Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida urbanizatsiyani tartibga solishni ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xarita”si

Hujjat 11.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbir nomi

Ijro muddati

Amalga oshirish shakli

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Urbanizatsiyani tartibga solish va davlat uy-joy siyosatini takomillashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-aprelga qadar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

Vazirlar Mahkamasi,

vazirliklar va idoralar

2.

Uy-joy siyosatining uzoq muddatli strategiyasini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-avgustga qadar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi,

Oliy sud, Yergeodezkadastr,

3.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirilishini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyulga qadar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

Yergeodezkadastr,

Davlat raqobat qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

4.

Yer solig‘i stavkasini oshirish va xususiylashtirilgan va egalik qilingan yer uchastkalari uchun rag‘batlantiruvchi mol-mulk solig‘i stavkasini belgilash.

har yili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Davlat soliq qo‘mitasi

5.

O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga shahar va qishloq aholi punktlarini ajratish mezonlarini aniq belgilovchi, turli toifadagi shaharlarni kompleks rivojlantirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish.

2019-yil

1-mayga qadar

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

6.

Yuridik shaxslarga tegishli binolar va inshootlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish va bozor qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyunga qadar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Davlat raqobat qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Yergeodezkadastr,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Binolar va inshootlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari, shuningdek ularga tutash, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan uchastkalar chegaralarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyunga qadar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Yergeodezkadastr,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyga xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish va bozor qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyunga qadar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Davlat raqobat qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Yergeodezkadastr,

Qurilish vazirligi,

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

9.

Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyunga qadar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Yergeodezkadastr,

Moliya vazirligi,

Davlat raqobat qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Shahar va qishloq joylaridagi eng muhim shaharlarni ajratib olgan holda 2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan kompleks uy-joy qurish davlat dasturlarining asosiy prognoz parametrlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil

1-iyunga qadar

�zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Hududlar kesimida uy-joy va ijtimoiy obyektlarning maydoni va sonidan kelib chiqib, kompleks qurilish doirasida aholi punkti uchun zarur bo‘lgan muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma quvvatlarini aniqlash bo‘yicha normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil

1-iyulga qadar

Normativ-huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalari

Qurilish vazirligi,
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Davlat avtomobil yo‘llari qo‘mitasi,

Yergeodezkadastr

II. Urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solishni tashkil etish

12.

Yo‘ldosh-shaharlarni shakllantirish uchun istiqbollarini aniqlash maqsadida aholi punktlarini xatlovdan o‘tkazish.

2019-yil

1-iyunga qadar

Kompleks

chora-tadbirlar

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Yergeodezkadastr,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun eng qulay maqomini uzaytirishi bilan birga birinchi navbatdagi katta bo‘lmagan sanoat korxonalarini joylashtirish uchun istiqbolli qishloq aholi punktlari, shahar posyolkalari va kichik shaharlar ro‘yxatini shakllantirish.

2019-yil

1-iyunga qadar

Kompleks

chora-tadbirlar

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyulga qadar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Texnik ko‘mak mablag‘lari
va boshqalar

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Qurilish vazirligi,

xalqaro moliya institutlari

15.

Rejalashtirilayotgan aholini hisobga olish ishlari va urbanizatsiya darajasining xalqaro reytingini inobatga olgan holda, shaharlar va hududlarning alohida toifalari kesimida shahar aholisining hisobini va statistik hisobotini yuritishni takomillashtirish.

har yili

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

Davlat statistika qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

xalqaro moliya institutla�i

16.

Urbanizatsiya jarayonida qamrab olingan alohida toifalardagi shaharlarga maxsus maqom berilishini nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish, xususan:

shahar budjetida qoladigan prognoz tushumlaridan oshadigan summa bo‘yicha soliq turlarini ko‘paytirish;

yer uchastkalarining kimoshdi savdosidan tushgan va shahar budjetiga o‘tkazib beriladigan mablag‘larni shahar budjetiga o‘tkaziladigan ulushini ko‘paytirish;

shahar budjetida mavjud bo‘lgan mulkdan samarali foydalanishga yo‘naltirishga qo‘shimcha moliyaviy rag‘batlarni joriy etish.

2019-yil

1-iyunga qadar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi

III. Urbanizatsiya va shaharlarni kompleks rivojlantirishni tartibga solish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar

17.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining avval qabul qilingan qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan, ularni moliyalashtirish manbalari va tartibini saqlab qolgan holda uy-joylarni qurish bo‘yicha davlat dasturlarini optimizatsiya qilish, shuningdek kompleks uy-joy qurilishi davlat dasturlari doirasida bo‘shaydigan mablag‘larni tegishli qurilishlarga yo‘naltirish.

2019-yil

1-avgustga qadar

Kompleks

chora-tadbirlar

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Qurilish vazirligi

18.

Qurilgan va qurilayotgan binolar va inshootlarning tarixiy va milliy qiyofasini tiklash maqsadida bir qator yetakchi mahalliy va xorijiy madaniyat arboblaridan, me’morlar, tarixchilar, arxeologlar, shu jumladan chet eldagi vatandoshlardan iborat me’moriy kengashni tashkil etish.

2019-yil

1-iyunga qadar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Qurilish vazirligi,
Madaniyat vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Kompleks uy-joy qurish davlat dasturlarining pudratchi qurilish tashkilotlarning quvvatlari, qurilish materiallari resurslari va moliyalashtirish manbalari bilan parallel ta’minlash.

2019-yil

1-iyunga qadar

Chora-tadbirlar rejasi

Qurilish vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

“O‘zqurilishmateriallari” AJ

20.

O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirishning Bosh sxemasini, O‘zbekiston Respublikasi hududlarini rejalashtirish sxemasini, hamda O‘zbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalarini bosqichma-bosqich ishlab chiqish.

Jadvalga muvofiq

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

Asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha

Qurilish vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

21.

Shaharsozlik va shaharni rejalashtirish sohasidagi zamonaviy yutuqlarni hisobga olgan holda shaharlarning bosh rejalarini va aholi punktlarining batafsil joylashuv rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha tanlovlar, shu jumladan xalqaro tanlovlarni o‘tkazish.

har yili

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha

Qurilish vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

22.

Kompleks uy-joy qurish massivlarining joylashtirilishini hisobga olgan holda, aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi sxemalariga tuzatishlar kiritish.

har yili

Chora-tadbirlar rejasi

Asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha

Qurilish vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

23.

Ushbu Farmonning maqsadlari, mazmuni va ahamiyatini xalqaro ishbilarmon doiralar vakillari, xorijiy investorlarga tushuntirish maqsadida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari orqali taqdimotlar, seminarlar, matbuot anjumanlari va shunga o‘xshash boshqa tadbirlar o‘tkazish.

har yili

Amaliy
chora-tadbirlar

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Matbuot va axborot agentligi, MTRK,

Tashqi ishlar vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Qurilish vazirligi,

Davlat raqobat qo‘mitasi,

Yergeodezkadastr,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi