08.01.2019 yildagi PF-5614-son
Hujjat 09.01.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Yo‘nalishlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

Mas’ul ijrochilar

I. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash

1.1

Makroiqtisodiy institutlarni kuchaytirish

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Inflatsiyani pasaytirish va barqaror narxlarni ta’minlash bo‘yicha Hukumat va Markaziy bankning birgalikdagi harakatlarini ishlab chiqish:

Markaziy bankning monetar siyosat va moliyaviy barqarorlikni boshqarishdagi avtonomiyasini mustahkamlash;

inflatsiyani bosqichma-bosqich pasaytirishning o‘rta muddatli dasturini ishlab chiqish;

XVJ pul siyosati va kapital bozorlari bo‘yicha texnik yordam hisobotida tavsiya etilgan qisqa muddatli va institutsional choralarni �malga oshirish.

Iqtisodiy kengash (keyingi o‘rinlarda — Kengash) kotibiyatiga kiritish:

2019-yil iyul

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil sentyabr

Asosiy ijrochi:

Markaziy bank (Nurmuratov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev),

Davlat statistika qo‘mitasi

(Begalov)

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi makroiqtisodiy ma’lumotlarni jamlash sifatini yaxshilash va tahlil qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan Dasturni ishlab chiqish:

makroiqtisodiy ma’lumotlarni jamlash va chop etish jarayonini tezlashtirish;

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari o‘rtasida doimiy ma’lumotlarni almashish va makroiqtisodiy siyosat chora-tadbirlarini birgalikda ishlab chiqish tizimini yo‘lga qo‘yish;

markazlashgan va nomarkazlashgan statistik tizimlarni qo‘llashga asoslangan zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan so‘rovnomalar o‘tkazish va jamlash tizimini hamda statistik ma’lumotlarni qayta ishlash va e’lon qilish tizimlarini shakllantirish;

makroiqtisodiy tahlilning xalqaro amaliyotda sinovdan o‘tkazilgan axborot tizimlari va kompyuter modellarini joriy etish;

o‘rta muddatli makroiqtisodiy tahlil (fiskal, soliq va qarz) va prognozlashtirishning yangi vositalarini ishlab chiqish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil sentyabr

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil noyabr

Asosiy ijrochi:

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Markaziy bank (Nurmuratov),

Davlat statistika qo‘mitasi

(Begalov),

Davlat soliq qo‘mitasi (Musayev),

Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi

(Sadikov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Kudbiyev)

3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasini
2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish:

makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash;

iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligi, investitsion va eksport salohiyatini oshirish;

tadbirkorlikni rivojlantirish va himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

o‘rtadan yuqori daromadli mamlakatlar guruhiga kirish, mehnat bozoridagi keskinlik darajasini kamaytirish, aholi daromadlarini oshirish va kam ta’minlanganlik darajasini pasaytirish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil fevral

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil mart

Asosiy ijrochi:

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Davlat investitsiya qo‘mitasi (Bekenov),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Tashqi savdo vazirligi (Xo‘jayev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Kudbiyev),

Markaziy bank (Nurmuratov),

Davlat statistika qo‘mitasi

(Begalov),

Davlat raqobat qo‘mitasi

(Sharipov)

1.2

Fiskal siyosat

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi fiskal siyosat samaradorligini oshirish Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

vaqtinchalik tashqi shoklar va islohotlar natijasida yuzaga keladigan yo‘qotishlarni boshqarishning yetarlicha moslashuvchan shart-sharoitlarini ta’minlaydigan fiskal siyosat qoidalarini ishlab chiqish;

umumiy fiskal balans doirasida davlat dasturlarini kreditlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi konsolidatsiyalashgan budjeti va amaliyotlarini aniq hisobga olishni joriy etish;

fiskal xavf-xatarlarning aniqlash, oshkor qilish va boshqarish qo‘llanmasini ishlab chiqish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2020-yil iyul

Kengashda muhokama qilish:

2020-yil avgust

Asosiy ijrochi:

Moliya vazirligi (Xaydarov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Markaziy bank (Nurmuratov),

Davlat investitsiya

qo‘mitasi

(Bekenov)

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat xarajatlari samaradorligi va hisobdorligini yaxshilash bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

�irik xarajatli sohalarda davlat xarajatlari samaradorligini tahlil qilish;

davlat korxonalari va boshqa budjetdan tashqari tashkilotlarning moliyaviy mablag‘lari o‘tkazmalarini boshqarish qoidalarini ishlab chiqish;

davlat budjeti xarajatlari samaradorligi bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishda tarmoq vazirliklarini qo‘llab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqish;

budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini baholovchi muhim indikatorlarni joriy qilgan holda budjet tashkilotlarini dasturiy-maqsadli moliyalashtirish usuliga o‘tish;

davlat xarajatlarini o‘rta muddatli budjetlashtirishni va xalqaro amaliyotga muvofiq davlat budjeti loyihasini qonun shaklida tasdiqlash tartibini joriy qilish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil avgust

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil oktyabr

Asosiy ijrochi:

Moliya vazirligi (Xaydarov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Markaziy bank (Nurmuratov)

3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarish Strategiyasini ishlab chiqish:

davlat aktivlari (shu jumladan davlat korxonalari, davlat maqsadli fondlari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi) sifati va likvidliligini konsolidatsiyalashgan holda baholash;

ichki va tashqi qarzlarning hamda davlat qarzi hajmining “yuqori chegarasini” joriy qilish;

Tiklanish va taraqqiyot jam�armasi faoliyatini takomillashtirish, o‘rta muddatli investitsiyalash strategiyasini qabul qilish, milliy farovonlik suveren jamg‘armalarining xalqaro standartlarga muvofiq moliyaviy hisobotlarini e’lon qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

davlat maqsadli jamg‘armalarini O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti doirasida konsolidatsiyalash nuqtai nazaridan isloh qilish masalalarini ko‘rib chiqish;

ichki bozorda davlat qarzlarini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

qarzlarni boshqarish infratuzilmasini yaxshilash va davlat qimmatli qog‘ozlari muomalasi negizida bozor vositalarini rivojlantirish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil sentyabr

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil noyabr

Asosiy ijrochi:

Moliya vazirligi (Xaydarov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Markaziy bank

(Nurmuratov),

Davlat investitsiya

qo‘mitasi (Bekenov)

1.3

Soliq islohoti

1. Jahon amaliyotiga muvofiq yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil mart

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil may

Asosiy ijrochi:

Kodeksni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh

Birgalikda ijro etuvchilar:

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Hisob palatasi (Ikramov),

Davlat soliq qo‘mitasi (Musayev)

2. Soliq organlari va soliq tizimining faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan soliq ma’muriyatchiligiga hamda iqtisodiy siyosatga mos keluvchi axborot tizimlari va boshqa chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish.

3. “Xufyona iqtisodiyot”ni qisqartirish bo‘yicha Dastur ishlab chiqish

II. Raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonini jadallashtirish

Yer va kapitaldan foydalanish samaradorligini oshirish

2.1

Yerdan foydalanish va foydalanuvchilarning huquqlari

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi yerdan foydalanishda moslashuvchanlik va shaffoflikni oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish:

kichik, o‘rta va yirik fermer xo‘jaliklari talabidan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratish mezonlarini qayta ko‘rib chiqish, barcha jarayonlarning shaffofligi, samaradorligi va raqobatbardoshligini ta’minlash;

er huquqlari va ularni berishning yangi shakllarini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

ishlab chiqarish shartnoma maqsadlariga erishish uchun yerdan foydalanishni tartibga solish va fermyerlar tomonidan ekinlarni tanlash shakllarining moslashuvchanligini oshirish choralarini ko‘rish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil avgust

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil oktyabr

Asosiy ijrochi:

“Yergeodezkadastr” davlat

qo‘mitasi

(Abdullayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Qishloq xo‘jaligi

vazirligi (Yusupov),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Adliya vazirligi (Davletov)

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi mulkchilik huquqlarini kuchaytirish bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

elektron kadastr guvohnomalarini rasmiy hujjat sifatida tan olish va ularga elektron hukumat platformasi orqali kirish imkoniyatini berish;

geomakon axborotlariga erkin kirishni ta’minlash va mulkchilikni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatini osonlashtirish;

yangi tahrirdagi “Mulk to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil mart

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil

may

Asosiy ijrochi:

“Yergeodezkadastr” davlat

qo‘mitasi

(Abdullayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Adliya vazirligi

(Davletov),

Moliya vazirligi

(Xaydarov)

2.2

Moliya bozorlarini takomillashtirish va rivojlantirish

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi moliya sektorini yanada rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish:

bank sektorida davlat ulushini bosqichma-bosqich qisqartirish;

moliya regulyatorining avtonomligini kengaytirish;

bank nazoratini kuchaytirish instrumenti sifatida kredit reyestrini yuritish tartibini takomillashtirish;

bank tizimini nazorat qilish va boshqarish sohasida Markaziy bankning salohiyatini mustahkamlash;

kapital bozorining xorijiy investitsiyalarga nisbatan me’yor va cheklovlarini qayta ko‘rib chiqish;

banklararo munosabatlar va kapital bozori, shu jumladan fond va sug‘urta bozori hamda lizing xizmatlari bozorini kengaytirish;

qarz qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy instrumentlarni rivojlantirish, ulushli va qarz instrumentlari orqali moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, qimmatli qog‘ozlar chiqarish jarayonini soddalashtirish;

bozor xatarlarini xedjlash va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning asosiy dastaklaridan bo‘lgan, hosilaviy moliyaviy instrumentlar bozorini rivojlantirish;

investitsiya kompaniyalari, anderaytyerlar, venchur jamg‘armalar faoliyatini rivojlantirish;

tadbirkorlik subyektlari loyihalarini va startaplarni moliyalashtirishning muqobil mexanizmlarini (masalan, kraudfanding) joriy etish;

zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni (“Fin-tech”) rivojlantirish uchun normativ-huquqiy bazani yaratish;

elektron raqamli moliyaviy xizmatlar sohasi uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

moliyaviy xizmatlar qamrovini oshirish, moliya sektorida iste’molchilarni himoya qilish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2020-yil

mart

Kengashda muhokama qilish:

2020-yil

may

Asosiy ijrochi:

Moliya vazirligi (Xaydarov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Markaziy bank

(Nurmuratov),

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev)

2. Quyidagilarni o‘z ichiga olgan Moliya bozori infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

xalqaro ilg‘or amaliyotga muvofiqlashtirish maqsadida, jumladan mikroqarz sohasidagi cheklovlarni bekor qilishni nazarda tutgan holda, mikromoliyalashtirish jarayonini tartibga soluvchi qonunchilikni va me’yorlarni qayta qo‘rib chiqish;

mikrokredit tashkilotlar moliyaviy barqarorligini ta’minlashga va ularning faoliyatidagi xatarlarni oldindan aniqlashga qaratilgan mikrokredit tashkilotlar faoliyatini boshqarish bo‘yicha normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;

mikrokredit tashkilotlari uchun me’yorlarni liberallashtirish va xorijiy yuridik shaxslarga ularning muassisi/aksioneri bo‘lishiga ruxsat berish;

Sug‘urta faoliyati turlariga oid qonunchilik tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2020-yil aprel

Kengashda muhokama qilish:

2020-yil iyun

Asosiy ijrochi:

Moliya vazirligi (Xaydarov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Markaziy bank

(Nurmuratov),

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev)

Jahon iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich integratsiya qilish

2.3

Savdo siyosati va eksportni liberallashtirish

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Savdo siyosati va eksportni liberallashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish:

notarif savdo to‘siqlari va buzib ko‘rsatishlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni Jahon savdo tashkiloti me’yor va kelishuvlariga muvofiqlashtirish, karantin, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya nazorati organlari faoliyati tizimini takomillashtirish;

import, eksport, tranzit operatsiyalari bo‘yicha hujjatlarni maqbullashtirish maqsadida murakkablashgan jarayon va rasmiyatchiliklarni bartaraf etish va talablarni qayta ko‘rib chiqish;

respublikaning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralarni bosqichma-bosqich olib borish;

xalqaro amaliyotga mos keluvchi eksportni qo‘llab-quvvatlovchi insti�utlarning milliy tizimini shakllantirish;

turli tarmoqlarning me’yoriy-xuquqiy hujjatlarini JST bitimlariga moslashtirish maqsadida qayta ko‘rib chiqish;

chegara postlari ishi samaradorligini oshirish;

chegaraoldi savdolarini kengaytirish;

tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishdagi xarajat va chiqimlarni qisqartirish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil may

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil iyul

Asosiy ijrochi:

Tashqi savdo vazirligi (Xo‘jayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Davlat bojxona qo‘mitasi

(Azimov),

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Shadmanov),

“O‘zstandart” agentligi

(Sattorov),

Adliya vazirligi (Davletov)

2.4

Aviatsiya sektorini isloh qilish

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Jahon banki maslahatchilar guruhi bilan birgalikda aviatsiya sektorini isloh qilish bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

Aviatashuvlar bo‘yicha biznesni, aeroport xizmatlari va boshqa xizmatlar, shuningdek ularni tartibga solish vakolatlarini alohida ajratib chiqarish;

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning uzoq muddatli moliyaviy strategiyasini aniqlash va qarzdorligini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar;

jahon amaliyotiga mu�ofiq aeroportlarni va qo‘shimcha xizmatlarni (masalan, yoqilg‘i) diskriminatsiya qilinmaydigan rejimdagi biznes sifatida boshqarish;

raqobat uchun noinfratuzilmaviy xizmatlarni (quruqlikdagi xizmatlar, yoqilg‘i va boshqalar) tashkil etish;

infratuzilma badallarini tartibga solish tizimini yaratish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil mart

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil aprel

Asosiy ijrochi:

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK (Xakimov),

Davlat investitsiya qo‘mitasi (Kudratov),

Moliya vazirligi

(Haydarov),

O‘TTJ (Vafayev)

2.5

AKT va telekommunikatsiyalarni yanada rivojlantirish

Quyidagilarni o‘z ichiga olgan Milliy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish (Raqamli O‘zbekiston-2030) Strategiyasini ishlab chiqish:

iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida elektron xizmatlar infratuzilmasini yaxshilash va raqamlashtirishga o‘tilishiga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

xususiy investitsiyalarni jalb qilish va ma’lumotlarni himoya qilish tizimini yaxshilash maqsadida elektron iqtisodiyot sohasidagi qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni qabul qilish;

texnologiya sohasida startaplarni venchur orqali moliyalashtirish, elektron �ijoratni jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

iqtisodiyot tarmoqlari va kunlik hayotda blok-cheynlar, internet vositalari va boshqa zamonaviy internet texnologiyalarini joriy etish;

aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar turini kengaytirgan holda “Elektron hukumat” tizimini yanada takomillashtirish;

dasturlash, autsorsing bo‘yicha xizmatlarni rivojlantirish uchun sharoitlarni yanada yaxshilash.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil sentyabr

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil noyabr

Asosiy ijrochi:

LBMA (Li)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi

(Sadikov),

Innovatsion rivojlanish

vazirligi

(Abduraxmonov)

Xususiy sektorni rivojlantirishdagi cheklovlarni bartaraf etish

2.6

Raqobat va tijorat nizolarini hal etish

Quyidagilarni nazarda tutuvchi raqobat muhitini rivojlantirish va monopoliyaga qarshi tartibga solish bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

ochiq iqtisodiyot va bozor raqobatini ta’minlashda monopoliyaga qarshi organning rolini kuchaytirish;

kompaniyalarning raqobatga zid harakatlar bilan kurashishi uchun me’yorlarni ishlab chiqish, shu jumladan, turli jarimalarni o‘rnatish va joriy etish tuzilmasini tashkil etish, ustunlik mavqeyini aniqlash uchun bozor ulushini bekor qilish;

milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha me’yorlarni ishlab chiqish;

monopolist-korxonalar reyestrini yuritish jarayonini istisno qilish qismi bo‘yicha “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga tuzatishlar kiritish;

tabiiy monopoliyalar mahsuloti va xizmatlari narxlarini shakllantirishning takomillashtirilgan normativ qoidalarini joriy qilish;

monopoliyaga qarshi qonunni buzganlik va kompaniyalarning raqobatga zid harakatlari uchun iqtisodiy sudlar tomonidan jarimalarni belgilash tartibini joriy qilishni nazarda tutish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil aprel

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil iyun

Asosiy ijrochi:

Davlat raqobat qo‘mitasi

(Sharipov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Moliya vazirligi

(Xaydarov),

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Oliy sud

(Kamilov),

Adliya vazirligi (Davletov)

2.7

Tadbirkorlik muhitidagi islohotlar

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Jahon bankining “Biznes yuritish” uslubi asosida tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash:

tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan har bir yo‘nalish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish (qurilishga ruxsat olish, elektr energiyasi tarmoqlariga ulanish, xalqaro savdo, bankrotlikka ruxsat va boshqalar);

normativ bazaga o‘zgartirishlarni o‘z vaqtida amaliy kiritish samarali mexanizmlarini joriy etish;

kiritilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida tadbirkorlik subyektlarining xabardorligini oshirish, tadbirkorlar bilan “qayta aloqa”ni o‘rnatish orqali ularning takliflarini muhokama qilish mexanizmini yaratish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil fevral

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil aprel

Asosiy ijrochi:

LBMA (Li)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Savdo-sanoat palatasi

(Ikromov),

Davlat raqobat qo‘mitasi

(Sharipov),

Moliya vazirligi

(Xaydarov),

Qurilish vazirligi

(To‘xtayev),

Tashqi savdo vazirligi

(Xo‘jayev),

Oliy sud

(Kamilov),

Adliya vazirligi (Davletov)

2.8

Investitsiya muhitini takomillashtirish

Quyidagilarni nazarda tutuvchi investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish:

jahonning ilg‘or amaliyotini inobatga olgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar strategiyasi va Investitsiya kodeksini qabul qilish;

xorijiy investitsiyalarni, avvalam bor, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli masalalarni aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rish;

xorijiy investorlar bilan ishlashning institutsional bazasini yanada takomillashtirish;

maxsus iqtisodiy zonalar faoliyati samaradorligini oshirish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil fevral

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil mart

Asosiy ijrochi:

Davlat investitsiya qo‘mitasi (Kudratov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Savdo-sanoat palatasi

(Ikromov),

Tashqi savdo vazirligi

(Xo‘jayev),

Adliya vazirligi (Davletov)

Tarmoqlar faoliyati samaradorligi va iqtisodiyot samaradorligini oshirish

2.9

Qishloq xo‘jaligi

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish:

ishlab chiqarishga investitsiyalarni jalb etish hamda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjirini yaratish;

eksport mahsulotlarining ustuvor nomenk�aturasini aniqlash maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining raqobat ustunliklarini baholash;

tomchilatib sug‘orish, gidroponika texnologiyalari va boshqa ilg‘or agrotexnologiyalarni qo‘llash orqali qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirishga o‘tish;

qishloq xo‘jaligida inson kapitalining o‘sishi tizimini yaratish (fermyerlarni yangi texnologiyalarga, budjetlashtirishga, eksport va tashqi bozorlarda savdoga o‘qitish);

kichik fermer xo‘jaliklarni qo‘shilgan qiymat zanjirlariga faol integratsiya qilish;

hududlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash darajasini oshirish;

yerlarni ajratish hamda unumdorlikni rag‘batlantirish va sifatni oshirishga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirish orqali ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat ekinlari yetishtirishni davom ettirish;

modernizatsiya qilish va diversifikatsiya qilish orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, sanitariya va fitosanitariya tadbirlarini yaxshilash hisobiga meva-sabzavotchilik va boshqa turdagi mahsulotlarning eksport raqobatdoshligini oshirish;

JST talablariga mos ravishda oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil avgust

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil sentyabr

Asosiy ijrochi:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev)

Birgalikda ijro

etuvchilar:

Qishloq xo‘jaligi

vazirligi (Yusupov),

Suv xo‘jaligi vazirligi

(Xamrayev),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

LBMA (Li),
“O‘zstandart” agentligi

(Sattarov),

Davlat investitsiya qo‘mitasi (Kudratov),

Innovatsion
rivojlanish vazirligi (Abduraxmanov)

2.10

Qayta tiklanuvchi energetika

Quyidagilarni nazarda tutadigan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish Strategiyasini ishlab chiqish:

qayta tiklanuvchi energiyani rivojlantirishga jalb etilgan tuzilmalarning tashkiliy vakolatlari, roli va javobgarligini aniq belgilash;

qayta tiklanuvchi energiyani rivojlantirish moliyalashtirish mexanizmlari (mablag‘lar, imtiyozlar, imtiyozli qarzlar, kredit liniyalari);

qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi loyihalarni va loyiha ishlab chiquvchilarni tanlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash;

o‘zgaruvchan qayta tiklanuvchi energiyaga integratsiya qilish uchun tarmoqlar salohiyati va moslashuvchanligini oshirish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil noyabr

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil dekabr

Asosiy ijrochi:

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

“Energiya tejash milliy

kompaniyasi” AJ (Muratov),

“O‘zbekenergo” AJ (Mustafayev),

Davlat investitsiya qo‘mitasi (Vafayev),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

2.11

Energiya sama�adorligi

Quyidagilarni nazarda tutuvchi energiya samaradorligini yaxshilash Strategiyasini ishlab chiqish:

qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan imtiyoz va preferensiyalar berish, qayta tiklanuvchi manbalarni yanada rivojlantirish va ulardan hosil qilinadigan energiyadan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish va rag‘batlantirish;

energiya sarfi yuqori bo‘lgan tarmoq va sohalarning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha maxsus tarmoq dasturlarini ishlab chiqish;

energiya samaradorligi standartlarini kengaytirish rejasini va markirovkalash dasturlarini ishlab chiqish;

energiya auditi va energiya auditorlari uchun akkreditatsiyalash/ sertifikatsiyalash me’yorlari va qoidalarini ishlab chiqish;

energiya iste’moli yuqori bo‘lgan korxonalarda ISO 50001 xalqaro standarti bo‘yicha energetika menejmenti tizimini joriy etish;

qayta tiklanadigan energiya obyektlari, jumladan quyosh va shamol energiya stansiyalari qurilishi uchun tariflarni belgilash va investorlarni tanlashning auksion usullarini joriy etish;

zamonaviy energiya resurslar bozorini shakllantirish, shuningdek energiya resurslari narxi siyosatini takomillashtirish, xususan blokli tariflash, auksion savdolari va boshqa mexanizmlarni joriy etish;

yangi energiya samarador biznes-modellar sifatida xususiy energoservis kompaniyalari (ESKO) va super-ESKOlarning energiya samaradorligiga ko‘maklashish uchun me’yoriy nizom va siyosatni ishlab chiqish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil noyabr

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil dekabr

Asosiy ijrochi:

Iqtiso�iyot vazirligi

(Xodjayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

“Energiya tejash milliy

kompaniyasi” AJ (Muratov),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

“O‘zbekenergo” AJ (Mustafoyev),

“O‘zbekneftgaz” AJ (Ashrafxanov),

“O‘zstandart” agentligi (Sattarov)

Kommunal xizmatlar faoliyatini yaxshilash

2.12

Energetika xo‘jaligi

Quyidagilarni nazarda tutuvchi integratsiyalashdan milliy energetika Stategiyasini ishlab chiqish:

elektr energiyasi va gaz sektori uchun nisbatan kam qiymatli investitsiya dasturlarini hisobga olgan holda energetika sektorini isloh qilish va rivojlantirish;

energetika, gaz tarmoqlari korxonalari uchun moliyaviy qoplash va xarajatlarni qoplashning tarmoq prinsiplari;

energetika sektoriga xususiy investorlarni jalb etish va ular ishtiroki variantlarini aniqlash;

ishtirok etuvchi xususiy sektor kompaniyalari tanlovi shaffofligini ta’minlash uchun raqobatni ta’minlash chora-tadbirlarini aniqlash.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil fevral

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil aprel

Asosiy ijrochi:

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

“O‘zbekenergo” AJ (Mustafoyev),

“O‘zbekneftgaz” AJ (Ashrafxanov),

Moliya vazirligi (Xaydarov),
“Energiya tejash milliy

kompaniyasi” AJ (Muratov),

Davlat investitsiya qo‘mitasi (Vafayev),

Davlat ekologiya qo‘mitasi

(Qo‘chqorov),

“O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi (Isaqulov)

2.13

Suv ta’minoti tizimi

Quyidagilarni nazarda tutuvchi uzluksiz suv ta’minoti va sanitariya xizmatlaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha integratsiyalashgan dasturlarni ishlab chiqish:

sektorda xarajatlarni qoplash barqarorligiga erishish uchun yangi tarif siyosatini qabul qilish (iste’mol qilish asosida bloklashtirish oshiriluvchi tariflar);

hisoblashning avtomatlashtirish va hisob kitoblarni takomillashtirish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

me’yorlar va siyosat o‘rtasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etish va sektorni mustahkamlash va modernizatsiya qilish uchun institutsional va huquqiy tuzilmani takomillashtirish;

davlat kommunal kompaniyalari ustidan davlat nazorati va tekshiruvini optimallashtirish (masalan, tegishli sektor rejalariga mos ravishda shartnomalarni bajarish, maqsadlarni belgilash);

davlat-xususiy sheriklik amaliyotini joriy etish;

suv, suv resurslari, ularning manbalari va iqlimni himoyalash integratsiyalashgan resurslarini boshqarishni kuchaytirish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil mart

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil may

Asosiy ijrochi:

“Uyjoykomxizmat”

vazirligi (Saliyev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Davlat ekologiya qo‘mitasi

(Qo‘chqorov),

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),
Moliya vazirligi (Xaydarov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish

vazirligi

(Sadikov)

III. Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularga xizmat ko‘rsatishni mustahkamlash

Aholining muhtoj qatlamini ijtimoiy himoya qilish

3.1

Pensiya islohoti

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat pensiya tizimini isloh qilish Konsepsiyasini ishlab chiqish:

pensiya tizimi tavakkalchiliklarini baholash, buning asosida amaldagi pensiya tizimini qayta ko‘rib chiqishni tashkil etish va uni isloh qilishning salohiyatli variantlarini aniqlash;

Pensiya jamg‘armasining axborot tizimlarini baholashni o‘tkazish (to‘lovlarni yig‘ish va hisob yuritish, nafaqalarni to‘lash va kelishish, a’zolar bilan aloqa va boshqalar);

mehnat daftarchalarini raqamlashtirish bilan birgalikda pensiya ajratmalari va bandlikni hisobga olish tizimlarini modernizatsiya qilish;

pensiya tizimi barqarorligining o‘rta va uzoq muddatli prognozini ishlab chiqish, maqbul pensiya formulasini ishlab chiqish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil oktyabr

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil dekabr

Asosiy ijrochi:

Moliya vazirligi (Xaydarov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Qudbiyev),

Iqtisodiyot vazirligi (Xo‘jayev),
Davlat soliq qo‘mitasi (Musayev)

3.2

Ijtimoiy kafolatlar tizimi

Quyidagilarni nazarda tutuvchi ijtimoiy kafolatlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ni ishlab chiqish:

ijtimoiy kafolatlar taqdim etish tizimini takomillashtirish uchun ijtimoiy registrni joriy etish;

kam daromadli oilalarga to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalarni yagona maqsadli to‘lovlarga birlashtirish orqali ijtimoiy nafaqa tizimlarini jamlash;

islohotlar natijasida yuzaga keladigan joriy o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, ijtimoiy himoya tizimlarining qamrab olinishini ta’minlash maqsadida ularning holati va darajasini muntazam ko‘rib chiqish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil avgust

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil sentyabr

Asosiy ijrochi:

Moliya vazirligi (Xaydarov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov),

Bandlik va mehnat

munosabatlari vazirligi

(Kudbiyev),

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev)

3.3

Mehnat bozorini isloh qilish

Quyidagilarni nazarda tutuvchi mehnat bozorini isloh qilish bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

davlat sektorida ish haqi fondini isloh qilish (jumladan, ish haqini indeksatsiya qilish jarayonlari);

vaqtincha ishsizlikni sug‘urtalash xizmatidan foydalanishni soddalashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

ishlovchilarni ijtimoiy sug‘urtalashning amaldagi tizimini Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari va xalqa�o normalarga moslashtirish, shuningdek ayollar kamsitilishiga barham berishga yo‘naltirilgan bola parvarishi bo‘yicha nafaqa to‘lash tizimini takomillashtirish;

katta yoshlilar uchun ta’lim dasturlarini amalga oshirish, ularni zamonaviy kasblarga tayyorlash;

kasb-hunar texnik ta’lim dasturlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish variantlarini tahlil qilish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil iyul

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil avgust

Asosiy ijrochi:

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Kudbiyev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Ichki ishlar vazirligi

(Bobojonov),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev)

Imkoniyatlarni kengaytirish va fuqarolarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash

3.4

Iqtisodiy imkoniyatlardan keng foydalanish

Quyidagilarni nazarda tutuvchi ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida xotin-qizlarning ishtirokini cheklashga barham berish;

xotin-qizlarning iqtisodiyotda ishtirokini kengaytirish uchun davlat dasturlarining manzilliligini yaxshilash;

xotin-qizlar o‘rtasida professional yetakchilik va tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil sentyabr

Kengashda muhokama qilishi:

2019-yil oktyabr

Asosiy ijrochi:

O‘zbekiston Xotin-qizlar

qo‘mitasi (Narbayeva)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Bandlik va mehnat

munosabatlari vazirligi

(Kudbiyev),

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

3.5

Sog‘liqni saqlash

Quyidagilarni nazarda tutuvchi sog‘liqni saqlashni yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasini” ishlab chiqish:

sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorning keng ishtirok etishi;

tibbiy xizmatlarni davlat tomonidan moliyalashtirishni oshirish, arzon dori-darmonlar bilan ta’minlash;

tibbiyot muassasalari tomonidan aholiga kafolatli tibbiy xizmatlar to‘liq va sifatli ko‘rsatilishini nazorat va monitoring qilishning amaliy mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish;

imkoniyatlarni baholash va majburiy tibbiy sug‘urta mexanizmlarini joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlash;

sog‘liqni saqlashning tibbiy va notibbiy xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil noyabr

Kengashda muhokama qilishi:

2019-yil dekabr

Asosiy ijrochi:

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Moliya vazirligi (Xaydarov)

Bandlik va mehnat

munosabatlari vazirligi

(Kudbiyev),

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev)

3.6

Ta’lim

Quyidagilarni nazarda tutuvchi ta’limni rivojlantirish milliy strategiyasini ishlab chiqish:

xalqaro standartlarga javob beradigan va jahon mehnat bozorida O‘zbekiston yoshlarining raqobatbardoshligini ta’minlaydigan zamonaviy ta’lim tizimini yaratish;

PISA, TIMSS va PIRLS kabi xalqaro baholash tizimlari bilan birgalikda ishlash;

o‘qituvchilarni tayyorlash o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish, o‘qituvchilarni asosiy faoliyat sohasidan ajralmagan holda ularning malakasini oshirish, shuningdek, ushbu dasturlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;

uzluksiz ta’lim tizimining sifatini nazorat qilishni ta’minlash;

mazkur sektorda qaror qabul qilishga ko‘maklashish maqsadida hukumat, universitetlar va ish beruvchilar o‘rtasida muloqotni kengaytirish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil dekabr

Kengashda muhokama qilishi:

2020-yil fevral

Asosiy ijrochi:

Ta’lim sifatini nazorat

qilish davlat inspeksiyasi

(Tashkenbayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim

vazirligi (Madjitov),

Xalq ta’limi vazirligi

(Shermatov),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Bandlik va mehnat

munosabatlari vazirligi

(Kudbiyev),

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev)

IV. Kuchli bozor iqtisodiyotida davlatning rolini kuchaytirish

Davlatni ishlab chiqaruvchidan xususiy sektor sherigiga aylantirish

4.1

Iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish va davlatning iqtisodiy faoliyatini optimallashtirish

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikning huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish;

davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va kuzatib borish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash;

davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil mart

Kengashda muhokama qilishi:

2019-yil may

Asosiy ijrochi:

Moliya vazirligi (Xaydarov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi,

Adliya vazirligi

(Davletov)

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi iqtisodiyotda davlatning rolini qisqartirish bo‘yicha Kompleks qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

davlat organlari funksiyalarining va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning ayrim turlarini xususiy sektor subyektlariga o‘tkazish;

yuridik shaxslarning professional uyushmalarini shakllantirish (o‘zini o‘zi boshqarish organlari) yo‘li bilan tadbirkorlik faoliyatining o‘zini o‘zi boshqarish bo‘yicha qonunchilik bazasini yaratish orqali davlat tomonidan tartibga solishni qisqartirish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil iyun

Kengashda muhokama qilishi:

2019-yil avgust

Asosiy ijrochi:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Davlat raqobat qo‘mitasi

(Sharipov),

Davlat soliq qo‘mitasi

(Musayev),

Adliya vazirligi (Davletov)

4.2

Davlat ulushiga ega bo‘lgan korxonalarni isloh qilish

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat ulushiga ega bo‘lgan korxonalarni isloh qilish Strategiyasini ishlab chiqish:

davlat korxonalari samaradorligini oshirish va boshqarishni takomillashtirish, shu jumladan ularni nazorat qilish tartib-qoidalarini qayta ko‘rib chiqish;

turli davlat boshqaruvi organlari tasarrufida bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarining davlat ulushlarini yagona boshqaruv organiga berish;

davlat sektorida korporativ boshqaruv prinsiplarini keng joriy etish, shuningdek, “Mustaqil direktorlar” institutini rivojlantirish;

budjet subsidiyalarini qisqartirish va davlat korxonalari uchun bank moliyalashtirishidan imtiyozli foydalanish;

xususiy sektorni iqtisodiy va infratuzilma tarmoqlarida ishtirok etishga jalb qilish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil mart

Kengashda muhokama qilishi:

2019-yil may

Asosiy ijrochi:

Davlat raqobat qo‘mitasi

(Sharipov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev),

Adliya vazirligi

(Davletov)

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat korxonalarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

mablag‘lar / faoliyat samaradorligi to‘g‘risida o‘z vaqtida va to‘g‘ri axborot olish uchun davlat korxonalarining monitoring tizimini joriy etish;

davlat korxonalari faoliyatiga manfaatdor tomonlarni jalb qilish bo‘yicha strategiyalarni ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy etish;

bir-biriga bog‘liq tomonlar bilan bitimlarning shaffofligini oshirish maqsadida davlat korxonasini boshqarish siyosatini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy etish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil iyun

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil avgust

Asosiy ijrochi:

Davlat raqobat qo‘mitasi

(Sharipov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Adliya vazirligi

(Davletov)

Davlat boshqaruvi va hisobdorligi tizimini mustahkamlash

4.3

Davlat xizmati tizimini isloh qilish

Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat xizmatini isloh qilish Strategiyasini ishlab chiqish:

davlat xizmatchilarining mehnat unumdorligini va mehnatiga haq to‘lashning bir xilligini oshirish;

davlat xizmatchilarning huquqiy maqomini, tasnifini aniqlash;

xizmatga qabul qilish (tanlov asosida), kadrlar zaxirasini shakllantirish, xizmatni o‘tash, davlat xizmatchilarining malakali korpusini tashkil etish maqsadida odob-axloq normalariga rioya etishni ta’minlashning shaffof mexanizmlarini joriy etish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil iyul

Kengashda muhokama qilishi:

2019-yil avgust

Asosiy ijrochi:

Adliya vazirligi

(Davletov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Bandlik va mehnat

munosabatlari vazirligi

(Kudbiyev),

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

4.4

Mahalliy davlat hokimiyati organlari rolini kuchaytirish

Quyidagilarni nazarda tutuvchi mahalliy darajada xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish:

soliqlarni belgilash va mahalliy davlat hokimiyat organlarining daromadlardan foydalanishi bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlarni berish hisobidan mamlakat budjet tizimini yanada nomarkazlashtirish;

“Obod qishloq” dasturining imkoniyatlarini kengaytirish va mustahkamlash;

mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish instituti sifatida “mahalla” mustaqilligini mustahkamlash strategiyasini ishlab chiqish;

ijtimoiy hisobdorlik loyihasini va fuqarolarning “Obod qishloq” dasturi orqali ishtirokini oshirish vositalarini loyihalashtirish hamda ishga tushirish;

mahalliy boshqaruv va nomarkazlashtirish sohasida isloh qilish va siyosatning batafsil rejasini joriy qilish;

loyihalarni viloyatlar (tumanlar, shaharlar) darajasida boshqarish sifatini oshirish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2020-yil yanvar

Kengashda muhokama qilishi:

2020-yil fevral

Asosiy ijrochi:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari

Islohotlarga yondashuvni mustahkamlash

4.5

Ma’lumotlar va axborotlar sifati

Quyidagilarni nazarda tutuvchi muhim ma’lumotlarning jamoatchilik uchun ochiqligini ta’minlash bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

O‘zbekistonda rasmiy ma’lumotlar va statistikani yaxshilash bosh rejasini ishlab chiqish;

O‘zbekistonning Xalqaro taqqoslash dasturida ishtirok etishi uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish (xarid qilish qobiliyati paritetini o‘zgartirish koeffitsiyentini hisoblab chiqish);

uy xo‘jaliklari, korxonalar va firmalar budjetlari, ishchi kuchini tadqiq etish va tadqiqotlarning boshqa tanlangan turlarini takomillashtirish rejasini ishlab chiqish;

milliy ro‘yxatga olish jadvalini aniqlash;

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika bo‘limining KOMTREYD tizimiga qo‘shilish va muntazam ravishda eksport va import ma’lumotlarini taqdim etib borish.

Kengash kotibiyatiga kiritish

2019-yil yanvar

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil fevral

Asosiy ijrochi:

Davlat statistika qo‘mitasi

(Begalov)

Birgalikda ijro

etuvchilar:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev)

Islohotlar jarayonida aholining xabardorligi va ishtirokini kengaytirish

4.6

Islohotlarni amalga oshirishda fuqarolarning ishtiroki

Islohotlar jarayonida fuqarolar va ijtimoiy guruhlarning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi”ini ishlab chiqish:

jamoat xizmatlarini taqdim etish masalalarida fuqarolarning ishtirokini oshirish va o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash;

vazirlik va idoralar tomonidan jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida fuqarolar murojaatlarning qanoatlantirish mexanizmlari va dasturlarini amalga oshirishni davom ettirish;

keng doiradagi manfaatdor tomonlar ishtirokida islohotlar masalalari bo‘yicha milliy va mintaqaviy darajadagi jamoatchilik maslahatlarining tizimlashtirilgan dasturlarini amalga oshirish;

davlat xaridlari tizimidan ochiq foydalanishni joriy qilish, uning shaffofligini oshirish, fuqarolarning ishtirokini ta’minlash va davlat xaridlari ustidan nazoratni kuchaytirish;

manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishning tegishli rejalari, axborotni oshkor etish siyosati, rasmiy aloqa kanallari va jamoatchilikning shikoyat taqdim etish mexanizmini ishlab chiqish.

Kengash kotibiyatiga kiritish

2020-yil iyul

Kengashda muhokama qilish:

2020-yil avgust

Asosiy ijrochi:

FJShMI

(Kamilov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Adliya vazirligi (Dav�etov)

V. Atrof-muhitdan foydalanish samaradorligini oshirish

5.1

Suv resurslari va irrigatsiyani boshqarish

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqish:

suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorining normativ bazasini yangilash va yaxshilash;

suv resurslari xavfsizligi, jumladan, talab prognozlari, iqtisodiy kelishuvlar va barqaror hosildorlikni baholash masalalari bo‘yicha milliy diagnostika o‘tkazish;

sanoat va tarmoqlarda suvdan foydalanish samaradorligini oshirishning maqsadli va tarmoq dasturlarini belgilash;

energiya va suvdan foydalanish samaradorligini oshirishning innovatsion choralarini joriy qilish, shu jumladan, yirik nasos stansiyalarini demontaj qilinishini batafsil baholash rejasini ishlab chiqish;

ekologik va ijtimoiy baholash va boshqarish rejasini (ESAMP) ishlab chiqish;

suvdan foydalanish samaradorligini oshirishni rag‘batlantirish uchun resurslardan foydalanishning moliyaviy mexanizmini yaratish;

irrigatsiya va infratuzilma, to‘g‘on/to‘siqlar va asosiy gidravlika infratuzilmasini modernizatsiya qilish rejasini ishlab chiqish;

asosiy suv xo‘jaligi obyektlarida suvni real vaqt rejimida hisobga olish tizimini joriy qilish choralarini ishlab chiqish.

Kengash kotibiyatiga kiritish

2020 �il iyul

Kengashda muhokama qilish:

2020-yil avgust

Asosiy ijrochi:

Suv xo‘jaligi vazirligi

(Xamrayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Yusupov),

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2030-yilgacha irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturini ishlab chiqish:

sug‘orish va drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilish rejasini ishlab chiqish;

er melioratsiya obyektlarining davlat hisobini yuritish tartibini ishlab chiqish va joriy etish;

meliorativ obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotni markazlashgan tarzda hisobga olish va ularni yagona koordinatali tizimga makon jihatidan bog‘lash bilan birga, nazorat qilishning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish va joriy etish;

ichki xo‘jalik gidromelioratsiya tarmog‘idan foydalanish va boshqarishning yangi tizimini yaratish.

Kengash kotibiyatiga kiritish

2020-yil iyul

Kengashda muhokama qilish:

2020-yil avgust

Asosiy ijrochi:

Suv xo‘jaligi vazirligi

(Xamrayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Qishl�q xo‘jaligi vazirligi

(Yusupov),

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

5.2

Atrof-muhitni boshqarish

Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish:

atrof-muhit to‘g‘risida integratsiyalashgan ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish;

atrof-muhit ixloslanishini kamaytirishni, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va inson salomatligini yaxshilashni nazarda tutuvchi “yashil iqtisod”ni joriy etish;

amalga oshirish normativ bazasining asosiy tamoyillarini belgilash maqsadida ekologiya kodeksining loyihasini tayyorlash;

atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi nazorat faoliyati to‘g‘risidagi sharhlar va tegishli yig‘ma ma’lumotlardan ommaviy foydalana olishni ta’minlash;

2019 — 2028-yillar mobaynida mamlakatda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish;

iste’mol xususiyatini yo‘qotgandan keyin atrof-muhitga zarar yetkazadigan ishlab chiqarilgan va import qilingan tovarlar guruhiga ekologik badal joriy etish orqali atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini (“ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili asosida) takomillashtirish.

Kengash kotibiyatiga kiritish

2020-yil avgust

Kengashda muhokama qilish:

2020-yil sentyabr

Asosiy ijrochi:

Davlat ekologiya qo‘mitasi

(Qo‘chqorov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Shadmanov),

Suv xo‘jaligi vazirligi

(Xamrayev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Yusupov),

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev),

Moliya vazirligi (Xaydarov)