O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 3-oktabrdagi PQ-3956-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi bir oy muddatda quyidagilarni ta’minlasin:
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari o‘rtasida funksional vazifalarni taqsimlash;
markaziy apparat va idoraviy mansub tashkilotlarning Qo‘mitaga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni yuqori professional darajada bajara oladigan, zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish;
markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari nizomlarini tasdiqlash.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb ataladi), uning tarkibiy bo‘linmalarining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari, huquq va javobgarliklarini belgilaydi.
2. Davlat ekologiya qo‘mitasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
3. Davlat ekologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) bo‘ysunadi va hisobot beradi.
4. Davlat ekologiya qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
5. Davlat ekologiya qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy bo‘linmalar deb ataladi) va uning tarkibiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutasidagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, qisqartmasi — Davlat ekologiya qo‘mitasi;
to‘liq nomi — Gosudarstvenniy komitet Respubliki Uzbekistan po ekologii i oxrane okrujayuщey sredi, qisqartmasi — Goskomekologii;
to‘liq nomi — The State Committee of the Republic of Uzbekistan for Ecology and Environment Protection, qisqartmasi — Committee for Ecology of the Republic of Uzbekistan.
8. Davlat ekologiya qo‘mitasining joylashgan manzili (pochta manzili): 100000, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7a-uy.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari hamda ularning tuman (shahar) inspeksiyalari;
Davlat ekologik ekspertizasi markazi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat ekologik ekspertizasi markazlari;
Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar “Toza hudud” DUK, ularning tuman (shahar)lardagi filiallari;
Keyingi tahrirga qarang.
ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvini olib borish;
atrof muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va alohida obyektlar muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning sog‘lomlashtirilishini ta’minlash;
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan mustahkam hamkorlikda maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish borasida ta’sirchan tizimni tashkil etish;
er, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini o‘rnatish;
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish, tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlash;
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastri va monitoringini, shuningdek, yovvoyi hayvonlar, yovvoyi o‘simliklarni ko‘paytirish va saqlash pitomniklarining, zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobini yuritish;
ekologik tarbiya, targ‘ibot va ta’limni, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha profilaktika o‘tkazish;
ekologiya va atrof muhit muhofazasi masalalarida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari bilan mustahkam hamkorlikni, qulay atrof muhitga bo‘lgan fuqarolar huquqini ta’minlash.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Davlat ekologiya qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash yuzasidan davlat boshqaruvi sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
hayvonot va o‘simlik dunyosidan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va muhofaza qilish, atmosfera havosi hamda yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
atrof muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklashni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlaridan keng foydalangan holda tabiatni muhofaza qilish faoliyatida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
resurslarni tejaydigan, kam chiqitli va chiqitsiz innovatsion texnologiyalarni hamma erda va keng miqyosda joriy etishni rag‘batlantirish, shuningdek, aholining ekologik xavfsizligini ta’minlaydigan xo‘jalik faoliyatining atrof muhitga noxush ta’sirini kamaytirish va uning oldini olishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
atrof muhitning holatini yaxshilashga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning har yilgi va uzoq muddatli dasturlariga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) atrof muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va alohida obyektlar muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning sog‘lomlashtirilishini ta’minlash sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish tadbirlari dasturlarini kelishadi;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish bo‘yicha rejalarni ishlab chiqish tartibini belgilaydi;
qonunchilikda belgilangan tartibda aholini atrof muhitning holati va uni sog‘lomlashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarga doir ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;
“Toza hudud”, “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari va “Chiqindilarni qayta yuklash va utilizasiya qilish” davlat korxonasi, shuningdek, sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar faoliyatida chiqindi to‘plash shoxobchalarini ishga tushirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, poligonlarni boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
chiqindilarni yig‘ish, saralash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha tadbirlarning ishlab chiqishni tashkillashtiradi;
v) chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan mustahkam hamkorlikda maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish borasida ta’sirchan tizimni tashkil etish sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shahar va tumanlardagi sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyati yuzasidan chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etishi bo‘yicha davlat nazoratini ta’minlaydi;
chiqindi to‘plash shoxobchalarini tashkil etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, ruxsat etilmagan chiqindixonalarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, poligonlarni boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilishni belgilangan tartibda nazoratga olishni tashkil etadi;
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, ularni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘playdi hamda tahlil qiladi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishda yordam ko‘rsatadi;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan joylardagi ruxsat etilmagan chiqindixonalarni bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va ularning amalga oshirilishi yuzasidan hamkorlikni tashkillashtiradi;
chiqindilar saqlanadigan hududlardagi tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning monitoringini olib boradi;
g) er, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazorati sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
1) ekologik tizimlar, tabiiy genofond, biologik muvozanatning, shuningdek, atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari, tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning, o‘simlik dunyosi (shu jumladan o‘rmonlar), hayvonot dunyosi, ularning yashash muhitining va biologik suv obyektlarining holati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
2) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini, shu jumladan quyidagilarni amalga oshiradi:
ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlashning va oqizishning, chiqindilar hosil bo‘lishi va joylashtirilishining belgilangan ekologik normativlariga, shuningdek, bunday ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashni, oqizishni va chiqindilarni belgilangan normativlargacha kamaytirishga doir kelishilgan tadbirlar;
yangi va qayta tashkil etilgan korxonalar hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik xavfsizlik talablari;
yer qa’rini geologik o‘rganish, foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini o‘tkazish, qazilma chiqindixonalari, terrikonlar, qoldiq jinslar uyumi va chiqindixonalarni joylashtirish hamda ulardan foydalanish chog‘ida atrof muhitni ifloslanishdan, bulg‘anishdan va kamayishdan muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan kompleks foydalanish;
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini, ularning o‘sishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral o‘g‘itlarni, boshqa kimyoviy moddalar va preparatlarni tashish, saqlash va qo‘llash chog‘ida atrof muhitni muhofaza qilish;
ovchilik va baliqchilik, baliq zaxiralarini muhofaza etish, ulardan foydalanish hamda ularni qayta tiklash, baliqchilikni rag‘batlantirish qoidalari;
suvni muhofaza qilish obyektlarini, suv xo‘jaligi tizimlari, suv omborlari va boshqa gidrotexnika inshootlarini ishlatish qoidalari;
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash dasturlari va rejalarining ishlab chiqilishi va bajarilishini amalga oshirish;
suv resurslaridan foydalanish, suvdan foydalanishning belgilangan me’yorlari, qoidalari va tartibotiga rioya etish, yer usti va yer osti suvlarini ifloslanish, bulg‘anish va qurib qolishdan muhofaza qilish, shuningdek, suv obyektlarining qirg‘oq bo‘ylarida (zonalarida) suvni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarish;
yer uchastkalari egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan tuproqni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;
vaqtincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa ta’sirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish;
o‘rmon resurslari, qimmatli tabiiy landshaftlar, shuningdek, o‘rmon o‘simliklarining suvni muhofaza qilish, suvni boshqarish, ekin maydonlarini himoya qilish va boshqa himoya funksiyalarini ta’minlash;
3) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda ifloslangan va boshqa zararli ta’sirlarga uchragan atrof muhitning holati, tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risidagi yagona respublika ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
4) atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash hamda oqizishning yo‘l qo‘yiladigan normativlari va chiqindilarni joylashtirish limitlarini tasdiqlaydi;
5) O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lovlarini undiradi;
6) davlat dasturlari, konsepsiyalari, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarining ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari; barcha turdagi qurilishlarga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ajratish materiallari; loyihaoldi va loyiha hujjatlari; tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi texnik reglamentlar, ekologik normativlar loyihalari; texnikalar, texnologiyalar, materiallar, moddalar va mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar; atrof tabiiy muhit holati va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar; keyinchalik ularga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida o‘tkazilgan hududlarni kompleks tekshirish materiallari; shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari; maxsus huquqiy rejimli obyektlarni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazadi;
tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ruxsatnoma xususiyatiga ega hujjatlarni;
chiqindilarni saqlash va ko‘mish maqsadida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ridan foydalanish huquqiga litsenziyalarni;
Keyingi tahrirga qarang.
