O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kreditorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 23-noyabrdagi PQ-4026-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining ““Garov reyestri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2014-yil 12-iyundagi 155-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 61-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. 1-banddagi “shtatdagi xodimlarning cheklangan soni 6 nafardan iborat bo‘lgan (yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarsiz)” so‘zlari chiqarib tashlansin.