;

Davlat boshqaruvi akademiyasidagi o‘quv dasturlari miqdorini vazirlik
va idoralar xususiyatidan kelib chiqib kamida 30 tagacha yetkazish;

rahbarlik lavozimlariga zaxiraga olingan, izlanuvchan, iste’dodli xodimlarning rivojlangan xorijiy davlatlarda malaka oshirish
va ilg‘or tajribani o‘zlashtirish tizimini takomillashtirish;

“El-yurt umidi” jamg‘armasida respublika bo‘yicha davlat organlari ehtiyoji uchun xorijda ta’lim olishi lozim bo‘lgan istiqbolli kadrlar haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish nazarda tutiladi.

17.

Tarmoqlar faoliyatini samarali boshqarishda strategik tahlil, rejalashtirish va prognoz tamoyillariga asoslangan uzoq muddatli davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-noyabr

Prezident Administratsiyasi,
Vazirlar Mahkamasi,

Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

strategik rejalashtirish mexanizmlari;

belgilangan shtatlar doirasida vazirlik va idoralarda strategik tahlil va prognozlashtirish tuzilmalarini tashkil etish nazarda tutiladi.

18.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ekspert kengashi faoliyatini tashkil etish.

2019-yil

1-aprel

Vazirlar Mahkamasi,

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

Ekspert kengashiga muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlarni, taniqli davlat va jamiyat arboblarini, olimlarni, shu jumladan xorijiy davlatlarning fuqarolarini hamda chet elda yashayotgan vatandoshlarimizni kiritgan holda uning tarkibini;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutiladi.

19.

Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini aniq chegaralash, xo‘jalik boshqaruvi organlarining davlat-huquqiy vakolatlarini cheklash.

2019-yil

1-oktabr

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va
sanoat vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Mehnat vazirligi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

davlat va xo‘jalik faoliyati, davlat-huquqiy vakolatlar kabi huquqiy tushunchalarni aniq belgilash;

xo‘jalik boshqaruvi organlaridan bosqichma-bosqich voz kechish, boshqaruv va tijorat funksiyalarini ajratish;

xo‘jalik boshqaruvi organlarining, davlat organlari huzuridagi xo‘jalik boshqaruvi vazifasi mavjud tuzilmalarning nazorat va tartibga solish vazifalarini tegishli vazirlik va idoralarga o‘tkazish hamda xo‘jalik faoliyatini bozor mexanizmi asosida amalga oshirish;

o‘z vazifalarini xo‘jalik faoliyati bilan qo‘shib bajarib kelayotgan davlat boshqaruvi organlari va davlat-hokimiyat vakolatlari berilgan xo‘jalik boshqaruvi organlarini xatlov o‘tkazish orqali aniqlash;

xatlov natijasiga ko‘ra, davlat organlarining davlat boshqaruvi va xo‘jalik faoliyatini aniq chegaralash, xo‘jalik boshqaruvi organlarining davlat-hokimiyat vakolatlarini cheklash yuzasidan yangi nizom, ustav va tuzilmalarni tasdiqlash nazarda tutiladi.

20.

Energetika sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish.

2019 yil

1-fevral

Vazirlar Mahkamasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Mehnat vazirligi,

“O‘zdavenergonazorat”,

“O‘zdavneftgaz-inspeksiya” davlat inspeksiyalari,

“O‘zbekneftgaz” AJ,
“O‘zbekenergo” AJ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyihada:

energetika, jumladan elektr energiya, neft va gaz sohasini davlat tomonidan boshqarish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organni tashkil etish;

energetika sohasida “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJdan davlat-hokimiyat vakolatlarini energetika sohasida yangi tashkil etiladigan davlat boshqaruvi organiga o‘tkazish nazarda tutiladi.

21.

Transport sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish.

2019-yil

20-fevral

Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Avtomobil transporti agentligi,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyihada:

transport, jumladan havo, temir yo‘l, avtomobil transporti va metropoliten sohasini davlat tomonidan boshqarish bo‘yicha yagona davlat tarif siyosatini amalga oshiruvchi davlat organini tashkil etish;

transport sohasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKdan davlat-hokimiyat vakolatlarini transport sohasidagi
yangi davlat boshqaruv organiga berish;

transport sohasida davlat-xususiy sheriklikni joriy etish nazarda tutiladi.

22.

Hududlarni obodonlashtirish tizimini yanada takomillashtirish.

2019-yil
1-mart

Vazirlar Mahkamasi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

hududlarni obodonlashtirish sohasida davlat boshqaruvini isloh qilish, shu jumladan davlat-xususiy sher�klik mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy qilish, sohaga oid qonun hujjatlarini, yangi standartlar va shaharsozlik normalarini ishlab chiqish;

obodonlashtirish organlarining ishini optimallashtirish va ularning resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida sohaga axb�rot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;

hududlarni obodonlashtirish ishlari samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;

jismoniy va yuridik shaxslarga ularga biriktirilgan yer uchastkalarini obodonlashtirish majburiyatini belgilash nazarda tutiladi.

23.

Alkogolli va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va savdo qilish sohasida davlat nazoratini takomillashtirish.

2019-yil

1-fevral

Vazirlar Mahkamasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Mehnat vazirligi,

“O‘zsharobsanoat” AJ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va qarori loyihalari.

Loyihalarda:

alkogolli va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va savdo qilish sohasini davlat tomonidan samarali monitoring qilish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organni tashkil etish;

alkogolli va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali “ikkilamchi mahsulot” ishlab chiqarishning oldini olish;

alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga qo‘yilayotgan litsenziya talablarini qayta ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.

24.

Davlat unitar korxonalari sonini optimallashtirish.

2019-yil

1-may

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi,

vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyihada:

davlat unitar korxonalarini xatlovdan o‘tkazish asosida raqobat mavjud sohalarda faoliyat yurituvchi va samaradorligi past davlat unitar korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;

autsorsing mexanizmlarini qo‘llash orqali ularni tugatish nazarda tutiladi.

25.

Davlatning iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokining aniq chegaralarini belgilash.

2019-yil

1-iyun

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada raqobat mavjud iqtisodiyot sohalarida davlat ishtirokining aniq chegaralari nazarda tutiladi.

26.

Davlat-hokimiyat vakolatlari berilgan idoralararo kollegial organlar (komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlar
va boshqalar)ni yanada qisqartirish.

2019-yil

1-oktabr

Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi, vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

idoralararo kollegial organlar (komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlar va boshqalar)ning vazifa, funksiya va vakolatlarini tahlil qilish hamda samaradorligini baholash;

samarasiz faoliyat yuritayotgan
150 dan ortiq idoralararo kollegial organlarning vazifa va funksiyalarini vakolatli organlarga o‘tkazish orqali ularning sonini yanada qisqartirish nazarda tutiladi.

27.

Toshkent shahrida eksperiment tariqasida amalga oshirilayotgan davlat boshqaruvining yangi tartibini respublikaning boshqa hududlariga joriy etish.

2019-yil

1-iyul

Adliya vazirligi,

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,

Mehnat vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

xalq deputatlari Kengashlarining kotibiyatini tuzish;

hokimlar boshqaruv apparatlari negizida hokim tomonidan tuziladigan hokimliklar devonlarini tashkil etish;

hududiy moliya, iqtisodiyot, qurilish, uy-joy kommunal va investitsiya boshqarmalari rahbarlarini tayinlash vakolatini hokimlarga berish;

samarasiz davlat unitar korxonalari, hududiy idoralararo komissiyalar va kengashlarni tugatish;

mahalliy budjetga tushumlar ajratmalarini qayta taqsimlash;

davlat ulushi mavjud bozor va savdo komplekslarini ishonchli boshqaruvga berish nazarda tutiladi.

28.

Hokimning xalq deputatlari Kengashi raisi sifatidagi maqomini bekor qilish.

2019-yil

1-mart

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi,
Adliya vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

hokimning xalq deputatlari Kengashi raisi sifatidagi maqomini bekor qilish bilan bog‘liq masalalar;

ushbu masala yuzasidan amaldagi qonunlarga tegishli o‘zgartishlar kiritish nazarda tutiladi.

29.

Davlat xizmatlari markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xizmatlar sonini ko‘paytirish va elektron xizmat tizimini joriy etish.

2019-yil

1-aprel

Adliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

“O‘zarxiv” agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilingan mablag‘lar,
davlat budjeti
va Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

2019-yilda 120 ta Davlat xizmatlari markazlarining zamonaviy va innovatsion jihozlangan binolarini qurib bitkazish hamda foydalanishga topshirish;

davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning turli xil qo�oz ko‘rinishidagi ma’lumotlar bazalarini, eng avvalo, arxiv va fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarining elektron shakllarini yaratish;

davlat organlarining qog‘oz ko‘rinishidagi ma’lumotnomalarini xatlovdan o‘tkazish, ularni 2022-yilga qadar bosqichma-bosqich
raqamlashtirib borish yuzasidan
chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish

30.

Davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolarning keng ishtirokini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish.

2019-yil
1-fevral

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi

Oliy Majlis palatalari qo‘shma qarori loyihasi.

Loyihada “Mening fikrim” maxsus veb-portali orqali elektron jamoaviy murojaatlarni Oliy Majlis palatalari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari bilan
bir qatorda Vazirlar Mahkamasi tomonidan ham ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.

31.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini isloh qilish.

2019-yil
1-mart

Prezident Administratsiyasi,

Vazirlar Mahkamasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining mavqeyini qayta ko‘rib chiqish, kompaniya boshqaruviga bozor mexanizmlarini joriy etish va sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish nazarda tutiladi.

32.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asoslarini takomillashtirish.

2019-yil
1-fevral

Vazirlar Mahkamasi,

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada fuqarolar yig‘inlari tomonidan aholi va tashkilotlardan ixtiyoriylik asosida mablag‘larni jalb etishning samarali mexanizmlarini joriy etish nazarda tutiladi.

33.

Jamiyat va davlat oldida turgan ijtimoiy vazifalarni hal etishda ijtimoiy sheriklik institutini keng joriy etish.

2019-yil
1-oktabr

Vazirlar Mahkamasi,

Adliya vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Bunda:

ijtimoiy sheriklikning amaldagi “davlat + fuqarolik jamiyati institutlari” mexanizmini “davlat + fuqarolik jamiyati institutlari + tadbirkorlik subyektlari” mexanizmiga o‘zgartirish;

ijtimoiy sheriklikni amalga oshirishda ishtirok etadigan tadbirkorlik faoliyati subyektlariga imtiyozlar berish;

respublika davlat boshqaruvi organlarining har yili budjetdan tashqari mablag‘lari xarajatlari smetasida davlat ijtimoiy buyurtmasini berish uchun majburiy tartibda mablag‘lar ajratishi;

ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi a’zolarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralarini ko‘rish nazarda tutiladi.

34.

Jamiyat va davlat hayotida reklama faoliyatining rolini yanada oshirish.

2019-yil
1-sentabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Adliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

mamlakatimizda reklama faoliyatini yanada takomillashtirish;

reklama beruvchi, tayyorlovchi va tarqatuvchilarning ushbu sohadagi mas’uliyati va javobgarligini oshirish;

ommaviy axborot vositalariga reklama berishda raqobat muhitini rivojlantirish choralarini ko‘rish;

reklamadan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

II. QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASh VA SUD-HUQUQ TIZIMINI YANADA ISLOH QILIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI

2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish

35.

“Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-fevral

Vazirlar Mahkamasi,

Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi,
Oliy sud

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada arbitr sifatida xorijiy mutaxassislarni jalb qilish va xorijiy mamlakatlar qonunchiligini qo‘llash, nizolarni xalqaro arbitraj orqali ko‘rib chiqishning huquqiy asoslari nazarda tutiladi.

36.

Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish.

2019-yil

1-aprel

Adliya vazirligi, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud,
Bosh prokuratura, DXX

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda uzoq muddat davomida (5 yil va undan ortiq) benuqson faoliyat ko‘rsatayotgan o‘rta
va o‘rta maxsus ma’lumotli yoki boshqa mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega xodimlarni keyinchalik mazkur organda kamida 5 yil ishlab berish sharti bilan imtiyozli ravishda shartnoma asosida sirtqi bo‘limlarda oliy yuridik ta’lim muassasalariga qabul qilish va maqsadli tayyorlash tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

37.

Sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibini takomillashtirish.

2019-yil

1-mart

Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud,
O‘zbekiston sudyalar �ssotsiatsiyasi,
Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

sudyalikka nomzodlarni konkurs asosida oldindan tanlab olish mexanizmini joriy etish;

keng jamoatchilik fikri o‘rganilgan holda sudyalar hamjamiyati tomonidan sudyalarni tayinlash tartibini joriy etish nazarda tutiladi.

38.

Sudyalik lavozimiga ilk marotaba tavsiya etiladigan nomzodlar uchun amaldagi yosh tsenzini qayta ko‘rib chiqish.

2019-yil

15-may

Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, O‘zbekiston sudyalar assotsiatsiyasi, Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada sudyalarni yetarli hayotiy tajriba va yuqori malakaga ega shaxslardan shakllantirish maqsadida sudyalikka ilk bor tayinlanadigan nomzodlar uchun yosh tsenzini qayta ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.

39.

Sudyaning maxsus kiyimi tavsifi va namunalarini ishlab chiqish.

2019-yil

15-mart

Oliy Majlis Senati,

Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud,

Sudyalar oliy kengashi, O‘zbekiston sudyalar assotsiatsiyasi

500 mln

Davlat budjeti mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qarori loyihasi.

Loyihada sudyaning maxsus kiyimi tavsifi va namunalarini tasdiqlash nazarda tutiladi.

2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash

40.

Restoran, kafe va boshqa ko‘ngilochar obyektlarda huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta’minlash talablarini o‘rnatgan holda ularning tungi paytda ishlash tartibini belgilash.

2019-yil

10-fevral

IIV, Bosh prokuratura, Davlat soliq qo‘mitasi, Milliy gvardiya, Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada restoran, kafe va boshqa ko‘ngilochar obyektlarda huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta’minlash talablari, ushbu ko‘ngilochar obyektlarning tungi paytda ishlash tartibi nazarda tutiladi.

41.

Fuqarolarga pasport xizmati ko‘rsatish tizimini soddalashtirish.

2019-yil

10-sentabr

IIV, DXX,
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

tuman, shahar migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlaridagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini turgan joyi bo‘yicha hisobga olish, O‘zbekiston Respublikasining boshqa viloyatlaridan kelgan fuqarolarini doimiy propiska qilish, hudud ichida bir manzildan ikkinchi manzilga o‘tgan fuqarolarini doimiy propiska qilish xizmatlarini ularning yashab turgan joylariga yaqin bo‘lgan tuman, shahar ichki ishlar bo‘limlarida amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish;

ushbu xizmatlarni Davlat xizmatlari agentligi tomonidan ham amalga oshirilishi nazarda tutiladi.

42.

Ilg‘or xorijiy tajriba
va xalqaro standartlarni inobatga olib, jazoni ijro etish tizimida shaxsni axloqan tuzatish va jamiyatga ijtimoiy moslashuvini ta’minlash.

2019-yil

20-noyabr

IIV, DXX,
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

probatsiya xizmati faoliyatining mexanizmlari, mahkumlarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish tartibini joriy etish;

mahkumlarni rag‘batlantirishning adolatli mezonlarini ishlab chiqish;

voyaga yetmagan mahkumlarning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan uchrashishga bo‘lgan huquqiga nisbatan cheklovlarni bekor qilish;

mahkuma ayollarning o‘z farzandlari bilan uchrashishining alohida tartibini belgilash;

mahkumlarning uchrashuvlari va telefon orqali so‘zlashuvlari
sonini ko‘paytirish, uchrashuvlarni almashtirish tizimi nazarda tutiladi.

2.3. Ma’muriy, jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish

43.

Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini tubdan qayta ko‘rib chiqish.

2019-yil

1-iyul

Bosh prokuratura, IIV, DXX, Oliy sud,

Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

jinoyat qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish;

jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtirish;

fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarining ta’sirchan va ishonchli muhofaza qilinishini ta’minlash;

qonunchilikdagi jazoni og‘irlashtirish yoki yengillashtirishga oid normalarni qo‘llash jarayonidagi inson omilini bartaraf etish;

jinoyat-protsessual qonunchiligi normalarini tizimlashtirish va uyg‘unlashtirish;

jinoyat-protsessual qonunchilikda yarashuv instituti doirasini kengaytirish nazarda tutiladi.

44.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksi loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-dekabr

Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

amaldagi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish;

ishni ko‘rishning protsessual tartibini takomillashtirish;

protsess ishtirokchilarining huquq
va majburiyatlarini maqbullashtirish;

ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish yuritish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish (elektron bayonnoma, elektron ma’muriy ish va boshqalar);

jabrlanuvchi arizasiga asosan yuritiladigan ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni tugatish tartibini joriy qilish;

ma’muriy jazo choralari tizimini liberallashtirish;

jarima jazosini ixtiyoriy ijro etishni rag‘batlantirishning differensial tartibini joriy etish;

ma’muriy javobgarlikka tortishga vakolatli bo‘lgan organlar va mansabdor shaxslar toifasini maqbullashtirish nazarda tutiladi.

2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish

45.

Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida, jumladan fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining mol-mulklarini himoya qilishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng tatbiq etish maqsadida xususiy qo‘riqlash xizmatlarining huquqiy asoslarini yaratish.

2019-yil

1-fevral

IIV, Bosh prokuratura, DXX, Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

nodavlat tashkilotlarga jismoniy
va yuridik shaxslarga tegishli obyektlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘riqlash faoliyati bilan shug‘ullanish va xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat berish;

qo‘riqlanadigan obyektlarda jamoat tartibini ta’minlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan yaqindan hamkorlik qilish zaruratini inobatga olgan holda, nodavlat tashkilotlarning qo‘riqlash
faoliyati bilan shug‘ullanishini litsenziyalash shartlari va talablarini o‘rnatish;

nodavlat tashkilotlarning qo‘riqlash faoliyati bilan shug‘ullanish tartibini belgilash;

nodavlat qo‘riqlash tashkilotlarini xodimlar bilan to‘ldirish, ularning kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

46.

Profilaktika inspektorlariga ko‘maklashuvchi professional faoliyatni takomillashtirish

2019-yil

20-fevral

IIV,

“Mahalla” xayriya jamoat fondi,

Bosh prokuratura,

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari faoliyatini tashkil etish;

profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilarining mehnatiga haq to‘lash mexanizmi hamda ularning vazifa
va vakolatlarini belgilash;

profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilarini tayinlash va ichki ishlar organlari xizmatiga hamda oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilishda belgilanadigan imtiyozlarning mezonlari nazarda tutiladi.

2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash, huquqiy yordam va yuridik xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish

47.

Toshkent shahrida “Tashkent Law Spring” birinchi xalqaro yuridik forumini o‘tkazish.

2019-yil

20-aprel

Adliya vazirligi,

Oliy sud,
Bosh prokuratura, vazirlik va idoralar

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

O‘zbekistonda qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalarini muhokama qilish;

mamlakatning investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitiga ijobiy ta’sir qiladigan islohotlarni keng jamoatchilikka namoyish etish;

“Yilning eng yaxshi advokati”, “Yilning eng yaxshi advokatlik tuzilmasi” va “Eng yaxshi korporativ yurist” nominatsiyalari bo‘yicha mukofotlarni tashkil etish nazarda tutiladi.

48.

Ayrim harakatlar uchun notarial tasdiqlanishi shart bo‘lgan talablarni bekor qilish.

2019-yil

10-noyabr

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Moliya vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Oliy sud, IIV

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda yaqin qarindoshlar o‘rtasida mol-mulkdan foydalanish uchun ishonchnoma rasmiylashtirishda notarial rasmiylashtirish haqidagi talabni bekor qilish nazarda tutiladi.

49.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va chet el fuqarolariga bepul huquqiy maslahat berishga mo‘ljallangan “Advice.uz” interaktiv axborot portalini tashkil etish.

2019-yil

30-may

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada “Advice.uz” interaktiv axborot portalini tashkil etish va uning faoliyat yuritish tartibi nazarda tutiladi.

III. IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISh VA FAOL INVESTITSIYa JALB ETIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI

3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish

50.

Iqtisodiyot rivojiga jiddiy turtki beradigan sohalarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.

To‘qimachilik, neft-gaz, elektr energetika, qimmatbaho va rangli metall, avtomobilsozlik va kimyo sohalarida bosqichma-bosqich islohotlarni amalga oshirish.

2019-yil

1-iyul

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Mehnat vazirligi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

tabiiy va mehnat resurslari samarali joylashuvidan kelib chiqib, milliy iqtisodiyotning rivojiga jiddiy turtki beradigan sohalarni, jumladan to‘qimachilik,
neft-gaz, elektr energetika, qimmatbaho va rangli metall, avtomobilsozlik va kimyo sohalarini o‘rta muddatda rivojlantirish hamda isloh qilishning asosiy yo‘nalish
va indikatorlari;

mazkur sohalardagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri choralar nazarda tutiladi.