zoologiya kolleksiyalarining davlat hisobiga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni beradi va hisobini yuritadi;
8) yangi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ularga nom berish va ularni qayta nomlash bo‘yicha takliflar kiritadi;
d) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish, tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlash sohasida:
atrof muhitga ta’sir omillarini hisobga olish, uning holatini tahlil qilish, baholash, atrof muhit holatini prognoz qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish uchun davlat hamda idoraviy ekologik nazorat sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
yangi (qayta qurilgan) obyektlarni, shu jumladan tabiatni muhofaza qilish obyektlari va inshootlarini qabul qilib olish hamda ishga tushirish bo‘yicha davlat komissiyalari ishida, shuningdek, barcha turdagi qurilishlar uchun yer ajratishga doir materiallarni kelishishda qatnashadi;
qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobining nashr etilishini ta’minlaydi;
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida dasturlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, ijtimoiy sheriklikni kengaytiradi, atrof muhitni muhofaza qilish faoliyatida jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga metodik yordam beradi va ko‘maklashadi;
ekologik nazorat sohasida boshqa maxsus vakolatli organlar bilan birgalikda ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlarini maxsus tayyorlashni tashkil etadi;
davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni tartibga solish sohasida normativ hamda metrologik ta’minlash, standartlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etadi;
ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish yo‘nalishida yangi normativ hujjatlarning ishlab chiqilishini va amaldagilarini qayta ko‘rib chiqishni amalga oshiradi;
tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitning ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasida mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi;
ilmiy tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari mutaxassislarini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasida atrof muhit holatini modellashtirish va prognoz qilishni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni olib boradi;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasiga asosan, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun har yilgi kvotalarni tasdiqlaydi;
tabiatni muhofaza qilish faoliyatini metrologik jihatdan ta’minlash borasida ish olib boradi, atrof muhit obyektlarining ifloslanishini nazorat qilish bo‘yicha metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
e) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastri va monitoringini, shuningdek, yovvoyi hayvonlar, yovvoyi o‘simliklarni ko‘paytirish va saqlash pitomniklarining, zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobini yuritish sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni ko‘paytirish va ularni saqlash bo‘yicha pitomniklarning, shuningdek zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobini amalga oshiradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini yurituvchi boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, shuningdek, boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ifloslantiruvchi manbalarning va ularning atrof muhitga ko‘rsatadigan zararli ta’sirlarining (jismoniy ta’sirdan tashqari) hisobini amalga oshiradi;
tabiatdan foydalanuvchilar (tabiatdan maxsus foydalanish) tomonidan tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalar, chiqarib tashlash va oqizish, chiqindilarni tashlash hamda boshqa zararli ta’sirlarning (jismoniy ta’sirdan tashqari) hisobi yuritilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga doir davlat statistika hisobotlari ishonchliligiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrlari yuritilishini amalga oshiradi;
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari monitoringini, shuningdek, atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi manbalar monitoringini amalga oshiradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining atrof muhit davlat monitoringi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasida atrof muhit davlat monitoringi dasturini ishlab chiqadi va tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda amalga oshiradi;
j) ekologik tarbiya, targ‘ibot va ta’limni, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ekologik tarbiya va ta’lim tizimini tashkil etadi hamda rivojlantiradi, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shu jumladan, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish sohasida bilimlarni targ‘ib qilish ishlarining olib borilishini ta’minlaydi;
maxsus vakolatli davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda, ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda, aholining atrof muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish masalalari borasidagi xabardorligini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi;
ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish sohasida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlaydi, Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimi rahbarlari va mutaxassislarini attestatsiyadan o‘tkazadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish borasidagi ishlariga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
z) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha profilaktika o‘tkazish sohasida:
atrof muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan ushbu huquqbuzarliklarni aniqlaydi, bunga imkon beruvchi shart-sharoitlarni va ularning sodir bo‘lish sabablarini bartaraf etadi;
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning hisobini yuritadi va ushbu ma’lumotlar tahlilini amalga oshiradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasida bevosita ishtirok etuvchi va uni amalga oshiruvchi boshqa organ hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi;
i) ekologiya va atrof muhit muhofazasi masalalarida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari bilan mustahkam hamkorlikni, qulay atrof muhitga bo‘lgan fuqarolar huquqini ta’minlash sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xalq bilan muloqotning mexanizmlarini amaliyotga samarali tatbiq etish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Davlat ekologiya qo‘mitasi vakolatlariga tegishli masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
odamlar salomatligi uchun qulay sharoitlar yaratishga, ekologik muvozanatni saqlashga hamda respublikaning samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi manfaati yo‘lida tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ko‘maklashadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarga axborot va maslahatlar berishda hamkorlik ko‘rsatadi;
keng jamoatchilik hamda tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda tabiatni muhofaza qilish dasturlari va tadbirlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida muhim vazifalarning amalga oshirilishi haqida aholi, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolik jamiyati institutlarini keng xabardor qilib boradi.
1) Hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;
2) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvini ta’minlash va muvofiqlashtirish;
3) atrof muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va alohida obyektlar muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning sog‘lomlashtirilishini ta’minlash bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
4) chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan mustahkam hamkorlikda maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish borasida ta’sirchan tizimni tashkil etish;
5) er, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini tashkil etish;
6) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash;
7) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastri va monitoringini, shuningdek, yovvoyi hayvonlarni, yovvoyi o‘simliklarni ko‘paytirish va saqlash pitomniklarini, zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobi yuritilishini tashkil etish;
8) ekologik tarbiya, targ‘ibot va ta’limni, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
9) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish;
10) ekologiya va atrof muhit muhofazasi masalalarida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari bilan mustahkam hamkorlikni, qulay atrof muhitga bo‘lgan fuqarolar huquqini ta’minlash;
11) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
13. Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) Davlat ekologiya qo‘mitasi va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatdan ta’minlashni amalga oshiradi;
2) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
3) Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini hamda ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi o‘tkazilishini tashkil etadi;
4) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini boshqarish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishni amalga oshiradi;
6) Davlat ekologiya qo‘mitasining vakolatiga kiruvchi tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo‘jalik hamda boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
7) hayvonot va o‘simlik dunyosidan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, atmosfera havosi, yer osti boyliklarini muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish, shuningdek chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
8) atrof muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklashni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlaridan keng foydalangan holda tabiatni muhofaza qilish faoliyatida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
9) resurslarni tejaydigan, kam chiqitli va chiqitsiz innovatsion texnologiyalarni hamma erda keng miqyosda joriy etishni rag‘batlantirish, shuningdek, aholining ekologik xavfsizligini ta’minlaydigan xo‘jalik faoliyatining atrof muhitga noxush ta’sirini kamaytirish va uning oldini olishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
10) atrof muhit holatini yaxshilashga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning har yilgi va uzoq muddatli dasturlariga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritadi;
11) Davlat ekologiya qo‘mitasi vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqadi va kelishadi;
12) atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish tadbirlari dasturlarini kelishadi;
13) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish bo‘yicha rejalarni ishlab chiqish tartibini belgilaydi;
14) “Toza hudud”, “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari va “Chiqindilarni qayta yuklash va utilizasiya qilish” davlat korxonasi, shuningdek, sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar faoliyatida chiqindi to‘plash shoxobchalarini ishga tushirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, poligonlarni boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
15) chiqindilarni yig‘ish, saralash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqishni tashkillashtiradi;
16) qonunchilikda belgilangan tartibda aholini atrof muhit holati va uni sog‘lomlashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarga doir ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;
17) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shahar va tumanlardagi sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, “Toza hudud”, “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari va “Chiqindilarni qayta yuklash va utilizasiya qilish” davlat korxonasi faoliyati yuzasidan, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etishi bo‘yicha davlat nazoratini ta’minlaydi;
18) chiqindi to‘plash shoxobchalarini tashkil etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, ruxsat etilmagan chiqindixonalarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, poligonlarni boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilishni belgilangan tartibda nazoratga olishni tashkil etadi;
19) chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, ularni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘playdi hamda tahlil qiladi;
20) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishida yordam ko‘rsatadi;
21) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan joylardagi ruxsat etilmagan chiqindixonalarni bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va ularning amalga oshirilishi yuzasidan hamkorlikni tashkillashtiradi;
22) chiqindilar saqlanadigan hududlardagi tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning monitoringini olib boradi;
23) ekologik tizimlar, tabiiy genofond, biologik muvozanatning, shuningdek, atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari, tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning, o‘simlik dunyosi (shu jumladan o‘rmonlar), hayvonot dunyosi, ularning yashash muhitining va biologik suv obyektlarining holati yuzasidan davlat nazoratining amalga oshirilishini tashkil etadi;
24) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi yuzasidan davlat nazorati olib borilishini muvofiqlashtiradi, shu jumladan quyidagilarni amalga oshiradi:
ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlashning va oqizishning, chiqindilar hosil bo‘lishi va joylashtirilishining belgilangan ekologik normativlariga, shuningdek, bunday ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashni, oqizishni va chiqindilarni belgilangan normativlargacha kamaytirishga doir kelishilgan tadbirlar;
yangi va qayta tashkil etilgan korxonalar hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik xavfsizlik talablari;
yer qa’rini geologik o‘rganish, foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini o‘tkazish, qazilma chiqindixonalari, terrikonlar, qoldiq jinslar uyumi va chiqindixonalarni joylashtirish hamda ulardan foydalanish chog‘ida atrof muhitni ifloslanishdan, bulg‘anishdan va kamayishdan muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan kompleks foydalanish;
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini, ularning o‘sishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral o‘g‘itlarni, boshqa kimyoviy moddalar va preparatlarni tashish, saqlash va qo‘llash chog‘ida atrof muhitni muhofaza qilish;
ovchilik va baliqchilik, baliq zaxiralarini muhofaza etish, ulardan foydalanish hamda ularni qayta tiklash, baliqchilikni rag‘batlantirish qoidalari;
suvni muhofaza qilish obyektlarini, suv xo‘jaligi tizimlari, suv omborlari va boshqa gidrotexnika inshootlarini ishlatish qoidalari;
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash dasturlari va rejalarining ishlab chiqilishi va bajarilishini amalga oshirish;
suv resurslaridan foydalanish, suvdan foydalanishning belgilangan me’yorlari, qoidalari va tartibotiga rioya etish, yer usti va yer osti suvlarini ifloslanish, bulg‘anish va qurib qolishdan muhofaza qilish, shuningdek, suv obyektlarining qirg‘oq bo‘ylarida (zonalarida) suvni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarish;
yer uchastkalari egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan tuproqni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;
vaqtincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa ta’sirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish;
o‘rmon resurslari, qimmatli tabiiy landshaftlar, shuningdek, o‘rmon o‘simliklarining suvni muhofaza qilish, suvni boshqarish, ekin maydonlarini himoya qilish va boshqa himoya funksiyalarini ta’minlash;
25) atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash hamda oqizishning yo‘l qo‘yiladigan normativlari va chiqindilarni joylashtirish limitlarining ishlab chiqilishi va tasdiqlash uchun kiritilishida ishtirok etadi;
26) O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lovlarining undirilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;
27) davlat dasturlari, konsepsiyalari, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarining ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari; barcha turdagi qurilishlarga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ajratish materiallari; loyihaoldi va loyiha hujjatlari; tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi texnik reglamentlar, ekologik normativlar loyihalari; texnikalar, texnologiyalar, materiallar, moddalar va mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar; atrof tabiiy muhit holati va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar; keyinchalik ularga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida o‘tkazilgan hududlarni kompleks tekshirish materiallari; shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari; maxsus huquqiy rejimli obyektlarni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ruxsatnoma xususiyatiga ega hujjatlarni;
chiqindilarni saqlash va ko‘mish maqsadida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ridan foydalanish huquqiga litsenziyalarni;
Keyingi tahrirga qarang.
zoologiya kolleksiyalarining davlat hisobiga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni beradi, nazorat qiladi va berilganlik bo‘yicha ma’lumotlar hisobini yuritadi;
29) atrof muhitga ta’sir omillarini hisobga olish, uning holatini tahlil qilish, baholash, atrof muhit holatini prognoz qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish uchun davlat hamda idoraviy ekologik nazorat sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
30) yangi (qayta qurilgan) obyektlarni, shu jumladan tabiatni muhofaza qilish obyektlari va inshootlarini qabul qilib olish hamda ishga tushirish bo‘yicha davlat komissiyalari ishida, shuningdek, barcha turdagi qurilish uchun yer ajratishga doir materiallarning kelishilishida mutaxassislarning qatnashishini tashkil etadi;
31) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida dasturlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlik qilinishini va ijtimoiy sheriklikning kengaytirilishini ta’minlaydi, atrof muhitni muhofaza qilish faoliyatida jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga metodik yordam beradi va ko‘maklashadi;
32) ekologik nazorat sohasida boshqa maxsus vakolatli organlar bilan birgalikda ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlarini maxsus tayyorlashni tashkil etadi;
33) davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni tartibga solish sohasida normativ hamda metrologik ta’minlash, standartlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etadi;
34) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish yo‘nalishida yangi normativ hujjatlarning ishlab chiqilishini va amaldagilarini qayta ko‘rib chiqishni amalga oshiradi;
35) tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitning ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasida mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishi ta’minlanishini muvofiqlashtiradi;
36) ilmiy tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari mutaxassislarini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasida atrof muhit holatini modellashtirish va prognoz qilishni rivojlantirish bo‘yicha ishlar olib borilishini tashkil etadi;
37) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasiga asosan, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun yillik kvotalarni tasdiqlaydi;
38) yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni ko‘paytirish va ularni saqlash bo‘yicha pitomniklarning, shuningdek zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobi amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
39) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini yurituvchi boshqa tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirilishini amalga oshiradi;
40) O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, shuningdek, boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ifloslantiruvchi manbalarning va ularning atrof muhitga ko‘rsatadigan zararli ta’sirining (jismoniy ta’sirdan tashqari) hisobini amalga oshiradi;
41) tabiatdan foydalanuvchilar (tabiatdan maxsus foydalanish) tomonidan tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalar, chiqarib tashlash va oqizish, chiqindilarni tashlash hamda boshqa zararli ta’sirlarning (jismoniy ta’sirdan tashqari) hisobi yuritilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga doir davlat statistika hisobotlari ishonchliligiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
42) o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrlari yuritilishini muvofiqlashtiradi;
43) o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari monitoringini, shuningdek, atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi amalga oshirilishini tashkil etadi;
44) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining atrof muhit davlat monitoringi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
46) O‘zbekiston Respublikasida atrof muhit davlat monitoringi dasturining ishlab chiqilishini va tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda bajarilishini amalga oshiradi;
47) atrof muhitni muhofaza qilish sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilishini tashkil etadi;
48) maxsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ekologik tarbiya va ta’lim tizimini rivojlantirishni tashkil etadi, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shu jumladan, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish sohasida bilimlarni targ‘ib qilish ishlarining olib borilishini ta’minlaydi;
49) maxsus vakolatli davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda, ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda, aholining atrof muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish masalalari borasidagi xabardorligini oshirish tadbirlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
50) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi, Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimi rahbarlari va mutaxassislarini attestatsiyadan o‘tkazadi;
51) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish borasidagi ishlariga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
52) huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda Davlat ekologiya qo‘mitasi mutaxassislarining ishtirokini tashkil etadi;
53) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha dasturlarning ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini, shu jumladan ushbu huquqbuzarliklar sodir etilishi sabablari hamda bunga imkon beruvchi shart-sharoitlar bo‘yicha ma’lumotlarni;
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar hisobini;
55) huquqbuzarliklar profilaktikasida bevosita ishtirok etuvchi va uni amalga oshiruvchi boshqa organ hamda muassasalar bilan hamkorlik qilinishini tashkil etadi;
56) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish chora-tadbirlarining ishlab chiqilishini va amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;
57) Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparatining tegishli tarkibiy bo‘linmalari vakolatlariga taalluqli masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
58) odamlar salomatligi uchun qulay sharoitlar yaratishga, ekologik muvozanatni saqlashga hamda respublikaning samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi manfaati yo‘lida tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;
59) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarga axborot va maslahatlar beradi;
60) keng jamoatchilik hamda tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda tabiatni muhofaza qilish dasturlari va tadbirlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;
61) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi muhim vazifalarning amalga oshirilishi haqida tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati institutlari va aholini keng xabardor qilish bo‘yicha faoliyatni tashkil etadi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati qonunchilikka va rahbariyatining topshirig‘iga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
14. Davlat ekologiya qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:
1) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish;
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmatining hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar deb ataladi) bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
3) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasidagi davlat boshqaruvi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
4) atrof muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va alohida obyektlar muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning sog‘lomlashtirilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
5) chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan mustahkam hamkorlikda maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish borasida ta’sirchan tizimni amalga oshirish;
6) er, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;
7) tegishli hududlarda ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasidagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
8) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastri va monitoringini, shuningdek, yovvoyi hayvonlarni, yovvoyi o‘simliklarni ko‘paytirish va saqlash pitomniklarini, zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobini yuritish;
9) ekologik tarbiya, targ‘ibot va ta’limni, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
10) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash;
11) ekologiya va atrof muhit muhofazasi masalalarida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari bilan mustahkam hamkorlikni, qulay atrof muhitga bo‘lgan fuqarolar huquqini ta’minlash.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:
1) hayvonot va o‘simlik dunyosidan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash, atmosfera havosi, yer osti boyliklarini muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradilar;
2) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmasi vakolatiga tegishli yoki atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi masalalar bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqadilar va kelishadilar;
3) atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish tadbirlari dasturlarini kelishadilar;
4) mahalliy davlat hokimiyati organlariga yangi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ularga nom berish va ularni qayta nomlash bo‘yicha takliflar kiritadilar;
5) aholini atrof muhit holati va uni sog‘lomlashtirish bo‘yicha joylarda ko‘rilayotgan choralarga doir ma’lumotlar bilan ta’minlaydilar;
6) chiqindilarni yig‘ish, saralash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradilar;
7) mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda chiqindi to‘plash shoxobchalaridan foydalanish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, poligonlarini boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish masalalari bo‘yicha sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradilar;
8) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan joylardagi ruxsat etilmagan chiqindixonalarni bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda hamkorlik qiladilar;
9) chiqindilar saqlanadigan hududlardagi tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning monitoringini olib boradilar;
10) joylarda atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadilar;
11) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini, shu jumladan quyidagilarni amalga oshiradilar:
ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlashning va oqizishning, chiqindilar hosil bo‘lishi va joylashtirilishining belgilangan ekologik normativlariga, shuningdek, bunday ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashni, oqizishni va chiqindilarni belgilangan normativlargacha kamaytirishga doir kelishilgan tadbirlar;
yangi va qayta tashkil etilgan korxonalar hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik xavfsizlik talablari;
yer qa’rini geologik o‘rganish, foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini o‘tkazish, qazilma chiqindixonalari, terrikonlar, qoldiq jinslar uyumi va chiqindixonalarni joylashtirish hamda ulardan foydalanish chog‘ida atrof muhitni ifloslanishdan, bulg‘anishdan va kamayishdan muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan kompleks foydalanish;
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini, ularning o‘sishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral o‘g‘itlarni, boshqa kimyoviy moddalar va preparatlarni tashish, saqlash va qo‘llash chog‘ida atrof muhitni muhofaza qilish;
ovchilik va baliqchilik, baliq zaxiralarini muhofaza etish, ulardan foydalanish hamda ularni qayta tiklash, baliqchilikni rag‘batlantirish qoidalari;
suvni muhofaza qilish obyektlarini, suv xo‘jaligi tizimlari, suv omborlari va boshqa gidrotexnika inshootlarini ishlatish qoidalari;
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash dasturlari va rejalarini ishlab chiqilishi va bajarilishini amalga oshirish;
suv resurslaridan foydalanish, suvdan foydalanishning belgilangan me’yorlari, qoidalari va tartibotiga rioya etish, yer usti va yer osti suvlarini ifloslanish, bulg‘anish va qurib qolishdan muhofaza qilish, shuningdek, suv obyektlarining qirg‘oq bo‘ylarida (zonalarida) suvni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarish;
yer uchastkalari egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan tuproqni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;
vaqtincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa ta’sirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish;
o‘rmon resurslari, qimmatli tabiiy landshaftlar, shuningdek, o‘rmon o‘simliklarining suvini muhofaza qilish, suvni boshqarish, ekin maydonlarini himoya qilish va boshqa himoya funksiyalarini ta’minlash;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shahar va tumanlardagi sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, “Toza hudud”, “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari va “Chiqindilarni qayta yuklash va utilizasiya qilish” davlat korxonasi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyati yuzasidan chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi;
joylarda ekologik tizimlar, tabiiy genofond, biologik muvozanatning, shuningdek, atmosfera havosini, yer usti va yer osti suvlarini, tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning, o‘simlik dunyosi (shu jumladan o‘rmonlar), hayvonot dunyosi, ularning yashash muhitining va biologik suv obyektlarining holati;
belgilangan tartibda chiqindi to‘plash shoxobchalarini tashkil etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, ruxsat etilmagan chiqindixonalarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, poligonlarini boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish;
13) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishida yordam ko‘rsatadilar;
14) tegishli hududda atrof muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lovlarini undiradilar;
15) davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazadi, shu jumladan ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari; ma’lum turdagi qurilishlarga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ajratish materiallari; loyihaoldi va loyiha hujjatlari; tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq, xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi texnik reglamentlar, ekologik normativ loyihalari; texnika, texnologiyalar, materiallar, moddalar va mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar; atrof tabiiy muhit holati va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar; keyinchalik ularga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida o‘tkazilgan hududlarni kompleks tekshirish materiallari; shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari; maxsus huquqiy rejimli obyektlarni;
o‘z vakolatlari doirasida tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlarni import qilish va eksport qilish uchun ruxsatnomani;
davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga xulosalarni beradilar va hisobini yuritadilar;
tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ruxsatnoma xususiyatiga ega hujjatlar;
18) tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitning ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi xavfsiz mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga doir majburiy talablar yuzasidan faoliyatni amalga oshiradilar;
19) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ifloslangan va boshqa zararli ta’sirlarga uchragan atrof muhitning holati, tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risidagi yagona hududiy ma’lumotlar bazasini shakllantiradilar va yuritadilar;
20) joylarda yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni ko‘paytirish va ularni saqlash bo‘yicha pitomniklarning, shuningdek zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobini amalga oshiradilar;
21) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shuningdek, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini yurituvchi boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradilar;
22) O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari, shuningdek boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ifloslantiruvchi manbalarning va ularning atrof- muhitga ko‘rsatadigan zararli ta’sirining (jismoniy ta’sirdan tashqari) hisobini amalga oshiradilar;
23) joylarda tabiatdan foydalanuvchilar (tabiatdan maxsus foydalanish) tomonidan tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlash va oqizish, chiqindilarni tashlash hamda boshqa zararli ta’sirlarning (jismoniy ta’sirdan tashqari) hisobi yuritilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga doir davlat statistika hisobotlari ishonchliligiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
24) o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrlarini yuritadilar;
26) atrof muhit davlat monitoringi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishda ishtirok etadilar;
29) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasini, shu jumladan, ushbu huquqbuzarliklarni aniqlash, unga imkon beruvchi shart-sharoitlarni va ularning sodir etilishini bartaraf etishni amalga oshiradilar;
30) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning hisobini yuritadilar va ushbu ma’lumotlar tahlilini amalga oshiradilar;
31) huquqbuzarliklar profilaktikasida bevosita ishtirok etuvchi va uni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiladilar;
32) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shu jumladan, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish sohasida bilimlarni targ‘ib qilish ishlarini olib boradilar;
33) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda, ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda, aholining atrof muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish masalalari borasidagi xabardorligini oshirish tadbirlarini amalga oshiradilar;
34) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish chora-tadbirlarini amalga oshiradilar;
35) o‘z vakolatlariga tegishli masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadilar;
36) odamlar salomatligi uchun qulay sharoitlar yaratishga, ekologik muvozanatni saqlashga hamda hududning samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi manfaati yo‘lida tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ko‘maklashadilar;
37) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarga axborot va maslahatlar beradilar;
38) keng jamoatchilik hamda tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda tabiatni muhofaza qilish dasturlari va tadbirlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadilar;
39) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi muhim vazifalarning amalga oshirilishi haqida tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati institutlari va mahalliy aholini xabardor qilib boradilar.
Davlat ekologiya qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalari qonunchilikka hamda qo‘mita rahbariyatining qonun hujjatlari doirasidagi topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradilar.
16. Davlat ekologiya qo‘mitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy bo‘linmalarining asosiy vazifalar va funksiyalari quyidagilardan iborat:
1) Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni tegishli tuman (shahar)da samarali bajarish;
3) joylarda atrof muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va alohida obyektlar muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning sog‘lomlashtirilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
4) chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan mustahkam hamkorlikda maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish borasida ta’sirchan tizimni amalga oshirish;
5) er, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;
6) ekologik tarbiya, targ‘ibot va ta’limni, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
7) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash;
8) ekologiya va atrof muhit muhofazasi masalalarida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari bilan mustahkam hamkorlikni, qulay atrof muhitga bo‘lgan fuqarolar huquqini ta’minlash.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Davlat ekologiya qo‘mitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy bo‘linmalari o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:
1) shahar va tumanlarda atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash tadbirlarining ishlab chiqilishida ishtirok etadilar;
2) shahar va tumanlarda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini, shu jumladan, quyidagilarni amalga oshiradilar:
ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlashning va oqizishning, chiqindilar hosil bo‘lishi va joylashtirilishining belgilangan ekologik normativlariga, shuningdek, bunday ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashni, oqizishni va chiqindilarni belgilangan normativlargacha kamaytirishga doir kelishilgan tadbirlar;
yangi va qayta tashkil etilgan korxonalar hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik xavfsizlik talablari;
yer qa’rini geologik o‘rganish, foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini o‘tkazish, qazilma chiqindixonalari, terrikonlar, qoldiq jinslar uyumi va chiqindixonalarni joylashtirish hamda ulardan foydalanish chog‘ida atrof muhitni ifloslanishdan, bulg‘anishdan va kamayishdan muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan kompleks foydalanish;
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini, ularning o‘sishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral o‘g‘itlarni, boshqa kimyoviy moddalar va preparatlarni tashish, saqlash va qo‘llash chog‘ida atrof muhitni muhofaza qilish;
ovchilik va baliqchilik, baliq zaxiralarini muhofaza etish, ulardan foydalanish hamda ularni qayta tiklash, baliqchilikni rag‘batlantirish qoidalari;
suvni muhofaza qilish obyektlarini, suv xo‘jaligi tizimlari, suv omborlari va boshqa gidrotexnika inshootlarini ishlatish qoidalari;
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash dasturlari va rejalarining bajarilishini amalga oshirish;
suv resurslaridan foydalanish, suvdan foydalanishning belgilangan me’yorlari, qoidalari va tartibotiga rioya etish, yer usti va yer osti suvlarini ifloslanish, bulg‘anish va qurib qolishdan muhofaza qilish, shuningdek, suv obyektlarining qirg‘oq bo‘ylarida (zonalarida) suvni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarish;
yer uchastkalari egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan tuproqni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;
vaqtincha foydalanishga berilgan, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa ta’sirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish;
o‘rmon resurslari, qimmatli tabiiy landshaftlar, shuningdek, o‘rmon o‘simliklarining suvini muhofaza qilish, suvni boshqarish, ekin maydonlarini himoya qilish va boshqa himoya funksiyalarini ta’minlash;
tuman (shahar) hududida ekologik tizimlar, tabiiy genofond, biologik muvozanatning, shuningdek atmosfera havosini, yer usti va yer osti suvlarini, tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning, o‘simlik dunyosi (shu jumladan o‘rmonlar), hayvonot dunyosi, ularning yashash muhitining va biologik suv obyektlarining holati;
shahar va tumanlardagi sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, “Toza hudud”, “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari va “Chiqindilarni qayta yuklash va utilizasiya qilish” davlat korxonasi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyati yuzasidan chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi;
belgilangan tartibda chiqindi to‘plash shoxobchalarini tashkil etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, ruxsat etilmagan chiqindixonalarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, poligonlarini boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish;
3) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishida yordam ko‘rsatadilar;
4) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hududlardagi ruxsat etilmagan chiqindixonalarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda hamkorlik qiladilar;
5) joylarda atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha dasturlarni amalga oshiradilar;
6) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar bo‘yicha profilaktikani, shu jumladan, ushbu huquqbuzarliklarni aniqlash, bunga imkon beruvchi shart-sharoitlarni va ularning sodir etilishini bartaraf etishni amalga oshiradilar;
7) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning hisobini yuritadilar va ma’lumotlarni yuqori turuvchi hududiy bo‘linmaga taqdim etadilar hamda ushbu ma’lumotlar tahlilini amalga oshiradilar;
8) huquqbuzarliklar profilaktikasida bevosita ishtirok etuvchi va uni amalga oshiruvchi boshqa muassasalar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiladilar;
9) tegishli hududda atrof muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lovlarini undiradilar;
