25.12.2018 yildagi PQ-4076-son
Hujjat 23.04.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi va “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, chaqiriluvchilar, harbiy xizmatga majburlar va harbiy xizmatchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sifatini yanada yaxshilash va samaradorligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini sog‘lom va jismonan baquvvat harbiy xizmatchilar bilan to‘ldirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 07/19/4447/3747-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-dekabrdagi PQ-4552-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 07/19/4552/4201-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-dekabrdagi PQ-4552-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 07/19/4552/4201-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-dekabrdagi PQ-4552-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 07/19/4552/4201-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “l” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi PF-5983-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 06/20/5983/0490-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi, mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan fuqarolar sog‘lig‘ining holatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Sog‘liqni saqlash vazirligi) bilan hamkorlikda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-dekabrdagi PQ-4552-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 07/19/4552/4201-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Tibbiy tekshiruvda mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan maqsadlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish oldidan fuqaroning shikoyatlari, anamnezi va tibbiy tekshiruv ma’lumotlarini yig‘ish va tahlil qilish, laboratoriya, tibbiy uskunalar yordamida, morfologik va boshqa tadqiqotlarni o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladigan kompleks diagnostika chora-tadbirlari o‘tkaziladi.
Mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan fuqarolarning har bir toifasi uchun o‘tkaziladigan majburiy diagnostik tekshiruvlar ro‘yxati tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” — “g”, “j” — “s” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarga nisbatan tibbiy komissiya yoki HTK tomonidan chiqarilgan xulosa, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, tibbiy ko‘rik o‘tkazilgan sanadan boshlab bir yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi. Tibbiy komissiya yoki HTK tomonidan qabul qilingan takroriy yoki navbatdagi xulosa avvalgi xulosani bekor qiladi (HTK yoki tibbiy komissiyaning vaqtincha harbiy xizmatga (tenglashtirilgan xizmatga) yaroqsizlik va kasallanish, shikastlanish, yaradorlik, jarohatlanish sababiy bog‘liqligi to‘g‘risidagi xulosalar bundan mustasno). HTK va tibbiy komissiyaning xulosasi belgilangan muddatda ijro etilmagan hollarda va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxsning murojaatida yoki davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari yoxud harbiy-tibbiy muassasalar shifokorlarining xulosasida ko‘rsatilgan muddatdan qat’i nazar, ushbu shaxsning sog‘lig‘i holatida yaqqol o‘zgarishlar qayd etilganda qayta tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “d”, “e” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarga nisbatan tibbiy komissiya va HTK tomonidan chiqarilgan xulosa kadrlar bo‘linmalari tomonidan tatbiq qilish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sanasidan boshlab olti oy mobaynida haqiqiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” — “g”, “i” — “p” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlarining Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy organlari rahbarlarining taqdimnomasiga ko‘ra qabul qilgan qarori bilan shifokor-mutaxassislar (jarroh, terapevt, nevropatolog, oftalmolog, otorinolaringolog, teri-tanosil kasalliklari shifokori, stomatolog (MIB huzuridagi tibbiy komissiyada, shu jumladan, psixiatr), zarur hollarda boshqa mutaxassislikdagi shifokorlar, davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarining o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlari jalb qilinadi.
MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan qabul qilingan xulosalarning asosliligini nazorat qilish, mazkur Nizomning 7-bandi “a” — “v”, “d”, “i” — “l” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdagi munozarali masalalarni hal qilish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘smirlar va chaqiruv yoshidagi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil etish markazi huzurida respublika muqobil tibbiy komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — RMTK), mahalliy hududlarda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi muqobil tibbiy komissiyasi va viloyatlar muqobil tibbiy komissiyalari tuzilib, ularning tarkibiga viloyatning (Qoraqalpog‘iston Respublikasining) oliy toifaga ega bo‘lgan bosh tibbiyot mutaxassislari jalb etiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkillashtirish tarkibiga MIBB vakillari va shifokor-mutaxassislar kiritilgan tegishli komissiyalar zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. MIBB tibbiy komissiyasining (qayd etish komissiyasining) katta shifokori bilan birgalikda mazkur Nizomning 7-bandi “a”, “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tayyorlashda ularning sog‘lig‘i hamda jismoniy rivojlanish holatini aniqlash uchun har tomonlama o‘rganish ishlarini tashkil etadi va o‘tkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomning 7-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yakunlangach MIBB 10 kunlik muddat ichida tibbiy hujjatlarni tegishli davolash-profilaktika muassasalariga qaytaradi.
23. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishidan oldin ular uchun har yili tibbiy ko‘riklar, tekshiruvlar (kuzatuvlar), shuningdek, davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari va profilaktik emlashlar amalga oshiriladi.
24. Mazkur Nizomning 7-bandi “a”, “b” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdan oldin davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan ularda og‘iz bo‘shlig‘i sanatsiyasi hamda majburiy diagnostik tekshiruvlar, shuningdek, zarur hollarda tibbiy ko‘rsatmalarga asosan boshqa tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomning 7-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarning qon guruhi va rezus mansubligi (faktori) aniqlangan bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Mazkur Nizomning 7-bandi “a”, “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolar soni MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida bir ish kuni mobaynida 50 nafardan oshmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Mazkur Nizomning 7-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomning 7-bandi “a”, “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarning ambulator (statsionar) tekshiruvi bepul o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Mazkur Nizomning 7-moddasi “a”, “b” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari asosida, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kunida shifokor-mutaxassislar xulosalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar quyidagi toifa va cheklanish darajasi (sog‘liq va jismoniy rivojlanish holatining ko‘rsatkichi) bo‘yicha harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida xulosa qabul qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
32. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarda nogironlik mavjud bo‘lganda yoki muddatli harbiy va muqobil xizmatni o‘tashga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlari topilib, tibbiy-ekspert tomonidan qayd etilganda, ular davolanishga muhtoj sifatida MIBB hisobiga qo‘yilmaydi. Mazkur fuqarolar, shuningdek, bolalikdan nogiron va birinchi guruh nogironlariga nisbatan harbiy xizmatga yaroqlilik toifasi haqida yakuniy xulosa qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarga nisbatan, komissiyaning xulosasi bilan qo‘shimcha ravishda mudofaa ishlari boshqarmalari huzurida Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazlarda tahsil olishga yaroqliligi aniqlanishi mumkin.
Mazkur Nizomning 7-bandi “k” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ikki bosqichda: birlamchi — MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar, nazorat tartibida — MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Mazkur Nizomning 7-bandi “a”, “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolar uzoq muddatli (bir oydan ortiq) tibbiy tekshiruvga (davolanishga) muhtoj bo‘lsa, o‘n ikki oygacha muddatga davolanishga (tibbiy kuzatuvga) muhtojligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Mazkur Nizomning 7-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan, davolanishga va tibbiy nazoratga muhtoj fuqarolar tuman (shahar) MIBB tomonidan hisobga olinadi. Ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar bitta ro‘yxat bilan tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga yuboriladi, ro‘yxatda davolanishga muhtoj bo‘lgan va chaqiruv vaqtiga qadar cheklangan yoki undan yuqori yaroqlilik toifasigacha davolasa bo‘ladigan shaxslar qayd etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Mazkur Nizomning 7-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsiz deb topilgan fuqarolar tibbiy tekshiruvdan (davolanishdan) bosh tortgan yoki qochgan hollarda olti oydan so‘ng qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Agar qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayonida fuqarolar sog‘lig‘ining salbiy tomonga o‘zgarishi yoki muddatli harbiy, muqobil yoki safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatini o‘tashga monelik qiladigan kasallik va shikastlanish (yaradorlik, jarohat) asoratlari aniqlanmasa, sog‘lig‘ining holatiga nisbatan qo‘yilgan talablar bo‘yicha harbiy xizmatga yaroqli deb topiladi.
39. Mazkur Nizomning 7-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar bevosita harbiy xizmat o‘tash joyiga jo‘natilishidan avval, salomatligiga ko‘ra chaqiruvga loyiq bo‘lmaganligi sababli muddatli harbiy xizmatga noto‘g‘ri chaqirilish holatlarining oldini olish maqsadida, MIB yig‘in punktida nazorat tibbiy ko‘rigidan o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Mazkur Nizomning 7-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarda (qo‘shinlarga jo‘natish vaqtida) belgilangan hujjatlarning barchasi mavjudligi uchun MIB boshliqlari, tibbiy hujjatlarning to‘liq va sifatli rasmiylashtirilganligi uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy organlarining rahbarlari mas’uldirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Mazkur Nizomning 7-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish tuman (shahar) MIBB huzuridagi tibbiy komissiya zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomning 7-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar majburiy diagnostik tekshiruvlardan o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Mazkur Nizomning 7-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganidan so‘ng MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar ularga nisbatan mazkur Nizomning 30-bandida keltirilganidek harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risidagi xulosalarni qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tibbiy tekshiruv (davolanish) yakuniga yetgach, mazkur Nizomning 7-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilinishlari mumkin (chaqiruv davrida).
Keyingi tahrirga qarang.
48. Bir oylik harbiy yig‘inni o‘tamagan va tibbiy komissiyalar tomonidan salomatligiga ko‘ra E va F yaroqlilik toifalari tayinlangan, mazkur Nizomning 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. MIB huzuridagi tibbiy komissiyalari tomonidan xulosa qabul qilinganidan so‘ng ekspert hujjatlar rasmiylashtiriladi, ular boshqa tibbiy hujjatlar bilan birgalikda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun MHTKga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomning 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar harbiy yig‘in joylariga yetib kelgach, birinchi sutka davomida harbiy qism tibbiy xizmati tomonidan tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Tibbiy tekshiruv natijasida mazkur Nizomning 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan fuqaroda statsionar sharoitda davolanishni talab etadigan va harbiy yig‘in o‘tashga monelik qiladigan o‘tkir kasalliklar, jarohatlar aniqlansa, u sog‘lomlashtirish uchun chaqiruv joyidagi MIBga qaytariladi hamda harbiy yig‘inlarga keyingi oylarda yuborilishi lozim. E va F yaroqlilik toifalari bo‘yicha xulosa berishni nazarda tutuvchi kasalliklar yoki shikastlanish (yaradorlik, jarohat) asoratlari aniqlangan shaxslar ham MIB huzuridagi tibbiy komissiyada qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun MIBga qaytarilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
50. Bir oylik harbiy yig‘inlarni o‘tash davrida mazkur Nizomning 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan fuqaroda statsionar ravishda davolanishni talab etadigan va harbiy yig‘in o‘tash uchun monelik qiladigan kasallik, jarohat aniqlangan hollarda, u tibbiy tekshiruv (davolash) uchun harbiy-tibbiy muassasaga yuboriladi. Statsionar davolanish muddati 10 sutkadan oshib ketsa yoki harbiy yig‘inni o‘tashga monelik qiladigan kasalliklar aniqlangan hollarda, fuqaro sog‘lomlashtirish va tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yig‘inga jalb qilgan MIBga qaytarib yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Zarurat tug‘ilganda, mazkur Nizomning 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan, bir oylik harbiy yig‘inni o‘tayotgan fuqaro safarbarlik chaqiruvi rezervi bataloni komandirining qaroriga asosan hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki harbiy-tibbiy muassasa boshliqlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun HTKga yuboriladi.
51. Bir oylik harbiy yig‘inga chaqirilgan va harbiy yig‘inni o‘tash davrida shikastlanish (yaradorlik, jarohat) olgan, mazkur Nizomning 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar, ularning harbiy xizmatga yaroqlilik toifasi o‘zgarishi yoki o‘zgarmasligidan qat’i nazar, tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, bir oylik harbiy yig‘inni o‘tash davrida kasallanganlar esa kasallik ularni harbiy xizmatga yaroqsizlikka olib keladigan holatlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
52. Mazkur Nizomning 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan, HTK tomonidan tibbiy tekshiruv va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha salomatligiga ko‘ra E va F yaroqlilik toifalari tayinlangan fuqarolarga ekspert hujjatlari rasmiylashtiriladi hamda boshqa tibbiy hujjatlar bilan bir qatorda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun MHTKga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
69. Mazkur Nizomning 67-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilmagan holatlarda, HTK harbiy xizmatchining 7 sutkadan 15 sutkagacha bo‘lgan muddatga xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod qilishga muhtojligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga noto‘g‘ri chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchini Qurolli Kuchlardan bo‘shatishning har bir holati bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy organlari tomonidan MIB bilan hamkorlikda batafsil xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, mazkur Nizomning 7-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy tekshiruv va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra xatoliklarga yo‘l qo‘ygan mutaxassis-shifokorlar va Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy organlari rahbarlariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
82. Mazkur Nizomning 7-bandi “t” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish paytida ularda kasallik, shikastlanish (yaradorlik, jarohat) oqibatlari mavjud bo‘lganida tibbiy komissiya yoki HTK mamlakatning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxs yuborilayotgan geografik iqlim sharoitlarida patologik jarayonning rivojlanishini oldindan inobatga olgan holda xulosa chiqaradi.
86. Mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish harbiy qism tibbiyot xizmati boshlig‘i hamda qo‘mondonlik vakili ishtirok etishi sharti bilan tegishli vazirlik va idoralar tasarrufidagi HTK tomonidan amalga oshiriladi.
88. Mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmasdan ishga tayinlash taqiqlanadi.
89. Harbiy qism qo‘mondonligi mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish lozim bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadi, ish stajining davomiyligi, dozimetrik nazoratning shaxsiy vositalaridan olingan ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda HTKga avvaldan taqdim etadi. Tibbiy ko‘rikdan oldin qo‘mondonlik vakili HTK a’zolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxslarning ish sharoitlari bilan tanishtiradi, harbiy qism tibbiyot xizmati boshlig‘i esa HTK a’zolariga ularning komissiyalararo davrdagi salomatligiga oid tibbiy kuzatuv natijalari haqida axborot beradi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tibbiy ko‘rsatmalarga qarab, lekin bir yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar tibbiy ko‘riklar oralig‘ida qonun hujjatlarida belgilangan hollarda tibbiy ko‘rikka chaqiriladi.
90. Mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga o‘z vaqtida yuborilishiga harbiy qism komandiri (muassasa boshlig‘i) va tibbiyot xizmati boshlig‘i javobgardir.
91. Mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar turli sabablarga ko‘ra (ta’til, xizmat safari, kasallik va boshqa sabablar) o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan taqdirda, harbiy mehnatning sog‘liq uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoitlari bilan bog‘liq mutaxassisligi bo‘yicha ishga qo‘yilmaydi.
92. Mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarga nisbatan tibbiy komissiyalar va HTK quyidagi xulosalarni chiqaradi:
93. Mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar sog‘ligidan shikoyat qilgan, sog‘lig‘i holati sababli ishdan vaqtincha chetlatilgan va kasallik tufayli ta’tildan qaytib kelgan, boshdan kechirgan kasallik yoki olgan shikastlanishlariga (yaradorlik, jarohatlariga) ko‘ra harbiy mehnatning sog‘liq uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoiti bilan bog‘liq mutaxassisligi bo‘yicha ishlashga yaroqsiz deb topilishi mumkin bo‘lganligida, ushbu shaxslar navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim.
95. Mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar harbiy mehnatning zararli va salbiy omillari bilan zararlanganligi gumon qilinib, statsionar tibbiy tekshiruvdan va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun harbiy-tibbiy muassasalarga yo‘llanayotganda mehnat sharoiti va mutaxassis ish joyining sanitar-gigiyenik tavsifnomasi to‘g‘risidagi ma’lumot aks etgan hujjat taqdim etiladi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar statsionar tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgandan so‘ng kasbiy kasalligi tufayli harbiy mehnatning sog‘liq uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoiti bilan bog‘liq mutaxassisligi bo‘yicha ishlashga yaroqsiz deb topilishi (vaqtincha yoki doimiy) taxmin qilingan holatlarda, MHTK raisining ko‘rsatmasiga binoan HTK ishida qatnashish uchun tegishli vazirlik va idoralarning sanitariya-epidemiologiya xizmati tibbiy mutaxassislari jalb etiladi.
96. Harbiy mehnatning sog‘liq uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoiti bilan bog‘liq bo‘lgan mutaxassisligi bo‘yicha ishlashga tayinlanayotgan va ishlayotgan, mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida ularning o‘z shikoyatlari va bu shikoyatlarning tavsifi, texnika xavfsizligi va sanitariya qoidalarining buzilish holatlari, boshidan o‘tkazgan zaharlanish holatlari yoki yuqumli kasalliklar, dozimetriya nazoratining shaxsiy vositalaridan olingan ma’lumotlari, kasbiy anamnez ma’lumotlari, tibbiy tekshirish va davolash natijalari, harbiy mehnatning zararli hamda salbiy omillari bilan o‘tkir va surunkali shikastlanish holatlarida esa komissiyalararo davrda tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxslar salomatligining tibbiy kuzatuvi natijalari, tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning harbiy mutaxassislik bo‘yicha xizmatga yaroqliligi to‘g‘risida harbiy qism tibbiyot xizmati boshlig‘ining fikri inobatga olinadi.
100. Harbiy mehnatning sog‘liq uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoiti bilan bog‘liq mutaxassisligi bo‘yicha ishga tayinlanayotgan (qabul qilinayotgan) hamda ishlayotgan, mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarda o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlar hajmi, shuningdek, harbiy mehnatning ko‘rsatib o‘tilgan zararli va salbiy omillarining ta’siri ostida ishlayotganlar o‘rtasida o‘tkaziladigan davolash-profilaktika tadbirlari tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
113. Mazkur Nizomning 7-bandi “g”, “j”, “n”, “s”, “t” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning barcha holatlarida HTK tomonidan ularning orttirgan kasalliklari va olgan shikastlanishlarining (yaradorliklari, jarohatlari) sababiy bog‘liqligi aniqlanadi, kasallik orttirgan va shikastlanish (yaradorlik, jarohat) olgan ushbu shaxslar tergov ostida bo‘lgan yoki ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish sudga oshirilgan holatlar bundan mustasno.
114. Mazkur Nizomning 7-bandi “o”, “p” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarning orttirgan kasallik va olgan shikastlanishlari (yaradorliklari, jarohatlari) ning sababiy bog‘liqligi MHTK tomonidan ular ro‘yxatda turgan MIBB boshliqlarining yo‘llanmasiga asosan quyidagi holatlarda ko‘rib chiqiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 07/19/4447/3747-son)