51.

“Xufyona iqtisodiyot” salmog‘ini iqtisodiy usullarni ishlatgan holda qisqartirish.

2019-yil

1-iyun

Davlat soliq qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Bosh prokuratura,

Davlat bojxona qo‘mitasi,

Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Markaziy bank,

Mehnat vazirligi,

“O‘zstandart” agentlig�,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan “xufyona iqtisodiyot” omillarini sohalar va tarmoqlar kesimida tahlil qilib, uni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

Dasturda:

iqtisodiy faoliyatni legallashtirish yuzasidan normativ-huquqiy asoslarni takomillashtirish;

import qilingan tovarlar hisobotlarining elektron tarzda shakllanishini ta’minlash;

ayrim tovarlar uchun identifikatsiya markirovka qilishning yagona tizimini joriy etish va soliq organlari tomonidan mahsulotni hisobga olishning elektron bazasini yaratish;

elektron tijorat faoliyatini qonuniylashtirish va nazorat qilish mexanizmini joriy etish;

naqd pulsiz hisob-kitobni rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish, shu jumladan jismoniy shaxslar o‘rtasida ko‘chmas mulk obyektlari
va avtotransport vositalari oldi-sotdisi va boshqa yirik miqdordagi bitimlar bo‘yicha hisob-kitoblarni bank orqali amalga oshirish tizimini rivojlantirish;

tadbirkorlar faoliyatiga davlat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuv holatlariga qat’iy yo‘l qo‘ymaslik;

“xolis xaridor” tizimini keng joriy qilish, “xufyona iqtisodiyot” bo‘yicha “ishonch telefonlari”ni tashkil qilish va mazkur sohada tasdiqlangan xabarni bergan shaxslarni rag‘batlantirish;

davlat organlari ishida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash nazarda tutiladi.

52.

Qo‘shimcha imkoniyat va manbalar hisobidan budjet defitsitini kamaytirish.

Yil davomida

Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi,

Hisob palatasi,

Bosh prokuratura,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda kutilayotg�n defitsitni kamaytirish, shu jumladan soliq bazasini kengaytirish va samarasiz xarajatlarni maqbullashtirish yuzasidan aniq choralar amalga oshiriladi.

53.

Yil boshidan joriy etilayotgan bojxona tarif siyosatini tatbiq etish orqali tashqi bozordagi o‘zgarishlarning iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish.

2019-yil

1-may

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,Tashqi savdo vazirligi,
Hisob palatasi,

Moliya vazirligi,
vazirlik va idoralar

Chora-tadbirlar rejasi.

Bunda tashqi bozordagi o‘zgarishlarning iqtisodiyotimizga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.

54.

Mamlakatni 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-aprel

Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan mamlakatni 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlanadi.

55.

Budjet mablag‘laridan samarali foydalanish tizimini yanada takomillashtirish.

2019-yil

1-noyabr

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Hisob palatasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

xalqaro moliya tashkilotlari bilan birgalikda bu sohadagi jahon tajribasini chuqur o‘rgangan holda O‘zbekistonda maqsadga yo‘naltirilgan budjetlashtirish tizimini joriy etish bosqichlari va yo‘nalishlari;

budjetdan moliyalashtiriladigan dastur va loyihalar bo‘yicha sifat
va miqdor ko‘rsatkichlari va baholash indikatorlarini ishlab chiqish tartibi;

budjet mablag‘lari samaradorligini auditdan o‘tkazish standartlarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

56.

Budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish va mahalliy budjetlarning yuqori turuvchi budjetlarga bog‘liqligi darajasini qisqartirish.

2019-yil

1-oktabr

Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

2020-yil yakuniga qadar maqsadli yuqori budjetdan quyi budjetga ajratmalar (transfertlar) berish qoidalari va tartibini takomillashtirish, ya’ni yagona yondashuvni belgilovchi tartib o‘rnatish;

2021-yildan mahalliy budjetga qoldiriladigan soliqlar bo‘yicha ajratmalar me’yorini unifikatsiyalash va 3 yilda bir marta qayta ko‘rib chiqish amaliyotini joriy etish;

mahalliy xarajatlarni moliyalashtirish vakolatini bosqichma-bosqich yuqori budjetdan quyi budjetga o‘tkazish nazarda tutiladi.

57.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro valyuta jamg‘armasining Milliy hisoblar zamonaviy tizimini joriy etish.

2019-yil

1-iyul

Davlat statistika qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi, Markaziy bank

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro valyuta jamg‘armasining Milliy hisoblar zamonaviy tizimini 2020-yil 1-yanvardan boshlab to‘liq joriy etishga qaratilgan tadbirlar;

yalpi ichki mahsulotni hisoblashda iqtisodiyotdagi jarayonlar to‘liq
aks ettirilishini ta’minlash;

yalpi ichki mahsulot miqdorini aniqlashni xarajat uslubida amalga oshirish nazarda tutiladi.

58.

Monetar siyosatni takomillashtirish, Hukumat va Markaziy bankning narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha konsepsiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-oktabr

Markaziy bank,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan monetar siyosatni takomillashtirish choralari, Hukumat
va Markaziy bankning narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

59.

Samarali soliq ma’muriyatchiligini yo‘lga qo‘yish.

Yil davomida

Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi

Chora-tadbirlar dasturi.

Bunda soliq stavkalari pasaytirilishi yoki ayrim soliqlar bekor qilinishini inobatga olgan holda budjet barqarorligini ta’minlash choralari nazarda tutiladi.

60.

Soliq kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyun

Moliya vazirligi,

Davlat soliq qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, xalqaro moliya tashkilotlari mutaxassislari bilan birgalikda Soliq kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish;

halol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish va yashirin faoliyat yuritadigan subyektlarni jazolash mexanizmlari nazarda tutiladi.

61.

Soliq islohotlarini amalga oshirish davrida iste’mol mahsulotlari narxining barqarorligini va inflatsiya darajasi prognoz ko‘rsatkichlaridan oshmasligini ta’minlash.

Yil davomida

Vazirlar Mahkamasi,

Markaziy bank,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Bosh prokuratura, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda iste’mol mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlash, xususan qo‘shilgan qiymat solig‘i keng joriy qilinishi bilan iste’mol tovarlarining narxi o‘sishining oldini olish choralari nazarda tutiladi.

3.2. Bank va moliya tizimini isloh qilish hamda sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish

62.

Bank-moliya tizimini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish.

2019-yil

1-aprel

Vazirlar Mahkamasi,

Markaziy bank,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan Jahon banki ko‘magida ishlab chiqiladigan bank-moliya tizimini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiya tasdiqlanadi.

Strategiyada:

davlat mablag‘lari hisobidan imtiyozli bank krediti ajratish amaliyotini tubdan takomillashtirish, bunda kredit foizini qisman kompensatsiya qilish amaliyotini kengaytirish;

banklardagi davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish;

moliya bozorlari, shu jumladan fond bozori, davlat qimmatli qog‘ozlari ikkilamchi bozori va hosilaviy moliyaviy instrumentlar bozorini rivojlantirish;

aholiga kredit ajratishda, kredit buyurtmanomasi, hujjatlarini taqdim qilish va ularni ko‘rib chiqishning avtomatlashtirilgan mexanizmini (kredit konveyerini) joriy qilish orqali bank operatsiyasi jarayonlarida inson aralashuvini minimallashtirish;

hududlarda bank kartalari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi jihozlar (to‘lov terminali, infokiosk va bankomatlar) sonini keskin oshirish;

bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan raqamli texnologiyalarga asoslangan masofaviy bank xizmati turlarini yanada kengaytirish;

bank kartalari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar turlarini kengaytirish, shu jumladan kredit kartalarini joriy etish;

zamonaviy moliyaviy texnologiyalar va tadbirkorlik subyektlari loyihalarini moliyalashtirishning kraudfanding va boshqa muqobil mexanizmlarini rivojlantirish uchun normativ-huquqiy asoslarni yaratish;

bank xizmatlari sifatini oshirish maqsadida tijorat banklari faoliyatiga samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari (KPI), mijozlarning bank xizmatlaridan mamnunlik indeksi (CSI), mijozlarning bank xizmatlarini boshqalarga tavsiya etish indeksi (№PS) kabi ko‘rsatkichlarni joriy etish;

mahalliy va xalqaro bank plastik kartochkalari bo‘yicha hisob-kitoblarda banklar orasida axborot va texnologik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Milliy banklararo protsessing markazini ishga tushirish;

milliy to‘lov tizimini xalqaro to‘lov tizimlari (Visa, Master Card
va boshqalar) bilan integratsiyalash;

moliya bozori infratuzilmasini rivojlantirish, mikromoliyalash jarayoni va mikrokredit tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

63.

Sug‘urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirish.

2019-yil

1 �yul

Moliya vazirligi,

Markaziy bank,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan Sug‘urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlanadi.

Konsepsiyada:

“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunni yangi tahrirda ishlab chiqish;

barcha majburiy sug‘urta turlarini yagona hujjatga mujassamlashtirish va majburiy sug‘urtalanadigan faoliyat turlarini kengaytirish;

sug‘urta polisining kredit olish uchun mavqeyini oshirish va sug‘urta puli to‘lash tartibini takomillashtirish;

banklarga sug‘urta agenti maqomini berish;

interaktiv, jumladan onlayn sug‘urta xizmatini kengaytirish nazarda tutiladi.

64.

Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlanti�ish va uning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish.

2019-yil

1-aprel

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Markaziy bank

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

kapital (fond) bozorining milliy iqtisodiyotdagi mavqeyini hamda investitsiyalarni jalb etishdagi rolini oshirish, birja savdolariga keng jamoatchilikni jalb qilish;

sohani tartibga soluvchi vakolatli davlat organi faoliyatini xalqaro tashkilotlar, xususan IOSCO tamoyillariga moslashtirish;

mahalliy emitentlarning qimmatli qog‘ozlarga jahonda tan olingan identifikatsiya kodlarining (ISI№, CFI) bevosita Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan berilishi nazarda tutiladi.

65.

Davlat aksiya paketlarini “Bitta aksiya — bitta lot” tamoyili asosida sotish tartibini joriy etish.

2019-yil

1-aprel

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi,

Moliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada davlat aksiyalari savdosiga aholi va investorlarni jalb etishni cheklovchi aksiyalarni yirik miqdorda savdoga chiqarish amaliyotini takomillashtirish nazarda tutiladi.

66.

Yirik markaziy xalqaro depozitar-kliring tizimlari (EuroClear, ClearStream) hamda Milliy raqamlovchi agentliklar assotsiatsiyasi bilan Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi hamkorligini yo‘lga qo‘yish.

2019-yil

1-may

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi,

Markaziy bank

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada chet el investorlari mablag‘ini to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiyotga jalb qilishni rag‘batlantirish uchun yirik markaziy xalqaro depozitar-kliring tizimlari (EuroClear, ClearStream), Milliy raqamlovchi agentliklar assotsiatsiyasi va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi hamkorligini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

67.

Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish.

2019-yil

1-mart

Markaziy bank,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi.

Loyihada:

sohaga oid qonunosti hujjatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, havolaki normalarni maksimal darajada qisqartirgan holda valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga oid barcha jihatlarni tartibga solish;

xalqaro tajribani chuqur o‘rganish asosida va tadbirkorlar ehtiyojlarini inobatga olgan holda, valyuta operatsiyalarini tartibga solishni soddalashtirish;

jismoniy va yuridik shaxslarning o‘z valyuta mablag‘idan erkin foydalanish huquqining kafolatini mustahkamlash;

mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda, kapital harakati bilan bog‘liq operatsiyalarni tartibga solish;

valyuta bozori faoliyatini yanada takomillashtirish va erkinlashtirish;

norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritishi natijasida olingan mablag‘larini chet el valyutasiga ayirboshlash amaliyotini yanada soddalashtirish nazarda tutiladi.

3.3. Tadbi�korlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish

68.

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-aprel

Iqtisodiyot va
sanoat vazirligi,
Adliya vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,

Moliya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada yuridik shaxslar va fuqarolarning binolari hamda inshootlari bilan band bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi nazarda tutiladi.

69.

Jahon bankining “Biznesni yuritish” reytingidagi 2020-yil yakuni bo‘yicha barcha yo‘nalishlarda O‘zbekistonning o‘rnini tubdan yaxshilash choralarini ko‘rish.

2019-yil

1-may

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Qurilish vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Tashqi savdo vazirligi,

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

“O‘zstandart” agentligi,

Adliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda qurilish yo‘nalishida 50 talikka, mulkni rasmiylashtirishda — 30 talikka, minori�ar aksiyadorlar himoyasida — 20 talikka, xalqaro savdoda — 50 talikka kirish va boshqa yo‘nalishlarda O‘zbekistonning o‘rnini tubdan yaxshilash choralari nazarda tutiladi.

Shuningdek, qurilish sohasida:

qurilish ishlariga ruxsat berish, loyihalash va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayonini tubdan soddalashtirish;

shaharsozlik norma va qoidalarini qayta ko‘rib chiqish;

qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma olishni soddalashtirish;

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga a’zo 36 ta mamlakatning qurilish sohasidagi litsenziya va boshqa ruxsatnomalarini tan olish tartibini joriy etish;

Shaharsozlik kodeksini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan hujjat sifatida yangi tahrirda ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tadbirlar belgilanadi.

70.

Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr energiyasi tizimlariga ulanish tartibini tubdan yengillashtirish.

2019-yil

1-iyul

“O‘zbekenergo” AJ,

Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

hududiy elektr tarmoqlari tarkibida davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha alohida bo‘linma tashkil qilish;

elektr energiyasi sohasidagi davlat xizmatlari uchun unifikatsiya qilingan tariflar tizimi va tarif belgilashda shaffof mexanizmlarni joriy etish;

elektr energiyasi tizimlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish muddatlarini qisqartirish va narxlarini kamaytirish;

tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydoniga qadar zaruriy muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortib kelish xarajatlarini qoplash manbalarini aniq belgilash;

“O‘zbekenergo” AJ rasmiy sayti va davlat xizmatlari portalida energiya tizimida hisobot yilida sodir bo‘lgan uzilishlar, narx va ulanish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlarni chop etish;

tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish va foydalanish tizimida ommaviy oferta bitimi tuzish tartibini joriy qilish nazarda tutiladi.

71.

Raqamli iqtisodiyot milliy strategiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-mart



2019-yil

1-dekabr

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Innovatsiya vazirligi, “O‘zaloqanazorat” inspeksiyasi

“Raqamli O‘zbekiston-2030” milliy strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha “yo‘l xarita”si.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

“Raqamli O‘zbekiston-2030” milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash;

davlat xizmatlari ko‘rsatish, davlat boshqaruvi, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, xizmat ko‘rsatish sohalarida raqamli transformatsiya qilish;

biznes xarajatlari va ma’muriy yuklamani kamaytirish maqsadida ma’mur�y tartib-taomillarni raqamlashtirish nazarda tutiladi.

72.

Ma’muriy tartib-taomillarni tizimlashtirish va soddalashtirish.

2019-yil

1-dekabr

Adliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada mavjud ma’muriy tartib-taomillarni xatlovdan o‘tkazib, yagona hujjatda jamlash hamda alohida qabul qilingan reglament va qarorlarni bekor qilish nazarda tutiladi.

73.

Ko‘chmas mulkka oid bitimlarni rasmiylashtirish tizimini soddalashtirish.

2019-yil

1-mart

Adliya vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

ko‘chmas mulk obyekti kadastr yig‘ma jildini soddalashtirish, kadastr pasportini elektron tizimga o‘tkazish;

ko‘chmas mulk obyektlariga oid bitimlar notarial idoralar tomonidan rasmiylashtirilganda bitim haqidagi ma’lumotlarni bazaga kiritish va mulk huquqini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish;

ko‘chmas mulkni begonalashtirish uchun bitimlarni tuzishda kadastr organlari tomonidan amalga oshiriladigan texnik inventarizatsiya o‘tkazish talabini bekor qilish;

ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Internet tarmog‘i orqali buyurtma berish tartibini joriy qilish nazarda tutiladi.

74.

Yuridik shaxslar haqidagi ma’lumotlarni internet orqali olish tizimini yaratish.

2019-yil

1-aprel

Adliya vazirligi,

Davlat statistika qo‘mitasi,

Davlat soliq qo‘mitasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

yuridik shaxsga oid konfidensial bo‘lmagan barcha ma’lumotlarni ochiq portalga joylashtirish;

konfidensiallik darajasini ilg‘or xorijiy tajribaga tayangan holda aniqlashtirish;

yuridik shaxslarning ro‘yxatdan o‘tkazilgan majburiyatlari (garov, zakalat) yoki mulkiy cheklovlarini portalga joylashtirish;

yuridik shaxslar to‘g‘risida chop etiladigan ma’lumotlarni ro‘yxatga oluvchi organlar saytlari va hukumat portalida e’lon qilishni yagona shaklga keltirish nazarda tutiladi.

75.

Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida minoritar aksiyadorlar ishtirokini oshirish hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish.

2019-yil

1-iyul

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonunchilikda affillangan shaxslar bilan bitim tuzishga nisbatan talablarni kuchaytirish;

qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan daromadlarni (dividend, foiz) Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi va investitsiya vositachilari orqali to‘lab berish mexanizmini joriy qilish;

aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va kuzatuv kengashi majlislarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan ishtirok etish;

aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida yuzaga keladigan muhim faktlarni qimmatli qog‘ozlar birja kotirovkalash varag‘iga kirgan va (yoki) aksiyadorlarining umumiy soni 50 nafardan ortiq aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan oshkor etilishi nazarda tutiladi.

76.

Dehqon bozori va savdo komplekslarini ochish tartibini belgilash.

2019-yil

1-iyul

Vazirlar Mahkamasi,

Qurilish vazirligi,

Davlat soliq qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

bozorlar va savdo komplekslarini ochish uchun tegishli ixtisoslik bo‘yicha ehtiyojlarni aniqlashtiruvchi talablar;

bozorlar va savdo komplekslari faoliyatiga va tuzilishiga bo‘lgan talablar;

bozorlar va savdo komplekslarining hududlar kesimida joylashuvini belgilovchi dislokatsiya xaritalari;

mavjud va keyinchalik hududda vujudga keladigan sharoitlarni inobatga olish mexanizmlari (aholi soni o‘sishi, yangi uylar qurilishi, yo‘llar kengayishi va boshqa holatlar) nazarda tutiladi.

77.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tugatish tartibini takomillashtirish.

2019-yil

1-may

Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tugatishda jarayonlar shaffofligini oshirish, korrupsiya bilan bog‘liq omillar shakllanishining oldini olish, tartib va taomillarni yanada soddala�tirish va takomillashtirish nazarda tutiladi.

78.

Avtomobil transportida yo‘lovchi va yuk tashish tizimini takomillashtirish.

2019-yil

1-mart

Avtomobil transporti agentligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

yo‘lovchi va yuk tashish uchun litsenziya talablarini keskin soddalashtirish;

yo‘lovchi va yuk tashish bo‘yicha talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash;

shaxsiy avtotransport vositalarini litsenziyaga ega yuridik shaxslarga ijaraga berish orqali taksi haydovchisi sifatida ishlashga majbur qilinayotgan amaliyotga barham berish;

qonun hujjatlaridagi litsenziyasiz yo‘lovchi va yuk tashishga imkoniyat yaratuvchi barcha bo‘shliqlarni qayta ko‘rib chiqish;

yo‘lovchi va yuk tashish uchun litsenziya bo‘yicha olinadigan davlat bojini qayta ko‘rib chiqish;

hududlardagi transport boshqaruvi tizimini davlat-xususiy sheriklik orqali tadbirkorlik subyektlariga o‘tkazish mexanizmlari;

avtomobil transportlariga beriladigan maxsus davlat raqami belgisini yo‘lovchi va yuk tashish uchun litsenziyaga tenglashtirish hamda ushbu sohada ichki ishlar organlari vazifalarini kengaytirish nazarda tutiladi.

3.4. Iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish va unga davlat aralashuvini kamaytirish

79.

Davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalarini boshqarishni tubdan takomillashtirish.

2019-yil

1-fevral

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Iqtisodiyot
va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

barcha davlat boshqaruvi organlariga tegishli aksiyalar va ulushlarni boshqarish funksiyasini yagona vakolatli idoraga yuklash;

davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning tashkiliy tuzilmasini, Kuzatuv kengashi va ijro organi tarkibini qonun hujjatlari bilan tasdiqlash amaliyotini bekor qilish;

davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning ijro organi a’zolarini vazir va uning o‘rinbosarlari maqomiga tenglashtirish amaliyotidan voz kechish;

davlatning ishonchli vakili faoliyatini tugatib, uning vazifalarini kuzatuv kengashi tarkibiga kiritilgan davlat vakili zimmasiga yuklash;

aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil a’zolarni kiritish amaliyotini kengaytirish;

vazirlik va idoralarning o‘zi tartibga soladigan sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik jamiyatlari ta’sischisi bo‘lishi amaliyotini bosqichma-bosqich bekor qilish nazarda tutiladi.

80.

Iqtisodiyotda davlat ishtirokining maqsadini belgilash va davlat aralashuv�ni yanada kamaytirish.

2019-yil

1-sentabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iqtisodiyot
va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi,

Markaziy bank

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonasini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish maqsadlarini belgilash;

belgilangan maqsadlarga muvofiq bo‘lmagan davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni taqiqlash;

monopoliyaga qarshi kurashish organining ijobiy xulosasisiz davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish amaliyotiga chek qo‘yish;

davlat ishtirokidagi barcha korxonalarning belgilangan maqsadlarga muvofiqligini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi tuzish;

xususiy sektor samarali faoliyat ko‘rsatayotgan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida paxta tozalash, un, yog‘-moy, go‘sht-sut, oziq-ovqat sanoati va boshqa shu kabi raqobat mavjud bo‘lgan sohalar korxonalaridagi davlat ulushini sotish nazarda tutiladi.

81.

Davlat unitar korxonalari ajratmalarini davlat budjetiga o‘tkazish mexanizmlarini takomillashtirish.

2019-yil

1-may

Davlat soliq qo‘mitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

davlat unitar korxonalari yillik yig‘ilishi yil tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay o‘tkazilishi va davlat budjetiga ajratmalar sof foydani taqsimlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan 60 kundan kechiktirmay to‘lanishi;

davlat unitar korxonalarining boshqa jamiyat u�tav fondidagi ulushi bo‘yicha dividend davlat unitar korxonalarining daromad manbalaridan biri hisoblanishi nazarda tutiladi.

82.

Ashyoviy huquqlar va yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakllarini tanqidiy ko‘rib chiqish.

2019-yil

1-iyul

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada yuridik shaxslarning “unitar korxona” tashkiliy-huquqiy shaklini bekor qilish, xo‘jalik yuritish huquqini bekor qilish nazarda tutiladi.

83.

Davlat va xo‘jalik birlashmalari ulushi mavjud bo‘lgan ayrim aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalar paketlarini birlamchi va ikkilamchi ommaviy taklif asosida realizatsiya qilish.

2019-yil

1-aprel

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalar paketlarini birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif asosida realizatsiya qilish nazarda tutiladi.

84.

Litsenziya va ruxsatnomalar berish jarayonini soddalashtirish.

2019-yil

1-may

Adliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

litsenziya beruvchi organlar tomonidan litsenziya oluvchilarni majburiy o‘qitish, malakasini oshirish tartibini qayta qo‘rib chiqish;

tadbirkorlik subyektlari rahbar
va xodimlarini tayinlashni litsenziya va ruxsatnoma beruvchi davlat organlari bilan kelishish tartibini qayta ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.

85.

Soliq va bojxona imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish.

2019-yil

1-may

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi,

Davlat bojxona qo‘mitasi

Chora-tadbirlar dasturi.

Dastur bilan tegishli soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.

3.5. Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini isloh qilish va rivojlantirish orqali sog‘lom raqobat muhitini yaratish

86.

Yirik davlat korxonalarida moliyaviy hisobot tuzish va audit o‘tkazishda xalqaro standartlarni joriy qilish.

2019-yil

1-may

Vazirlar Mahkama�i,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Moliya vazirligi, tegishli davlat korxonalari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

2020-yildan boshlab yirik davlat korxonalarida moliyaviy hisobot tuzish va audit o‘tkazishda xalqaro standartlarni joriy qilish;

davlat ulushi mavjud bo‘lgan yirik korxonalar auditini o‘tkazish uchun yetakchi xalqaro kompaniyalarni jalb etish;

o‘nta yetakchi xalqaro audit kompaniyalarini Moliya vazirligidan akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibini bekor qilish nazarda tutiladi.

87.

Davlat tomonidan mahsulot ishlab chiqarish hajmini va uning narxini belgilash amaliyotini butunlay qayta ko‘rib chiqib, bozor tamoyillarini joriy etish.

2019-yil

1-aprel

Vazirlar Mahkamasi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan narx shakllantirishni erkinlashtirish hamda ishlab chiqarish hajmlarini belgilashdan voz kechish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.

88.

Raqobatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirish.

2019-yil

1-oktabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun normalarini birlashtirish
va yanada takomillashtirish nazarda tutiladi.

3.6. Qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish orqali sohani jadal rivojlantirish

89.

Paxta xomashyosi va boshoqli don mahsulotlari yetishtirishga kredit ajratish tartibini qayta ko‘rib chiqish.

2019-yil

1-noyabr

Moliya vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Markaziy bank,

“O‘zto‘qimachilik-sanoat” uyushmasi,

“O‘zdonmahsulot” AJ,

“O‘zpaxtasanoat” AJ,

tijorat banklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirishga imtiyozli kredit ajratish muddatini agrotexnik tadbirlar muddatiga moslashtirish;

to‘qimachilik-paxta ishlab chiqarish korxonalari va klasterlariga ajratilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish shartlari va muddatini aniq belgilash nazarda tutiladi.

90.

Fermerlarning qishloq xo‘jaligi sohasidagi bilimini oshirish.

2019-yil

1-mart

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari
va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Innovatsiya vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

tegishli vazirlik va idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, fermerlarni o‘qitish va qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish;

ommaviy axborot vositalarida qishloq xo‘jaligini yuritish, hududlarning ushbu sohadagi ixtisosligi, yetishtirilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash va turli kasalliklar bilan kurashish usullari haqida turkum dasturlarni tayyorlash ishlari amalga oshiriladi.

91.

Paxta, g‘alla, meva-sabzavot va boshqa yo‘nalishlardagi klasterlar faoliyatini har tomonlama rivojlantirish.

2019-yil

1-iyun

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,

Bosh prokuratura,

“O‘zto‘qimachilik-sanoat” uyushmasi,

“O‘zdonmahsulot” AJ,

“O‘zpaxtasanoat” AJ,

“O‘zbekoziqovqat-xolding” XK, “O‘zsharobsanoat” AJ, “Parrandasanoat” uyushmasi, “O‘zbaliqsanoat” uyushmasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

klaster tizimida mavjud to‘siqlarni bartaraf etish choralari;

klasterlar faoliyatining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslari, ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari;

qishloq xo‘jaligining barcha sohalariga klaster usulini keng tatbiq etish choralari;

klasterlarni kreditlash tizimini soddalashtirish, yer ajratish bilan bog‘liq tartiblarni takomillashtirish;

paxtachilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikda yangi klasterlarni tashkil etish nazarda tutiladi.

92.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirish, saqlash va tayyorlashning yagona tizimini yaratish.

2019-yil

1-sentabr

Innovatsiya vazirligi,

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Bosh prokuratura,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

“Urug‘chilik eksporti — 2030” dasturini ishlab chiqib, 2030-yilga kelib urug‘lar eksporti hajmini keskin oshirish;

qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirish, saqlash va tayyorlash tartib va me’yorlarini belgilash;

sabzavotchilik, polizchilik va ozuqa ekinlari urug‘chilik tizimini tashkil etish;

har yili belgilangan tartibda tayyor urug‘larni fermerdan sotib olish va ularni mavsumgacha saqlash hamda fermerlarga berish mexanizmini joriy etish nazarda tutiladi.

93.

Urug‘chilikda asl navlarni yaratish maqsadida, tajriba-seleksiya ishlarini tubdan jonlantirish.

2019-yil

1-may

Innovatsiya vazirligi,

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Bosh prokuratura,

Moliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada urug‘chilik va seleksiya bilan shug‘ullanadigan institutlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash, davlat-xususiy sheriklik asosida urug‘chilik klasterlarini tashkil etish nazarda tutiladi.

94.

Tuproq unumdorligi, suv ta’minoti hamda boshqa omillarni hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi erlarining hosildorligini belgilash bo‘yicha normativlar ishlab chiqish.

2019-yil

1-may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi,

Bosh prokuratura,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsiya vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, “O‘zagrokimyohimoya” AJ

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

qishloq xo‘jaligi yerlarining hosildorligini belgilash bo‘yicha normativlarni ishlab chiqish;

tahlil asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarining mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ilmiy talabini belgilash hamda ulardan tabaqalashtirilgan holda foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yish;

qishloq xo‘jaligi yerlarining ball bonitetini, har bir dala konturi bo‘yicha tuproq tarkibi, ozuqa elementlari, fosfor va kaliy bilan ta’minlanganligi darajasi bo‘yicha kartogrammalar tayyorlash;

kimyoviy vositalar hisobiga tuproq va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsidlar, nitratlar
va og‘ir metall tuzlari qoldiqlari me’yorlarini kuzatish tizimini yo‘lga qo‘yish;

tuproq bonitirovkasi sho‘ba korxonasi negizida “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi tarkibiga kiruvchi alohida “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi”ni tashkil etish;

suv va o‘simlik tarkibidagi mineral va organik o‘g‘itlarning kimyoviy tahlilini o‘tkazish uchun maxsus zamonaviy statsionar va ko‘chma laboratoriyalarni tashkil etish nazarda tutiladi.

95.

Suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini takomillashtirish.

2019-yil

1-iyul

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada suv iste’molchilari uyushmalari sonini maqbullashtirish, respublika, viloyatlar va har bir tuman (shahar)da yagona uyushma tashkil etish yoki ularni irrigatsiya bo‘limlari qoshida xo‘jalik hisobidagi korxona sifatida qayta tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.

96.

Suv resurslaridan oqilona foydalanish, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashni ta’minlash.

Yil davomida

Suv xo‘jaligi vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, loyiha institutlari

1 334

mlrd so‘m



132,8 mln AQSh dollari

Davlat budjeti, xalqaro moliya institutlari, O‘zbekiston Tiklanish
va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari

2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning tarmoq jadvallari.

Bunda 821,8 km masofadagi magistral, tumanlararo va xo‘jaliklararo kollektorlar tizimi, 341,6 km yopiq yotiq drenajlar, 428,8 km kanallar, 127,2 km lotok tarmoqlari,
213 ta gidrotexnik inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish nazarda tutiladi.

97.

Davlat ehtiyojlari uchun boshoqli don mahsulotlari xarid qilishning bozor mexanizmlarini joriy qilish.

2019-yil

1-sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zdonmahsulot”AJ

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

davlat ehtiyojlari uchun boshoqli don mahsulotlarini kafolatlangan hajmda, xarajatlarni qoplaydigan darajadagi kafolatlangan bozor narxida xarid qilish tizimini joriy etish;

“O‘zdonmahsulot” AJ tizimidagi tayyorlov korxonalarini bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorga o‘tkazish;

davlat ehtiyoji uchun xarid qilingan mahsulotlardan narx barqarorligini saqlash (intervensiya) maqsadida foydalanish tartibi nazarda tutilad�.

98.

Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida er berish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish.

2019-yil

1-noyabr

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

qishloq xo‘jaligi maqsadlarida yer berish tartibini “Yer Elektron” tizimiga muvofiqlashtirish va yer uchastkasiga ijara huquqini shaffof mexanizmlar orqali realizatsiya qilishni joriy etish;

fuqaro va tadbirkorlarga maxsus geoportal orqali auksion savdosiga chiqariladigan yer maydonlarini tanlash imkoniyatini yaratish;

erdan mo‘l hosil olayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga faoliyatini kengaytirish uchun qo‘shimcha yer ajratish tartibi;

suv tanqisligi va sho‘rlanishi yuqoriligi sababli qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlardan samarali foydalanish tizimini yaratish nazarda tutiladi.

99.

Chorvachilik va parrandachilik ozuqa bazasini mustahkamlash.

2019-yil

1-mart

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Innovatsiya vazirligi,

“O‘zdonmahsulot” AJ,

“O‘zpaxtayog‘” AJ,

Respublika tovar-xomashyo birjasi

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

paxta va g‘alla maydonlaridan bo‘shagan hosildorligi past yerlarda chorvachilik va parrandachilik ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida ozuqa ekinlari, jumladan yuqori proteinli o‘simliklarni joylashtirish;

omuxta yem mahsulotlarini cheklanmagan miqdorda birja savdolari orqali bozor narxlarida sotib olishni ta’minlash;

“O‘zdonmahsulot” AJ tizimidagi yem ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, yem mahsulotlari sifatini oshirish;

chorvachilik ozuqa bazasini yanada mustahkamlash, chorvachilikda intensiv texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni keng joriy qilish nazarda tutiladi.

100.

2019 — 2024-yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash milliy dasturini ishlab chiqish.

2019-yil

1-aprel

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Bosh prokuratura,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Innovatsiya vazirligi,

“O‘zstandart” agentligi, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash;

Jahon oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Rim Deklaratsiyasi hamda Bioxavfsizlik bo‘yicha Kartaxen protokolini ratifikatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.

101.

Ichki va tashqi bozorlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talab, hududlarning tuproq-iqlim sharoitlari va boshqa omillarni hisobga olgan holda ekinlarni joylashtirish va hududiy ixtisoslashtirish tizimini takomillashtirish.

2019-yil

1-may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,

Innovatsiya vazirligi,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari
va tomorqa yer egalari kengashi,

Fanlar akademiyasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish;

tuproq, iqlim, suv sharoitidan kelib chiqib, keyingi yil hosili uchun fermer xo‘jaliklari kesimida, konturlar va ekin turlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish;

zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz fermer xo‘jaliklarini maqbullashtirish;

hududiy ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish, jumladan tumanlar hududlarini mos mahsulot turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish nazarda tutiladi.

3.7. Viloyatlar, tuman va shaharlarni kompleks rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali va optimal foydalanish

102.

O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyun

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Mehnat vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

urbanizatsiya darajasini 2030-yilga qadar kamida 60 foizga yetkazish;

kompleks uy-joylar qurilishi hisobidan yangi shaharlar va yo‘ldosh-shaharlar tashkil etish;

shaharlar infratuzilmasini modernizatsiya qilish va yangilash;

xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilish;

tadbirlarni moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilash nazarda tutiladi.

103.

Respublikaning 27 ta tumanida sanoatni rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish.

2019-yil

1-may

Vazirlar Mahkamasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Moliya vazirligi

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

hududdagi tabiiy va yer osti boyliklarini inobatga olgan holda, sanoat mahsulotlari hajmini keskin oshirish;

xizmat ko‘rsatish va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar va energiya ta’minoti bilan ta’minlash, ularning ichki va tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish nazarda tutiladi.

104.

Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlariga, ayniqsa, yengil sanoat, metallurgiya, qurilish materiallari va oziq-ovqat tarmog‘iga, shuningdek hududlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilish.

Yil davomida

Loyiha tashabbuskorlari

(vazirlik, idora va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

4,12 mlrd AQSh dollari

Xorijiy investorlar mablag‘lari

2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning tarmoq jadvallari.

Bunda xorijiy investorlarga er
va bino ajratish, ruxsatnomalarni taqdim etish, loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish choralari nazarda tutiladi.

105.

Foiz stavkalari inflatsiya darajasidan ancha past bo‘lgan infratuzilma va ijtimoiy sohani rivojlantirishda iqtisodiy manfaatdorlikni yanada oshirishga qaratilgan xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlari hisobidan loyihalarni amalga oshirishni kengaytirish.

Yil davomida

Loyiha tashabbuskorlari (vazirlik, idora va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Toshkent shahar va Samarqand viloyati hokimliklari), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

2,7 mlrd AQSh dollari

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlari mablag‘lari

2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning tarmoq jadvallari.

Bunda xorijiy loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish choralari nazarda tutiladi.

106.

Xalqaro va davlat ahamiyatidagi hamda mahalliy yo‘llarni qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish.

Yil davomida

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi,

Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

1,7 trln so‘m

94,5 mln AQSh dollari

Davlat budjeti mablag‘lari

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda 2019-yilda 46,2 km xalqaro, 18,7 km davlat ahamiyatidagi, 60 km namunaviy qishloq aholi punktlari va xizmat uylari, shuningdek 65 km erkin iqtisodiy, kichik sanoat, erkin sanoat iqtisodiy va erkin iqtisodiy farm zonalar hamda 35,6 km mahalliy yo‘llarni qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

107.

Avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlariga oid qurilish qoidalari va me’yorlarini xalqaro standartlarga moslashtirish.

2019-yil

1-iyun

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi,

Qurilish vazirligi, Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,
Adliya vazirligi,
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash
va saqlashga oid qurilish qoida
va me’yorlarini xalqaro standartlarga moslashtirish;

tezyurar avtomobil yo‘llarini qurishga oid namunaviy texnik talablarning normativ me’yorini yaratish;

shahar ko‘chalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash
va saqlashda muhandislik kommunikatsiyalaridan foydalanuvchi tashkilotlar bilan birgalikda ishlarni kompleks amalga oshirish tartibini joriy qilish;

shahar ko‘chalarini qurish va rekonstruksiya qilishda suv qochirish tizimini inobatga olgan holda loyiha yechimlari qo‘llanilishini ta’minlash;

avtomobil yo‘llarining holatini ko‘rsatuvchi ochiq elektron xaritani ishlab chiqish va ularni ta’mirlash uchun tanlovlar shaffofligini ta’minlash mexanizmlari nazarda tutiladi.

108.

Orolbo‘yi hududida joylashgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

Yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

320,7 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning tarmoq jadvallari.

Bunda Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish choralari nazarda tutiladi.

109.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va qishloqlarida aholining hayot sharoitini yaxshilash maqsadida yangi qurilishlarni amalga oshirish.

2019-yil

1-iyul

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Bosh prokuratura, Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “Qishloqqurilishinvest” MChJ, “O‘zshaharqurilishinvest” MChJ

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va qishloqlarida yangi qurilishlarni amalga oshirish manzilli dasturini tasdiqlash;

Mo‘ynoq tumanida barcha zarur infratuzilmalarga ega bo‘lgan zamonaviy shaharcha bunyod etish nazarda tutiladi.

110.

Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit o‘tkazish tizimini yaratish.

2019-yil

1-may

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada ichimlik suvi ta’minoti
va kanalizatsiya tizimi obyektlarini texnologik auditdan o‘tkazish chora-tadbirlari nazarda tutiladi.

3.8. Faol investitsiya siyosatini amalga oshirish va investorlar ishonchini oqlash

111.

O‘zbekiston Respublikasining o‘rta muddatli investitsiya siyosati strategiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyun

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

har bir hududning ixtisoslashuvi
va investitsiya jalb qilinadigan ustuvor yo‘nalishlar;

yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni talab etadigan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qilinishi lozim bo‘lgan sohalarni belgilash va ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari;

xorijiy investorlar uchun beriladigan imtiyozlarda yagona siyosat yuritish;

jalb etiladigan investitsiyalarning manbalari va shakllarini soha va hududlar kesimida belgilash nazarda tutiladi.

112.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish.

2019-yil
1-mart

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot
va sanoat vazirligi,
vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy shakl hamda usullarini joriy etish nazarda tutiladi.

113.

Investorlarga taqdim etish uchun hududlar va tarmoqlar kesimidagi dastlabki investitsiya loyihalari portfelini shakllantirish.

2019-yil

1-iyul

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochila� mablag‘lari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

mamlakat va yaqin qo‘shni davlatlar tomonidan import qilinayotgan ehtiyoj yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun mavjud energiya, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish;

hududlardagi mavjud imkoniyatlar
va investitsiya loyihalari haqidagi ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlash;

xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshiriladigan yirik loyihalarni (aeroport, yo‘l qurilish, elektr energetika va kimyo sanoat sohalarida) belgilash nazarda tutiladi.

114.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilish sohasida olib borilayotgan chora-tadbirlar samarasini yanada oshirish, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda mas’ul tashkilot va idoralar hamkorligini kuchaytirish maqsadida investitsion konsalting kompaniyasini tashkil qilish va uning huzurida alohida investitsiya portalini yaratish.

2019-yil
1-mart

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura, DXX, Axborot texnologiyal�ri va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalarda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilish bo‘yicha barcha davlat organlari va tashkilotlarining harakatlarini birlashtirish;

ustuvor investitsiya loyihalari bo‘yicha investitsiya takliflarini ko‘rib chiqish va chet el investorlariga konsultatsiya xizmatlarini ko‘rsatish;

xorijiy investorlar bilan uchrashuvlar tashkil qilish, yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish uchun mas’ul idoralarni jalb qilish;

O‘zbekiston Respublikasining investitsiya salohiyatini, investorlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlarni keng targ‘ib qilish;

chet el investorlariga investitsiya loyihalarini amalga oshirishda barcha turdagi huquqiy, moliyaviy-iqtisodiy va tashkiliy-texnik xizmatlar ko‘rsatish ishlari amalga oshiriladi.

115.

O‘zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlarini chet davlatlar, investitsiyaviy bank va kompaniyalarga taqdimot qilish maqsadida “investitsiya xab”larini yaratish.

2019-yil

1-aprel

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

TIV, tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha:

respublika hududlarida “investitsiya xab”larini tashkil etish;

taklif etilayotgan aniq investitsiyaviy loyihalar va respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini ko‘rsatish;

investorlar uchun istiqbolli loyihalarni taqdim etish, zarur hollarda mahalliy sheriklarni aniqlash;

investorlarga zarur bo‘lgan ruxsat olish, loyiha hujjatlarini tayyorlash va loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal etishga ko‘maklashish;

loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha manbalarni aniqlash;

yirik moliyav�y nashrlar tomonidan davriy tashkil qilinadigan taqdimotlarda ishtirok etish;

xalqaro investitsiyaviy banklar va boshqa tashkilotlarni jalb qilgan holda, investitsiyaviy loyihalar taqdimotini respublikada va chet davlatlarda o‘tkazish nazarda tutiladi.

116.

Foydalanishga cheklovlar mavjud ma’lumotlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish.

2019-yil

1-aprel

Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot
va sanoat vazirligi,

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,

DXX, Mudofaa vazirligi, FVV,

“O‘zbekneftgaz” AJ,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

investitsiya va yuqori texnologiyalarni jalb etishga to‘siq bo‘layotgan cheklovlarni bekor qilish;

neft va gaz tarmog‘iga oid yopiq ma’lumotlarni xatlovdan o‘tkazib, ulardan ochiq foydalanish imkonini yaratish;

qonun hujjatlariga muvofiq sir saqlanadigan ma’lumotlar ro‘yxatini, tegishli tarmoqlar ro‘yxatlarini qayta ko‘rib chiqish;

geodeziya va kartografiya sohasida davlat sirlarini saqlash va ochiq foydalaniladigan kartografik materiallarni yaratish tartibini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

117.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini chiqarishni tashkil etish va suveren kredit reytingini saqlab turish va yaxshilash chora-tadbirlarini ko‘rish.

2019-yil 20-fevral

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot
va sanoat vazirligi,
Markaziy bank,
Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,
O‘zbekiston tiklanish
va taraqqiyot jamg‘armasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

O‘zbekiston Respublikasi suveren kredit reytingini 2021-yilgacha saqlab turish va yaxshilash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash;

xalqaro tashkilotlarning indeks
va reytinglarida O‘zbekistonning ishtirokini ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida savdoga qo‘yiladigan, dastlabki joylashtirilishi moliyaviy tashkilotlar guruhi tomonidan ta’minlanadigan emission qimmatli qog‘ozlar — xalqaro obligatsiyalarni chiqarish nazarda tutiladi.

118.

O‘zbekistonning global raqobatbardoshlik indeksida qatnashishini ta’minlash.

2019-yil

1-fevral

Vazirlar Mahkamasi,

Moliya vazirligi,

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi,

Adliya vazirligi,

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Markaziy bank, Iqtisodiyo� va sanoat vazirligi

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda global raqobatbardoshlik indeksida qatnashishni ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar nazarda tutiladi.

119.

Erkin iqtisodiy va
kichik sanoat zonalari
faoliyatini yanada takomillashtirish.

2019-yil

1-aprel

Vazirlar Mahkamasi

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, vazirlik
va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihada kichik sanoat zonalarini tashkil etishni investitsiyaviy-iqtisodiy asoslantirish, ishtirokchilarni joylashtirish, imtiyoz va preferensiyalar berishni tartibga solish nazarda tutiladi.

Loyiha bilan Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlanib, unda:

erkin iqtisodiy zonalarda ixtisoslashuvni, investitsiya loyihalarini tanlash mezonlarini, taqdim etiladigan imtiyozlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlarini belgilash;

erkin iqtisodiy zonalarda investorlarni jalb qilish bo‘yicha zarur shart-sharoitlarni yaratish, jumladan muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, ijtimoiy va madaniy jamoat obyektlari bilan ta’minlash;

erkin iqtisodiy zonalar boshqaruv tizimini takomillashtirish, jumladan direksiyalar faoliyatini tashkil etishda yagona tizimni belgilash, ko‘rsatilayotgan xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish, xorijiy kompaniyalar va tadbirkorlik subyektlariga ishonchnoma asosida erkin iqtisodiy zona direksiyasi boshqaruvini berish;

erkin iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlari va direksiyalari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutiladi.

Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida amalga oshirilgan loyihalar qiymatini 2020-yilgacha kamida 2 baravarga oshirishga erishiladi.

120.

Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish.

2019-yil
1-mart

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada erkin iqtisodiy zonalar bo‘yicha qabul qilingan qonun hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish asosida “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

121.

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish.

2019-yil

1-mart

Davlat-xususiy sheriklik agentligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish belgilangan hujjatlarni xatlovdan o‘tkazib, yondashuv, tartib va amalga oshirish mexanizmini unifikatsiyalash;

loyihalar amalga oshiriladigan soha va korxonalar ro‘yxatini shakllantirish hamda shartlarini belgilash;

infratuzilma obyektlarini qurish va ulardan foydalanish, kommunal xizmat ko‘rsatish sohalarida davlat-xususiy sheriklikni joriy qilish rejasini tasdiqlash nazarda tutiladi.

122.

O‘zbekiston Respublikasining “Konsessiyalar to‘g‘risida”gi Qonunini qayta ko‘rib chiqish.

2019-yil

1-mart

Davlat-xususiy sheriklik agentligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

konsessiya obyektlarini berish, shartnomani rasmiylashtirish, davlat va investorlarning o‘zaro munosabatlarini aniq tartibga soluvchi mexanizmlarni belgilash;

“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun loyihasini “Konsessiyalar to‘g‘risida”gi Qonun normalarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.

3.9. Jahon bozorlariga integratsiya qilish va eksportni qo‘llab-quvvatlash

123.

Fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar eksporti hajmini yanada ko‘paytirish.

2019-yil

1-iyun

Tashqi savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

har bir hududda yirik hajmli muzlatkich va shok muzlatish uskunalari, gidrokulerlarni o‘rnatish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni eksportga tayyorlashni tashkil etish;

har bir hududda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, ichki va tashqi bozorga sotishga ixtisoslashgan kooperativlar tashkil etish;

milliy eksport-import portalini tashkil etish orqali dunyoning barcha nuqtalarida mahsulotlarga mavjud talab va taklif haqida ma’lumotlarni “onlayn” rejimida tezkor olish imkoniyatini yaratish;

respublika va chet elda meva-sabzavotlarni realizatsiya qilish bo‘yicha zamonaviy savdo-logistika majmualari — “xab” larni o‘z ichiga olgan savdo maydonchalarini tashkil etish;

xorijdagi savdo samaradorligi past, foydalanilmayotgan savdo uylarini optimallashtirish yoki salohiyatli tadbirkorlarga foydalanish uchun berish nazarda tutiladi.

124.

Respublikada eksport hajmini oshirishga xizmat qiladigan chegaraoldi savdo markazlarini tashkil etish.

2019-yil
1-sentabr

Tashqi savdo vazirligi, TIV,

Adliya vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

chegaraoldi hududlarda dilerlik markazlari, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish va boshqa turdagi maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlaridan tashkil topgan savdo majmualarini barpo etish;

vizasiz tartib joriy qilinmagan chet el fuqarolariga ma’lum muddat davomida savdo majmuasi hududiga viza rasmiylashtirmasdan tashrif buyurishga ruxsat berish nazarda tutiladi.

125.

Bojxona tartibotlarini soddalashtirish hamda davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash.

2019-yil

1-fevral

Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi, Davlat-xususiy sheriklik agentligi, vazirlik
va idoralar

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

yangi zamonaviy chegaradan o‘tkazish terminallarini davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etish uchun texnik va moliyaviy shartlarni tayyorlash;

2019 — 2021-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida kamida 8 ta, shundan 2019-2020-yillarda 4 ta o‘tkazish terminallarini barpo etish;

chegara bojxona postlarida nazorat tartibotlarini bajarishda sanitariya-epidemiologiya, fitosanitariya va veterinariya nazorati organlari faoliyatini samarali va operativ muvofiqlashtirish;

barcha chegara-bojxona postlari infratuzilmasini tegishli miqdorda zamonaviy inspeksiya ko‘rik majmualari (skanerlar) va bojxona nazoratining boshqa texnika vositalari bilan jihozlash nazarda tutiladi.

126.

Eksport-import operatsiyalari amalga oshirishni yanada takomillashtirish, jumladan rasmiylashtirish muddatlarini, zarur hujjatlar sonini hamda xarajatlarni qisqartirish.

Yil davomida

Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik
va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda “yagona darcha” unifikatsiya qilingan bojxona axborot tizimini takomillashtirish hamda sertifikatlar va ruxsat berish tusidagi hujjatlarning o‘z vaqtida tizimga kiritilishini ta’minlash choralari amalga oshiriladi.

127.

Eksport qilinayotgan mahalliy mahsulotlarning xorijiy davlatlardagi rasmiylashtiruv vaqtini qisqartirish choralarini ko‘rish.

2019-yil
1-noyabr

Tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi,

TIV, Adliya vazirligi, “O‘zstandart” agentligi

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

eksport qilinayotgan mahsulotlar xorijiy mamlakatlar hududiga yetib borishidan oldin ruxsat etuvchi (muvofiqlik va veterinariya sertifikatlari, karantin ruxsatnomasi va boshqalar) hujjatlarni real vaqt rejimida almashish, uni vakolatli organlar o‘rtasida integratsiyalash bo‘yicha dasturiy ta’minotni ishlab chiqish;

asosiy eksport qilinadigan, eksport salohiyati mavjud mamlakatlardagi vakolatli organlar bilan o‘simliklar karantini, sanitariya-epidemiologik nazorat, standartlar va veterinariya sohasida xalqaro shartnomalar tuzish, mavjudlarini qayta ko‘rib chiqish orqali nazoratni soddalashtirish nazarda tutiladi.

128.

Eksportga yo‘naltirilayotgan tovarlar uchun tariflarni arzonlashtirish va eksport logistikasi samaradorligini oshirish.

2019-yil

1-mart

Tashqi savdo vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

eksportga yo‘naltirilgan tovarlarni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ temir yo‘llarida tashish xizmatlarini budjetdan qisman qoplash mexanizmini yaratish;

Jahon bankining “logistika samaradorligi indeksi”dagi o‘rnimizni kamida 20 pozitsiyaga yaxshilash;

xorijiy davlatlarning (Qozog‘iston, Rossiya, Turkmaniston, Eron, Ozarbayjon va boshqalar) temir yo‘llarida yuklarni tashish uchun preferensiyalar olish choralarini ko‘rish nazarda tutiladi.

129.

Eksportyorlarni tashqi bozor konyunkturasidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlovchi yagona o‘zaro integratsiyalashgan axborot tizimini shakllantirish.

2019-yil

1-sentabr

Tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi asosida xorij mamlakatlarida joriy qilingan bojxona to‘lovlari va soliq stavkalari to‘g‘risida ma’lumotlarni joylashtirish;

tashqi bozorlarda ho‘l va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talabni, bozorlarga kirish shart-sharoitlarini, mavjud cheklovlarni doimiy o‘rganish;

tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun tashqi savdo operatsiyalarini kuzatish imkoniyatini beruvchi “shaxsiy kabinet” yaratish nazarda tutiladi.

130.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar va xomashyo ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish.

2019-yil
1-mart

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada ro‘yxatga kiritilmagan uskunalarni kiritish, texnologik uskunalar hamda ularning butlovchi va ehtiyot qismlari hisoblanmagan tovarlarni ro‘yxatdan chiqarish nazarda tutiladi.

131.

Tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini tizimlashtirish.

2019-yil
1-iyul

Tashqi savdo vazirligi,
Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini tizimlashtirish orqali mavjud qoidalar soddalashtiriladi va kodifikatsiya qilinadi.

132.

Bojxona qonun hujjatlari buzilishi xavfi yuqori bo‘lgan tovar va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini aniqlash vositalaridan samarali foydalanish uchun xavfni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishini jadallashtirish.

2019-yil
1-iyul

Davlat bojxona

qo‘mitasi

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada bojxona qonun hujjatlari buzilishi xavfi yuqori bo‘lgan tovar
va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari ro‘yxatini “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali shakllantirish nazarda tutiladi.

133.

Avtomobil, temir yo‘l
va havo transporti yo‘llarining o‘tkazuvchanlik
holatini oshirish.

Yil davomida

Vazirlar Mahkamasi, Tashqi savdo vazirligi,

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti va loyihaga jalb qilingan tadbirkorlar mablag‘lari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

mamlakat hududi bo‘ylab o‘tgan xalqaro darajadagi avtomobil yo‘llarining, ayniqsa, davlat chegarasi orqali o‘tish punktlariga olib boradigan tirband yo‘llarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish maqsadida loyihaviy yechimlarni ishlab chiqish;

respublikaning tranzit salohiyatidan keng foydalanish;

davlat dasturlarini shakllantirishda mavjud temir yo‘l tarmoqlarining yetkazuvchanligini oshirishga e’tibor qaratish;

havo transporti orqali eksport hajmini oshirish va mazkur sohaga xorijiy havo kompaniyalarini keng jalb qilish nazarda tutiladi.

IV. IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI

4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish

134.

Eng kam oylik ish haqi miqdorini belgilash tartibini qayta ko‘rib chiqish.

2019-yil
1-mart

Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Markaziy bank

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

soliq va boshqa to‘lovlarning eng kam ish haqi miqdori bilan bog‘liq bo‘lishiga barham berish;

xodimlarning ish haqi miqdorini yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif koeffitsiyentini oshirish hisobiga ko‘paytirish;

pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif koeffitsiyentlarini oshirish ko‘rsatkichidan kelib chiqib ko‘paytirish nazarda tutiladi.

135.

Mehnat munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.

2019-yil
20-dekabr

Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi,
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi,
Savdo-sanoat palatasi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

bozor iqtisodiyoti talabidan kelib chiqib, norasmiy mehnatdan foydalanishning oldini olishga qaratilgan rag‘batlantiruvchi normalar;

ishning o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra, mehnat shartnomasini tuzish
va bekor qilishning soddalashtirilgan tartibi, xodim bilan bir vaqtda ish beruvchining ham manfaatlarini ifodalaydigan qoidalar;

Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalarini implementatsiya qilish va mehnat munosabatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga soluvchi normalar nazarda tutiladi.

136.

Ish o‘rinlarini tashkil etishni yanada rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish.

2019-yil

30-yanvar

Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyiha bilan 2019-yil uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat dasturi tasdiqlanadi.

Davlat dasturida:

davlat buyurtmasi mexanizmini joriy etish hisobiga iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarida kamida 221,5 ming doimiy ish o‘rni yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish;

fuqarolarni tashkillashtirilgan holda xorijiy davlatlarda ishga joylashtirish orqali 200,4 ming aholini ish bilan ta’minlash;

bandlikka ko‘maklashish markazlari orqali 338,7 ming fuqaroni ish bilan ta’minlash;

kasbga o‘qitish, huquqiy va boshqa turdagi maslahatlar berish kabi ijtimoiy yordamning nomoliyaviy usullaridan keng foydalanish;

maqsadli dasturlarga muvofiq mikrokreditlash hisobiga aholini tadbirkorlikka jalb qilish miqdorini keskin oshirish nazarda tutiladi.

137.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan ishsiz fuqarolarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya taqdim etsh tizimini yaratish.

2019-yil

1-mart

Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

6,3 mlrd so‘m

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ro‘yxatdan o‘tgan, tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxslarga ro‘yxatdan o‘tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tadbirkorlikka o‘qitish va kredit olishda sug‘urta polisi to‘lovi uchun xarajatlarni eng kam oylik ish haqi 10 baravari miqdorida to‘lash;

ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga — har bir xodim uchun
har oyda eng kam oylik ish haqining
2 baravari miqdorida haq to‘lash. Bunda ishga qabul qilingan shaxslar bandligini eng kam son oshgan sanadan boshlab kamida 12 oy davomida saqlash;

ish beruvchilarga — aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari yo‘llanmasi bo‘yicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga qayta o‘qitish va malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirishga har bir xodim uchun eng kam oylik ish haqining 6 baravari miqdorida haq to‘lash nazarda tutiladi.

138.

Mehnatga layoqatli fuqarolarning bandligi
va mehnat faoliyatining “shaxsiy tarixi”ni aks ettiruvchi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy kompleksini yaratish.

2019-yil
1-oktabr

Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat personallashtirish markazi, Xalq banki, Kasab� uyushmalari Federatsiyasi

5,2 mln AQSh dollari

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

ish bilan band har bir fuqaro
va har bir ish o‘rnining hisobini yuritish imkonini beradigan idoralararo dasturiy kompleksni yaratish, elektron mehnat daftarchasi va elektron mehnat shartnomalarini yuritishni nazarda tutuvchi 6 oylik o‘tish davrini inobatga olgan holda maxsus axborot tizimini ishga tushirishga oid tashkiliy chora-tadbirlar;

elektron bazaga ma’lumotlar o‘z vaqtida va to‘liq kiritilmaganligi uchun ma’muriy javobgarlik choralari nazarda tutiladi.

139.

World Skills International (WSI) uyushmasi va sohaning boshqa xalqaro yetakchi tashkilotlari metodologiyasi bo‘yicha ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va axborot texnologiyalari sohalarida ishchilarni o‘qitish tizimini joriy etish.

2019-yil

1-sentabr

Mehnat vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

“O‘qish — World Skills imtihonini topshirish” kasbga o‘qitish tamoyilini joriy etish;

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish orqali band bo‘lmagan fuqarolarni kasbga o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil etish;

boshqa xalqaro yetakchi tashkilotlar metodologiyalari asosida o‘qitish va malaka oshirish tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

140.

O‘zbekistonda yoshlarni kasbiy o‘qitishning zamonaviy tizimini joriy etish va rivojlantirish maqsadida xalqaro “World Skills International” uyushmasiga qo‘shilish.

2019-yil

1-dekabr

Mehnat vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Turizmni rivojlantirish

davlat qo‘mitasi

10 mlrd

so‘m

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Mehnat vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar muassisligida “World Skills Uzbekistan” uyushmasini tashkil etish;

“World Skills Uzbekistan” boshchiligida ishchi kasblar bo‘yicha milliy chempionatni o‘tkazish;

O‘zbekiston delegatsiyasining
2019-yilda Qozon shahri (Rossiya)da bo‘lib o‘tadigan “World Skills International” jahon chempionatida qatnashishini ta’minlash ishlari amalga oshiriladi.

141.

Xalqaro standartlarga muvofiq kasbiy malakani baholash tizimini joriy etish.

2019-yil

1-fevral

Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

Mehnat vazirligidan akkreditatsiyadan o‘tgan nodavlat tashkilotlarga fuqarolar malakasini oshirish va kasbiy malakasini baholash huquqini berish;

fuqarolar malakasini oshirish va kasbiy malakani baholash tashkilotlari tizimi yaratilishini, jumladan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida rag‘batlantirish;

nodavlat tashkilotlar tomonidan fuqarolarga belgilangan namunadagi kasbiy ko‘nikmani tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish;

barcha ishchi va xizmatchilarga kasbiy malakasini inobatga olgan holda tabaqalashtirilgan haq to‘lash tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

142.

Mehnat guzarlari va kovorking markazlarida fuqarolarni tadbirkorlik loyihalari tayyorlash bo‘yicha o‘qitish amaliyotini joriy etish.

2019-yil

1-mart

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Mehnat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Savdo-sanoat palatasi tuzilmalari orqali fuqarolarni mehnat guzarlari va kovorking markazlarida tadbirkorlik loyihalarini tayyorlash bo‘yicha o‘qitish;

tadbirkorlik faoliyatini boshlagan fuqarolarni birinchi yilda badaldan ozod etgan holda, Savdo-sanoat palatasiga a’zo qilish va ula�da tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish nazarda tutiladi.

143.

O‘zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahririni ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyul

Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Adliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

ish beruvchining iqtisodiy mustaqilligi tamoyilini kuchaytirish;

qonunosti hujjatlardagi normalarni bevosita qonunda belgilash;

o‘�ini o‘zi band qilishning zamonaviy va samarali shakllari, jumladan masofaviy mehnat, frilansing kabi faoliyat turlarini kengaytirish va uning maqomini belgilash nazarda tutiladi.

4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish

144.

Bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalarini yanada qo‘llab-quvvatlash.

2019-yil

20-fevral

Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi

3,6 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalariga ular pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan taqdirda, ijtimoiy nafaqa tayinlash nazarda tutiladi.

145.

Pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni yig‘ish jarayonini tubdan optimallashtirish.

2019-yil

1-iyul

Moliya vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirlik
va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

arxivlardagi ma’lumotlarning elektron bazasini yaratish;

idoralararo axborot almashuvini joriy etish;

davlat xizmatlari markazi orqali pensiya va Pensiya jamg‘armasi tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy nafaqa tayinlash davlat xizmatini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

146.

Bolaning oilada yashash
va tarbiyalanish huquqini kafolatlash maqsadida patronatga (oila tarbiyasiga) berish amaliyotini kengaytirish.

2019-yil

1-may

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

patronat tizimini kengaytirish hisobiga to‘liq davlat ta’minotidagi bolalar sonini kamaytirish;

patronatga berilgan bolalar uchun nafaqa miqdorini eng kam oylik ish haqi uch baravaridan sakkiz baravariga oshirish, patronatga berilgan bolalar hayotini monitoring qilish tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

147.

Tibbiyot muassasalarida qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Qurilish vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

972,3 mlrd so‘m

O‘zbekiston Respublikasi davlat rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda 231 ta tibbiyot obyektida, jumladan 13 ta respublika, 44 ta viloyat tasarrufidagi muassasalar, 59 ta tuman va shahar tibbiyot birlashmalari, 99 ta qishloq, shahar oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari, 16 ta boshqa tibbiyot muassasalarida
972,3 mlrd so‘mlik qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish nazarda tutiladi.

Xususan, 27 ta yangi obyekt qurish, 176 ta obyektni rekonstruksiya qilish va 28 ta obyektni mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi.

148.

Tibbiy xizmat sifatini yaxshilash va ko‘lamini kengaytirish maqsadida davolash-profilaktika muassasalarini jihozlash.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

109,6 mln AQSh dollari

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda 2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida loyihalarni amalga oshirish, tarmoq jadvallarini tasdiqlash va davolash-profilaktika muassasalarini zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlari amalga oshiriladi.

149.

Tez tibbiy yordam xizmatini avtotransport vositalari bilan ta’minlash.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

Hisob-kitoblarga asosan

Tez tibbiy yordamni rivojlan-tirish jamg‘armasi mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Tez tibbiy yordam xizmati uchun jahon talablariga mos bo‘lgan, harakatlanish davomida bemorga reanimatsion tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini beradigan
75 ta reanimobillar va harakatlanishi qiyin yo‘llardan yura oladigan
50 ta maxsus tez tibbiy yordam avtomashinalari sotib olinadi.

Shoshilinch yordam xizmatini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida aviatsiya texnikasi bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

150.

Xususiy tibbiyot xizmati sohasini yanada rivojlantirish va sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Tashabbuskorlar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Respublika bo‘yicha 272 ta, jumladan 47 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi xususiy tibbiyot muassasalari tashkil etiladi.

151.

Tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda rivojlangan davlatlar
oliy tibbiy ta’lim muassasalarining keng ishtirokini ta’minlash.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, TIV

Amaliy chora-tadbirlar.

O‘zbekistondagi tibbiyot ta’lim muassasalarida Koreya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya va Italiya tibbiyot universitetlarining qo‘shma dasturlari, qo‘shma fakultet va filiallarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi.

152.

Aholiga ko‘rsatilayotgan onkologik tibbiy xizmat sifatini oshirish va profilaktik tadbirlar qamrovini kengaytirish.

2019-yil

1-may

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi, TIV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

onkologik kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha maxsus skr�ning dasturini qabul qilish va uni moliyalashtirish manbalarini aniq belgilash;

ayollarda bachadon bo‘yi va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash uchun maxsus skrining dasturini tasdiqlash;

bachadon bo‘yi va ko‘krak bezi saratoni “kanser registri”ni shakllantirish;

tibbiyot muassasalarini saratonga qarshi dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan uzluksiz ta’minlash;

xayriya mablag‘larini jalb qilish uchun maxsus hisob raqamiga ega jamoat onkologiya harakatini shakllantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

153.

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish.

2019-yil

15-fevral

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

samarasiz sanitariya-gigiyena laboratoriyalarini optimallashtirib, ular negizida zamonaviy tumanlararo laboratoriyalar tashkil etish;

DSENMlarining vaksina saqlash omborxonalarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish;

kasalliklarni nazorat qilish markazlari bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rgangan holda DSENMlari faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish;

shtatlar me’yorlarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqib, ish jarayoniga samarali metodlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga samarasiz shtat birliklarini maqbullashtirish;

DSENMlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan vaksinalarni saqlashga mo‘ljallangan 30 ta sovutgich, 230 ta muzlatgich, 15 ta avtorefrijerator va 200 ta vaksina tashishga mo‘ljallangan avtotransport vositalarini xarid qilish;

yuqumli kasalliklar va ommaviy zaharlanishlar bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasalari o‘rtasida shoshilinch axborot almashinuvning yagona dasturini yaratish nazarda tutiladi.

154.

Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan kafolatlangan tibbiy yordam hajmini belgilash.

2019-yil

1-iyun

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi,
Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning davlat tomonidan qoplanadigan kafolatlangan hajmi
va turlarini aniq belgilash nazarda tutiladi.

155.

Davlat tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish.

2019-yil

1-aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Moliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

16 ta tumandagi tibbiyot muassasalarini “har bir davolangan holat” uchun klinik-xarajat guruhlari bo‘yicha va kishi boshiga moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish;

“mablag‘ bino uchun emas, balki bemor uchun” tamoyili asosida ishni tashkil etish nazarda tutiladi.

156.

Davlat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari bilan bepul ta’minlashni yaxshilash.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Moliya vazirligi

16 mlrd

so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda davlat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga 13 mingta protez-ortopediya buyumlari, 10 mingta nogironlik aravachalari, 2 ming juft eshitish apparatlari, 3 mingta hassa,
2 ming juft qo‘ltiq tayoq bilan bepul taqdim etiladi.

157.

Uzoq qishloq va ovullarda o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga muntazam ravishda tibbiy ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi “mobil ijtimoiy guruhlar” faoliyatini tashkil qilish.

2019-yil

1-oktabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Mehnat vazirligi,
“Sog‘lom avlod uchun”jamg‘armasi,
“Nuroniy” jamg‘armasi,
Xotin-qizlar qo‘mitasi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Davlat budjeti
va homiylar mablag‘lari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada uzoq qishloq va ovullarda o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga muntazam ravishda tibbiy ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi tibbiy va ijtimoiy xodimlar, “Qizil yarim oy” jamiyati xodimlari, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, Yoshlar ittifoqi vakillaridan iborat “mobil ijtimoiy guruhlar” faoliyatini tashkil etish nazarda tutiladi.

158.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va xalqaro moliya institutlari ko‘magida Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning (infarkt, insult, qandli diabet, surunkali nafas a’zolari kasalliklari) oldini olish loyihasini amalga oshirish.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farg‘ona
va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

40 yoshdan oshgan fuqarolarda maxsus tekshiruvlar va savolnoma asosida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni keltirib chiqaruvchi xavf omillarini erta aniqlash bo‘yicha skrining tadbirlarini o‘tkazish;

birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining umumiy amaliyot shifokorlari va patronaj hamshiralarini maxsus dastur asosida o‘qitish nazarda tutiladi.

159.

Xalq genofondini saqlash uchun homilador ayollar va bolalarning ovqatlanish ratsionini yanada yaxshilash dasturini ishlab chiqish.

2019-yil

20-aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi,
vazirlik va idoralar

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda xalqimiz genofondini saqlash uchun homilador ayollar va bolalarning ovqatlanish ratsionini yaxshilash bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish, ilmiy asoslangan
holda tahlil qilish va amaldagi me’yorlarni qayta ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.

160.

Majburiy tibbiy sug‘urta mexanizmlarini joriy etishning huquqiy asoslarini takomillashtirish.

2019-yil

1-iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

2021-yildan boshlab majburiy tibbiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;

majburiy tibbiy sug‘urta tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani shakllantirish;

sog‘liqni saqlash ehtiyoji uchun ajratilayotgan pul mablag‘larini jamlash va taqsimlash mexanizmlarini takomillashtirish;

“har bir to‘liq davolangan holat” hisobidan kelib chiqib moliyalashtirish mexanizmlarini joriy qilish;

tibbiy sug‘urta dasturlarini amalga oshirishga nodavlat tibbiyot tashkilotlarini keng jalb etish nazarda tutiladi.

161.

Ney�osensor kar yoki zaif eshitadigan bolalarda koxlear implantatlardan foydalangan holda operatsiyalar o‘tkazish.

Yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi

26,5 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda neyrosensor kar yoki zaif eshitadigan nogironligi bo‘lgan bolalarning eshitish qobiliyatini tiklash bo‘yicha operatsiyalar o‘tkaziladi.

162.

O‘zbekiston Respublikasida nuklear tibbiyot markazini tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi:

Loyihada:

O‘zbekiston Respublikasida nuklear tibbiyot markazini tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqish;

nuklear tibbiyotni rivojlantirish orqali inson organizmidagi o‘zgarishlarni barvaqt aniqlash, kasalliklarga ilk bosqichida tashxis qo‘yish va onkologik kasalliklarni samarali davolash imkonini yaratish nazarda tutiladi.

163.

Tibbiyot muassasalari tarkibida umidsiz og‘ir bemorlar uchun xospis bo‘limlarini tashkil qilish.

2019-yil

1 oktyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi,

Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi:

Loyihada tibbiyot muassasalaridagi bo‘sh turgan hudud va mavjud o‘rinlardan samarali foydalanish, ular tarkibida umidsiz og‘ir bemorlar uchun xospis bo‘limlarini tashkil qilish, zarur moddiy-texnik vositalar bilan jihozlash va faoliyatini tashkil etish masalalari nazarda tutiladi.

164.

Davlat tibbiyot muassasalari faoliyatini ularning natijadorligi ko‘rsatkichlari asosida baholashning reyting tizimini joriy etish.

2019-yil

1-may

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi, vazirlik va idoralar

Idoraviy normativ-huquqiy hujjati loyihasi:

Loyihada:

Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari faoliyatini baholashning reyting tizimini joriy etish;

har yil yakuniga ko‘ra, mazkur reytingni ommaviy axborot vositalari va vazirlik saytida e’lon qilish;

baholashni muassasa faoliyatining yakuniy natijalari va o‘lchanadigan ko‘rsatkichlari asosida o‘tkazish;

birlamchi tibbiyot muassasalarida profilaktika bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarga alohida e’tibor qaratish;

reyting natijasiga ko‘ra, eng yuqori baholangan muassasalar rahbarlari
va xodimlarini Sog‘liqni saqlash vazirligi mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirish, past baho olganlarga mehnat shartnomasini bekor qilishgacha bo‘lgan intizomiy jazo choralarini qo‘llash nazarda tutiladi.

165.

Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida maxsus vakolatli davlat organini tashkil etish.

2019-yil

1-iyun

Vazirlar Mahkamasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi,

Mehnat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyihada:

aholining ehtiyojmand qatlamlari — keksalar, nogironligi bo‘lgan bolalar va katta yoshdagi shaxslar, yolg‘izlar, yetim va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, kam ta’minlangan oilalar, voyaga yetmagan ko‘p bolali oilalar, 2 yoshgacha bola parvarish qilayotgan onalar, muqim yashash joyi bo‘lmagan shaxsla�ni manzilli ijtimoiy himoya qilish, ularga samarali ijtimoiy xizmatlarni tashkil qilish, abilitatsiya, reabilitatsiya qilish vazifalarini bajarishga ixtisoslashgan maxsus vakolatli davlat organini tashkil etish nazarda tutiladi.

166.

Irsiy kasalliklarning oldini olish maqsadida yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikohni taqiqlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish.

2019-yil

1-iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik
va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada irsiy kasalliklarning oldini olish maqsadida yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikohni taqiqlash masalasining huquqiy asoslarini takomillashtirish va
bu borada targ‘ibot ishlarini amalga oshirish nazarda tutiladi.

167.

Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarni yanada qo‘llab-quvvatlash.

2019-yil

20-fevral

Xotin-qizlar qo‘mitasi,

Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlar korxonalardagi bo‘sh va kvotalangan ish o‘rinlariga joylashtiriladi, hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik va boshqa yo‘nalishlarda manzilli asosda ish bilan ta’minlanadi.

168.

Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni uy-joy narxining boshlang‘ich to‘lov miqdorini to‘lab berish orqali qo‘llab-quvvatlash.

Yil davomida

Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi,
Xotin-qizlarni
va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi,

Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

60 mlrd

so‘m

Xotin-qizlarni
va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Tadbir doirasida 1 584 nafar og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayot�an va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga imtiyozli ipoteka krediti asosida arzon uy-joylar beriladi.

169.

Xotin-qizlar tadbirkorligini yanada rivojlantirish.

Yil davomida

Xotin-qizlar qo‘mitasi, Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi,

tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

100 mlrd so‘m

Xotin-qizlar
va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Tadbir doirasida Xotin-qizlar
va oilani qo‘llab-quvvatlash fondi orqali xotin-qizlar tadbirkorligini yanada rivojlantirishga 100 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratiladi.

170.

Xotin-qizlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish va oiladagi nizoli vaziyatlarning barvaqt oldini olish borasidagi ishlarni tizimli asosda tashkil etish.

Yil davomida

Xotin-qizlar qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,
“Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Tadbir doirasida 61 ta tumanda zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari tashkil etiladi.

4.3. Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish

171.

Arzon uy-joylar qurish dasturini izchil davom ettirish, namunaviy uylar loyihalarini takomillashtirish, energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash, zamonaviy va arzon qurilish materiallaridan foydalanish choralarini ko‘rish.

Yil davomida

Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsiya vazirligi, tijorat banklari, “Qishloqqurilish invest” MChJ,

“O‘zshaharqurilish invest” MChJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

3 451,5 mlrd so‘m

193,7 mln AQSh dollari

808,2 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Ijrochilar mablag‘i

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

uy-joylarning ichki va tashqi konstruksiyalari, qurilish materiallarini maqbul, arzon va sifatli qurilish materiallariga o‘zgartirish, ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash orqali qurilish materiallari tannarxini maqbullashtirish;

2 sotixli 2 va 3 xonali uy-joylarni massivning bosh rejasida joylashtirishda xo‘jalik yo‘lini qayta ko‘rib chiqish orqali narxni maqbullashtirish;

qishloq joylarda va fuqarolarning alohida toifalari uchun 15 010 ta arzon uy-joylar qurilishi;

shaharlarda 355 ta ko‘p qavatli uylar qurilishi nazarda tutiladi.

172.

Respublika hududlaridagi aholi punktlarida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Yil davomida

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,
Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

1 100,5 mlrd so‘m





95,6 mln AQSh dollari

Davlat budjeti mablag‘lari,

Ichimlik va oqova suvi tizimini rivojlantirish jamg‘armasi

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

200 ta ichimlik suv va 24 ta oqova suv tarmog‘ini rivojlantirish loyihalari doirasida 879,4 km ichimlik suv
va 57,6 km oqova suv tarmoqlarini hamda 134 ta ichimlik suv hamda 3 ta oqova inshootlarini rekonstruksiya qilish
va qurish;

xalqaro moliya institutlari ishtirokida 4 ta ichimlik suv va 3 ta oqova suv tarmog‘ini rivojlantirish loyihalari doirasida 98 km magistral, 487 km ichimlik suv va 93 km oqova tarmoqlarini hamda 18 ta ichimlik suv va 6 ta oqova inshootlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

173.

Ko‘p qavatli uy-joy fondini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazib, xorijiy tajriba asosida renovatsiya dasturini ishlab chiqish.

2019-yil

1-may

2019-yil

1-sentabr

Vazirlar Mahkamasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,
Qurilish vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
vazirlik va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda ko‘p qavatli uy-joy fondi to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada favqulodda holatlarning oldini olish va ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qilayotgan fuqarolarning hayoti xavfsizligini ta’minlash maqsadida eskirib qolgan ko‘p qavatli uylar o‘rnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish bo‘yicha renovatsiya dasturlarini tasdiqlash nazarda tutiladi.

174.

Respublika uy-joy fondining isitish tizimlarini yaxshilash.

Yil davomida

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

42,9 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda respublika hududidagi 5 ta mahalliy qozonxonani rekonstruksiya qilinadi va 1,7 km issiqlik ta’minoti tarmoqlari ta’mirlanadi.

175.

Uy-joy mulkdorlari shirkatlarida ma’muriy xarajatlarni kamaytirish uchun professional boshqaruv kompaniyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.

2019-yil

20-aprel

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada uy-joy mulkdorlari shirkatlarida ma’muriy xarajatlarni kamaytirish uchun ularni davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha investorlarga berish nazarda tutiladi.

176.

Ichimlik suv ta’minoti korxonalari ma’lumotlar bazasi va geoaxborot markazlashgan tizimini yaratish.

2019-yil

1-dekabr

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda ichimlik suv ta’minoti korxonalarida billing va geoaxborot tizimlari joriy etiladi.

177.

Aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida transport-logistika infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yangi temir yo‘llar qurish va elektrlashtirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish choralarini ko‘rish.

Yil davomida

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,

Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi

572,8 mlrd

so‘m

630 mln AQSh dollari

Davlat budjeti mablag‘lari

Xalqaro moliya institutlari, O‘zbekiston tiklanish
va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari,
korxonalar
o‘z mablag‘lari

2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning tarmoq jadvallari.

Bunda:

2 ta yangi “Boeing 787 Dreamliner” samolyotini xarid qilish, “Toshkent-Sharqiy” zamonaviy aeroportini qurish;

“Andijon-Savay-Xonobod” temir yo‘l uchastkasini modernizatsiya qilish, Toshkent metropolitenining Yunusobod, Sirg‘ali va Toshkent shahrining aylanma yer usti qismining birinchi bosqichini qurish nazarda tutiladi.

178.

Shahar ko‘chalari va boshqa aholi punktlarining ichki yo‘llarini kapital va joriy ta’mirlash.

Yil davomida

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

250 mlrd
so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda qishloq, shahar, shahar posyolkalari va ovul yo‘llarini kapital
va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

179.

Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyun

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi,
Fanlar akademiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyiha bilan Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish konsepsiyasi tasdiqlanadi.

Konsepsiyada:

aholi salomatligi uchun qulay sharoitlar yaratish, ekologik muvozanatni saqlash va barqaror rivojlanishda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni tartibga solish;

er, yer osti boyliklari,
suv, o‘rmonlar, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlari sifatini ta’minlash va antropogen ta’sirdan muhofaza qilish nazarda tutiladi.

180.

Biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish.

2019-yil

1-may

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

Biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha uzoq muddatga mo‘ljallangan tashkiliy-iqtisodiy kompleks tadbirlarni o‘z ichiga olgan dasturni tasdiqlash;

flora va fauna turlarini saqlashni barqarorlashtirish nazarda tutiladi.

181.

O‘zbekiston Respublikasining 2019-2028-yillarga mo‘ljallangan qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-mart

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyiha bilan maishiy chiqindilar boshqaruvi bo‘yicha uzoq muddatli tashkiliy-iqtisodiy tadbirlarni
o‘z ichiga olgan dastur tasdiqlanadi.

Dasturda:

qattiq maishiy chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish, maishiy chiqindi hosil bo‘lishining o‘sish jarayoni va ularning xavfliligini kamaytirish;

qattiq maishiy chiqindilar va ulardagi foydali tarkibiy qismlarni qayta ishlash orqali ulardan ikkilamchi xomashyo sifatida foydalanish;

qattiq maishiy chiqindilardan energiya olish, maishiy chiqindilardan biogaz
va sintez-gaz olish, ulardan muqobil energiya sifatida elektr hamda issiqlik energiyasi ishlab chiqarish yoki maishiy gaz sifatida foydalanish nazarda tutiladi.

182.

Sanitariya-tozalash xizmatlari faoliyatini yanada kengaytirish.

Yil davomida

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

163,4 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni yanada takomillashtirish va “Toza hudud” DUK moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida hududlarda 644 ta chiqindi yig‘ish maydonchasi quriladi, 3 623 ta konteyner o‘rnatiladi va 245 ta maxsus texnika xarid qilinadi.

183.

Magistral telekommunikatsiya transport tarmoqlarini kengaytirish.

Yil davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda “O‘zbektelekom” AK magistral telekommunikatsiya tarmog‘i o‘tkazuvchanligini viloyat markazlarigacha 100 Gbit/s dan 400 Gbit/s gacha, tuman markazlarigacha 10 Gbit/s dan 100 Gbit/s gacha oshirish choralari ko‘riladi.

184.

Mobil aloqa tarmog‘ini kengaytirish.

Yil davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbektelekom” AK

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda mobil aloqa tarmog‘ini kengaytirish maqsadida 1050 ta GSM baza stansiyalari o‘rnatiladi.

185.

Keng polosali ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish.

Yil davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbektelekom” AK

458,2 mlrd so‘m

Xorijiy banklar, uskuna yetkazib beruvchilar kreditlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

620 000 portli ma’lumotlar uzatish qurilmalari o‘rnatiladi;

loyihani amalga oshirish natijasida aholiga (Triple play) Internet, IP va video telefoniya, IPTV, VP№ va boshqa turdagi zamonaviy xizmatlarni taqdim etish imkoniyatlari kengaytiriladi.

186.

Optik tolali aloqa liniyalarini qurish.

Yil davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, telekommunikatsiya operatorlari

47,2 mlrd
so‘m

Telekommunikatsiya operatorlari
o‘z mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

2 000 km optik tolali aloqa liniyalarini quriladi;

loyihani amalga oshirish natijasida aholiga sifatli keng polosali telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish imkoniyati kengaytiriladi.

4.4. Madaniyat, sport va turizmni yanada rivojlantirish

187.

Moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanish tartibini ishlab chiqish.

2019-yil

1-avgust

Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada moddiy madaniy meros obyektlarini qisqa va uzoq muddatli ijaraga hamda tekin foydalanishga berish tartibini belgilash, moddiy madaniy meros obyektlaridan oqilona va samarali foydalanish nazarda tutiladi.

188.

Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash.

Yil davomida

Madaniyat vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,

Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Respublika
va mahalliy budjet mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda moddiy madaniy meros obyektlarini texnik xatlovdan o‘tkazish, ularning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ularning muhofaza belgilarini o‘rnatish ta’minlanadi.

189.

Yurtimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish hamda ularni kelajak avlodga yetkazish choralarini ko‘rish.

2019-yil

1-fevral

Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar
va mahalliy budjet mablag‘lari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

Fanlar akademiyasining Arxeologiya
va San’atshunoslik institutlari tomonidan olib borilayotgan hamda oliy o‘quv yurtlari va muzeylardagi arxeologik izlanishlarni chet ellik hamkorlar bilan birga tashkil etish;

respublika muzeylarida saqlanayotgan tarixiy eksponatlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, uning yakuni bo‘yicha har bir muzeyning katalogini yaratish nazarda tutiladi.

190.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida “O‘zbekiston tarixi” kanalini tashkil etish.

2019-yil

1-fevral

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi, Respublika ma’naviyat
va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

buyuk alloma va adiblar, aziz-avliyolarning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratish maqsadida maxsus kanal tashkil etish;

ilmiy jamoatchilik, ijodkor ziyolilar bilan birgalikda kanal dasturlarini puxta shakllantirish nazarda tutiladi.

191.

Tarixiy shaxslar, allomalar haqida badiiy, badiiy-publitsistik, hujjatli filmlar va seriallar yaratish.

Yil davomida

“O‘zbekkino” agentligi,

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Madaniyat vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Hi�ob-kitoblarga asosan

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, ishlab chiqaruvchilar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

buyuk ajdodlarimiz Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi davlat arboblari, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ulug‘ shoir va adiblar, Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy kabi allomalar haqida badiiy, badiiy-publitsistik, hujjatli filmlar va seriallar yaratish;

jahondagi eng yirik kino studiyalari, prodyuserlar va aktyorlarni jalb qilish, kino sanoati vakillarining kasb mahoratini rivojlantirish, xalqimiz va uning buyuk tarixini xalqaro hamjamiyat e’tiboriga yetkazish nazarda tutiladi.

192.

Tarixiy shaxslar va milliy obrazlar aks etgan animatsion filmlar yaratish.

Yil davomida

“O‘zbekkino” agentligi,

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Respublika ma’naviyat
va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Hisob-kitoblarga asosan

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, ishlab chiqaruvchilar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

milliy qahramonlar va obrazlar (Alpomish, Shiroq, To‘maris, Xo‘ja Nasriddin va boshqalar), shuningdek, zamonaviy mavzudagi animatsion filmlar yaratish;

dunyo bolalari sevib tomosha qiladigan mashhur multfilmlar darajasidagi o‘zbek multfilmini dunyoga tanitadigan milliy qahramonlar obrazini yaratish nazarda tutiladi.

193.

Teatr san’ati sohasida xalqaro festival va konferensiya o‘tkazish.

2019-yil

1-iyul

Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti, madaniyat va san’atni rivojlan-tirish jamg‘armasi
hamda xayriya mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda o‘zbek teatr san’atini jahon miqyosida targ‘ib qilish va rivojlangan davlatlarning teatrlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish choralari ko‘riladi.

194.

O‘zbekistonda yozgi Osiyo o‘yinlaridan birini o‘tkazish dasturini ishlab chiqish.

2019-yil

1-aprel

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, TIV

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada yozgi Osiyo o‘yinlaridan birini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

195.

2020-yil Tokio shahri (Yaponiya)da o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish.

Yil davomida

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti
va homiylar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

2020-yil Tokio shahri (Yaponiya)da o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish;

Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanmalar qo‘lga kiritiladigan musobaqalarda sportchilar ishtirokini to‘liq ta’minlash bo‘yicha budjet va homiylar mablag‘lari miqdorini oshirish nazarda tutiladi.

196.

Sport bo‘yicha malakali trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni, jumladan professor-o‘qituvchilarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

Yil davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsiya vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda sport bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish bo‘yicha aloqalarni yo‘lga qo‘yish;

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzurida Sankt-Peterburg shahridagi P.F.Lesgaft nomidagi Jismoniy tarbiya, sport
va salomatlik milliy universitetining fakultetini, Rossiya Jismoniy tarbiya, sport, turizm va yoshlar universitetining filialini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

197.

Respublikada bolalar va o‘smirlar sport maktablarini tashkil etish, umumta’lim maktablari sport inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish
va doimiy jihozlash
bo‘yicha davlat dasturini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyul

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi,

Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti
va homiylar mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

respublika bo‘yicha, jumladan chekka hududlarda bolalar va o‘smirlar sport maktablarini tashkil etish;

xalq ta’limi tizimidagi sport inshootlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish;

xatlov natijalariga ko‘ra, joriy ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va yangi sport inshootlarini qurish bo‘yicha 5 yillik dasturni qabul qilish;

foydalanilayotgan sport inshootlarini sport inventarlari bilan doimiy jihozlash choralarini ko‘rish nazarda tutiladi.

198.

Turizmning yangi turlarini rivojlantirish
va mavsumiylik omili ta’sirini kamaytirish maqsadida ishbilarmonlik turizmini (“MICE”) rivojlantirish.

2019-yil

30-mart

Turizmni rivojlantirish
davlat qo‘mitasi,

Madaniyat vazirligi,

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

vazirlik va idoralar

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

xalqaro va mahalliy ahamiyatdagi tadbirlarni o‘tkazish dasturini tuzish hamda mavsumiylik omilini inobatga olgan holda tadbirlar sanasini belgilash;

ishbilarmonlik tadbirlarini o‘tkazish nuqtai nazaridan bino va mehmonxonalarning ro‘yxatini shakllantirish nazarda tutiladi.

199.

U�oq va yaqin xorijiy mamlakatlardan turistlar sonini yanada oshirish, ularning mamlakat ichida erkin harakatlanishini ta’minlash maqsadida aviatransport tizimini yanada takomillashtirish.

Yil davomida

Vazirlar Mahkamasi,

Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Tashqi savdo vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

mamlakat aviatashishlar bozorida kam budjetli aviakompaniyalar (loukosterlar) va tijorat aviatsiya xizmati ko‘rsatuvchi kompaniyalar uchun qulay shart-sharoit yaratish;

aeroportlar infratuzilmasini va aeronavigatsiya xizmati ko‘rsatishni rivojlantirish;

aeroportlar xizmatlarini ko‘rsatishda xususiy sektor ishtiroki
va raqobat muhitini ta’minlash, “ochiq osmon” rejimini joriy etish;

asosiy turizm bozori bo‘lgan davlatlardan respublika hududlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni yo‘lga qo‘yish ishlari amalga oshiriladi.

200.

Mintaqaviy transport aloqalarini rivojlantirish.

2019-yil

1-noyabr

Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zavtotrans” agentligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro shartnomalar loyihalari.

Bunda:

loukosterlarni jalb etish, aviareyslar va temir yo‘l reyslari sonini oshirish;

mamlakat hududlari va mintaqa mamlakatlari orasida muntazam avtobus, temir yo‘l va aviaqatnovlarni joriy etish;

turli transport reyslari o‘rtasida qulay muvofiqlikni tashkil etish nazarda tutiladi.

201.

Respublikaga turistlar oqimini yanada kengaytirish maqsadida mashhur xalqaro brendlar asosida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalar filiallarini O‘zbekistonda ochish choralarini ko‘rish.

Yil davomida

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi

Hisob-kitoblarga asosan

Xorijiy
va mahalliy investorlar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

xalqaro brendlar asosida oziq-ovqat, sport, savdo xizmatlari, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi yirik kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan tegishli loyihalarni amalga oshirish choralari ko‘riladi.

4.5. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish

202.

Maktabgacha ta’limning qamrovini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Yil davomida

Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

1 654

mlrd so‘m

O‘zbekiston Respublikasi davlat rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

2019-yilda 447 ta maktabgacha ta’lim muassasasida qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari;

6 yoshdagi bolalarni hafta davomida kamida 15 soatli maktabgacha tayyorlov guruhlariga jalb etish;

shaharlarda yangi uy-joy komplekslari qurilishiga ruxsat berishda yangi maktabgacha ta’lim muassasalari qurilishini ta’minlash;

yangi maktabgacha ta’lim muassasalari loyihalarini yaratish ishlari amalga oshiriladi.

203.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan qo‘shimcha pulli xizmatlar ko‘rsatishni joriy etish.

2019-yil
1-mart

Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

davlat maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan dam olish kunlari va ish kuni yakunlangandan keyin bolani parvarishlash, unga qarab turish va o‘qitish;

belgilangan dasturdan tashqari sport-sog‘lomlashtirish (karate, taekvondo, suzish, shaxmat, shashka, gimnastika, massaj va boshqalar) to‘garaklari, badiiy-estetik, fan to‘garaklari tashkil etib, qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish nazarda tutiladi.

204.

Barcha hududlarda Prezident maktablarini tashkil etish.

Yil davomida

Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

O‘zbekiston Respublikasi davlat rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi, Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi
va homiylar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Dastlab Nukus shahrida, keyinchalik boshqa hududlarda bosqichma-bosqich
yangi turdagi maktablar — Prezident maktablari tashkil etiladi.

205.

O‘quvchilar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy ta’lim muassasalarini barpo etish bo‘yicha “Zamonaviy maktab” dasturini qabul qilish.

2019-yil
1-iyul

Xalq ta’limi vazirligi,

Qurilish vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazir�igi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan “Zamonaviy maktab” dasturi tasdiqlanadi.

Dasturda yillar va hududlar kesimida “Zamonaviy maktab”lar qurish bo‘yicha manzilli dastur va ularni moliyalashtirish manbalari nazarda tutiladi.

206.

Umumta’lim maktablarini jihozlash tartibi va ularga qo‘yilgan talablarni takomillashtirish.

2019-yil
1-avgust

Xalq ta’limi vazirligi,

Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zstandart” agentligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

jihozlarga qo‘yilgan texnik talablar (dizayni)ni qayta ko‘rib chiqish;

ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda jihozlarga qo‘yilgan talablarni takomillashtirish nazarda tutiladi.

207.

Xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida bir nafar o‘quvchiga xarajatlarning bazaviy normativlaridan kelib chiqqan holda “mablag‘ o‘quvchi ortidan” tamoyili asosida bosqichma-bosqich moliyalashtirish tizimiga o‘tish.

Yil davomida

Xalq ta’limi vazirligi,

Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda xalq ta’limi muassasalari uchun ajratilayotgan mablag‘larni taqsimlash jarayonida shaffof mexanizmni yaratish maqsadida
2019-yil 1-martdan boshlab eksperiment tariqasida bir nafar o‘quvchiga xarajatlarning bazaviy normativlaridan kelib chiqqan holda “mablag‘ o‘quvchi ortidan” tamoyili asosida moliyalashtirish tizimi joriy etiladi.

208.

Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2019-yil

1-iyul

Xalq ta’limi vazirligi,

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini tashkil etish va ularda ta’lim sifatini ta’minlash nazarda tutiladi.

209.

Respublika oliy ta’lim muassasalarining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash sifatini ta’minlashda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

2019-yil
1-sentabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

Hisob-kitoblarga asosan

Oliy ta’lim muassasalari

ning budjetdan tashqari mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

oliy ta’lim muassasalarini QS, TNE kabi xalqaro reyting agentliklarining ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash;

xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan ta’lim dasturlari (yo‘nalishlari, mutaxassisliklari) bo‘yicha kadrlar tayyorlashni rivojlantirish;

respublika oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari
va imkoniyatlari haqida xorijda taqdimotlar va axborotlarni namoyish etish orqali xorijiy talabalar uchun respublikada ta’lim berish imkoniyatlarini kengaytirish;

kadrlar buyurtmachilari, jumladan xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat oliy ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari nazarda tutiladi.

210.

Istiqbolda respublika oliy ta’lim tizimini rivojlangan davlatlar oliy ta’lim tizimiga integratsiya qilish, m�dul tizimi asosida ta’lim jarayonini tashkil etish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilarning mobilligini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Bolonya jarayoni”ga qo‘shilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish.

2019-yil

1-may

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik
va idoralar

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

xorijiy davlatlarning “Bolonya jarayoni”ga o‘tgan va samarali faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim tizimlari tajribasini o‘rganish;

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining “Bolonya jarayoni”ga qo‘shilishi uchun tashkiliy chora-tadbirlarni ko‘rish;

respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini modul tizimi asosida tashkil etish uchun mavjud normativ-huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish, yangi tartib va qoidalarni joriy etish;

“Bolonya jarayoni” talablariga muvofiq tegishli xorijiy oliy ta’lim muassasalari tomonidan oliy ma’lumot to‘g‘risida berilgan diplomlarni O‘zbekiston Respublikasida tan olish tartibining maqbul tizimini yaratish nazarda tutiladi.

211.

Kasblar va mutaxassisliklarning murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda, ta’lim dasturlari muddatini tabaqalashtirgan holda kasbiy ta’limni tashkil etish va maqsadli kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish.

2019-yil

1-mart

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Kasb-hunar ta’limi markazi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblar asosida

Tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning mablag‘lari, boshqa manbalar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

toifalangan kasb-hunar ta’lim muassasalarini tashkil etish xususiyatlari, moliyalashtirish manbalari;

bakalavriat dasturi bilan integratsiyalashgan “Boshlang‘ich oliy maktablar”;

vazirlik va idoralar tasarrufida faoliyat yuritadigan “idoraviy” ta’lim muassasalari;

har bir tumanda kamida 2 tadan “ko‘p tarmoqli kasb-hunar ta’lim muassasalari”;

kasb-hunar ta’lim muassasalarida yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

umumta’lim maktablariga faoliyati tugatilayotgan kasb-hunar kollejlari binolarini berish nazarda tutiladi.

212.

Rivojlangan xalqaro ta’lim standartlarini inobatga olib, kasb-hunar ta’limi tizimining davlat ta’lim standartlari, ta’lim muassasalarining toifalari va o‘qitish muddatlari bo‘yicha kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati va kasb-hunar ta’limining yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatorini ishlab chiqish.

2019-yil

1-may

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat vazirligi, tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik
va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

kasbiy ta’lim bo‘yicha ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini tahlil qilgan holda davlat ta’lim standartlarini;

barcha toifadagi ta’lim muassasalarining, o‘qitish muddatidan kelib chiqqan holda kasblar va mutaxassisliklarning ro‘yxatini;

kasb-hunar ta’limining yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatorini tasdiqlash nazarda tutiladi.

213.

O‘zbekistonning xalqaro tadqiqotlarda (PISA, TIMSS, PIRLS va b.) ishtirokini ta’minlash maqsadida Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

2019-yil

1-mart

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) o‘rtasida kelishuv imzolash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

214.

Ta’lim muassasalarini akkreditatsiyalash tizimini takomillashtirish.

2019-yil

1-mart

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

akkreditatsiyalash jarayonini yanada soddalashtirish;

xalqaro tajribalarga asoslangan holda ikki turdagi (ta’lim muassasasi akkreditatsiyasi va ta’lim dasturlari akkreditatsiyasi) akkreditatsiya tizimini joriy etish;

ta’lim muassasalarida ichki baholash tizimini takomillashtirish, ichki baholash natijalarining mavjudligi, xolisonaligi va shaffofligini akkreditatsiyalashning asosiy mezonlari sifatida e’tirof etish;

akkreditatsiyalash natijalari bo‘yicha ta’lim muassasalari rahbarlari faoliyatiga baho berish nazarda tutiladi.

215.

Uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligiga baho berish va ularning reytingini bosqichma-bosqich e’lon qilib borish.

2019-yil

1-avgust

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Kasb-hunar ta’limi markazi

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

ta’lim muassasalari reytingini aniqlash;

reyting natijalari asosida ta’lim muassasalari faoliyatiga baho berish nazarda tutiladi.

216.

Yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish mexanizmlarini takomillashtirish.

2019-yil

1-may

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Innovatsiya vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

doktoranturaga qabul kvotasini magistratura qabul kvotasining kamida 30 foizi miqdorida belgilash;

doktorantlarga ilmiy rahbarlik qilish soni chegarasini qayta ko‘rib chiqish;

doktoranturaga talabgorlarni to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berish nazarda tutiladi.

217.

Respublika ilmiy jurnallarini Scopus, Web of Science, Science direct, Thomson reuters kabi xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritish bo‘yicha dastur ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyul

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

100 mlrd so‘m

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi

Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

respublika ilmiy jurnallarining maxsus jamg‘armasini tashkil etish;

jamg‘arma mablag‘larini xalqaro reytingga kirish salohiyati mavjud ilmiy va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish;

respublika ilmiy jurnallarini Scopus, Web of Science, Science direct, Thomson reuters kabi xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritish;

yuqori nufuzli xalqaro jurnallarda maqola chop etgan mualliflarni rag‘batlantirish tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

218.

Ta’lim muassasalarida
uni bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor shaxslarning homiylik xayriya mablag‘lari hisobiga shakllantiriladigan bitiruvchilar jamg‘armasini tashkil etish.

2019-yil
1-mart

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

jamg‘armani tashkil etish va uning faoliyat yuritishi tartibi;

jamg‘arma mablag‘laridan iqtidorli o‘quvchi va talabalar, faol o‘qituvchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, bitiruvchilar va ta’lim muassasalari o‘rtasida amaliy va foydali aloqani ta’minlash uchun foydalanish tartibi nazarda tutiladi.

219.

Yirik xalqaro kompaniyalarda ishlagan yetuk olim va mutaxassislarni oliy ta’lim muassasalariga rahbarlik va professor-o‘qituvchi lavozimlariga taklif qilish.

Yil davomida

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, TIV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

chet eldan taklif etilgan mutaxassislar uchun mehnatga haq to‘lash tizimidan tortib o‘quv-uslubiy ishlarni tashkil etishgacha barcha zarur sharoitlar yaratiladi;

O‘zbekistonda yetishib chiqib, hozirgi kunda nufuzli xorijiy ta’lim
va ilmiy-tadqiqot muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan yurtdoshlarni Vatanga qaytarish amaliyoti keng joriy etiladi.

220.

Xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari filiallari va qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish.

Yil davomida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, TIV, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
vazirlik va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda O‘zbekistonda Moskva energetika instituti, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti, shuningdek Toshkent kimyo-texnologiya institutida D.Mendeleyev nomidagi Rossiya davlat kimyo-texnologiya universiteti, Toshkent davlat agrar universitetida Astraxan davlat texnika universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari (qo‘shma fakultetlar) tashkil qilinadi.

221.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab davlat buyurtmasi
va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt tizimini
bosqichma-bosqich joriy etish orqali oliy ta’lim muassasalarini o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish, ularga moliyaviy masalalarda mustaqillik berish.

2019-yil
1-iyul

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat test markazi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari
bo‘lgan vazirlik
va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

bosqichma-bosqich davlat buyurtmasi
va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt tizimini joriy etish orqali o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish;

oliy ta’lim muassasalarini moliyaviy tartibga soluvchi hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish orqali oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligini ta’minlash nazarda tutiladi.

222.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida bir nechta
oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirish imkoniyatini berish.

2019-yil

1-aprel

Davlat test markazi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik
va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

abituriyentlarni bir vaqtning o‘zida bir nechta oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirish imkoniyatini beruvchi mexanizmni ishlab chiqish;

abituriyentning sinov natijasi bo‘yicha olgan bali tavsiya etishga yetarli bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi (ta’lim yo‘nalishi)da o‘qish imkoniyatini berish;

kirish sinovlari yakunlangandan keyin abituriyentlarni oliy ta’lim muassasasi (ta’lim yo‘nalishi)ni tanlashning aniq muddatini belgilash;

abituriyentlar tomonidan oliy ta’lim muassasalarini tanlashda imtihon fanlari bloki va ketma-ketligining mosligi nazarda tutiladi.

223.

Iqtidorli yoshlar uchun bakalavr bosqichini jahonning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish imkoniyatini yaratish.

2019-yil

1-mart

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, TIV

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada bakalavr bosqichi talabalarining xorijda ta’lim olishini tashkil etish tartibi nazarda tutiladi.

224.

2019/2020 o‘quv yili qabulidan boshlab bosqichma-bosqich davlat xizmatlari markazlari orqali oliy ta’lim muassasalariga hujjat qabul qilish tizimini yo‘lga qo‘yish.

2019-yil

1-may

Adliya vazirligi,

Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada davlat xizmatlari markazlari orqali hujjat qabul qilish tizimini yaratish va o‘qishga kirish uchun hujjat topshirishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash nazarda tutiladi.

225.

Harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlarga alohida kvotalar ajratish va shu kvota doirasida test sinovlarini o‘tkazish.

2019-yil

1-may

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat test markazi, Mudofaa vazirligi, DXX, Milliy gvardiya

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlarga tegishli o‘quv yili uchun tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari doirasida alohida kvotalar ajratish
va test sinovlarini o‘tkazish;

harbiy qism komandirining tavsiyanomasi faqat harbiy oliygohlar uchun imtiyozga ega bo‘lishi nazarda tutiladi.

226.

Umumiy ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ilmiy-o‘quv jarayoni sifatini tubdan yaxshilash.

Yil davomida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

1,8 trln

so‘m

25,1 mln AQSh dollari

Davlat budjeti mablag‘lari

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning tarmoq jadvallari.

Bunda Investitsiya dasturlariga kiritilgan ta’lim muassasalari obyektlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish choralari nazarda tutiladi.

227.

Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, amaliy natijadorligi va samaradorligini oshirish maqsadida “buyurtmachi-tadqiqotchi-investor” uzluksiz zanjiridan iborat maxsus portal tashkil etish.

2019-yil

1-iyun

Innovatsiya vazirligi, Intellektual mulk agentligi, Fa�lar akademiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada portalda korxonalarning buyurtmalari, mavjud va istiqboldagi ilmiy ishlar ro‘yxati, loyihalar bo‘yicha potensial investorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish hamda portal o‘zaro hamkorlik uchun qulay maydon bo‘lishi nazarda tutiladi.

228.

Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish hajmini bosqichma-bosqich oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyun

Innovatsiya vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta m�xsus ta’lim vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

ilm-fan va innovatsiya sohasiga moliyaviy mablag‘lar va investitsiyalarni jalb etish asosida O‘zbekistonning global innovatsion indeksdagi o‘rnini yaxshilash;

ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini joriy etish;

ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va zarur innovatsion infratuzilmani barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

229.

Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini tubdan isloh qilish va ilmiy ishlanmalar bo‘yicha amaliy natijadorlikni oshirish.

2019-yil

1-mart

Innovatsiya vazirligi,
Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

mavjud ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasini xatlovdan o‘tkazish;

ishlab chiqarish sohasida tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari, konstruktorlik byurolari, tajriba-ishlab chiqarish va innovatsion markazlar tashkil etish;

ilmiy-tadqiqot muassasalarining reyting tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

230.

Texnoparklarni tashkil etish va ularning faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish.

2019-yil

1-mart

Innovatsiya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

texnoparklarni tashkil etish va ularning faoliyatini tartibga soluvchi amaldagi qonun hujjatlarini tahlil qilish;

texnoparklar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish nazarda tutiladi

4.6. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish

231.

“Yoshlar — kelajagimiz” davlat dasturi doirasida
yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlash.

Yil davomida

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

2 trln so‘m,

shundan 500 mlrd so‘m budjet mablag‘lari

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
va boshqa manbalar mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘laridan 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratish orqali
50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

232.

“O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” faoliyatiga e’tiborni kuchaytirish, uning vakillari va vakolatxonalarini tashkil eti�.

2019-yil

1-mart

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Adliya vazirligi, vazirlik
va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada “O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashish yuzasidan aniq chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash nazarda tutiladi.

233.

Yoshlar bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish.

2019-yil

1-fevral

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda davlat-xususiy sheriklik asosida yangi madaniyat va istirohat bog‘larini tashkil etish, ularni zamonaviy yoshlar maskanlariga aylantirish choralarini ko‘rish, ushbu bog‘larda, birinchi navbatda, sport maydonchalari, amfiteatr
va kichik sahnalar, kutubxona, “Book cafe”, shuningdek bepul “wi-fi” hududlarni tashkil etish nazarda tutiladi.

V. XAVFSIZLIK, MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIKNI TA’MINLASh HAMDA ChUQUR O‘YLANGAN, O‘ZARO MANFAATLI VA AMALIY TAShQI SIYOSATNI AMALGA OShIRISh SOHASIDAGI USTUVOR YO‘NALIShLAR

5.1. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar

234.

Mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar qudratini oshirish.

2019-yil

10-aprel

Mudofaa vazirligi, DXX, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi, FVV, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi, vazirlik

va idoralar

Kompleks chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

davlat harbiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yangi qonun hujjatlarini hisobga olib, Qurolli Kuchlarni qo‘llashni rejalashtirishning huquqiy asoslarini yangilash;

Qurolli Kuchlar jangovar tarkibi
va tuzilishi sifat ko‘rsatkich�arini takomillashtirish;

harbiy kadrlarni o‘qitish va qayta tayyorlash, harbiy xizmatchilarning professional tayyorgarligini tashkil etishning innovatsion yondashuvlarini ishlab chiqish;

Qurolli Kuchlar milliy ruhini yuksaltirish, askar, serjant va ofitserlarni barkamol etib tarbiyalash tizimini takomillashtirish;

mamlakat mudofaasini boshqarish milliy markazini yaratish va faoliyatini ta’minlash;

ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida qo‘shinlarni boshqarish tizimini takomillashtirish;

qo‘shinlarni 2018 — 2021-yillarda zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ta’minlash, ularni modernizatsiya qilish va ta’mirlash kompleks dasturini ijro etish;

davlat mudofaa buyurtmasi, mudofaaga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish sohasida yagona davlat siyosatini olib borish nazarda tutiladi.

235.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyul

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, DXX, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

harbiy va ikki xil maqsadlarda foydalanish mumkin bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish, mahalliy korxonalarning manfaatini oshirish va investitsiyalarni rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi mudofaa sanoati korxonalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish;

mudofaa sanoati va boshqa sanoat tarmoqlari bilan tuzilmaviy diversifikatsiya va integratsiyalashuvni ta’minlash;

Davlat mudofaa sanoati kompleksining “Innovatsiya texnologiyalari markazi” negizida harbiy va ikki xil maqsadda foydalanish mumkin bo‘lgan mahsulotlar, ehtiyot qismlar, eng yangi material va xomashyolarning yangi turlarini loyihalashtirish va ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan iqtisodiyot sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va ta’lim muassasalari, alohida kompaniyalar ishlanmalarini konsolidatsiya qilish bo‘yicha mudofaa sanoati kompleksining ilmiy-konstruktorlik klasterini yaratish;

Qurolli Kuchlarning yuqori sifatli mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga qaratilgan harbiy-texnikaviy mulkni sotib olish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.

236.

Davlat chegarasidan o‘tkazish punktlarida chegara nazorati sifatini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyun

DXX, Mudofaa vazirligi, IIV, TIV, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Axborot

texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat personallashtirish markazi

Hisob-kitoblarga asosan

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

DXX Chegara qo‘shinlari nazoratchilar tarkibini mobil videokameralar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash;

zamonaviy talablarga javob beruvchi “shaxsni aniqlashtirish” tizimini joriy etish;

chegara nazoratidan o‘tish jarayoni muddatini qisqartirishga qaratilgan pasport va chegara nazorati mexanizmini avtomatlashtirish, “elektron darvozalar”ni (E-GATE) bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutiladi.

237.

Mamlakatning axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirish.

2019-yil

1-avgust

“O‘zaloqanazorat” inspeksiyasi,

DXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Bosh prokuratura,

IIV, Matbuot va axborot agentligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi

Hisob-kitoblarga asosan

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

“raqamli kriminalistika” ixtisoslashtirilgan laboratoriyasini yaratish;

milliy kibermakonda axborot xavfsizligi hodisalariga tezkor chora ko‘rish bo‘yicha “UZCERT” xizmatini takomillashtirish;

axborot xavfsizligi talablariga muvofiq davlat organlarida qo‘llaniluvchi dasturiy ta’minotni sertifikatsiyalash mexanizmini tatbiq etish;

kiberjinoyatlardan saqlanish va ularning oldini olish, shuningdek mazkur sohada yetuk mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish nazarda tutiladi.

238.

Milliy-madaniy markazlar, do‘stlik jamiyatlari rolini yanada oshirish va ularning aholi hayotidagi ishtirokini kuchaytirish.

2019-yil

10-mart

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, TIV, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar, milliy madaniy markazlar

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

madaniy-gumanitar almashinuv va do‘stona aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan tadbirlarda aholining keng qatlamlari va jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish;

milliy-madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlarining xorijiy davlatlar bilan hamkorligini faollashtirish;

vazirlik va idoralarning milliy-madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari bilan hamkorligini mustahkamlash nazarda tutiladi.

239.

“Ma’rifiy islom” mazmun-mohiyatini faol targ‘ib qilish ishlarini jadallashtirish.

2019-yil

1 mar�

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, TIV, Adliya vazirligi, IIV, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishga qaratilgan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va davra suhbatlari o‘tkazish;

diniy va madaniy merosni tiklash, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni jahon hamjamiyatiga yetkazish maqsadida xorijiy mamlakatlarda tadbirlar o‘tkazish;

ekstremizm, fundamentalizm va terrorizm g‘oyalarining an’anaviy islom diniga zid ekanligini izohlovchi ilmiy va hujjatli filmlarni, jumladan xorijiy tillarda yaratish nazarda tutiladi.

240.

Barcha aholi qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tartibini takomillashtirish va optimallashtirish.

2019-yil

1-avgust

FVV, IIV, DXX, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

aholini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash tizimini takomillashtirish;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tadbirlarda aholining ishtirokini faollashtirish;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish nazarda tutiladi.

241.

Xorijiy sheriklar bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni faollashtirish tizimini takomillashtirish.

2019-yil

30-aprel

Mudofaa vazirligi, DXX, Milliy gvardiya, TIV, Davlat bojxona qo‘mitasi

Xorijiy sheriklar bilan harbiy
va harbiy-texnik hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi (“yo‘l xaritasi”).

Rejada:

xorijiy sherik davlatlar bilan birgalikda xalqaro harbiy va harbiy-texnik hamkorlikning miqyosi va geografiyasini kengaytirish;

yetakchi xorijiy davlatlarning qo‘shinlari, shuningdek oliy harbiy ta’lim muassasalari va tadqiqot markazlari bilan birgalikda harbiy xizmatchilarni o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil etish;

Qurolli Kuchlar jangovar-xizmat faoliyatida xorijiy mamlakat qo‘shinlarining ilg‘or tajribasini chuqur o‘rganish va keng tatbiq etish nazarda tutiladi.

242.

O‘zbekistonning chegara oldi tumanlarida xavfsizlikni ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasida qonun buzilishini bartaraf etish, aniqlash va oldini olish tizimini takomillashtirish.

2019-yil

20-avgust

DXX, IIV, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi,

Bosh prokuratura, vazirlik va idoralar

O‘zbekistonning chegara oldi tumanlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

chegara oldi hududlarining aholisi bilan ishlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, Musulmonlar idorasi vakillari va boshqa jamoat tashkilotlarining DXX Chegara qo‘shinlari bilan hamkorligini k�chaytirish;

jamoat tashkilotlari xodimlarini chegara oldi tumanlarda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha tizimli o‘qitish;

O‘zbekistonning chegara oldi tumanlari aholisini terrorchilik va diniy ekstremistik tashkilotlarning g‘oyalari ta’siridan saqlash, qonun buzilishi va jinoyatchilik holatlarini kamaytirish choralarini amalga oshirish nazarda tutiladi.

243.

Markaziy Osiyo davlatlari bilan chegara o‘tkazish punktlarini takomillashtirish ishlarida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish.

2019-yil

20-oktabr

Davlat bojxona qo‘mitasi, DXX, IIV, Bosh prokuratura, TIV, vazirlik va idoralar

Kompleks chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

fuqarolar va transport kompaniyalariga chegara oldi o‘tkazish punktlarini kesib o‘tishda qulay sharoitlar yaratish;

chegara oldi o‘tkazish punktlarining o‘tkazish qobiliyatini kengaytirish;

bojxona nazorati samaradorligini oshirish;

Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida tashqi savdo aylanmasi va o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish nazarda tutiladi.

244.

Milliy axborot makonini himoya qilish bo‘yicha Internet tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish.

2019-yil

1-avgust

Matbuot va axborot agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi

Hisob-kitoblarga asosan

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyiha bilan O‘zbekiston axborot makonini himoya qilish bo‘yicha
2019 — 2021-yillarda xalqaro Internet axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish kompleks dasturi tasdiqlanadi.

Dasturda:

milliy kontent va IT-startaplar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash davlat fondini tashkil qilish;

blogerlik faoliyatini tartibga solish va boshqaruv mexanizmini takomillashtirish;

milliy blogerlar klubini yaratish, zarur va dolzarb axborotni tayyorlash bo‘yicha tizimli ishni tashkil qilish;

“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunni yangi tahrirda qabul qilish nazarda tutiladi.

245.

Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash.

2019-yil

25-may

IIV, Milliy gvardiya, DXX, FVV,

Bosh prokuratura, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada jamoat tartibini saqlash tadbirlariga jalb qilinayotgan kuch va vositalar maqsadsiz sarflanishining oldini olish maqsadida IIV, Milliy gvardiya, DXX, FVV, prokuratura, hokimliklarning vazifa hamda majburiyatlarini aniq taqsimlash
va belgilab berish nazarda tutiladi.

246.

Sanoat korxonalarining atrof muhitga real tahdidlarini o‘rganish va baholash, mamlakatdagi ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish, atrof muhit ifloslanishini sezilarli tarzda kamaytirishni ta’minlash tizimini takomillashtirish.

2019-yil

1-iyun

Davlat ekologiya qo‘mitasi, FVV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

sanoat korxonalariga zamonaviy samarali tozalovchi uskunalarni, chiqindi manbalarini kuzatib boruvchi va nazorat qiluvchi avtomatlashtirilgan tizimlarni o‘rnatish;

chang, gaz va suv tozalovchi uskunalarni ishlab chiqarish;

mazkur sohadagi huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.

247.

Oziq-ovqat sanoatida steroidlar, kuchli ta’sir qiluvchi antibiotiklar va boshqa organik va kimyoviy qo‘shi�chalarning qo‘llanishi me’yorlarini tartibga soluvchi huquqiy mexanizmni takomillashtirish.

2019-yil

15-iyun

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi,

Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni aholiga yetkazib berish jarayonida steroidlar, kuchli ta’sir qiluvchi antibiotiklar va boshqa organik va kimyoviy qo‘shimchalarning me’yordan ortiq ishlatilishini nazorat qilish mexanizmlari nazarda tutiladi.

248.

Radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va tezkor ha�akat qilish bo‘yicha yagona davlat tizimini takomillashtirish.

2019-yil

1-sentabr

FVV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, IIV, Davlat bojxona qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, “O‘zatom” agentligi, vazirlik
va idoralar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada avtomatlashtirilgan radiatsiyaviy vaziyatni nazorat qilish, yagona davlat tizimini tashkil etish va radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish va bartaraf etishda yagona davlat tizimi imkoniyatlarini oshirish nazarda tutiladi.

249.

Afg‘oniston bo‘yicha
8-mintaqaviy
iqtisodiy hamkorlik konferensiyasini (RECCA VIII) Toshkentda o‘tkazish.

2019-yil

25-may

TIV, Tashqi savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari,

ijrochilar mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi.

Loyihada Afg‘oniston bo‘yicha
8-mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik konferensiyasini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar nazarda tutiladi.

5.2. Tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar

250.

O‘zbekistonning Parij bitimiga qo‘shilishi munosabati bilan “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish bo‘yicha davlat strategiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyul

Vazirlar Mahkamasi, “O‘zgidromet” markazi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Innovatsiya vazirligi, TIV, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

iqlim o‘zgarishiga qarshi tizimli kurashishning ilg‘or mexanizmlarini joriy qilish;

yashil iqlim jamg‘armasining resurslariga yo‘l ochish;

iqtisodiyotning barcha sohalariga, jumladan ish�ab chiqarishga “yashil texnologiyalarni” joriy qilish nazarda tutiladi.

251.

Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha mintaqaviy dastur konsepsiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

10-noyabr

Vazirlar Mahkamasi, TIV, DXX, Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Strategik
va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan mintaqaviy dastur konsepsiyasi tasdiqlanadi.

Konsepsiyada:

Markaziy Osiyoda suvdan tejamkor foydala�ish, suv manbalarini boshqarish va oqilona foydalanish masalalarida mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish;

suv manbalarini boshqarish va oqilona foydalanish masalalarida tejamkor texnologiyalarni, ilg‘or xorijiy tajribani tatbiq etish uchun donor-davlatlar, xalqaro institutlar moliyaviy mablag‘larini jalb qilishni jadallashtirish;

Amudaryo va Sirdaryo bo‘yicha BMT tomonidan ishlab chiqilgan konvensiyalarni ilgari surish;

suv va ekologik muammolarni hal qilish uchun mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda Orolni qutqarish xalqaro fondi salohiyatidan unumli foydalanish nazarda tutiladi.

252.

Orolbo‘yi mintaqasida yangi muhofaza etiladigan, jumladan transchegaraviy tabiiy hududlarni tashkil etish.

2019-yil

1-iyun

Davlat ekologiya qo‘mitasi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

TIV, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi,

vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida,

xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Kompleks chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

Orolbo‘yi mintaqasida yangi muhofaza etiladigan, jumladan transchegaraviy tabiiy hududlarni tashkil etish;

Qozog‘iston va Turkmaniston bilan hamkorlikda qo‘riqlanuvchi tabiiy hududlarni yaratish;

muhofaza etiladigan va transchegaraviy yangi tabiiy hududlarni tashkil etish hamda bioxilma-xillikni asrab-avaylashni yaxshilash bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish nazarda tutiladi.

253.

“Diplomatik xizmat to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-aprel

TIV, Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida), Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi, vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

diplomatik xizmat tushunchasi va turlari, diplomatik xizmat organlari, uning vazifasi va funksiyalari, xodimlarning huquq va majburiyatlari;

diplomatik xizmat turlari va ularni amalga oshirish tartibi;

diplomatik xizmatga qabul qilish, rotatsiya tartibi va diplomatik xizmat xodimlarining uzoq muddatli safarda bo‘lish muddatlari;

diplomatik xizmat xodimlarini kasbiy tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi, xodimlar faoliyatining samaradorligini baholash mexanizmlari;

diplomatik xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar maqomi, xorijiy hamkorlar bilan ishlash mexanizmi;

diplomatik xizmat organlarini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash mexanizmlari, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va ularning ijtimoiy ta’minoti nazarda tutiladi.

254.

Xalqaro maydonda mamlakatimiz siyosiy-iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish, davlatimizning tashqi iqtisodiy va siyosiy faoliyati takomillashtirishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish

2019-yil

1-aprel

TIV, Strategik
va mintaqalararo tadqiqotlar instituti,

vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyiha bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi yangi tahrirda tasdiqlanadi.

Konsepsiyada:

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini aniq belgilash;

mamlakatning milliy xavfsizligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini mustahkamlash;

zamonaviy sharoitlardagi tashqi siyosiy, tashqi iqtisodiy sohalarda O‘zbekistonning milliy manfaatlarini ilgari surish;

barcha davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik va do‘stlik munosabatlarining barqaror tizimini barpo etish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi imiji, o‘rni va ta’sirini mustahkamlash;

xalqaro huquq normalarini implementatsiya qilish, BMT tuzilmalari va maxsus muassasalari norma ijodkorligi jarayonida faol ishtirok etish nazarda tutiladi.

255.

O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari, diplomatik vakolatxonalari faoliyatini kuchaytirish, shu jumladan yangi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarini ochish.

Yil davomida

TIV, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi

Hisob-

kitoblarga

asosan

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

O‘zbekistonning siyosiy va iqtisodiy sohadagi xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish;

xorijda yashovchi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida yangi diplomatik va konsullik muassasalarini ochish hamda amaldagilarining xodimlari sonini oshirish;

diplomatik va konsullik muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, bunda xodimlar uchun qulay sharoitlar yaratish va moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish nazarda tutiladi.

256.

Tashqi transport, logistika va yo‘l infratuzilmasi tizimini rivojlantirish.

Yil

davomida

Tashqi savdo vazirligi, TIV, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O‘zavtotrans” agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, vazirlik va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

o‘zaro tarif preferensiyalarini taqdim etishda hamkor-davlatlar bilan kelishuv, bojxona va ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish;

logistika markazlarini rivojlantirish, imtiyozli ketma-ket tariflarni shakllantirish orqali xalqaro va mintaqaviy transport koridorlaridan samarali foydalanish;

hamkorlar bilan birgalikda Markaziy Osiyo transport tizimini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy dasturni qabul qilish nazarda tutiladi.

257.

Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlikni ta’minlash va mintaqaviy m�ammolarni bartaraf etishdagi o‘zaro munosabatlarida ishonch darajasini oshirish.

2019-yil

20-iyul

TIV, DXX, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha qarashlarini yaqinlashtirish, mintaqada xavfsizlik, barqarorlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlikni shakllantirishga qaratilgan O‘zbekiston tashqi siyosatini faollashtirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili lavozimini ta’sis etish nazarda tutiladi.

258.

Xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga konsullik muassasalari tomonidan davlat xizmatlari va huquqiy yordam berish tizimini takomillashtirish.

2019-yil

1-sentabr

TIV, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, IIV

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda mehnat faoliyati uchun xorijda vaqtinchalik yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun elektron xizmatlar ko‘rsatish imkoniyati kengaytiriladi va takomillashtiriladi.

259.

Samarqandda Vatandoshlar xalqaro forumini tashkil etish va o‘tkazish.

2019-yil

20-may

TIV, Tashqi savdo vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Madaniyat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi,

“El-yurt umidi” jamg‘armasi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari,

ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi loyihasi.

Loyihada Samarqand shahrida
2019-yilda Vatandoshlar xalqaro forumini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar nazarda tutiladi.

260.

O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkam�ash konsepsiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

20-avgust

TIV, Tashqi savdo vazirligi, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, vazirlik va idoralar

Hisob-

kitoblarga

asosan

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash konsepsiyasi tasdiqlanadi.

Konsepsiyada:

O‘zbekistonning nufuzini xalqaro maydonda oshirish maqsadida samarali va keng ko‘lamli targ‘ibot va tashviqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, milliy turistik brendni yaratish, xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishish;

xalqaro tashkilotlar vakillarini O‘zbekistonga taklif qilish va ularni respublikada yuz berayotgan o‘zgarishlar bilan bevosita tanishtirish;

xalqaro tashkilotlar va reyting agentliklari (“Fitch”, “Standard &Pours”, “Moody’s”) bilan O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish nazarda tutiladi.

261.

Markaziy Osiyoda millatlararo ziddiyatlar tahdidlariga qarshi birgalikda kurashish va millatlararo totuvlik tamoyillarini tasdiqlash ishlarida mintaqa davlatlari bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Ushbu yo‘nalishda Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo — umumiy uyimiz” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish.

2019-yil

20-sentabr






2019-yil

18-noyabr

Vazirlar Mahkamasi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy ma�lakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, TIV, Toshkent shahar hokimligi, vazirlik
va idoralar

Hisob-

kitoblarga

asosan

Davlat budjeti mablag‘lari, ijrochilar mablag‘lari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarining sohaga oid tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik memorandumini ishlab chiqish va tegishli tashkilotlar bilan kelishish;

yuz berishi mumkin bo‘lgan millatlararo ziddiyatlar tahdidlarining oldini olish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda hujjat loyihasining Markaziy Osiyo mamlakatlarining sohaga oid tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilishini tashkil etish;

“Markaziy Osiyo — umumiy uyimiz” tamoyilini amalda tatbiq etish hamda mintaqa davlatlari yetakchi olim va ekspertlari ishtirokida xalqaro konferensiyani yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish nazarda tutiladi.

262.

Xorijiy investorlar bilan ishlashni yagona tizimga keltirish va uning samaradorligini orttirish.

2019-yil

20-iyul

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Innovatsiya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank,

Mehnat vazirligi

Hisob-

kitoblarga

asosan

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada xorijiy investorlar bilan ishlashni yagona tizimga keltirish
va uning samaradorligini oshirish uchun O‘zbekiston Investitsiya portali asosida “Invest in Uzbekistan” yagona portalini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Yagona portalda:

O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatga aloqador idoralarning o‘zaro aloqasi va hamkorligini ta’minlash;

xorijiy tadbirkorlar uchun O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti bo‘yicha ma’lumotlarni yetkazish va ularni doimiy ravishda yangilab turish;

O‘zbekistonning tadbirkorlik va investitsiya sohasidagi qonunchiligi, biznes yuritish uchun yaratilayotgan qulayliklar to‘g‘risidagi qisqa, lo‘nda va mazmunli axborotlarni muntazam joylashtirish nazarda tutiladi.

263.

Mamlakat tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal qilishda parlament diplomatiyasi rolini kuchaytirish.

Yil

davomida

Oliy Majlis palatalari, TIV, vazirlik va idoralar

Hisob-

kitoblarga

asosan

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

O‘zbekistonning milliy manfaatlarini xalqaro doirada, jumladan parlamentlararo maydonda
va ikki tomonlama munosabatlarda ilgari surishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining xalqaro faoliyatini kuchaytirish;

xorijiy mamlakatlar parlament vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni, yaqin va uzoq xorijga ishchi tashriflarni amalga oshirish, hamkorlikni kengaytirish va dolzarb masalalar yechimini izlash maqsadida hamkor mamlakatlarning hukumat
va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish nazarda tutiladi.

264.

Orolbo‘yi hududida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasini yaratish bo‘yicha xalqaro anjuman tashkil etish va o‘tkazish.

2019-yil

25-oktabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Innovatsiyavazirligi, TIV,

vazirlik va idoralar

Hisob-

kitoblarga

asosan

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida,

xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi loyihasi.

Loyihada:

anjuman konsepsiyasini ishlab chiqish;

tadbirning kun tartibi, aniq muddati va joyini belgilash;

xorijiy mutaxassislar, xalqaro
va mintaqaviy tashkilotlar vakillarini tadbirga taklif etish va ularning ishtirokini tashkil qilish;

anjumanning yakuniy hujjati loyihasini ishlab chiqish va kelishish nazarda tutiladi.

265.

Toshkent shahrida Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazish.

2019-yil

19-20-fevral

TIV, Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markazi, Strategik
va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

Hisob-

kitoblarga

asosan

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, ijrochilar mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi.

Loyihada Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi olimlari va ekspertlarining forumini o‘tkazishga oid tashkiliy chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

266.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuv�ni o‘tkazish.

2019-yil

12-aprel

TIV, Strategik
va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markazi

Hisob-

kitoblarga

asosan

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi loyihasi.

Loyihada 2019-yilda Toshkent shahrida mintaqa davlatlari rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

Tadbirlarda:

Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash sohasida samarali mintaqaviy hamkorlikning yangi rezervlarini va uni kengaytirishning ta’sirchan mexanizmlarini topish;

savdo-iqtisodiy, innovatsion, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, bank-moliya, suv-energetika va madaniy-gumanitar hamda ekologik barqarorlikni saqlash sohalarida aniq dasturlarni ishlab chiqish;

xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar yuzasidan keng fikr almashish, ular bo‘yicha umumiy qarashni kelishib olish va uni xalqaro tashkilotlar doirasida ilgari surish nazarda tutiladi.

267.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga 2021 — 2023-yillarga saylanishi uchun O‘zbekiston nomzodini ilgari surish.

Yil davomida

TIV, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, vazirlik va idoralar

Kompleks chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

BMTga a’zo davlatlarning O‘zbekistonning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga nomzodini qo‘llab-quvvatlashga erishish maqsadida ular bilan muzokaralar olib borish;

O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash sohasida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida materiallarni tayyorlash va BMTga a’zo davlatlar o‘rtasida tarqatish bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

268.

BMTning “Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyasi qabul qilinishini ilgari surish.

Yil davomida

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz,

TIV, Oliy Majlis Senati, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Yoshlar ittifoqi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Konvensiya loyihasini keng miqyosda xalqaro ko‘mak olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining BMTdagi doimiy vakolatxonalari va boshqa diplomatik vakolatxonalarda taqdimot va davra suhbatlari, brifinglar o‘tkazish orqali maqsadli tushuntirish ishlarini amalga oshirish nazarda tutiladi.

269.

O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar shaharlari
va hududlari o‘rtasida hamkorlikni (“birodarlik aloqalari”) mustahkamlash.

Yil

davomida

TIV, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar shaharlari o‘rtasida aloqalar o‘rnatish mexanizmini faol ishga tushirish nazarda tutiladi.

270.

BMTning “Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya deklaratsiyasi” to‘g‘risidagi nizomini amalga oshirish bo‘yicha milliy harakatlar dasturini qabul qilish.

2019-yil

30-may

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, TIV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida)

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan milliy harakatlar dasturi tasdiqlanadi.

Dasturda barcha darajada inson huquqlari va erkinliklari haqidagi bilim va ko‘nikmalar darajasini yanada oshirib borish nazarda tutiladi.

271.

Sharqiy va Shimoliy Yevropa, Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Afrika va Janubiy Amerikaning ayrim davlatlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish.

Yil davomida

TIV, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar

Bunda:

O‘zbekiston Respublikasining siyosat, investitsiya, savdo, madaniyat
va turizm, yuqori texnologiya sohalarida hamkorlik qilishi uchun ushbu mintaqalarning salohiyatga ega mamlakatlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda faollashtirish;

mazk�r hududlarga milliy tovar va xizmatlar eksportini oshirish maqsadida tizimli marketing tadqiqotlarini o‘tkazish nazarda tutiladi.

272.

Markaziy Osiyo davlatlarining hududlar rahbarlari o‘rtasida aloqalarini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish.

Yil davomida

TIV, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Markaziy Osiyo davlatlarining hududlar rahbarlari biznes hamjamiyatining assotsiatsiyasini ta’sis etish;

Markaziy Osiyo davlatlarining hududlar rahbarlari biznes hamjamiyatining assotsiatsiyas�ni ta’sis etish konsepsiyasi loyihasini qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqish va amalga oshirish nazarda tutiladi.

273.

Markaziy Osiyo hududini turistik yo‘nalish, birinchi navbatda, Buyuk Ipak yo‘lining asosiy bo‘g‘ini sifatida ilgari surisha mintaqa davlatlari harakatlarini muvofiqlashtirish.

2019-yil

30-may

IIV, TIV, DXX, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Markaziy Osiyo mamlakatlariga keladigan sayyohlar uchun yagona vizani kiritish tashabbusining maqsadga muvofiqligini hamkorlar bilan birgalikda o‘rganish (“Silk Visa”);

xorijdagi vatandoshlar uchun O‘zbekistonga kelib-ketish,
mamlakatda qolish, mehnat faoliyatini olib borish, sarmoya kiritish uchun
qulay shart-sharoitlar yaratish (“Vatandosh” vizasi/pasporti);

O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritish istagida bo‘lgan xorijiy davlatlar fuqarolari uchun maxsus viza (investitsion viza) joriy etishni o‘rganish nazarda tutiladi.

274.

Tashqi aloqalarni yo‘lga qo‘yishda “raqamli diplomatiya” vositalarini rivojlantirish.

2019-yil

20-iyul

TIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Strategik
va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, vazirlik va idoralar

Kompleks chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

“raqamli diplomatiya” reytingida O‘zbekistonning o‘rnini oshirish, ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tahlil markazlari bilan hamkorlik o‘rnatish;

O‘zbekistonning xorijdagi barcha diplomatik vakolatxonalari veb-saytlari auditini o‘tkazish, ularni yagona dizayn va tuzilmaga keltirish;

TIV xodimlari uchun yangi axborot texnologiyalari, “raqamli diplomatiya” instrumentlaridan foydalanish bo‘yicha malaka oshirish dasturi tashkil etish;

TIV huzurida ijtimoiy tarmoqlar (“Social Media Marketing”) va “raqamli diplomatiya” bo‘yicha mutaxassislar guruhini shakllantirish nazarda tutiladi.

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Mamlakat hududi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarning mansabdor shaxslari

Biriktirilgan diplomatik vakolatxonalar

1.

Andijon viloyati

J.A. Qo‘chqorov — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri

1. O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iziston Respublikasidagi Elchixonasi

2.

Buxoro viloyati

G.K. Saidova — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari

1. O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Isroil Davlatidagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi Elchixonasi

3.

Jizzax viloyati

D.R. Li — O‘zbekiston Respublikasi Prezi�enti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori

1. O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Elchixonasi

4.

Qashqadaryo viloyati

B.M. Mavlonov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari

1. O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi Elchixonasi

5.

Navoiy viloyati

M.B. Azimov — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi

1. O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi

6.

Namangan viloyati

A.A. Abduxakimov — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining O‘rinbosari

1. O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Elchixonasi

7.

Samarqand viloyati

S.R. Xolmurodov — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari

1. O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi Elchixonasi

4. O‘zbekiston Respublikasining Gretsiya Respublikasidagi bosh konsulligi

8.

Surxondaryo viloyati

M.M. Ikramov — O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi

1. O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Afg‘oniston Islom Respublikasidagi Elchixonasi

4. O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Elchixonasi

9.

Sirdaryo viloyati

R.K. Davletov — O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri

1. O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi Elchixonasi

10.

Farg‘ona viloyati

E.M. Ganiyev — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari

1. O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Latviya Respublikasidagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Ummon Sultonligidagi Elchixonasi

11.

Xorazm viloyati

A.J. Ramatov — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari

1. O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Qirolligidagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Elchixonasi

12.

Toshkent viloyati

O.B. Murodov — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori

1. O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Elchixonasi

4. O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi Elchixonasi

13.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

N.S. Otajonov — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari,
A.I. Ikramov — O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

1. O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Quvayt Davlatidagi Elchixonasi

14.

Toshkent shahri

A.N. Aripov — O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri,

J.A. Xodjayev — O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo
vaziri

1. O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Singapurdagi Elchixonasi

Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Toifalar nomlanishi

Tarkibiy indikatorlar nomlanishi

Mas’ul vazirlik
va idoralar

1.

Iqtisodiy erkinlik indeksi

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(B. Xodjayev)

1.1

Qonun ustuvorligi

Mulkchilik huquqi

Adliya vazirligi
(R. Davletov),

Intellektual mulk agentligi (A. Fayzullayev),
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov),
“Davyergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi

(A. Abdullayev)

Sud faoliyati samaradorligi

Oliy sud

(K. Kamilov),
Adliya vazirligi

(R. Davletov)

Davlatning yaxlitligi

Adliya vazirligi

(R. Davletov),
Oliy sud

(K. Kamilov),
Bosh prokuratura

(O. Murodov)

1.2

Davlat aralashuvi darajasi

Soliq yuki

DSQ (B. Musayev),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev)

Davlat xarajatlari

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev)

Fiskal salomatlik

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
Markaziy bank (M. Nurmuratov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev)

1.3

Tartibga solish samaradorligi

Biznes erkinligi

Bosh prokuratura

(O. Murodov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev),

SSP (A. Ikromov)

Mehnat bozori erkinligi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Sh. Kudbiyev),
Adliya vazirligi

(R. Davletov).

Monetar erkinlik

Markaziy bank (M. Nurmuratov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

1.4

Bozorlarning ochiqligi

Savdo erkinligi

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
DBQ (M. Azimov)

Investitsiyalar erkinligi

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev)

Moliyaviy erkinlik

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev),
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov)

2.

Global raqobatbardoshlik indeksi

Moliya vazirligi

(J. Qo‘chqorov)

2.1

Institutlar sifati

Davlat institutlari

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

Xususiy institutlar

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev),
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov)

2.2

Infratuzilma

Transport infratuzilmasi

Transport vazirligi, “Uzbekistan airways” AJ, “Uzbekistan airports” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Elektr va telefon infratuzilmasi

“O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov)

2.3

Makroiqtisodiy muhit

Davlat budjeti balansi

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Markaziy bank (M. Nurmuratov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev),

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov)

Yalpi milliy omonatlar

Inflatsiya

Davlat qarzi

Mamlakat kredit reytingi

2.4

Sog‘liqni saqlash
va boshlang‘ich ta’lim

Sog‘liqni saqlash

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

Boshlang‘ich ta’lim

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin)

2.5

Oliy ta’lim va o‘qitish

Ta’lim darajasi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

Ta’lim sifati

Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qish

2.6

Tovar bozori samaradorligi

Ichki raqobat

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), DSQ (B. Musayev),

Tashqi raqobat

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov),
DBQ (M. Azimov)

Talab shartlari sifati

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev)

2.7

Mehnat bozorining samaradorligi

Moslashuvchanlik

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Sh. Kudbiyev),

DSQ (B. Musayev)

Iste’doddan samarali foydalanish

2.8

Moliya bozorini rivojlantirish

Samaradorlik

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
Markaziy bank (M. Nurmuratov)

To‘g‘rilik va ishonchlilik

2.9

Texnologik tayyorgarlik

Texnologik moslashish

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov),

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li),

Innovatsion rivojlan�sh vazirligi (I. Abduraxmanov),

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov)

AKTdan foydalanish

2.10

Bozor hajmi

Ichki bozor ko‘lami

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev)

Tashqi bozor ko‘lami

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev)

2.11

Biznesning rivojlanganlik darajasi

Mahalliy yetkazib beruvchilar soni

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

SSP (A. Ikromov)

Mahalliy yetkazib beruvchilar sifati

Klaster rivojlanish holati

Raqobatbardosh ustunlik xususiyati

Qiymatlar zanjiri kengligi

Xalqaro taqsimotlar nazorati

Ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish

Marketing hajmi

Vakolatlarni o‘tkazishga tayyorgarlik

Professional boshqaruvga tayanish

2.12

Innovatsiyalar

Innovatsiyalar uchun imkoniyatlar

Innovatsion rvojlanish vazirligi (I. Abduraxmanov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Intellektual mulk agentligi (A. Fayzullayev),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi(D. Li)

Ilmiy-tadqiqot institutlari sifati

Kompaniyaning �lmiy-tadqiqot
va tajriba-konstruktorlik ishlariga xarajatlari

Tadqiqot va ishlanmalarda universitetlar va sanoatning hamkorligi

Davlat xaridlari va ilg‘or texnologik mahsulotlar

Olimlar va muhandislar mavjudligi

PCT xalqaro patent tizimi patenti uchun talabnomalar

Intellektual mulk himoyasi

3.

“Doing business” indeksi

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(B. Xodjayev)

3.1

Korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

3.2

Qurilish uchun ruxsatnomalar olish

Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev)

3.3

Elektr ta’minoti tizimiga ulanish

“O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),

“O‘zdavenergonazorat” DI

(D. Isaqulov)

3.4

Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish

“Davyergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

3.5

Kredit olish

Markaziy bank

(M. Nurmuratov)

3.6

Minoritar investorlarni himoya qilish

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi

3.7

Soliqlar to‘lovi

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

DSQ (B. Musayev)

3.8

Xalqaro savdo

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
DBQ (M. Azimov)

3.9

Kontraktlar ijrosini ta’minlash

Oliy sud

(K. Kamilov),
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxo‘jayev)

3.10

To‘lovga qobiliyatsizlikni hal qilish

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(N. Jurayev)

3.11

Davlat xaridlari

Moliya vazirligi (D. Kuchkarov)

3.12

Mehnat bozorini tartibga solish

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Sh. Kudbiyev)

4

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) kredit reytingi

Moliya vazirligi

(J. Qo‘chqorov)

5

Huquq ustuvorligi indeksi

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

5.1

Hokimiyat institutlari vakolatlarini cheklash

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

5.2

Korrupsiyaning yo‘qligi

Bosh prokuratura (O.Murodov)

5.3

Tartib va xavfsizlik

IIV (P. Bobojonov)

5.4

Asosiy huquqlarni himoya qilish

Bosh prokuratura (O. Murodov)

5.5

Hokimiyat institutlarining shaffofligi

Bosh prokuratura (O. Murodov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

5.6

Qonunlarga rioya etish

Bosh prokuratura (O. Murodov)

5.7

Fuqarolik odil sudlovi

Oliy sud

(K. Kamilov)

5.8

Jinoiy odil sudlov

Oliy sud

(K. Kamilov)

5.9

Norasmiy odil sudlov

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Oliy sud

(K. Kamilov),

Bosh prokuratura (O. Murodov)

6.

Korrupsiyani qabul qilish indeksi

Bosh prokuratura (O. Murodov)

7.

Inson kamoloti indeksi

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev)

7.1

Kutilayotgan umr ko‘rish indeksi

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

7.2

Ta’lim indeksi

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Maktabgacha ta’lim vazirligi (A.Shin)

7.3

Daromad indeksi

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev),
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

8.

Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

8.1

Saylov jarayoni va plyuralizm

Markaziy saylov komissiyasi (M. Abdusalomov)

8.2

Hukumat faoliyati

Oliy Majlis palatalari (N. Yuldashev, N. Ismoilov)

Adliya vazirligi (R. Davletov)

8.3

Siyosiy ishtirok

Markaziy saylov komissiyasi (M. Abdusalomov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

8.4

Siyosiy madaniyat

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

8.5

Fuqarolar erkinligi

Oliy sud

(K. Kamilov),

Bosh prokuratura (O. Murodov)

9.

Erkin matbuot indeksi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(K. Allamjonov)

10.

Logistika samaradorligi indeksi

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev)

11.

Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li),

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov)

12.

Statistik salohiyat indeksi

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

13.

Sanoat raqobatbardoshligi indeksi

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev),

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov)

14.

Investitsiyalarni tartibga solishning cheklanganligi indeksi

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

(S. Bekenov)

15.

Innovatsiyalar global indeksi

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmanov)

16.

Davlat siyosati va institutsional baholash indeksi

Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati

(E. Ganiyev)

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
Keyingi tahrirga qarang.