LexUZ sharhi
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 13-avgustdagi 391-son qaroriga muvofiq hamda Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini, shu jumladan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlashda qatnashuvchi korxonalar sonini ko‘paytirish yo‘li bilan, yanada maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1, 2 va 3-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 25-26-son, 230-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-yanvardagi 18-son qaroriga va 2004-yil 13-avgustdagi 391-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 82-modda) 3-ilovaga muvofiq qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 25-26-son, 230-modda)
a) 3-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentiga” so‘zlari “Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamentiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 10-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “(parametrlariga)” so‘zi chiqarib tashlansin;
v) 10-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: