Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga ajratilgan paxta maydonlarida sifatli urug‘lik paxta xomashyosi yetishtirish va moliyalashtirishni tartibga solish hamda Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 19-sentabrdagi 744-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xomashyosini yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xomashyosi yetishtirish ishlari bo‘yicha doimiy tahlillar o‘tkazib borsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov, qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.U. Xaydarov zimmasiga yuklansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
1. Ushbu Nizom respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xomashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
2. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xomashyosi yetishtirishni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari va o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari — paxta xomashyosini yetishtirish faoliyati Hukumat qarorlari bilan belgilangan xo‘jalik subyektlari va urug‘chilik klasterlari;
urug‘lik paxta xomashyosi — kelgusi yil paxta hosili uchun urug‘lik chigit ekish maqsadida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarida yetishtiriladigan urug‘lik paxta xomashyosi;
urug‘chilik xo‘jaliklari — urug‘lik paxta xomashyosi yetishtirish huquqiga ega bo‘lgan xo‘jaliklari;
ustama mablag‘ — urug‘lik paxta xomashyosi yetishtirishda ishtirok etuvchi tashkilotlarni rag‘batlantirish maqsadida urug‘chilik xo‘jaliklari, ilmiy muassasalar, nav mualliflari va urug‘chilikka bevosita aloqador bo‘lgan subyektlarga ajratiladigan mablag‘.
4. Etishtirilgan urug‘lik chigit va paxta xomashyosi taqsimoti, o‘z ehtiyoji uchun foydalanish yoki sotish masalalari paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xomashyosi yetishtirishni moliyalashtirish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari bilan birgalikda respublikada oxirgi 3 yilda urug‘lik chigitning amaldagi sarfidan hamda kelgusi yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining takliflariga asosan paxta xomashyosi yetishtirishning prognoz hajmlaridan kelib chiqib, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarida yetishtiriladigan urug‘lik paxta xomashyosi miqdori va navlarini aniqlaydilar va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda har yili 1-oktabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarida urug‘lik paxta xomashyosi ekiladigan maydon hajmi, paxta yetishtirishning prognoz hajmlari va g‘o‘za navlari bo‘yicha joylashtirish masalalari har yil 1-noyabrga qadar Hukumatning qarorida belgilanadi.
8. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xomashyosi yetishtirishni moliyalashtirish urug‘lik paxta qiymatining 60 foizigacha Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
9. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari kredit olish uchun xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga ariza bilan murojaat qiladi.
10. Jamg‘arma bilan tuzilgan Bosh bitimga muvofiq tijorat banki paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarini oyma-oy kesimida moliyalashtirish uchun resurslar ajratish bo‘yicha Jamg‘armaga ariza beradi.
12. Tijorat banki tomonidan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarini moliyalashtirish uchun kredit resurslari ajratiladi.
barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda moliyalashtirish, shu jumladan, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy va biologik vositalari, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari, boshqa resurslar va xizmatlarni xarid qilish va joyiga yetkazib berish;
tuzilgan shartnomalarga muvofiq urug‘chilik fermer xo‘jaliklarining mehnat haqini oyma-oy to‘lab berish va urug‘lik paxta hosili uchun to‘liq o‘zaro hisob-kitoblarni yil yakunigacha amalga oshirish;
urug‘chilik fermer xo‘jaliklariga berilgan moddiy-texnika resurslari va xizmatlaridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish;
zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, hosildorlik va urug‘lik paxta xomashyosi sifatini oshirish, qishloq xo‘jaligi xodimlarini rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslar ajratish yuzasidan to‘liq mas’uliyat yuklatiladi.
14. Urug‘lik paxta xomashyosiga qonun hujjatlariga asosan yetishtirilgan urug‘lik paxta xomashyosidan tayyorlangan urug‘lik chigit O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti (O’zDSt-663-2017 “Urug‘lik chigit. Texnikaviy shartlar”) talablariga mos bo‘lganda, paxta xomashyosi qiymatiga nisbatan super elita va elita urug‘lik chigit uchun 100 foiz, I avlod (R1) uchun 75 foiz, II avlod (R2) uchun 50 foiz va III avlod (R3) uchun 25 foiz miqdorida ustamalar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Ustamalar yetishtirilgan urug‘lik paxta xomashyosi miqdoriga hisoblanadi va quyidagi tartibda ikki bosqichda hisob-kitob amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda — urug‘lik paxta xomashyosi yetkazib beruvchi tomonidan yetishtirilgan urug‘lik paxta xomashyosi uchun hisoblangan ustamaning 50 foizi paxta-to‘qimachilik klasterlari ixtiyorida qoldiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
ikkinchi bosqichda — urug‘lik chigit ekilgandan (sotilgandan) keyin ustamaning qolgan qismi 100 foiz deb hisoblanib, shundan 50 foizi paxta-to‘qimachilik klasterlari ixtiyorida qoldiriladi, qolgan 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va quyidagicha taqsimlanadi:
(16-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasiga va uning viloyat hududiy boshqarmalariga hamda elita urug‘chiligi laboratoriyalariga — 20 foiz;
nav originatorlari, institutlar, seleksioner va urug‘chilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarga — 30 foiz.
birinchi bosqichda — topshirilgan urug‘lik paxta xomashyosi uchun hisoblangan ustamaning 50 foizi miqdorida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tarkibiga kiruvchi urug‘chilik xo‘jaliklariga paxta xomashyosini topshirgan vaqtda;
ikkinchi bosqichda — urug‘lik chigit ekilgandan (sotilgandan) keyin ustamaning qolgan 50 foiz qismi 100 foiz deb hisoblanib, shundan 10 foizi paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari ixtiyorida qoldiriladi, 40 foizi ularning tarkibiga kiruvchi urug‘chilik fermer xo‘jaliklari ixtiyorida qoldiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
qolgan 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va quyidagicha taqsimlanadi:
(16-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasiga va uning viloyat hududiy boshqarmalariga hamda elita urug‘chiligi laboratoriyalariga — 20 foiz;
nav originatorlari, institutlar, seleksioner va urug‘chilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarga — 30 foiz.
17. O‘tkaziladigan mablag‘ning nav originatorlari, institutlar, seleksioner olimlarga tegishli qismi taqsimotida ularning tayyorlangan paxta urug‘ligidagi ulushi e’tiborga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Nav originatorlari, institutlar, seleksioner olimlar va urug‘chilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarga ustama mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yillik xarajatlar smetasiga hamda tegishli tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasining maxsus hisobvarag‘idan o‘tkazib beriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
19. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari o‘z ehtiyojlari uchun g‘o‘zaning xorijiy nav va duragay urug‘larini belgilangan tartibda olib kelishi va yetishtirishi mumkin.
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xomashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.