10) shahar va tuman aholisini atrof muhit holati va uni sog‘lomlashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarga doir ma’lumotlar bilan ta’minlaydilar;
11) joylarda chiqindilarni yig‘ish, saralash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradilar;
12) chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishga oid ma’lumotlarni to‘plashni amalga oshiradilar, chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritadilar;
tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ruxsatnoma xususiyatiga ega hujjatlar;
15) shahar va tumanlarda atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi dasturini amalga oshirishda ishtirok etadilar;
16) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shu jumladan ekologik xavfsizlikni ta’minlash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish sohasida targ‘ibot ishlarini olib boradilar;
17) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda, mahalliy ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda, aholining atrof muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish masalalari borasidagi xabardorligini oshirish tadbirlarini amalga oshiradilar;
18) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish chora-tadbirlarini amalga oshiradilar;
19) o‘z vakolatlariga tegishli masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadilar;
20) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarga axborot va maslahatlar beradilar;
21) keng jamoatchilik hamda tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda tabiatni muhofaza qilish dasturlari va tadbirlarini amalga oshiradilar;
22) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida muhim vazifalarning amalga oshirilishi haqida tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati institutlari va mahalliy aholini xabardor qilib boradilar.
Davlat ekologiya qo‘mitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy bo‘linmalari qonunchilikka hamda qo‘mita rahbariyatining qonun hujjatlari doirasidagi topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradilar.
18. Davlat ekologiya qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
2) vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarish;
3) Davlat ekologiya qo‘mitasining vakolatiga kiruvchi masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
4) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Davlat ekologiya qo‘mitasi vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
5) Davlat ekologiya qo‘mitasi vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha zarur statistika ma’lumotlarini davlat statistika organlaridan bepul olish;
6) Davlat ekologiya qo‘mitasi va uning idoraviy mansub tuzilmalarining davlat mulkini, o‘zining tashkiliy tuzilmasi doirasida, belgilangan tartibda bir bo‘linmadan boshqasiga bepul o‘tkazish;
7) Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlarini ularning tegishli sohadagi faoliyatlarining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha parametrlarni bajarganliklarini hisobga olgan holda moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;
8) Davlat ekologiya qo‘mitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;
9) Davlat ekologiya qo‘mitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
10) Davlat ekologiya qo‘mitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda xalqaro darajada ifodalash;
11) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish muammolari bo‘yicha jamoatchilik, konsultativ, ilmiy-texnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalar tashkil etish, maxsus kengashlar chaqirish, shuningdek, atrof muhitni muhofaza qilishning uzoq muddatli dasturlarini, hududiy kompleks sxemalarini, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish, shuningdek, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;
12) tabiiy resurslarni ifloslantirish, ularga shikast yetkazish, kamaytirish va ulardan nooqilona foydalanish natijasida atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslardan zararni undirib olish to‘g‘risida da’volar qo‘zg‘ash, shuningdek, undirilgan summani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sarflash;
13) davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olmagan obyektlarga nisbatan moliyalash, kreditlash va boshqa moliyaviy operatsiyalarni to‘xtatib turish (to‘xtatish) to‘g‘risidagi taqdimnomalarni bank va boshqa kredit tashkilotlariga kiritish;
14) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga real tahdid yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish haqida qaror qabul qilish;
15) atrof muhitga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yuridik shaxslar rahbarlaridan tasarrufidagi obyektlarda atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishi (oqizilishi)ni uzluksiz nazorat qilish vositalari bilan jihozlangan punkt (post)lar barpo etish, bunday punkt (post)larning ishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, bunday punkt (post)lardan olingan ma’lumotlarni tizimli ravishda taqdim etishni talab qilish;
16) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan qonun talablari buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatmalar berish;
17) o‘z vakolati doirasida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish, mansabdor shaxslar va fuqarolarga jarimalar solish, shuningdek, ushbu ma’muriy huquqbuzarliklar oqibatida tabiiy resurslar va atrof muhitga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rish;
18) atrof muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish, to‘xtatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risida, shuningdek, atrof muhitga, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqida sudga ariza bilan murojaat qilish;
19) Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘larini belgilangan tartibda shakllantirish va ulardan foydalanish;
20) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekologiya, atrof muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanish sohasidagi masalalar mavzusida noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
21) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan qabul qilingan qarorlar va buyruqlarni bekor qilish, to‘xtatib turish (to‘liq yoki qisman), yoki ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
22) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida tegishli mintaqaviy, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
23) qonun hujjatlari asosida zimmalariga yuklangan atrof muhit, tabiiy resurslarni muhofaza qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi tomonidan ro‘yxati tasdiqlanadigan, Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimining alohida toifadagi xodimlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tabel o‘q otar qurolni olib yurish va saqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
24) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, davlat va boshqa ekologik dasturlarni amalga oshirish borasida Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimidagi mansabdor shaxslar tomonidan davlat ekologik nazorati sohasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazishni amalga oshirish;
25) tabiatdan oqilona foydalanish va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni rag‘batlantirish masalalari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1) Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish;
2) Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyatiga tegishli prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishini so‘zsiz ta’minlash;
3) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
4) soha (tarmoq)ni rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammolarning yechilishi;
5) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash.
20. Davlat ekologiya qo‘mitasining markaziy apparati o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlaridan Davlat ekologiya qo‘mitasining markaziy apparatida ko‘rib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur bo‘lgan materiallar hamda ma’lumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni so‘rash va olish;
2) Davlat ekologiya qo‘mitasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlash, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur bo‘lganda Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlarni tashkil etish;
3) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlaridan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqishni talab qilish, zarur bo‘lganda ularni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarish;
4) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
5) tezkor hal etilishi lozim bo‘lgan va Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
6) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlarining qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasi va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini o‘rganish va belgilangan tartibda tekshirish;
7) Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati huzurida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish muammolari bo‘yicha jamoatchilik, konsultativ, ilmiy-texnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalar tashkil etish, maxsus kengashlar chaqirish, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilishning uzoq muddatli dasturlarini, hududiy kompleks sxemalarini, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish, shuningdek ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;
8) tabiiy resurslarni ifloslantirish, ularga shikast yetkazish, kamaytirish va ulardan nooqilona foydalanish natijasida atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslardan zararni undirib olish to‘g‘risida da’volar qo‘zg‘ash, shuningdek undirilgan summani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sarflash;
9) davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olmagan obyektlarga nisbatan moliyalash, kreditlash va boshqa moliyaviy operatsiyalarni to‘xtatib turish (to‘xtatish) to‘g‘risidagi taqdimnomalarni bank va boshqa kredit tashkilotlariga kiritish;
10) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga real tahdid yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish haqida qaror qabul qilish;
11) atrof muhitga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yuridik shaxslar rahbarlaridan tasarrufidagi obyektlarda atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishi (oqizilishi)ni uzluksiz nazorat qilish vositalari bilan jihozlangan punkt (post)lar barpo etish, bunday punkt (post)larning ishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, bunday punkt (post)lardan olingan ma’lumotlarni tizimli ravishda taqdim etishni talab qilish;
12) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida qonun hujjatlari talablari buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatmalar berish;
13) o‘z vakolati doirasida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish, mansabdor shaxslar va fuqarolarga jarimalar solish, shuningdek ushbu ma’muriy huquqbuzarliklar oqibatida tabiiy resurslar va atrof muhitga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rish;
14) atrof muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish, to‘xtatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risida, shuningdek atrof muhitga, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqida sudga ariza bilan murojaat qilish;
15) Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘larini belgilangan tartibda shakllantirish va ulardan foydalanish;
16) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekologiya, atrof muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanish sohasidagi masalalar mavzusida noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
17) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan qabul qilingan qarorlarni bekor qilish, to‘xtatib turish (to‘liq yoki qisman) yoki ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
18) Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida tegishli mintaqaviy, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
2) Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati bo‘linmalarining Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyatiga tegishli prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlashga doir ishini tashkil etish;
3) Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasi qabul qiladigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazish;
4) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasini, shuningdek, tegishli tarmoqda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;
5) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash.
22. Davlat ekologiya qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalari o‘zlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
2) Davlat ekologiya qo‘mitasi vakolatlariga taalluqli sohadagi muhim muammolar yechimi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ularni ko‘rib chiqish uchun idoralararo hududiy komissiyalar va kengashlar tashkil qilish;
3) o‘z vakolatlari doirasidagi masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish;
4) tabiiy resurslarni ifloslantirish, ularga shikast yetkazish, kamaytirish va ulardan nooqilona foydalanish natijasida atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslardan zararni undirib olish to‘g‘risida da’volar qo‘zg‘ash;
5) davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olmagan obyektlarga nisbatan moliyalash, kreditlash va boshqa moliyaviy operatsiyalarni to‘xtatib turish (to‘xtatish) to‘g‘risidagi taqdimnomalarni bank va boshqa kredit tashkilotlariga kiritish;
6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga real tahdid yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish haqida qaror qabul qilish;
7) atrof muhitga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yuridik shaxslar rahbarlaridan tasarrufidagi obyektlarda atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishi (oqizilishi)ni uzluksiz nazorat qilish vositalari bilan jihozlangan punkt (post)lar barpo etish, bunday punkt (post)larning ishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, bunday punkt (post)lardan olingan ma’lumotlarni tizimli ravishda taqdim etishni talab qilish;
8) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan qonun talablari buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatmalar berish;
9) o‘z vakolati doirasida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish, mansabdor shaxslar va fuqarolarga jarimalar solish, shuningdek ushbu ma’muriy huquqbuzarliklar oqibatida tabiiy resurslar va atrof muhitga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rish;
10) atrof muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish, to‘xtatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risida, shuningdek atrof muhitga, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqida sudga ariza bilan murojaat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Davlat ekologiya qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalari quyidagilar uchun javob beradi:
1) Davlat ekologiya qo‘mitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda ularga yuklangan vazifa va funksiyalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
2) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarga erishilishini ta’minlash;
3) Davlat ekologiya qo‘mitasiga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
4) tumanlar (shaharlar)da aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishni rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, yuzaga keladigan muammolarning yechilishi bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari”ni samarali amalga oshirish;
6) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash.
24. Davlat ekologiya qo‘mitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy bo‘linmalari o‘zlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tuman bo‘linmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
2) o‘z vakolatlari doirasidagi masalalar bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish;
3) tabiiy resurslarni ifloslantirish, ularga shikast yetkazish, kamaytirish va ulardan nooqilona foydalanish natijasida atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslardan zararni undirib olish to‘g‘risida da’volar qo‘zg‘ash;
4) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida qonun hujjatlari talablari buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatmalar berish;
5) o‘z vakolati doirasida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish, mansabdor shaxslar va fuqarolarga jarimalar solish, shuningdek, ushbu ma’muriy huquqbuzarliklar oqibatida tabiiy resurslar va atrof muhitga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rish.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Davlat ekologiya qo‘mitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy bo‘linmalari quyidagilar uchun javob beradi:
2) Davlat ekologiya qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalariga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasining tumanlar (shaharlar)dagi bo‘linmalari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
3) aholini, ayniqsa yoshlarni, tadbirkorlik subyektlarini tashvishga solayotgan dolzarb muammolarni, shuningdek, tegishli hududda atrof muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va alohida obyektlarning muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning sog‘lomlashtirilishini ta’minlashga to‘sqinlik qiladigan tizimli kamchiliklarni aniqlash, tuman (shahar)ni rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
4) tuman (shahar)larda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, yuzaga keladigan muammolarning yechilishi bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari”ni samarali amalga oshirish;
5) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash.
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
2) Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Davlat ekologiya qo‘mitasining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar bajarilishining tanqidiy va chuqur tahlilini olib borish;
4) Davlat ekologiya qo‘mitasi, shuningdek, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga tegishli prognoz ko‘rsatkichlariga so‘zsiz erishishni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarning ishlab chiqilishini tashkil etish va amalga oshirish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarning ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
7) o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Davlat ekologiya qo‘mitasining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyati darajalarini belgilash;
8) Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Davlat ekologiya qo‘mitasi va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish hamda monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
10) Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
11) Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Davlat ekologiya qo‘mitasining kadrlar zaxirasini shakllantirish;
12) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasiga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning kasbiy mahorati, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuqori darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;
13) faoliyat sohasi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
14) “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Davlat ekologiya qo‘mitasining qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
15) Davlat ekologiya qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha buyruqlar, ko‘rsatmalar chiqarish va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur bo‘lganda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
16) Davlat ekologiya qo‘mitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarining to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qo‘yish);
Keyingi tahrirga qarang.
17) Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘liq mos ravishda amalga oshirish va tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
18) o‘z o‘rinbosarlari, Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va uning idoraviy mansub tashkilot rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, Davlat ekologiya qo‘mitasining Hay’at majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
19) Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
20) Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish;
21) O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
22) Davlat ekologiya qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;
23) aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
24) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;
25) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
26) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
27) Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, O‘zbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakat vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi nomidan ishtirok etish;
29) zaruriyat bo‘lganda, Davlat ekologiya qo‘mitasining, shuningdek hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning tashkiliy tuzilmalariga belgilangan miqdor doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
30) shtat birliklarining belgilangan soni asosida Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparatining, shuningdek hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tuzilmasini, shtatlar jadvalini va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
31) Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risida nizomlarni, shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari nizomlarini hamda ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
32) Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati xodimlari, Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
33) Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining mansabdor shaxslari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar qabul qilish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;
34) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida kadrlarni tayyorlash, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha choralar ko‘rish;
35) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi xodimlarni va mutaxassislarni ularning ko‘p yillik va samarali faoliyati, alohida xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar kiritishni ta’minlash va tavsiyalar berish;
36) budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimining moddiy texnika bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish.
27. Quyidagilar Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
2) Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi vaqtincha bo‘lmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
3) Davlat ekologiya qo‘mitasining o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ular xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
4) Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyatining o‘zi nazorat qiladigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Davlat ekologiya qo‘mitasining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlarning bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilib borish;
5) o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish;
6) o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalarda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy bo‘linma rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
8) Davlat ekologiya qo‘mitasi Hay’ati qarorlari, Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining buyruq va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
9) o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasi raisiga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajada ishlash xususiyatlari va ma’naviy-axloqiy fazilatlari kafolatlanganligini ta’minlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, o‘zi boshqaradigan tarkibiy bo‘linmalarda xodimlar zaxirasini shakllantirish choralarini ko‘rish;
10) o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining to‘liq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Davlat ekologiya qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi tomonidan ko‘rib chiqilishi va imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparatida ko‘rib chiqilishida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining topshirig‘iga asosan ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
11) Davlat ekologiya qo‘mitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarini to‘liq va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;
12) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘liq mos ravishda amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
13) o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, Davlat ekologiya qo‘mitasining Hay’at majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
14) Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisiga taqdim etish;
15) o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisiga takliflar kiritish, ularning funksional majburiyatlar va yuklangan vazifalarni bajarishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
16) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;
17) O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
18) davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasi raisiga takliflar kiritish;
19) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;
20) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
21) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
28. Quyidagilar Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
2) tegishli bo‘linma faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish, ushbu bo‘linmaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari hamda Davlat ekologiya qo‘mitasi hujjatlari bilan yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
3) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
4) prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining nazorat qiluvchi o‘rinbosarlariga kiritish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Davlat ekologiya qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy bo‘linma xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
6) Davlat ekologiya qo‘mitasi Hay’ati qarorlari, rais va uning o‘rinbosarlarining buyruq va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
7) tarkibiy bo‘linmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini, ularning tasdiqlash uchun kiritilishini, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
8) tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
9) tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbariyatiga kiritish;
10) tarkibiy bo‘linmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlariga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajada ishlash xususiyatlari va ma’naviy-axloqiy fazilatlari kafolatlanganligini ta’minlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, tarkibiy bo‘linmalarda xodimlar zaxirasini shakllantirish choralarini ko‘rish;
11) tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy bo‘linmalarda tayyorlangan hujjat loyihalarini Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi tomonidan ko‘rib chiqilishi va imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparatida ko‘rib chiqilishida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari topshirig‘iga asosan ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
12) Davlat ekologiya qo‘mitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;
13) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘liq mos ravishda amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safari uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
14) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
15) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, tarkibiy bo‘linma xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;
16) O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, tarkibiy bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
17) davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbariyatiga takliflar kiritish;
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga muvofiq ko‘rib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;
19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
20) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
29. Quyidagilar Davlat ekologiya qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
2) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Davlat ekologiya qo‘mitasining hujjatlari bilan ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) hududiy bo‘linmalar faoliyatiga tegishli prognoz ko‘rsatkichlariga so‘zsiz erishishni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
4) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari tarkibiga kiruvchi tuman (shahar) bo‘linmalari va tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, hududiy bo‘linmalarda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq hududiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
6) Davlat ekologiya qo‘mitasi Hay’ati qarorlari, Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlarining buyruq va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
7) Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
8) o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy bo‘linmalarning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning hududiy bo‘linmalar faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyati darajalarini belgilash;
9) Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy bo‘linmalar faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy bo‘linma va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
10) Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining kadrlar zaxirasini shakllantirish;
11) Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy bo‘linmalarga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuqori darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;
12) Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy bo‘linmalari xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
13) Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy bo‘linmalar xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
14) O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, hududiy bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
15) prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining nazorat qiluvchi o‘rinbosarlariga kiritish;
16) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari xodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
17) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbariyatiga kiritish;
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga muvofiq ko‘rib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;
19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
20) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari xodimlarini mukofotlash, lavozim maoshiga ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, xodimlarni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflarni Davlat ekologiya qo‘mitasiga kiritish;
21) davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.
22) mahalliy davlat hokimiyati organlarida, sudlarda, boshqa organ va tashkilotlarda Davlat ekologiya qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalari manfaatlarini ifodalash;
30. Quyidagilar Davlat ekologiya qo‘mitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy bo‘linmalar rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
2) xodimlar o‘rtasida funksional va faoliyatning alohida yo‘nalishlari bo‘yicha vazifalarni taqsimlash hamda ularning mas’ullik darajasini belgilash;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy bo‘linma xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
4) Davlat ekologiya qo‘mitasi Hay’ati qarorlari, Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari, shuningdek Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining buyruq va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
5) Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
6) tuman (shahar) bo‘linmalarida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalar rahbarlariga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajada ishlash xususiyatlari va ma’naviy-axloqiy fazilatlari kafolatlanganligini ta’minlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, tuman (shahar) bo‘linmalarida xodimlar zaxirasini shakllantirish choralarini ko‘rish;
7) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, Davlat ekologiya qo‘mitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy bo‘linmalar xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;
8) O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Davlat ekologiya qo‘mitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy bo‘linmalarida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
9) Davlat ekologiya qo‘mitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy bo‘linmalari xodimlarini mukofotlash, lavozim maoshiga ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, xodimlarni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risida takliflar kiritish;
10) davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash;
11) mahalliy davlat hokimiyati organlarida, sudlarda, boshqa organ va tashkilotlarda Davlat ekologiya qo‘mitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy bo‘linmalarining manfaatlarini ifodalash.
2) ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Davlat ekologiya qo‘mitasining javobgarlik sohalari bo‘yicha;
3) ushbu Nizomning 26-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
1) Davlat ekologiya qo‘mitasining o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalarida Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
2) ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Davlat ekologiya qo‘mitasining o‘zlari nazorat qiladigan masalalarga doir javobgarlik sohalari bo‘yicha;
3) ushbu Nizomning 27-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
2) ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparatining javobgarlik sohalari bo‘yicha;
3) ushbu Nizomning 28-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
34. Davlat ekologiya qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalari rahbarlari:
1) Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy bo‘linmalariga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;
2) ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining javobgarlik sohalari bo‘yicha;
3) ushbu Nizomning 29-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
2) ushbu Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan Davlat ekologiya qo‘mitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy bo‘linmalarining javobgarlik sohalari bo‘yicha;
3) ushbu Nizomning 30-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
36. Davlat ekologiya qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘z maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zosi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi moddiy, maishiy, transport va tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazirga, uning birinchi o‘rinbosari — vazirning birinchi o‘rinbosariga, uning o‘rinbosarlari esa — vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
39. Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning o‘rinbosarlari tomonidan bajariladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi — Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan;
viloyatlar va Toshkent shahri ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari — tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimi bilan kelishgan holda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning qonunchilikda belgilangan tartibdagi jarayoni yakuniga yetguniga qadar, ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini ta’minlash maqsadida, Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi boshliqning vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlash huquqiga ega.
Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining rahbar o‘rinbosarlari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining nizom va ustavlari Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
41. Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi, Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari rahbarlari va ularning nazorat qilish yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosarlari, tegishli ravishda, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosh davlat inspektorlari hisoblanadi.
Davlat ekologiya qo‘mitasining davlat ekologik nazoratini amalga oshirishda bevosita ishtirok etuvchi xodimlari toifalari ushbu Nizomga ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha belgilanadi.
42. Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimi xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimi xodimlariga Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xodimlarining xizmat guvohnomasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq xizmat guvohnomalari beriladi.
44. Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.
45. Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik qilib:
1) topshiriqlarni hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadilar hamda ularning bajarilishini nazorat qiladilar;
2) Davlat ekeologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy bo‘linmalarining bevosita faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rovlar yuboradilar hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladilar;
3) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradilar va o‘rganadilar, natijalarni umumlashtiradilar, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadilar va qabul qiladilar;
4) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot va axborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar o‘rganilishini tashkil etadilar;
5) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladilar, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ko‘radilar;
6) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadilar;
7) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadilar, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ulardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadilar.
46. Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladilar, shu jumladan:
2) faoliyatning belgilangan sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparatiga axborot taqdim etadilar;
3) ularning faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari to‘g‘risida axborot beradilar;
4) Davlat ekologiya qo‘mitasining markaziy apparatiga o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etadilar;
5) Davlat ekologiya qo‘mitasining markaziy apparatiga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shu jumladan, aholining dolzarb muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni yuboradilar;
6) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish natijalari to‘g‘risida axborot beradilar;
7) vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan o‘z faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risida axborot beradilar.
47. Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari hamda uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining topshirig‘iga binoan uning tegishli o‘rinbosarlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, ular bo‘yicha qaror bevosita Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi tomonidan qabul qilinadi.
48. Davlat ekologiya qo‘mitasi o‘z vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
49. Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari o‘z vakolatlari doirasida boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan o‘zaro uzviy hamkorlik qiladilar.
50. Davlat ekologiya qo‘mitasining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamenti tomonidan nazorat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
51. Davlat ekologiya qo‘mitasida raisi (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari rahbarlari, shuningdek, asosiy faoliyat yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalar rahbarlaridan iborat tarkibdagi hay’at tuziladi.
Hay’at tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
ushbu Nizomda belgilangan Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
qonun hujjatlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha choralarni qabul qilish, tarkibiy va hududiy bo‘linmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tizimli asosda eshitishni tashkil etish;
har chorakda va tizimli tarzda Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyati doirasida hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishi natijadorligini ko‘rib chiqish;
Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni joylarda muhokama qilishni ta’minlagan holda Hay’atning kengaytirilgan sayyor majlislarini o‘tkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati va uning tizimiga kiruvchi lavozimlar nomenklaturasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Davlat ekologiya qo‘mitasi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash.
Shuningdek, Hay’at Davlat ekologiya qo‘mitasi vakolatlariga kiruvchi boshqa masalalarni ko‘rib chiqishga haqlidir.
53. Hay’at majlisiga Davlat ekologiya qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif qilinishi mumkin.
54. Hay’at majlisida uning tarkibining yarmidan ortig‘i ishtirok etsa Hay’at majlisi qonuniy o‘tkazilgan deb hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
55. Hay’at qarorlari Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining buyrug‘i (Davlat ekologiya qo‘mitasining qarorlari) bilan amalga oshiriladi.
56. Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi va Hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida xabar bergan holda, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Bunday vaziyatda Hay’at a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin.
57. Hay’atning faoliyat yuritish tartibi Hay’at tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.
Jamoatchilik maslahat kengashi tarkibiga ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi mutaxassislar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, ilmiy tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoatchilik birlashmalarining vakillari kiradi.
Jamoatchilik maslahat kengashining shaxsiy tarkibi, shuningdek, uning Nizomi Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
59. Davlat ekologiya qo‘mitasi Jamoatchilik maslahat kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosati shakllantirilishi va amalga oshirilishida ishtirok etish uchun fuqarolar, jamoatchilik birlashmalari va boshqa fuqarolik institutlarini jalb qilish;
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan fuqarolik tashabbuslarini, fuqarolar, jamoatchilik birlashmalari va boshqa fuqarolik institutlarining qonstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini olg‘a surish va qo‘llab-quvvatlash;
Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik ekspertizasi (ekspertiza)dan o‘tkazish;
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o‘tkazilishida va o‘sib kelayotgan avlodda tabiat va uning resurslariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish g‘oyasini shakllantirishda ishtirok etish;
Davlat ekologiya qo‘mitasi va uning mansabdor shaxslari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati (nazorat)ni amalga oshirish;
Davlat ekologiya qo‘mitasining tabiatni muhofaza qilish siyosati sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash va faoliyati respublikada fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi jamoatchilik birlashmalari va boshqa fuqarolik institutlarining tabiatni muhofaza qilish tashabbuslarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashdagi tavsiyalarini ishlab chiqish;
biologik xilma-xillikni saqlab qolish va oqilona foydalanishga doir masalalar muhokamasiga fuqarolar, jamoatchilik birlashmalari va boshqa fuqarolik institutlarini hamda ommaviy axborot vositalarining vakillarini jalb etish.
61. Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nazorat qiluvchi kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlariga asoslanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
62. Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash natijalari asosida:
Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy jazolash;
Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko‘riladi.
63. Davlat ekologiya qo‘mitasini, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarini moliyalashtirish va moddiy-texnika jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari jamg‘armalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
64. Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlar, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlardan iborat bo‘ladi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlarining lavozim maoshlariga rag‘batlantiruvchi tusga ega har oylik ustama va qo‘shimcha haqlar Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq to‘lanadi.
65. Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi, budjetdan tashqari jamg‘armalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlariga ish haqi to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish manbalari hisoblanadi.
66. Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oldida Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyati to‘g‘risida muntazam ravishda hisobot berib boradi.
67. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nazorat qiluvchi kompleksi rahbari Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbarlarining ularga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi bo‘yicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
68. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasining alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.
69. Davlat ekologiya qo‘mitasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
1. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining bosh davlat inspektori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining nazorat qilish yo‘nalishlari bo‘yicha bosh davlat inspektorlari.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining bosh davlat inspektori.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining nazorat qilish yo‘nalishlari bo‘yicha bosh davlat inspektorlari.
5. Viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshliqlari — viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining bosh davlat inspektorlari.
6. Viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshliqlarining o‘rinbosarlari — viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining nazorat qilish yo‘nalishlari bo‘yicha bosh davlat inspektorlari.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi markaziy apparati boshqarmalari, inspeksiyalari boshliqlari, shuningdek, Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi direktori — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bosh davlat inspektorining nazorat qilish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari.
8. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi markaziy apparati boshqarmalari, inspeksiyalari boshliqlarining o‘rinbosarlari, bo‘lim va shu’ba boshliqlari, shuningdek, Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi direktori o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining katta davlat inspektorlari.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari bo‘lim va inspeksiya boshliqlari, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha tuman (shahar) inspeksiyasi boshliqlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari bosh davlat inspektorlarining nazorat qilish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi markaziy apparatining bosh mutaxassislari, shuningdek, Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazining bo‘lim boshliqlari — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining katta davlat inspektorlari.
11. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi markaziy apparatining yetakchi mutaxassislari va mutaxassislari, shuningdek, Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazining bosh va yetakchi mutaxassislari — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining davlat inspektorlari.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining bosh mutaxassislari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari katta davlat inspektorlari.
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari yetakchi mutaxassislari va mutaxassislari (I va II toifali) — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari davlat inspektorlari.
14. Hisor davlat qo‘riqxonasi, “Jayron” Buxoro ixtisoslashtirilgan pitomnigi, “Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi, “Sayxun” davlat buyurtma qo‘riqxonasi rahbari, rahbar o‘rinbosarlari, bo‘lim va inspeksiya boshliqlari, bosh mutaxassislari, yetakchi mutaxassislari, mutaxassislari va inspektorlari — davlat qo‘riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining va davlat buyurtma qo‘riqxonalarining qo‘riqlash xodimlari.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-martdagi 104-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 3-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida nizomda:
“11. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri Davlat ekologiya qo‘mitasi organlari tomonidan quyidagi uch darajada:
tuman (shahar) darajasida — ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha tuman (shahar) inspeksiyasi;
viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) darajasida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari;
“15. Tuman darajasida 2-t, 3-t, 4-t, 5-t,6-t, 7-t shakllar bo‘yicha ma’lumotlar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha tuman (shahar) inspeksiyalariga (obyekt joylashgan joydagi) muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rahbarlari* tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning 1-fevraligacha taqdim etiladi.
6-t va 7-t shakllari bo‘yicha ma’lumotlar yerlarni hisobga olish hujjatlari asosida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha tuman (shahar) inspeksiyalari tomonidan tayyorlanadi.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha tuman (shahar) inspeksiyalari taqdim etilgan ma’lumotlar (hisobotlar)ning to‘g‘riligini aniqlaydilar, tuman (shahar) bo‘yicha muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ro‘yxatini tuzadilar (1-t yig‘ma shakl), barcha kadastr materiallarini 1-t, 2-t, 3-t, 4-t, 5-t, 6-t, 7-t shakllar bo‘yicha 1-martgacha tuman hokimliklari bilan kelishadilar va ularning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga taqdim etadilar.
16. Viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) darajasida olingan materiallar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladi va tahlil qilinadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishib olinadi hamda 1-aprelgacha 1-0, 2-0, 3-0, 4-0, 5-0, 6-0 shakllar bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasi ga yuboriladi.
17. Respublika darajasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri Davlat ekologiya qo‘mitasining Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari boshqarmasi tomonidan yuritiladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida nizomda:
“respublika darajasida — Davlat ekologiya qo‘mitasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi”;
“17. Davlat ekologiya qo‘mitasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi:”;
v) 18-bandning uchinchi xatboshidagi “Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasiga” so‘zlari “Davlat ekologiya qo‘mitasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“19. Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimidan tashqarida faoliyat ko‘rsatuvchi, chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari mulkdorlari, shuningdek, boshqa huquqlar egalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga kadastr obyektlarining jug‘rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda bahosi to‘g‘risidagi, shuningdek ularning holatidagi joriy o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotlarni taqdim etishi shart”;
“26. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari to‘g‘risidagi kadastr axborotlarining ishonchliligi uchun Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyalarining rahbarlari javob beradilar”;
3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 53-bandi 5-kichik bandida:
birinchi xatboshidan “Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-avgustdagi 216-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 80-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomning 22-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“22. Davlat ekologiya qo‘mitasi nomidan davlat ekologik nazorati Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari, Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazining mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Tegishli ravishda Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bosh davlat inspektorlari va ularning o‘rinbosarlari, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari, Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazining katta davlat inspektorlari va davlat inspektorlari, shuningdek ularning xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi attestatsiyadan o‘tgan xodimlari Davlat ekologiya qo‘mitasi organlarining davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari hisoblanadi”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-iyuldagi 238-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 7-son, 70-modda):
“5. Davlat ekologiya qo‘mitasining majmua buyurtma qo‘riqxonasi faoliyatini moliyalashtirish Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin”;
b) 7-banddagi “Bioinspeksiyaning budjetdan tashqari jamg‘armasi” so‘zlari “Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida:
a) 4-bandning “a” kichik bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Bioinspeksiya deb ataladi)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-banddagi, 14-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi, 15-bandning birinchi xatboshidagi, 19-banddagi, 20-bandning birinchi xatboshidagi, 21-banddagi “Bioinspeksiya” so‘zi “Davlat ekologiya qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 11-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Bioinspeksiya yoki O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining bank hisob raqamlariga” so‘zlari “Davlat ekologiya qo‘mitasi yoki O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-bosqichning “Tadbirlar” ustunidagi “Bioinspeksiya” so‘zi “Davlat ekologiya qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-bosqichning “Subyektlar” ustunidagi “Bioinspeksiya” so‘zi “Davlat ekologiya qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-bosqichning “Subyektlar” ustunidagi “Bioinspeksiya” so‘zi “Davlat ekologiya qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 765-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 39-son, 780-modda) bilan tasdiqlangan Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 46-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“46. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha faoliyatning amalga oshirilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradilar”.
8. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 787-son qarori bilan tasdiqlangan Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qoidalarining 51-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“51. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari (keyingi o‘rinlarda mansabdor shaxslar deb ataladi) mazkur Qoidalarga rioya qilinishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradilar”.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 23-maydagi 310-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 5-son, 80-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 9-iyundagi 368-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 98-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-iyundagi 370-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 99-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft-gaz sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30-iyundagi PQ-3107-son qarori)” 2017-yil 1-oktabrdagi 782-son qaroriga ilovaning 9-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori)” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi “g” va “e” kichik bandlari, 27-bandi “b”, “d”, “j” va “z” kichik bandlari, “v” kichik bandning ikkinchi va uchinchi xatboshi, “g” kichik bandning to‘rtinchi xatboshi, 35-bandining “b” kichik bandi, 55-bandi “v” kichik bandi, 70-bandi “b” kichik bandi va “v” kichik bandning uchinchi xatboshi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining davlat ekologik nazoratini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 11-iyuldagi 525-son qaroriga ilovaning 3-bandi.